#sport
Diqqat, musobaqa!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.
2024-2025 oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.
Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtadi.
Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetining katta zalida Janubiy Koreyaning Pusan shahri xor jamoasining konsert dasturi tomoshasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konsert dasturida Pusan shahri xor jamoasi, BuxDU rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda koreys tilini o‘rganuvchi o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚 ✅"O'zbekiston milliy chempionati 2024" V-turida (PLAY OFF bosqichi) BuxDU (qiz bolalar) voleybol jamoasi Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasini 3:1 hisobida mag`lub etib keyingi bosqichga yo'l olishdi.
BuxDU voleybol jamoamizga omad tilab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
#ehtirom
☄️📚✅KEKSALAR HAMISHA ARDOG‘IMIZDA
Batafsil: buxdumatbuotxizmati/r--crt34rSZ" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/r--crt34rSZ
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅“Shon-sharaf” muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Buxoro davlat universitetining Iqtisodiyot va turizm fakulteti “Yashil iqtisodiyot va agrobiznes” kafedrasi katta o'qituvchisi F.K.Saidova rahbarligida 3-1AGB-21 talabalari bilan Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi “Shon-sharaf” muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Talabalar Milliy gvardiya qo‘riqlash tizimining qadimgi davlatchilik tarixi davridan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, jamoat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik namunasini ko‘rsatib halok bo‘lgan fidoyi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘tgan har bir davrning voqea-hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar, soqchi, mirshablar hamda ular foydalangan qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek ular xizmat avtotransport vositalari bilan ham tanishdilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦
☄️😎✅"Soʼzi bilan ishi bir partiya" deya Aktam Xaitov zalga yuzlanganida, zaldagilar bir ovozda, koʼtarinki kayfiyatda partiyani qoʼllab-quvvatlashdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
TABRIKLAYMIZ!!!🥈🥈🏆🏆
YUTUQ BARCHAMIZGA MUBORAK BO'LSIN!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ingliz, nemis, fransuz" tillari bo‘yicha e'lon qilingan Xorijiy tillar respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 2 nafar universitet talabasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
Badalov Feruz Nuriddinovich hamda Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi
Narzulloyeva Dilfuza Bahriddin qizi faxrli 2-o'rinni egalladi
Bizni kuzatishda davom eting:
#Sport_yangiliklari
⚡️BuxDUda Besh tashabbus olimpiadasi musobaqalari davom etmoqda
Sportning stritbol turi bo'yicha fakultet qiz bolalar jamoalari o'rtasida o'yinlar bo'lib o'tdi.
🥇- o'rinni Jismoniy tarbiya va sport fakulteti
🥈- o'rinni Iqtisodiyot va turizm fakulteti
🥉-o'rinni Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti jamoalari qo'lga kiritdi.
@buxdu_uz
Ахборот 24 | Узбекско-итальянский образовательный форум
#27sep #uzbekiston24
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️ Buxoro davlat universiteti "Iqtisodiyot va turizm" fakultetida 27-sentabr "Xalqaro turizm kuni" munosabati bilan tadbir bo`lib o`tdi.
✍️ Turizm – iqtisodiyotning eng faol, yildan-yilga taraqqiy topayotgan, xalqlar o`rtasida iliq, samimiy do`stona aloqalarini mustahkamlaydigan tarixiy-madaniy tanishuv turidir. Bu tanishuv madaniyatlararo uyg`unlikni ham ta'minlaydi. Bugungi bayram tadbirida ham BuxDUning iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari tomonidan turizm yuqori saviyada rivojlangan mamlakatlar taomlari, uslubi, kiyim-kechaklari kabi madaniyatlarni anglatuvchi ko`rgazmalar hozirlandi. Kuy va qo`shiqlar hamohangligida kechgan tadbir yuqori saviyada bo`lib o`tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
TA’ZIYA BILDIRAMIZ
Uzoq yillar Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazida faoliyat ko‘rsatib kelgan fidoiy ustoz Eshonxonova Mavluda Zarifovna 59 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi.
Mavluda Zarifovna 1983-1984 yy. -Romitan tuman markazlashgan tuman kutubxonasi, bolalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi
1984-1989 yy. -Romitan tuman markazlashgan tuman kutubxonasi komplektlash bo‘limi kutubxonachisi
1999-2006 yy. -Buxoro shahar markaziy kutubxona kutubxonachi-bibliografi
2006-2011 yy. - Buxoro davlat universiteti axborot-resurs markazi, 1-toifali uslubchisi
2011-2017 yy. -Buxoro davlat universiteti axborot-resurs markazi, komplektlash va kataloglashtirish bo‘limi yetakchi kutubxonachisi
2017 y. -2023 yy- Buxoro davlat universiteti axborot-resurs markazi, axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi 2-toifali bibliografi lavozimlarida samarali mehnat qilgan. 2023 yil 16 noyabrdan nafaqada.
BuxDU jamoasi tomonidan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Oxiratlari obod, joylari jannatda bo‘lsin. Eshonxonova Mavluda Zarifovnaning yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi. Manzil: shahar kasalxonasi ro'parasi, Istiqlol do'koni orqasida
⚖️👨💻👩💻💬🟦🟦
⚡️✅ Ayni damda, professor Z.M.Solihov tavalludining 90 yilligiga bagʻishlangan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intelektning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiyaning birinchi kuni boshlanish arafasida. (eslatib oʻtamiz konferensiya 27-28-sentabr kunlari boʻlib oʻtadi.)
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️🇮🇹🇺🇿Buxoroda birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida “O'zbekiston-Italiya ta’lim davra suhbati” tashkil etildi
Davra suhbati doirasida 9 ta memorandum imzolandi: Hujjatlarga asosan endilikda ikki davlat oliygohlari professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirishadi.
Jumladan, memorandumlar ushbu universitetlar oʻrtasida imzolandi:
1. BuxDU hamda Perudji chet elliklar universiteti.
2. Buxoro tabiiy resurslardan foydalanish instituti va Bari Aldo Moro universiteti;
3. Buxoro tabiiy resurslardan foydalanish instituti bilan Turin Politexnika universiteti;
4. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Milano Bikokka universiteti;
5. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hamda Piza universiteti;
6. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Kalyari universiteti;
7. Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Florensiya universiteti;
8. Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan Palermo universiteti;
9. Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Piza universiteti;
Shuningdek, BuxDUdagi davra suhbatida ishtrokchilar ba’zi muhim qarorlarni qabul qildilar. Jumladan, forumlarni ma’lum muddat oraligʻida doimiy ravishda tashkil etish, maxsus veb-sayt yaratish va ushbu sayt ma’lumot markazi boʻlib xizmat qilishi va barqaror ishlashi toʻgʻrisida kelishildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#SPORT#BuxDU #Besh_tashabbus_olimpiadasi #talaba_liga
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" sport musobaqalariga 20-sentabr kunidan start berilib (yengil atletika, stritbol, voleybol, mini futbol, stol tennisi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Barcha talaba-yoshlarni (kursidan qat’iy nazar) 27 sentabr kuniga qadar soat 14:00 da STRITBOL (o'g'il bolalar o'rtasida) musobaqalariga faol qatnashishga chaqiramiz. Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlarga murojaat qiling!
Musobaqa BuxDU sport zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚 ✅ 1- oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab o'tkazilayotgan "KASABA UYUSHMASI KUBOGI" sport musobaqalari yakunlandi.
Buxoro davlat universiteti professor - o'qituvchilari o'rtasida sportning VOLEYBOL turi bo'yicha bahslar bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#xalqaro_hamkorlik
#forum
Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi Turkiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan. Forum natijalariga ko'ra hamkorlikda ilgʻor muhandislik maktablari, spin-off kompaniyalari va texnoparklarni tashkil etish, ikki mamlakat oliygohlari oʻrtasida muhandislik-texnika mutaxassisliklari boʻyicha “ikki diplomli” qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish ko'zda tutilgan.
Shuningdek, akademik mobillik va almashinuvlarni rivojlantirishda taʼlim standartlari va talablarni uygʻunlashtirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqish, Turkiya oliygohlarida oʻzbek talabalari uchun magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun stipendiyalar ajratish, oʻzbekistonlik professor-oʻqituvchilar uchun Turkiya universitetlarida malaka oshirish kurslari va trening dasturlarini tashkil etish masalalari ko'rib chiqilmoqda.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚 ✅BuxDUda Besh tashabbus olimpiadasi musobaqalari davom etmoqda
Sportning STRITBOL turi bo'yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida musobaqalar yakunlanib g'olib fakultet jamoalari aniqlandi.
🥇- o'rinni Jismoniy tarbiya va sport fakulteti
🥈- o'rinni Agronomiya va biotexnologiya fakulteti
🥉-o'rinni Fizika-matematika fakulteti jamoalari qo'lga kiritdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz 👨🏫👩🏫
☄️📚✅ Sayfulloyev Oybek Olimovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Sayfulloyev Oybek Olimovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.I.72.05 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati, 08.00.13 – Menejment ixtisosliklari bo‘yicha “Agroturizm sohasiga investitsiyalarni jalb etishning boshqarish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertantni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Ilm markazi bo'lgan Buxoroyi sharifda mana shunday yangi olimlar safi ko'paysin.
Bizni kuzatishda davom eting:
#ehtirom
☄️📚✅Ustozga ehtirom!
Batafsil: buxdumatbuotxizmati/iojlB0WZdZ8" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/iojlB0WZdZ8
Bizni kuzatishda davom eting:
#SPORT#BuxDU#voleybol
✅"O'zbekiston milliy chempionati 2024" V turida (PLAY OFF bosqichi) BuxDU (o'g'il bolalar) voleybol jamoasi Namangan viloyatining PARVOZ jamoasini 3:0 hisobida mag`lub etdi.
BuxDU voleybol jamoamizga omad tilab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦
☄️😎✅Bugun, 28-sentabr kuni OʼzLiDePning saylovoldi taqdimoti tantanavor shukhda boshlandi. OʼzLiDeP raisi Xaitov Aktam Axmadovich soʼzga chiqib partiya dasturi va qoʼyiladigan vazifalarni tanishtirdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#xalqaro_hamkorlik
#forum
BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, prof. Obidjon Xamidov Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumida ishtirok etdi.
Kuni kecha Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek, forumda Buxoro davlat universiteti nomidan universitet rektori Obidjon Xamidov ishtirok etdi.
@buxdu_uz
@buxdu_rektori
🟦🟦
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj | O'zbekiston-Italiya ta'lim forumi
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️ 🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅KONSERT VAQTI O'ZGARDI:Janubiy Koreyaning mashhur Pusan Metropolitan Xor jamoasi Buxoro davlat universitetida o'z chiqishlarini o'tkazadi.
Hurmatli talabalar, professor-o'qituvchilar, Buxoro shahri aholisi!
Sizlarni bugun soat 18:00 da Buxoro davlat universitetida bo`lib o'tadigan Janubiy Koreyaning mashhur Pusan Metropolitan Xor jamoasi konsert dasturiga taklif etamiz.
Pusan Metropolitan xori 1972 yilda Janubiy Koreyaning Pusan shahri aholisiga yuqori sifatli chiqishlardan bahramand bo'lishlari uchun madaniy imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar 185 ta muntazam xorijiy konsertlar va 600 ta sayohat/gastrol konsertlari oʻtkazilgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️Бухоро шаҳрининг чеккасида Бухоро давлат университети учун янги кампус қурилади
Президент қурилиш, таълим, туризм ва саноат соҳаларидаги лойиҳалар тақдимоти билан танишди.
Маълумки, жорий йил 3 апрель куни Янги Тошкент шаҳрида илк иншоотлар қурилиши бошланган эди. Давлат раҳбари бу улкан лойиҳа илм-фан ва маънавият масканларидан бошланаётганига урғу бериб, “булар маърифатли жамият барпо этиш ғоямизнинг асоси ва намунаси бўлади”, деган эди.
Алишер Навоий номидаги халқаро илмий-тадқиқот маркази, Адабиёт музейи ва Миллий мақом марказини ўз ичига олган мажмуа “Zaha Hadid architects” компанияси томонидан лойиҳалаштирилган. Бўлажак мажмуа эстетика ва қулайлик моҳирона бирлаштирилиб, атроф-муҳит билан уйғунлик ҳосил қилади. Шу жиҳатлари билан мажмуа келгусида халқаро туризм масканларидан бирига айланади.
Янги Тошкент учун яна бир салоҳиятли гўша – Чирчиқ дарёси. Аҳоли ва меҳмонларга замонавий шароитлар яратиш мақсадида унинг 6 километрга яқин қисмида дам олиш ҳудуди барпо этиш мўлжалланган. Бунинг учун қирғоқлар тартибга келтирилиб, кўкаламзорлаштирилади. Меҳмонхона, соғломлаштириш ва кўнгилочар масканлар қурилади.
Шунингдек, Бухоро шаҳрининг чеккасида Бухоро давлат университети учун янги кампус қуриш режалаштирилмоқда
43 гектарда лойиҳалаштирилаётган мажмуада барча факультетлар, маъмурият, ётоқхоналар, лабораториялар, кутубхона, стадион, спорт зали ва амфитеатр яхлит жойлашади. Дарс ва амалиёт учун замонавий шароитлар яратилади. Ётоқхона ўрни 3 мингтадан 6 мингтага ошади. Бўш майдонларга дарахтлар экилиб, боғ барпо этилади.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚖️👨💻👩💻💬🟦🟦
✍️ Konferensiya boshida BuxDU prorektori Joʻrayev Abror Turabovich soʻzga chiqib hozirgi kunda ushbu yoʻnalish qanchalar muhim ekanligini va maskur soha yuzasidan universitetimizda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida aytib oʻtdi.
✍️ Shuningdek, bugun kun davomida konferensiya doirasida bir qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️ 🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅Janubiy Koreyaning mashhur Pusan Metropolitan Xor jamoasi Buxoro davlat universitetida o'z chiqishlarini o'tkazadi.
Hurmatli talabalar, professor-o'qituvchilar, Buxoro shahri aholisi!
Sizlarni bugun soat 15:00 da Buxoro davlat universitetida bolib o
tadigan Janubiy Koreyaning mashhur Pusan Metropolitan Xor jamoasi konsert dasturiga taklif etamiz.
Pusan Metropolitan xori 1972 yilda Janubiy Koreyaning Pusan shahri aholisiga yuqori sifatli chiqishlardan bahramand bo'lishlari uchun madaniy imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar 185 ta muntazam xorijiy konsertlar va 600 ta sayohat/gastrol konsertlari oʻtkazilgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Diqqat #Kibersport_Rektor_kubogi
⚡️Universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar diqqatiga...
🖥 BuxDU yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlari o'rtasida "Kibersport" musobaqasiga start berildi.
✅ Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar /channel/Fiz_mat_koordinatori profili orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati 02.10.2024, soat 00:00.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚 ✅Bugun 27-sentabr — Butunjahon turizm kuni
Ushbu sana 1979-yil 27-sentabrdan buyon Butunjahon Turizm kuni sifatida turizmni targ'ib qilish, uning jahon hamjamiyati iqtisodiyotiga qo'shgan hissasini yoritish, turli mamlakatlar xalqlari o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida jahon miqyosida nishonlanadi.
Butunjahon turizm kuni barcha BuxDU jamoasi va talabalariga qutlug` bo`lsin. Har bir kuningiz go`zal, maroqli o`tsin. Xilma-xil sayohatlar uyushtirib, yurtimiz va dunyo chiroyidan bahramand bo`ling.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoroda O‘zbekiston - Italiya ta’lim forumi o‘tkazildi.
@yangidavr_rasmiy
Bizni kuzatishda davom eting: