#chellenj
☄️📚✅ BuxDU Filologiya fakulteti 6-2 TNA 24 guruh talabalari tomonidan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida tayyorlangan videorolik
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI OBIDJON XAFIZOVICH XAMIDOVNING O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Millatimiz ruhi, milliy g‘ururimiz – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz besh yilligi, «21 oktabr – O‘zbek tili bayrami» munosabati bilan universitetimiz professor-o‘qituvchilarini, xodimlarini, talaba-yoshlarimizni va barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan tabriklayman.
Batafsil: https://buxdu.uz/yangiliklar/6371/6371-buxoro-davlat-universiteti-rektori-obidjon-xafizovich-xamidovning-ozbek-tiliga-davlat-tili-maqomi-berilgan-kun-munosabati-bilan-bayram-tabrigi/
Bizni kuzatishda davom eting:
#Talant_shou
📌 Bugunki kun yoshlari har tomonlama o’zlarining qobiliyatlarini namoyon qilishda juda ilg’or va shijoatlidirlar. Bu esa jamiyatimizning ravnaqiga sezilarli hissa qo’shayotgani ham sir emas. Har bir jamiyatning yuksalishi rivojlanishi o’sha jamiyat a’zolarining sa'y-harakatlari intilishlari natijasida amalga oshadi.
✅ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan «Talantlar shou» mega tanlovining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi.
➖ Yoshlar o'zbek xonandalariga parodiyalar qilib hamda chet el xonadalarining qoʻshiqlari orqali o'z qobiliyatlarini namoyish etishdi.
🟦🟦🟦
☄️📚✅ "Nomoddiy madaniy merosning hunarmandchilik bilan bog'liq bilim va ko'nikmalar, ijrochilik san'ati yo'nalishlarini saqlash, targ'ib qilish: muammolari va imkoniyatlar" mavzusidagi milliy ilmiy-amaliy seminar
Bugun, 19-oktabr kuni, Buxoro davlat universiteti kichik majlislar zalida "Nomoddiy madaniy merosning hunarmandchilik bilan bog'liq bilim va ko'nikmalar, ijrochilik san'ati yo'nalishlarini saqlash, targ'ib qilish: muammolari va imkoniyatlar" mavzusidagi milliy ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda "Umrboqiy meros" O'zbekiston madaniyati va san'ati targ'ibot markazi, Buxoro davlat universiteti, Respublika "Hunarmand" uyushmasi, Buxoro viloyat hunarmandchilikni rivojlantish markazi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo'limi "Mavrigi" va "Buxorocha" ansambillari, Osiyo va Tinch okeani mintaqalari nomoddiy madaniy meros tadqiqotlari xalqaro markazi (IRCI) tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Seminarni Lutfiya Mirzayeva ("Umrboqiy meros" O'zbekiston madaniyati va san'ati targ'ibot markazi direktori) hamda Yu Le ( Osiyo va Tinch okeani mintaqalari nomoddiy madaniy meros tadqiqotlari xalqaro markazi Assotsiirovanniy ilmiy xodimi) kirish so'zi bilan ochib berishdi.
Seminar davomida Otabek Fayzullayevning (Buxoro davlat universiteti professori) "Ingliz va o’zbek bolalar folklori tipologiyasi" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. Bir qator universitet professor o'qituvchilari hamda universitet mehmonlari mavzu yuzasidan ma'ruzalar qilishdi va takliflarini bildirishdi. Shuningdek, seminarda ijrochilik hamda hunarmandchilikning bir qator turlari yuzasidan mahorat darslari tashkil etildi. Seminar muzokaralarga ulanib ketdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦
☄️📚✅ Maxsus reportaj | Turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash
#19oct #uzbekiston24
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
1️⃣ Birinchi liga. 24-tur
🟢 🟦 BUXDU 3:3 Sirdaryo FA
Bugun, 19-oktyabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 24-tur o‘yinlari doirasida Sirdaryo FA bilan 2:2 hisobida o'yin o'tkazmoqda.
Yigitlarimizni hamda ularning murabbiylarini tabriklaymiz, keyingi o'yinlarda omadlar tilaymiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
🟦🟦🟦
☄️📚✅ "Oʼzbekiston-yoshlar mamlakati"
19-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida "Oʼzbekiston-yoshlar mamlakati" shiori ostida talaba-yoshlar hamda universitet professor oʻqituvchilari ishtirokida yoshlar sayli boʼlib oʼtdi.
Tadbir doirasida fakultetlar oʼrtasida milliy taom-osh tayyorlash musobaqasi, sport turlari, jumladan, shaxmat, shashka, stol tennisi, arqon tortish musobaqalari tashkil etilgan. Shuningdek, har bir fakultet iqtidorini namoyish etadigan stollar tashkil qilingan boʼlib, unda talabalarning amaliy ishlaridan naʼmunalar hamda yutuqlari oʼrin olgan.
Tadbirni universitet prorektori Azizbek Amonov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningdek, universitetning bir qator professor oʻqituvchilari soʼzga chiqib 21-oktabr "Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan muborakbod etishdi hamda yaqinlashib kelayotgan saylov jarayoni toʼgʼrisida maʼlumot berishdi.
Yoshlar sayli davomida turli tanlovlarda gʼalaba qozongan hamda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi, shuningdek, harbiylar chiqishi, dilrabo kuy va qoʻshiqlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Birinchi liga 2024 24-TUR
✅ "BuxDU" : Sirdaryo FA
Bugun, 19-oktyabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 24-tur o‘yinlari doirasida Sirdaryo FA bilan o'yin o'tkazadi.
19.10.2024 ⏰ 15:00
Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!
Manzil: Buxoro viloyati Buxoro shahar Umid sport maydoni
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🏀 Missuri shtatining Lindenvud universitetining pedagogika fanlari tadqiqotchisi Ispaniyalik Antonio Moreno Rodriges Buxoro davlat universitetida.
🏀 Antonio Moreno 20 ortiq davlatlarda bo’lib, universitetimizda tashrifining maqsadi "Afropea" loyihasini va olimpiada dasturidan o’rin olgan Basketbol 3X3 o’yinini talabalar yoshlar hamda aholi o’rtasida yanada rivojlantirishdan iborat. BuxDU rektori Obidjon Xamidov va Ispaniyalik tadqiqotchi Antonio Moreno hamda Buxoro viloyati basketbol federatsiyasi ijroji direktori Evgeniy Zakiyev bilan birga "Afropea" loyihasi festivaliga start berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅HAFTALIK DAYJEST (14-19 oktyabr)
✅Buxoro davlat universitetida "Turkistondan Anadolugacha boʻlgan turkiy islom tafakkuri" nomli seminar o'tkazildi. Unda Turkiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniyaning nufuzli universitetlari professorlari ishtirok etishdi.
✅Akademiya rahbariyati va jamoasi Buxoro davlat universiteti vakillarini qutlaydi. "CAVA U20 Men's Volleyball Championship 2024" musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi g'olib bo'ldi.
✅Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 7-1SFDzyudo-24 guruh talabasi Ozodbek Atayev 58 kg vaznda oltin medalga ega chiqdi.
✅BuxDUda Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida "Talaba-yoshlar huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi" g‘oyasi ostida profilaktika tadbiri o‘tkazildi.
✅Filologiya fakultetida Zakovat turniri tashkil etildi.
✅OʼzLiDePning "Ishbilarmon ayol-2024" anʼanaviy koʼrik tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda viloyatning tadbirkor ayollari, partiya aʼzolari ishtirok etishdi. Shuningdek, 15-oktabr kuni "Qishloq ayollari" kunidir.
✅O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, Nurislam Tuxliyevning Iqtisodiyot va turizm fakultetida "Kreativ iqtisodiyot: muammolar va imkoniyatlar" mavzusidagi ma'ruzasi bo'lib o'tdi.
✅AQShning Kent davlat universitetining Global ta’lim bo’yicha vitse-prezidenti Marcelo Fantoni hamda Kent davlat universitetining Yevrosiyo bo’yicha strategiyalar direktori Ayya Hudayberganovalar Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
✅Yaponiya - O’zbekiston Ipak yo’li fondining 16 kishilik delegatsiyasi Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.
✅Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan seminar o'tkazildi.
✅"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, jurnalist, tarjimon Joʼra Fozil tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi.
✅Bolgariyaning Sofia Universiteti professor-o’qituvchilari universitetda. BuxDU va Sofia universiteti hamkorligidagi qo’shma ta’lim dasturi asosida 4 yildan buyon samarali hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
✅Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo universitetlar" forumi bo'lib o'tdi. Unda universitet vakillari ishtirok etishdi.
✅O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Ommaviy diktant" aksiyasi o'tkazildi.
✅Ekologiya va geografiya kafedrasida xorijiy professor-o'qituvchilar oyligi.
✅BuxDU jamoasi Qorovulbozor tumanida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Talaba yugur" ommaviy yugurish marafonida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
✅Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazining rasmiy telegram kanali faoliyat yuritmoqda.
✅Buxoro davlat universiteti kengashining qaroriga asosan Buxoro davlat universiteti Yoshlar akademiyasi lideri hamda 8 ta fakultet liderlari saylandi.
✅BuxDUda Bolgariyaning Sofiya universiteti rektori Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR UNVONI topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
✅Buxoro davlat universitetida "Bolgariya va O'rta Osiyo: madaniy ko'prik" mavzusidagi Bolgariya, Qozog'iston, Turkmaniston va boshqa osiyo mamlakatlari delegatsiyalari ishtirokidagi xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi.
✅BuxDU rektori Obidjon Xamidov Sofia universiteti delegatsiyasini qabul qildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU yoshlari birlashib Yangi O'zbekiston islohotlarining tashabbuskoriga aylanamiz. 27-oktabr kuni yurtimizda o'tkaziladigan saylovda barchamiz birgalikda munosib partiya va uning nomzodlariga ovoz beramiz!
Sizchi?
Siz ham faol ishtirok eting!
🇺🇿 Mening tanlovim — obod Vatanim!
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅
1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rektori Obidjon Xamidov Sofia universiteti delegatsiyani qabul qildi.
Bugun, Buxoro davlat universitetiga Bolgariyaning Sofia universiteti rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya talalabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. Mehmonlarni Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov kutib olib ular bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅Hurmatli yurtdoshlar, siz ham oʻz kelajagingiz, orzu-maqsadlaringiz uchun ovoz bering!
Xabaringiz bor joriy yilning 27-oktabr sanasida Oliy Majlis, viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga deputatlar saylovi bo'lib o'tadi.
Shu munosabat bilan Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi ushbu siyosiy jarayonda respublikamizning barcha yoshlarini faol ishtirok etishga chorlaydi!
Unutmang, siz ham saylovda albatta ishtirok eting, sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega!
🇺🇿 Mening tanlovim — obod Vatanim!
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDUda Bolgariyaning Sofiya universiteti rektori Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR UNVONI topshirish marosimi bo`lib o`tmoqda.
Bugungi kunda Buxoro davlat universiteti Sofiya universiteti o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Sofiya universiteti jahonda tanilgan oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, Bolgariyaning eng qadimiy va bosh universiteti hisoblanadi, jahon reytinglariga yuqori o‘rinlarni egallaydi.
O‘zaro yaqin munosabatlar Bolgariya bilan O‘zbekiston o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning yuksak namunasi sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni paytda yangi loyihalar ustida ham ish olib borilmoqda.
2021 yildan beri amal qilayotgan “Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili” qo‘shma magistratura dasturini ayni paytgacha 10 nafar talaba muvaffaqiyatli tugalladi. 2024 yilda esa bitiruvchilar soni 19 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu qo‘shma magistratura dasturiga 2024-2025 o‘quv yili uchun 15 nafar talaba qabul qilindi.
Universitetlar o‘rtasidagi munosabatlar doirasida 2024 yilda BuxDU rektori O.Xamidov hamda 25 nafar professor-o‘qituvchi va talabalar Sofiya universitetida bo‘lib qaytishdi. Professor-o‘qituvchilar malaka oshirish va stajirovka muddatini o‘tashdi, talabalar darslarda ishtirok etishdi. Tashrif davomida rektor O.Xamidovga ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Sofiya universitetining yuksak mukofoti hisoblanuvchi ko‘krak nishoni topshirildi. Hamkorlik doirasida har yili Sofiya universiteti va Markaziy Osiyodagi hamkor universitetlarning an’anaviy konferensiyasi o‘tkazib kelinmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ 21-oktyabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Buxoro davlat universiteti xodimlari ishtirokida tayyorlangan videorolik.
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Bizni kuzatishda davom eting:
#ona_tilim_faxrim
☄️📚✅21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
Buxoro davlat universiteti jamoasi barcha ilm ahli, olimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar hamda ta’lim fidoyilarini bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
___
☄️📚✅21 октября – день предоставления узбекскому языку статуса государственного
Коллектив Бухарского государственного университета искренне поздравляет всех ученых, профессоров и преподавателей, студентов и всех причастных к образованию с Днём праздника узбекского языка.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Talaba_hayotidan
Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyida "BuxDU party" ning navbatdagi soni boʻlib oʻtdi.
Bu galgi konsert dasturi har galgidan oʻzgacha, quvnoq lahzalar va qiziqarli oʻyinlarga boy boʻldi. Universitetimizning xushovoz xonanda talabalari tomonidan kuy-qo’shiqlar aytildi.
Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu konsert dasturi talabalar qalbida o'zgacha shukuh, yuqori kayfiyat, ko'tarinki ruh baxsh etdi.
#konsert #ttj #kayfiyat
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU yoshlari birlashib Yangi O'zbekiston islohotlarining tashabbuskoriga aylanamiz. 27-oktabr kuni yurtimizda o'tkaziladigan saylovda barchamiz birgalikda munosib partiya va uning nomzodlariga ovoz beramiz!
BuxDU Yurisprudensiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi Ro'zmetov Asadbek
Sizchi?
Siz ham faol ishtirok eting!
🇺🇿 Mening tanlovim — obod Vatanim!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Bolgariyaning Sofia universiteti delegatsiyasi universitetda.
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅Toshkent davlat yuridik universiteti professori Feruza Muxitdinova yoshlarning saylov savodxonligini oshirish borasida joylarda xususan, Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida qator targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rektori Obidjon Xamidov Sirtqi ta`lim talabalari ishtirokida o'tkazilgan "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" tadbirida ishtirok etdi.
Bugun, 19-oktyabr kuni Buxoro davlat universitetining Gʻijduvon tumani Soktare MFY o‘quv binosida talabalar ishtirokida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirni Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov kirish so'zi bilan ochib berib, 21-oktabr "O'zbek tiliga Davlat tili” maqomi berilgan kun munosabati bilan barchani tabrikladi hamda milliy qadriyatlarimiz va davlatchilik timsoli bo‘lgan ona tilimiz sofligi va jozibadorligi bilan millatimiz tashrif qog`oziga aylanganligini ta`kidlab o'tdi. Tadbirda yo'nalish talabalari tomonidan ko'rgazmali hamda musiqiy chiqishlar ijro etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU yoshlari birlashib Yangi O'zbekiston islohotlarining tashabbuskoriga aylanamiz. 27-oktabr kuni yurtimizda o'tkaziladigan saylovda barchamiz birgalikda munosib partiya va uning nomzodlariga ovoz beramiz!
BuxDU Yurisprudensiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi Jurayeva Sarvinoz Ziyodulla qizi
Sizchi?
Siz ham faol ishtirok eting!
🇺🇿 Mening tanlovim — obod Vatanim!
Bizni kuzatishda davom eting:
Qadrli voleybol ixlosmandlari!
Poytaxtimiz Toshkent shahri Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️ Hamkorlik, tajriba almashish
Buxoro davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori T.Rasulov va TSNQD boshlig'i Z.Nurov xalqaro reytinglarda universitet nufuzini oshirish maqsadida THE WUR-2025 bo'yicha mos ravishda 601+ va 1001-1200 o'rinlarni band qilgan TIIAME milliy tadqiqot unversiteti va O'zbekiston milliy universitetida bo'lib, THE va QS reytinglariga kirish, bu boradagi o'ziga xos yondashuvlar, hamkorlik yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Mazkur uchrashuvlar THE xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Yangi O'zbekiston universitetida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo universitetlari" Forumining mantiqiy davomi hisoblanadi. Muzokaralar davomida ushbu yo'nalishdagi aloqalarni kuchaytirish, natijalarni yaxshilashga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat, ayniqsa, mos yo'nalishlardagi kafedralar hamda professor-o'qituvchilar hamkorligini yaxshilashga kelishib olindi.
Hurmatli hamkasblar, ustozlar, barchangizni xorijiy hamda mahalliy OTMlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishga va o'zingizning ilm olamidagi shaxsiy nufuzingizni oshirishga chaqirib qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro davlat universiteti volontyor yoshlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida tabiiy, texnogen, ekogolik tabiiy ofatlar turlari, dunyoda ro‘y bergan kuchli zilzilalar, ularning oqibatlari, volontyorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etildi. Volontyorlarni Yoshlar agentligi Buxoro viloyat boshqarmasidagi “Yoshlarportal-uz” dan ro‘yxatdan o‘tishlari, ularning huquq va majburiyatlari, amalga oshiradigan ishlari haqida to‘xtalib o‘tildi. Mutaxassislar volontyorlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Bolgariyaning Sofia universiteti delegatsiyasi universitet faoliyati bilan tanishdi.
Bugun, Bolgariyaning Sofia universiteti delegatsiyasi BuxDU "Ofis registrator" markazi, Yapon markazi, qo'shma ta`lim dasturlari, Robototexnika o'quv markazini hamda yaratilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅"Bolgariya va O'rta Osiyo: madaniy ko'prik"
Bugun, 18-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida "Bolgariya va O'rta Osiyo: madaniy ko'prik" mavzusidagi Bolgariya, Qozog'iston, Turkmaniston va boshqa osiyo mamlakatlari delegatsiyalari ishtirokidagi xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur mavzudagi uchrashuvlar 3 yildan beri turli shaharlarda tashkil etilmoqda. Joriy yildagi uchrashuvlar esa Xiva, Samarqand va Buxoro shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ilk ma'ruzani Qozog'istonlik professor Mayra Kabakova boshlab berdi. U ushbu aloqalarni mustahkamlash va kelgusida rivojlantirish tashabbusi bilan chiqdi hamda kelasi uchrashuvni Qozogʻistonda oʻtkazilishini taklif qildi. Bolgariyalik talabalar Karolina Manukyan hamda Ana Petrova "Bolgariya va O'rta Osiyo: raqamli madaniy ko'prik" mavzusidagi izlanishlari bilan tanishtirishdi.
BuxDUning bir qator professor-oʼqituvchilari soʼzga chiqib ushbu uchrashuvdan mamnun ekanliklarini, shuningdek, aloqalarni yanada rivojlantirishdan umidvorliklarini bildirishdi. BuxDU "Xorijiy tillar" yo'nalishi 2-bosqich magistratura talabasi Shaxnoza Raximovaning "Mamlakatim haqida 10 fakt" mavzusidagi qiziqarli ma'ruzasi tinglandi. Shuningdek, u ma'ruzasi so'ngida xorijlik talabalardan O'zbekistonga tashriflaridan keyingi munosabatlarini so'radi. Talabalar esa iliq va samimiy fikrlarini bildirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU Kengash raisi Obidjon Xamidov Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR unvonini topshirdi.
Universitet rektori professor Georgi Valchev tomonidan barcha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
Professor Georgi Valchev nafaqat Bolgariya, balki jahon ilm-fanida ham tanilgan olim bo‘lib, ilmiy ishlari tarix, madaniyat, falsafa sohalarini qamrab oladi. G.Valchev bir qator ilmiy uyushmalarning a’zosi hisoblanadi. Madaniy merosni boshqarish hamda ushbu yo‘nalishda davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ko‘plab ishlanmalari amaliyotga joriy qilingan.
Ushbudan kelib chiqqan holda, Buxoro davlat universiteti kengashi Sofiya universiteti rektori professor Georgi Valchevga ilmiy sohada erishgan yutuqlari hamda O‘zbekistan bilan Bolgariya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Buxoro davlat universitetining faxriy professori unvonini berish qarorini qabul qildi.
Universitet rahbariyati va kengash a’zolari professor Georgi Valchevni tabriklaydi hamda ilmiy ishlarida, ma’sul lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDUda Bolgariyaning Sofiya universiteti rektori Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR UNVONI topshirish marosimi bo`lib o`tmoqda.
Ayni damda Buxoro davlat universiteti kichik majlislar zalida Bolgariyaning Sofiya universiteti rektori Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR UNVONI topshirish marosimi o'tkazilmoqda. Unda BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, Sofia universitetidan tashrif buyurgan 30 dan ortiq professor-o'qituvchilar ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting: