#BuxDU_yangiliklari
⚡️⚡️⚡️BITIRUVCHI-2024: DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI
Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar, bitiruvchi magistr va bakalavr talabalari va ularning ota-onalari!
Sizlarni joriy yilning 11-iyul kuni soat 18:00 da universitetda bo`lib o`tadigan bitiruvchi bakalavr hamda magistrlarga diplom topshirish marosimiga lutfan taklif etamiz!
Hurmat bilan, BuxDU jamoasi
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#xalqaro_tashrif
⚡️⚡️⚡️BuxDUga Astraxan davlat texnika universiteti rektori Nevalenniy Aleksandr Nikolayevich (Неваленный Александр Николаевич) boshchiligidagi delegatsiyasini tashrif buyurdi.
Delegatsiya a'zolarini rektor Obidjon Xamidov qabul qilib, o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda baliqchilik, qishloq xo'jaligi, iqtisodiyot, turizm sohalarida qo'shma ilmiy tadqiqotlarni olib borish, o'zaro rahbarlikda kadrlar tayyorlash kabi yo'nalishlarda hamkorlikni olib borish masalalari muhokama qilindi. Universitet to'g'risida ma'lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tashrif davomida mehmonlarga BuxDU robototexnika markazi faoliyati tanishtirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#sport_yangiliklari
⚡️Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston milliy chempionati 2- tur Toshkent shahrida 7-12 iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli musobaqada BuxDU jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.
BuxDU voleybol jamoasi dastlabki oʻyinni 3:1 hisobida Milliy gvardiya jamoasi ustidan gʻalaba bilan boshladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#dayjest #Kasbiy_ijodiy_imtihon #5kun
Oliy ta’lim muassasalarida alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarga kirish imtihonlari davom etmoqda
Eslatib o‘tamiz, imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida 19-iyulga qadar o‘tkaziladi. Imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko’rsatilgan ruxsatnomani har bir abituriyent my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin. Abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
#Tabriklaymiz
⚡️Vaxidova Fotima Saidovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Vaxidova Fotima Saidovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengashida “Ingliz va o‘zbek tillari ziyorat turizmi terminosistemasi birliklarining funksional-diskursiv shartlanishi” mavzusida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE #Qabul_2024
#5kun #9iyul #Ijodiy2024
⚡️⚡️⚡️Bugungi Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, Sport faoliyati: futbol, voleybol, Jurnalistika, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yo‘nalishlariga imtihon jarayonlaridan lavhalar.
BuxDU Matbuot xizmati
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#xizmat_safari #test #tayyorgarlik
Test sinovlari yaqin. Xoʻsh, unga tayyorgarlik jarayonlari qanday ketmoqda?
Ayni kunlarda maxsus Ishchi guruh tomonidan respublika boʻylab oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari oʻtkazilishi reja qilingan 73 ta katta sigʻimli binolarning tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda.
Bugun, 9-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi Diyorbek Qoʻchqorov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi mutasaddilar, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari Buxoro viloyatida test sinovlari tashkil etiladigan 4 ta binoda yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrgandi.
Jumladan, binolarda yongʻin xavfsizligi va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash choralarining koʻrilgani, zarur vositalar (bir oʻrinli stol-stul, ovoz kuchaytirgich) bilan jihozlangani, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari uchun alohida kutish joylari tashkil etilgani, jarayonlarni onlayn kuzatish uchun yetarli sharoitlar bilan taʼminlangani kabi bir qator tashkiliy ishlar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, test sinovlari yozning eng issiq davriga toʻgʻri kelayotganini inobatga olib, masʼullarga abituriyentlarni binoga kiritish joylarida soyabonlar oʻrnatilishini hamda binoning ventilyatsiya va sovitish tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash borasida koʻrsatmalar berildi.
Bizni kuzating
#LIVE #Qabul_2024
#IJODIY(KASBIY)_IMTIHONLAR
⚡️ Ayni damda universitetimizda "Sport faoliyati: futbol" ta’lim yo‘nalishi bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda abituriyentlar 400 m yugurish, ikki oyoqda depsinib joydan uzunlikka sakrash, moksimon yugurish, darvozaga zarba berish, to`pni uzoq masofaga aniq uzatish, to`pni ustunlar oralatib olib yurish va darvozaga zarba berish kabi baholash mezonlari asosida imtihon topshirishmoqda.
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#BuxDU_yangiliklari
#Abituriyent_2024
#Qabul_2024
⚡️ Buxoro davlat universitetida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 2024-yil 8-iyul sanasidagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'yicha abituriyentlar to'plagan ballari:👇
➡️60320200 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
➡️60320100 Jurnalistika
➡️61010200 Sport faoliyati: futbol
➡️61010300 Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
➡️61010200 Sport faoliyati: Dzyu-do
👉 Batafsil ma'lumot olish uchun
Bizni kuzatishda davom eting:
Buxoro davlat universitetiga Fizika-matematika fakulteti "Informatika va hisoblash texnikasi" yo'nalishining sobiq bitiruvchilari (1989-1994) tashrif buyurishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz
⚡️ Jabbarova Malohat Hamdamovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jabbarova Malohat Hamdamovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengashida “Gi de Mopassan va Abdulla Qahhor ijodida ayol tasviri” mavzusida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
⚡️Buxoro davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihonlar davom etmoqda
📹BuxDU Matbuot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting
#Qabul_2024
#IJODIY(KASBIY)_IMTIHONLAR
⚡️ Bugun 8-iyul Buxoro davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 4-kuni bo`lib o`tmoqda!
🎤Obidjon Xamidov,
Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Qabul komissiyasi raisi
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#BuxDU_yangiliklari
⚡️Buxoro davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihonlar davom etmoqda
📹Diyor yangiliklari, Buxoro telekanali
Bizni kuzatishda davom eting
Intervyu 24 | Shushaga tashrif: turkiy dunyoning xalqaro hamjamiyatidagi o‘rni oshib bormoqda
Azizbek Amonov - BuxDU yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
@buxdu_uz
#qabul2024 #eslatma
#akademik_litsey
⚡️DIQQAT, bugun akademik litseylarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni
✅ Bugun, 10-iyul kuni AKADEMIK LITSEYLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilari 23:59 ga qadar my.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing):
👉 Akademik litseylarning fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari;
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
#LIVE #Qabul_2024
#IJODIY(KASBIY)_IMTIHONLAR
⚡️ Ayni damda universitetimizning axborot-resurs markazida "Rangtasvir: dastgohli, Dizayn: interyerni loyihalash" ta’lim yo‘nalishlari bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda abituriyentlar Chizma tasvir fani bo'yicha naturaning kompozitsion joylashuvi, proporsiyalarni to`g`ri topilishi, rakurs holatining topilish darajasi, Kompozitsiya fani bo'yicha kompozitsiyaning formatga nisbatan to`g`ri joylashtirilganligi kabi baholash mezonlari asosida imtihon topshirishmoqda.
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
Ijodiy (kasbiy) imtihonlar davom etmoqda #6kun
#10iyul #Ijodiy2024
Buxoro davlat universitetida alohida iqtidor talab etuvchi ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.
✍️ Bugun 10-iyul kunida mo‘ljallangan Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, Sport faoliyati: kurash, futbol, voleybol, Dizayn: interyerni loyihalash, Rangtasvir: dastgohli, Vokal san'ati: an'anaviy xonandalik ta’lim yo‘nalishlariga imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
📷 Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun universitet faollar yig`ingohida maxsus joy tayyorlangan boʻlib, jarayonni shaffof va adolatli oʻtayotganini kuzatib borishlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratilgan.
📌 Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarda yig‘gan ballari shu kunnning o‘zida universitet rasmiy axborot portalida e’lon qilinadi.
Imtihon jarayonlari davom etmoqda..
#BuxDU_yangiliklari
⚡️Buxoro davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihonlar davom etmoqda
📹Diyor yangiliklari, Buxoro telekanali
Bizni kuzatishda davom eting
#Tabriklaymiz
⚡️Xayrulloyeva Nigorabegim Ne’matillo qizi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Xayrulloyeva Nigorabegim Ne’matillo qizi Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengashida “AQSH yozuvchisi Meri Elis Monro asarlarida eko-fikshn janri xususiyatlari” mavzusida 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE #Qabul_2024
#IJODIY(KASBIY)_IMTIHONLAR
⚡️ Ayni damda universitetimizning axborot-resurs markazida "Jurnalistika" hamda "Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar" ta’lim yo‘nalishlari bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda abituriyentlar og'zaki suhbat, ijodiy insho kabi baholash mezonlari asosida imtihon topshirishmoqda. Ijodiy imtihon jarayonida abituriyentlarning ijodkorlik qobiliyati, ijtimoiy muammolarni anglay olishi, OAVdagi yoritilayotgan dolzarb mavzular va muammolardan xabardorligi, dunyoqarashning kengligi, qiziqishlar doirasi, jurnalistika hamda axborot xizmati faoliyati to'g'risida ma`lumotga ega ekanligi kabi jihatlarga e`tibor qaratilmoqda.
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#LIVE #Qabul_2024
#IJODIY(KASBIY)_IMTIHONLAR
⚡️ Ayni damda universitetimizning sport zalida "Sport faoliyati: voleybol" ta’lim yo‘nalishi bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda abituriyentlar diametri 2 m aylana chiziq ichida navbatma-navbat pastdan va yuqoridan o'z ustida to`p uzatish, o'g'il bolalar uchun 1 marta o'ng tomon bo'ylab, 1 marta chap tomon bo'ylab ko'krakka yiqilib to`p qabul qilish kabi baholash mezonlari asosida imtihon topshirishmoqda.
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali
👉Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
Ijodiy (kasbiy) imtihonlar davom etmoqda #5kun
#9iyul #Ijodiy2024
Buxoro davlat universitetida alohida iqtidor talab etuvchi ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.
✍️ Bugun 9-iyul kunida mo‘ljallangan Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, Sport faoliyati: futbol, voleybol, Jurnalistika, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yo‘nalishlariga imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
🔎 Jarayonlar jamoatchlik asosida mutaxassislikka aloqasi yo‘q bo‘lgan universitet xodimlari va vazirlik mas'ullari tomonidan nazorat qilinmoqda. Bundan tashqari shahar hamda viloyat deputatlari ham ishtirok etmoqdalar.
📷 Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun universitet faollar yig`ingohida maxsus joy tayyorlangan boʻlib, jarayonni shaffof va adolatli oʻtayotganini kuzatib borishlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratilgan.
📌 Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarda yig‘gan ballari shu kunnning o‘zida universitet rasmiy axborot portalida e’lon qilinadi.
Imtihon jarayonlari davom etmoqda..
#Qabul2024 #Abituriyent2024
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨🏻💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
#Tabriklaymiz
⚡️ Xayrullayeva Kamola Ravshanovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Xayrullayeva Kamola Ravshanovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengashida “XX asr inglizzabon va o‘zbek adabiyotida Bobur obrazi talqini” mavzusida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
* 📲@MANAVIYATLIINSONLAR RASMIY KANALINING ENG MUHIM TADBIRLAR DAYJESTI (08-07.05. 2024)
BuxDUda #Yoz_oʻtmoqda_soz xesh-tegi ostida loyihalar amalga oshirilmoqda:
#Qabul_2024
#IJODIY(KASBIY)_IMTIHONLAR
⚡️ Bugun 8-iyul Buxoro davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 4-kuni bo`lib o`tmoqda!
🎤Ravshan Omonov,
Ijodiy (kasbiy) imtihon komissiyasi a'zosi, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dotsenti, siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Qabul_2024
#IJODIY(KASBIY)_IMTIHONLAR
⚡️ Bugun 8-iyul Buxoro davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 4-kuni bo`lib o`tmoqda!
Bugun Buxoro davlat universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun Sport faoliyati: dzyudo, futbol, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, Jurnalistika, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalari yo'nalishlarida imtihon jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, sport zallari shay holatga keltirilgan.
Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlariga kuzatuvchi sifatida jamoatchilik vakillari, deputatlar, OAV xodimlari tashrif buyurishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube