🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Matematika ta'limi va ilm fanini rivojlantirishda xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
2024-yil 25-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Matematik analiz va Differensial tenglamalar kafedralari hamda Matematika instituti Buxoro bo'linmasida faoliyat olib borayotgan olimlar ishtirokida Matematika ta'limi va ilm fanini rivojlantirishda xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshiriliyatogan ishlar muhokama qilindi.
Xususan, Scopus bazasidagi jurnallarda nashr qilingan maqolalar, ularda xorijlik hammualliflarning ulushi, olimlarning H-indeksi va ular tomonidan yozilgan maqolalarga berilgan iqtibosliklar tahlil qilindi. Xorijiy OTMlariga malaka oshirishga va qisqa muddatli stajirovkalarga borgan professor-o'qituvchilar safar davomida orttirilgan tajribalari haqida ma'lumot berishdi.
Matematika yo'nalishi bo'yicha QS xalqaro fan sohalari reytingiga kirish imkoniyatlari va bu borada amalga oshirish lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅SOG`LOM TURMUSH TARZI - HAYOTIMIZ ASOSI
Bugungi kunda dunyoda boʼlib turgan murakkab geosiyosiy vaziyat, oziq-ovqat va energiya resurslari taqchilligining ortib borishi, ekologik muammolarning keskinlashib borayotganligi inson salomatligida oʼz taʼsirini oʼtkazmay qolmaydi.
Maqolani batafsil o'qish: buxdumatbuotxizmati/Qv2ndYDkLei" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/Qv2ndYDkLei
S.M.Mardonova,
BuxDU Ekologiya va geografiya kafedrasi dotsenti
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Yashil makon - tabiatni asrashning bosh omili
Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi muammolaridan tuz va qum bo‘ronlari muhim o‘rin tutadi. Bu kabi salbiy holatlar Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham hududlarida kuzatiladi. Tuz va qum bo‘ronlarining kelib chiqishiga esa o‘simlik qoplamining qisqarishi hisoblanadi.
Maqolani batafsil o'qish: buxdumatbuotxizmati/biUJrpUzVzs" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/biUJrpUzVzs
Boltayeva Zarina,
BuxDU Ekologiya va geografiya kafedrasi dotsenti
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅REGIONAL EKOLOGIK MUAMMOLAR – CHO‘LLANISH MISOLIDA
Barqaror rivojlanishning asosiy poydevori bo‘lgan iqtisodiy salohiyat birinchi navbatda mamlakatimizning tabiiy resurslaridan, ayniqsa, yer-suv resurslaridan samarali foydalanishni taqozo qiladi.
Maqolani batafsil o'qish: buxdumatbuotxizmati/tdcXgiCGGJW" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/tdcXgiCGGJW
Mavjuda Ergasheva,
Buxoro davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi dotsenti, g.f.f.d. (PhD)
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅Делегация БухГУ приняла участие в конгрессе “Язык и образование”, организованным для педагогов-русистов Вузов и школ Республики Узбекистан.
Подробно: buxdumatbuotxizmati/8YMV8Gk7mn0" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/8YMV8Gk7mn0
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti 2-bosqich magistratura mutaxassisliklari talabalari kafedralarda ilmiy amaliyot(stajirovka) o'tashmoqda.
✅ Buxoro davlat universiteti Magistratura bo'limi, Tarix va yuridik fakulteti 70230501-Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Sarvinoz Djumayeva tomonidan "Arxeologik va etnografik bilimlar entegratsiyasi" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
🔵 Ochiq darsda magistratura bo'limi boshlig'i dotsent A.A.Turayev, Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi mudiri dotsent F.Temirov, magistratura bo'limi bosh mutaxassisi T.Ergashevlar ishtirok etishdi.
Magistrant S.Djumayeva tomonidan tashkil qilingan ochiq dars yuqori saviyada tashkil qilingan bo'lib, mashg‘ulot kafedra tavsiya etgan o‘quv-uslubiy majmua asosida olib borildi. Mashg‘ulotda axborot texnologiyalardan, yozuv doskasidan hamda pedagogik texnologiyalar keng foydalanildi.
Bugungi kunda universitetimizda 2022/2023 o'quv yili qishki qabuli bo'yicha 34 ta mutaxassisliklarda 148 nafar magistrlar 2-kursda tahsil olmoqda. Mazkur magistrlar ilmiy amaliyot(stajirovka) davrida tasdiqlangan jadval asosida ochiq dars o'tib berishlari belgilangan.
Bunday ochiq darslarni tashkil qilishdan asosiy maqsad, yosh kadrlarni oliy o'quv yurtlarida dars o'tish ko'nikmasini shakllantirish bilan birga ularni yuqori malakali pedagogik sifatida tayyorlashdan iborat.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ 25-oktabr - "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni"
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan Buxoro davlat universitetida faoliyat yuritayotgan soha xodimlarini samimiy tabriklab, tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alar topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli Qaroriga asosan 2025-yilda tayanch doktorantura (PhD) va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga hujjat topshirgan talabgorlar ixtisoslik fanlari bo'yicha dasturlar bilan universitet rasmiy sayti orqali tanishishlari mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ 25-OKTABR – ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI
Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni va xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni, shuningdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Tursunov Ikromjon Normurodovich, Boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari Bahodirxo‘ja Sharipov, Boshqarma boshlig'i o'rinbosari Uktam Askarov, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Shuxrat Jalolov, Buxoro viloyati IIB JXX YHXB boshlig'i podpolkovnik Bekzod Ulug'bekov, Buxoro davlat universiteti profilaktika katta inspektori, mayor Shoxnazar Qurbonov, katta leytenant Shaxlo Raxmatova, leytenant Azizbek Gulyamovlarni kasb bayramlari bilan chin qalbdan samimiy tabrik izhor etamiz!
Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas’uliyatli, shu bilan birga sharafli xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hurmat bilan, Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, prof. O.X.Xamidov
Bizni kuzatishda davom eting:
✅ 🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤
📝Diqqat, Xorijiy tillar yo'nalishlararo yozish va o'qish borasida bellashuvga start e'lon qilindi. 🏴 🇫🇷 🇩🇪
Me'zon hamda na'muna bilan tanishish uchun bu veb sahifaga kirish so'raladi.
👉 Link to Website (3 tilda)
👉 Google form da ism sharifingizni to'ldiring va telegram guruhiga link qo'lga kiritasiz.
🏆Yaxshi yozilgan ishlar rag'batlantiriladi quyidagi yo'lda.
🏆 1- o'rin (kitoblar to'plami va pul sovrini 💰)
🥈 2 - o'rin (kitoblar to'plami va pul sovrini 💰)
🥉 3 - o'rin (kitoblar to'plami va pul sovrini 💰)
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦 1️⃣1️⃣1️⃣
📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING NAVBATDAGI SONI!
HURMATLI PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!
🚴Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.
♾ 25-oktabr (Juma) kuni soat‼️ 05:30 ‼️da Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l oladigan "Ziyorat Velomarafoni"ga taklif etamiz!
Velomarafonga qatnashish uchun STRAVA ILOVASINI yuklab oling:
🔼https://play.google.com/store/apps/details?id=com.strava&hl=ru&gl=RU
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali
🎙BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamidov Obidjon Xafizovich
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ FOTOREPORTAJ: "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ Festivalni Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov kirish soʻzi bilan boshlab berdi. U nutqi davomida ushbu majmua ochilganiga oz muddat boʻlgan boʻlsa ham, shu paytgacha 2 ta jahon chempionatiga mezbonlik qilganligini, shuningdek, bunday majmua nafaqat viloyatda, balki mamlakatimizda ham sanoqli ekanligini aytdi.
Shu bilan birga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig`i Azamat Naimov, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov, Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti direktori Shavkat Imomovlar soʻzga chiqishdi. Ular shunday mukammal inshoot ochilganligi bilan Buxoro yoshlarini qutlashdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-oktabrdagi 167-son majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-26-oktabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekistonda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” hamda “O‘zbekistonda xalqaro madaniy meros haftaligi” xalqaro tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Haftalik doirasida, Buxoro davlat universiteti talabalari uchun AQShning Janubiy Florida universiteti Muma biznes kolleji Mehmonxona marketing bo‘yicha professori Fayzan Ali tomonidan “mehmon ma’ruzalari” tashkil etildi. Ushbu xalqaro darajadagi tadbirda Turizm va mehmondo'stlik yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar qatnashdilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Ezgu ishlar – yurt ravnaqi!
“Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi va kuzgi mavsumda ishlarni jadal tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqilishi, Prezidentimizning Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti bilan tanishganliklari, unda ekologiya, barqaror boshqaruv, atrof-muhit iqtisodiyoti ekologik huquqi, ekologik innovatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishlarida 500 nafar bakalavr va magistr tayyorlanishi ekologik muvozanatni barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolani batafsil o'qish: buxdumatbuotxizmati/vwK8G0DGpA8" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/vwK8G0DGpA8
Xayitov Y.Q.
BuxDU Ekologiya va geografiya kafedrasi professori
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅EKOLOGIK TA`LIM – BARQAROR RIVOJLANISH OMILI
Atrof-muhit sifati va ekologik inqirozlarning oldini olishda aholining xabardorligi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning ekologik ta’limi, madaniyati, ongi, huquqi hal qiluvchi omillardan biri sanaladi.
Maqolani batafsil o'qish: buxdumatbuotxizmati/oe59iG5W_Gt" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/oe59iG5W_Gt
Bobomurodova N.J.,
BuxDU Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o`qituvchisi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅YASHIL MAKON UMUMMILLIY DASTURI AMALDA: MUAMMO VA YECHIMLAR XUSUSIDA
Kuni kecha Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi va kuzgi mavsumda ishlarni jadal tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi va kuzgi mavsumda ishlarni jadal tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Maqolani batafsil o'qish: buxdumatbuotxizmati/pv4CLm8tl7q" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/pv4CLm8tl7q
Xolliyev Askar Ergashovich,biologiya kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori
Norboyeva Umida Toshtemirovna Ekologiya va geografiya kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori
Bizni kuzatishda davom eting:
#interesting_week
#zukko_kitobxon
BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "INTERESTING WEEK " loyihasidan o'rin olgan "ZUKKO KITOBXON" tanlovinining ilk soni bo'lib o'tdi.
📊 Tanlovda 15 ta jamoa ishtirok etib o'zaro bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. "Azimat", "Zukkolar" hamda "Fikrat" jamoalari bugungi o'yinda yuqori natijalarni qayd etishmoqda.
📌 "Zukko kitobxon" tanlovini o‘tkazishdan maqsad kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, talabalar va yoshlar orasida bilim olishni targ‘ib qilish hamda adabiy savodxonlikni rivojlantirishdir. Tanlov orqali ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, yangi kitoblarni o‘rganish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
➡️ Natijalar
Bizni kuzatishda davom eting:
Birinchi liga 2024 25-TUR
Jizzax FA: ✅ "BuxDU"
Bugun, 25-oktyabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 25-tur o‘yinlari doirasida Jizzax FA bilan o'yin o'tkazadi.
25.10.2024 ⏰ 14:00
Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!
Manzil: Jizzax viloyati Jizzax FA sport maydoni.
Bizni kuzatishda davom eting:
📣O'zbekistonning oliy ta'lim muassasalarida quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'qish istagini bildirgan xorijda istiqomad qiluvchi yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 25-oktyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
🚴♂️ Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Chor Bakr memoriy majmuasi bo'ldi.
Erta tongdan universitetimiz rektori O.X.Xamidov boshchiligida bir guruh professor o'qituvchilar, ishchi xodimlar Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l olishdi. Ushbu marafonning yangi mavsumi start olganligidan barchaning ko'ngli quvonchga to'ldi. Zero, Inson sog'lig'ining asosiy ustuni bu sport!
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣
📱“Huquq maktabi” mobil ilovasi yaratildi
⚡️Adliya vazirligi tomonidan tomonidan yaratilgan ushbu mobil ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanish mumkin.
❓ Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?
✅ Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
✅ Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
✅ Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar Adliya vazirligi va TDYUU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
🔠 Huquqiy savodxonligini oshirmoqchi bo‘lgan barcha o‘quvchi va talabalarga tavsiya etiladi.
Yuklab olish:
App Store | Play Market
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali
🎙Asadov Baxtiyor,
BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabasi
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ FOTOREPORTAJ: "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ Shuningdek, festival davomida Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetida tahsil olayotgan, sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchi talabalar taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅"O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali boshlandi.
Buxoro shahridagi Universal sport majmuasida viloyat, shahar hokimligi va huquq tartibot organlari vakillari, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari, oliy ta`lim muasssasalari rahbarlari, viloyat sport boshqarmasi tarkibiga kiruvchi federatsiyalar, sport maktablari va keng jamoatchilik vakillari, universitet professor-o'qituvchilari, talabalari ushbu sport festivaliga ishtirok etishmoqda.
Buxoro davlat universiteti huzuridagi Universal sport majmuasi 2024-yil 17-avgustda ochilgan bo'lib, bu yerda 2 ta yirik jahon chempionatlari o'tkazildi. Arenada asosan futzal oʻyinlari, shuningdek, 10 ga yaqin sport turidan (jumladan, shashka, shaxmat, voleybol, mini futbol, basketbol, tennis, stol tennisi, yengil atletika, boks, kurash) musobaqalar oʻtkaziladi.
Darhaqiqat, majmuada sport bilan muntazam shugʻullanish va xalqaro darajadagi musobaqalarni yuksak saviyada oʻtkazish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Inshoot tarkibidan 4 ming tomoshabinga moʻljallangan manej, oʻquv-mashgʻulotlar zali, VIP xona, oʻyin zali, yuvinish, kiyinish, sport jihozlarini saqlash xonalari oʻrin olgan. Tashqari qismida esa yugurish yoʻlaklari, sunʼiy qoplamali futbol maydoni, avtoturargoh bor.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅"O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali boshlanish arafasida
Buxoro davlat universiteti huzuridagi Universal sport majmuasida "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. Majmua kirish joyida BuxDU sportchi talabalari, professor-o'qituvchilarining yutuqlari aks etgan ko'rgazma tashkil etilgan. Shuningdek, San'atshunoslik fakultetining talaba yoshlari tomonidan mumtoz kuylar ijro etilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting: