#BuxDU_yangiliklari
⚡️Buxoro davlat universitetiga qarashli universal sport majmuasida Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Unda Buxoro davlat universiteti rahbar xodimlari, professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlari muxlis sifatida ishtirok etmoqda.
@buxdu_uz
"Qaysi kelajak kasbini tanlay?" Seminar-Trening
RobotsAndMe va Buxoro davlat universiteti tomonidan tashkil etilayotgan yoshlar uchun maxsus seminar-treningda IT sohasidagi eng talabgir kasblar haqida mutaxassislar bilan birga bilib oling va o‘z kelajagingizni to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlantirishga yordam oling!
🔔Sana: 19-oktabr
⏰ Vaqt: 10:00
📍 Joy: Buxoro davlat universiteti faollar zali
Seminarda nimalarni bilib olasiz?
👤 Kelajakda qaysi IT kasblari eng talabgir bo‘lishini bilib oling
📢 Robototexnika, dasturlash, sun'iy intellekt va data science bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan jonli maslahatlar oling
📚 O‘z kasbingizni tanlashda qanday bilim va ko‘nikmalar kerakligini bilib oling
🎮🎁 Maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun BONUS!
Seminardan so‘ng "Robototexnika asoslari" bo‘yicha bepul master-klasslar va qiziqarli o‘yinlar tashkil etiladi. Yoshlarga kelajak texnologiyalarini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat!
Kelajakka bugun tayyorgarlik ko‘ring!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Qatag‘on qurboni bo‘lgan prokuratura xodimlarini nomini tiklash va xotirasini abadiylashtirish borasida prokuratura organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Galdagi tadbir doirasida Buxoro viloyati prokurori U.Hamdamov boshchiligida “Buxoro qatag‘on qurbonlari” muzeyi direktori A.Hamroyev va xodimlar qat’iyatli prokuror nomi bilan tanilgan, milliy davlatchiligimizning murakkab sharoitida kuchli irodasini namoyon etgan Ali Hamrabayevni xotirlash, yodga olish va hurmat bajo keltirish maqsadida u kishining yashab o‘tgan xonadoniga tashrif buyurishdi hamda hayoti va faoliyatlari bilan bog‘liq voqealar tarixiy hujjatlar asosida yodga olindi.
Suhbat davomida 92 yoshni qarshilagan Maryam Hamrabayevaga otasi Ali Hamrabayevning oqlanganligi haqida sud qarori va Qatag‘on qurboniga aylangan prokuratura xodimlari haqida chop etilgan “Oltin qalam” XVIII – milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning “Publisistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan “Tarixiy xotira beqiyos” nomli kitobi ham topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Xalqaro_qizlar_kuni
#Yoshlar_ittifoqi
✅ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan 11-oktyabr— «Xalqaro qizlar» kuni munosabati bilan tayyorlangan tabrigi.
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Bizni kuzatishda davom eting:
✅
🚴♂️ Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Chor Bakr memoriy majmuasi bo'ldi.
☄️ Erta tongda BuxDU rektori boshchiligida, professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalar ishtirokida an'anaviy tashkil etib kelinayotgan "Ziyorat Velomarafoni" doirasida Chor Bakr memoriy majmuasida bo'lishdi. Xayrli kunda tashkil etilgan ushbu velomarafon bahamjihatlik, birdamlik, sog'lik yo'lida qilinayotgan ezgu ish sifatida har hafta o'z safini kengaytirmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦 🟦🟦🟦🟦
☄️👤✅Buxoro davlat universitetida Aloqabank o'quv-amaliyot xonasi tashkil etildi.
Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur”
🖌 Sh.Mirziyoyev
🔝 Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro viloyati bo'limi xodimi J.Murodov bilan BuxDU talaba yoshlari BuxDU tarkibida joylashgan "Qatag'on qurbonlari muzeyi"ga sayohat uyushtirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️ Buxoro davlat universitetiga qarashli universal sport majmuasida “Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha bo’lib o’tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonlaridan lavhalar:
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦 1️⃣1️⃣1️⃣
📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING NAVBATDAGI SONI!
HURMATLI PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!
🚴Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.
♾ 11-oktabr (Juma) kuni soat‼️ 05:30 ‼️da Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l oladigan "Ziyorat Velomarafoni"ga taklif etamiz!
Velomarafonga qatnashish uchun STRAVA ILOVASINI yuklab oling:
🔼https://play.google.com/store/apps/details?id=com.strava&hl=ru&gl=RU
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDUda “Xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop etishning qoida va talablari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.
Joriy yilning 9-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida mahalliy va xorijiy OTM olimlari ishtirokida “Xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop etishning qoida va talablari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi.
Seminarda BuxDU professori, t.f.d., prof. Vohidov Shodmon Husenovich Panjakent shahridagi Tojikiston pedagogika institutining “Паёми донишкада/Вестник института”, “Тафаккури таърих/Познание истории”, “Анвори илм/Светоч науки” ilmiy jurnallarida maqolalar chop etishning qoida va talablari to’g’risida o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdi. Bu jurnallarning 4-soni Buxoro davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli bakalavr talabalari uchun ajratilganligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor T.H.Rasulov universitet huzurida tashkil qilingan “Fan va ta’lim mukammallik markazi” faoliyati bilan tanishtirib, 2024-2025 o’quv yilida Rossiyaning “Status” ilmiy markazi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan qishki maktab va xalqaro konferensiyalar haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlash joizki, bu konferensiyalarda tanlangan ilmiy maqolalar Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda nashr qilinishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Kitob - porloq kelajakka eltuvchi nurdir!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ 2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy sohada Buxoro davlat universitetida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy ma'lumot
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅2024 yilning eng yaxshi voqeasi. Qo'l jangi bo'yicha jahon chempionati. Qadimiy Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan chempionatda 32 jamoa ishtirok etmoqda.
11-14 oktabr kunlari Buxoro shahridagi Universal sport majmuasida
Yilning muhim voqeasiga tayyormisiz?
-
Лучшее событие 2024 года. Чемпионат мира по рукопашному бою. На чемпионате участвуют 32 команды, в древнем городе Бухара.
Вы готовы к важному событию года?
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅UNIVERSITET TALABASINING MAQOLASI TURKIYADA NASHR ETILGAN XALQARO TO'PLAMDAN O'RIN OLDI
Turkiyaning Alanya shahrida “Baygench” nashriyoti tomonidan O‘zbekistondagi “Shine” qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan mamlakatimizda turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “O’zbekistan’ın umutlu çiçekleri” (“O‘zbekistonning umidli chechaklari”) kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kitobdan Buxoro davlat universiteti talabasi Rohila Kodirovaning maqolasi ham o‘rin olgan.
Albatta, bu kabi loyihalar ikki millat o‘rtasidagi adabiy, ilmiy, madaniy va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ 20 yoshgacha bo'lgan voleybol erkaklar milliy terma jamoamiz yigitlari Shri Lanka davlatining Kolombo shahrida o'tkaziladigan Markaziy Osiyo chempionatiga jo'nab ketishdi.
Dastlabki o'yinni terma jamoami Qirg'iziston terma jamoasini 3:0 hisobida, keyingi o'yinda NEPAL terma jamoasini 3:1 hisobida, 3-o'yinni esa kuchli raqib TURKMANISTON terma jamoasini ustidan 3:2 hisobida qo'li baland kelib, qisman final bosqichiga yo'l olishdi. Oldinda mezbon SHRI LANKA hamda MOLDIV terma jamoasi bilan o'yin kutmoqda.
Quvonarlisi shundaki, BuxDU sport klubi a'zolari, Jismoniy tarbiya va sport fakulteti voleybol yo'nalishida tahsil oladigan talabalarimizning 6 nafari:
1. Murodov Mirziyod 7-1 SFV 22
2. Murobiddinov Saidjamol 7-1 SFV 23
3. Alekseyev Nodir 7-1 SFV 24
4. Mustafoyev G'olibjon 7-1 SFV 24
5. Haydarov Og'abek 9-1 SFVS 24
6. Xo'jamov Asadbek 9-1 SFVS 24 ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi sifatida maydonga tushmoqdalar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Qoraqapogʻistonlik jurnalist va blogerlar Buxoro davlat universitetida boʻlishdi.
Bugun, 11-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yuqori Kengashi raisi matbuot kotibi Azamat Ajimuratov boshchiligidagi bir guruh qoraqalpogʻistonlik jurnalist va blogerlardan iborat delegatsiya Buxoro davlat universitetida qoʻshimcha kvota asosida ta’lim olayotgan talabalarga yaratilgan sharoitlarni oʻrganish maqsadida oliygohga tashrif buyurdi.
Batafsil: https://buxdu.uz/yangiliklar/6361/6361-qoraqapogistonlik-jurnalist-va-blogerlar-buxoro-davlat-universitetida-bolishdi/
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Qoraqapogʻistonlik jurnalist va blogerlar Buxoro davlat universitetida boʻlishdi.
Bugun, 11-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yuqori Kengashi raisi matbuot kotibi Azamat Ajimuratov boshchiligidagi bir guruh qoraqalpogʻistonlik jurnalist va blogerlardan iborat delegatsiya Buxoro davlat universitetida qoʻshimcha kvota asosida ta’lim olayotgan talabalarga yaratilgan sharoitlarni oʻrganish maqsadida oliygohga tashrif buyurdi.
Batafsil: https://buxdu.uz/yangiliklar/6361/6361-qoraqapogistonlik-jurnalist-va-blogerlar-buxoro-davlat-universitetida-bolishdi/
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, Marketing va karyera boʻlimi hamda Buxoro viloyati Soliq boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho'basi bo'limi boshligʻi Avaz Rajabov bilan hamkorlikda «Business club» loyihasi amalga oshirildi.
Suhbat davomida biznes sohasidagi hamkorliklar, tarmoq yaratish, bilim va tajriba almashish yuzasidan savol-javob tarzda o'tkazildi. Bugungi kunda talabalar o'zini nimalar bilan band qilgan, aynan qanday tadbirkorlik yo'nalishlariga qiziqadi, shular yuzasidan talabalar tomonidan ma'lumot berildi.
Suhbat quyidagi omillarga alohida e'tibor qaratildi:
➖ Biznes tarmoqli guruhlarni yaratish:
➖ Bilim va tajriba almashish:
➖ Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va investitsiya imkoniyatlari:
➖ Hamkorlik va sheriklik:
➖ Motivatsiya va rahbarlik ko‘nikmalari
Suhbatdan asosiy maqsad Yoshlar biznesini rivojlantirish bo'yicha imtiyozlar bilan tanishtirish.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 11-oktyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Bugun, 10-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov Gʻijduvon tumani Soktare MFY BuxDU o‘quv binosidagi ta`lim jarayoni bilan tanishdi.
O'quv binosida tahsil olayotgan 5-bosqich talabalar bilan suhbat qilinib, o‘quv jarayonlari olib borilishi yuzasidan jarayonlarni ko'rdi. Sirtqi ta’lim talabalari bilan qizg'in savol-javob tashkil qilinib takliflari tinglandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Toshkentdagi Gyote institutida "Nemis tilini o'qitish va o'rganish" (DLL-Deutsch lehren, lernen) loyihasi doirasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.
Gyote instituti hamda Buxoro davlat universiteti, Andijon davlat chet tillar instituti, Qarshi davlat universiteti, Tojikiston davlat pedagogika universitetlari o'rtasida nemis tilini o'qitish bo'yicha ko'p yillik istiqbolli hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tadbirda Buxoro davlat universiteti nomidan Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor A.T.Jo'rayev, Xorijiy tillar fakulteti dekani N.B.Ataboyev va Nemis filologiyasi katta o'qituvchisi S.S.Xudoyevlar ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
“Zakovat” - ilm, raqobat va intellektual kuch!
✅ Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyida Yoshlar Kengashi vakillari tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Rektor kubogi" "Zakovat" intellektual o‘yini davom etmoqda.
🧩 Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan o‘yinda, zakovatli hamda bilimdon talabalardan tashkil topgan 20 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.
📌Natijalar esa quyidagicha qayd etildi:
🥇 Uzbek power jamoasi;
🥈 BuxDU jamoasi;
🥉 Renessans jamoasi.
Qiziqarli savol-javoblarga boy bo'lgan bilimlar bellashuvida barcha jamoalar oʻz faolliklarini namoyon etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
✅ Universitetda "INNOWOMENWEEK-2024" loyihasi doirasida "ITWOMENUZ-2024", "Tadbirkorlar bilan muvaffaqiyat sari" mavzusidagi seminar hamda "Bir million dasturchi" oʼquv kurslariga oʼqigan qizlarni tajribali dasturchi qizlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚⚖️✅ BUXORO DAVLAT UNIVERSITETIDA VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulovning yurisprudensiya yoʻnalishi talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Batafsil: https://is.gd/LiKlO1
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti 1-bosqich talabalari bilan "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari" mavzusida davra-suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida talabalar bo‘lim vazifalari hamda universitetimizda yangi tashkil etilgan "Aksilkorrupsiya kovorking markazi" faoliyati bilan tanishtirildi. Ushbu markazning asosiy maqsadi korrupsion huquqbuzarliklar, ularni oldini olish, universitet odob-axloq kodeksi va ichki tartib qoidalarning mazmun mohiyati haqida yoshlarimizning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini olib borish hisoblanadi.
Shuningdek, talabalar bo‘lim huzuridagi "Talaba-yoshlar klubi" faoliyati to‘g‘risida xabardor qilinib, klubga a’zo bo‘lish shartlari tushuntirildi.
"Aksilkorrupsiya kovorking markazi" rahbari B.B.Boltaev tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️👤✅Buxoro davlat universitetida Aloqabank o'quv xonasi tashkil etildi.
Bugun, 9-oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida Aloqabank Buxoro filiali tomonidan yangi o'quv xonasi tashkil etildi. O'quv xonasi ochilish marosimida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov, Aloqabank ATB Buxoro filiali direktori Alovuddin Jamolov, filial xodimlari, fakultet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, talabalar ishtirok etishdi. Aloqabank ATB Buxoro filiali tomonidan o'quv xonasi to'liq ta'mirlanib zamonaviy qiyofaga keldi, ta'lim olish uchun sifatli jihozlar bilan ta'minlandi.
Tadbirda so'zga chiqqan filial direktori Alovuddin Jamolov endilikda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari asosida talabalar amaliyot o'tashi, ishga joylashishi, haftada bir marotaba filial xodimlari tomonidan bank ishi yo`nalishi talabalariga mahorat darslari o'tilishi ta`kidlab o'tdi. Shuningdek, uchrashuv davomida Zoomrad mobil ilovasining imkoniyatlari va undagi qulayliklar haqida ma’lumotlar va tushunchalar berildi.
Tadbir so’ngida barcha filial xodimlari ilova haqida o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ "5 muhim tashabbus" doirasida 2024-yil sentabr oyida BuxDUda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy ma'lumot.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Sport_xabarlari
#SPORT#BuxDU#Talaba_liga
🤼 Universitetda "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalari davom etadi.
Barcha talaba-yoshlarni (kursidan qat’iy nazar) 10 oktabr kuni soat 14:00 da vazn o'lchash hamda 11 oktabr kuni soat 14:00da KURASH (milliy kurash) sport musobaqasiga faol qatnashishga chaqiramiz.
Musobaqa BuxDU kurash zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
📢“ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasi uchun arizalar qabuli boshlandi
🖥Dasturlash bo‘yicha o'tkaziladigan ushbu talabalar olimpiadasi ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi hududiy bosqich 20-oktyabrda bo'lib o'tsa, ikkinchi Respublika bosqichi esa 17-noyabrda o‘tkaziladi.
❕Ma'lumot o'rnida, ICPC (International Collegiate Programming Contest) — bu algoritmik dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib, har yili dunyoning eng iqtidorli bilimdonlari ishtirok etadi.
✅Olimpiadaning maqsadi — turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot o‘rnatish va ilmiy doiralar hamda IT sohasi bo‘yicha yangi avlod mutaxassislarini taqdim etishdir.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
"INNOWOMENWEEK-2024" loyihasi doirasida BuxDU bosh bino foyesida innovatsion loyihalar ko`rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada viloyat oliy ta`lim muassasalari xotin-qizlar, professor-o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan innovatsion loyihalar taqdimoti o'tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting: