#Yashil_makon
✅2025-yil - "Atrof muhitni asrash va "Yashil iqtisodiyot" yili munosabati bilan Buxoro davlat universitetida "Yashil makon" umummilliy harakati loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
“BUXORO UNIVERSITETI” GAZETASINING YANGI SONINI QARSHI OLING!
⬇️ Gazetada quyidagi mavzular haqida o‘qing:
🌿 “Yashil iqtisodiyot va ekologiya”
Atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha yurtimizdagi yangi tashabbuslar haqida.
🎓 “Buxoro davlat universiteti xalqaro maydonda”
Xalqaro hamkorlikdagi yutuqlarimiz va global muvaffaqiyatlar haqida batafsil.
🇺🇿 “Bayrog‘imiz balandlarda hilpirasin!”
Davlat ramzlariga bag‘ishlangan bayram tadbiridan hisobot.
⚡️ “Yoshlar bilan birga — yuksalamiz!”
Talabalarning faolligi, ularning sport va ilmiy sohalardagi muvaffaqiyatlari.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️📚✅Joriy yilning 26-noyabr sanasida oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'tkazilib kelinayotgan "UNIVERSIADA" sport musobaqalarining SHAXMAT va SHASHKA turlari bo'yicha 3 - bosqich viloyat bosqichiga start berildi. Qizg'in kechgan bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
SHAXMAT yigitlar:
1-o'rin Merajov Nurmuhammad BuxDU
2-o'rin Zaripov Xurshid BuxDPI
3-o'rin Sayfiddinov Murod BuxDTI
SHAXMAT qizlar:
1-o'rin To'xtayeva Madina BuxDU
2-o'rin Oblayeva Barchinoy BuxDTI
3-o'rin Orziyeva Feruza BuxDPI
SHASHKA yigitlar:
1-o'rin Saidmurodov Axmadjon BuxDTI
2-o'rin Jamolov Javohir BuxDPI
3-o'rin Amanov Mirfayz BuxDU
SHASHKA qizlar:
1-o'rin Iskandarova Muxsina BuxDPI
2-o'rin Nizomova Rayhona BuxDU
3-o'rin Shomurodova Zaynab BuxMTI
Bizni kuzatishda davom eting:
#yashil_makon 🌳🌲☘️
⚡️ ✅ "Yashil makon umummilliy loyihasi" doirasida ko‘chat ek-bog‘ yarat shiori ostida Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti boshchiligida ham ko‘chat o‘tqazish tadbiri tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
"Ma’rifat ulashib" loyihasi davom etadi
Buxoroda Xalqaro ziyorat turizm haftaligi o‘tkaziladi
Joriy yilning 27-29 noyabr kunlari Buxoroda “Tabarruk ziyorat” Xalqaro ziyorat turizm haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro haftalik doirasida O‘zbekistonning dunyo sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida tanitish maqsadida ekspertlar, tarixchilar, akademiklar ishtirokida seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, taqdimotlar, shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
Tadbir mehmonlari mamlakatimizning ziyorat turizmi bo‘yicha boy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish orqali O‘zbekistonning tarixiy va madaniy go‘zalligini kashf etish hamda Turkiy davlatlar orasida tarixiy turizm salohiyati haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
"Ma’rifat ulashib"
"Mening maktabim"
⚡ Kutib oling! “Biznes Marafon” endi Qashqadaryo hamda Buxoroda!
🔥 Respublikamiz bo‘ylab tashkil etib kelinayotgan “Biznes Marafon” loyihasi o‘z biznesini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ichida katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Zero “Biznes Marafon”da malakali tadbirkorlar va spikerlar oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yosh tadbirkorlar bilan muloqot qilib, o‘z tavsiyalarini berib kelishmoqda.
📍 Marafonning navbatdagi manzillari:
👁 26 noyabr soat 14:00da Qarshi shahridagi Mulla To‘ychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri;
👁 27 noyabr soat 10:00da Buxoro tumanidagi “Varnet” agro kompleksi.
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🇺🇿 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari hamda faol talabalar bilan birgalikda "BuxDU bizniki" loyihasi doirasida universitet binolarida "Plogging" aksiyasini o'tkazishdi.
❗️Bilim dargohimizni tozaligini saqlash har birimizning burchimizdir!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🗣“Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi e’lon qilindi.
🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovini e’lon qiladi.
☑️Tanlov 3 bosqichdan: akademik guruhlar talabalari o‘rtasida saralash bosqichi, fakultetlararo oliy ta’lim muassasasi bosqichi hamda OTM g‘oliblari o‘rtasida yakuniy bosqichdan iborat.
☑️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🥇1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.
⏺Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar 30-noyabrga qadar o‘zi tahsil olayotgan taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.
➡️Tanlov nizomini o‘qish
Bizni kuzating:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️📚✅Oliy ta'lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish masadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yilning 2-martdagi 36-sonli qaror bilan tasdiqlangan "Magistratura to'g'risida"gi Nizomning magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibiga muvofiq universitetda 2023/2024 o'quv yilida 34 ta mutaxassislik bo'yicha 2-kursda tahsil olayotgan 147 nafar magistratura talabalarining (qishki qabul) magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyalari o'tkazilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️Bugungi mehmonlar Yangiboy Qo‘chqorov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi), Shodmon Sulaymon ("Shuhrat" medali sohibi) bilan BuxDU katta majlislar zalida universitet pedagog-xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirokidagi ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Talabalarning suyukli ijodkori Yangiboy Qoʼchqorov soʼzga chiqib, Buxoro adabiy muhiti diyorimizda yetishib chiqqan hamda adabiyotga kirib kelayotgan navqiron avlod shakllanishida gʼoyat muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shoirning "Zamondoshga" nomli sheʼri zalda gulduros qarsaklarga sabab boʻldi.
🔵 Shuningdek, tadbirda shoir Shodmon Sulaymon minbarga chiqib, tinchlik aziz neʼmat ekanligini, tinchlik zamonida tinch diyorimizga bayramlar, turli loyihalar yarashishini, shu bilan birga, hozirgi davrda notinch yurt farzandlari ham ilm-fan, maʼrifatdan bahramand boʼlishga haqli ekanini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shoir oʼzining "Ota allasi" hamda "Yaxshi koʼrasiz" sheʼrlarini oʼqiganida barcha talabalar olqishlashdi.
✍️Tadbir davomida talabalar tomonidan Xurshid Davron, Shodmon Sulaymon hamda Yangiboy Qoʼchqorov hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar berildi, ijodidan naʼmunalar aytildi. Ijro etilgan qo’shiqlar va raqslar yig’ilganlarni xushnud etdi.
San’atshunoslik talabalari tomonidan ijodkorlar obrazi qog’ozda aks ettirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#jarayon #sport
Buxoro davlat universiteti imkoniyati cheklangan talaba - yoshlari o'rtasida para yengil atletika sport turlari bo'yicha "UNIVERSITET BIRINCHILIGI" musobaqalariga start berildi. Joriy yilning 26 noyabr sanasida yo'nalishlaridan qat'iy nazar ushbu para musobaqamizga lutfan taklif etamiz.
"Universitet birinchiligi"da quyidagi sport yo'nalishida musobaqalar o'tkaziladi:
1. T37 klass (1 qo'l va 1 oyog'ida muammosi borlar)
2. F34 klass (1 qo'li yo'q amputant, 1 ta yoki 2 ta oyog'i yo'q amputant)
3. T13 klass (ko'zi ojizlar)
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️✅ Joriy yilning 25-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo'limi tomonidan "Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish" mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
➡️Unda Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektori, kapitan M.Ne’matova, Buxoro shahar targ’ibotchilar guruhi rahbari Sh. Nabiyeva hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.
💠 Tadbirda viloyatimizda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonliklarni oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bunga sabab bo‘luvchi holatlar, oiladagi (maishiy) zo'ravonliklar va unga nisbatan belgilangan javobgarliklar xususida, himoya orderi orqali himoyalanish tartibi va boshqa masalalar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
✍️ Uchrashuv davomida zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularni himoyalash borasidagi ishlar haqidagi videorolik va taqdimotlar namoyish etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️📚✅ 27-noyabr kuni San’atshunoslik va pedagogika fakulteti tomonidan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo’q deydi” mavzusida tadbir o’tkazildi.
✍️Tadbirda taklif qilingan mehmonlar o'z fikr mulohazalarini bildirib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Tadbirda San'atshunoslik va pedagogika fakulteti iqtidorli talabalari ishtirokida sahna ko'rinishlari taqdim etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌍 2024-yilning 25—noyabr kuni BuxDU jamoasi III Xalqaro Kimyo Fan Olimpiadasida ishtirok etish uchun Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahriga yetib borishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️📚✅Oliy ta'lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yilning 2-martdagi 36-sonli qaror bilan tasdiqlangan "Magistratura to'g'risida"gi Nizomning magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibiga muvofiq universitetda 2023/2024 o'quv yilida 34 ta mutaxassislik bo'yicha 2-kursda tahsil olayotgan 147 nafar magistratura talabalarining (qishki qabul) magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyalari o'tkazilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
⚡️ Buxoro tumanidagi "Varnet"agro kompleksida "Biznes Marafon" start oldi.
🧑💻 Respublikamiz bo‘ylab tashkil etib kelinayotgan “Biznes Marafon” loyihasi o‘z biznesini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ichida katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Zero, “Biznes Marafon”da malakali tadbirkorlar va spikerlar oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yosh tadbirkorlar bilan muloqot qilib, o‘z tavsiyalarini berib kelishmoqda.
👉 Bugun, 27-noyabr kuni Buxoro tumanidagi "Varnet" agro kompleksida "Biznes Marafon" tashkil etildi. Ushbu marafonda Buxoro davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishmoqda.
@buxdu_uz
#BuxDU_yangiliklari
⚡️ "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida loyiha mehmonlari Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. Unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, gulxan atrofida talabalar bilan suhbat tashkil etildi.
@buxdu_uz
#jarayon #sport
Buxoro davlat universiteti imkoniyati cheklangan talaba - yoshlari o'rtasida para yengil atletika sport turlari bo'yicha "UNIVERSITET BIRINCHILIGI" musobaqalari yakuniga yetdi.
"Universitet birinchiligi"da quyidagi sport yo'nalishlarida o'tkazilib, BuxDU sport klubi tomonidan quyidagi talabalarimiz taqdirlanishdi:
T37 klass (1 qo'l va 1 oyog'ida muammosi borlar)
1-o'rin Kushshiyev Bobirmirzo
2-o'rin Xolmurodov Rustam
3-o'rin Mustoqov Jonibek
F34 klass (1 qo'li yo'q amputant, 1 ta yoki 2 ta oyog'i yo'q amputant)
1-o'rin Boynazarav Fathulla
2-o'rin Shodiyev Hasan
3-o'rin Islomov Og'abek
T13 klass (ko'zi ojizlar)
1-o'rin Islomov Og'abek
2-o'rin Mustoqov Jonibek
3-o'rin Xolmurodov Rustam
👏Yigit va qizlarimizga keyingi sport musobaqalarida omad tilab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
"Ma’rifat ulashib" loyihasi maktabda
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️📚✅ Xabar qilinganidek, BuxDUda 2024-yil 8-noyabrdan 8-dekabrga qadar "Konstitutsiya oyligi" deb e’lon qilinib, bu borada qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
➡️ Bugun, 26-noyabr kuni universitetning barcha fakultet talabalari o‘rtasida "Konstitutsiya bilimdoni" ko‘rik-tanlovining test sinovlari bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️✅Ta’limdagi islohotlar ezgu maqsadlarni amalga oshirishga zamin bo‘lmoqda.
📹 Shavkat Hayitov,
BuxDU professori, filologiya fanlari doktori
Bizni kuzatishda davom eting:
В Тобольске обсудили наследие бухарцев в Сибири
На базе Тобольского пединститута состоялся III Международный научный симпозиум «Бухарцы в Сибири».
👉 https://www.utmn.ru/news/stories/nauka-i-innovatsii/1249101/
1️⃣1️⃣1️⃣
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marafonda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Xorij safari to‘g‘risida ma’lumot
📌 Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev joriy yilning 25-noyabr-3-dekabr kunlari Italiya, Slovakiya va Vengriya davlatlarida xizmat safarida bo‘ladi.
📕Safar maqsadlari:
🇮🇹 Kyeti-Peskara universitetida (Italiya) o’tkaziladigan OTMlar xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va raqamlashtirishga qaratilgan xalqaro loyiha yig‘ilishida “taklif etilgan xalqaro ekspert” sifatida ishtirok etish;
🇮🇹 O‘zbekiston-Italiya birinchi ta’lim forumi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida Perudja xorijliklar uchun universiteti (Italiya) rahbariyati bilan BuxDUda italyan tili markazini tashkil etish masalasini muhokama qilish;
🇸🇰 Bratislava Komenius universiteti (Slovakiya) rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini ko'rib chiqish;
🇭🇺 O‘zbekiston-Vengriya ta’lim forumi yakunida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Sechenyi Ishtvan universitetida (Vengriya) Vengriya hukumatining Stipendium Hungaricum stipendiyalar dasturida ishtirok etish hamda “Xalqaro savdo” qo‘shma magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashish.
💳 Xorij safari xarajatlarining asosiy qismi A.Jo'rayevning "taklif qilingan xalqaro ekspert" maqomidan kelib chiqqan holda Kyeti-Peskara universiteti tomonidan qoplanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetining Gʻijduvon tumani Soktare MFY o‘quv binosida o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.G'. Jumayev boshchiligida 1-kurs talabalari bilan seminar-trening bo'lib o'tdi.
✅ Sirtqi ta'lim bo'yicha universitet mas'ul xodimlari, fan o'qituvchilari hamda tyutorlar ishtirokida kechgan mazkur suhbat davomida bir qancha mavzular, xususan: kredit-modul tizimida talabalar bilimini baholash, kreditlarni ko'chirish, akademik mobillik va boshqa bir qator masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot berilib, ushbu mavzuda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda seminar-trening yakunida talabalarga kredit-modul tizimi bo'yicha zarur ko'rsatmalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
⚡️⚡️⚡️Buxoro davlat universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti uchun 2025-yil tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka hujjat topshirgan talabgorlarning to‘plagan ballari.
@buxdu_uz
#FORUM
💥Siz ham volontyor bo'lmoqchimisiz!
Volontyor kim?
U nima qiladi?
Shu kabi savollar sizni o'ylantiryaptimi? Unda diqqat bilan postni oxirigacha o'qing!
Savollarga javobni «BuxDU volontyorlar forumi» orqali javob topishingiz mumkin. Faqat o'qib qo'ymang, balki forumda ishtirok eting.
Forumda sizni nimalar kutmoqda?
✅ Bepul trening;
✅ Yetakchi mutaxassislar bilan suhbat;
✅ Yangi do'stlar orttirish;
Volontyor bo‘lish – bu kuchli yurak va katta maqsadga ega bo‘lish demakdir. Yaxshilik qilishdan to‘xtamang, dunyo sizning ishingizga muhtoj!
📆 O'tkazilish sanasi: 4-dekabr
💻 Ro'yxatdan o'tish muddati: 2-dekabr 00:00 gacha
💵 Bepul
Qiziqdingizmi unda shoshiling!
📝 Ro'yxatdan o'tish uchun: @Forum_BUXDU
Bu kuni sizni o'zgacha sovgʻa hamda coffee break kutmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting: