#Leader_month #Tanishtiruv_haftaligi
⚡️"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Tanishtiruv haftaligi" loyihasi davom etmoqda...
📌Bugungi targ'ibot jarayonlari universitetning Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari bilan bo'lib o'tdi.
➡️ Suhbat davomida universitet yoshlar yetakchisi F.Karimov hamda Marketing va karyera bo'limi bosh mutaxassisi O. Sharipov tomonidan talabalarga boshlang'ich tashkilot safiga qo'shilish hamda ijtimoiy faol, lider yoshlar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida tushunchalar berib o'tildi.
😮 "Tanishtiruv haftaligi" loyihasi boshqa fakultetlar talabalari bilan ham davom etadi...
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⭐️Yangi o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Zakovat" intellektual o'yinining ilk soni o'tkazildi.
Natijalar esa quyidagicha qayd etildi:
🥇 Narshaxiy jamoasi;
🥈 Diplomatlar jamoasi;
🥉 Silent jamoasi.
⚙️ Qiziqarli savol-javoblarga boy bo'lgan bilimlar bellashuvida barcha jamoalar oʻz faolliklarini namoyon etishdi.
#buxduyoshlari #talabaminbari #yoshlarittifoqi
Bizni kuzatishda davom eting:
🧠💡📚
☄️📚✅ Bolaga kitob bering
BuxDU axborot-resurs markazi
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Kitobxonlik – milliy o‘zlikni saqlash omili
Buxoro viloyati prokuraturasi, Departament va Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi organlari xodimlari bilan hamkorlikda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro axborot kutubxonasida tadbir tashkil etildi.
Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda “Kitobxonlik – milliy o‘zlikni saqlash omili” mavzusida tashkil etilgan ma’naviyat soatida Buxoro davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, ikki nafar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori M.Po‘latova, G.To‘xtamishovalar va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Futzal bo‘yicha JCH-2024ning to‘liq taqvimi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Birinchi liga 2024 19-TUR
✅ "Buxoro FA" : “BuxDU”
Bugun, 14-sentabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 19-tur o‘yinlari doirasida Buxoro futbol akademiyasi bilan o'yin o'tkazadi.
14.09.2024 ⏰ 17:00
Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!
Manzil: Buxoro viloyati Shofirkon tumani futbol akademiyasi futbol maydoni
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Erta tongdan universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, bo`lim boshliqlari va tyutorlar talabalarni kutib olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
#xizmat_safari #Buxoro #jarayon
Xizmat safari bilan Buxoroga borgan vazir o‘rinbosari talabalar turar joyida qoldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida 12–13-sentaybr kunlari viloyatdagi oliy va professional ta’lim muassasalari faoliyati hamda talabalarga qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha real holatni ko‘zdan kechirdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/21568
Bizni kuzating
#BuxDU_yangiliklari
🎧 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maxsus "BuxDU Party" konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
⚡️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning viloyat oliy ta’lim muassasalari doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashuvi
Ayni damda Buxoro davlat universiteti faollar yig`ingohida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining tayanch doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashuvi o'tkazilmoqda. Uchrashuvda oliy ta`lim muassasalari doktorantlari tomonidan takliflar berilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Leader_month #Tanishtiruv_haftaligi
⚡️"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Leader_month" (tanishtiruv haftaligi) davom etmoqda...
📌 Bugungi targ'ibot jarayonlari universitetning Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan bo'lib o'tdi.
➡️ Suhbat davomida universitet yoshlar ittifoqi koordinatorlari hamda Marketing va karyera bo'limi bosh mutaxassisi O. Sharipov tomonidan talabalarga boshlang'ich tashkilot safiga qo'shilish hamda ijtimoiy faol, lider yoshlar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida tushunchalar berib o'tildi.
😮 Tanishtiruv haftaligi boshqa fakultetlar talabalari bilan ham davom etadi...Читать полностью…
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarida bo‘ldi.
Vazir o'rinbosari Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarining tinglovchilar bilan muloqoti davomida katta siyosiy tadbir umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga rioya etilgan holda o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi, o‘z navbatida, saylov jarayonlarini milliy saylov qonunchiligiga mos tarzda, uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun uchastka saylov komissiyalari a’zolari hamda saylov ishtirokchilarining bilimi va ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅ Hurmatli doktorantlar, ilmiz izlanuvchilar, magistrlar!
Sizlar uchun BuxDU “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi tomonidan “ILMIY TADQIQOTLARDA ZAMONAVIY EMPIRIK USULLAR” ILMIY-TADQIQOT KURSI tashkil etilganligini ma`lum qilamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning viloyat oliy ta’lim muassasalari doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashuvi o‘tkaziladi.
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining tayanch doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashuvi bilan soat 14:20 da Buxoro davlat universiteti faollar yig‘ingohida uchrashuvi tashkil etiladi.
🔴 2024 yil 13-sentyabr 14:20
📌Buxoro davlat universiteti faollar yig‘ingohi
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
☄️📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING 4-MAVSUMI BOSHLANDI!
Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Bahouddin Naqshband ziyoratgohi bo'ldi.
☄️ Erta tongda yangi 4-mavsum boshlanganligi munosabati bilan BuxDU rahbariyati, universitet professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalar ishtirokida an'anaviy tashkil etib kelinayotgan "Ziyorat Velomarafoni" doirasida Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo'lishdi. Xayrli kunda tashkil etilgan ushbu velomarafon bahamjihatlik, birdamlik, sog'lik yo'lida qilinayotgan ezgu ish sifatida har hafta o'z safini kengaytirmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
* 📲@MANAVIYATLIINSONLAR RASMIY KANALINING ENG MUHIM MANAVIY-MA`RIFIY TADBIRLAR DAYJESTI (09-14.09. 2024 y)
🔹 “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida barcha fakultetlarda “Mustaqillik darsi” bo‘lib o‘tdi.
🔹“Birinchi kurs maktabi” tadbirlari amalga oshirildi.
🔹 Talabalarnng madaniy xordiq olishlarini tashkil etish maqsadida tetartlarga tashriflari amalga oshirildi.
🔹Talabalarning tarixiy qadamjolar hamda muzeylarga tashriflari amalga oshirildi.
🔹Talaba-yoshlar o‘rtasida “Talaba xavfsizligi kuni” tadbirlari amalga oshirildi.
🔹Barcha kafedralarda “Ma’rifat soati” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
🔹Talabalarning madaniy xordiq olishlarini tashkil etish maqsadida istirohat bog‘lariga tashriflari amalga oshirildi.
🔹 Talaba-yoshlar uchun “Kino kunlari” tashkil etildi.
🔹 Talaba-yoshlar o‘rtasida psixologik treninglar o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️⚽️ Buxoroda “Futzal bo‘yicha Jahon chempionati 2024” uchun chiptalar sotuvi boshlandi.
Buxoroda bugundan «Futzal bo‘yicha Jahon chempionati» start oladi. Viloyatimiz aholisi har kuni 10:00 dan 20:00 gacha kassadan istalgan usulda chiptalarni sotib olishlari mumkin. Manzil: “Garden plaza” mehmonxonasi yo‘li yoqasida.
Shuningdek, chiptalarni onlayn https://futsal2024.uz orqali ham xarid qilishingiz mumkin!
Bizni kuzatishda davom eting:
#tezkor #kontrakt #shartnoma
Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️
⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun
Bizni kuzating
“Ingliz, nemis, fransuz" tillari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining saralash OTM bosqichi universitetning bosh bino 3-qavatda 308 (ingliz tili), 309 (fransuz tili), 310 (nemis tili) -xonalarda bo'lib o'tdi
Olimpiada jarayonlarida har bir fan bo'yicha eng yuqori ball to'plagan talabalar olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etishi Nizom talablari asosida begilangan
Bizni kuzatishda davom eting:
‼️ TANLOV
Respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o'rtasida o'tkazilayotgan "ENG FAOL YIL TALABASI" tanlovini e'lon qilamiz.
📣Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo'yicha nomzodlar qabul qilinadi:
🔻Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi
🔻Yilning eng targ'ibotchi talabasi
🔻Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
🔻Yilning eng faol sportchi talabasi
🔻Yilning eng faol iqtidorli talabasi
🔻Yilning eng faol ijodkor talabasi
🔻Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun)
Tanlovning universitet bosqichi 2- turda o'tkaziladi:
1. Fakultet bosqichi - 20-25-oktabr (fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari qabul qiladi)
2. Universitet bosqichi - 6-10-noyabr (Axmedova N)
https://telegra.ph/Eng-faol-yil-talabasi-tanlovining-NIZOMI-09-13-2
📍Tanlovga oid savollar uchun BuxDU Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektori bosh mutaxassisi Axmedova Nodiraga murojaat qilishingiz mumkin
📞 +998 88 080 39 08
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Fransiya futbol federatsiyasining vitse-prezidenti, futzal va plyaj futboli bo'yicha UEFA ijroiya qo'mitasi vakili janob Filip Lafrik Buxoro davlat universitetiga tashrif uyushtirdi.
Ayni kunlarda ona shahrimiz Buxoroda futzal bo'yicha jahon chempionati o'yinlariga mezbonlik qilishi tufayli ko'plab dunyoning yetakchi jamoalari murosasiz bahslarda tayyorgarlik ko'rishmoqda. Shular qatori futbol o'yinlari bo'yicha ikki karra jahon chempioni, o'zining sevimli muxlislariga ega Fransiya mamlakatidan ham yetakchi sportchilar, soha mutaxassislari shahrimizda mehmon bo'lishmoqda.
Quvonarlisi, Fransiya futbol federatsiyasining vitse-prezidenti, futzal va plyaj futboli bo'yicha UEFA ijroiya qo'mitasi vakili janob Filip Lafrik Buxoro davlat universitetiga tashrif uyushtirdi.
Xalqaro mutaxassisni universitet rektori professor Obidjon Xamidov va OTM jamoasi iliq kutib olishdi. Tashrif davomida universitetda sportchi talaba-yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan tanishildi.
Kelajakda sport sohasini rivojlantirishda, xususan futbol, futzal hamda minifutbol bo'yicha o'zaro tajriba almashinuv, fransiyalik mutaxassislarni o'quv-trening amaliyotlariga jalb etish bo'yicha aniq rejalar tuzildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
🟦🟦🟦
⚡️📚✅ Xonatlas haftaligi
Oʻquv yilining dastlabki kunlaridanoq milliygimiz, yuzimiz, oʻzligimiz nishonasi boʻlgan xonatlas libosimizni butun Oʻzbekiston xalqi egniga marjon kabi taqilishini istab tashabbus qilingan "Xonatlas haftaligi" ham yakunini topmoqda. Ammo barcha ayollarimiz, ustoz-murabbiylarimiz, talaba qizlarimiz egnida bezak boʻlgan libosning butun yil jilo berib turishidan umidvormiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
Vаzir o‘rinbosari doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashdi.
Bugun 13-sentyabr kuni Buxoro davlat universitetining faollar yig’ingohida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda viloyatning ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan mamlakatimizda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va ilm-fan ba tarmoq integratsiyasini jadallashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu yo‘nalishda yechimini kutib turgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan berilgan savol va takliflar yechimi yuzasidan fikr almashildi hamda qator masalalarni o'z o'rnida hal qilinishiga erishildi.
Bir so‘z bilan aytganda, uchrashuv ilmiy muhitni yaxshilash va doktorantlarning tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fikr va tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
⚡️📚✅O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev va O‘zbekiston milliy simfonik orkestri jamoasi Buxoro davlat universitetida.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦 🟦🟦🟦
⚡️📚✅Buxoro davlat universiteti "Sirtqi va masofaviy ta'lim" bo'limi talabalarining 2024-2025 o'quv yili uchun O'QUV JARAYON GRAFIGI
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
☄️📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING 4-MAVSUMI BOSHLANDI!
Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Bahouddin Naqshband ziyoratgohi bo'ldi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 13-sentabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish davr talabi
Batafsil: https://is.gd/45C5pR
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
12-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov Buxoro davlat universitetida bo‘lib, yangi 2024/2025-o‘quv yili boshlanganligi munosabati bilan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan suhbat o'tkazdi. Jumladan, talabalar turar joyi holati, oshxona, maʼnaviyat xonalarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.
Batafsil: https://is.gd/vjEG5q
Bizni kuzatishda davom eting:
#bilasizmi
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday❓ Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi❓
📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi
Bizni kuzating