#eslatma #sharh
2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushadi
📹Ushbu platforma qanday ishlashi haqida batafsil videoreportajda hikoya qilinadi
Bizni kuzating
#anons
“Va’da” nomli ko‘p qismli milliy serial
Ushbu serial orqali yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, qatʼiyatli va shijoatli boʻlishga undash maqsad qilingan.
Serial yoshlarning Vatan posboni bo‘lishdek sharafli kasbni egallashga bo‘lgan intilishlarini oshiradi va ruhlantiradi. Serial tez kunlarda “Renessans TV” telekanali orqali efirga uzatiladi.
Bizni kuzating
#Live
⚡️ Ayni damda Buxoro davlat universitetida “Psixologik tadqiqotlarda muammolar, yutuqlar, innovatsiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
👉 Ushbu konferensiya Buxoro davlat universiteti, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati qo'riqlash boshqarmasi, Oliy Majlis inson huquqlari bo’yicha vakillari (ombudsman)ning Buxoro viloyat mintaqaviy bo’limi, Qarshi davlat universiteti, Navoiy viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi, Samarqand davlat chet tillari instituti, Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti, Xorazm viloyati “Ma’mun universiteti”, Buxoro Innovatsiyalar universiteti, Samarqand davlat universitetlari hamkorligida tashkil etilgan. Koferensiyani BuxDU rektori O.X.Xamidov kirish so’zi bilan ochib berdi.
@buxdu_uz
* Ma`rifat_ulashib
* BuxDU_mehmonlari
Joriy yil 26-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlarimiz: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Xurshid Davron (O‘zbekiston xalq shoiri), Yangiboy Qo‘chqorov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi), Shodmon Sulaymon ("Shuhrat" medali sohibi)
Bunda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Mushoira” kechasi, adiblar ishtirokida “Fotosessiya” va “Gulxan atrofida” ijodiy uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni “Ma’rifat ulashib” loyihasida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.
Tadbirlar 26-noyabr kuni soat 9:00 dan boshlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️✅ Dardidan nomi ogʼir boʼlgan kasallik: OIV va OITS
Bugun, 20-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti katta majlislar zalida OITSga qarshi kurash markazi xodimi Quliyev Bahodir tomonidan "Dardidan nomi ogʼir boʼlgan kasallik: OIV va OITS haqida nimalarni bilamiz?" mavzusidagi maʼruza oʼqildi. Talaba yoshlarga ushbu kasallik yuzaga kelish sabablari, yuqtirilishi, oqibatlari batafsil tushuntirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Kuz-qish mavsumida energoresurslardan oqilona foydalanish yuzasidan Buxoro davlat universitetiga prokuratura xodimlari boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida joylarda issiqlik energiyasini uzluksiz va barqaror yetkazib berishda energoresurslardan oqilona foydalanish, ularni tejash hamda ortiqcha sarfiga yo'l qo'yilmasligini taminlashdan iborat.
Bizni kuzatishda davom eting:
❤️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali tomonidan Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari hamda magistrlar uchun “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo’l” mavzusida tashkil etilayotgan davra suhbatiga marhamat.
Ushbu uchrashuvda Siz:
➡️ davlat tashkilotlariga ishga joylashish;
➡️ argos.uz tizimida rezyume joylashtirish tartibi;
➡️ mavjud vakansiyalar haqida ma'lumot;
➡️ yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar to'grisidagi ma'lumotlar
➡️ "El-yurt umidi" jamg'armasi ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni bilib olishingiz mumkin.
✏️ Tadbirda Buxoro viloyatining tegishli boshqarma va tashkilotlari mas'ul xodimlari ishtirok etadi.
#️⃣ Tashrif buyuring va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob toping!
🌍 Uchrashuv o'tkazildigan joy: BuxDU katta faollar zali.
🗓 Vaqti: 2024- yil 21-noyabr, soat 11:30 da.
🔔 Qo'shimcha ma'lumot uchun:
Tel.: 65-221-27-49 BuxDU Marketing va karyera bo'limi
#PLOGGING
⚡️ Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori Firdavs Jo'rayev tomonidan faol talabalar va tyutorlar bilan birgalikda fakultet binosida "Plogging" aksiyasi tashkil etildi!
Bilim dargohimizni tozaligini saqlash har birimizning burchimizdir!
Bizni kuzatishda davom eting:
💖💖💖💙💙💙
IELTS OVERALL SCORE 9
⚡️ ✅ BuxDU Xorijiy tillar fakulteti bitiruvchisi Akmal Akhmedjanov 2016-2019 yillar davomida bakalavr, 2022-2023 yillarda esa magistratura bosqichida tahsil olgan. Hozirda u Millennium IELTS School o‘quv markazining Kritiy filiali ham mutaxassisi ham IELTS tutor sifatida faoliyat yuritmoqda.
✅ Akmal Akhmedjanov universitet tarixida birinchi bo‘lib IELTS imtihonidan eng yuqori natija — 9.0 ballni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, yillar davomida u yuzdan ortiq o‘quvchisiga IELTS imtihonida yuqori natijalar — 7.0, 7.5 va 8.0 ball olishda yordam berdi.
➡️ Ushbu yutuqlar Akmal Akhmedjanovning ilmga chanqoqligi, universitetda olgan malakasi, o‘z ishiga sadoqati va ta’lim berishdagi yuqori tajribasining yaqqol isbotidir.
💠 Hozirda Akmal Xorijiy tillar fakulteti dekani, f.f.d. (DSc), dotsent N.B. Ataboyev ilmiy rahbarligida o‘zining PhD ilmiy darajasini olish maqsadida tadqiqotlarini olib bormoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
Sulaymon Inoyatov 87 yoshida vafot etdi
BuxDU tarixchi olimi, mohir pedagog, professor Sulaymon Inoyatovich Inoyatov 87 yoshida vafot etdi.
Sulaymon Inoyatovich 1938 yil 12 martda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1956-1961 yy. Buxoro davlat pedagogika institutini tugatgan.
10 ta monografiya, 15 dan ziyod o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. O‘n minglab shogirdlarning sevimli ustozi .
Sulaymon Inoyatov 2023 yilda Prezident farmoniga muvofiq "El Yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan edi.
Ustozning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga universitet jamoasi nomidan chuqur taʼziya izhor etamiz.
@buxdu_uz
Gʻijduvonda 1-sonli umumtaʼlim maktabining 100 yilligi nishonlandi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
buxdumatbuotxizmati/g6I1EHCVZda" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/g6I1EHCVZda
Читать полностью…🟦🟦🟦
☄️📚✅"Fransiyada ta'lim tizimi" bo'yicha fransuz-o'zbek forumi
🔵 Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda "Kampus Frans O‘zbekiston" tashkiloti hamkorligida "Fransiyada ta'lim tizimi" bo'yicha fransuz-o'zbek forumi bo’lib o’tdi. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining texnik va universitetlararo hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi hamda "Kampus Frans O‘zbekiston" rahbari Alis Mo xonim Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi. Forumni BuxDU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Abror Jo'rayev kirish soʻzi bilan ochib berdi.
➡️ Forum doirasida Fransiyada ta’lim imkoniyatlari haqidagi bir qator ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, Alis Mo xonim tomonidan "Fransiya universitetlari: talabalarga yaratilgan imkoniyatlar", "Fransiyada o‘qish uchun grantlar va ariza topshirish jarayoni" mavzularidagi g’oyat ahamiyatli ma’ruzalar o’qildi.
Forum davomida BuxDU talabalari uchun "Kampus Frans O‘zbekiston" vakili hamda Alis Mo xonim tomonidan "Fransuz universitetlariga ariza topshirishning amaliy jihatlari" hamda "CV va motivatsion xat tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar" mavzularidagi mahorat darslari tashkil etildi.
Talabalar mavzu doirasidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
#xalqaro_olimpiada_jarayonlari
Turkmaniston gumanitar fanlar va taraqqiyot xalqaro universiteti tomonidan “FALSAFA” fanidan xalqaro ochiq internet olimpiadasi onlayn tartibda bo‘lib o'tmoqda
Bizni kuzatishda davom eting:
buxdumatbuotxizmati/BL9d_dsV4lP" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/BL9d_dsV4lP
Читать полностью…🔻🔻🔻🔻🔻
✍️ Konferensiya davomida Senator, Oliy Majlis inson huquqlari bo’yicha vakillari (ombudsman)ning Buxoro viloyat mintaqaviy vakili, falsafa fanlari doktori, professor Xuseynova Abira Amanovnaning “Oila ijtimoiy-psixologik muhitiga ta’sir etadigan omillarning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
🧑💻Shuningdek, TDPU professori, psixologiya fanlari doktori Atabayeva Nargis Batirovna tomonidan "Talabalarda alturistik xulqni shakllantirishning psixologik xususiyatlari" mavzusidagi ma'ruza o'qildi.
Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Jumayev Ulug‘bek Sattorovichning "Globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot kompеtеnsiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlari" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Konferensiya so'ngida 5 ta maxsus yo'nalishlar bo'yicha yig'ilishlar o'tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🤖 Oʻzbekistonda ilk bor o'tkazilgan R:ED FEST robototexnika festivalida BuxDU talabalari g'olib bo'ldi !
⚡️Ushbu noyob festival 8 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan bolalar va yoshlarga birlashish imkonini berdi hamda xalqaro innovatsiyalar koʻrgazmasi "INNOWEEK-2024"ning bir qismi boʻldi.
🇺🇿✅ Ushbu festivalda Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabalarining ishtiroki ayniqsa e'tiborga loyiq boʻldi. Ular chiziq boʻylab harakatlanish yoʻnalishida yuqori natijalarga erishib, festivalning faxrli oʻrinlarini qoʻlga kiritdilar.
Jumladan :
🥇 I o‘rin: Safarov Rustam (1-1ELEK 23) guruhi talabasi
🥈 II o‘rin: Ziyoviddinov Zikrillo, G‘ulomov Jamshid (1-1DI-24) guruhi talabalari
🥉 III o‘rin: Haqnazarov Quvonchbek, Nurulloyev Abdulaziz (1-1DI-24) guruhi talabalari
🥳🏆 Ularning yutug‘i, nafaqat universitetning ilmiy salohiyatini, balki butun Oʻzbekistonning robototexnika sohasidagi kelajagini yuksaltirish yoʻlida yangi qadamlar qoʻyilganini ko‘rsatadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Zakovatli xotin-qizlar Zakovatda bellashdilar
Mamlakatimizda xotin-qizlarning aql-zakovatini oshiradigan, iqtidorini ro‘yobga chiqaradigan, intellektual salohiyatni oshirishga qaratilgan har qanday tashabbus izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Jumladan, joriy yilning 20-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi hamkorligida "Siz qonunni bilasizmi?" mavzusida ayol pedagog-xodimlar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda 8 ta jamoadan iborat ayol pedagog-xodimlar faol ishtirok etdilar.
Ushbu intellektual o‘yinni tashkil etishdan maqsad, pedagog xotin-qizlarning ijodkorligini namoyon qilish, shuningdek gender tengligini ta’minlash, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish orqali ta’lim sifatini kengaytirishga zamin yaratadi.
Jamoalarning hozirjavobligi, izlanuvchanligi ularning yuksak salohiyatlaridan darakdir. Biroq, har bir kurash o‘zining g‘olib va mag‘lubiga ega.
Qizg‘in kechgan o‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra 3-o‘rinni Tarix va yuridik fakultetining JADIDLAR AVLODI jamoasi, 2-o‘rinni Filologiya fakultetining BuxDU jamoasi, faxrli birinchi o‘rinni esa Xorijiy tillar fakultetining INTRIGA jamoasi qo‘lga kiritdilar.
Gʻoliblar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
#besh_tashabbus #sport
Buxoro viloyati oliy ta'lim muassasalari o'rtasida "BESH TASHABBUS" olimpiadasi (VOLEYBOL) sport turi bo'yicha talaba yigitlar o'rtasida viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Viloyat bosqichida o'nta oliy ta'lim muassasa talabalari musobaqada qatnashishdi. Viloyat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida olib borilgan voleybol sport turi musobaqasida BuxDU talaba yigitlari peshqadamlikni qo'ldan boy bermay Respublika yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.
Umumiy hisob bo'yicha yigitlar o'rtasida
🥇-o'rin BuxDU jamoasi 🥈-o'rin BuxDPI jamoasi
🥉-o'rin BuxTRBI jamoalari egalladi.
👏Yigitlarimizga keyingi bosqich, Respublika final bosqichida omad tilab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklarI
⚡️"PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA MUAMMOLAR, YUTUQLAR, INNOVATSIYALAR" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
✅ Sizlarni Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi huzurida tashkil qilingan "PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA MUAMMOLAR, YUTUQLAR, INNOVATSIYALAR" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz.
🗓Sana: 2024-yil 21-noyabr
⏰Vaqt: 10:00 da
Seminar tili: o‘zbek tili, rus tili, ingiliz tillarida.
Seminar platformasi: ZOOM
🔑Zoom orqali dissertatsiya himoyasiga ulanish havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/4550541668?pwd=TCSLUcp1wpTKQNQX4rCDFLZCa3PgGU.1&omn=82288545811
identifikator: 455 054 1668
Parol: 7777
@buxdu_uz
#tavsiya #anons
📹Uch qahramon
Ushbu film harbiy vatanparvarlik, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, kinoasar yot g‘oyalarga qarshi kurash, vatanparvarlik, giyohvandlik zavoli, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini targ‘ib qiladi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, film 1-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Bizni kuzating
⚡️Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.
Bizni kuzating
#xalqaro_biologiya_olimpiadasi
Turkmaniston davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2024-yil 20-noyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro biologiya fan olimpiadasida universitet jamoasi ishtirok etmoqda
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️ Innovatsion rivojlanish agentligi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy stajirovkaga Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi o‘qituvchilari Buyuk Britaniyaning Lankaster shahrida joylashgan Lankaster Universiteti Menejment va marketing kafedralarida ilmiy faoliyatlarini olib bormoqdalar.
📝 Tadqiqot davomida Lankaster universitetida dars berish, Menejment va Marketing kafedralari bilan o’zaro hamkorlik o’rnatish ham reja qilingan.
👩💻 Dushanova Yulduz Marketing kafedrasi professori Hina Xan rahbarligida “Destinatsiya brendining rivojlanish yo‘llari” mavzusida, Toyirova Sarvinoz esa Menejment kafedrasi proffesori Anas Iftixar rahbarligida “O‘zbekistonda joylashtirish xizmatlarining tashkiliy iqtisodiy mexanizmlarini diversifikatsiya qilish” mavzularida ilmiy ish olib bormoqdalar.
🏢(Lancaster University – QS xalqaro universitetlar reytingida 2024-yilda 126-o‘rinda)
Bizni kuzatishda davom eting:
Buxoro viloyati oliy ta'lim muassasalari o'rtasida olib boriladigan "BESH TASHABBUS" olimpiadasi (VOLEYBOL) sport turi bo'yicha talaba qizlar o'rtasida viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Viloyat bosqichida to'qqizta oliy ta'lim muassasa talabalari musobaqada qatnashishdi. Viloyat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida olib borilgan voleybol sport turi musobaqasida BuxDU talaba qizlar peshqadamlikni qo'ldan boy bermay Respublika yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.
Umumiy hisob bo'yicha qizlar o'rtasida:
🥇-o'rin BuxDU jamoasi 🥈-o'rin BuxDPI jamoasi
🥉-o'rin Buxoro Zarmed universiteti jamoalari egalladi.
👏Qizlarimizga keyingi bosqich, Respublika final bosqichida omad tilab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida 2025-yil uchun doktorantura(DSc), tayanch doktorantura(PhD), maqsadli tayanch doktorantura(PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka topshirgan talabgorlar uchun mutaxassislik fanlaridan imtihon va suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.
✅ Bugun, 19-noyabr kun davomida tasdiqlangan jadval asosida Matematik analiz, Differensial tenglamalar va matematik fizika, Geometriya va topologiya, Kondensirlangan holat fizikasi, Noorganik kimyo, Kompazitsion, lokbo’yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, Botanika yo’nalishlari talabgorlaridan imtihon olindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚽️⚽️⚽️⚽️
🇺🇿 Olg‘a O‘zbekiston, faqat va faqat g‘alaba!
✅ Ayni damda BuxDU rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari va ayniqsa, talaba-yoshlar O‘zbekiston futbol milliy terma jamoasining KXDRga qarshi o‘yinini jamoa bo‘lib tomosha qilmoqda hamda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
xalqaro_IT_olimpiadasi_Respublika_bosqichi_natijalari
“ICPC Uzbekistan” xalqaro talabalar olimpiadasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan universitetning quyidagi 5 ta jamoa a’zolarini tanlovning Respublika bosqichida faol ishtirok etishdi
Jamoa rahbarlari: Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri O.Jalolov va kafedra dotsenti H.Rustamov
A'ZOLAR:
Akramov Oybek – Amaliy matematika 2-bosqich magistranti
Raximov Abduhamid – Amaliy matematika 2-bosqich magistranti
Muxtorov Javohirbek – Amaliy matematika 4-bosqich talabasi
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim
🇺🇿✅Buxoro davlat universitetining Gʻijduvon tumani Soktare MFY o‘quv binosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan so'rovnoma tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting: