🎥🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 3-sonli yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
💠 Kengash avvalida Oliy Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilar va turli tanlovlarda g'oliblikni qo`lga kiritgan professor-o'qituvchilarga diplomlar berildi va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Toshkentdagi "Green University"da o'tkazilgan seminar-treninglarda ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirining "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi sohasida kadrlar tayyorlashni amaliyot bilan muvofiqlashtirish to'g'risida"gi 407-sonli buyrug`iga asosan Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Toshkentdagi "Green University"da bo`lib o`tgan seminar-treninglarda ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi. Toshkentdagi Green University — Markaziy Osiyodagi ilk eko-universitet bo‘lib, atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish sohalarida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv jarayoni zamonaviy “Hub and Spoke” modeli asosida tashkil qilingan. Bu model resurslarni samarali taqsimlash va talabalar harakatchanligini ta’minlashga yordam beradi.
Kampusdagi binolar zamonaviy laboratoriyalar, sun’iy intellekt tizimlari va fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan uskunalar bilan jihozlangan. Talabalarga bilim berishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida darslar o‘tiladi, shuningdek, xalqaro tajriba almashuv dasturlari ham mavjud. Ko‘plab xorijiy o‘qituvchilar ham jalb qilingan bo‘lib, bu yoshlarga atrof-muhit va iqlim bo‘yicha yuqori malakali ta’lim olish imkonini beradi.
Green University talabalari uchun faol ijtimoiy hayot ham tashkil etiladi. Kampusda ekologiya va barqarorlikka bag‘ishlangan turli to‘garaklar, sport klublari, madaniy tadbirlar va ekologik moslashuvchan yozgi maydonlar mavjud. Talabalar “Zakovat” klubi, intellektual klublar va sport to‘garaklarida ishtirok etishlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish aksiyalarida qatnashishlari mumkin.
Bu universitet ekologiya va barqaror rivojlanish sohalarida keng qamrovli bilimlarni berish orqali mintaqadagi ekologik muammolarga yechim topishni maqsad qilgan bo‘lib, iqlim o‘zgarishini tushunish hamda uning salbiy ta’sirlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Bizni kuzatishda davom eting:
#ogohlik
Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar jamiyatda sodir boʻladigan har qanday voqeliklarga oʻzgacha, ruhiy his kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar. Qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala — yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir”, deb qayd etgan.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚✅11-noyabr "KASABA UYUSHMASI KUNI"ga bag'ishlab "KASABA UYUSHMASI KUBOGI" sport musobaqasi
Buxoro davlat universiteti professor-o'qituvchilari o'rtasida kasaba uyushma kubogi uchun sport musobaqalari turniri tashkil etiladi.
1-noyabr kuni 15:00 da turnirdan o’rin olgan MINI FUTBOL musobaqalariga start beriladi. Sport musobaqasiga barcha professor-o'qituvchilarni taklif etamiz. Musobaqa BuxDU mini futbol sport maydonida o'tkaziladi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetiga mashhur iqtisodchi, professor Vladimir Lvovich Kvint tashrif buyurdi
Vladimir Lvovich Kvint – mashhur iqtisodchi, strategik rejalashtirish mutaxassisi, professor va AQSh Milliy Fanlar akademiyasi a’zosi hisoblanadi. U dunyoning yetakchi universitetlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida ishlagan, shu jumladan, Harvard Universitetida, Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar Institutida (MGIMO), Moskva Davlat Universitetida (MGU) va boshqa ko‘plab nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘z faoliyatini olib borgan. Kvintning ilmiy izlanishlari asosan global iqtisodiyot, strategik rejalashtirish, xalqaro menejment va iqtisodiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan. Uning "Strategik rejalashtirish", "Raqobat ustunligi" va boshqa ko‘plab kitoblari ilmiy hamjamiyat va tadbirkorlar orasida keng o‘rganilgan va qadrlangan.
2024-yilning 31-oktyabr kuni Buxoro davlat universitetiga ushbu olimning tashrifi amalga oshirildi. Mehmonni Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov kutib olib, universitetda talabalar ta`lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, BuxDU "Ofis registrator" markazi, faollar yig`ingohi to'g'risida batafsil ma`lumot berib o`tdi.
Kvintning Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvi muhim voqealardan biridir. Ushbu uchrashuv davomida u iqtisodiy rivojlanish va strategik rejalashtirish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u strategik rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan qadamlarga e’tibor qaratdi.
Professor Kvint o‘z nutqida Buxoro viloyati va O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari haqida gapirib, strategik rejalashtirishda zamonaviy uslublar va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, u iqtisodiyot sohasidagi jahon tajribasidan kelib chiqib, iqtisodiy islohotlarning milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sirini ham ko‘rsatib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv o‘z navbatida talabalarga, professor-o‘qituvchilarga xalqaro tajribani o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etish borasida yangi ko‘nikmalar hosil qilish imkonini yaratdi. Kvint bilan bo‘lib o‘tgan ushbu ilmiy muloqot Buxoro davlat universitetining ilmiy tadqiqot va amaliy rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi
🎙Kattayeva Ferangiz,
BuxDU Yurisprudensiya yo'nalishi talabasi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi
🎙Xakimov Ozodbek,
BuxDU Yurisprudensiya yo'nalishi talabasi
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz 👨🏫👩🏫
☄️📚✅ Rustamov Hakim Sharipovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Rustamov Hakim Sharipovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini dasturiy ta’lim vositalari asosida takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant Rustamov Hakim Sharipovich hamda ilmiy rahbar p.f.d, professor, Qahhorov Siddiq Qahhorovichni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro shahrida Yunon-Run, ayollar va erkin kurash bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati 30-oktabrdan 4-noyabrgacha o'tkazilmoqda.
31-oktabr kuni bo'lib o'tgan musobaqada yurtimizning 12 viloyatidan hamda Qoraqalpog'iston respublikasidan sportchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani Abdullo Inoyatov musobaqa jarayonlarini kuzatdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Бухоро вилояти прокурори У.Хамдамов томонидан жорий йилнинг июнь ойида Бухоро давлат университетида ёшлар билан бўлиб ўтган учрашувдан сўнг талабалар прокуратура фаолиятига кенг жалб этиб келинмоқда.
Ушбу давр мобайнида университет талабалари ва профессор-ўқитувчиларидан келиб тушган таклифлар асосида бевосита Бош прокурор ташаббуси билан Бош прокуратура ва Университет ўртасида “Ҳамкорлик меморандуми” ишлаб чиқилиб, бу борадаги фаолиятнинг ҳуқуқий асоси яратилди.
Бугун мазкур меморандум тақдимоти доирасида университетда талаба ёшлар билан яна бир бор учрашув ташкил этилди.
Тадбирда, Бош прокуратура бошқарма бошлиғи ўринбосари О.Султонов, вилоят прокурори У.Ҳамдамов, университет ректори О.Хафизовлар меморандум доирасида ҳамкорликда амалга оширилиши лозим бўлган ишларга тўхталиб ўтишди.
Хусусан, “Бўлажак прокурорлар клуби” фаолияти йўлга қўйилиб, талабалар учун семинар, конференция, давра суҳбатлари, турли хил танлов ва мусобақаларни мунтазам ўтказиб бориш, малакали юридик кадрларни тайёрлашда яқиндан кўмаклашишга келишиб олинди.
Тадбирда давомида “Ўзбекистон - ёшлар мамлакати” шиори остида ёшлар ҳуқуқий сайли кўргазмаси ҳамда таълимга жорий этилган “Регистратор офис” фаолияти тақдимоти бўлиб ўтди.
Университет ҳузуридаги “Қатағон қурбонлари” музейига бўлган саёҳат иштирокчиларда улкан таассурот қолдирди.
Учрашув якунида ҳамкорликка муносиб ҳисса қўшиб келаётган мураббийлар, фанларни аъло баҳоларда ўзлаштириб, маънавий ва ақлий баркамоллик ҳамда ҳуқуқий саводхонлигини оширишда тенгдошларига ўрнак бўлаётган талабаларга прокуратура органларининг “ташаккурнома” ва эсдалик совғалари топширилди.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Instagram | user-vs9yb6uq6e">YouTube | Facebook | Veb-sayt
🟦🟦🟦
☄️📚✅ KILS-2024 DA BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGLARI
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti professor-o`qituvchilari joriy yilning 29-31 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal Universiteti Filologiya va madaniyatlararo aloqalari institutida oʼtkazilinayotgan “V КАЗАНСКИЙ МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ САММИТ (КILS-2024)” Xalqaro lingvistik sammiti doirasida o`tkazilayotgan, Международная научная конференция «Вызовы и тренды современной лингвистики» («Challenges and Trends in World Linguistics»)” deb nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda spiker va maʼruzachi sifatida plenar majlislarida ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ «Yoshlar huquqiy sayli» doirasida «Zakovat» intellektual oʻyini o'tkazildi.
Buxoro davlat universitetida “Mamlakat kelajagi—qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi ostida «Yoshlar huquqiy» sayli doirasida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba yoshlar hamda Buxoro viloyati yuridik texnikumida tahsil olayotgan talabalar o'rtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlashga bag'ishlangan «Zakovat» intellektual oʻyini boʻlib o'tdi.
O'yinda turli jamoalar qatnashib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi va huquqiy savollar, qiziqarli topshiriqlarni bajardilar.
Natijalar quyidagicha qayd etildi.
🥇«Renessans» jamoasi
🥈 «Diplomat» jamoasi
🥉«Monsterra» jamoasi
➖ Tadbir barcha ishtirokchilar uchun nafaqat intellektual o‘sish, balki do‘stlik va jamoaviy birlikni kuchaytirishga hissa qo'shdi.
Intellektual o‘yin va sport musobaqasi yakunida g‘olib va sovrindorlar Buxoro viloyati Adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumining tantanali almashinuv marosimi
“Prokuror va yoshlar” uchrashuvi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumining tantanali almashinuv marosimi bo’lib o’tdi.
“Sizlarni yoshlar nomidan ishontirib aytamizki, imzolangan memorandum yoshlarimizning yetuk kadr bo‘lib yetishishlari, mamlakat yuksalishida, adolatli jamiyat barpo etishda munosib hissa qo‘shadi”-deydi Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi davomida taqdirlash marosimi o'tkazildi.
BuxDU Tarix va yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich, o‘quv semestrlarni a’lo baholarda tamomlagan va faol bo‘lgan 2 va 3-bosqich talabalariga, universitet va prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikka munosib hissa qo‘shgan o‘qituvchilariga viloyat prokuraturasining "tashakkurnoma" va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xususan, fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirib, ma’naviy va aqliy barkamollik hamda huquqiy savodxonligini oshirishda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotganligi, shuningdek, jamoat ishlaridagi tashabbuskorligi uchun Buxoro davlat universitetining 1-bosqich talabalari: Kattayeva Ferangiz Nabiyevna; Shoyimov Sardor Farhod o‘g‘li; Saparbayeva Zaytuna Kurbanbayevna; Nazarov Murodjon Tolibjon o‘g‘li; Jumambetov Muzaffar Aybergen o‘g‘li; Buxoro davlat universitetining 2-bosqich talabalari: Husenov Temuchin Navro‘zovich; Ibragimova Nigora Uyg‘un qizi; Tavakkalov Umrbek Iqboljon o‘g‘li; Qoʼziyev Elbek Shukrullo o‘g‘li; Balqiboyev Samandar Ne’mat o‘g‘li; Buxoro davlat universitetining 3-bosqich talabalari: Hayitov Og‘abek Egamberdi o‘g‘li; Joʼrayeva Sarvinoz Ziyodullo qizi; Mahmudova Hurmatxon Mutorovna; Xudoyberdiyeva Mohichehra Alisher qizi; Bahora Shuxratovalar Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi
Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Oybek Sultonov so'zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar mavjudligi haqida to‘xtaldi. Yoshlarni o‘qib bilim olishga, shijoat bilan olg‘a intilishga chorladi. Shuningdek, yoshlarni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari, yoshlarda mavjud muammolarni o'rganish hamda ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida tushunchalar va talabalarni yanada faol bo‘lishiga, mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun o‘z taklif va maslahatlarini berdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 3-sonli yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
💠Ayni damda BuxDU faollar yig`ingohida Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 3-sonli yig`ilishi o'tkazilmoqda. Kengash yig`ilishi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
🚴♂️ Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Chor Bakr memoriy majmuasi bo'ldi.
Erta tongdan universitetimiz rektori O.X.Xamidov boshchiligida bir guruh professor-o'qituvchilar, ishchi xodimlar Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l olishdi. Zero, Inson sog'lig'ining asosiy ustuni bu sport!
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦 1️⃣1️⃣1️⃣
📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING NAVBATDAGI SONI!
HURMATLI PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!
🚴Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.
♾ 2-noyabr (Shanba) kuni soat‼️ 05:30 ‼️da Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l oladigan "Ziyorat Velomarafoni"ga taklif etamiz!
Velomarafonga qatnashish uchun STRAVA ILOVASINI yuklab oling:
🔼https://play.google.com/store/apps/details?id=com.strava&hl=ru&gl=RU
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetiga mashhur iqtisodchi, professor Vladimir Lvovich Kvint tashrif buyurdi
BuxDU Axborot xizmati bo`limi
Bizni kuzatishda davom eting:
📢📢📢📢📢
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti dotsenti M.B.Axmedova 2024-yil noyabr oyida Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348-sonli “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Yevropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli loyiha doirasida “Markaziy Osiyoda jadidchilik va Germaniya ta’siri” mavzusida Germaniyaning Georg August Göttingen universitetida ma’ruzalar seriyasini o’tkazadi.
Darslar haftaning seshanba kunlari O’zbekiston vaqti bilan soat 22:00- 24:00da bo’lib o’tadi. Qiziqqan talaba-yoshlar hamda tadqiqotchilarni mashg’ulotlarga onlayn tarzda qatnashishga taklif qilamiz.
Zoom ID: 839 0031 7754
Password: 2024
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi
🎙 Azizbek Amonov,
BuxDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi
🎙Xamidov Obidjon Xafizovich,
BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz 👨🏫👩🏫
☄️📚✅ Ochilov Alisher To‘lis o‘g‘lining tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Ochilov Alisher To‘lis o‘g‘li Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi ixtisosligidan tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Quyi Zarafshon vohasida antropogen landshaftning rivojlanishi: tarixiy geografik tahlil (qadimgi davr va ilk o‘rta asrlar)” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant Ochilov Alisher To‘lis o‘g‘li hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 1-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ FOTOREPORTAJ: “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “Yoshlar huquq sayli” tadbirlari
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ «Yoshlar huquqiy sayli» doirasida Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi hamda Buxoro davlat universiteti hamkorligida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
BuxDU kichik majlislar zalida o'tgan uchrashuvda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Sherzod Bahronov, Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Xurshid Umarov, Buxoro viloyati bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi xodimi, universitet professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, adliya tizimidagi yangiliklar haqida atroflicha maʻlumot berildi. Talabalarga adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari markazlari, FHDYo bo‘limlari xodimlari, notarius hamda advokatlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, mehnat huquqlari, oilaviy munosabatlar, sudga oid ishlar, meros va hadya masalalari kabi bir qator masalalar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅“Prokuror va yoshlar” uchrashuvi so'ngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi davomida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan kitoblar to`plami talabalarning foydalanishi uchun universitet rektori O.X.Xamidovga topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi davomida taqdirlash marosimi o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Qatag‘on qurboni bo‘lgan prokuratura xodimlarini nomini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qabul qilingan maxsus farmoyish asosida "Tarixiy xotira beqiyos" nomli kitobni chop etilishida ishtirok etib, munosib hissasini qo‘shganligi uchun O‘zbekiston tarixchilar jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi raisi, "Buxoro qatag‘on qurbonlari" muzeyi direktori Azalshoh Hamroyev hamda Buxoro davlat universiteti "Arxeologiya va Buxoro tarixi" kafedrasi dotsenti Ismat Naimov Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, xodimlarning nutq madaniyatini oshirish hamda davlat tilida ish yuritishga oid amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Rajabova Ma’rifat Baqoyevna va Buxoro davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Navroʼzova Muyassar Gʻaybullayevna Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.G'. Jumayev boshchiligidagi ishchi guruh Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetida bo'lib, dars mashg'ulotlarining borishi, o'qituvchilarning innovatsion metodlardan foydalanishi va talabalarning faol ishtirokini ta'minlash, auditoriyalarning zarur o'quv jihozlari bilan ta'minlanganlik darajasi bilan tanishib, talabalar bilan suhbat olib bordi.
➡️ Shuningdek, fan o'qituvchilarining mavjud o'quv-me'yoriy hujjatlari bilan tanishildi. Ta'lim muhitining holati bo'yicha olingan ma'lumotlar tahlil qilinib, kelgusida kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ko'zda tutilgan.
✅ O‘rganishlar davom etadi!
Bizni kuzatishda davom eting: