🟦🟦🟦
⚡️📚✅ Xonatlas haftaligi
Oʻquv yilining dastlabki kunlaridanoq milliygimiz, yuzimiz, oʻzligimiz nishonasi boʻlgan xonatlas libosimizni butun Oʻzbekiston xalqi egniga marjon kabi taqilishini istab tashabbus qilingan "Xonatlas haftaligi" ham yakunini topmoqda. Ammo barcha ayollarimiz, ustoz-murabbiylarimiz, talaba qizlarimiz egnida bezak boʻlgan libosning butun yil jilo berib turishidan umidvormiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
Vаzir o‘rinbosari doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashdi.
Bugun 13-sentyabr kuni Buxoro davlat universitetining faollar yig’ingohida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda viloyatning ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan mamlakatimizda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va ilm-fan ba tarmoq integratsiyasini jadallashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu yo‘nalishda yechimini kutib turgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan berilgan savol va takliflar yechimi yuzasidan fikr almashildi hamda qator masalalarni o'z o'rnida hal qilinishiga erishildi.
Bir so‘z bilan aytganda, uchrashuv ilmiy muhitni yaxshilash va doktorantlarning tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fikr va tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
⚡️📚✅O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev va O‘zbekiston milliy simfonik orkestri jamoasi Buxoro davlat universitetida.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦 🟦🟦🟦
⚡️📚✅Buxoro davlat universiteti "Sirtqi va masofaviy ta'lim" bo'limi talabalarining 2024-2025 o'quv yili uchun O'QUV JARAYON GRAFIGI
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
☄️📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING 4-MAVSUMI BOSHLANDI!
Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Bahouddin Naqshband ziyoratgohi bo'ldi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 13-sentabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish davr talabi
Batafsil: https://is.gd/45C5pR
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
12-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov Buxoro davlat universitetida bo‘lib, yangi 2024/2025-o‘quv yili boshlanganligi munosabati bilan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan suhbat o'tkazdi. Jumladan, talabalar turar joyi holati, oshxona, maʼnaviyat xonalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.
Batafsil: https://is.gd/vjEG5q
Bizni kuzatishda davom eting:
#bilasizmi
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday❓ Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi❓
📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi
Bizni kuzating
#Futbol_bayrami
#WORLD_CUP
#BUXORO
Hurmatli futbol ishqibozlari,
Shahrimiz Buxoroyi sharifda Futzal bo’yicha jahon chempionati tashkil etilishidan barchangiz xabardorsizlar. Eng quvonarlisi dunyoning kuchli terma jamoalari ham ona shahrimiz zaminida to'p surishadi. Futbol bo'yicha ikki karra jahon chempioni faranglar yurtidan ham ilk bor 🇫🇷Fransiya milliy terma jamoasining ishtirokini jonli ko'rish imkoniga musharraf bo'lyapmiz. Albatta asl futbol muxlislari uchun bu chin ma'nodagi katta bayram hisoblanadi.
Sevimli jamoalarni qo'llab-quvvatlash va xususan fransuzcha futbol o'yinidan bahramand bo'lishni istasangiz bizning FUTZAL FAN GURUHimizga a'zo bo'ling!
Haqiqiy muxlislarga Fransiya futbol federatsiyasining estalik sovg'alari taqdim etiladi va eng muhimi jamoani qo'llab-quvvatlash imkoni yaratiladi.
🔵⚪️🔴 ALLEZ LES BLEUS ! ⚽️
Qo'shimcha ma'lumotlar bo'yicha BuxDU Fransuz filologiyasi kafedrasiga murojaat etishingiz mumkin!Читать полностью…
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori R.G'. Jumayev va Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti dekani A.A. Qodirovlar "Buxoro-Varnet" MCHJ da bo'lib, mazkur korxonadagi ish jarayoni hamda u yerda ish faoliyatlarini olib borayotgan Buxoro davlat universiteti bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari bilan suhbat olib borishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
📣Diqqat e’lon! Xorijiy tillar olimpiadasi ishtirokchilari diqqatiga!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ingliz, nemis, fransuz" tillari bo‘yicha e'lon qilingan Respublika fan olimpiadasining saralash OTM bosqichi 2024-yilning 13-sentyabr kuni soat 14:00 da bosh bino 3-qavatda 308 (ingliz tili), 309 (fransuz tili), 310 (nemis tili) -xonalarda bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
Olimpiada jarayonida talabgorlar quyidagi shartlarni bajaradilar:
- Mamlakatshunoslik, adabiyot, grammatik va leksik materiallar asosida tuzilgan 50 test savollari
- Badiiy filmdan parcha ko‘rish va 300 ta so‘zdan iborat bayon yozish
- O‘zbek yoki rus tilidagi matnni chet tiliga tarjima qilish
- Tili o‘rganilayotgan malakatning davlat tizimi, iqtisodiyoti va san’ati, buyuk siymolari, yoshlar hayoti haqida suhbat.
📺📺 #xalq_so'zi
✅ XALQIMIZ HAYOTIDA BEQIYOS O'RIN TUTADIGAN QADRIYAT
#Buxoro_davlat_universiteti rektori Obidjon Xamidovning "Xalq so'zi" gazetasining 2024-yil #187 sonida "Xalqimiz hayotida beqiyos o'rin tutadigan qadriyat" mavzusidagi maqolasi chop etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Erta tongdan BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, bo`lim boshliqlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari va tyutorlar talabalarni kutib olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda yana bir ko‘ngilli o‘qituvchi ish boshladi
Kecha universitetimizga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim bo‘yicha koordinatori Jamila Nasriddinova hamda Buxoroda o‘z faoliyatini boshlayotgan 2 nafar AQShlik ko‘ngilli o‘qituvchi tashrif buyurishdi. Ko‘ngilli o‘qituvchilardan biri Gabrielle Klema Buxoro davlat universitetida, Kolton Povaski (Colton Powaski) esa Buxoro davlat pedagogika institutida 9 oy davomida ETA (English Teaching Assistant) dasturi doirasida ish olib borishadi. ETA dasturi AQShlik o‘qituvchilarning mahalliy o‘qituvchilarga yordam beruvchi ko‘ngilli mutaxassis sifatida ishlashlarini nazarda tutuvchi maxsus dasturdir.
Mehmonlar bilan uchrashuv Xorijiy tillar fakultetida o‘tkazilib, unda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev, fakultet dekani N.Ataboyev, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi mudiri D.Xodjayeva hamda professor A.Haydarovlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda ko‘ngilli o‘qituvchining ish faoliyatiga bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Gabrielle Klema adabiyotshunoslik hamda tarjimashunoslik bo‘yicha tahsil olgan bo‘lib, bir necha tillarda gaplasha oladi. Gabriellega Buxoro davlat universiteti jamoasiga xush kelding deb, faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
#xizmat_safari #Buxoro #jarayon
Xizmat safari bilan Buxoroga borgan vazir o‘rinbosari talabalar turar joyida qoldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida 12–13-sentaybr kunlari viloyatdagi oliy va professional ta’lim muassasalari faoliyati hamda talabalarga qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha real holatni ko‘zdan kechirdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21568
Bizni kuzating
#BuxDU_yangiliklari
🎧 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maxsus "BuxDU Party" konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
⚡️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning viloyat oliy ta’lim muassasalari doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashuvi
Ayni damda Buxoro davlat universiteti faollar yig`ingohida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining tayanch doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashuvi o'tkazilmoqda. Uchrashuvda oliy ta`lim muassasalari doktorantlari tomonidan takliflar berilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Leader_month #Tanishtiruv_haftaligi
⚡️"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Leader_month" (tanishtiruv haftaligi) davom etmoqda...
📌 Bugungi targ'ibot jarayonlari universitetning Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan bo'lib o'tdi.
➡️ Suhbat davomida universitet yoshlar ittifoqi koordinatorlari hamda Marketing va karyera bo'limi bosh mutaxassisi O. Sharipov tomonidan talabalarga boshlang'ich tashkilot safiga qo'shilish hamda ijtimoiy faol, lider yoshlar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida tushunchalar berib o'tildi.
😮 Tanishtiruv haftaligi boshqa fakultetlar talabalari bilan ham davom etadi...Читать полностью…
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarida bo‘ldi.
Vazir o'rinbosari Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarining tinglovchilar bilan muloqoti davomida katta siyosiy tadbir umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga rioya etilgan holda o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi, o‘z navbatida, saylov jarayonlarini milliy saylov qonunchiligiga mos tarzda, uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun uchastka saylov komissiyalari a’zolari hamda saylov ishtirokchilarining bilimi va ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅ Hurmatli doktorantlar, ilmiz izlanuvchilar, magistrlar!
Sizlar uchun BuxDU “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi tomonidan “ILMIY TADQIQOTLARDA ZAMONAVIY EMPIRIK USULLAR” ILMIY-TADQIQOT KURSI tashkil etilganligini ma`lum qilamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning viloyat oliy ta’lim muassasalari doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashuvi o‘tkaziladi.
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining tayanch doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashuvi bilan soat 14:20 da Buxoro davlat universiteti faollar yig‘ingohida uchrashuvi tashkil etiladi.
🔴 2024 yil 13-sentyabr 14:20
📌Buxoro davlat universiteti faollar yig‘ingohi
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
☄️📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING 4-MAVSUMI BOSHLANDI!
Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Bahouddin Naqshband ziyoratgohi bo'ldi.
☄️ Erta tongda yangi 4-mavsum boshlanganligi munosabati bilan BuxDU rahbariyati, universitet professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalar ishtirokida an'anaviy tashkil etib kelinayotgan "Ziyorat Velomarafoni" doirasida Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo'lishdi. Xayrli kunda tashkil etilgan ushbu velomarafon bahamjihatlik, birdamlik, sog'lik yo'lida qilinayotgan ezgu ish sifatida har hafta o'z safini kengaytirmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti dotsenti «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra Buxoro davlat universiteti Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti Namozov Sherzod Nasimovich «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi...
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡ 2024-yil 10-oktyabr kuni “CYBERKENT 2.0” respublika tanlovi doirasida “WORKSHOP” seminari bo‘lib o‘tadi
💬 Ushbu o‘quv seminarda Siz kiberxavfsizlik sohasidagi malakali mutaxassislar bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Seminardagi faol ishtirokingiz kiberxavfsizlik sohasidagi karyerangizning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Seminar quyidagi mavzularda bo‘ladi:
✅ UZCERT xizmati va uning eng yaxshi amaliyoti;
✅ Kiberdetektiv qanday ishlaydi?;
✅ Zararli fayllarni tahlil qilish: tahlil usullari va muhitlari;
✅ O‘zbekiston Internet foydalanuvchilari orasida eng keng tarqalgan zararli viruslar va ularning tahlili;
📺📺 🟦🟦🟦 🏆🏆🏆
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan universitetimiz dotsenti, sportchisi Sherzod Namozovni viloyatimizda tantanali kutib olish marosimi o'tkazildi.
Fotogalereya
Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦 1️⃣1️⃣1️⃣
📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING 4-MAVSUMI BOSHLANDI!
HURMATLI PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!
♾Sizlarni an`anaviy tarzda Bahouddin Naqshband ziyoratgohi tomon o'tkaziladigan "Ziyorat Velomarafoni"ga 13-sentabr (Juma) kuni soat‼️ 05:00 ‼️ga taklif etamiz!
Velomarafonga qatnashish uchun quyidagi havola orqali RO'YXATDAN O'TING:
https://forms.gle/1vMJPQCkRVXmPG819
Velomarafonga qatnashish uchun STRAVA ILOVASINI yuklab oling:
🔼https://play.google.com/store/apps/details?id=com.strava&hl=ru&gl=RU
Bizni kuzatishda davom eting:
✅0️⃣0️⃣0️⃣
🟢Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov talabalar turar joyidagi talaba yoshlar bilan uchrashdi.
💠 Yangi 2024/2025 o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov talabalar turar joyining 8-binosida istiqomat qiluvchi talaba yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida talabalar turar joyi xodimlari, kommendanti, tarbiyachilari tanishtirilib, talabalar tomonidan universitet ichki tartib qoidalariga rioya qilish aytib o'tildi. Talabalar turar joyidagi masullar, tarbiyachilar bilan profilaktik suhbat o'tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_rektori
⚡️ Fuqarolar murojaati tinglanmoqda
📌 Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tasdiqlangan ish rejasiga ko`ra fuqarolarni qabul qildi.
Murojaatlar bo'yicha fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari mutaxassislar ishtirokida ko'rib chiqildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#tezkor #kontrakt #shartnoma
Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️
⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun
Bizni kuzating