🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektordagi topshiriqlarga MUNOSABAT
Abdulla Qodirov,
BuxDU Ekologiya va geografiya kafedrasi o'qituvchisi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU vakillari Britaniya Kengashi tomonidan o'tkazilayotgan treningda ishtirok etmoqda
2024-yilning 22-23-oktabr kunlari Britaniya Kengashining 2024-yil 14-oktabrdagi OC-28-37-son xatiga muvofiq oliy taʼlim tizimidagi tizimli va barqaror oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlash hamda “Oliy taʼlim muassasalarida yangi boshqaruv kodeksi asoslari”ni yaratish doirasida ishchi guruh aʼzolari uchun Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyaning “Advance HE” tashkiloti ekspertlari ishtirokida seminar-trening bo’lib o’tmoqda.
Mazkur treningda Buxoro davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori ABROR JO'RAYEV, O`quv-uslubiy departament boshlig'i SUHROB DAVLATOV, Moliyalashtirish, iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish departamenti boshlig'i BOBIR ADIZOVlar ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektordagi topshiriqlarga MUNOSABAT
Yoqub XOLOV,
BuxDU Ekologiya va geografiya kafedrasi mudiri, dotsent
Bizni kuzatishda davom eting:
#xushxabar #xalqaro_akkreditatsiya
Buxoro davlat universitetining turizm sohasidagi bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari Butunjahon turizm tashkiloti - UNWTOning TedQual xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
UNWTO TedQual akkreditatsiyasi Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan taʼlim muassasalarida turizm boʻyicha taʼlim va malaka oshirish dasturlari sifatini baholash natijasida beriladigan xalqaro darajadagi sertifikatdir.
Baholash mezonlari o‘quv dasturlarining sifati, samaradorligi, infratuzilma, akademik sektor, tashqi hamkorlar bilan ishlash, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi, davlat sektori bilan hamkorlik kabi ko‘plab omillarni o‘z ichiga oladi.
TedQual xalqaro akkreditatsiyasi turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi dasturlarining sifatini yaxshilashga, ta’lim yo‘nalishi jozibadorligini va global miqyosida raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚✅Nobel mukofoti sovrindori, fransiyalik olim, zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri Jean Tirole Buxoro davlat universitetida ma'ruza o'qidi.
Jean Tirole 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Buxoro davlat universiteti kichik majlislar zalida zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri Jean Tirole ma'ruza qildi. Ushbu uchrashuvni BuxDU rektori O.X.Xamidov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shuningdek, uchrashuvda BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti professor-o'qituvchilari, magistrlari ishtirok etishdi.
O‘zaro muloqot shaklida o‘tkazilgan ma’ruzada “Yirik monopol kompaniyalarni boshqarish va tartibga solishning eng samarali usullari” mavzusida muhim fikrlar bildirib o‘tildi. Shuningdek, ochiq ma’ruzada Jean Tirole shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi. Magistratura talabasi Rayhona ushbu sohada muvaffaqiyatga erishish metodlarini so'raganida Jean "Insonlar meni ilhomlantiradi, buni ish emas, buni rohat deb qabul qilganman" deydi.
Uchrashuv so'ngida universitet rektori O.X.Xamidov Jean Tirolega esdalik uchun sovg'alarni topshirdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BUYUK QOMUSIY OLIM VA DAVLAT ARBOBI MIRZO ULUG’BEK TAVALLUDINING 630 YILLIGI BAG’ISHLANGAN ILMIY –ADABIY TADBIR
Buxoro davlat universiteti kichik majlislar zalida buyuk qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan Tarix va yuridik fakulteti professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirokida “Mirzo Ulug’bek –qomusiy olim” mavzusida ilmiy amaliy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida tarix fanlari nomzodi,dotsent A.X.Axmadov Mirzo Ulug’bek shaxsiyati va olimning tarixiy merosi haqida ishtirokchilarga qimmatli ma’lumotlarni berib o’tdi. Shuningdek talabalar tomonidan turli chiqishlar namoyish etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#DIQQAT_RESPUBLIKA_OLIMPIADASI
Agar siz KRIPTOLOGIYAga qiziqsangiz va ma'lumotlarni kodlashtirish, axborot xavfsizligi bo'yicha ma'lumotga ega bo'lsangiz unda bu aynan siz uchun!
Kriptologiya O'ZI NIMA?
Kriptologiya bo'yicha Respublika fan olimpiadasi 2024-yil yilning noyabr oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan
🟥Olimpiada jarayonlarida barcha bosqichdagi bakalavrlar hamda magistrlar ishtirok eta oladi
Olimpiadaning OTM saralash bosqichi 2024-yilning 28-oktyabr kuni soat 12:00 da Bosh bino 310-xona bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
🟦🟦
☄️📚✅ 21-oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi
Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDUda huquq targ‘ibotchi yoshlar klubi ish boshladi.
Buxoro davlat universiteti yurisprudensiya ta’limi yo‘nalishi talaba-yoshlari tarkibidan "Yosh huquq targ‘ibotchilari" klubi faoliyatiga start berildi. Ayni kunlarda ushbu klub vakillari viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari "Saylov va yoshlar" huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ XOTIN QIZLARGA E'TIBOR - JAMIYATGA E'TIBOR
Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan talaba-qizlarning ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish maqsadida shu dargohda ko‘p yillardan buyon pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan adolatli siyosatning ustuvor yo'nalishlari, mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor, ularni qo'llab-quvvatlash masalasi davlat siyosati darajasida ko'tarilganligi,
ayniqsa, xotin-qizlar ta'limini qo'llab-quvvatlash bo'yicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida so'z yuritildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅Sizning huquqlaringiz buzilyaptimi?
✍️Sudga, davlat organlari va tashkilotlarga ariza, shikoyat va taklif berishda muammolarga duch kelyapsizmi?
✍️Sizga huquqiy yordam kerak, ammo qayerga murojaat etishni bilmayapsizmi?
Endilikda, Buxoro davlat universiteti huzuridagi Yuridik klinikada volontyor-talabalar tomonidan professor va ustozlar nazorati ostida quyidagi ko‘rinishda fuqarolarga bepul yordam ko'rsatiladi.
✅ Huquqiy maslahat berish (online va offline ko‘rinishda) orqali;
✅ Barcha davlat idoralarga huquqiy hujjatlarni tuzishda yordam berish orqali;
✅ Sayyor qabullar orqali.
🤔Fuqarolarga quyidagi masalalarda huquqiy konsultatsiya beriladi:
🟡 mehnat munosabatlariga doir masalalar;
🟡 oila va nikoh munosabatlariga doir masalalar;
🟡 meros munosabatlariga doir masalalar;
🟡 uy-joy va yer munosabatlariga doir masalalar;
🟡 yo'l harakati qoidalariga doir masalalar;
🟡 ota-ona, yoshlar va bolalar huquqlariga doir masalalar;
🟡 tadbirkorlik va biznes munosabatlariga doir masalalar;
🟡 aliment munosabatlariga doir masalalar;
🟡 boshqa turdagi hujjatlarni tayyorlash xizmatlari
➡️Buxoro davlat universiteti Yuridik klinikasiga quyidagi usullarda murojaat etishingiz mumkin:
🚩 Yurik klinikaga tashrif buyurish orqali;
📍Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Qayum Murtazoyev ko'chasi, Talabalar turar joyi 1-binosi.
📞 Telefon: +99893474-06-56
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDUda huquq targ‘ibotchi yoshlar klubi ish boshladi.
Buxoro davlat universiteti yurisprudensiya ta’limi yo‘nalishi talaba-yoshlari tarkibidan "Yosh huquq targ‘ibotchilari" klubi faoliyatiga start berildi. Ayni kunlarda ushbu klub vakillari viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari "Saylov va yoshlar" huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🏆🏆🏆 🏆🏆🏆🏆 🏆🏆🏆🏆
☄️📚✅Buxoro davlat universitetining Turizm ta'lim dasturlari UNWTO TedQual xalqaro akkreditatsiyasidan respublikada birinchilardan bo`lib muvaffaqiyatli tan olindi
UNWTO TedQual kvalifikatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) tomonidan dunyo boʻylab taʼlim muassasalarida turizm boʻyicha taʼlim va malaka oshirish dasturlari sifatini taʼminlash uchun beriladigan xalqaro darajadagi sertifikatdir. TedQual Jahon turizm tashkilotining (UNWTO) akkreditatsiyasi bo'lib, UNWTO.TedQual Themis fondi tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlash mezonlari turizm sohasidagi o'quv dasturlarining sifati, samaradorligi va o'quv jarayonlariga, akademik sektorda, talabalar va tashqi hamkorlarga, davlat va xususiy sektorlarga tegishliligini o'z ichiga oladi.
Buxoro davlat universitetining 61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik ta‘lim yo‘nalishi hamda 71010401 – Turizm va mehmondo‘stlik mutaxassisligi UNWTO TedQual xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tganligi munosabati bilan universitet rahbariyati Iqtisodiyot va turizm fakulteti hamda Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi jamoasini muborakbod etadi.
Turizm va mehmondo‘stlik ta’limini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘p qirrali istiqbolga ega. Buxoro davlat universiteti uchun xalqaro akkreditatsiya Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi dasturlarining sifatini yaxshilashga, ta’lim yo‘nalishi jozibadorligini va global miqyosida raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi. TedQual akkreditatsiyasi sifatli ta'lim, o'qitish va tadqiqotni ta'minlaydigan turizm dasturlarini tasdiqlaydi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti magistrlari Fotimaxonim Ergasheva, Madinabonu Roziqova, koordinator hamda tyutorlari tomonidan bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizga bag’ishlangan she’rlar, qo’shiqlar hamda sahnaviy ko’rinishlar bo’lib o’tdi. Quvonarlisi talabalarimiz qutlug’ kunni o’zgacha shukuhda o’tkazishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Nobel mukofoti sovrindori, fransiyalik olim, zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri Jean Tirole Buxoro davlat universitetida ma'ruza o'qidi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Tarix va yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo'nalishi 1-bosqich talabalari bilan "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” mavzusida davra-suhbati o'tkazildi.
Davra-suhbati davomida korrupsiya so'zining kelib chiqishi, ma'nosi (lotincha - corrumpere so'zidan olingan bo'lib, buzilish, aynish, ichki tartib qoidalarga bo'ysinmaslik, ularni buzish, yemirish), hukumatimiz tomonidan 2020-yildan boshlab Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil topganligi, barcha davlat tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limlari tashkil etilgani haqida aytib o'tildi.
Komplaens-nazorat - muvofiqlashtirish, qonunlarga, "Ichki tartib-qoidalari" va "Odob-axloq kodeksi" muvofiqlashtirish ma'nosini bildiradi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektordagi topshiriqlarga MUNOSABAT
Shomiddin Pardayev,
BuxDU Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Biologiya kafedrasi dotsenti
Bizni kuzatishda davom eting:
#kelajakuchun #saylov24 #ovozberaman
#xorijiytillarfakulteti
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅Siz ham 2024-yil 27-oktyabr kuni bo’lib o’tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi jarayonlarida munosib ishtirok eting!
Mening Vatanim,
Mening ovozim,
Mening tanlovim!
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️Sherzod Namozov ustoziga "Damas" sovg'a qildi
Xabaringiz bor, Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan romitanlik sportchimiz Sherzod Namozov dzyudo bo‘yicha final bahsida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo’lgan Sherzod o’zining Gazli shahrida 1-sinfdan 4-sinfga qadar saboq bergan murabbiyi Rustam Ashurovga “Damas” avtomashinasi sovg’a qildi.
Sherzodning muvaffaqiyati, nafaqat sportdagi yutuqlari, balki murabbiyning sidqidil mehnati, sabr-toqati va bergan pand-nasihatlariga ham bog‘liq. Rustam Ashurov ham shogirdlarini har doim rag‘batlantirib, ularga o‘z imkoniyatlariga ishonch hosil qilishlariga, albatta, gilamda faqat g’alaba uchun kurashishlariga da’vat qilib kelgan.
Samimiy va chin ko’ngildan berilgan bu sovg‘a nafaqat Sherzodning o‘z murabbiyiga ko’rsatgan hurmatini ifodalaydi, balki barcha murabbiy ustozlar va shogirdlar o‘rtasidagi yaqin dostlik rishtalarini ham namoyon etadi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅AHOLI O‘RTASIDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI KENG OMMALASHTIRISH DOLZARB MUAMMO
Jamiyatimizning ma’naviy-madaniy yangilanishi, sog‘lom va barkamol avlodning tarbiyasi, fuqarolarning yangidan shakllanishida oliy ta’lim sohasi mutaxassislari zamon talablariga javob berishlari lozim.
Batafsil: buxdumatbuotxizmati/82oj_eyhjlL" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/82oj_eyhjlL
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BIZ – SOGʻLOM TURMUSH TARZINI HAYOTIMIZ MAZMUNIGA AYLANTIRISHIMIZ ZARUR!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, fuqarolarimizni sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishi kundan kunga oshib bormoqda.
Batafsil: https://buxdu.uz/yangiliklar/6375/6375-biz-soglom-turmush-tarzini-hayotimiz-mazmuniga-aylantirishimiz-zarur/
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BIZ – SOGʻLOM TURMUSH TARZINI HAYOTIMIZ MAZMUNIGA AYLANTIRISHIMIZ ZARUR!
So‘ngi yillarda mamlakatimizda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, fuqarolarimizni sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishi kundan kunga oshib bormoqda.
Batafsil: https://buxdu.uz/yangiliklar/6375/6375-biz-soglom-turmush-tarzini-hayotimiz-mazmuniga-aylantirishimiz-zarur/
Bizni kuzatishda davom eting:
Tadbirda so'z olganlar Tarix va yuridik fakulteti professori M.Qurbonova, Filologiya fakulteti professori N.Bekovalar jamiyat, ilm fan taraqqiyotida xotin qizlar va olimalarning o'rni, bugungi kunda xotin qizlarning ilm olishi uchun yaratilgan shart- sharoitlar, imkoniyatlar, imtiyozlar to'grisida o'z fikrlarini bildirdilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Universitetda Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy anjuman hamda bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#ózbek_tili_bayrami
Bugun o‘zbek tilining nafaqat so‘zlashuv va ish yurituv, balki ilm va atamalar tili sifatidagi ko‘lami ham kengayib bormoqda. Xususan, so‘nggi besh yil ichida olimlar va mutaxassislar tomonidan yigirmadan ziyod sohaviy lug‘atlar tayyorlanib chop etildi. Yaqinda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan chop etilgan “Yuridik terminlar izohli lug‘ati” kitobi sud-huquq sohasidagi istilohlarning davlat tilidagi muqobillarini amalda tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyat sudida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda yuqoridagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akbar Rustamov, Buxoro davlat universiteti olimalari Guli Toirova, Nafisa Hamroyevalar o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish borasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va uning ijrosi, ona tilimizning boy lisoniy imkoniyatlari, uning g‘oyatda teran badiiy jozibasi xususida to‘xtalib o‘tishdi.
Shuningdek, sohada o‘zbek tili asliy imkoniyatlarini amalda tatbiq etish borasidagi bir qancha muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🏅Ashxobod shahrida joylashgan Maxtumquli nomidagi Tukmaniston davlat universitetida 2024-yilning 25-30-noyabr kunlari III Xalqaro Kimyo fan olimpiadasi o'tkazilishi munosabati bilan xalqaro olimpiada komandasini shakllantirish maqsadida olimpidaning saralash bosqichi o'tkazilishini ma'lum qilamiz
1️⃣1️⃣1️⃣
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marafonda universitet rektori boshchiligidagi rahbar-xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Til - millat ko'zgusi. Unda xalq yashaydi, unda millat yashaydi.
2024-yil, 21-oktabr kuni o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti G'ijduvon tumanidagi Soktare MFYda joylashgan o'quv binosida "Til-millat ko'zgusi" nomli adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi.
Tadbir San'atshunoslik va pedagogika fakulteti hamda o'zbek filologiyasi fakultetlari hamkorligida tashkil etildi. Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi N.M.Saidova, o'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori M.G'.Navro'zovalar tomonidan tayyorlanildi. Adabiy-badiiy tadbirni sirtqi bo'lim rahbari Sh.G'aybullayev ochib berdi. Talabalar tomonidan aytilgan she'r va qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari, mahorat bilan ijro etilgan raqslar tadbir ishtirokchilarini quvontirdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasining 5-kurs sirtqi talabalari tomonidan 21-oktyabr o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan konsert dasturi tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting: