🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🌀 Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri O.R.Umarov, tayanch doktorant M.A. Ochilova hamda kafedra professor-o’qituvchilari bilan birgalikda Qorako’l tumani tuproqlarini o’rganish maqsadida dala ekspeditsiyasi tashkil etildi.
✍️ Ushbu dala ekspeditsiyasida ayni vaqtda kafedrada xorijiy o’qituvchi sifatida faoliyat ko’rsatayotgan Tyumen davlat universitetidan tashrif buyurgan dotsent Yurtayev Andrey Aleksandrovich, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy ilmiy tadqiqot instituti Buxoro hududiy bo'linmasi direktor o’rinbosari U. Ro’ziyevlar ishtirok ettilar. Ushbu tadqiqot davomida xorijiy tajriba asosida tuproqqa ta’rif berildi hamda laboratoriyada analiz qilish maqsadida tuproq namunalari olindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️⚽️✅ Buxoro davlat universitetida "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalari davom etmoqda.
Bo'lib o'tgan GANDBOL (qizlar) o'rtasidagi sport musobaqalarida natijalar quyidagicha:
🥇- o'rinni Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti
🥈- o'rinni Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
🥉-o'rinni Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamoalari qo'lga kiritdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Futzal #Plogging
☄️⚽️✅ Futzal bo’yicha jahon chempionatining bahsli oʻyinlarida Brazilya 5-0 Kosta-Rika hisobida yakunlandi.
Shu bilan birga, o'yin yakunida Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan "Plogging" loyihasi davom ettirilmoqda…
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ 27-sentabr Xalqaro Turizm kuni munosabati bilan Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov hamda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Abror Jo'rayevlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandilar.
💐Avvalambor, ushbu yuksak eʼtirof davlatimizning universitetimiz jamoasiga qilgan eʼtibori sanaladi. Shunday ekan, barchamizga mukofotlar muborak bo‘lsin!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
✍️ "Umr oʼtgan kun emas, esda qolgan kun" deydi Amirqul Karimov soʼzining boshida. U soʼzga chiqishi bilan talaba yoshlar gʼoyat ziyraklik bilan tinglashdi, chunki Amirqul Karimovning hayot haqidagi fikrlari, boshidan kechirgan tajribalari gʼoyat bebaho xazinadir. "Insonning koʼzi uning umr eshigi" deya qilgan tashbehi esa barchani hayratga solib, sergaklantirdi.
📚Ijodkorlar universitet yoshlariga ularning ijodiga qiziqish bildirganlari uchun minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek, oʼz kitoblaridan universitet talabalari oʼqishlari uchun kutubxonaga tuhfa etishdi. Ushbu kitoblarni qiziquvchilar foydalanishsa, mumnun boʼlishlarini bildirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Ayni damda Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari AMIRQUL KARIMOV hamda ZIKRILLA NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi), universitetimizga tashrifi talabalarimizni mamnun etdi. Joʼshqinlik uchrashuvda hokimlik qilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
#Marketing_va_karyera
#yarmarka
#bandlik
🔔 Hurmatli hamyurtlar! Bitiruvchi yoshlar! Sizlarga yuqori daromadli bo‘sh ish o‘rinlari kerakmi? Unda Sizni mehnat yarmarkasiga taklif qilamiz.
✅ Joriy yilning 25-sentabr kuni soat 09:00 dan boshlanadigan Buxoro viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va Qorako'l tuman hokimligi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etiladi.
📌Yarmarkada respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan "Enter Engineering" va "ARTEL" kompaniyalari hamda MTO gaz-kimyo majmuasi 1000dan ortiq ish o'rinlarini taklif etadi.
🤝 Keling, ishtirok eting. Mavjud vakansiyalar bilan tanishib, o‘zingizga yoqqan yo‘nalishda ishli bo‘ling!
📍Manzil: Qorako'l tuman Madaniyat markazi.
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚 ✅ 1- oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab "KASABA UYUSHMASI KUBOGI" sport musobaqalari boshlandi.
Ayni damda Buxoro davlat universiteti professor - o'qituvchilari o'rtasida sportning SHAXMAT va SHASHKA turlari bo'yicha bahslar bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI (FIZIKA-MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI)
🔵 Bugun, 24-sentabr kuni Buxoro davlat universitetida Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari bilan "Rektor va yoshlar uchrashuvi" tantanali ravishda boshlandi.
"BuxDU talabasi boʼlish-sharaf" deydi universitet rektori O.X.Xamidov. Binobarin, Buxoro taʼlim chashmasi ekanligi tarixdan maʼlumdir. Shuningdek, rektorimiz Obidjon Xamidov talabalarga universitet tizimini, fakultet rahbariyatini, masʼul xodimlarni tanishtirdi. Shuningdek, ushbu yoʼnalish juda muhim ekanligi hamda kelgusida yaxshi kadr boʼlib yetishishlarida omad tiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
✅ BuxDUda 2024-2025 oʻquv yili uchun “Talabalar ligasi” start oldi. Ushbu musobaqalar sportning 9 ta turini oʻz ichiga oladi, jumladan, futbol, basketbol, voleybol, stol tennis, shaxmat, gandbol, badminton, yengil atletika, milliy kurash.
Musobaqalar gandbol sport turi boʻyicha oʻgʻil bolalarning qizgʻin kuch sinashishlari bilan boshlandi.
Birinchi kun o'yin natijalari quyidagicha:
🥇- o'rinni Jismoniy tarbiya va sport fakulteti
🥈- o'rinni Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
🥉-o'rinni Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamoalari qo'lga kiritdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
Buxoro shahridagi oliy taʼlim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Taʼlim to‘g‘risidagi" Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
☄️📚✅"Sog'lom hayot sari birgalikda" shiori ostida yurish marafoni!
🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marafonda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
JARAYON
#SPORT#BuxDU #Besh_tashabbus_olimpiadasi #talaba_liga
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" sport musobaqalariga 20-sentabr kunidan start berilib (yengil atletika, stritbol, voleybol, mini futbol, stol tennisi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Barcha talaba-yoshlarni (kursidan qat’iy nazar) 24 sentabrdan 28 sentabr kuniga qadar soat 14:00 da MINI FUTBOL musobaqalariga faol qatnashishga chaqiramiz. Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlarga murojaat qiling!
Musobaqa BuxDU sport zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🤚
☄️📚 ✅1 oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab "KASABA UYUSHMASI KUBOGI" sport musobaqasi
#BuxDU#kasaba_uyushmasi_kubogi
Buxoro davlat universiteti professor - o'qituvchilari o'rtasida:
24 sentabr kuni soat 15:00 da SHAXMAT va SHASHKA (erkak va ayollar, shaxsiy birinchilik)
25 sentabr kuni soat 15:00 da STOL TENNISI (erkak va ayollar, shaxsiy birinchilik)
26 sentabr kuni 15:00 da VOLEYBOL (erkaklar jamoaviy)
Musobaqa BuxDU bosh bino hamda sport zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🤖 BuxDU talabalari uchun bepul robototexnika kursi! 🤖
✨ Siz robototexnikaning hayajonli olamiga sho‘ng‘ib, innovatsion loyihalarning bir qismi bo‘lishni xohlaysizmi? Unda bu taklif siz uchun!
🧪 Tanlov test natijalariga asoslanadi! O'z mahoratingizni ko'rsating va tanlanganlardan biriga aylaning!
⚠️Kimlar qatnasha oladi : BuxDU 1-2 kurs talabalari
📆 TEST sanasi: 20-sentabr
👥 Joylar cheklangan: atigi 10 nafar talaba!
Dars 1-oktabrdan !
🚀 Kursda sizni nima kutmoqda:
- Robot dasturlash asoslari
- Robotlarni ishlab chiqish va yig'ish
- 3D modellashtirish va konstruktorlash
- Loyihalar va tanlovlarda ishtirok etish
📝 Ishtirok etish uchun arizani toʻldiring: https://forms.gle/jA3pqwss6ZHXhYKX9
RobotsAndMe bilan robototexnika mutaxassisiga aylaning. 🌟
Manzil : 2-bino, Business Accelerator 2-xona
📲 +998919221000 @RobotsAndMe_Admin
@RobotsAndMe
🟦🟦🟦
⚡️BuxDU rektori Obidjon Xamidov 1-bosqich magistrlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
💠 BuxDU rektori O.X.Xamidov, avvalo, magistrlarni ushbu mavqega sazovor boʻlganliklari bilan muborakbod etdi hamda til bilishni afzal jihatlarini aytib oʻtdi. Jumladan, oʻz mutaxassisliklari boʻyicha dunyo adabiyotlari bilan tanishish. Savol-javoblar qizgʻin tarzda tus oldi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, turli dasturlar va loyihalar bilan tanishishdi. Ayniqsa, chet tilini biladigan magistrlarda keng imkoniyatlar borligi aytib oʻtildi.
✍️ Uchrashuv davomida universitet rektori xitoylik magistr Yue Yubo bilan ingliz tilida muloqot qildi. Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti yoʻnalishi magistranti Yue Yubo universitetda yaratilgan sharoitlardan mamnunligini va Yapon tili hamda Koreys tili markazlari borligini etirof etib keyingi yillarda Xitoy tili markazi ham ochilishini taklif berib o'tdi.
✍️Shuningdek, uchrashuv davomida Urganch davlat universitetida bakalavr bosqichini tamomlab kelgan 1-kurs fransuz tili lingvistikasi magistrlari BuxDUda tahsil olayotganliklaridan mamnun ekanliklarini aytishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Futzal_JCH: Mahorat o‘z so‘zini aytdi!
☄️⚽️✅Buxoro "Universal" sport majmuasida kechgan Pley-off bahsida Braziliyaning qo‘li baland keldi. Bu gal futzal sehrgarlari Kosta-Rika terma jamoasini 5:0 hisobida taslim etishdi. Ushbu uchrashuvda Buxoro davlat universiteti rahbariyati, professor-o'qituvchilari, Yoshlar yetakchilari, talabalar ishtirok etishdi.
Shunday qilib, Brazililiya g‘alaba bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Futbol muxlislari, keng jamoatchilik vakillari tantana bilan Brazililiya g‘alabasini olqishlab turdilar.
Chempionat ko'tarinki ruhda davom etmoqda.
Tohir ISTATOV fotolavhasi
Bizni kuzatishda davom eting:
#Interesting_week #Talant_shou
🇺🇿 BuxDU Yoshlar Ittifoqi BT tomonidan talabalarning o'z iqtidor va qobiliyatlarini kashf etishlariga, namoyish etishlariga imkoniyat yaratish va ularni amaliy qo'llab-quvvatlash maqsadida "Talant shou" mega loyihasiga start beramiz!
🟢Loyihada ishtirok etish qonun-qoidalari, qaysi yo'nalishlar doirasida bo'lib o'tishi to'g'risidagi ma'lumotlarni quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
⏳ Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 01.10.2024, soat 00:00.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
"Buxoroni sog'inmay bo'lmas", Zikrilla Neʼmat
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Hurmatli voleybol sport turiga qiziqadigan yoshlar, sizga ajoyib yangiligimiz bor. Buxoro davlat universtiteti VOLEYBOL AKADEMIYASI voleybol to'garagiga qabul boshlandi.
👬 Jamoa 8 yoshdan yuqori yoshlarni o'z oilasiga taklif qiladi.
🔥Voleybolga ishqi yuksak yoshlarni tezroq aloqaga chiqishingizni so’rab qolamiz!
📞 Murojaat uchun:
+998 91 444 62 62
+998 88 180 74 34
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Joriy yil 25-sentabr kuni Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlarimiz: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmas a'zolari AMIRQUL KARIMOV, ZIKRILLA NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi), ISROIL SUBHONOV. Bunda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Mushoira” kechasi, adiblar ishtirokida “Fotosessiya” va “Gulxan atrofida” ijodiy uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni “Ma’rifat ulashib” loyihasida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.
Tadbirlar 25-sentabr kuni soat 9:00 dan boshlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🤚
☄️📚 ✅BuxDUda Besh tashabbus olimpiadasi musobaqalari davom etmoqda
Bugun sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🤽Sportning voleybol turi bo'yicha BuxDU o'g'il va qiz bolalar jamoalari Uzbekiston Milliy chempionatining final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi. Ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun 26-sentyabr kuni terma jamoalarimiz musobaqaga jo'nab ketishlari oldidan BuxDU rektori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Диққат #Ижтимоий_сўровнома
Мазкур ижтимоий сўровнома олий таълим муассасалари битирувчи курс талабаларининг келгусидаги истиқбол режаларини таҳлил қилиш ва ёшларнинг давлат фуқаролик хизматига муносабати ва қизиқишини аниқлаш мақсадида ўтказилмоқда.
Бу борада эса Сизнинг фикрингиз муҳим!
Сўровнома аноним хусусиятга эга бўлиб, натижалари умумлаштирилган ҳолда таҳлил қилинади. Барча саволларни диққат билан ўқиб, ўзингизга мос жавобларни ва таълим муассасаси жойлашган ҳудудни белгиласангиз бўлди.
Эслатиб ўтамиз, мазкур сўровномада олий таълим муассасаларининг битирувчи курс талабалари иштирок этиши лозим!
Ҳамкорлигингиз учун миннатдормиз!
◽️Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги ҳаволага ўтинг 👉— https://forms.gle/7Yjy7D9TABvUdYX59
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
⚡️ Kuni kecha Buxoro davlat universiteti va Isroilning yetakchi institutlaridan biri bo’lgan Holon texnologiyalar instituti hamkorligida tashkil qilingan “Amaliy matematika va informatika” hamda “Informatika va axborot texnologiya” qo’shma bakalavr dasturlarning dastlabki bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi (Isroil).
2019-2020-o’quv yilida 1-talabalarni qabul qilgan 2020-2021-o’quv yilida ikkinchi talabalar qabul qilinib, 2023-2024-o’quv yilida talabalar so’ngi kursni hamkor OTMga borib o’qishni bitirdi.
🎓Diplom taqdirlash marosimi Holon texnologiyalar institutida bo’lib, marosimda bitiruvchilar va HIT instituti presidenti Prof. Eduard Yakubov, bosh director Janob Shmuel Goldberg, O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Jahongir Davlatovich Aminov va institutning Yevroosiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo’yicha bosh koordinator Toni Levi xonim ishtirok etishdi. Shuningdek, bitiruvchilarning oila a’zolari, BuxDU rektori prof. Xamidov Obidjon Xafizovich, Boku Milliy universiteti rektori prof. Elchin Babayev va Buxoro davlat universiteti vakillari Zoom platformasi orqali tadbirda ishtirok etib bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklashdi.
Bitiruvchilarga Holon texnologiyalar instituti diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
Bizni kuzatishda davom eting:
#startaplar_tanlovi
🚀$10 000 dollar sovrin jamg‘armasiga ega “Ijodiy startaplar tanlovi” o‘tkazilmoqda
Yo‘nalishlar:
— San’at
— Dizayn
— Moda
— O‘yinlar
— Interaktiv media
— Badiiy kontent yaratish
— Aqilli shaharlar va shaharsozlik
Sovrinlar:
🥇1-o‘rin $5 000 dollar.
🥈2-o‘rin $3 000 dollar.
🥉3-o‘rin $2 000 dollar.
💰Venchur investorlardan investitsiya jalb qilish imkoniyati.
🏕 1 haftalik startap campga yo‘llanma.
🤝Tanlov Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “IT Park Uzbekistan” hamkorligida tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
JARAYON
#SPORT#BuxDU#talaba_liga
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalariga START berildi.
Barcha talaba-yoshlarni (kursidan qat’iy nazar) 24 sentabr kuni soat 14:00 da GANDBOL (qizlar) sport musobaqasiga faol qatnashishga chaqiramiz. Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlarga murojaat qiling!
Musobaqa BuxDU sport zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#technoways_marafoni
#yoshlar_akademiyasi
⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkaziladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 8–11-oktyabr kunlari Nukus shahrida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni tashkil etiladi.
Bizni kuzating