buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Qadrli voleybol ixlosmandlari!

Poytaxtimiz Toshkent shahri Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda


Joriy yilning 18-24-oktyabr kunlari “JAR” sport majmuasida voleybol sport turi bo’yicha Erkaklar o’rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo’lib o’tadi.

Musobaqada 6 davlatning milliy terma jamoalari birinchilik uchun bahslashadi.
🔹Mehmon davlatlar:
🇦🇫 Afg’oniston
🇺🇿 O’zbekiston
🇰🇬 Qirg’iziston
🇹🇯 Tojikiston
🇹🇲 Turkmaniston
🇲🇻 Maldiv

💥Quvonarlisi shundaki, ushbu musobaqada terma jamoamiz safida talabalarimiz: Og'abek Haydarov va Mirziyod Murodovlar, Hakamlar jamoasida esa Sport faoliyati kafedrasi dotsenti Narzullayev Farrux Ashrapovich ham joy olishgan.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦

☄️ Hamkorlik, tajriba almashish

Buxoro davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori T.Rasulov va TSNQD boshlig'i Z.Nurov xalqaro reytinglarda universitet nufuzini oshirish maqsadida THE WUR-2025 bo'yicha mos ravishda 601+ va 1001-1200 o'rinlarni band qilgan TIIAME milliy tadqiqot unversiteti va O'zbekiston milliy universitetida bo'lib, THE va QS reytinglariga kirish, bu boradagi o'ziga xos yondashuvlar, hamkorlik yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Mazkur uchrashuvlar THE xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Yangi O'zbekiston universitetida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo universitetlari" Forumining mantiqiy davomi hisoblanadi. Muzokaralar davomida ushbu yo'nalishdagi aloqalarni kuchaytirish, natijalarni yaxshilashga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat, ayniqsa, mos yo'nalishlardagi kafedralar hamda professor-o'qituvchilar hamkorligini yaxshilashga kelishib olindi.

Hurmatli hamkasblar, ustozlar, barchangizni xorijiy hamda mahalliy OTMlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishga va o'zingizning ilm olamidagi shaxsiy nufuzingizni oshirishga chaqirib qolamiz.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro davlat universiteti volontyor yoshlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida tabiiy, texnogen, ekogolik tabiiy ofatlar turlari, dunyoda ro‘y bergan kuchli zilzilalar, ularning oqibatlari, volontyorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etildi. Volontyorlarni Yoshlar agentligi Buxoro viloyat boshqarmasidagi “Yoshlarportal-uz” dan ro‘yxatdan o‘tishlari, ularning huquq va majburiyatlari, amalga oshiradigan ishlari haqida to‘xtalib o‘tildi. Mutaxassislar volontyorlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Bolgariyaning Sofia universiteti delegatsiyasi universitet faoliyati bilan tanishdi.

Bugun, Bolgariyaning Sofia universiteti delegatsiyasi BuxDU "Ofis registrator" markazi, Yapon markazi, qo'shma ta`lim dasturlari, Robototexnika o'quv markazini hamda yaratilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirishdi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚"Bolgariya va O'rta Osiyo: madaniy ko'prik"

Bugun, 18-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida "Bolgariya va O'rta Osiyo: madaniy ko'prik" mavzusidagi Bolgariya, Qozog'iston, Turkmaniston va boshqa osiyo mamlakatlari delegatsiyalari ishtirokidagi xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur mavzudagi uchrashuvlar 3 yildan beri turli shaharlarda tashkil etilmoqda. Joriy yildagi uchrashuvlar esa Xiva, Samarqand va Buxoro shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ilk ma'ruzani Qozog'istonlik professor Mayra Kabakova boshlab berdi. U ushbu aloqalarni mustahkamlash va kelgusida rivojlantirish tashabbusi bilan chiqdi hamda kelasi uchrashuvni Qozogʻistonda oʻtkazilishini taklif qildi. Bolgariyalik talabalar Karolina Manukyan hamda Ana Petrova "Bolgariya va O'rta Osiyo: raqamli madaniy ko'prik" mavzusidagi izlanishlari bilan tanishtirishdi.

BuxDUning bir qator professor-oʼqituvchilari soʼzga chiqib ushbu uchrashuvdan mamnun ekanliklarini, shuningdek, aloqalarni yanada rivojlantirishdan umidvorliklarini bildirishdi. BuxDU "Xorijiy tillar" yo'nalishi 2-bosqich magistratura talabasi Shaxnoza Raximovaning "Mamlakatim haqida 10 fakt" mavzusidagi qiziqarli ma'ruzasi tinglandi. Shuningdek, u ma'ruzasi so'ngida xorijlik talabalardan O'zbekistonga tashriflaridan keyingi munosabatlarini so'radi. Talabalar esa iliq va samimiy fikrlarini bildirishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🎥🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚BuxDU Kengash raisi Obidjon Xamidov Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR unvonini topshirdi.

Universitet rektori professor Georgi Valchev tomonidan barcha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.

Professor Georgi Valchev nafaqat Bolgariya, balki jahon ilm-fanida ham tanilgan olim bo‘lib, ilmiy ishlari tarix, madaniyat, falsafa sohalarini qamrab oladi. G.Valchev bir qator ilmiy uyushmalarning a’zosi hisoblanadi. Madaniy merosni boshqarish hamda ushbu yo‘nalishda davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ko‘plab ishlanmalari amaliyotga joriy qilingan.
Ushbudan kelib chiqqan holda, Buxoro davlat universiteti kengashi Sofiya universiteti rektori professor Georgi Valchevga ilmiy sohada erishgan yutuqlari hamda O‘zbekistan bilan Bolgariya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Buxoro davlat universitetining faxriy professori unvonini berish qarorini qabul qildi.

Universitet rahbariyati va kengash a’zolari professor Georgi Valchevni tabriklaydi hamda ilmiy ishlarida, ma’sul lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🎥🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚BuxDUda Bolgariyaning Sofiya universiteti rektori Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR UNVONI topshirish marosimi bo`lib o`tmoqda.

Ayni damda Buxoro davlat universiteti kichik majlislar zalida Bolgariyaning Sofiya universiteti rektori Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR UNVONI topshirish marosimi o'tkazilmoqda. Unda BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, Sofia universitetidan tashrif buyurgan 30 dan ortiq professor-o'qituvchilar ishtirok etishmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚BuxDUda "Ommaviy diktant" aksiyasi

Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig'iga ko'ra, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Ommaviy diktant" aksiyasi o‘tkazildi.

Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

✔️ 🟦🟦🟦

✍️ Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari barcha fuqarolarni saylovda faol ishtirok etib, munosib nomzodga ovoz berishga chorlaydi!

✔️Xabaringiz bor, 2024-yilning 27-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatligi uchun muhim saylov bo'lib o'tadi.

🔈Shunday ekan, yurt farovonligi, gullab yashnashi, rivoj topishi uchun sizning ovozingiz muhim! Muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok eting. Yurt kelajagiga e'tiborsiz bo'lmang.

🇺🇿 Mening tanlovim — obod Vatanim!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Iqtisodiyot va turizm fakultetining 1-bosqich talabalari bilan "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” mavzusida davra-suhbati o'tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Y.Quliyev tomonidan korrupsion huquqbuzarliklar, manfaatlar to'qnashuvi bilan birgalikda universitetning "Ichki tartib-qoidalari" va "Odob-axloq kodeksi" mohiyati, "Ichki tartib-qoidalari"ni qo'pol ravishda buzilishi (sababsiz dars mashg'ulotlarida qatnashmaslik, bilim olmasdan turli qing'ir yo'llar bilan baholanish va buning evaziga boshqalarga moddiy va moliyaviy xarajatlar taklif etish, tartib-qoidalarga hurmatsizlik bilan qarash) korrupsion holatlar ekanligi uqtirildi.

Shu bilan birga, universitetimizning shaffoflik, adolatlilik, ochiqlik siyosati hamda korrupsion huquqbuzarliklar haqida xabar berish to'g'risidagi qonun mohiyati tushuntirildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

⚡️ "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, jurnalist, tarjimon Joʼra Fozil tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#saylov_2024

🇺🇿 27 октябрь – Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайлови куни.

🟩 2024 йилнинг 16 октябридан муддатидан олдин овоз бериш бошланди.

🗳 Сайловларда фаол иштирок этиб, юртимиз фаровонлиги учун овоз берайлик!

〰️〰️〰️〰️〰️
👉 Kanalga ulanish - @cadpuz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️⚡️Бухоро давлат университетида “Ваъда эмас натижа, эртага эмас бугун”, “Эркин ва фаровон, қудратли янги Ўзбекистонни биргаликда қурамиз!” шиорлари остида Сайловолди тарғибот тадбири ҳамда O’zLiDeP нинг истиқболли лойиҳаларидан бири- “Ишбилармон аёл-2024” кўрик-танловининг ҳудудий республика босқичи бўлиб ўтди.

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Xorijiy tillar fakultetining 1-bosqich talabalari bilan "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” mavzusida davra-suhbati o'tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Y.Quliyev tomonidan talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsion huquqbuzarlikga yo'l qo'ymaslik, manfaatlar to'qnashuvi turlari (nepotizm, favoritizm, kronizm, karindosh-urugchilik, maxalliychilik), ularni oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot, davra suhbati o'tkazildi.

Davra-suhbati davomida talabalar korrupsion huquqbuzarliklar, ularni oldini olishda har bir talaba yoshlarning o'rni borligi haqida va boshqa o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

“Talaba-yugur” ko‘ngililar ommaviy yugurish musobaqasi boshlanish arafasida.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

☄️📚HAFTALIK DAYJEST (14-19 oktyabr)

Buxoro davlat universitetida "Turkistondan Anadolugacha boʻlgan turkiy islom tafakkuri" nomli seminar o'tkazildi. Unda Turkiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniyaning nufuzli universitetlari professorlari ishtirok etishdi.

Akademiya rahbariyati va jamoasi Buxoro davlat universiteti vakillarini qutlaydi. "CAVA U20 Men's Volleyball Championship 2024" musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi g'olib bo'ldi.

Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 7-1SFDzyudo-24 guruh talabasi Ozodbek Atayev 58 kg vaznda oltin medalga ega chiqdi.

BuxDUda Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida "Talaba-yoshlar huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi" g‘oyasi ostida profilaktika tadbiri o‘tkazildi.

Filologiya fakultetida Zakovat turniri tashkil etildi.

OʼzLiDePning "Ishbilarmon ayol-2024" anʼanaviy koʼrik tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda viloyatning tadbirkor ayollari, partiya aʼzolari ishtirok etishdi. Shuningdek, 15-oktabr kuni "Qishloq ayollari" kunidir.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, Nurislam Tuxliyevning Iqtisodiyot va turizm fakultetida "Kreativ iqtisodiyot: muammolar va imkoniyatlar" mavzusidagi ma'ruzasi bo'lib o'tdi.

AQShning Kent davlat universitetining Global ta’lim bo’yicha vitse-prezidenti Marcelo Fantoni hamda Kent davlat universitetining Yevrosiyo bo’yicha strategiyalar direktori Ayya Hudayberganovalar Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Yaponiya - O’zbekiston Ipak yo’li fondining 16 kishilik delegatsiyasi Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan seminar o'tkazildi.

"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, jurnalist, tarjimon Joʼra Fozil tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi.

Bolgariyaning Sofia Universiteti professor-o’qituvchilari universitetda. BuxDU va Sofia universiteti hamkorligidagi qo’shma ta’lim dasturi asosida 4 yildan buyon samarali hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo universitetlar" forumi bo'lib o'tdi. Unda universitet vakillari ishtirok etishdi.

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Ommaviy diktant" aksiyasi o'tkazildi.

Ekologiya va geografiya kafedrasida xorijiy professor-o'qituvchilar oyligi.

BuxDU jamoasi Qorovulbozor tumanida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Talaba yugur" ommaviy yugurish marafonida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.

Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazining rasmiy telegram kanali faoliyat yuritmoqda.

Buxoro davlat universiteti kengashining qaroriga asosan Buxoro davlat universiteti Yoshlar akademiyasi lideri hamda 8 ta fakultet liderlari saylandi.

BuxDUda Bolgariyaning Sofiya universiteti rektori Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR UNVONI topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

Buxoro davlat universitetida "Bolgariya va O'rta Osiyo: madaniy ko'prik" mavzusidagi Bolgariya, Qozog'iston, Turkmaniston va boshqa osiyo mamlakatlari delegatsiyalari ishtirokidagi xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi.

BuxDU rektori Obidjon Xamidov Sofia universiteti delegatsiyasini qabul qildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

✔️ 🟦🟦🟦

☄️📚BuxDU yoshlari birlashib Yangi O'zbekiston islohotlarining tashabbuskoriga aylanamiz. 27-oktabr kuni yurtimizda o'tkaziladigan saylovda barchamiz birgalikda munosib partiya va uning nomzodlariga ovoz beramiz!

     Sizchi?

Siz ham faol ishtirok eting!

🇺🇿 Mening tanlovim — obod Vatanim!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

☄️📚

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi.


21-oktabr "Oʻzbek tili bayrami" munosabati bilan Buxoro davlat universitetida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚BuxDU rektori Obidjon Xamidov Sofia universiteti delegatsiyani qabul qildi.

Bugun, Buxoro davlat universitetiga Bolgariyaning Sofia universiteti rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya talalabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. Mehmonlarni Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov kutib olib ular bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

✔️ 🟦🟦🟦

☄️📚Hurmatli yurtdoshlar, siz ham oʻz kelajagingiz, orzu-maqsadlaringiz uchun ovoz bering!

Xabaringiz bor joriy yilning 27-oktabr sanasida Oliy Majlis, viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga deputatlar saylovi bo'lib o'tadi.

Shu munosabat bilan Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi ushbu siyosiy jarayonda respublikamizning barcha yoshlarini faol ishtirok etishga chorlaydi!

Unutmang, siz ham saylovda albatta ishtirok eting, sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega!

🇺🇿 Mening tanlovim — obod Vatanim!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🎥🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚BuxDUda Bolgariyaning Sofiya universiteti rektori Georgi Valchevga FAXRIY PROFESSOR UNVONI topshirish marosimi bo`lib o`tmoqda.

Bugungi kunda Buxoro davlat universiteti Sofiya universiteti o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Sofiya universiteti jahonda tanilgan oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, Bolgariyaning eng qadimiy va bosh universiteti hisoblanadi, jahon reytinglariga yuqori o‘rinlarni egallaydi.

O‘zaro yaqin munosabatlar Bolgariya bilan O‘zbekiston o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning yuksak namunasi sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni paytda yangi loyihalar ustida ham ish olib borilmoqda.
2021 yildan beri amal qilayotgan “Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili” qo‘shma magistratura dasturini ayni paytgacha 10 nafar talaba muvaffaqiyatli tugalladi. 2024 yilda esa bitiruvchilar soni 19 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu qo‘shma magistratura dasturiga
2024-2025 o‘quv yili uchun 15 nafar talaba qabul qilindi.

Universitetlar o‘rtasidagi munosabatlar doirasida 2024 yilda BuxDU rektori O.Xamidov hamda 25 nafar professor-o‘qituvchi va talabalar Sofiya universitetida bo‘lib qaytishdi. Professor-o‘qituvchilar malaka oshirish va stajirovka muddatini o‘tashdi, talabalar darslarda ishtirok etishdi. Tashrif davomida rektor O.Xamidovga ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Sofiya universitetining yuksak mukofoti hisoblanuvchi ko‘krak nishoni topshirildi. Hamkorlik doirasida har yili Sofiya universiteti va Markaziy Osiyodagi hamkor universitetlarning an’anaviy konferensiyasi o‘tkazib kelinmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

#Qadring_baland_boʻlsin_ona_tilim!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

✔️ 🟦🟦🟦

☄️📚Hurmatli yurtdoshlar, siz ham oʻz kelajagingiz, orzu-maqsadlaringiz uchun ovoz bering!

🇺🇿 Mening tanlovim — obod Vatanim!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi

Bugun, 18-oktyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

1️⃣1️⃣1️⃣

🚴‍♂️ Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Chor Bakr memoriy majmuasi bo'ldi.

Bugun BuxDU professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlar an' anaviy tashkil etib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manziliga, ya'ni Chor bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l olishdi.

☝️"Ziyorat Velomarafoni" har haftaning JUMA kuni bo'lib o'tadi. BuxDU jamoasi barchangizni "Ziyorat Velomarafoni"ga chorlab qoladi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

😎 #Stipendiya #Amaliyot #Tanlov

⚡️⚡️⚡️Xushxabar


📣O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2024-2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o’rtasida “Uzbekistan GTL" stipendiyalar tanlovi va ishlab chiqarish amaliyotiga saralash dasturi e’lon qilindi.

Unda O'zbekiston Respublikasidagi texnika va texnologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Gʻoliblar quyidagi 3 bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi:

🔴 1 bosqich > Joriy yilning sentyabr oyidan - 25 oktyabriga qadar talabgorlardan ushbu havola orqali anketa to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

🚫2 bosqich > Joriy yilning 25 oktyabridan - 15 noyabriga qadar onlayn anketalar orqali saralangan talabalar o‘rtasida tanlagan mutaxassisliklari va xorijiy til bo‘yicha yozma ish shaklida imtihon o‘tkaziladi.

😎3 bosqich > Joriy yil dekabr oyining ikkinchi haftasiga qadar ikkinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar suhbatda ishtirok etadi.

🟦🟦🟦 Tanlov doirasida o‘tkaziladigan har bir bosqich bo‘yicha batafsil ma’lumot (keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon o‘tkazish kuni, joyi va vaqti) Korxonanining rasmiy veb sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

😄Gʻoliblarga 2024-2025 o‘quv yili davomida stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim tashkilotini tugatgandan so‘ng doimiy ish bilan ta’minlanadi.

😎Shuningdek, ushbu dastur boʻyicha muvaffaqiyatli ishtirok etgan, lekin gʻolib boʻla olmagan talabalar ham “Uzbekistan GTL” MChJ zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Korxona tomonidan qoplanadi.

📞Dastur bo‘yicha savollar uchun +998 71 202 40 80
———


Bizni kuzating⬇️

💬Telegram | 🌐Website
👍YouTube | 😉LinkedIn
👨Facebook | 📹Instagram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#ZIYORAT_VELOMARAFONI

⚡️⚡️⚡️ZIYORAT VELOMARAFONINING NAVBATDAGI SONI!

HURMATLI PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!


🚴Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.

👉 18-oktabr (Juma) kuni soat‼️ 05:30 ‼️da Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l oladigan "Ziyorat Velomarafoni"ga taklif etamiz!

@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

“Talaba-yugur” ko‘ngililar ommaviy yugurish musobaqasi

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDu_Iqtidorli_talabalar

Buxoro davlat universiteti kengashining qaroriga asosan Buxoro davlat universiteti Yoshlar akademiyasi lideri hamda 8 ta fakultet liderlari saylandi.

2024-yilning 16-oktyabr kuni Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori bosh mutaxassisi Umida Xalikova boshchiligida universitet lideri hamda fakultet liderlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi va faoliyat rejasi kelishib olindi.

Har bir fakultetning kunduzgi ta’lim bosqichida ta’lim oluvchi barcha guruh sardorlari yoshlar akademiyasining fakultet lideri jamoasiga qabul qilinganligini ma’lum qilamiz.

Fakultet liderlari jamoasiga qabul qilingan guruh sardorlari ro‘yxati bilan tanishing umidaxalikova/Jg5_Cn132by">RO‘YXAT

Yoshlar akademiyasining universitet lideri Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti talabasi Ismoilov Asrorbek O‘tkirbek o‘g‘li

1. Yoshlar akademiyasi fakultet lideri Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabasi Rustamov Faridjon Farxod o‘g‘li

2. Yoshlar akademiyasi fakultet lideri Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti talabasi Hakimova Halima Halimovna

3. Yoshlar akademiyasi fakultet lideri Tarix va yuridik fakulteti talabasi Xaytov Og‘abek Egamberdi o‘g‘li

4. Yoshlar akademiyasi fakultet lideri Xorijiy tillar fakulteti talabasi Halimova Nilyufar Hakim qizi

5. Yoshlar akademiyasi fakultet lideri Filologiya fakulteti talabasi Xudoyberdiyeva Asaloy Azimovna

6. Yoshlar akademiyasi fakultet lideri San’atshunoslik fakulteti talabasi Sharipova Sadaf Latipovna

7. Yoshlar akademiyasi fakultet lideri Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi Fatilloyev Farrux Farhod o‘g‘li

8. Yoshlar akademiyasi fakultet lideri Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabasi Boboyeva Zarifa Jahonqulovna


🏢Iqtidorli talabalar bo'limi Bosh bino 212-xonada joylashgan

📞Murojaat uchun tel: 97 305 62 20

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#NEWS

Saylovlar oldidan targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

📹 Videoni YouTube'da ko'rish

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал