🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rektori Obidjon Xamidov birinchi bosqich talabalarga “Mustaqillik darslari”ni olib bordi
Bugun, 9-sentabr kuni Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarga "Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" mavzusida mustaqillik dars mashg'ulotlarini o'tkazdi.
Mustaqillik darsi boshlanishida Koreya Respublikasining Mungyeong shahrida Dzyudo kurashi bo'yicha Osiyo chempionatida oltin va kumush medallarini qo'lga kiritgan talabalarimiz Shahzodxo'ja Sharipov hamda Dilshod Hamroyev universitet rahbariyati tomonidan estalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Mustaqillik darsi davomida universitet tuzilmasi, fakultet rahbariyati, tyutorlar tanishtirilib, mustaqillikka erishish hamda uni mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatlar, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, xalqaro hamjamiyatdagi obro‘- e’tibori haqida ko’plab ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣ 📢🎉🎓
☄️📚✅"XONATLAS HAFTALIGI"
9-14-sentabr kunlari Oʻzbekiston hududidagi barcha korxona-tashkilotlarda "Xonatlas haftaligi" oʻtkazilishini eʼlon qilamiz.
Festival doirasida oʻz tashabbusingizni namoyon eting. Zero, oʻzbekning oʻzbekligi - milliyligida namoyon!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️Erta tongda BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi rahbariyat, Yoshlar ittifoqi yetakchilari va tyutorlar talabalarni kutib olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
⚡️ Hurmatli Buxoro davlat universiteti jamoasi - rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari !
🔈Sizlarni 10-sentabr kuni soat - 07:00da BuxDU bosh darvozasi oldidan "Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoniga taklif etamiz.
✅ Marafon 5000 qadam yurish va ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlaridan iborat.
Sog‘ tanda - sog‘lom aql!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
“Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi
Bugun, 9-sentabr kuni Buxoro davlat universitetida 2024/2025-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Batafsil: https://is.gd/XEGjND
FOTOREPORTAJ ⬅️(barcha rasmlar shu yerda)
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida "Barqaror turizm, kreativ turizm va jahon merosi obidalari" mavzusida yozgi maktab oʻz ish faoliyatini boshladi
Ushbu yozgi maktab dasturi 9-13-sentabr kunlari Buxoro va Samarqand viloyatlarida rejalashtirilgan. Dastur doirasida Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan 35 nafar talaba ishtirok etmoqda. Shu munosabat bilan bugun BuxDU kichik majlislar zalida yozgi maktab ishtirokchilarni kutib olish marosimi o'tkazildi. Ushbu marosimni kirish so'zi bilan Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Abror Jo'rayev ochib berib, yozgi maktab ishtirokchilariga universitet to'g'risida batafsil malumotlarni berib o'tdi.
Germaniyaning Konstans universiteti professor-o'qituvchilari hamda Buxoro davlat universitetining Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi hamda Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi oʻqituvchilari oʻz tajribalarini ulashishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Mustaqilligimizning 33 yilligi va yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro viloyat bo'limi tomonidan kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
#Futzal #Jahon_chempionati
☄️✅Buxoro davlat universiteti jamoasi Futzal bo'yicha Kuba milliy terma jamoasini kutib oldi!
Futzal bo‘yicha jahon chempionatining B” va “F” guruh uchrashuvlarini o‘zida qabul qiladigan Buxoro shahriga bugun dastlabki terma jamoa yetib keldi! Jahon chempionati ishtirokchilaridan biri 🇨🇺 Kuba milliy terma jamoasi delegatsiyasi mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari, Buxoro davlat universiteti jamoasi tomonidan kutib olindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ Azizbek Amonov,
Buxoro davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori:
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ Buxoro davlat universiteti tyutori va talabalarining taassurotlari
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ SULAYMON INOYATOV
TARIX FANLARI DOKTORI, PROFESSOR
Bizni kuzatishda davom eting:
#Rektor_tabrigi
Yangi o’quv yilida g`ayrat, shijoat va muvaffaqiyat hamrohingiz bo’lsin!
Bugun yangi o`quv yilining ilk kuni. Oldingizda turgan har bir kun yangi imkoniyatdir. Muvaffaqiyat esa rohatidan voz kechib, harakat va shiddat ko`rsatganlarniki bo'ladi. Yangi O`zbekistonning g`ayratli yoshlari, yorug` kelajak uchun qo`yilgan ilk qadam — o`quv yilining ilk kuni qutlug` bo`lsin.
Joriy o`quv yilida ham Buxoro davlat universitetining bag`ri ertaning bunyodkorlari bilan yana boyidi. Bu esa yana bir pag`onaga yuksalishimiz, yangidan yangi marralarni zabt etishimizdan dalolat.
Aziz yigit-qizlarim! Sizlar bilan 2024/2025 oʻquv yilida ham ulkan yutuqlarga erishib, go`zal natijalar ko`rsatishdan umidvorman. Zotan, betakror Buxoroyi sharif yoshlariga faqat shu yarashadi. Ilm yo`lida maqsadingiz, shahdingizga baraka tilayman. Yangi o`quv yili qutlug` bo`lsin!
Xamidov Obidjon Xafizovich,
BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:
✅Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube
🟦🟦🟦
☄️📚✅ "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni sohiblari Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev hamda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Aleksandr Farmanovlar Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov kutib olib, o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarida bo‘ldi.
Mazkur o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarining tinglovchilar bilan muloqoti davomida katta siyosiy tadbir umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga rioya etilgan holda o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi, o‘z navbatida, saylov jarayonlarini milliy saylov qonunchiligiga mos tarzda, uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun uchastka saylov komissiyalari a’zolari hamda saylov ishtirokchilarining bilimi va ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
"Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni sohiblari Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev hamda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Aleksandr Farmanovlar Buxoro davlat universitetining 94 yilligi munosabati bilan universitet jamoasi hamda talabalariga o'z tilaklarini yo'lladilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️✅ 2024-2025 yangi o'quv yili munosabati bilan BuxDU talabalar turar joyida talabalar uchun BuxDU rahbariyati tomonidan osh tayyorlandi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
☄️📚✅"Sog'lom hayot sari birgalikda" shiori ostida yurish marafoni!
🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marafonda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️Бухоро давлат университети — 94 ёшда
Янги Ўзбекистоннинг, қолаверса, шариф шаҳримиз Бухоронинг маънавий-маърифий, ижтимоий-иқтисодий ҳаётида ўз муносиб ўрнига эга Бухоро давлат университети 94 ёшни қаршилади.
Батафсил / Batafsil
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️ҚУТЛОВ!
Бухоро давлат университети нафақат Ўзбекистонда, балки Марказий Осиёда етакчи олий таълим муассасаси ҳисобланади. Ўз фаолиятининг қарийб бир асрлик тарихи давомида университет кўҳна ва ҳамиша навқирон Бухорои шарифнинг маънавий-маърифий, маданий, ижтимоий ҳаётида ўзига хос ёрқин тарихига, ўрни ва мавқеига эга.
Манбаларда келтирилишича, Бухоро давлат университетининг тарихий илдизлари IX асрда “Фаржак” мадрасаси ташкил этилиб, Абу Ҳафз Кабир, Абу Ҳафзи Сағир, Имом Бухорий каби буюк олиму алломалар илм-маърифат улашилган давралраг бориб тақалади. Бу ерда ислом қонунлари билан бир қаторда талабаларга алгебра (ал-жабр), геометрия (ҳандаса), ҳуқуқ (фиқҳ) ва бошқа фундаментал фанлар ўргатилган. Илмий тадқиқотлар ҳам Бухоро давлат университетини “Фаржак” мадрасасининг бевосита давомчиси эканлигини тасдиқлайди.
Яна бир муҳим факт. Бухоро олий педагогика институтининг биринчи директори Каримжон Ваҳобов шахсий фонди сақланаётган Бухоро давлат бадиий меъморчилик музей – қўриқхонаси тасарруфидаги Бухоро тасвирий санъат музейидаги ҳужжатда олийгоҳ 1930 йил 9 сентябрда ташкил этилганлиги кўрсатилган. Шу асосга таяниб, 9 сентябрь – Бухоро давлат университети ташкил топган кун сифатида нишонланиб келинмоқда. Бугун бу илм даргоҳи табаррук 94 ёшни қарши олмоқда.
Шу муносабат билан миллатимиз маънавиятининг забардаст бешикларидан бири бўлган Бухоро давлат университетида бугунги кунда илмий ва педагогик фаолият олиб бораётган барча профессор-ўқитувчиларни, ёш олимларни, тадқиқотчиларни, магистрантларни, бу ерда таълим-тарбия олаётган барча ўғил-қизларни, куч-ғайратини, салоҳияти ва азиз умрини шу олий даргоҳ тараққиёти учун бахшида этган фахрий устоз-мураббийларни 94 йиллик шодиёна билан самимий муборакбод этаман!
Ўз навбатида олийгоҳда жамиятнинг илмий-маданий салоҳиятини ошириш, илмий тадқиқотларни ривожлантириш ҳамда келажак эгалари – ёшларнинг етук мутахассис бўлиб шаклланиши учун амалга оширилаётган ишларга улкан муваффақиятлар тилайман!
Ботир Зарипов
Бухоро вилояти ҳокими
@BotirZaripov
🟦🟦🟦
✅ Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida ham 2024-2025-oʻquv yilining ilk kuni ko`tarinki kayfiyatda o'tdi. Shuningdek tadbir so'ngida yuqori ball olib universitetga talabalikga tavsiya etilgan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
“Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi
Bugun, 9-sentabr kuni Buxoro davlat universitetida 2024/2025-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Batafsil: https://is.gd/XEGjND
FOTOREPORTAJ ⬅️(barcha rasmlar shu yerda)
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida tantanali tadbirdan soʻng, yangi o‘quv yilining ilk mashg‘uloti “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi. Yuqori saviyada tashkil etilgan dars mashg’ulotlarida talabalarga mustaqillikka erishish hamda uni mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatlar, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, xalqaro hamjamiyatdagi obro‘- e’tibori haqida ko’plab ma’lumotlar berilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅DORILFUNUNIM: Buxoro davlat universitetining qutlug‘ 95 yillik to‘yiga bag‘ishlov
Ulug‘larga beshik bo‘lgan ziyo maskanim
Bir asrga bo‘ylashganim qutlug‘ makonim,
Ajdodlardan meros ilmu irfonni yuklab,
To‘qson besh yil qadam bosgan ulug‘ karvonim
Dorilfununim!
Yo‘llar aro qatag‘onga duchor bo‘lganim,
Vahshatlarda o‘limlarni hatlab kelganim,
Necha avlod kamolini ortib yelkaga
Ilm sari, maqsad sari chopib yelganim
Dorifununim!
G‘afur G‘ulom ashyorida sening noming bor
Jamol Kamol dostonida jilmayar yuzing.
Oxun Safar baytlarida bisyor va bisyor,
Rahim Vohid kitobining ilhomi o‘zing.
Dorilfununim!
Savod ilmin sabog‘ida Mustaqim Mirza
Tilshunoslik maydonida sher Hamid Ne’mat
So‘z sehrini dilda tuygan Ergash Qilichev,
Shukrullayev, Vafo domla ulug‘ bir hikmat.
Dorilfununim!
Nazokatdan saboq bergan Oyto‘ra ustoz,
Nishotiyga oshno etgan Munira ustoz,
Maktab yo‘lini yoritgan Hadiya ustoz,
Zulfiya ustozlarga solgan poyandoz.
Dorilfununim!
Istiqlolning shamolidan shodon bo‘lganim.
Istiqlolning quyoshidan nurlar emganim,
Istiqlolning zalvorini ko‘ksiga joylab,
Kelajakka shaxdam-shaxdam qadam qo‘yganim.
Dorilfununim!
Ozod yurtning, hur Vatanning qaynoq bag‘rida
Ezgu yo‘lga boshlaguvchi zo‘r sarboning bor.
Kecha, bugun, kelajakka ko‘prik bo‘lguvchi
Istiqboling, ko‘z qarog‘ing ham charog‘ing bor.
Dorilfununim!
Dilrabo Quvvatova, BuxDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d. (DSc)
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ Kattayeva Ferangiz,
Buxoro davlat universiteti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishiga talabalikga tafsiya etilgan talaba.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ Ismoilova Ruxsora,
Buxoro davlat universitetiga eng yuqori ball bilan o'qishga tafsiya etilgan talaba.
Bizni kuzatishda davom eting:
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida 2024-2025-oʻquv yilining ilk kuni ko`tarinki kayfiyatda o'tdi.
Shuningdek tadbir so'ngida yuqori ball olib universitetga talabalikga tavsiya etilgan talabalar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida 2024-2025-oʻquv yilining ilk kuni ko`tarinki kayfiyatda boshlanmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ 9- SENTABR - BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TASHKIL TOPGAN KUN
Batafsil: https://is.gd/se4FEg
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅ Aziz talabalar!
Avvalo, barchangizni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi va talabalik baxtiga musharraf bo'lgan yoshlarni chin dildan tabriklayman.
Bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta’limga juda katta e’tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda oliy ta’limning o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o‘z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.
Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Xamidov Obidjon Xafizovich,
Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Bizni kuzatishda davom eting: