buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦

☄️📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etganligi bo'yicha munosabat

Hurmatli Prezidentimiz Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida Ostona va Shusha shaharlaridagi uchrashuvlardan keyingi vaqt mobaynida global geosiyosiy jarayonlar tobora murakkab tus olganini alohida ta’kidladi.

Maqolani batafsil o'qish: buxdumatbuotxizmati/kobCJQS73eb" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/kobCJQS73eb

Olimjon Azimov,
Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

1️⃣1️⃣1️⃣

#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI

🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marafonda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⭕️⭕️⭕️🟦🟦

☄️📚 BuxDU pedagog-xodimlari va talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida har haftaning seshanba kuni universitetda "Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoni o‘tkaziladi.
   Hurmatli universitet pedagog-xodimlari va talabalari salomatligingizga etiborli bo‘lsangiz 2024-yil 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan yurish marafonida ishtirok eting.

   Manzil: BuxDU asosiy darvozasidan sport majmuasiga qadar.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari, Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) akademigi, f.-m.f.d., akademik Roziqov O'tkir Abdulloyevich Buxoro davlat universitetida.

Bugun, Buxoro davlat universitetida O'tkir Abdulloyevich bilan Akademik va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda fizika-matematika yo'nalishi talabalari, universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. Akademik Roziqov O'tkir Abdulloyevichning "Zamonaviy matematikaning tadbiqlari mavzusidagi" ma'ruzasi tinglandi. O'tkir Abdulloyevich nutqi davomida bugungi kunda chet tillarini va zamonaviy texnologiyalarni mukammal o'rganish har bir sohaning kaliti ekanligini hamda matematika fanini o'qitishda hayotdagi misollardan samarali foydalanish chora-tadbirlari haqida so'zladi.

👨‍💻Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️⚡️Buxoro davlat universitetida joriy yilning 13-noyabr kuni soat 10.00 da universitet bosh binosining 104-xonasida 2025-yil 1-chorakda mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutiga qabul qilish bo'yicha suhbat jarayoni tashkil etiladi.

❗️Izoh: Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida hujjatlari qabul qilingan talabgorlar muddatdan kech qolmasdan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat hamda Ilmiy ishlar ro’yxati va nashr etilgan maqola va tezislarni chiqargan holda kelishingizni so'raladi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

☄️📚9 ноября в Ташкенте на международной конференции "Национальная литература — лицо нации", организованной Международной Академией литературы, искусства культуры и социальных наук, состоялось вручение дипломов, удостоверений и медалей писателям, творческим деятелям и переводчикам нашей Республики.

Доцент кафедры русского языка и литературы Муртазаева Феруза Рашитовна принимала участие в данной конференции и была принята в члены Всемирного союза писателей и деятелей народного творчества.

Научные исследования Ф.Р. Муртазаевой способствуют укреплению культурного обмена между народами, подчеркивая значимость женского голоса в мировой, русской и узбекской литературе и реализации задач, выдвинутых Президентом Республики Узбекистан Ш. Мирзиёевым в Постановлении от 5 апреля 2018 года ПП-3652.
Кроме того, она была удостоена диплома и медали Международной Академии наук. Это высокое признание является свидетельством ее вклада в развитие современной узбекской женской прозы и ее перевода на русский язык.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Rektor_tabrigi #Kasaba_uyushmalari_kuni

Buxoro davlat universiteti rektorining "11-noyabr–O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

buxdumatbuotxizmati/Qvg5Pa6uM7D">Batafsil saytda

BuxDU Axborot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi

Bugun, 11-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Universitetimiz nufuzli xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi

6-8-noyabr kunlari BuxDU rektori O.Xamidov Ruminiyaning Buxarest shahrida “IREG Observatory on Academic Ranking and Excellence – IREG Akademik reytinglar va mukammallik observatoriyasi” tomonidan tashkil etilgan “Sun’iy intellektning oliy ta’lim hamda reytinglarga ta’siri” mavzusidagi yillik yig‘ilishida ishtirok etishi qatorida bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xalqaro reyting agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Shu jumladan, Ruminiya ta’lim vaziri Ligia Deca, IREG Observatory prezidenti Waldemar Sivinski, Abu Dabi universiteti rektori Ghassan Aouad, Elsevier tashkiloti vitse-prezidenti Aleks Fatxullin, Webometrics reyting agentligi direktori Isidro Aguillo, GreenMetrics reytingi rahbari Riri Fitri Sari va boshqalar bilan oliy ta’lim sohasidagi yangiliklar bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev ham bir qator muzokaralar jarayonlarida qatnashmoqda.
Yig‘ilish doirasida Buxoro davlat universiteti IREG Akademik reytinglar va mukammallik observatoriyasi a’zoligiga qabul qilindi. Ushbu a’zolik oliy ta’lim va xalqaro reytinglar tizimidagi o‘zgarishlar hamda mavjud tendensiyalardan doimiy va o‘z vaqtida xabardor bo‘lish, ushbu sohadagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini beradi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

dilnozarasulovna/ezdIPzQ449C" rel="nofollow">https://teletype.in/@dilnozarasulovna/ezdIPzQ449C

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟥KRIPTOLOGIYA bo'yicha respublika fan olimpiadasining OTM bosqichi natijalari bilan tanishing

Olimpiada jarayonlarida Fizika-matematika va axborot texnologiyalar fakulteti talabalari ishtirok etdi.

🟥Olimpiada natijalariga ko'ra olimpiada komissiya a'zolarining xulosasiga ko'ra eng yuqori ball to'plagan.

🏆 3 nafar quyidagi talabalar olimpiadaning respublika bosqichiga tavsiya etildi
.

1. Davletov Jasurbek Kurbanbay o‘g‘li - Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabasi.

2. To‘xtayev Azizbek A’zam o‘g‘li - Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabasi.

3. Sharifjonova Zebo Ibrohim qizi -Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabasi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#yashil_kelajak #marafon

9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.

Katta tantana, ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan marafon ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev, hududiy boshqarmalar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 1500 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi.

“Ta’kidlash joizki, bugun ta’lim muassasalarida daraxt ekish marafoniga start berish tadbirining aynan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotganida ham chuqur ramziy ma’no bor. Chunki, Orol va Orolbo‘yi hududlarida ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, “Yashil makon”, “Yashil belbog‘” loyihalarini amalga oshirishga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada belgilangan vazifalar ijrosi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida har yili katta tashkilotchilik bilan to‘la-to‘kis bajarilib kelinmoqda.

Jumladan, 2024-yil kuz mavsumida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari tomonidan jami 407 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish reja qilingan", – dedi vazir Q.Sharipov o‘z nutqida.


Marafon doirasida Nukus shahridagi 8 gektar yer maydoniga ega “Ziyolilar bog‘i”da 3000 tup, respublikaning 14 ta hududidagi barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga ajratilgan yer maydonida qariyb 100 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 12 foizni tashkil etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#yashil_makon 🌳🌲☘️

⚡️ "Yashil makon umummilliy loyihasi" doirasida ko‘chat ek-bog‘ yarat shiori ostida, mamlakatimizning 14 ta hududidagi ko'plab tashkilotlar qatorida Buxoro davlat universiteti boshchiligida ham ko‘chat o‘tqazish tadbiri tashkil etildi.

Ayni kunlarda “Yashil makon” loyihasi doirasida bo'lib o'tayotgan manzarali va buta ko'chatlarini ekish jarayonlari butun respublika bo‘ylab qizg‘in kechmoqda. Bugun universitetimiz 3-binosi oldida manzarali va buta ko‘chatlar ekildi.

Zero, ko‘chat ekib, nihol o‘tqazib, bog‘ yaratish, yurtni ko‘kalamzor, so‘lim maskanga aylantirishdek xayrli maqsad odamlar o‘rtasidagi mehr-oqibat tuyg‘ularini uyg‘otib, yurt oldidagi burchni sidqidil ado etishga chorlaydi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari qatorida Buxoro davlat universiteti O'quv ishlari bo'yicha prorektori R.G'.Jumayev ham ishtirok etdi. Hay’at yig‘ilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Ayni damda, BuxDU kichik majlislar zalida akademik Sadikov Ilxom Ismailovich maʼruza oʼqimoqda. Ushbu gʼoyat dolzarb mavzudagi maʼruzada universitet rahbar-xodimlari, fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etishmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz 🟦🟦

☄️📚 Mizrabova Jeren Ismailovna filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

🔵 Mizrabova Jeren Ismailovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Shekspir dramalari tarjimalarida kalamburning qiyosiy lingvopoetik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

🎉 Mizrabova Jeren Ismailovna hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz 🟦🟦

☄️📚 Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘li psixologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

🔵 Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘li Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Talabalar innovatsion kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari» mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

🎉 Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘li hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Buxoro davlat universiteti hamda Webster University in Tashkent o'rtasida imzolangan hamkorlik shartnomalariga ko'ra amaliy uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

💠Bunda, Webster University in Tashkent v.b. rektori Dr. Anthony Jarvis va qabul bo'limi xodimlaridan iborat jamoa universitetga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor T.H.Rasulov, Xorijiy tillar fakulteti dekani N.B.Ataboyev va o'quv uslubiy departamenti boshlig'i S.S.Davlatovlar kutib oldi.

➡️Uchrashuvda, asosan, MA TESOL dasturi (ta'lim yo'nalishi) bo'yicha magistrlarni tayyorlashning qishki qabulini yo'lga qo'yish hamda MBA dasturlarining kuzgi qabulini ochish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Bitiruvchi kurs talabalari bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz

⚡️
"Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati bilan Buxoro davlat universiteti shifokori Mavluda Karimovaga universitet jamoasi nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz

⚡️ 11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Buxoro davlat universiteti jamoasi nomidan universitet kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Baxtiyor Qobilovga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirildi.

11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! Bu kun, mehnat haq-huquqlarini himoya qilish va xodimlarning manfaatlarini ilgari surish uchun kurashayotgan barcha insonlar uchun muhim sanadir.

Sizlar o'z mehnatingiz, fidoyiligingiz va ijtimoiy adolat yo'lidagi sa'y-harakatlaringiz bilan jamiyatimizni yanada ro'yobga chiqarishga hissa qo'shmoqdasiz. Sizlarning mehnatingizni qadrlaymiz va har biringizga sog'lik, baxt va yangi yutuqlar tilaymiz!


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

☄️📚HAFTALIK DAYJEST (04.11)-(09.11).2024

Qo'shma ta'lim dasturlarning talabalari Qozon federal universitetida o'quv jarayonini boshladilar.

Fransiyaning Bordo Monteyn (Bordeaux Montaigne) universiteti vakili BuxDUga tashrif buyurdi.

Buxoro davlat universitetida SUD VA YOSHLAR uchrashuvi.

Buxoro davlat universiteti rektori Chet tili (ingliz, nemis va fransuz) fani bo'yicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.

"O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostida "BuxDU chempionlari va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

BuxDUda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan to'liq moliyalashtiriladigan YPIP - Young Professional Internship Program - Yosh professionallar amaliyot dasturi taqdimoti o'tkazildi.

Texnikum (politexnikum) direktorlari bilash yig‘ilish o‘tkazildi.

Universitetda "Iqtisodiy sharh" jurnalining taqdimoti o'tkazildi.

11-noyabr kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida madaniy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektorining xorij safari.

“Yoshlar va turizm” festivali ishtirokchilari UrDU huzuridagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo'lishdi

Talant shou— iste'dod kechasi!

"Men tabiatni sevaman" mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Markaziy Osiyoda jadidchilik va Germaniya ta’siri” (Central Asian Jadidism and German Influences).

Buxoro davlat universitetiga Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Sadikov Ilxom Ismailovich tashrif buyurdi.

"Yashil makon umummilliy loyihasi"

BuxDU rahbariyati va ota-onalar forumi.

“Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovi natijalari.

KRIPTOLOGIYA bo'yicha respublika fan olimpiadasining OTM bosqichi natijalari.

Universitetimiz nufuzli xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

2020-yil 23-noyabr kuni imzolangan Qonunga ko‘ra, 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangangan.

O‘z safida millionlab a’zolarni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda yaqindan yordam berib kelayotgan kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolarini bugungi sana bilan muborakbod etamiz!

Ma’lumot uchun, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSH, Gresiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveysariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston singari MDH davlatlarida nishonlanib kelinadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan "TALABA TRAVEL" loyihasi doirasida "YETTI PIRGA" sayohat tashkil etildi.

🛩 Ushbu sayohat talabalarga Buxoro viloyatining tarixiy va madaniy meroslarini yaqindan o‘rganish, sayohat qilish va yangi tajribalar orttirish imkonini yaratdi. Sayohat davomida talaba yoshlar, qadimiy yurtimizning o‘ziga xos me'morchiligi va madaniyatini kashf etdilar, tarixiy obidalar haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar.

🎗 "TALABA TRAVEL" loyihasi yoshlarga nafaqat sayohat qilish, balki ma'naviy rivojlanish va ijodiy o‘sish imkoniyatlarini ham taqdim etmoqda.

⚡️ Yangi loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda davom etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️⚡️SIRTQI TALIM SHAKLIDA TAHSIL OLAYOTGAN 1-KURS TALABALARI DIQQATIGA!

Aziz talabalar !
2024-yil 11,12-noyabr sanalaridan boshlab G'ijduvon tumani Soktare MFY da joylashgan BuxDU o'quv binosi tomon avtobus va yengil avtomobillar qatnovi yo'lga qo'yilmoqda.


Damas avtomobillari ertalab soat 7:00 dan 8:00 gacha  Buxoro shahridan yo'lga chiqadi.
Haydovchilar:
🚐 Zaripov Ibrohim.  Tel: 94 278 99 90, (532 damas);                                            
🚐 Bobomurodov Ilyos    Tel: 90 298 6868,   (728 damas )
🚐 G'iyosov Ilyos  Tel: 94 449 0985,      (476 damas )
Shuningdek, Soktare MFY universitet binosigacha 2 ta yo'nalishli avtobuslar qatnovi ham ertalab soat 7:00 dan yo'lga qo'yildi. 
🚍 Zikriyayev Zarif.  Tel: 91 4012103,  (80 O765  PA)                                           🚍 Odilov Shokir.  Tel: 99 591 43 32   ( 80 R 065 SA Isuzu); Yo'l kira 10 000 so'm
✅Soat 11:00 dan 11:20 ga qadar  avtomashinalar  Buxoro (Karvon bozor)igacha qatnovi ham bor.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#xalqaro_olimpiada

📣DIQQAT OLIMPIADANING SARALASH BOSQICHI NATIJALARI BILAN TANISHING!

Tojikiston davlat universiteti tomonidan 2024-yil 28-30-noyabr kuni o'takaziladigan xalqaro biologiya fan olimpiadasi hamda Turkmaniston davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2024-yil 20-noyabr kuni o'tkaziladigan Xalqaro biologiya fan olimpiadasida ishtirok etadigan universitet jamoasini shakllantirish maqsadida o'tkazilgan


umidaxalikova/c67jXBzQutt">SARALASH BOSQICHI NATIJALARI

🏆Saralash bosqichida yuqori balni qo'lga kiritgan 20 nafar talabalar universitet jamoasiga qabul qilinganligini ma'lum qilamiz

❗️Universitet jamoasiga qabul qilingan talabalar @Umida_Mirovna telegram manziliga telefon raqamlari va ma'lumotlarini yuborishlari va quyidagi telegram guruhiga
👉/channel/+ErEV1ib1iJo1Mzcy a'zo bo'lishlari so'raladi

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

📣Diqqat tanlov natijalari bilan tanishing!

🟥 Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bag‘ishlangan Respublika darajasidagi “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovida 21 nafar talabalarning maqolalari qabul qilingan



🟥Tanlovga taqdim etilgan maqolalar quyidagi baholash mezoniga asosan baholandi
🟥umidaxalikova/UyHWDYSdOPT">Tanlov Nizomi va Baholash mezoni

🟥umidaxalikova/rVpgvJMTeX8">TANLOV NATIJALARI
🏆Tanlovda eng yuqori ball yig'gan 3 nafar talabaning maqolalari respublika bosqichiga yuborildi

1. Nuriddinov Rajabmirzo - Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti magistranti

2. Ismoilov Asrorbek - Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti talabasi

3. Xayitov Og‘abek - Tarix va yuridik fakulteti talabasi

🟥G'oliblarimizga tanlovning respublika bosqichida omad tilaymiz!

Murojaat uchun tel: 97 305 6220

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

⚡️BuxDU rahbariyati va ota-onalar forumi

Bugun, 9-noyabr kuni BuxDU rahbariyati Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda fakultet rahbar-xodimlari, tyutorlar, professor-o'qituvchilar, talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda universitetda talabalar tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi. Suhbat davomida talabalarning ota-onalari tomonidan universitet hamda fakultet rahbariyatiga savol va takliflar berildi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida respublika marafoniga start berildi.

Marafon 20-noyabrgacha davom etib, mamlakat bo‘ylab 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish maqsad qilindi.

🔷 "Yashil makon" marafonida Buxoro davlat universiteti O'quv ishlari bo'yicha prorektori R.G'.Jumayev, BuxDU Ekologiya va Geografiya kafedrasi mudiri Yo.D Xolov va universitet talabalari faol ishtirok etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Prezidentimiz tomonidan 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb nomlangan va yil boshidan buyon shu mavzuda tashkil etilgan tadbirlarning hali beri yakuni bo'lmaydi.

✔️ Kuni kecha shunday tadbirlarda yana biri BuxDU Marketing va karyera bo'limi va "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Buxoro viloyat filiali hamkorligida universitetining "Fizika-matematika va axborot texnologiyalari" fakultetining tadbirkorlikka qiziquvchi talaba yoshlari uchun "Tadbirkor va talabalar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

📢 Uchrashuvda "Arxgen proekt stroy" MCHJ rahbari, yosh lider tadbirkor Firdavs Xolov taklif etildi.Tadbirkor o'z ish faoliyatini yoshlarga yaqindan tanishtirib, tadbirkorlikda erishgan yutuqlari va tadbirkorlikning sir-asrorlari haqida batafsil so'zlab berdi.
Uchrashuv so'ngida yoshlar tadbirkorlikka oid o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Bugun, 9-noyabr kuni Buxoro davlat universitetiga Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Sadikov Ilxom Ismailovich tashrif buyurdi.

Dastavval, I.I. Sadikov universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал