📣Innovate & Launch: Startup Workshop forumi
Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan yoshlarni startap loyihalari hamda tegishli tanlovlar haqida xabardor qilish, tanlovlarda ishtirok etishdagi muammo va qiyinchiliklarni bartaraf etish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish maqsadida “Innovate & Launch: Startup Workshop” forumi tashkil etilmoqda. Forum davomida trening oʻtkazish va tadbir soʻngida ekspertlar ishtirokida savol-javob formatida davra suhbati tashkil etish rejalashtirilgan.
📆 12-avgust
✔️10:00
🌐 Format: offlayn
📍 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani Universitet koʻchasi 7-uy, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi.
🔗Batafsil ma'lumot va zoom linki ushbu havolada: https://nsp.gov.uz/news?watch=386
3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
✅BuxDU rektori boshchiligidagi universitet jamoasi Urganch davlat universitetida bo`lib o`tayotgan “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”da ishtirok etmoqda.
Batafsil: https://is.gd/Iuu5aL
Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE
#REKTORLAR_FORUMI
#INTERVYU
🎙Obidjon Xamidov
Buxoro davlat universiteti rektori
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#LIVE
#REKTORLAR_FORUMI
🔴Ayni paytda oliy ta'lim nuassasalari rektorlari va mas'ul mutaxassislari PQ-135 sonli qaror doirasida har bir oliy ta’lim muassasasi o’ziga biriktirilgan turistik hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar borasida taqdimot qilishmoqda.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#LIVE
#REKTORLAR_FORUMI
✅Ayni paytda Urganch davlat universitetida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”ning ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Forumni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ochib berdi. Mehmonlarni Xorazm vohasiga, jumladan, Urganch davlat universitetiga tashrifidan o'z mamnuniyatini bildirib, ushbu forum viloyatimizda ayni "Qovun sayli" festivali o’tkazilayotgan paytga to’g’ri kelganligi forumning salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, Xorazm viloyatining turizm salohiyati va imkoniyatlar xususida to’xtaldi.
🫥Forumda respublikamizning turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 11 ta oliy taʼlim muassasalari, xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Andijon chet tillari instituti hamda Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat pedagogika instituti singari oliygohlar rektorlari va ularning vakillari, Urganch davlat universitetining xorijiy hamkor Yaponiyaning Nagoya hamda Turkiyaning Gelishim oliy oʻquv yurtlari professor-o'qituvchilari ishtirok etmoqda.
🗣Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring!
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐/channel/URDU_PRESSA
📢#LIVE
◀️Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbatlar tashkil etilmoqda.
2024/2025-o`quv yili qabulida 2024/2025-o‘quv yilida texnikum bitiruvchilarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish uchun suhbatlar grafik jadvalga asosan tashkil etilmoqda.
Buxoro davlat universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2-bosqichdan shartnoma asosida o`qishga qabul qilish bo'yicha ta'lim yo'nalishlar kesimida imtihonlar topshiruvchilar ro'yxati hamda suhbat asosida o'qishga qabul qilish dasturi va baholash mezoni :👇
Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar boʻyicha)
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha)
Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) 1-guruh
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) 2-guruh
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) 3-guruh
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) 1-guruh
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) 2-guruh
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) 3-guruh
Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE🔴
#REKTORLAR_FORUMI
“Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#eslatma
#Ikkinchi_mutaxassislik
♾TEZKOR! SHOSHILING! 10-avgustga qadar ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim (ikkinchi mutaxassislik) bo'yicha Geografiya ta'lim yo'nalishini tanlang!
💠 Hujjatlar 10-avgustga qadar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta'lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
✅Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar universitet qabul komissiyasi qarori asosida suhbat va imtihon natijalariga ko‘ra o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha 2-kursdan o‘qishni davom ettiradilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
#eslatma
#Ikkinchi_mutaxassislik
♾TEZKOR! SHOSHILING! 10-avgustga qadar ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim (ikkinchi mutaxassislik) bo'yicha MARKETING ta'lim yo'nalishini tanlang!
💠 Hujjatlar 10-avgustga qadar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta'lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
✅Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar universitet qabul komissiyasi qarori asosida suhbat va imtihon natijalariga ko‘ra o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha 2-kursdan o‘qishni davom ettiradilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🔹Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasiga marhamat!
🔹Buxoro tuman hokimligi va Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo’limi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun joriy yilning 10-avgust soat 10:00 da mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.
📍Manzil: Buxoro tuman Istiqbol MFY 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi.
3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
✅BuxDU rektori O.Xamidov 2024/2025-o‘quv yilida talabalar yashashi uchun yangi manzilda topilgan ijara xonadonlarga borib, yashash sharoit va qulayliklari bilan tanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
✅Buxoro viloyatida aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazuvchi intervyuyerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali va Buxoro davlat universiteti hamkorligida “Buxoro viloyatida aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazuvchi intervyuerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish” maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Ushbu o‘quv seminarini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali rahbari Zafar Djumayev ochib berdi. Shuningdek, prorektor Azizbek Amonov “Aholi orasida ijtimoiy so‘rovnomani tashkil qilish bo‘yicha asosiy tushunchalar” mavzusida o‘quv trening olib bordi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Xushxabar
☄️Buxoro davlat universiteti olimlari tomonidan 2024-yilda Scopus bazasida indekslangan maqolalar soni 185 taga yetdi hamda 2023-yilgi natija yangilandi.
Bu ko’rsatkich 2023-yilda 158 tani, 2022-yilda esa 38 tani tashkil qilgan. Ushbu natijani qayd qilishga o’z hissasini qo’shgan mualliflarga universitet jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz hamda universitet olimlarini o'zlarining ilmiy-tadqiqot natijalarini Scopus bazasidagi nufuzli jurnallarda nashr qilishga va xalqaro miqiyosida ommalashtirishga chorlab qolamiz.
Scopus bazasidagi jurnallarda nashr qilingan har bir maqola va unga berilgan iqtiboslar, xususan xorijlik olimlar tomonidan berilgan iqtiboslar universitetning THE va QS xalqaro reytinglarda dunyoning TOP 1000 ta universitetlari ro'yxatidan joy olishda muhim ahamiyatga ega.
Bizni kuzatishda davom eting:
#e’lon #o‘qishni_ko‘chirish
⚡️my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.
❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.
Bizni kuzating
#so'rovnoma
Hurmatli obunachilar! Ushbu so'rovnoma Buxoro davlat universiteti va Ispaniyaning Valensiya politexnika universiteti hamkorligida Xalqaro turizm tashkiloti yo'riqnomasi asosida "Mahalliy aholining barqaror turizm rivojlanishiga munosabati"ni tahlil qilishga bag'ishlangan. Ushbu so'rovnoma 3-5 minutga mo'ljallangan bo'lib, qimmatlik vaqtingizni ilm yo'lida ayamaysiz degan umiddamiz!
👉Barqaror turizmga mahalliy aholining munosabati so'rovnoma👈
Bizni kuzatishda davom eting:
#rektorlar_forumi
#turizm
Rektorlar forumi ishtirokchilari “qovun sayli”da
Urganch davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida “Qovun sayli” festivaliga tashrif buyurishdi.
Festivalda har bir viloyat, tuman va tashkilotlarning bayramona bezatilgan pavilyonlarida xilma-xil qovun navlarining oʻziga xos manzarali koʻrinishlardagi namoyishi va folklor chiqishlar tashkil etilgan.
Mehmonlar Urganch davlat universiteti pavilonida universitetning Kimyoviy texnologiyalar fakulteti olimlari va yosh tadqiqotchilari tomonidan qovun va boshqa poliz ekinlarini qayta ishlash orqali yaratilgan mahsulotlarga katta qiziqish bildirishdi. Ayniqsa, koʻrgazmadan joy olgan qovun kukuni, qovun va tarvuz asallari, qovun va zamchadan pyure, qovundan muss, qiyomli qovun, qovunli muzqaymoq, qovunli yogurt, qovunli konfetlarni tatib ko'rib, yangicha ta′mlarni yuqori baholashdi.
Bizni kuzating
#DIQQAT #HAMYURTLAR!
Bugun betakror O‘zbekistonimiz, BUXOROLIKLAR uchun tarixiy tunlardan biri bo'ladi!
Kechki vaqtlarda (21:15 - Erkin kurash Razambek Jamalov, 00:45 – boks Abdumalik Xalokov, 01:50 – boks Baxodir Jalolov) kabi yurdoshlarimizning yangi O‘zbekiston uchun shoda-shoda MEDALLARNI tuhfa qiladigan tun bo‘ladi.
Xususan, Buxoroliklarning mard o‘g‘loni, Parij olimpiadasi-2024 bayroqdori Abdumalik Xalokov soat 00:45da finaldagi janggi bo‘ladi.
KELING! Buxoroliklarga xos mardona turib Vatanparvar, mard o‘g‘lon Abdumalik Xalokovning final jangini Buxoroning tarixiy nuqtasi – Poyi Kalon (Minor) maydonida bugun kechki soat 00:45da Yangi O‘zbekistonimiz uchun taqdim etiladigan oltin medal oxirgi final jangi soniyalariga olqishlar bilan birgalikda muxlislik qilamiz.
@BuxDU1prorektori
#BuxDU_yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy tadqiqotlar markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi markazning mas’ul vakillari hamda Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi yetakchi sotsiolog olimlar ishtirokida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yilishda Respublika oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlash samaradorligini yanada oshirishning muhim jihatlarini o‘rganish, tahlil qilish va amaliyotga qo‘llash maqsadida sotsiologik taqiqotlarni amalga oshirish vazifasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda BuxDU prorektori A.Amonov nazariy va amaliy takliflar, amaliy tabribalar, mexanizmlarni ilgari surdi.
@buxdu_uz
#LIVE
#REKTORLAR_FORUMI
⚡️Urganch davlat universitetida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”ning ochilish marosimi davom etmoqda. Ayni paytda OTM rektorlari tabrik so'zlariga chiqishmoqda.
Jumladan, Buxoro davlat universiteti rektori O.Xamidov so’zga chiqib, forumning mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati hamda ayni paytda Urganch davlat universitetida bo’lib o’tayotgan mazkur forumni 2023-yilda Buxoro davlat universitetida o’tkazilgan “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”ning uzviy davomi sifatida e’tirof qildi.
Shu bilan birgalikda, Andijon davlat iqtisodiyot va qurilish instituti rektori D.To’ychiboyev bugungi kunda yurtimizda turizm sohasini yanada takomillashtirishda olib borilayotgan islohotlarni Andijon davlat iqtisodiyot va qurilish institutidagi o'rni haqida fikr yuritdi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
✔️Innovatsion rivojlanish agentligi va “Birlashgan Millatlar Tashkiloti” Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi bilan hamkorlikda ilmiy-innovatsion muhitni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar doirasida joriy yilning 26-30-avgust kunlari Oliy ta'lim muassasalari va hududlardagi Yoshlar texnoparklarining mas’ul xodimlari uchun
🚀startap-akseleratsiya dasturi bo‘yicha bepul trening tashkil qilinmoqda.
❗️Quyidagi so'rovnomada ishtirok etib trening ishtirokchisiga aylaning so‘rovnoma 10-avgustga qadar davom etadi va natijalarga ko‘ra jami 15 nafar talabgorlar saralab olinadi.
📎So'rovnoma havolasi:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdjR6TPFqU_hiIqjmL8ODXttrbWnhlxB2VIfPMfXdSz0EZsvA/viewform
#LIVE
#REKTORLAR_FORUMI
⚡️⚡️⚡️Bugun Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023 yildagi PQ-135-sonli qarori ijrosi doirasida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” birinchi kuni boʻlib oʻtadi.
🔴Ayni paytda forum boshlanish arafasida. Forum ishtirokchilari universitetga tashrif buyura boshladi. Mehmonlarni Urganch davlat universiteti rahbariyati va professor-o'qituvchilari iliq qarshi olmoqda.
Forumda respublikamizning turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 11 ta oliy taʼlim muassasalari rektorlari, rahbariyati, shuningdek, Urganch davlat universitetining xorijiy hamkor oliy oʻquv yurtlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
🗣Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring!
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг Маслаҳат учрашуви: минтақа манфаатларини биргаликда илгари суриш ва умумий ўзига хосликни шакллантириш йўлида
Читать полностью…Joriy yilning 19-iyul kuni “Sputnik Oʻzbekiston” matbuot markazida “Rossiya va Oʻzbekistonning fan va oliy taʼlim sohasidagi hamkorligi” mavzusida videokoʻprik boʻlib oʻtgan edi.
Muloqotda Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev BuxDU "RobotsAndMe" o'quv markazi haqida shunday fikr bildirdilar :
Mana bir misol, taxminan bir yarim oy oldin, Buxoro viloyatiga safarimda Buxoro davlat universitetida rektor menga bog'chaga qatnaydigan bolalar uchun muhandislik sinfini ko'rsatdi. Ya'ni, taxminan besh yoshdagi bolalar robototexnika bilan shug'ullanishadi va ba'zi sxemalarni ulashadi. Men ta'lim dasturi haqida so'ray boshladim. Qanday qilib kichik bola buni tushunishi mumkin? Menga aniq tushuntira boshladilar, bu yerda ham bola ongida muhandislik nima ekanligini, nimaga kerakligini asta-sekin tushunadigan yaxshi mexanizm borligini aytishdi. Ya'ni, Konstantin Mogilyovskiy aytganidek, bola yoshligidan muhandislikka tayyorlanadi va natijada muhandis bo‘lish haqida qat’iy qaror qabul qilishga tayyor bo‘lishi mumkin. Va biz aytganimizdek, ilg‘or maktablar rejasi bo‘yicha chuqur amaliy ta’limdan o‘tayotganimizda, biz zamonaviy muhandislarni tayyorlaymiz. Menimcha, bu belgilangan vazifani amalga oshirish uchun yaxshi reja. Rahmat.
#Ovozli_chat #OTM_tanlash #qabul2024
9-avgust kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishning tanlov bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan quyidagi savollarga javoblar berildi.
Bizni kuzating
#eslatma
#Ikkinchi_mutaxassislik
♾TEZKOR! SHOSHILING! 10-avgustga qadar ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim (ikkinchi mutaxassislik) bo'yicha MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR ta'lim yo'nalishini tanlang!
💠 Hujjatlar 10-avgustga qadar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta'lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
✅Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar universitet qabul komissiyasi qarori asosida suhbat va imtihon natijalariga ko‘ra o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha 2-kursdan o‘qishni davom ettiradilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
#eslatma
#Ikkinchi_mutaxassislik
♾TEZKOR! SHOSHILING! 10-avgustga qadar ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim (ikkinchi mutaxassislik) bo'yicha NEFT va GAZ KIMYO SANOATI ta'lim yo'nalishini tanlang!
💠 Hujjatlar 10-avgustga qadar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta'lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
✅Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar universitet qabul komissiyasi qarori asosida suhbat va imtihon natijalariga ko‘ra o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha 2-kursdan o‘qishni davom ettiradilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
✅"Ishga marhamat" monomarkazida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Buxoro viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan bugun Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyat miqyosida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan korxona va tashkilotlar, xususiy sektorlar, oliy ta’lim muassasalari o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🇬🇧 Buyuk Britaniyaning Chevening stipendiya dasturiga arizalar qabuli endi ochiq!
Stipendiya yetakchilik qobiliyatiga ega nomzodlarga Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida magistrlik darajasini olish imkoniyatini, shuningdek, butun dunyo boʻylab 50 000dan ortiq bitiruvchilardan iborat global tarmoqni taqdim etadi!
🎓 Grant olish huquqiga ega bo'lish uchun nomzod:
- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi,
- bakalavr darajasiga ega bo'lishi,
- kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi,
- Britaniyaning uchta universitetiga hujjat topshirib, 2025-yil iyul o'rtasigacha kamida bittasiga to'liq (unconditional offer) qabul qilinishi,
- o‘qishni tamomlagandan keyin kamida 2 yilga O‘zbekistonga qaytishi kerak.
Jahon darajasidagi ta’lim olish va Buyuk Britaniya madaniyati bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📆 Arizalar qabuli 2024-yil 6-avgustdan 5-noyabrgacha ochiq. Arizangizni quyidagi havola orqali topshiring:
https://www.chevening.org/apply/
⚡️DIQQAT Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar❗️
⚡️2024/2025-o`quv yili qabulida 2024/2025-o‘quv yilida texnikum bitiruvchilarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilishni tashkil etish Buxoro davlat universiteti rektorining 2024-yil 1-avgustdagi 485-U sonli buyrug'iga asosan 2024-yil 10-avgust kuni tasdiqlangan grafik-jadvalga asosan o'tkazilishi belgilandi.
🥳 Buxoro davlat universitetida Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2-bosqichdan shartnoma asosida o`qishga qabul qilish bo'yicha ta'lim yo'nalishlar kesimida imtihonlar topshiruvchilar ro'yxati hamda suhbat asosida o'qishga qabul qilish dasturi va baholash mezoni :👇
Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar boʻyicha)
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha)
Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) 1-guruh
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) 2-guruh
Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) 3-guruh
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) 1-guruh
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) 2-guruh
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) 3-guruh
✅ Nomzodlar belgilangan grafik-jadvalga asosan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan Buxoro davlat universiteti binosiga yetib kelishini so'raymiz.
Bizni kuzatishda davom eting: