🟦🟦🟦
✅ Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida ham 2024-2025-oʻquv yilining ilk kuni ko`tarinki kayfiyatda o'tdi. Shuningdek tadbir so'ngida yuqori ball olib universitetga talabalikga tavsiya etilgan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
“Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi
Bugun, 9-sentabr kuni Buxoro davlat universitetida 2024/2025-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Batafsil: https://is.gd/XEGjND
FOTOREPORTAJ ⬅️(barcha rasmlar shu yerda)
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida tantanali tadbirdan soʻng, yangi o‘quv yilining ilk mashg‘uloti “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi. Yuqori saviyada tashkil etilgan dars mashg’ulotlarida talabalarga mustaqillikka erishish hamda uni mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatlar, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, xalqaro hamjamiyatdagi obro‘- e’tibori haqida ko’plab ma’lumotlar berilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅DORILFUNUNIM: Buxoro davlat universitetining qutlug‘ 95 yillik to‘yiga bag‘ishlov
Ulug‘larga beshik bo‘lgan ziyo maskanim
Bir asrga bo‘ylashganim qutlug‘ makonim,
Ajdodlardan meros ilmu irfonni yuklab,
To‘qson besh yil qadam bosgan ulug‘ karvonim
Dorilfununim!
Yo‘llar aro qatag‘onga duchor bo‘lganim,
Vahshatlarda o‘limlarni hatlab kelganim,
Necha avlod kamolini ortib yelkaga
Ilm sari, maqsad sari chopib yelganim
Dorifununim!
G‘afur G‘ulom ashyorida sening noming bor
Jamol Kamol dostonida jilmayar yuzing.
Oxun Safar baytlarida bisyor va bisyor,
Rahim Vohid kitobining ilhomi o‘zing.
Dorilfununim!
Savod ilmin sabog‘ida Mustaqim Mirza
Tilshunoslik maydonida sher Hamid Ne’mat
So‘z sehrini dilda tuygan Ergash Qilichev,
Shukrullayev, Vafo domla ulug‘ bir hikmat.
Dorilfununim!
Nazokatdan saboq bergan Oyto‘ra ustoz,
Nishotiyga oshno etgan Munira ustoz,
Maktab yo‘lini yoritgan Hadiya ustoz,
Zulfiya ustozlarga solgan poyandoz.
Dorilfununim!
Istiqlolning shamolidan shodon bo‘lganim.
Istiqlolning quyoshidan nurlar emganim,
Istiqlolning zalvorini ko‘ksiga joylab,
Kelajakka shaxdam-shaxdam qadam qo‘yganim.
Dorilfununim!
Ozod yurtning, hur Vatanning qaynoq bag‘rida
Ezgu yo‘lga boshlaguvchi zo‘r sarboning bor.
Kecha, bugun, kelajakka ko‘prik bo‘lguvchi
Istiqboling, ko‘z qarog‘ing ham charog‘ing bor.
Dorilfununim!
Dilrabo Quvvatova, BuxDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d. (DSc)
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ Kattayeva Ferangiz,
Buxoro davlat universiteti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishiga talabalikga tafsiya etilgan talaba.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ Ismoilova Ruxsora,
Buxoro davlat universitetiga eng yuqori ball bilan o'qishga tafsiya etilgan talaba.
Bizni kuzatishda davom eting:
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida 2024-2025-oʻquv yilining ilk kuni ko`tarinki kayfiyatda o'tdi.
Shuningdek tadbir so'ngida yuqori ball olib universitetga talabalikga tavsiya etilgan talabalar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida 2024-2025-oʻquv yilining ilk kuni ko`tarinki kayfiyatda boshlanmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ 9- SENTABR - BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TASHKIL TOPGAN KUN
Batafsil: https://is.gd/se4FEg
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅ Aziz talabalar!
Avvalo, barchangizni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi va talabalik baxtiga musharraf bo'lgan yoshlarni chin dildan tabriklayman.
Bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta’limga juda katta e’tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda oliy ta’limning o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o‘z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.
Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Xamidov Obidjon Xafizovich,
Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Bizni kuzatishda davom eting:
Hurmatli talabalar!
Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi o‘quv yilining boshlanishi talabalar uchun ham, professor-o‘qituvchilar uchun ham hamisha hayajonli. Sizni hayotingizning ushbu muhim bosqichida o‘qishingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion g‘oyalarga boy loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida oliy taʼlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va bu saʼy-harakatlar samarasi o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, qabul jarayonlarida shaffoflik va adolat mezonlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy o‘quv yilida yangi islohotlar kuchga kirdi. Qabul jarayoniganing yangi tartibi — “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida joriy etildi, shuningdek, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari maqbullashtirildi. Bu talabalarga taʼlim yo‘nalishlarini tanlashda, shuningdek, kelajakda mutaxassis sifatida ishga joylashishda qo‘shimcha qulaylikllar yaratadi.
Talabalarimiz jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos bilim olishi, eng so‘nggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bo‘lishi uchun ko‘plab o‘quv adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalariga oid xorijiy nashrlarni tarjima qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ham muhim masalalardan bo‘lib, joriy yilda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida davlat oliy o‘quv yurtlari yotoqxonalariga joylashtirish uchun ariza topshirishning onlayn xizmati joriy etildi. Bunda talabalar turar joylariga joylashtirishni yanada shaffof va qulayligini taʼminlanib, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olindi.
Talabalik buyuk kashfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang!
Yangi o‘quv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oshirishda azmu shijoat tilayman!
Hurmat bilan,
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
⭕️⭕️⭕️
✅ Buxoro davlat universiteti yangi o‘quv yilida Siz, aziz talabalarni kutib olishga tayyor!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish ishlari davom etmoqda
Bizni kuzatishda davom eting:
😎😎😎😎😎😎😎
☄️📚✅5 MAQSAD 500 VAZIFA| Buxoro davlat universiteti rektori, O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi Obidjon Xamidov O’zLiDeP I-Kongressida ishtirok etmoqda.
Ayni kunlarda Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)ning I-Kongressi o'tkazilmoqda. Ushbu kongressda Obidjon Xamidov boshchiligidagi O’zLiDeP Buxoro viloyati Kengashi jamoasi qatnashmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#saylov_2024
Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 21-avgustdagi qarori bilan beshta partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun ijozat berildi.
Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq, saylov byulleteniga siyosiy partiyalarning nomi va ramzi imzo varaqalarini MSKga topshirish ketma-ketligi asosida kiritiladi
MSKga ko‘ra, imzo varaqalarini birinchi O‘zLiDeP, so‘ng “Milliy tiklanish” partiyasi topshirgan. Shunday qilib, saylov byulletenida partiyalar ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi:
1️⃣ O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi
2️⃣ “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
3️⃣ O‘zbekiston Ekologik partiyasi
4️⃣ O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
5️⃣ O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
rost24official?si=otmDba5c_KW8ytF9">
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida "Barqaror turizm, kreativ turizm va jahon merosi obidalari" mavzusida yozgi maktab oʻz ish faoliyatini boshladi
Ushbu yozgi maktab dasturi 9-13-sentabr kunlari Buxoro va Samarqand viloyatlarida rejalashtirilgan. Dastur doirasida Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan 35 nafar talaba ishtirok etmoqda. Shu munosabat bilan bugun BuxDU kichik majlislar zalida yozgi maktab ishtirokchilarni kutib olish marosimi o'tkazildi. Ushbu marosimni kirish so'zi bilan Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Abror Jo'rayev ochib berib, yozgi maktab ishtirokchilariga universitet to'g'risida batafsil malumotlarni berib o'tdi.
Germaniyaning Konstans universiteti professor-o'qituvchilari hamda Buxoro davlat universitetining Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi hamda Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi oʻqituvchilari oʻz tajribalarini ulashishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Mustaqilligimizning 33 yilligi va yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro viloyat bo'limi tomonidan kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
#Futzal #Jahon_chempionati
☄️✅Buxoro davlat universiteti jamoasi Futzal bo'yicha Kuba milliy terma jamoasini kutib oldi!
Futzal bo‘yicha jahon chempionatining B” va “F” guruh uchrashuvlarini o‘zida qabul qiladigan Buxoro shahriga bugun dastlabki terma jamoa yetib keldi! Jahon chempionati ishtirokchilaridan biri 🇨🇺 Kuba milliy terma jamoasi delegatsiyasi mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari, Buxoro davlat universiteti jamoasi tomonidan kutib olindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ Azizbek Amonov,
Buxoro davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori:
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ Buxoro davlat universiteti tyutori va talabalarining taassurotlari
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎙 ✅ SULAYMON INOYATOV
TARIX FANLARI DOKTORI, PROFESSOR
Bizni kuzatishda davom eting:
#Rektor_tabrigi
Yangi o’quv yilida g`ayrat, shijoat va muvaffaqiyat hamrohingiz bo’lsin!
Bugun yangi o`quv yilining ilk kuni. Oldingizda turgan har bir kun yangi imkoniyatdir. Muvaffaqiyat esa rohatidan voz kechib, harakat va shiddat ko`rsatganlarniki bo'ladi. Yangi O`zbekistonning g`ayratli yoshlari, yorug` kelajak uchun qo`yilgan ilk qadam — o`quv yilining ilk kuni qutlug` bo`lsin.
Joriy o`quv yilida ham Buxoro davlat universitetining bag`ri ertaning bunyodkorlari bilan yana boyidi. Bu esa yana bir pag`onaga yuksalishimiz, yangidan yangi marralarni zabt etishimizdan dalolat.
Aziz yigit-qizlarim! Sizlar bilan 2024/2025 oʻquv yilida ham ulkan yutuqlarga erishib, go`zal natijalar ko`rsatishdan umidvorman. Zotan, betakror Buxoroyi sharif yoshlariga faqat shu yarashadi. Ilm yo`lida maqsadingiz, shahdingizga baraka tilayman. Yangi o`quv yili qutlug` bo`lsin!
Xamidov Obidjon Xafizovich,
BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:
✅Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida 2024-2025-oʻquv yilining ilk kuni ko`tarinki kayfiyatda boshlanmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅ 2024-2025 yangi o'quv yili munosabati bilan BuxDU talabalar turar joyida talabalar uchun BuxDU rahbariyati tomonidan osh tayyorlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
📚 Buxoro davlat universiteti fakultet binolarining joylashuvi.
1. Fizika-matematika va axborot texnologiyalari.
Ta'lim yo'nalishlari:
📍39.7622201,64.4200375,17z/data=!3m1!4b1!4m6!3m5!1s0x3f50060d1c5c0027:0xf76b636757c475a5!8m2!3d39.7622201!4d64.4226124!16s%2Fg%2F11c1xp86_6?entry=ttu">Joylashuv (Asosiy bino, 2-qavat Buxoro shahri M.Iqbol ko'chasi 11-uy)
2. Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti.
Ta'lim yo'nalishlari: 📍39.8109845,64.355384,17z/data=!3m1!4b1!4m6!3m5!1s0x3f50098148a1f76b:0xb87f0a8ad8920f3d!8m2!3d39.8109845!4d64.3579589!16s%2Fg%2F11nmlgkwvq?entry=ttu">Joylashuv (Buxoro tumani, Raboti qalmoq MFY, Yangiobod qishlogi,1-uy)
Ta'lim yo'nalishlari: 📍Joylashuv (2- bino, 1-qavat Buxoro shahri M.Iqbol ko'chasi 11-uy)
3. Tarix va yuridik fakulteti.
Ta'lim yo'nalishlari : 📍Joylashuv (3- bino, 2-qavat, Buxoro shahri M.Iqbol ko'chasi 11-uy)
4. Xorijiy tillar fakulteti.
Ta'lim yo'nalishlari : 📍39.7632638,64.4268649,18.82z/data=!4m6!3m5!1s0x3f5007a4cb20fe7f:0x241b0d40eda773d2!8m2!3d39.7635042!4d64.4272684!16s%2Fg%2F11tg15rrvb?entry=ttu">Joylashuv ( Buxoro shahri Xamza ko'chasi 14-uy )
5. Iqtisodiyot va turizm fakulteti.
Ta'lim yo'nalishlari: 📍Joylashuv (2- bino, 3-qavat Buxoro shahri M.Iqbol ko'chasi 11-uy)
6. Filologiya fakulteti.
Ta'lim yo'nalishlari: 📍39.7402322,64.432902,16.83z?entry=ttu">Joylashuv ( Buxoro shahri Alpomish ko'chasi 1-uy)
7. San'atshunoslik va pedagogika fakulteti.
Ta'lim yo'nalishlari: 📍Joylashuv (3- bino, 1-qavat, Buxoro shahri M.Iqbol ko'chasi 11-uy)
8. Jismoniy tarbiya va sport fakulteti.
Ta'lim yo'nalishlari: 📍Joylashuv (3- bino, 3-qavat, Buxoro shahri M.Iqbol ko'chasi 11-uy)
9. Talabalar turar joylari (1-2-3-4-5-6-8 TTJ )
📍 Joylashuv (BuxDU asosiy binosi, Buxoro shahri M.Iqbol ko'chasi 11-uy)
10. Talabalar turar joylari (7 TTJ ) Yigitlar uchun
📍 Joylashuv (BuxDU asosiy binosi, Buxoro shahri M.Iqbol ko'chasi 11-uy)
Universitetda "Call-center” tashkil etilgan.
☎️
Murojaatlar uchun:
📞+99865 221-25-87
📞+99865 221-26-81
📞+99865 221-30-46
📞+99865 221-26-85
📞+99865 221-29-06
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Qalqon
⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkilotining faol aʼzolaridan iborat "Qalqon" jamoatchilik guruhi yangi oʻquv yilidagi faoliyatini boshladi.
✅ "Qalqon" guruh aʼzolari talabalarni turar joy bilan taʼminlash shtabida boʻlib, talabalar uchun qulay sharoitlarni yaratishda jonbozlik bilan ishtirok etmoqdalar.
💥Bundan tashqari guruh aʼzolari tomonidan talabalikka tavsiya etilgan yoshlarni Talabalar turar joyi va universitetga yaqin hududlardagi ijara xonadonlariga joylash boʻyicha maʼlumotlar berilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️ 🟦🟦🟦🟦
1️⃣ Birinchi liga. 18-tur
🟦BUXDU 2:1 XORAZM FA 🟦
Bugun, 7-sentabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 18-tur o‘yinlari doirasida Xorazm futbol klubi bilan o'yin o'tkazdi. Futbol jamoamizni qo'llab-quvvatlash maqsadida BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligida universitet jamoasi futbol o'yinini kuzatdi.
Futbol jamoamizga keyingi o'yinlarga omadlar tilaymiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
4️⃣4️⃣4️⃣ 📢🎉🎓
☄️📚✅"XONATLAS HAFTALIGI"
9-14-sentabr kunlari Oʻzbekiston hududidagi barcha korxona-tashkilotlarda "Xonatlas haftaligi" oʻtkazilishini eʼlon qilamiz.
Festival doirasida oʻz tashabbusingizni namoyon eting. Zero, oʻzbekning oʻzbekligi - milliyligida namoyon!
Bizni kuzatishda davom eting:
#saylov_2024
Partiya elektorati haqida tez-tez eshitamiz. Elektorat o‘zi nima?
❓ Advokatlar va huqushunoslar ko‘proq qaysi partiyani qo‘llab-quvvatlaydi? San’atkorlar va sportchilarchi?
❓ Sizning qarashlaringiz qaysi partiyaning maqsadlariga mos keladi?
Bizni kuzating
Ta’lim-fan kengashining ishchi guruhi Buxoro davlat universitetida bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ta’lim-fan kengashining ishchi guruhi Buxoro davlat universitetida bo‘lib, 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganishdi.
Kengash a’zolari oliygohning o‘quv auditoriyalari, ulardagi o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, kutubxona va undagi adabiyotlar fondi, talabalar turar joylari, laboratoriyalar, sport kompleksi, maydonchalar, ovqatlanish shoxobchalari va boshqa obyektlarni ko‘zdan kechirishdi.
O‘rganish natijasida olingan ma’lumotlarga muvofiq kengash tomonidan takliflar tayyorlanib, vazirlikka taqdim etiladi va ular asosida chora-tadbirlar belgilanadi.
Bizni kuzatishda davom eting: