🟦🟦🟦
☄️📚✅Sirtqi ta`lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun o'quv jarayonlari boshlandi.
Bugun, 16-sentabr kuni sirtqi ta`lim shaklida tahsil olayotgan 4-kurs talabalari uchun yangi 2024-2025 o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi. Ushbu tadbirni kirish so'zi bilan BuxDU O'quv ishlari bo'yicha prorektor R.G'.Jumayev ochib berdi. Tadbirda universitet professor-o'qituvchilari, fakultet dekanlari, bo`lim boshliqlari, universitet faxriy ustozlari, talabalar qatnashdilar. Tadbirda talabalar uchun ko'ngil ochar dasturlar tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rektori Obidjon Xamidov tomonidan Soktare MFY da joylashgan universitet o'quv binosining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati o'rganildi.
Tashrif mobaynida binodagi auditoriyalar holati, talabalar oshxonasi, bo`lim xonalari ko'zdan kechirildi. Talabalar takliflari asosida qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tegishli mas`ullarga ko'rsatmalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
buxdumatbuotxizmati/1xRocQboMw4" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/1xRocQboMw4
Читать полностью…🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 16-sentabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦
☄️📚✅Широкие возможности для молодого поколения
Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidovning "Народное слово" gazetasi #188 sonida "Широкие возможности для молодого поколения" mavzusidagi maqolasi chop etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️ 🟦🟦
⚡️⚡️SIRTQI TALIM SHAKLIDA TAHSIL OLAYOTGAN 4-KURS TALABALARI DIQQATIGA!
Aziz talabalar !
2024 yil 16-sentyabr sanasidan boshlab G'ijduvon tumani Soktare MFY da joylashgan BuxDU o'quv binosi tomon avtobus va yengil avtomobil qatnovi yo'lga qo'yilmoqda.
Damas avtomobillari ertalab soat 7:00 dan 8:00 gacha Buxoro shahridan yo'lga chiqadi.
Haydovchilar:
🚐 Zaripov Ibrohim. Tel: 94 278 99 90, (532 damas);
🚐 Bobomurodov Ilyos Tel: 90 298 6868, (728 damas )
🚐 Xudoyberdiyev Jamshid Tel: 91 400 9446, (241 damas )
🚐 G'iyosov Ilyos Tel: 94 449 0985, (476 damas )
🚐 G'oyibov Azizjon Tel : 91 973 74 20 (395 damas),
✅Shuningdek, Soktare MFY universitet binosigacha 2 ta yo'nalishli avtobuslar qatnovi ham ertalab soat 7:00 dan yo'lga qo'yildi.
🚍 Zikriyayev Zarif. Tel: 91 4012103, 765 Isuzu); 🚍 Sayfullayev Vohid. Tel:91 9218900 981 Isuzu); Yo'l kira 10 000 so'm
✅Soat 13:30 dan 14:00 ga qadar avtomashinalar Buxoro (Karvon bozor)igacha qatnovi ham yo'lga qo'yilgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦 1️⃣1️⃣1️⃣
1️⃣ Birinchi liga. 19-tur
🟥 BUXORO FA 0:2 BUXDU🟦
⚽️ Chingizxon Qoirov, 81 (0:1), Behruz To‘rayev, 87 (0:2)
Bugun, 14-sentabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 19-tur o‘yinlari doirasida Buxoro futbol akademiyasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Yigitlarimizni hamda ularning murabbiylarini tabriklaymiz, keyingi o'yinlarda omadlar tilaymiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
#Tabriklaymiz 👨⚖️👩⚖️
☄️📚✅Ro‘ziyev Yarash Bozorovich filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Ro‘ziyev Yarash Bozorovich Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03. raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Noqardosh tillarda o‘zlashtirmalik va uning funksional-semantik xususiyati” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant hamda ilmiy rahbarni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Ilm markazi bo'lgan Buxoroyi sharifda mana shunday yangi olimlar safi ko'paysin.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoroda “Futzal bo‘yicha Jahon chempionati 2024” boshlandi!
Bizni kuzatishda davom eting:
* 📲@MANAVIYATLIINSONLAR RASMIY KANALINING ENG MUHIM MANAVIY-MA`RIFIY TADBIRLAR DAYJESTI (09-14.09. 2024 y)
🔹 “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida barcha fakultetlarda “Mustaqillik darsi” bo‘lib o‘tdi.
🔹“Birinchi kurs maktabi” tadbirlari amalga oshirildi.
🔹 Talabalarnng madaniy xordiq olishlarini tashkil etish maqsadida tetartlarga tashriflari amalga oshirildi.
🔹Talabalarning tarixiy qadamjolar hamda muzeylarga tashriflari amalga oshirildi.
🔹Talaba-yoshlar o‘rtasida “Talaba xavfsizligi kuni” tadbirlari amalga oshirildi.
🔹Barcha kafedralarda “Ma’rifat soati” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
🔹Talabalarning madaniy xordiq olishlarini tashkil etish maqsadida istirohat bog‘lariga tashriflari amalga oshirildi.
🔹 Talaba-yoshlar uchun “Kino kunlari” tashkil etildi.
🔹 Talaba-yoshlar o‘rtasida psixologik treninglar o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️⚽️ Buxoroda “Futzal bo‘yicha Jahon chempionati 2024” uchun chiptalar sotuvi boshlandi.
Buxoroda bugundan «Futzal bo‘yicha Jahon chempionati» start oladi. Viloyatimiz aholisi har kuni 10:00 dan 20:00 gacha kassadan istalgan usulda chiptalarni sotib olishlari mumkin. Manzil: “Garden plaza” mehmonxonasi yo‘li yoqasida.
Shuningdek, chiptalarni onlayn https://futsal2024.uz orqali ham xarid qilishingiz mumkin!
Bizni kuzatishda davom eting:
#tezkor #kontrakt #shartnoma
Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️
⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun
Bizni kuzating
“Ingliz, nemis, fransuz" tillari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining saralash OTM bosqichi universitetning bosh bino 3-qavatda 308 (ingliz tili), 309 (fransuz tili), 310 (nemis tili) -xonalarda bo'lib o'tdi
Olimpiada jarayonlarida har bir fan bo'yicha eng yuqori ball to'plagan talabalar olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etishi Nizom talablari asosida begilangan
Bizni kuzatishda davom eting:
‼️ TANLOV
Respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o'rtasida o'tkazilayotgan "ENG FAOL YIL TALABASI" tanlovini e'lon qilamiz.
📣Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo'yicha nomzodlar qabul qilinadi:
🔻Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi
🔻Yilning eng targ'ibotchi talabasi
🔻Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
🔻Yilning eng faol sportchi talabasi
🔻Yilning eng faol iqtidorli talabasi
🔻Yilning eng faol ijodkor talabasi
🔻Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun)
Tanlovning universitet bosqichi 2- turda o'tkaziladi:
1. Fakultet bosqichi - 20-25-oktabr (fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari qabul qiladi)
2. Universitet bosqichi - 6-10-noyabr (Axmedova N)
https://telegra.ph/Eng-faol-yil-talabasi-tanlovining-NIZOMI-09-13-2
📍Tanlovga oid savollar uchun BuxDU Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektori bosh mutaxassisi Axmedova Nodiraga murojaat qilishingiz mumkin
📞 +998 88 080 39 08
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Fransiya futbol federatsiyasining vitse-prezidenti, futzal va plyaj futboli bo'yicha UEFA ijroiya qo'mitasi vakili janob Filip Lafrik Buxoro davlat universitetiga tashrif uyushtirdi.
Ayni kunlarda ona shahrimiz Buxoroda futzal bo'yicha jahon chempionati o'yinlariga mezbonlik qilishi tufayli ko'plab dunyoning yetakchi jamoalari murosasiz bahslarda tayyorgarlik ko'rishmoqda. Shular qatori futbol o'yinlari bo'yicha ikki karra jahon chempioni, o'zining sevimli muxlislariga ega Fransiya mamlakatidan ham yetakchi sportchilar, soha mutaxassislari shahrimizda mehmon bo'lishmoqda.
Quvonarlisi, Fransiya futbol federatsiyasining vitse-prezidenti, futzal va plyaj futboli bo'yicha UEFA ijroiya qo'mitasi vakili janob Filip Lafrik Buxoro davlat universitetiga tashrif uyushtirdi.
Xalqaro mutaxassisni universitet rektori professor Obidjon Xamidov va OTM jamoasi iliq kutib olishdi. Tashrif davomida universitetda sportchi talaba-yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan tanishildi.
Kelajakda sport sohasini rivojlantirishda, xususan futbol, futzal hamda minifutbol bo'yicha o'zaro tajriba almashinuv, fransiyalik mutaxassislarni o'quv-trening amaliyotlariga jalb etish bo'yicha aniq rejalar tuzildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Joriy yil 25-sentabr kuni Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlarimiz: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmas a'zolari AMIRQUL KARIMOV, ZIKRILLA NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi), ISROIL SUBHONOV. Bunda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Mushoira” kechasi, adiblar ishtirokida “Fotosessiya” va “Gulxan atrofida” ijodiy uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni “Ma’rifat ulashib” loyihasida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.
Tadbirlar 25-sentabr kuni soat 9:00 dan boshlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan yangi oʻquv yili boshlanganligi munosabati bilan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?
✅ Tadbir va loyihalarimizda ishtirok etmoqchi bo'lsangiz ushbu quyidagi manzillar yordamida ro'yxatdan o'tishingiz mumkin👇
📌 Batafsil infografikada👆
«Stol tennisi» 👉 @jurnalist2107
«Shaxmat-shashka» 👉@firdavs_juraev_00
«Zakovat» intellektual oʻyini 👉@Amonov_Navruz
«BuxDU_party» 👉@Fiz_mat_koordinator
«Mushoira» 👉@nuritdinovasurayyo
«Kino_time» 👉@Fiz_mat_koordinator
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Joriy yil 25-sentabr kuni Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlarimiz: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmas a'zolari AMIRQUL KARIMOV, ZIKRILLA NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi), ISROIL SUBHONOV. Bunda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Mushoira” kechasi, adiblar ishtirokida “Fotosessiya” va “Gulxan atrofida” ijodiy uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni “Ma’rifat ulashib” loyihasida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.
Tadbirlar 25-sentabr kuni soat 9:00 dan boshlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Bugun, 16-sentabr erta tongdan universitet rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi rahbariyat, fakultet dekanlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari, bo`lim boshliqlari va tyutorlar talabalarni kutib olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦
Buxoro (Karvon bozor) - Soktare yo'nalishi bo'yicha qo'shimcha komfort avtomashina xizmati ham yo'lga qo'yildi.
JACM3 avtomashinasi ertalab soat 7:00 dan 8:00 gacha Buxoro shahridan yo'lga chiqadi. Soat 13:30 dan 14:00 ga qadar Buxoro (Karvon bozor)igacha qatnovi ham yo'lga qo'yilgan.
Murojaat uchun ☎️ 91-925 9173
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tanishtiruv_haftaligi
⚡️"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Tanishtiruv haftaligi" loyihasi davom etmoqda...
📌 Bugungi targ'ibot jarayonlari universitetning Jurnalistika yo'nalishi talabalari bilan bo'lib o'tdi.
➡️ Suhbat davomida universitet Axborot xizmati bo'limi mutaxassisi B.Bafoyev tomonidan talabalarga media volontyorlar safiga qo'shilish hamda universitetda amalga oshirilayotgan tadbir, tanlov, loyiha va press-turlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz 👨🏫👩🏫
☄️📚✅ Xalikova Moxigul Xalimdjanovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Xalikova Moxigul Xalimdjanovna Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03. raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Turli tizimli tillarda sonlar nominatsiyasining lingvomadaniy tavsifi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant hamda ilmiy rahbarni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Ilm markazi bo'lgan Buxoroyi sharifda mana shunday yangi olimalar safi ko'paysin.
Bizni kuzatishda davom eting:
Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" bo‘limi boshlig‘i Yorqin Quliyev tomonidan joriy yilning 13-sentabr kuni o'tkazilgan davra-suhbati davomida xalqaro tajribada va yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan siyosat, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, Oliy ta'limda korrupsiyaning ko'rinishlari, universitet "Odob-axloq kodeksi" va "Ichki tartib-qoidalari" to'g'risida tushuntirish berildi.
Shu bilan birga, bo'lim huzurida tashkil etilgan "Talaba-yoshlar klubi" faoliyati va talabalarning a'zo bo'lishi haqida ma'lumot berildi.
Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Leader_month #Tanishtiruv_haftaligi
⚡️"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Tanishtiruv haftaligi" loyihasi davom etmoqda...
📌Bugungi targ'ibot jarayonlari universitetning Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari bilan bo'lib o'tdi.
➡️ Suhbat davomida universitet yoshlar yetakchisi F.Karimov hamda Marketing va karyera bo'limi bosh mutaxassisi O. Sharipov tomonidan talabalarga boshlang'ich tashkilot safiga qo'shilish hamda ijtimoiy faol, lider yoshlar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida tushunchalar berib o'tildi.
😮 "Tanishtiruv haftaligi" loyihasi boshqa fakultetlar talabalari bilan ham davom etadi...
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⭐️Yangi o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Zakovat" intellektual o'yinining ilk soni o'tkazildi.
Natijalar esa quyidagicha qayd etildi:
🥇 Narshaxiy jamoasi;
🥈 Diplomatlar jamoasi;
🥉 Silent jamoasi.
⚙️ Qiziqarli savol-javoblarga boy bo'lgan bilimlar bellashuvida barcha jamoalar oʻz faolliklarini namoyon etishdi.
#buxduyoshlari #talabaminbari #yoshlarittifoqi
Bizni kuzatishda davom eting:
🧠💡📚
☄️📚✅ Bolaga kitob bering
BuxDU axborot-resurs markazi
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Kitobxonlik – milliy o‘zlikni saqlash omili
Buxoro viloyati prokuraturasi, Departament va Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi organlari xodimlari bilan hamkorlikda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro axborot kutubxonasida tadbir tashkil etildi.
Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda “Kitobxonlik – milliy o‘zlikni saqlash omili” mavzusida tashkil etilgan ma’naviyat soatida Buxoro davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, ikki nafar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori M.Po‘latova, G.To‘xtamishovalar va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Futzal bo‘yicha JCH-2024ning to‘liq taqvimi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Birinchi liga 2024 19-TUR
✅ "Buxoro FA" : “BuxDU”
Bugun, 14-sentabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 19-tur o‘yinlari doirasida Buxoro futbol akademiyasi bilan o'yin o'tkazadi.
14.09.2024 ⏰ 17:00
Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!
Manzil: Buxoro viloyati Shofirkon tumani futbol akademiyasi futbol maydoni
Bizni kuzatishda davom eting: