#BuxDU_yangiliklari
#Qabul_2024
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 10-kuni boʻlib oʻtdi.
@buxdu_uz
🥳😏😒😞🤝🌏👨🏫👩🏫
🔺Namangan davlat pedagogika institutiga Buxoro davlat universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Azizbek Amonov hamkorlik doirasida tashrif buyurdi.
⚡️Tashrif davomida Azizbek Amonov Renessans, Kongress zal, radioeshittirish, robotexnika, IT inkubatsiya, "Kelajak o'qituvchisi" markazi, "Art gallery" muzeyini ko'zdan kechirdi.
🎙Shuningdek, institutning Axborot xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʻz fikr-mulohazalari bildirib oʻtdi.
🤝Tashrif soʻnggida ikki oliygoh hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida kelishib olindi.
♻️ Kanalga ulanish👇
🌐 /channel/namspi
TA’ZIYA BILDIRAMIZ
Buxoro davlat universiteti rektori ijro apparati bosh mutaxassisi dots.Ortiqjon Kayumovichning onalari hamda Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekan muovini M. Amonovning ukalari vafotlari munosabati bilan universitet jamoasi nomidan chuqur taʼziya izhor etamiz.
Ortlarida qolgan barcha yaqinlariga sabr va sabrlariga ulkan ajrlar ato qilsin! «Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’un».
#Press_klub #qabul_2024
“Xalqaro press-klub”ning navbatdagi soni
Bu yilgi imtihon jarayonlarining shaffofligini qaysi jihatdan bilib olishimiz mumkin?
Bu yil o‘qishga qabul qilishda talab va ehtiyojlar qanchalik mos kelmoqda?
Bu yil kvotalar OTM kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida bo‘lishi aytildi. Bu degani talaba qaysi OTMga kirish imkoniyati bo‘lishi yoki yo‘qligini oldindan baholay olmaydimi?
🎬 Videoni Full HD formatda koʻrish
Bizni kuzating
* Жараён
Бухоро вилоятида талаба бўлиш орзусидаги абитуриентлар учун тест синовлари давом этмоқда.
Имтиҳонлар Бухоро шаҳридаги Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги биноси ва “Ёшлик” спорт мажмуаларида ўтказилмоқда.
Тест синовлари ўтаётган объектлар барча зарур жиҳозлар билан таъминланган. Шунингдек, ҳудудда ота-оналар учун кутиш жойлари, тест жараёнларини онлайн кузатиш имкониятлари яратилган.
Бухоро вилоятида 40 минг 874 нафар олий таълим муассасаларига ўқишга кириш истагидаги абитуриентдан ҳужжатлар келиб тушган. 21 июль ҳолатида 1-смена тест синовларида иштирок этиши белгиланган 1740 нафар абитуриентдан 1625 нафари имтиҳонда иштирок этди. 115 нафар талабгор иштирок этмади.
Тоҳир ИСТАТОВ фотолавҳаси
⭕️ Уланиш учун: @buxoronoma1920
#Tabriklaymiz
⚡️Axmadov Nazirjon Rahmat o‘g‘li psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Axmadov Nazirjon Rahmat o‘g‘li Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.psi.72.06 raqamli Ilmiy kengashida “Dezadaptatsiyalashgan o‘smirlarni reabilitatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusida 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
✅Imtihonlarsiz davlat oliy ta'lim muassasalariga 2-kursdan boshlab o'qishni istaysizmi?
Barchamizga ma’lumki ayni kunlarda Respulikamiz bo‘yicha oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinov bo‘lib o‘tmoqda.
Test sinovlarida ishtirok etib olgan ballingiz bilan texnikumlarga o'qishingiz davom ettirish imkoniyatiga egasiz.
Bu qanday bo‘lishi mumkin deysizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo'ladilar.
Texnikumlarda “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida yoshidan qat'iy nazar kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi, hamda dual ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida o'qitiladi.
Texnikumda o'qish davomida siz professional kasb egasi bo'lish bilan bir qatorda o'rta maxsus diplomiga ham ega bo'lasiz.
Shuningdek Siz oliy ta'lim muassasasini tugatgatib 2 ta diplomga o'rta maxsus professional ta'lim hamda oliy ma'lumotli diplomga ega bo'lasiz.
O'z kasbini mukammal biladigan oliy ma'lumotli professional kadr bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.
Bizni kuzatishda davom eting
#BuxDU_yangiliklari
#Qabul_2024
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 9-kuni boʻlib oʻtdi. Unda Buxoro davlat universitetining “Volontyorlar guruhi” a‘zolari faollik bilan ishtirok etishdi.
@buxdu_uz
Қишлоқда жойлашган университет: бу ерда ҳатто Тошкентдан келиб ўқиётганлар бор (фото)
👉 https://xabar.uz/lji2
📲Каналга қўшилинг:
/channel/xabaruzofficial
#kvota2024 #davlat_buyurtmasi #bakalavr
⚡️Magistratura uchun davlat granti
2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
Bizni kuzating
#kvota2024 #davlat_buyurtmasi
Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun:
▪️bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul boʻyicha:
➖umumiy qabul parametrlarini;
➖qoʻshimcha qabul parametrlarini;
➖oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini;
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini;
▪️hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy qabul parametrlarini tasdiqlanishi belgilandi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
TA’ZIYA BILDIRAMIZ
Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va geografiya kafedrasi o'qituvchisi Anvarova Zeboxon Musayevnaning vafoti munosabati bilan universitet jamoasi nomidan chuqur taʼziya izhor etamiz.
Ortlarida qolgan barcha yaqinlariga sabr va sabrlariga ulkan ajrlar ato qilsin! «Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’un».
Janoza: 21-iyul soat 09.00 da Mo'ljal: G'ijduvon tumani Buktaroy MFY Buktaroy qishlog'i
#dayjest #bitiruvchi_2024
🎓Oliy ta‘lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun davlat namunasidagi diplom topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzating
#qabul2024
#magistratura
⚡️ 2024/2025-oʻquv yili MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi
Bizni kuzating
#xalqaro_tashrif
#BuxDU_yangiliklari
⚡️Pekin pedagogika universiteti delegatsiyasi vakillari Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurishdi
👉Batafsil: https://is.gd/9W1zPz
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
⚡️⚡️⚡️Xalqimizning otashqalb farzandi, chorak asr davomida O’zbekistonga rahbarlik qilgan buyuk siyosiy va davlat arbobi, taniqli yozuvchi va shoir Sharof Rashidov nomidagi Xalqaro jamoat fondidan Buxoro davlat universiteti Axborot resurs markaziga 5 nomdagi kitoblar bepul taqdim qilindi.
Ushbu kitoblardan universitetning barcha professor-o’qituvchilari, doktoranlar, magistrantlar va talabalar foydalanishlari mumkin. Universitet jamoasi xalqaro jamoat fondiga o’z minnatdorchiligini bildiradi va uning keyingi faoliyatiga omad tilab qoladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Диққат, бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркаси ўтказилади.
Жорий йилнинг 25 июль куни соат 10.00 да Бухоро шаҳрида яшовчи иш билан банд бўлмаган аҳоли вакиллари, жумладан мактаб, касб-ҳунар коллеж ва олий таълим битирувчи ёшларни иш билан таъминлаш мақсадида шаҳар меҳнат ярмаркаси бўлиб ўтади.
Ярмаркада 60 дан ортиқ ишлаб чиқариш корхоналари ва давлат ташкилотлар ўзларида мавжуд 3 мингдан ортиқ бўш иш ўринлари билан иштирок этади.
Манзил: Бухоро шаҳар Архитектура ва қурилиш техникуми
Меҳнат ярмаркасида иштирок этиб, ўзингизга маъқул бўлган йўналишда иш бошланг!
Бухоро шаҳар ҳокимлиги матбуот хизмати
⚡️ Sakkizinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2024-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ 21-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshiruvchi talabgorlar diqqatiga!
2024-yil uchun navbatdagi chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim phd.mininnovation.uz orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda.
✅Hujjatlar 2024-yil 25-iyuldan 25-avgustga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
📌Talabgor hujjatlari ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bilan bog’liq barcha rasmiy yangiliklar 👉@ilmiy_darajali_kadrlar
#Press_klub
#qabul_2024
⚡️Bu yilgi imtihon jarayonlarining shaffofligini qaysi jihatdan bilib olishimiz mumkin?
⚡️Bu yil o‘qishga qabul qilishda talab va ehtiyojlar qanchalik mos kelmoqda?
⚡️Bu yil kvotalar OTM kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida bo‘lishi aytildi. Bu degani talaba qaysi OTMga kirish imkoniyati bo‘lishi yoki yo‘qligini oldindan baholay olmaydimi?
📌Mavzu yuzasidan barcha savollarga javob “Xalqaro press-klub”ning navbatdagi sonida!
📺 Loyihani birozdan so‘ng, soat 16:20 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling.
Bizni kuzating
📢 Yevropaning nufuzli Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lishni xohlaysizmi?
🤵 Fransiyaning Vatel oliygohi bilan hamkorlikdagi Xalqaro mehmonxona menejmenti bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlariga o‘qishga marhamat!
⏺Dastur imkoniyatlari:
✅ Dunyoning 13-raqamli oliy ta’lim muassasasi diplomi;
✅ Xorijda amaliyot o‘tash (Work and travel, Haq to'lanadigan amaliyot);
✅ Dasturning belgilangan qismini xorijda o‘qish.
⏺ Dastur haqida:
✅ Ta’lim tili: ingliz;
✅ Ta’lim davomiyligi: 4 yil bakalavriat (Til sertifikati mavjud abituriyentlar uchun 3 yil), 2 yil magistratura;
✅ Ta'lim shakli: kunduzgi.
Agar sizda ingliz tili sertifikati (IELTS 5, CEFR B1, TOEFL 35 va undan yuqori) mavjud bo‘lsa 2-bosqichdan o‘qishga kirish imkoniyati mavjud.
Hujjatlar 2024-yil 5-sentyabrgacha qabul qilinadi.
🌐 Hujjat topshirish: www.bukhsujoint.uz sayti orqali yoki BuxDU Bosh binosi, 3-qavat 333-xonada qabul qilinadi.
📞 +99865 221 25 96
www.bukhsujoint.uz
@BukhSUjointprograms
#BuxDU_yangiliklari
#Qabul_2024
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 8-kuni boʻlib oʻtmoqda. Buxoro davlat universitetining “Volontyorlar guruhi” a‘zolari faollik bilan ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#kvota2024 #davlat_buyurtmasi #bakalavr
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
Bizni kuzating
#diqqat_tanlov
🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!
📣 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.
🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.
✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-avgust 00:00 ga qadar qabul qilinadi.
⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!
Bizni kuzating
#qabul2024
#magistratura
⚡️ Qaysi magistratura mutaxassisliklariga xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatingiz orqali hujjat topshirsam ekan, degan savol sizni qiynayaptimi?
#qabul2024
#magistratura
⚡️ Qaysi magistratura mutaxassisliklariga xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatingiz orqali hujjat topshirsam ekan, degan savol sizni qiynayaptimi?
#cybermonth
#PODKAST
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasidagi kompleks targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
—————
"Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги" доирасидаги комплекс тарғибот тадбирлари давом этмоқда
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🇺🇿 Buyuk Britaniyaning Lids universitetida tahsil olib qaytgan "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati Sharifa Usmonova o'zi faoliyat yuritayotgan Buxoro davlat universitetining iqtidorli talabalari uchun AQSH va Buyuk Britaniyaning TOP universitetlarida o'qish imkoniyatlari to'g'risida onlayn uchrashuv o'tkazdi.
🔣 Uchrashuvda talabalarga o'zlarining yo'nalishlariga mos universitet va ta'lim dasturini onlayn platformalar yordamida tanlash yo'llari tushuntirildi.
🔣 Bundan tashqari, "El-yurt umidi" jamg'armasi tanlovlarida g'olib bo'lish to'g'risida maslahatlar berildi hamda jamgʻarma faoliyatiga oid taqdimot namoyish etildi.
🔣 Suhbat yakunida qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🌆 EYUF axborot xizmati
🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
🌐 www.eyuf.uz