❤️🔥❤️🔥❤️🔥✅
📣📣📣 Buxoro davlat universiteti “YIL DOKTORANTI” tanlovini e’lon qiladi.
Nominatsiyalar:👇
➡️ Sohasi boʻyicha o‘qish davrida Scopus bazasidan ro‘yxatdan o‘tgan jurnallarda maqolasi nashr etilgan doktorant (2024-yil 1-yanvardan 30-noyabrga qadar bo‘lgan nashrlar inobatga olinadi, mualliflar o‘rtasida teng taqsimlanadi, xorijiy mualliflar bundan mustasno);
➡️ Sohasi bo‘yicha OAK ro‘yxatidagi jurnallarda eng ko‘p maqola nashr qilgan doktorant (2024-yil 1-yanvardan 30-noyabrga qadar bo‘lgan mahaliy OAK ro‘yxatidagi nashrlar inobatga olinadi, mualliflar o‘rtasida teng taqsimlanadi);
➡️ Fundamental, amaliy va startap loyiha g‘olibi bo‘lgan doktorant (2024-yil 1-yanvardan 30-noyabrga qadar bo‘lgan loyiha mualliflari);
➡️ Muddatdan avval himoya qilgan doktorant (2-kursda himoya qilganlar inobatga olinadi);
➡️ Foydali model yuzasidan Patent muallifi;
➡️ Ilmiy faoliyat natijalari tijoratlashtirilgan doktorant; (tijorashtirilgan mahsulot ilova qilinadi);
➡️ Xorijiy tilda xorijda nashr qilingan monografiya muallifi.
✉️Ma’lumotlarni (+99891 440-33-70, @nafisaizatullayevna) telegram manziliga taqdim etishlari so‘raladi.
⏰Muddat: 2024-yil 20-dekabrga qadar
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅15-16-noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasida
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilda “Jamg‘arma stipendianti” deb e’tirof etilgan stipendiantlari, Jamg‘armaning bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida “Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash – Yangi O‘zbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi” mavzusidagi forum bo’lib o’tmoqda.
Ushbu forumda universitetimiz xodimi Sharifa Usmonova ham Jamg’armaning 2022-2023-yilgi bitiruvchisi sifatida ishtirok etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️✅ Universitetda 17-noyabr xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Hayitov Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti birinchi bosqich talabalariga "Ajiniyoz Qo'siboy o'g‘li ijodida Alisher Navoiy va Shayx Sa’diy an’analari " mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Qoraqalpog‘iston davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda Ajiniyoz Qo'siboy o'g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilaridan ayrim vakillar qatnashdilar. Kafedra o'qituvchisi Sherali Norqo'chqorov ayrim fikr mulohazalari bilan Qoraqalpog‘iston davlat universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti talabalari bilan muloqotda bo'ldi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼining 33 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
➡️Iqtisodiyot va turizm fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirni BuxDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Azizbek Amonov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningdek, Milliy gvardiya katta serjanti Xolmurodov Oqiljon hamda Buxoro viloyat prokuratura xodimi Maxtob Mustakimovalar soʼzga chiqib, har bir fuqaroni gʼururga toʼldiruvchi davlat bayrogʼining 33 yilligi bilan barchani muborakbod etishdi.
➡️Tadbir davomida Milliy gvardiyaning jangovor chiqishi hamda talabalar tomonidan turli tillarda aytilgan bayram tabrigi tinglandi. Qoʼshiqlar hamda raqslar ijro etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetida "Buxoro adabiy muhiti: kecha va bugun" mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo'lib o'tdi.
➡️ Ushbu xalqaro ilmiy-nazariy anjuman Buxoro davlat universiteti bilan birga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo'limi, Tojikiston Respublikasi Bobojon G'ofurov nomidagi Xo'jand davlat universiteti, Turkiya Jumhuriyati Hacetepe universiteti hamkorlikda tashkil etildi.
➡️Anjumanni ochib berish uchun universitet rektori O.X.Xamidov so'zga chiqdi. U nutqi davomida BuxDU O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi ilmiy salohiyati hamda iqtidorli talabalari bilan alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tdi.
➡️Mazkur anjuman doirasida "Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo'yicha elektron platforma yaratish" mavzusidagi amaliy loyiha o'rin olgan.
➡️ Anjuman davomida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo’limi raisi, dotsent Shodmon Sulaymonovning “Buxoro adabiy xarakatchiligining rivojlanish tamoyillari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, Filologiya fanlari doktori, professor Shoira Axmedovaning “ XX asrning 20-yillari O’zbek adabiy tanqidchiligida tanqidiy-biografik ocherk janri rivojida Fitratning o’rni” mavzusidagi muhim ma’ruzasi tinglandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎧 BASTAKOR TALABA SAN’ATINING NAMOYISHI
✅ Buxoro davlat universiteti “San’atshunoslik va pedagogika” fakultetida tahsil olayotgan bastakor talaba Furqat Oripov o‘zining “Rennesans” deb nomlangan betaror madaniy-musiqiy kecha va konsert dasturini o‘tkazdi.
Tadbirda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda bastakorning musiqasini kuyga solib ijro etib kelayotgan ko‘plab taniqli san’at ustalari ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim #Bayroq_nomusim
☄️📚✅18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Buxoro shahrida "Muqaddasdir - Vatan bayrog‘i" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Unda Buxoro davlat universitetidan Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti boshchiligida 150 nafar Jismoniy madaniyat va sport fakulteti pedagog-xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_ğururim #Bayroq_nomusim
☄️📚✅18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Sana munosabati bilan Buxoro davlat universiteti jamoasi va ayniqsa, talaba-yoshlari turli xeshteg, fleshmob va aksiyalar orqali Davlat bayrog‘iga bo‘lgan mehrini, sadoqatini ifoda etib kelmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#ZIYORAT_VELOMARAFONI
🚴♀️ An'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Sitorai Mohi Xossa ziyoratgohiga sayohat bo'ldi🚴♀️
Bugun,15-noyabr Sitorai Mohi Xossa meʼmoriy majmuasi tomon yo`l olgan velomarafonda Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshayev boshchiligidagi professor-oʻqituvchilardan iborat jamoa ushbu marafonda qatnashdi.
☝️"Ziyorat Velomarafoni" har haftaning JUMA kuni bo'lib o'tadi. #BuxDU jamoasi barchangizni "Ziyorat velomarafoni"ga chorlab qoladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Bir bayroq ostida birlashamiz!!!
🇺🇿🇺🇿 Davlat bayrogʻi va uning ramzi bugungi Oʻzbekiston sarhadida mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi.
BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakultetida "Bir bayroq ostida birlashamiz" shiori ostida targʻibot aksiyasi oʻtkazildi.
BuxDU Axborot xizmati bo'limi yetakchi mutaxassisi Bafoyev Bekzod hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti Matbuot kotibi Saloxiddinov Nosirjon tomonidan olingan rasmlar va video.
Bizni kuzatishda davom eting:
#InnoWeek_2024
Bugundan “InnoWeek.Uz-2024”ga start berildi
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-olimlar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.
Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharofiddin Rajabboyev, Tailand Milliy tadqiqot kengashi ijrochi direktori Wiparat De-ong, BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujiilar kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27391
Bizni kuzating
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
🚴♀️ HURMATLI BUXORO SHAHRI AHLI! PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!
🔈Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.
⤵️ 15-noyabr (Juma) kuni soat‼️ 05:30 ‼️Sitorai Mohi Xossa meʼmoriy majmuasi tomon yo`l oladigan velomarafonga barchangizni taklif etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Bugun, 14-noyabr xalqaro sotsiologlar kuni munosabati bilan BuxDU katta majlislar zalida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣0️⃣0️⃣0️⃣
⚽️ 12-13 noyabr kunlari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan sportning Mini futbol sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥇- o'rin BuxDU
🥈- o'rin BuxDPI
🥉- o'rin BMTI qo'lga kiritdi.
🎉 Buxoro davlat universiteti jamoasi Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
❤️🔥❤️🔥❤️🔥✅
📣 Buxoro davlat universiteti doktorantlar ilmiy faoliyatini samarali baholash, ular iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “BuxDU FLAGMAN DOKTORANTLARI” bazasining II bosqichi shakllantirilmoqda, shu munosabat bilan quyidagi 👇mezonlar👇dan biriga mos keluvchi doktorantlar ma’lumotlarni (+99891 440-33-70, @nafisaizatullayevna) telegram manziliga taqdim etishlari so‘raladi.
Mezonlar:
✅ Belgilangan o‘qish muddatidan oldin himoya qilgan; (2024-yil taqvimidan boshlab)
✅ O‘qish davrida Scopus bazasidan ro‘yxatdan o‘tgan jurnallarda maqolasi nashr etilgan;
✅ Fundamental, amaliy va startap loyiha g‘oliblari;
✅ Innovatsion rivonlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan ilmiy stajirovka g‘oliblari;
✅ Davlat mukofoti va nomdor stipendiya sohiblari.
⏰Muddat: 2024-yil 20-dekabrga qadar
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅"InnoWeek-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida Ilmiy va innovatsion faoliyat bo'yicha III xalqaro forum yakunida BuxDU tayanch doktoranti Baxtiyor G'aniyev 2024-yilda innovatsion g'oyalar yetakchisi ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarli tomoni ketma-ket ikkinchi bor Buxoro viloyati bo'yicha "Innovatsion g'oyalar yetakchisi" ko'krak nishoni bilan universitet yosh olimi taqdirlandi. Universitet tayanch doktoranti Baxtiyor G'aniyev 2024-yilda ushbu ko'krak nishoniga munosib deb topildi. Universitet jamoasi Baxtiyor G'aniyevni ushbu muaffaqiyat bilan qutlaydi. Eslatib o'tamiz 2023-yilda ushbu nishon bilan universitet yosh olimasi Nargiza Nazarova taqdirlangan edi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️✅ Universitetda 17-noyabr xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
➡️ Batafsil:
📷 Fotolavhalar:
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti jamoasi "InnoWeek.Uz-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligida ishtirok etmoqda.
💠 “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.
✅ Bugun, 15-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori T.Rasulov, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi O.Sayfulloyev, Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri O.Umarov, universitet tayanch doktoranti B.Ganiyevlar "InnoWeek.Uz-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligida ishtirok etishmoqda.
✅ Universitet jamoasi O'zbekiston-Eron innovatsion texnologiyalari forumi doirasida bir qator xorijiy potensial hamkorlar bilan muloqot o'tkazdi. Xususan, Eronning texnologiyalar sohasidagi "Gaam elektronic system", kimyo sohasidagi "Ayerma" yirik korxonalari, Ispaniyaning sun'iy intellekt sohasidagi "Laberit" korxonasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
🎭 BuxDUda teatr tomoshasi
➡️ BuxDU Filologiya fakultetining A.Fitrat nomidagi talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asaridan sahnalashtirilgan teatri talabalarga namoyish etildi. Teatr tomoshasini viloyatdagi teatrlardagi jamoalarning vakillari, universitet rahbar-xodim, professor-o‘qituvchilari ayniqsa, darsdan bo‘sh bo‘lgan, talabalar turar joylarida yashaydigan talaba-yoshlari maroq bilan tamosha qilishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni hamda “5 muhim tashabbus” doirasida, universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish maqsadida talaba-yoshlari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” va “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovlari o‘tkazildi.
Mazkur tanlov “5 tashabbus” doirasida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi. Tanlovda 7 ta jamoalar 2 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
1-shart “Men yoqtirgan asar” sharti.
2-shart “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob sharti.
Hakamlar hay’atining xulosasi va umumiy ballarga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: “Kitobxon” jamoasi – Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
2-o‘rin: “Cho‘lpon” jamoasi - Filologiya fakulteti
3-o‘rin: “Behbudiy” jamoasi - Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakuleti
N.Norova - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi v.b. dotsenti, PhD
N.Qodirova - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti
Z.Soxibova - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti
F.H.Bobojonova – Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, t.f.n
M.Orziyev - Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, PhDlar hakamlik qildilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 15-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Talaba-yoshlar jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tarafdori”
✅ “Talaba-yoshlar jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tarafdori ” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Buxoro viloyat vakili Yusuf Salomov, Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi diniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Bayozxon Mahmudov, O‘zbekiston Xalqaro islom akadmemiyasi Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri Farxod Karimov, universitet rahbar-xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_ğururim #Bayroq_nomusim
☄️📚✅18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Sana munosabati bilan Buxoro davlat universiteti jamoasi va ayniqsa, talaba-yoshlari turli xeshteg, fleshmob va aksiyalar orqali Davlat bayrog‘iga bo‘lgan mehrini, sadoqatini ifoda etib kelmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov “InnoWeek.Uz-2024”da ishtirok etmoqda.
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda. Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda universitetimiz rektori O.X.Xamidov ham ishtirok etdi hamda bir qator loyihalar bilan tanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ "Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik - umrboqiy qadriyatlar"
🖼️ Yoshlar orasida do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishni maqsad qilgan holda Buxoro davlat universiteti faollar zalida Do'stlik madaniyat markazi bilan hamkorlikda "Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik - umrboqiy qadriyatlar" shiori ostida "O'zbekiston - umumiy uyimiz" mavzusida ilmiy - amaliy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
Jarayondan lavhalar:
Bizni kuzatishda davom eting:
🧠🧠🧠🧠🟦🟦🟦🟦🟦
⚡️✅ Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari uchun tashkil etilgan "Rektor kubogi" "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.
✅ Qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'lgan o'yinda saralab olingan 6 ta jamoa final bosqichida ishtirok etdi.
📊 Kuzgi mavsum finalida quyidagi natijalar qayd etildi:👇
🥇-o'rin - "BuxDU" jamoasi;
🥈-o’rin - "Uzbek power" jamoasi;
🥉-o'rin - "Arxeologlar" jamoasi.
🎉G'oliblar "17-noyabr Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Buxoroda "Jadid ma’rifati" hujjatli filmi suratga olinmoqda.
"Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan suratga olinayotgan ushbu film bugun Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida olindi.
Ijodiy guruhga Buxoro Davlat Universiteti professor va dotsentlari intervyu berishdi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube