buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Oliy_talimda_islohotlar

⚡️Bugun, 31-iyul kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining ma’ruzalar zalidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.A.Sharipov “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida oliy ta’limdagi yangi islohotlar borasida ma’ruza qildi.

📱 Seminarda Buxoro davlat universiteti jamoasi - prorektor, bo‘lim boshliqlari, tyutorlar, yosh professor-o‘qituvchi hamda magistrlar onlayn ravishda masofadan turib ishtirok etishdi.

#vazir_mâruzasi #yangiliklar #bir_bõlsak_yagona_xalqmiz

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

0️⃣0️⃣0️⃣ #BuxDU_marketing

Shofirkon tumanining "Guliston" MFY hududida joylashgan "Amir teks" MCHJ binosida ish bilan band bo'lmagan aholini va yoshlarni qamrab olish maqsadida bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Unda BuxDU Marketing va karyera bo'limi hamda universitet bitiruvchi talaba yoshlari ham ishtirok etishdi. Tadbirda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining vakansiyalari tashrif buyurganlarga taqdim etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

📺📺 #Ezgulik

     "Ezgulik" gazetasining 2024-yil 12-sonida Buxoro davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Feruz Karimovning “O'ZBEKISTON - YOSHLAR MAMLAKATI” nomli maqolasi nashr etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

O‘zbek olimasi AQSHda oltin medal bilan mukofotlandi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtati Santa Klara shahrida joriy yil 26-28-iyul kunlari Silikon vodiysi Xalqaro ixtirochilar innovatsion festivali — "The Silicon Valley international invention festival (SVIIF)" bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/620684

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

📺📺 #Buxoronoma

Qatag'on qurbonlari xotirasiga hurmat - insoniy burchimiz

«Buxoronoma» gazetasining 2024-yil 31-iyul 55 -sonida BuxDU tuzilmasidagi Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Azalshoh Hamroyev hamda BuxDU dotsenti Ismat Naimovlarning "Qatag'on qurbonlari xotirasiga hurmat - insoniy burchimiz" nomli maqolalarini o‘qishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

4️⃣4️⃣4️⃣

Hurmatli Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi bitiruvchilarimiz!

Bugun, 31-iyul kuni tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Vaqti: 9:00
Manzil: "Amir teks" MCHJ
Hudud: "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘ini.

Band bo‘lmagan bitiruvchilarimizni mazkur mehnat yarmarkasida kutamiz!

Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

3️⃣3️⃣3️⃣

Buxoro davlat universiteti 2024-2025 o'quv yilida 66 ta ta’lim yo’nalishlari bo'yicha abituriyentlarni qabul qiladi!

Buxoro davlat universitetida kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta'lim shaklida bakalavr yo'nalishlari mavjud:

👉🏻Yo'nalishlar👈🏻

✍️ Yuksak taraqqiyot - kuchli bilim, ilm-fan va tafakkurda!

➡️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:

@SukhrobDavlatov
📞+99865 221-27-66
📞+99865 221-26-85
📞+99865 221-29-06

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

0️⃣0️⃣0️⃣

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarining saralash bosqichida "Chet tili (ingliz, fransuz, nemis)" fanidan suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarining saralash bosqichida "Chet tili (ingliz, fransuz, nemis)" fanidan suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi. Barcha jarayonlar video kuzatuv asosida amalga oshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Ovozli_chat
Oliy taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#saylov_2024

Dunyoda siyosiy partiyalar turli xil g‘oyalar va spektrlarga asoslangan holda faoliyat yuritadi. Ular davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Partiyalar jamiyatdagi muammolarni davlat institutlariga olib chiqib, ularga yechim izlaydi. Shu jarayonda partiyalarning ichki demokratiyasi muhim ahamiyatga ega. Bu esa, partiyalarning samaradorligini belgilaydi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#To‘lov_kontrakt2024

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#qabul_2024

⚡️Buxoro davlat universiteti 2024-2025 o'quv yilida 66 ta ta’lim yo’nalishlari bo'yicha abituriyentlarni qabul qiladi!

Buxoro davlat universitetida kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta'lim shaklida bakalavr yo'nalishlari mavjud:

👉🏻Yo'nalishlar👈🏻

✍️ Yuksak taraqqiyot - kuchli bilim, ilm-fan va tafakkurda!

☎️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:

📞+99865 221-27-66
📞+99865 221-26-85
📞+99865 221-29-06

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

“BIR BO‘LSAK – YaGONA XALQMIZ, BIRLAShSAK – VATANMIZ!”
yoxud yangi O‘zbekiston – totuvlik va do‘stlik diyori!


Bugun mamlakatimizda barcha millat va elat vakillari emin-erkin, o‘zaro totuv yashashi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yildan buyon 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni mamlakatimizda keng nishonlab kelinayotir. Yurtimizda Harakatlar strategiyasi, keyinchalik Taraqqiyot strategiyasining alohida dastur, “yo‘l xaritasi”dagi tegishli bandlari va yo‘nalishlarda belgilab olingan ustuvor vazifalar amalda qo‘llanmoqda. Shu bilan birga, “Inson qadri uchun”, “Avval — inson, keyin — jamiyat va davlat” kabi ulug‘vor g‘oyalarning amaliy natijasi tufayli bugun jamiyatimizning barcha jabhasida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikning asl mazmun-mohiyati bo‘y-basti bilan namoyon bo‘layotir.


👉Batafsil o'qish uchun

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Qabul_2024

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🏆🏆🏆 #Xushxabar

Webometrics 2024 reytingi natijalariga ko‘ra, Buxoro davlat universiteti respublikamiz oliy ta`lim muassasalari bo'yicha 7-o'rinda!

🌟 Umumiy natijalar:

🌍 Dunyo bo‘yicha: 4986-o‘rin
🇺🇿 O‘zbekistonda: 7-o‘rin

Ta'sir ko'rsatkichi bo‘yicha universitetimiz 10,791-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich universitetimiz veb-saytining xalqaro miqyosdagi ko‘rinishlari va ta'sir kuchini aks ettiradi.

Ochiqlik ko'rsatkichi bo‘yicha esa universitetimiz 1,739-o‘rinda turadi. Bu bizning ilmiy maqolalarimiz va tadqiqot natijalarimizning ochiqlik darajasini va ulardan foydalanish imkoniyatini ko‘rsatadi.

Mukammallik ko'rsatkichi bo‘yicha universitetimiz 5,597-o‘rinda. Bu ko‘rsatkich universitetimiz ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini va xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar sonini o‘z ichiga oladi.

Bu natijalar bizning ilm-fan va ta'lim sohasidagi muvaffaqiyatlarimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Universitetimiz jamoasi va talabalarimizning mehnati, bilimdonligi va qat'iyatliligi bizni yangi cho‘qqilarga yetaklashda davom etmoqda.

Buxoro davlat universiteti jamoasini ushbu yutuqlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Kelgusidagi ishlarda ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Birgalikda yanada yuqori natijalarga erishamiz!

#Webometrics #Buxorodavlatuniversiteti

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

3️⃣3️⃣3️⃣

📢 IKKINCHI MUTAXASSISLIK UCHUN MARKETING (TARMOQLAR VA SOHALAR BO'YICHA) TA`LIM YO'NALISHIDA QABUL DAVOM ETMOQDA

Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Marketing va menejment kafedrasi
2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishida Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlganlarga qabul davom etayotganini ma’lum qiladi.

Bunda,

Ta’lim tili: oʻzbek
Ta’lim shakli: sirtqi
Oʻqitish tizimi: kredit-modul

✉️Ushbu yo`nalishlarga hujjat qabul qilish Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Ajratilgan kvotalarning biri sizniki boʻlishi mumkin!

📞 Murojaat uchun: Call-markaz va Maslahat markazi telefon raqamlari:

➡️+998 90 712 48 08
➡️+99865 221-27-66
➡️+99865 221-26-85
➡️+99865 221-29-06

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

📺📺 #Buxoronoma

"Buxoronoma" gazetasining 2024-yil 55-sonida Buxoro davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Azizbek Amonovning “BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!” yoxud yangi O‘zbekiston – totuvlik va do‘stlik diyori!” nomli maqolalarini o‘qishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

TA’ZIYA BILDIRAMIZ

Buxoro davlat universiteti rektori ijro apparati bosh mutaxassisi Nodir Ro'ziyevning akalari Mardon Ro'ziyevning vafot etganliklari munosabati bilan universitet jamoasi nomidan chuqur taʼziya izhor etamiz.

Ortlarida qolgan barcha yaqinlariga sabr va sabrlariga ulkan ajrlar ato qilsin!  «Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’un».

Janoza bugun soat 10:00 da. Manzil: Shofirkon tumani Zarchabek qishlog`i

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

📺📺 #xalq_so'zi

NAVQIRON AVLOD UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

#Buxoro_davlat_universiteti rektori Obidjon Xamidovning "Xalq so'zi" gazetasining 2024-yil #153 sonida "NAVQIRON AVLOD UCHUN YANGI IMKONIYATLAR" mavzusidagi maqolasi chop etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

📱#BuxDU_Dоʻstlik_festivali
#30_iyul_Xalqaro_dоʻstlik_kuni

30-iyul - Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi Somoniylar istirohat bog‘ida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda ko‘plab millat vakillari qatorida Buxoro davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

⚡️30-iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan respublika istiqbolli avlod ijtimoiy axborot xizmati Buxoro viloyati filiali hamkorligida Buxoro davlat universiteti pedagog-xodimlari va talabalari o'rtasida ijtimoiy so'rovnoma o'tkazildi.


Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

1️⃣1️⃣1️⃣

Sportning voleybol turi bo'yicha BuxDU yigitlar voleybol jamoasi 31-iyul 5-avgust kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Milliy liga O'zbekiston chempionatining 3-tur o'yinlariga ishtirok etish uchun jo'nab ketishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

0️⃣0️⃣0️⃣

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarining saralash bosqichida "O'zbekiston tarixi" fanidan suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

2024 yilning 29-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarining saralash bosqichida "O'zbekiston tarixi" fanidan suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi. Suhbat jarayonida stipendiyaga da'vogar 55 nafar talabgorlar suhbat jarayonlarida ishtirok etdilar. Barcha jarayonlar video kuzatuv asosida amalga oshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🐦 President Tech Award: 2024-yil yangi mavsumiga start berildi!

Umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻlgan “President Tech Award” tanlovining ikkinchi toʻlqini start olmoqda!

Tanlov asosiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi. Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarni yaratishga tayyor boʻlsangiz — ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Asosiy yoʻnalishlar uchun mukofot jamgʻarmalari oʻzgarishsiz qolmoqda:
🔢-oʻrin — $100 000;
🔢-oʻrin — $50 000;
🔢-oʻrin — $30 000.

Maxsus yoʻnalish uchun mukofot jamgʻarmasi:
— $100 000.

🤔 Oʻz isteʼdodlaringizni namoyish etishga tayyor turing!
Tanlov tõg'risida qo'shimcha ma'lumotlarni
https://awards.gov.uz/president-tech-award/
havolasi orqali bilib olasiz.
___

🔔Arizalar 1-avgustgacha qabul qilinadi..


Telegram | Instagram | Facebook | Youtube‼️

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

⚡️Buxoro viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan viloyat o‘rmon xo‘jaliklarida ko‘chat yetishtirish bo‘yicha "Buxoro maktabi" yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar
.

🎬O'zbekiston 24 telekanali

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
#o‘qishni_ko‘chirish

Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU
#Yangi_Ŏzbekistonga_yangi_marralar

“Shunday qizim borligidan faxrlanaman”


Shavkat Mirziyoyev va Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorovaning telefon orqali suhbati.

Barcha millatlar e’tirof etadigan Yaponlarning VATANPARVARligi yangi O‘zbekiston yoshlariga ko‘chdi!
Barakalla Diyor Keldiyorova singlim - jonajon vatanimiz uchun dunyo e’tirof etadigan natijalarga erishdingiz.
Rahmat Sizga!

@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#saylov_2024

Yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari

Особенности новой избирательной системы

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz

⚡️Avezov Suxrob Sobirovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Avezov Suxrob Sobirovich Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashida “O‘zbek-rus va rus-o‘zbek parallel korpuslari onlayn-platformasini yaratishning asosiy tamoyillari (A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani misolida)” mavzusida 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.


👏 Dissertant hamda ilmiy rahbarni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Ilm markazi bo'lgan Buxoroyi sharifda mana shunday yangi olimlar safi ko'paysin.


Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал