🟦🟦🟦
(07.10)-(12.10).2024
☄️O'qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Buxoro viloyati hududiy bosqichi BuxDU g'alaba qozondi.
☄️Yoshlar ittifoqi tashkiloti tomonidan «Talaba travel» loyihasi tashkil etildi.
☄️"Abdulla Qodiriy" kinofilmi namoyish etildi.
☄️Polsha Respublikasidan muzey ishi mutaxassislarining ilmiy hamkorlik doirasidagi tashrifi.
☄️Rektor va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar uchrashuvi.
☄️Rektor Obidjon Xamidov Germaniyaning DAAD loyihasi bosh koordinatori Prof. Eva Orthmann qabul qildi.
☄️BuxDU talabalari Turon milliy yakkakurash boʼyicha Oʼzbekiston chempionatida 2 ta oltin medalni qoʼlga kiritishdi.
☄️Erkin kurash sport turi bo'yicha Qirg'iziston davlatida o'tkazilgan xalqaro turnirda BuxDU talabalari o'rin olishdi.
☄️BuxDUga O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov tashrif buyurdi.
☄️Donorlik xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.
☄️"INNOWOMENWEEK-2024" loyihasi doirasida "ITWOMENUZ-2024", "Tadbirkorlar bilan muvaffaqiyat sari" mavzusidagi seminari.
☄️BuxDU talabalarining maqolasi Turkiyada nashr etilgan xalqaro toʼplamdan o'rin oldi.
☄️Buxoro davlat universitetida Aloqabank o'quv-amaliyot xonasi tashkil etildi.
☄️BuxDUda “Xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop etishning qoida va talablari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.
☄️Toshkentdagi Gyote institutida "Nemis tilini o'qitish va o'rganish" (DLL-Deutsch lehren, lernen) loyihasi doirasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi o'tkazildi.
☄️Qoraqapogʻistonlik jurnalist va blogerlar Buxoro davlat universitetida boʻlishdi.
☄️11 oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan BuxDUda “Qizlar-millat tayanchi” ko‘rik-tanlovi o'tkazildi.
☄️BuxDU rahbariyati va ota-onalar kongressi bo`lib o`tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi huzuridagi “I-INNOTURIZM” korxonasi sizni BUXGALTERIYA KURSIga taklif qiladi!
✔️0 dan balansgacha boshlang’ich buxgalteriya (bunda: hujjatlashtirish, hisobotlar tartibi, provodkalar bilan ishlash, balans);
✔️1C Buxgalteriya hisobi;
✔️UzAsbo dasturida byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi;
✔️Soliqni hisobga olish va soliq hisobotlari(my.soliq.uz; didox.uz ; invoice.uzasbo.uz).
⬇️Manzil: Buxoro davlat universiteti co-working markazi. Kurs yakunida sertifikatga ega bo’lasiz!
➡️➡️➡️Murojaat uchun telefon: +998906118489, +998906138604
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Oʻsmirlarimiz jahon chempionatida 4 ta medalga sazovor bo'lishdi.
Kiprda sambo bo'yicha kadetlar, oʻsmirlar va yoshlar oʻtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, vakillarimiz 4 ta medal (1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza) qoʻlga kiritishdi.
Biz uchun yana bir quvonarli jihati, Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 7-1SFDzyudo-24 guruh talabasi:
🥇Ozodbek Atayev 58 kg vaznda oltin medalga ega chiqdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Interesting_week
⚡️ BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan hafta davomida tashkil etilgan qaynoq loyihalarning qisqacha mazmuni
➖ «Talaba travel» loyihasi tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi rasmiy kanalida «Online quiz» tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan «Yosh jurnalistlar» klubi doirasida «BuxDU mening nigohimda» nomli video taqdim etildi
👉 Batafsil
➖ Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi
👉 Batafsil
➖ «Kibersport» musobaqasining 2-turi boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil
➖ «Mohir qoʻllar» toʻgaragi tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ «Zakovat» intellektual oʻyinining 3-turi boʻlib oʻtdi
👉 Batafsil
➖ 11-oktyabr — « Xalqaro qizlar kuni» munosabati video tabrik tayyorlandi
👉 Batafsil
➖ Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan «Buisness club» tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ «Talant shou» mega tanlovining ilk soni boʻlib oʻtdi👉 Batafsil
@buxdu_uz
🎥🔴🟦🟦 WORKSHOP ON TURKISH ISLAMIC THOUGHT FROM TURKESTAN TO ANATOLIA
☄️📚✅ Shuningdek, Turkiya universiteti professorlari BuxDU rektori O.X.Xamidovga va universitetning bir qator professorlariga universitetlari nomidan esdalik sovgʻalarni topshirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅ Joriy yilning 6-12 oktyabr kunlari Shri-Lanka davlatining Kolombo shahrida “CAVA U20 Men's Volleyball Championship 2024” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 20 yoshgacha bo'lgan erkaklar milliy terma jamoamiz ham ishtirok etdi.
🏆Qiziqarli va shiddatli o‘tgan bellashuvlarda terma jamoamiz Qirg‘iziston, Nepal, Turkmaniston, Maldiv va Shri-Lanka jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi. Final uchrashuvida Nepal jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, Markaziy Osiyoda chempionlikni qo'lga kiritib, oltin🥇medalga sazovor bo‘ldi.
🎗Quvonarlisi shundaki, terma jamoamiz sportchilari Buxoro davlat universiteti talabalari hisoblanib, musobaqaning turli nominatsiyalar sovrindori ham bo'ldi:
• Xaydarov Og‘abek “Eng yaxshi o'yinchi”, 9-1SFVS 24
• Murodov Mirziyod “Eng yaxshi to‘p ko‘taruvchi ”, 7-1SFV 22
• Mirobidinov Saidjamol “Eng yaxshi hujumchi” 7-1SFV 23
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 14-oktyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan 20-saylov uchastkasidagi tayyorgarlik holati
Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK
Bizni kuzatishda davom eting:
#sport
Diqqat, musobaqa!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.
2024-2025 oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.
Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtadi.
Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
☄️📚✅Первый этап вступительных экзаменов совместных образовательных программ Бухарского государственного университета с Казанским Федеральным Университетом
10-11 октября 2024 года в Бухарском государственном университете прошли первые этапы вступительного экзамена по совместным образовательным программам совместно с Институтом филологии и межкультурной коммуникации, а так же Институтом управления экономики и Финансов КФУ по таким совместным программам магистратуры как, "Лингвистика: русский язык", "Экономика (по отраслям и сферам)" и совместной программе бакалавриата "Экономика"
Экзамен принимали в формате онлайн через платформу ZOOM. В составе комиссии из представителей ИФМК КФУ были заведующая кафедрой РКИ Казанского федерального университета, доктор филологических наук, профессор Наталия Викторовна Габдреева , кандидат филологических наук, доцент Татьяна Петровна Трошкина и кондидат филологических наук кафедры РКИ Галеев Тимур Ильдарович, в составе комиссии из представителей ИУЭиФ КФУ принимал участие заведующий кафедрой теории и методики географического и экологического образования , к.н. (доцент) Руслан Анатольевич Уленгов, а так же представители Бухарского государственного университета, начальник учебно методического департамента Сухроб Саитжонович Давлатов, заведующий кафедры русского языкознания Отабек Тимурович Носыров , доктор философии по филологическим наукам Феруза Рашидовна Муртазаева, а так же ведущий специалист отдела координации совместных образовательных программ Насибабону Абдурахмоновна Акрамова.
Согласно постановлению Кабинета Министров Республики Узбекистан № 421 от 06 июля 2021 года Об утверждении Положения о порядке организации образовательной деятельности на основе совместных образовательных программ Республики Узбекистан и зарубежных партнерских высших образовательных организаций прием на совместные образовательные программы осуществляется в два этапа: на первом этапе-вступительные экзамены проводиться в соответствии с Порядком приема, разработанным организацией высшего образования Республики Узбекистан по согласованию с организацией высшего образования-иностранным партнером .
На втором этапе - на основании заказа организации высшего образования Республики Узбекистан Государственный тестовый центр проводит вступительный экзамен по иностранному языку, на котором ведется обучение по совместной образовательной программе.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti talabalari bilan "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” mavzusida davra-suhbati o'tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Y.Quliyev tomonidan talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsion huquqbuzarlikga yo'l qo'ymaslik, manfaatlar to'qnashuvi turlari (nepotizm, favoritizm, kronizm, qarindosh-urug'chilik, mahalliychilik), ularni oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot, davra suhbati o'tkazildi.
Suhbat so'ngida talabalar va "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi bilan ikki tomonlama aloqa usullari (bot, elektron manzillar) borasida kelishib olindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rahbariyati va ota-onalar kongressi
Bugun, 12-oktabr kuni BuxDU rektori Obidjon Xamidov Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda fakultet rahbariyati, tyutorlar, professor-o'qituvchilar, talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi. Uchrashuvda universitetda talabalar tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida malumotlar berildi. Uchrashuv davomida talabalarning ota-onalari tomonidan universitet hamda fakultet rahbariyatiga savol va takliflar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Yoʼl qoidasi-umr foydasi!
Bugun, 12-oktabr kuni Buxoro viloyati IIB JXX YHXB rahbariyati va xodimlari ishtirokida yoshlar, 5 va undan ortiq yoʼl harakati qoidalarini buzgan haydovchilar bilan yoʼl harakati ishtirokchilarini ogohlikka daʼvat etish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoʼl harakati qoidalarini buzishning ayanchli oqibatlari aks etgan video roliklar taqdim etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️ “Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun”
✅ BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan o'tkaziluvchi 11 oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan ayni kunlarda Buxoro davlat universitetida “Qizlar-millat tayanchi” shiori ostida ko‘rik-tanlov oʻkazildi.
Tadbirni ochib berish uchun universitet rektori O.X.Xamidov soʻzga chiqib mamlakatimizda qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ayta turib, bugun qizlar har sohada oʻzini munosib koʻrsatayotganini aytdi hamda universitet qizlarini bayram bilan qutladi.
💠Viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zosi Ra’no Istamova soʻzga chiqib, Respublika xotin-qizlar tashkiloti nomidan universitet qizlarini bugungi bayram bilan muborakbod etdi. Bayram tabrigi sifatida ajoyib she’rni armugʻon etdi.
✍️ 1-shartda qizlar oʻzlarini tanishtirishdi. 2-shartda esa pazandalik mahoratini koʻrsatishdi. 3-shart “erkin mavzu” deb nomlangan boʻlib, qizlar har sohadagi iqtidorlarini namoyon etishdi. Ayniqsa, Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi talabasi Dinaraning badiiy gimnastika nazokatini akslantirishi zaldagilarning gulduros olqishlarga sabab boʻldi. Tanlov yakunida esa ishtirokchilar hakamlar hayʼati tomonidan oqilona baholanishdi. 5 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Faol ishtirokchilar esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi. Bayram yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
✔️✔️BARCHA RASMLAR BU YERDA✔️✔️
Bizni kuzatishda davom eting:
#bilasizmi #Alisher_Navoiy
2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚✅Talaba-yoshlar huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi
BuxDUda Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida "Talaba-yoshlar huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi" g‘oyasi ostida profilaktika tadbiri o‘tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣
“ICT Competition 2024-2025 ME&CA” uchun ro‘yxatga olish jarayoni ochiq!
Huawei tomonidan O‘zbekiston talabalari 80 mamlakat va mintaqalardan 750 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo‘yicha global tadbir hisoblanadigan “ICT Competition 2024/2025” tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.
Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasida salohiyatingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 20-oktabr 2024-yil.
Batafsil: https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch
💠💠💠
Регистрация на конкурс ICT Competition 2024-2025 ME&CA открыта!
Компания Huawei приглашает студентов Узбекистана присоединиться к ICT Competition 2024-2025 - глобальному мероприятию по обмену талантами в сфере ИКТ, которое уже объединило более 750.000 студентов из 80 стран и регионов.
Не упустите возможность изучить передовые технологии и продемонстрировать свой потенциал в сфере ИКТ.
Крайний срок подачи заявок: 20 октября 2024 года.
Подробнее: https://www.huawei.com/uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch
#ICTacademy #ICTheFuture #Talent #HuaweiUzbekistan
Bizni kuzating
#Xushxabar
Akademiya rahbariyati va jamoasi Buxoro davlat universiteti vakillarini qutlaydi
Joriy yilning 6-12-oktabr kunlari Shri-Lanka davlatining Kolombo shahrida “CAVA U20 Men’s Volleyball Championship 2024” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etdi.
Qiziqarli va shiddatli o‘tgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi final uchrashuvida Nepal jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ahamiyatlisi, mazkur jamoa Buxoro davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Shu fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan Buxoro davlat universiteti vakillarini mazkur yutuq bilan muborakbod etib, talabalarning o‘qish va kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.
🎥🔴🟦🟦 WORKSHOP ON TURKISH ISLAMIC THOUGHT FROM TURKESTAN TO ANATOLIA
☄️📚✅Seminar davomida, Turkiyaning Selçuk Universiteti professori Ramazan Altıntaş Imom Moturidiyning Aql-naql tushunchasi, ilm manbalari haqida maʼruza oʼqidi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🔴🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetida "Turkistondan Anadolugacha boʻlgan turkiy islom tafakkuri" nomli seminar o'tkazilmoqda.
Ayni damda BuxDU kichik majlislar zalida Turkiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniyaning nufuzli universitetlari professorlari ishtirokida "Turkistondan Anadolugacha boʻlgan turkiy islom tafakkuri" nomli seminar bo`lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
"Ona tilim, - kechir meni, ona tilim.."
✍️ She’r muallifi: Kamoliddin Shukur
🔊 She’rni BuxDU San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi Sirtqi ta’lim 5-kurs talabasi Salohiddin Fayziyev o‘qidi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦🟦🟦
☄️🥇✅OLTIN MEDAL MUBORAK! Buxoro davlat universiteti talabasi qo'l jangi sporti bo'yicha JAHON CHEMPIONI
Bugun, Buxoro shahrida Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha o'tkazilgan “Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati”da 48 kg vazn toifasidagi qizlar o‘rtasida Buxoro davlat universiteti talabasi Sevara Sa’dullayeva OLTIN MEDALNI qo`lga kiritdi.
Talabamiz Sevara Sa’dullayevani BuxDU rahbariyati va jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
⚡️Buxoro davlat universitetiga qarashli universal sport majmuasida Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionatining 2-kuni boshlanish arafasida.
Unda Buxoro davlat universiteti rahbar xodimlari, professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlari muxlis sifatida ishtirok etmoqda.
@buxdu_uz
5️⃣5️⃣5️⃣
📢 Buxoro davlat universiteti TYUTOR lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
👫 Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.
🔴 Talabgorlar diqqatiga!
🔎 Tyutor lavozimiga tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish 12-13-oktabr kunlari (shu kun ham qabul qilinadi) qadar davom etadi.
🌐 Hujjatlar qabuli universitetning https://uniwork.buxdu.uz/ elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
🗂️ Bo'sh ish o'rinlarini ko'rish: (3 ta shtat birligi).
✅ Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (bakalavr va magistr diplomi), ta'lim tizimida kamida 2 yillik mehnat ish stajiga ega bo'lishi lozim;
✅ Rezyume (ma’lumotnoma-ob`yektivka)
✅ Xorijiy til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa qabul jarayonida ustuvorlik beriladi)
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Voleybol federatsiyasi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, O'zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi general-leytenant P.R.Bobojonov tomonidan BuxDU rektori Obidjon Xamidovga o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'nan yetuk, jismonan barkamol umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi fidokorligi hamda "Voleybol" sport turini rivojlantirish va ommalashtirishga qo'shgan hissasi uchun tashakkurnoma va esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️ “Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun”
✅ BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan o'tkaziluvchi 11 oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan ko'rgazma tashkil etildi.
✔️✔️BARCHA RASMLAR BU YERDA✔️✔️
Bizni kuzatishda davom eting:
Birinchi liga 2024 23-TUR
Nasaf Farm : ✅ "BuxDU"
Bugun, 12-oktabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 23-tur o‘yinlari doirasida Nasaf farm futbol klubi bilan o'yin o'tkazadi.
Shu munosabat bilan BuxDU rektori Obidjon Xamidov futbol jamoamizni navbatdagi o'yinga kuzatib qo'ydi.
12.10.2024 ⏰ 15:30
Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!
Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Nasaf markaziy stadioni
Bizni kuzatishda davom eting:
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov
☄️📚✅Hurmatli yurtdoshlar, siz ham oʻz kelajagingiz, orzu-maqsadlaringiz uchun ovoz bering!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ BuxDUda "Talabalar ligasi" sport musobaqalari davom etmoqda
🥋Bugun sportning KURASH (milliy kurash) boʻyicha musobaqalar yakunlanib g'olib fakultet jamoalari aniqlandi va professor oʻqituvchilar tomonidan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting: