buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

☄️📚 27-noyabr kuni San’atshunoslik va pedagogika fakulteti tomonidan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo’q deydi” mavzusida tadbir o’tkazildi.

✍️Tadbirda taklif qilingan mehmonlar o'z fikr mulohazalarini bildirib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Tadbirda San'atshunoslik va pedagogika fakulteti iqtidorli talabalari ishtirokida sahna ko'rinishlari taqdim etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🌍 2024-yilning 25—noyabr kuni BuxDU jamoasi III Xalqaro Kimyo Fan Olimpiadasida ishtirok etish uchun Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahriga yetib borishdi.


Ayni damlarda BuxDU professori Niyozov Erkin Dilmurodovich boshchiligidagi magistr va bakalavrlardan iborat jamoa a'zolari olimpiada jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

☄️📚Oliy ta'lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yilning 2-martdagi 36-sonli qaror bilan tasdiqlangan "Magistratura to'g'risida"gi Nizomning magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibiga muvofiq universitetda 2023/2024 o'quv yilida 34 ta mutaxassislik bo'yicha 2-kursda tahsil olayotgan 147 nafar magistratura talabalarining (qishki qabul) magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyalari o'tkazilmoqda.

Universitetda magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyalari davom etmoqda.

💠 Magistrlarga 5-7 daqiqa vaqt berilib, so'ng magistrlik dissertatsiya ishi yuzasidan savollar berilmoqda, kamchiliklar ishchi guruhi a'zolari tomonidan ko'rsatib o'tilib, tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

⚡️ Buxoro tumanidagi "Varnet"agro kompleksida "Biznes Marafon" start oldi.

🧑‍💻 Respublikamiz bo‘ylab tashkil etib kelinayotgan “Biznes Marafon” loyihasi o‘z biznesini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ichida katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Zero, “Biznes Marafon”da malakali tadbirkorlar va spikerlar oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yosh tadbirkorlar bilan muloqot qilib, o‘z tavsiyalarini berib kelishmoqda.

👉 Bugun, 27-noyabr kuni Buxoro tumanidagi "Varnet" agro kompleksida "Biznes Marafon" tashkil etildi. Ushbu marafonda Buxoro davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishmoqda.

@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

⚡️ "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida loyiha mehmonlari Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. Unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, gulxan atrofida talabalar bilan suhbat tashkil etildi.

@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#jarayon #sport

Buxoro davlat universiteti imkoniyati cheklangan talaba - yoshlari o'rtasida para yengil atletika sport turlari bo'yicha "UNIVERSITET BIRINCHILIGI" musobaqalari yakuniga yetdi.


"Universitet birinchiligi"da quyidagi sport yo'nalishlarida o'tkazilib, BuxDU sport klubi tomonidan quyidagi talabalarimiz taqdirlanishdi:

T37 klass (1 qo'l va 1 oyog'ida muammosi borlar)
1-o'rin Kushshiyev Bobirmirzo
2-o'rin Xolmurodov Rustam
3-o'rin Mustoqov Jonibek

F34 klass (1 qo'li yo'q amputant, 1 ta yoki 2 ta oyog'i yo'q amputant)
1-o'rin Boynazarav Fathulla
2-o'rin Shodiyev Hasan
3-o'rin Islomov Og'abek

T13 klass (ko'zi ojizlar)
1-o'rin Islomov Og'abek
2-o'rin Mustoqov Jonibek
3-o'rin Xolmurodov Rustam

👏Yigit va qizlarimizga keyingi sport musobaqalarida omad tilab qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

"Ma’rifat ulashib" loyihasi maktabda


Buxoro davlat universitetiga birkitirilgan Buxoro tumanidagi 5-son umumta’lim maktabida "Ma’rifat ulashib" loyihasi o‘tkazildi.
Loyiha doirasida loyiha mehmonlari Kuchkarov Yangabay Bazarbayevich, Sulaymonov Shodmon Sultonovich hamda Buxoro davlat universiteti jamoasi bilan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.


@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

☄️📚 Xabar qilinganidek, BuxDUda 2024-yil 8-noyabrdan 8-dekabrga qadar "Konstitutsiya oyligi" deb e’lon qilinib, bu borada qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

➡️ Bugun, 26-noyabr kuni universitetning barcha fakultet talabalari o‘rtasida "Konstitutsiya bilimdoni" ko‘rik-tanlovining test sinovlari bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️Ta’limdagi islohotlar ezgu maqsadlarni amalga oshirishga zamin bo‘lmoqda.

📹 Shavkat Hayitov,
BuxDU professori, filologiya fanlari doktori


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

В Тобольске обсудили наследие бухарцев в Сибири

На базе Тобольского пединститута состоялся III Международный научный симпозиум «Бухарцы в Сибири».

👉 https://www.utmn.ru/news/stories/nauka-i-innovatsii/1249101/

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

1️⃣1️⃣1️⃣

#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI

🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marafonda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Xorij safari to‘g‘risida ma’lumot

📌 Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev joriy yilning 25-noyabr-3-dekabr kunlari Italiya, Slovakiya va Vengriya davlatlarida xizmat safarida bo‘ladi.

📕Safar maqsadlari:

🇮🇹 Kyeti-Peskara universitetida (Italiya) o’tkaziladigan OTMlar xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va raqamlashtirishga qaratilgan xalqaro loyiha yig‘ilishida “taklif etilgan xalqaro ekspert” sifatida ishtirok etish;

🇮🇹 O‘zbekiston-Italiya birinchi ta’lim forumi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida Perudja xorijliklar uchun universiteti (Italiya) rahbariyati bilan BuxDUda italyan tili markazini tashkil etish masalasini muhokama qilish;

🇸🇰 Bratislava Komenius universiteti (Slovakiya) rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini ko'rib chiqish;

🇭🇺 O‘zbekiston-Vengriya ta’lim forumi yakunida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Sechenyi Ishtvan universitetida (Vengriya) Vengriya hukumatining Stipendium Hungaricum stipendiyalar dasturida ishtirok etish hamda “Xalqaro savdo” qo‘shma magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashish.

💳 Xorij safari xarajatlarining asosiy qismi A.Jo'rayevning "taklif qilingan xalqaro ekspert" maqomidan kelib chiqqan holda Kyeti-Peskara universiteti tomonidan qoplanadi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

☄️📚 Buxoro davlat universitetining Gʻijduvon tumani Soktare MFY o‘quv binosida o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.G'. Jumayev boshchiligida 1-kurs talabalari bilan seminar-trening bo'lib o'tdi.

Sirtqi ta'lim bo'yicha universitet mas'ul xodimlari, fan o'qituvchilari hamda tyutorlar ishtirokida kechgan mazkur suhbat davomida bir qancha mavzular, xususan: kredit-modul tizimida talabalar bilimini baholash, kreditlarni ko'chirish, akademik mobillik va boshqa bir qator masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot berilib, ushbu mavzuda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda seminar-trening yakunida talabalarga kredit-modul tizimi bo'yicha zarur ko'rsatmalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

⚡️⚡️⚡️Buxoro davlat universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti uchun 2025-yil tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka hujjat topshirgan talabgorlarning to‘plagan ballari.

@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#FORUM

💥Siz ham volontyor bo'lmoqchimisiz!

Volontyor kim?
U nima qiladi?

Shu kabi savollar sizni o'ylantiryaptimi? Unda diqqat bilan postni oxirigacha o'qing!

Savollarga javobni «BuxDU volontyorlar forumi» orqali javob topishingiz mumkin. Faqat o'qib qo'ymang, balki forumda ishtirok eting.

Forumda sizni nimalar kutmoqda?

✅ Bepul trening;
✅ Yetakchi mutaxassislar bilan suhbat;
✅ Yangi do'stlar orttirish;

Volontyor bo‘lish – bu kuchli yurak va katta maqsadga ega bo‘lish demakdir. Yaxshilik qilishdan to‘xtamang, dunyo sizning ishingizga muhtoj!
  
📆 O'tkazilish sanasi: 4-dekabr
💻 Ro'yxatdan o'tish muddati: 2-dekabr 00:00 gacha
💵 Bepul

Qiziqdingizmi unda shoshiling!

📝 Ro'yxatdan o'tish uchun: @Forum_BUXDU

Bu kuni sizni o'zgacha sovgʻa hamda coffee break kutmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

“BUXORO UNIVERSITETI” GAZETASINING YANGI SONINI QARSHI OLING!

⬇️ Gazetada quyidagi mavzular haqida o‘qing:

🌿 “Yashil iqtisodiyot va ekologiya”
Atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha yurtimizdagi yangi tashabbuslar haqida.

🎓 “Buxoro davlat universiteti xalqaro maydonda”
Xalqaro hamkorlikdagi yutuqlarimiz va global muvaffaqiyatlar haqida batafsil.

🇺🇿 “Bayrog‘imiz balandlarda hilpirasin!”
Davlat ramzlariga bag‘ishlangan bayram tadbiridan hisobot.

⚡️ “Yoshlar bilan birga — yuksalamiz!”
Talabalarning faolligi, ularning sport va ilmiy sohalardagi muvaffaqiyatlari.

📰 Gazetamizning yangi sonini o‘qib, eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

📍 Endilikda navbatdagi songa ijodiy ishlar qabul qilinmoqda. Materiallaringizni @buxdunews kanaliga yoki @zuhro0792 akkauntiga jo’natishingizni so’raymiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

☄️📚Joriy yilning 26-noyabr sanasida oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'tkazilib kelinayotgan "UNIVERSIADA" sport musobaqalarining SHAXMAT va SHASHKA turlari bo'yicha 3 - bosqich viloyat bosqichiga start berildi. Qizg'in kechgan bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:

SHAXMAT yigitlar:
1-o'rin Merajov Nurmuhammad BuxDU
2-o'rin Zaripov Xurshid BuxDPI
3-o'rin Sayfiddinov Murod BuxDTI
SHAXMAT qizlar:
1-o'rin To'xtayeva Madina BuxDU
2-o'rin Oblayeva Barchinoy BuxDTI
3-o'rin Orziyeva Feruza BuxDPI
SHASHKA yigitlar:
1-o'rin Saidmurodov Axmadjon BuxDTI
2-o'rin Jamolov Javohir BuxDPI
3-o'rin Amanov Mirfayz BuxDU
SHASHKA qizlar:
1-o'rin Iskandarova Muxsina BuxDPI
2-o'rin Nizomova Rayhona BuxDU
3-o'rin Shomurodova Zaynab BuxMTI

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#yashil_makon 🌳🌲☘️

⚡️ ✅ "Yashil makon umummilliy loyihasi" doirasida ko‘chat ek-bog‘ yarat shiori ostida Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti boshchiligida ham ko‘chat o‘tqazish tadbiri tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

"Ma’rifat ulashib" loyihasi davom etadi


"Ma’rifat ulashib" loyihasi mehmonlarining navbatdagi tashrifi Romitan tumanidagi 2-son umumta’lim maktabida bo‘ldi.


Loyiha doirasida mehmonlar hamda universitet jamoasi maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, ushbu maktabda "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Uchrashuvdan so‘ng maktab hovlisida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida nihol ko‘chatlari ekildi.


@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Buxoroda Xalqaro ziyorat turizm haftaligi o‘tkaziladi

Joriy yilning 27-29 noyabr kunlari Buxoroda “Tabarruk ziyorat” Xalqaro ziyorat turizm haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro haftalik doirasida O‘zbekistonning dunyo sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida tanitish maqsadida ekspertlar, tarixchilar, akademiklar ishtirokida seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, taqdimotlar, shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Tadbir mehmonlari mamlakatimizning ziyorat turizmi bo‘yicha boy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish orqali O‘zbekistonning tarixiy va madaniy go‘zalligini kashf etish hamda Turkiy davlatlar orasida tarixiy turizm salohiyati haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

"Ma’rifat ulashib"


Bugun Buxoro tuman 5-umumta’lim maktabida "Ma’rifat ulashib" loyihasi о‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Yangiboy Qо‘chqorov (О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi) hamda Shodmon Sulaymon ("Shuhrat" medali sohibi) bilan Buxoro davlat universiteti, tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bо‘linmasi, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bо‘limi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’lim bо‘limi hamkorligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida nihol ekish tadbiri о‘tkazildi.


@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

"Mening maktabim"


Buxoro tumanidagi 5-son umumta’lim maktabida Buxoro davlat universiteti o‘quv-uslubiy departemnti boshlig‘i o‘rinbosari, mazkur maktabning sobiq bitiruvchisi Karimov Rustam Abdurasulovich tomonidan "Mening maktabim" loyihasi amalga oshirildi.
Loyiha doirasida "Uch avlod uchrashuvi" hamda maktab kutubxonasiga badiiy va ilmiy ommabop adabiyotlar sovg‘a qilindi.


@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Kutib oling! “Biznes Marafon” endi Qashqadaryo hamda Buxoroda!

🔥 Respublikamiz bo‘ylab tashkil etib kelinayotgan “Biznes Marafon” loyihasi o‘z biznesini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ichida katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Zero “Biznes Marafon”da malakali tadbirkorlar va spikerlar oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yosh tadbirkorlar bilan muloqot qilib, o‘z tavsiyalarini berib kelishmoqda.

📍 Marafonning navbatdagi manzillari:

👁 26 noyabr soat 14:00da Qarshi shahridagi Mulla To‘ychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri;
👁 27 noyabr soat 10:00da Buxoro tumanidagi “Varnet” agro kompleksi.


👉 “Biznes Marafon”da ishtirok etish uchun ushbu bot orqali ro‘yxatdan o‘ting! @biznesmarafon_bot

👤 Marafonda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺YouTube 🌐Sayt

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🇺🇿 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari hamda faol talabalar bilan birgalikda "BuxDU bizniki" loyihasi doirasida universitet binolarida "Plogging" aksiyasini o'tkazishdi.

❗️Bilim dargohimizni tozaligini saqlash har birimizning burchimizdir!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi e’lon qilindi.

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovini e’lon qiladi.

☑️Tanlov 3 bosqichdan: akademik guruhlar talabalari o‘rtasida saralash bosqichi, fakultetlararo oliy ta’lim muassasasi bosqichi hamda OTM g‘oliblari o‘rtasida yakuniy bosqichdan iborat.

☑️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🥇1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar 30-noyabrga qadar o‘zi tahsil olayotgan taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

☄️📚Oliy ta'lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish masadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yilning 2-martdagi 36-sonli qaror bilan tasdiqlangan "Magistratura to'g'risida"gi Nizomning magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibiga muvofiq universitetda 2023/2024 o'quv yilida 34 ta mutaxassislik bo'yicha 2-kursda tahsil olayotgan 147 nafar magistratura talabalarining (qishki qabul) magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyalari o'tkazilmoqda.


Ayni damda 70220301-Tarix (yo'nalishlar va mamlakatlar bo'yicha), 70220303-Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqidot usullari (mamlakat bo'yicha), 70230501-Etnografiya va antropologiya yo'nalishlari bo'yicha magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyalari bo'lib o'tmoqda.

✍️Magistrga 5-7 daqiqa vaqt berilib, so'ng magistrlik dissertatsiya ishi yuzasidan savollar berilmoqda, kamchiliklar ishchi guruhi a'zolari tomonidan ko'rsatib o'tilib, tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

☄️📚 Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️Bugungi mehmonlar Yangiboy Qo‘chqorov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi), Shodmon Sulaymon ("Shuhrat" medali sohibi) bilan BuxDU katta majlislar zalida universitet pedagog-xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirokidagi ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Talabalarning suyukli ijodkori Yangiboy Qoʼchqorov soʼzga chiqib, Buxoro adabiy muhiti diyorimizda yetishib chiqqan hamda adabiyotga kirib kelayotgan navqiron avlod shakllanishida gʼoyat muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shoirning "Zamondoshga" nomli sheʼri zalda gulduros qarsaklarga sabab boʻldi.

🔵 Shuningdek, tadbirda shoir Shodmon Sulaymon minbarga chiqib, tinchlik aziz neʼmat ekanligini, tinchlik zamonida tinch diyorimizga bayramlar, turli loyihalar yarashishini, shu bilan birga, hozirgi davrda notinch yurt farzandlari ham ilm-fan, maʼrifatdan bahramand boʼlishga haqli ekanini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shoir oʼzining "Ota allasi" hamda "Yaxshi koʼrasiz" sheʼrlarini oʼqiganida barcha talabalar olqishlashdi.

✍️Tadbir davomida talabalar tomonidan Xurshid Davron, Shodmon Sulaymon hamda Yangiboy Qoʼchqorov hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar berildi, ijodidan naʼmunalar aytildi. Ijro etilgan qo’shiqlar va raqslar yig’ilganlarni xushnud etdi.

San’atshunoslik talabalari tomonidan ijodkorlar obrazi qog’ozda aks ettirildi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#jarayon #sport

Buxoro davlat universiteti imkoniyati cheklangan talaba - yoshlari o'rtasida para yengil atletika sport turlari bo'yicha "UNIVERSITET BIRINCHILIGI" musobaqalariga start berildi. Joriy yilning 26 noyabr sanasida yo'nalishlaridan qat'iy nazar ushbu para musobaqamizga lutfan taklif etamiz.

"Universitet birinchiligi"da quyidagi sport yo'nalishida musobaqalar o'tkaziladi:
1. T37 klass (1 qo'l va 1 oyog'ida muammosi borlar)
2. F34 klass (1 qo'li yo'q amputant, 1 ta yoki 2 ta oyog'i yo'q amputant)
3. T13 klass (ko'zi ojizlar)

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

⚡️ Joriy yilning 25-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo'limi tomonidan "Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish" mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

➡️Unda Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektori, kapitan M.Ne’matova, Buxoro shahar targ’ibotchilar guruhi rahbari Sh. Nabiyeva hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.

💠 Tadbirda viloyatimizda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonliklarni oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bunga sabab bo‘luvchi holatlar, oiladagi (maishiy) zo'ravonliklar va unga nisbatan belgilangan javobgarliklar xususida, himoya orderi orqali himoyalanish tartibi va boshqa masalalar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

✍️ Uchrashuv davomida zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularni himoyalash borasidagi ishlar haqidagi videorolik va taqdimotlar namoyish etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Marketing_va_karyera

❤️ Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faoliyatini shaffof amalga oshirilishi bilan yaqindan tanishish maqsadida IIV qoshidagi Buxoro akademik litseyida tashkil etilayotgan "Ochiq eshiklar kuni" ga taklif etadi.

💠 O'tkazilayotgan tadbirda Siz:
➡️ IIB xodimlarining chiqishlarini tomosha qilishingiz;
➡️ o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

📅 Sana: 26-noyabr kuni soat 11:00 da
🏛 Manzil: Buxoro shahar, Navoiy shoh ko'chasi, 6A-uy.

📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun: 65-221-27-49 BuxDU Marketing va karyera bo'limi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал