#Yoshlar_kuni
⚡️30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida universitet va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi yoshlar uchun shaxmat, shashka, stol tennisi, boks, yengil atletika, gimnastika sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Aziz BuxDU yoshlari!
30-iyun – Yoshlar kuni bayrami bilan
Sizni, Siz orqali millionlab yoshlarni chin yuragimdan tabriklayman!
Hurmatli yoshlar, ukalarim, singillarim!
Siz Muhtaram Prezidentimiz ishonch bildirganlaridek, yangi g‘oyalar, loyihalar, tashabbuslar, fidoiylik va azmu shijoat bilan yangi O‘zbekistonni barpo etuvchi kuchsiz.
Har sohada yuksaling, omadu zafarlar, muvaffaqiyatlar, baxt, sihat-salomatlik, totuv hayot va oilaviy farovonlik doim hamrohingiz bo‘lsin.
Unutmang,
Biz Sizni yaxshi ko‘ramiz!
Biz Sizga ishonamiz!
Azizbek Amonov,
@BuxDU1prorektori
#30iyunyoshlar_kuni
⚡️PREZIDENT VA YOSHLAR
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari #BuxDU_agro_uz
#Yoshlar_kuni
BuxDU Agronomiya va biotexnologiya fakulteti Samarqand shahri sayohatida bo'lib turgan talabalarning 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan tabrigi.
@buxdu_uz
⚡️Universitet rektori Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar holidan xabar oldi
💥Bugun universitet rektori Obidjon Xamidov talabalarni "30-iyun Yoshlar kuni" bilan tabriklash hamda ularning ta'lim olish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.
✅ Talabalar bilan bo'lgan samimiy uchrashuvda talabalarning fikri, takliflari eshitildi. Takliflardan kelib chiqib tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_rektori
⚡️Yoshlar muammolari ijobiy hal etildi
✨Buxoro davlat universiteti rektoriga G'ijduvon tumanidan biriktirilgan yoshlar muammolari ijobiy hal etilmoqda.
💥 Bugun universitet rektori G'ijduvon tumanidan biriktirilgan Beshtuvo MFY da yashovchi O'ktamov Yoqubjon, Rustamova Feruza hamda Ashrapov Azizning holidan xabar oldi. Uchrashuv davomida ushbu biriktirilgan yoshlarning qilgan murojaatlari esa o'z yechimini topdi.
❇️ Jumladan, Beshtuvo MFY da yashovchi Ashrapov Azizning bandligini ta‘minlash maqsadida unga Payvandlash invertori topshirildi.
✅ Buxoro davlat universiteti rektoriga G'ijduvon tumanidan biriktirilgan 18 nafar yosh bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda...
@buxdu_uz
#e`lon #BuxDU_yangiliklari
⚡️Hurmatli talaba-yoshlar sizlarni BUGUN yoshlar oyligi doirasida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o'tkaziladiga "REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI"ga taklif etamiz.
⚡️Uchrashuv sanasi: 29.06.2024 (Shanba)
⏱Uchrashuv vaqti: 14:00
🏛Uchrashuv joyi: BuxDU faollar yig`ingohi
Bizni kuzatishda davom eting
#BuxDU_yangiliklari
⚡️O`zbekiston Qahramoni Muhammadjon Axmedov Abdulhamid Cho’lpon nomidagi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Agronomiya va biotexnologiya fakulteti dotsenti, O‘zbekiston Qahramoni M.I.Axmedov ilm va fan hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘shgan xizmatlari uchun, Abdulhamid Cho’lpon nomidagi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ta’lim va tarbiya ravnaqi yo‘lidagi xayrli ishlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.
Bizni kuzatishda davom eting
#e`lon #BuxDU_yangiliklari
⚡️Hurmatli talaba-yoshlar sizlarni BUGUN yoshlar oyligi doirasida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o'tkaziladiga "REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI"ga taklif etamiz.
⚡️Uchrashuv sanasi: 29.06.2024 (Shanba)
⏱Uchrashuv vaqti: 14:00
🏛Uchrashuv joyi: BuxDU faollar yig`ingohi
Bizni kuzatishda davom eting
⚡️⚡️⚡️BuxDU jamoasi "YANGI NAFAS" yugurish musobaqasida ishtirok etdi
Yoshlar, shuningdek, aholining barcha qatlamlari uchun o‘z sog‘liga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usin rivojlantirishni maqsad qilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bugun, 29-iyun kuni Buxoro shahrida tashkil qilindi.
"Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda, birga yuguramiz!" shiori ostida tashkil etilgan ommaviy yugurish marafoni Buxoro shahridagi “Sitora” bolalar bog‘i oldidan start oldi.
Shuningdek, ushbu yugurish musobaqasida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
So‘ng davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi.
So‘zga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi. Jumladan:
➖ “Iqtidorli yosh kadrlar” elektron platformasini ishga tushirish;
➖ “Kelajak kasblari loyihasi” doirasida til o‘rganish tartibini takomillashtirish;
➖ ko‘chma “She’riyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
➖ o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish;
➖ Top-100 talikka kirgan universitetlarga kirish tartiblari, grant yutish sirlari, bu oliygohlarda o‘qish uchun qanday strategiya tuzish bo‘yicha yoshlarimizni o‘rgatish maqsadida oromgohlar tashkil etish va onlayn-platforma yaratish;
➖ mustaqil O‘zbekiston temir yo‘llari tashkil topganining 30 yilligiga temir yo‘l sohasida xalqaro forum tashkil qilish;
➖ Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari bilan ekologik masalalarni doimiy muhokama qilish maqsadida Xalqaro kengash tuzish;
➖ Yurtimizda organik mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash taklif qilindi.
Prezidentimiz muloqot chog‘ida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, amaliyotga joriy etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.
Bizni kuzating
#Yoshlar_kuni
⚡️30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida universitet va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi yoshlar uchun madaniy-musiqiy ko‘ngil ochar tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#YoshlarKuni #Tabrik
🙋 Aziz yoshlar! Barchangizni bugungi shodiyona, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan muborakbod etaman!
👥 Siz bizning bebaho xazinamiz, kuch-qudratimiz, yurtimizning mustahkam ishonchi, porloq kelajagi va ertamizning umidisiz!
📍 Jamiyatimiz ravnaqining har bir jabhasida o‘z bilimingiz, zamonaviy tajribangiz bilan faol ishtirok etib, xalqimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilayman!
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
⚡️ Hurmat bilan, Buxoro davlat universiteti yoshlar yetakchisi - Feruz Karimov
@buxdu_uz
#BuxDU_yangiliklari
⚡️Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidovning 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi
✍️Batafsil: https://buxdu.uz/yangiliklar/6181/6181-buxoro-davlat-universiteti-rektori-obidjon-xamidovning-30-iyun-yoshlar-kuni-munosabati-bilan-bayram-tabrigi/
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_OAVda
Axborot 24 | «Yoshlar oyligi»: rektor va yoshlar uchrashuvi
#29june #uzbekiston24
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#BuxDU_yangiliklari
⚡️Intervyu: Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi yuzasidan berilgan imkoniyatlarga nisbatan universitet professor-o'qituvchilarning munosabati
Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov
Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE
#rektor_va_yoshlar_uchrashuvi
⚡️REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Ayni damda Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar oyligi doirasida iqtidorli talabalar, Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, akademik guruh vakillari, oltin fond a’zolari va stipendiyalar sovrindorlari, BuxDU Volleybol qizlar jamoasi, BuxDU futbol jamoasi ishtirokida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu uchrashuvda talaba-yoshlar takliflari va murojaatlari tinglanmoqda.
Shuningdek, kuni kecha prezidentimizning 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar va imkoniyatlar to'g'risida ma`lumotlar berilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌟 Bolalarni Buxoro shahardagi qiziqarli robotlashtirilgan "RoboGalaktika sarguzashtlari" oromgohining 2 mavsumiga taklif etamiz !
👫 Yosh: 7-15 yosh
📅 03.07.24 boshlanadi
📍 Manzil : Buxoro davlat universiteti
🔧 Sizni nima kutmoqda?
- Robototexnika asoslarini o'rganish
- Robotlarni dasturlash va yaratish
- Qiziqarli musobaqalarda ishtirok etish
- Sport tadbirlari va ochiq o'yinlar
- Ijodiy ustaxonalar: chizmachilik, modellashtirish, hunarmandchilik
- Ekskursiyalar va qiziqarli sayohatlar
- Kvestlar va sarguzasht o'yinlari
- Ijodiy tanlovlar va ko'rgazmalar
- Kechki konsertlar, filmlar namoyishi
🚀 Farzandingizga kashfiyotlar va yangi bilimlarga boy yozni berish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
📞 Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot telefon orqali: +998919221000 @RobotsAndMe_Admin
💡 Buxoro viloyatidagi robototexnika oromgohi orzular ushaladigan maskan! 💡
Biz sizni bu yozda kutamiz! ☀️
Telegram| instagram| Facebook
#BuxDU_yangiliklari
⚡️Professor Saidjon Aliyev "Abu Ali ibn Sino" romanining taqdimoti bo`lib o`tdi
Buxoro davlat universiteti axborot-resurs markazida filologiya fanlari doktori, professor Shoira Axmedova tomonidan nashrga tayyorlangan buxorolik olim, professor Saidjon Aliyevning "Abu Ali ibn Sino" romanining taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimot davomida оlim Saidjon Aliyev hayoti va ijodi, asarning mazmun mohiyati, qimmati, ilgari surilgan g'oyalar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, professor Sh.Axmedova tomonidan universitet ARMga kitoblar majmuasi tuhfa qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting
⚡️ “Buxoro tajribasi – sadoqat namunasi”
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga tashriflari chog`ida belgilab berilgan ustuvor vazifalar qadim Buxoroning yaqin istiqboldagi rivojlanish strategiyalarini o`zida mujassam etadi.
Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha o`tkazilgan yig`ilishda Davlatimiz rahbari viloyatimizni kambag`allik, ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish hamda boshqa bir qator muhim sohalarda “Buxoro tajribasi – sadoqat namunasi” ni yaratishni ustuvor vazifa sifatida belgilab berdilar.
Ushbu vazifa Ijrosini ta'minlash maqsadida Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani D. Sh.Yavmutov boshchiligida kafedra mudirlari hamda professor-o'qituvchilar Qorako'l tumanidagi MFYlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha o'rgandilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
Prezident: har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz.
Bizni kuzating
Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum oʻquvchilarini kasbga oʻrgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. Oʻquvchilarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.
Bundan keyin ham qizlarning taʼlim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.
Jumladan, ogʻir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin boʻladi.
Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.
Sogʻligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan taʼminlash choralari koʻriladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating