buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

☄️ 🟦🟦

✍️🔷 Buxoro davlat universitetida "GRADUATION CEREMONY 2024" diplom topshirish marosimi boshlanish arafasida.

Ushbu tadbirda Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov, Fransiyaning Vatel xalqaro tarmoq direktori Janob Paul D' Azémar, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Rustamovich Shadiev, Qozon Federal universitet, Sofiya universiteti rahbariyati online tarzda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

2023/2024 o'quv yilida BuxDU qo'shma ta`lim dasturlarini 50 ga yaqin talabalar Qozon federal universiteti, Vatel, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Bolgariyaning Sofiya universitetlarini bitirishmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi


Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🏫 Qo‘qon universitetida ayni paytda “Mamlakatimizda turizm sohasi uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari, muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda!

👆Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya O'zbekiston Respublikasida turizm yo'nalishi mavjud oliy ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchi 11,5 ming talabani yetuk kadr qilib tayyorlash, dual ta'lim shaklini keng joriy etish barobarida ularning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, respublikamizning barcha hududlarini mavjud turizm imkoniyatlarini o‘rganib chiqish va bu orqali xorijiy sayyohlar sonini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

‼️Eslatib o‘tamiz, mazkur ilmiy-amaliy seminar davom etmoqda.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#JamoatchilikKengashi

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi


13-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida tuzilgan Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, kengash a’zolari bilan yaqindan tanishdi.

Unda kengashning muhim vazifasi Jamoatchilik kengashi nizomiga asosan kengashning raisi, uning o‘rinbosari hamda kotibini saylash masalasi, kengash ish rejasi loyihasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kengashning samarali faoliyat ko‘rsatishi borasida taklif-mulohazalar bildirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/18734

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

https://telegra.ph/BuxDU-dotsenti-Rossiyaning-Qozon-Federal-universiteti-KFU-da-otkazilayotgan-VV-Dokuchaeva-nomidagi-Butun-Rossiya-Tuproqshunoslik-08-14

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

0️⃣0️⃣0️⃣

📚 BuxDU Yoshlarni ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti boshlig‘i R.Karimov Toshkent davlat agrar universitetida o'tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish: tajribalar va istiqbol rejalar” mavzusida 2 kunlik o‘quv-seminarida ishtirok etib sertifikatni qo'lga kiritdi.

12—13-avgust kunlari Toshkent davlat agrar universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish: tajribalar va istiqbol rejalar” mavzusida respublika o‘quv-seminari oliy taʼlim muassasalarining yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshliqlari uchun o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi va universitetning erishgan yutuqlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmalari bilan tanishtirildi. Anjuman yalpi yig‘ilish shaklida o‘tkazilib, uni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berdi. So‘ngra, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi Otabek Bozorov so‘zga chiqib, oliy ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi muammolar va yechimlar, “Z” avlod tarbiyasidagi muhim masalalar, Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati mavzulariga atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tomonidan 2023–2024-o'quv yilida qilingan ishlar sarhisobi

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
#Qabul_2024

📢 XORIJIY HAMDA NODAVLAT OTMLARIDAN BUXORO DAVLAT UNIVERSITETIGA O'QISHINI KO'CHIRMOQCHI BO'LGAN TALABALAR DIQQATIGA!

🥳 Buxoro davlat universitetida quyidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlarda xorijiy hamda nodavlat OTMlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanayotganligini ma’lum qiladi👇

Sport faoliyati: Erkin kurash, dzyudo, boks, kurash , futbol, voleybol

San'atshunoslik: musiqashunoslik

✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 16-avgust kuni grafik-jadval asosida Buxoro davlat universiteti hududida bo‘lib o‘tadi.

🔰 Batafsil ma’lumot bu yerda: 👉🏻 http://abit.buxdu.uz

✔️ Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, sport zallari shay holatga keltirilgan.

16-avgust kuni Buxoro davlat universitetida quyidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga ishtirok etuvchi imtihon topshiruvchilar ro'yxati:

San'atshunoslik:musiqashunoslik
Sport faoliyati:boks
Sport faoliyati:dzyudo
Sport faoliyati:erkin kurash
Sport faoliyati:futbol
Sport faoliyati:kurash
Sport faoliyati:voleybol

♻️ Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlariga kuzatuvchi sifatida jamoatchilik vakillari, deputatlar, OAV xodimlari, bloggerlar taklif etilgan.

❗️Muhim eslatma! Abituriyentlar ijodiy imtihon kunlari oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID), roʻyxatdan oʻtganligi boʻyicha qayd varaqasi bilan kiritiladi hamda tegishli sport formasi va kerakli jihozlarini olib kelishi soʻraladi.

✍️ Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 588-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga muvofiq jadval bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmaydi va o‘qishga qabul qilinmaydi!

☎️Universitetda “Call-center” tashkil etilgan. 

Murojaatlar uchun:
📞+99865 221-26-85
📞+99865 221-29-06

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#diqqat

⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦 (05.08) - (12.08). 2024

BuxDU o‘qituvchisi Para dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga lisenziyani qo‘lga kiritdi!

Buxoro davlat universiteti talabalari uchun talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashishga koʻmaklashish markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi

"O'zbekiston milliy chempionati 2024" BuxDU voleybol jamoasi FarDU jamoasi ustidan 3:0 hisobda g'alabani qo'lga kiritdi.

Universitetiga hujjat topshirgan ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi abituriyentlar uchun imtihon jarayonlari bo'lib o'tdi.

“Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat” mavzusidagi o‘quv kurslari yakunlanib, tinglovchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

BuxDU olimlari tomonidan 2024-yilda Scopus bazasida indekslangan maqolalar soni 185 taga yetdi hamda 2023-yilgi natija yangilandi.

"Ishga marhamat" monomarkazida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

BuxDU rektori 2024/2025-o‘quv yilida talabalar yashashi uchun yangi manzilda topilgan ijara xonadonlarga borib, yashash sharoit va qulayliklari bilan tanishdi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbatlar tashkil etildi.

"O'zbekiston milliy chempionati 2024" BuxDU voleybolchi qizlari turning so'ngi o'yinida O'zbekiston U18 terma jamoasi ustidan 3:1 hisobida g'abala qozonishdi.

Buxoro davlat universiteti pedagog kadrlar lavozimlari uchun yangi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi.

Buxoro davlat universiteti Rossiya Federatsiyasi Perm o'lkasining "Bigoland" kompaniyasi bilan hamkorlik muzokaralari o'tkazildi.

10-11 avgust kunlari Urganch davlat universitetida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” boʻlib oʻtdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#tafsilot

10-11 avgust kunlari Urganch davlat universitetida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” boʻlib oʻtdi.

📹Forum tafsilotlari haqida videoreportaj:

🔵Forum ishtirokchilarini kutib olish;
🔵Forumning ochilish marosimi;
🔵Oliy taʼlim muassasalarida PQ-135-sonli qaror doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti;
🔵Urganch davlat universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishuv;
🔵Xiva shahridagi “Qovun sayli” festivaliga tashrif;
🔵Xiva shahridagi Nurullaboy saroyiga tashrif;
🔵Xiva “Ichan qalʼa” muzey qoʻriqxonasiga tashrif.

📹FULLHD FORMATDA

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Buxoro davlat universitetida Rossiya Federatsiyasi Perm o'lkasining "Bigoland" kompaniyasi bilan hamkorlik muzokaralari o'tkazildi.

Buxoro viloyatining oliy ta'lim muassasalari va Perm o'lkasining "Bigoland" kompaniyasi vakili o'rtasida "Robototexnika" yo'nalishida muzokara o'tkazildi.

Muzokaralar natijasida Buxoro davlat universiteti huzurida tashkil etilgan "Robokit" MCHJ bilan o'zaro metodik almashinuv va robototexnika konstruksiyalarini xarid qilish bo'yicha kelishib olindi.

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

Universitet rektori turizm yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumi doirasida Urganch davlat universiteti olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion mahsulotlar bilan tanishdi.

Urganch davlat universitetidagi amaliyotga tadbiq qilinayotgan ilmiy-innovatsion loyihalar bilan oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tanishtirish maqsadida Urganch davlat universitetida tur tashkil etildi. Unda universitetning ilmiy-innovatsion sohadagi ishlanmalari va ishlab chiqarish uchun rejalashtirilgan loyihalari koʻrgazmasini borib ko‘rishdi. Ko‘rgazmada universitet olimlari, doktorant va magistrlari tomonidan yaratilgan 20 turdan ortiq ilmiy ishlanma va ixtirolar o‘rin olgan.

Buxoro davlat universiteti va Urganch davlat universiteti olimlarining ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlik strategiyalari belgilab olindi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Birinchi liga 2024 14-TUR

🇺🇿 “Zomin” : “BuxDU”

Bugun, 12-avgust kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 14-tur o‘yinlari doirasida Jizzax viloyatining Zomin futbol klubi bilan o'yin o'tkazadi.

12.08.2024 ⏰ 17:45
Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️“Маънавият фестивали” Бухорода

Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан вилоятимиз бўйлаб “Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!" шиори остидаги “Маънавият фестивали” ўтказилади.

19–24-август кунлари бўлиб ўтадиган фестиваль доирасида таниқли шоирлар, ёзувчи ва олимлар, халқимиз ардоғидаги санъаткорлар иштирокида учрашувлар, кўнгилочар тадбирлар бўлиб ўтади

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#eslatma

Biz korrupsiyaga qarshimiz! Sizchi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida @eduuzanticor_bot rasmiy Telegram boti tashkil etilgan.

❗️Bot orqali Siz vazirlik, uning tizim tashkilotlari, akademik litseylar, professional va oliy ta’lim muassasalarida duch kelgan korrupsion holatlar haqida xabar berishingiz mumkin.

☝️Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish imkoniyati ham yaratilgan:

📞 1006 Ishonch telefon raqami;

📤 anticor@edu.uz elektron pochta manzili.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣2️⃣2️⃣

📚 GRADUATION CEREMONY-2024: VATEL, KAZAN FEDERAL UNIVERSITY, LOMONOSOV MOSCOW STATE UNIVERSITY, SOFIA UNIVERSITY

Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar, qo'shma ta`lim dastularinining bitiruvchi magistr va bakalavr talabalari va ularning ota-onalari!

Sizlarni joriy yilning 15-avgust kuni soat 10:00 da universitetda bo`lib o`tadigan "GRADUATION CEREMONY 2024" diplom topshirish marosimiga taklif etamiz!

Hurmat bilan, BuxDU jamoasi


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilari Qo‘qon shahridagi muzeylarga tashrif buyurishdi

🏫 Qo'qon universitetida bo‘lib o‘tayotgan "Mamlakatimizda turizm sohasi uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari: muammo va yechimlar" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilari Qo‘qon shahridagi “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasiga hamda "Jome majmuasi (amaliy san'at muzeyi) ga tashrif buyurishdi.

🟣Tashrif davomida ilmiy-amaliy seminar qatnashchilari xonlik davriga qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi, shuningdek, betakror me'morchilik uslubi, qadimgi Qo'qon aholisining turmush tarzi, turli eksponatlar va boshqa osori-atiqalar bilan yaqindan tanishishdi.

‼️Eslatib o‘tamiz, mazkur ilmiy-amaliy seminar davom etmoqda.

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

https://telegra.ph/OLIY-TALIM-MUASSASALARIDA-DINSHUNOSLIK-FALSAFA-VA-OZBEKISTONNING-ENG-YANGI-TARIXI-FANLARINING-TUTGAN-ORNI-08-14

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⭕️⭕️⭕️⭕️

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🥳 Buxoro davlat universitetida Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2-bosqichdan shartnoma asosida o`qishga qabul qilish bo'yicha o'tkazilgan suhbat imtihonlar natijalari:👇

👉🏻👉🏻/channel/buxdu_uz/48025👈🏻👈🏻

⭕️⭕️⭕️⭕️

📢 XORIJIY HAMDA NODAVLAT OTMLARIDAN BUXORO DAVLAT UNIVERSITETIGA O'QISHINI KO'CHIRMOQCHI BO'LGAN TALABALAR DIQQATIGA!


🥳 Buxoro davlat universitetida quyidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlarda xorijiy hamda nodavlat OTMlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanayotganligini ma’lum qiladi👇

👉🏻👉🏻/channel/buxdu_uz/48026👈🏻👈🏻

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

0️⃣0️⃣0️⃣

📚Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Qo‘qon universitetida "Mamlakatimizda turizm sohasi uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari: muammo va yechimlar" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi.

Ushbu imiy-amaliy seminarda O‘zbekistondagi turizm yo‘nalishi mavjud 30 dan ortiq oliy ta'lim muassalarining rektor, prorektor va kafedra mudirlari ishtirok etishdi.

💙Ilmiy-amaliy seminarda so‘zga chiqqanlar 2024-2025 o‘quv yili dasturlarini o‘quv yili yakunigacha turizm ta'limi dasturlari jahon universitetlari reytingida top-100 talikka kiruvchi nufuzli ta'lim muassasalari standartlari asosida qayta ishlab chiqish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha dual ta'lim shaklini joriy etish, universitetlarning o‘zida amaliyot bazalarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o‘tishdi. 

Manba: Qo‘qon universitetining rasmiy axborot kanali

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

https://telegra.ph/PESHKU-TUMANI-ABU-ALI-IBN-SINO-NOMIDAGI-JAMOAT-SALOMATLIGI-TEXNIKUMIDA-MEHNAT-YARMARKASI-OTKAZILDI-08-13

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⭕️⭕️⭕️⭕️

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🥳 Buxoro davlat universitetida Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2-bosqichdan shartnoma asosida o`qishga qabul qilish bo'yicha o'tkazilgan suhbat imtihonlar natijalari:👇

➡️60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) 1-guruh

➡️60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) 2-guruh

➡️60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) 3-guruh

➡️60420100- Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) 1-guruh

➡️60420100- Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) 2-guruh

➡️60420100- Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) 3 -guruh

➡️60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

➡️60610200- Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

➡️60711200- Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)

➡️60810900-Agronomiya(dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

➡️61010100-Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish

➡️61010400-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#fifavolunteers
#futsalWC

🚨ATTENTION,ANDIJAN AND BUKHARA!🚨


🔥A UNIQUE OPPORTUNITY! 🔥
We are reopening the volunteer recruitment for the Futsal World Cup in your city!

New spots are available, and this is your moment to become part of a grand event that will resonate throughout Uzbekistan! 🎉

Don’t miss the chance to contribute, connect with like-minded individuals, and gain an unforgettable experience!

📍Locations: Andijan and Bukhara

🔗Apply now and join our volunteer team! 🙌


⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️

⬇️ Official FIFA Volunteer News

🕊 Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindorlari va ishtirokchilariga


So‘ngi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasidagi yuksak e’tibor va alohida belgilab bergan muhim dasturlari tufayli barcha sohalar singari sportda vatandoshlarimiz ulkan natijalarni qo‘lga kiritmoqda.

Fikrimizni yorqin misolini bugun Siz sportchilarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida qo‘lga kiritgan zafarlaringizda ko‘rdik, guvohi bo‘ldik. Yurtimiz rahbari bugun, 12-avgust kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida “Tokio olimpiadasidan keyin yaxshi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qo‘ygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda ko‘rsatib, dunyoda 13-o‘rin, Osiyoda 4-o‘rin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-o‘rinni egalladi. Bir yo‘la 3 nafar sportchimiz “ikki karra olimpiya chempioni”, deya olimpiadadagi yuksak sharafli natijalarni ta’kidlab, barcha sportchilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi O‘zbekistonning chinakam qahramoni va ular bilan har qancha faxrlansak arzishi, ular bizning g‘ururimiz ekanligini aytdi.

Buxoro davlat universiteti jamoasi ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarini juda hayajon va zo‘r qiziqish bilan kuzatib muxlislik qilib bordi va medallarni har bir sportchimiz qo‘lga kiritishini chin dildan Yaratgandan kuch-g‘ayrat, omad tilab turishdi.

Jamoamiz nomidan olimpiadada ishtirok etgan, Buyuk O‘zbekistonimizning Alpomish, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdidek mard, alp o‘g‘lonlarini hamda To‘marisdek shijoat va g‘ayratli qizlarini samimiy qutlaydi! Butun O‘zbekiston jumladan, Buxoro davlat universiteti Sizlarni yaxshi ko‘radi, doim olqishlaydi, g‘ururlanadi!
Siz har bir yurtdoshimiz xususan, yoshlarimizga vatanparvarlikda chinakkam ibrat bo‘ldingiz!
Sizdek farzandni tarbiyalagan murabbiylaringizga, ota-onangiz va yaqinlaringizga ming rahmat aytamiz! Doim sog‘-salomat bo‘lishsin. Sizlarning kelgusidagi hayotingiz va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Buxoro davlat universiteti jamoasi nomidan
Rektor O.Xamidov


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha

❇️ 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.

Shundan:

👉 respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan - 33 255 nafar;
👉 xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan -- 657 nafar;
👉 xorijiy davlatlarning OTMlaridan - 9 970 nafar.

❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

MЕHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT!

Peshku tumani prokurorining tashabbusi bilan joriy yilning 13-avgust kuni soat 11:00 da Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Peshku tuman 2-sektori va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Yarmarkada tumandagi davlat tashkilotlari, MCHJ va xususiy korxonalar, fermer xo‘jaliklarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishadi.

Barcha Peshkuliklarni ushbu mehnat yarmarkasiga taklif etamiz.

☎️Murojaat uchun telefon: (+99899) 352-93-14

Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

5️⃣5️⃣5️⃣

📢 Buxoro davlat universiteti pedagog kadrlar lavozimlari uchun yangi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qiladi.

👫 Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.

🔴 Talabgorlar diqqatiga!

🔎 Pedagog kadrlari lavozimlariga tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish 12-18 avgust (shu kun ham qabul qilinadi) qadar davom etadi.

🌐 Hujjatlar qabuli universitetning https://uniwork.buxdu.uz/ elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

Yetakchi xorijiy reytinglarda 1000 talikda turuvchi xorijiy OTMlarni o‘qib tugatgan talabgorlarga tanlovda ustuvorlik beriladi, tanlovning faqat suhbat bosqichida qatnashadi va faoliyatda keng imkoniyatlar beriladi.

Ariza beruvchilar:
✔️ https://uniwork.buxdu.uz/ ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlarni elektron tizimga biriktirishi;
✔️ https://hr.buxdu.uz/vacancy/ lavozim bo‘yicha talablar bilan tanishishi talab etiladi.

🗂️ Bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rish:

Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (bakalavr va magistr diplomi), xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan nomzod bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, ilmiy daraja va ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi diplom (mavjud bo‘lsa);
Rezyume (ma’lumotnoma-obyektivka)
Xorijiy til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa qabul jarayonida ustuvorlik beriladi)

➡️ Qo‘shimcha imtiyozlar bilan tanishib chiqing:

💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

1️⃣1️⃣1️⃣

Ayollar o'rtasida voleybol sport turidan O'zbekiston chempionati musobaqalarining III tur o'yinlari o'z nihoyasiga yetdi.

Jizzax viloyatida bo'lib o'tgan o'yinlarda BuxDU voleybolchi qizlari ishtirok etishib, turning so'ngi o'yinida O'zbekiston U18 terma jamoasi ustidan ishonchli 3:1 hisobida g'abala qozonishdi.

Sportchi qizlarimizga keyingi musobaqalarda omad tilab qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал