buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Innoweek_2024

R:ED FEST bilan robototexnika olamini kashf eting!


‼️Agar siz muhandislikka qiziqsangiz va ishlanmalaringizni xalqaro darajada namoyish etishni istasangiz, imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishning ayni vaqti.

14-16-noyabr kunlari “InnoWeek.UZ-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkaziladigan R:ED FEST robototexnika musobaqasiga marhamat.


8 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar muhandislik ishlanmalari orqali quyidagi yo‘nalishlarda bellashadilar:

-Yo‘lak bo‘ylab harakatlanish;
-Sumo;
-Robotlar futboli;


🟥Musobaqada g‘olib bo‘lganlar kelgusida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan robototexnika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

🌐Musobaqada BAA, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston davlatlari vakillari mehmon sifatida qatnashadilar.

🛫Yangi g‘oyalar, noodatiy bellashuvlar, xalqaro darajadagi muloqot platformasida bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

⚡️Hoziroq havola orqali o‘tib ishtirokingizni tasdiqlang.

✔️https://innoweek.uz/competition/fest

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | mininnovation">YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

⚡️ Qo'shma ta'lim dasturlarni muvofiqlashtirish bo'limida 2024-2025-o'quv yili qabulining ikkinchi bosqichi o'tmoqda.

Joriy yilning 30-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti qo'shma ta'lim dasturlarni muvofiqlashtirish bo'limida 2024-2025-o'quv yili qabulining 2-bosqichi Davlat test markazida o'tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2021 yildagi 421-son qaroriga mivofiq birinchi bosqichda kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plagan abituriyentlar ikkinchi bosqichda o‘tkaziladigan imtihonda ishtirok etishga haqli.

Ikkinchi bosqichda chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 40 foizini to‘plagan abituriyentlar qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, o‘qishga qabul qilinadi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

С 28 по 30 октября магистранты 2 курса по направлению «Русский язык как иностранный», обучающиеся по совместной программе с Казанским федеральным университетом под руководством доцента кафедры русского языка и литературы БухГУ и кафедры русского языка как иностранного КФУ Муртазаевой Ф. Р., активно участвовали в Форуме руководителей школ, преподавателей русского языка и предметов на русском языке. Мероприятие, организованное Институтом русского языка РУДН на базе Бухарского университета инноваций при поддержке Федерального агентства по делам Содружества Независимых Государств, соотечественников, проживающих за рубежом, и по международному гуманитарному сотрудничеству, стало значимой платформой для обмена опытом, совершенствования навыков и обсуждения актуальных вопросов преподавания и методики обучения русскому языку как иностранному.

Участие в Форуме помогло магистрантам углубить знания, познакомиться с новыми методическими подходами и принять участие в профессиональных дискуссиях, что способствует их становлению как квалифицированных специалистов.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz 👨‍🏫👩‍🏫

☄️📚 Sadullayeva Vazira Ismatovna tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

🔵 Sadullayeva Vazira Ismatovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Buxoro amirlarining ilm-fan maorif sohasidagi siyosati (1756-1920-yy)” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

🎉 Dissertant Sadullayeva Vazira Ismatovna hamda ilmiy rahbarni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyat filialida “Tashkiliy xulq” hamda “Operatsion menejment” fanlaridan amaliy mashg`ulot tashkil etildi.

29-oktabr kuni Marketing va menejment kafedrasi mudiri J.R.Toxirov va kafedra dotsenti Z.T.Jo`rayeva “Fan-ta’lim-ishlab chiqarish” uchburchagining samarali integratsiyasini amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyat filialida 60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar) ta’lim yo`nalishi 2-bosqich 3-1MEN-23 guruh talabalari uchun “Tashkiliy xulq” hamda “Operatsion menejment” fanlaridan amaliy mashg`ulotlarni olib borishdi. Sayyor tarzda tashkil etilgan amaliy mashg`ulotlarini filial rahbari Z.I.Jumaev kirish so`zi bilan ochib, talabalarga filialda yaratilgan sharoitlar hamda bajaradigan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berdi. Amaliy mashg`ulotlar yakunida talabalarga davlat xizmatiga kadrlarni tanlov asosida qabul qilish bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida test topshirish va bilimlarini sinab ko`rish bo`yicha amaliy sinov tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

📢 Buxoro davlat universiteti tasarrufidagi  Qorako‘l  akademik  litseyi o‘quvchilari uchun  Buxoro davlat universitetining  “REKTOR STIPENDIYASI” tanlovi o'tkazildi

🔖TANLOV 2 BOSQICHDA O'TKAZILDI:

📶  TANLOVNING 1-BOSQICHIDA: Talabgorlarning ilmiy, ijodiy va boshqa yutuqlari baholash mezoni asosida baholandi.

📶 TANLOVNING 2-BOSQICHIDA:
Talabgorlar mutaxassilik  fanlaridan test topshiriqlarini bajardilar.
🔰Tanlov jarayonlarida 24  nafar Qorako'l akademik litseyining 2-bosqich o'quvchilari ishtirok etdilar

📞 Murojaat uchun: 97 305 62 20

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

https://uza.uz/uz/posts/zamonaviy-yotoqxona-foydalanishga-topshirildi_651328

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Universitet yana bir yangi yotoqxonasiga ega bo‘ldi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🇺🇿“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!

Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 280 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.

Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq, o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

➡️talabayoshlar/zx5Lh6h--pE">Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#yoshlar_ittifoqi
#talaba_kayfiyati

⚡️✅ Talabalarga eng oxirgi o'qigan kitobingiz savoli bilan yuzlandik.

👨‍🎓 "Talaba kayfiyati" loyihasi doirasida barchaga kayfiyat ulashishda davom etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐
Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Gunadarma universiteti rektorining tashrifi

Bugun universitetimizga mashhur olima, Indoneziyaning Gunadarma universiteti rektori, O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi, BuxDU faxriy professori Eko Sri Margianti tashrif buyurdi.

Eko Sri Margianti mamlakatimizda o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat, shahar va tumanlar kengashlariga saylovlar jarayonida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Saylovlarni o‘tkazish jarayonlariga yuqori baho berish qatorida E.S.Margianti mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni ham kuzatib borayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Universitet ofis-registrator markazi faoliyati bilan tanishgan E.S.Margianti Gunadarma universiteti tajribasi bilan ham o‘rtoqlashdi hamda ofis-registrator faoliyatini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalarni berdi. Masalan, taklif etilayotgan xizmatlar qatoriga tayanch doktorantlar uchun ham ma’lumotlarni taqdim etishni kiritish maqsadga muvofiqligi ta’lidlandi.

Universitet rektori O.Xamidov bilan uchrashuvda ba’zi bir muhim yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan masalalar bo‘yicha kelishib olindi. Xususan, yaqinda Gunadarma universiteti yordamida indonez tili kurslarini tashkil etish, xususan gid-hamrohlarni indonez tilida ham tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU #Ona_tilim

⚡️21-oktabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi munosabati bilan BuxDUda tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar to'g'risida video tahliliy ma'lumot 👆

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#talabaga_yengillik

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Xalqaro_olimpiada

🟥Turkmaniston ta’lim vazirligi tomonidan joriy yilning 1-noyabr kuni umidaxalikova/WoJ8ghP9luc">Turkman davlat moliya institutida bo‘lib o‘tadigan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fani bo‘yicha Xalqaro internet olimpiadasida Buxoro davlat universiteti nomidan ishtirok etuvchi jamoa Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari orasidan saralab olindi

1. Mustafayeva Maftuna – Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
2. Teshayev Xotamjon – Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
3. Mansurova Maxliyo – Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
4. Shadiyeva Madina – Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi


❗️Xalqaro olimpiada jarayonlari Turkmaniston davlat moliya instituti rasmiy saytida o‘tkazilishi munosabati bilan, ishtirokchilar Bosh bino 305-xonadan onlayn translyatsiya orqali xalqaro olimpiada jarayonlarida ishtirok etishlarini ma'lum qilamiz

Xalqaro olimpiada ishtirokchilari 2024-yilning 1-noyabr kuni soat 11:00 da Bosh bino 305-xonaga biometrik pasportning asl nusxasi bilan kelishlari lozim

🏆BuxDU jamoasiga “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fani bo‘yicha Xalqaro internet olimpiadasida yuksak marralarni egallashni tilab qolamiz!

📞Murojaat uchun tel: 97 305 62 20

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Malayziyaning Malaya universiteti rektori professor Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Birinchi liga 2024 26-TUR

"BuxDU" : Navoiy FA

Bugun, 30-oktyabr kuni Buxoro davlat universitetining  BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 26-tur o‘yinlari doirasida Navoiy FA bilan o'yin o'tkazadi.

30.10.2024 ⏰ 14:00

Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!

Manzil: Buxoro viloyati Umid sport maydoni.

TO'G'RIDAN TO'G'RI TOMOSHA QILISH UCHUN https://youtube.com/live/92UZ6_ewo30?feature=share

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#xalqaro_olimpiada
📣umidaxalikova/3YozSd705-v">DIQQAT E’LON!

Tojikiston Respublikasi Tojikiston davlat universiteti tomonidan 2024-yil 28-30-noyabr kuni Xalqaro biologiya fan olimpiadasi bo‘lib o‘tishi munosabati bilan xalqaro olimpiada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalarni

Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tadigan olimpiadaning saralash bosqichiga taklif etamiz


❗️Olimpiadaning asosiy maqsadi talabalarning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy ta'lim texnologiyalari bilan ishlash tajribasini o'zlashtirishiga, shuningdek, qo'yilgan muammolarni tezda hal qilishga va ijodiy salohiyatni rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan.

Olimpiadaning saralash bosqichi 2024-yilning 7-noyabr kuni Bosh bino Kichik faollar zalida o‘tkazilishini ma’lum qilamiz


Olimpiada ishtirok etish istagini bildirganlar quyidagi havola orqali 5-noyabrga qadar (o‘sha kuni ham) ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
RO'YXATDAN O'TISH TUGMASI

Belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tmaganlar olimpiadada ishtirok eta olmasligini bildiramiz.

🏆Olimpiada jarayonlariga 1-4 kurs talabalari hamda 1-bosqich magistrlar ishtirok etishi mumkin

Shoshiling imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 BuxDU yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan "BuxDU PUBG Tournament" kibersportning PUBG Mobile turniri muvaffaqiyatli o'tkazildi!

☄️Tadbir davomida ishtirokchilar o'z mahoratlarini namoyon etdilar, kuchli raqobat va qiziqarli janglar bo'lib o'tdi. Har bir jamoa o'z strategiyalarini qo'llab, g'alaba qozonish uchun kurashdi.

🔥O'yin yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

1- o'yin:
👇
🥇 1-o'rin: V.I.P jamoasi;
🥈 2-o'rin Forever jamoasi;
🥉 3- o'rin Crazy jamoasi.

2- o'yin
👇
🥇 1-o'rin: "Old esports" jamoasi;
🥈 2-o'rin: "Okalar" jamoasi;
🥉 3-o'rin: "10 Team stim" jamoasi.

🔥 Yangiliklar va kelgusi turnirlar haqida ma'lumot olish uchun bizni kuzatib boring!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦

⚡️Oftobi sug'diyon, tojik, fors milliy-madaniy markazi va Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti hamkorligida "Ovozi tojik" gazetasining yuz yillligiga bag'ishlangan badiiy dastur tashkil etildi.

◀️Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Birinchi liga 2024 26-TUR

"BuxDU" : Navoiy FA

Bugun, 30-oktyabr kuni Buxoro davlat universitetining  BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 26-tur o‘yinlari doirasida Navoiy FA bilan o'yin o'tkazadi.

30.10.2024 ⏰ 14:00

Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!

Manzil: Buxoro viloyati Umid sport maydoni.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Viloyat hokimi Botir Zaripov professor Eko Sri Margianti bilan uchrashdi.

Bugun, 29-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Indoneziyadagi Gunadarma universiteti rektori, Indoneziya – O‘zbekiston do‘stlik uyushmasini rahbari, O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi, professor Eko Sri Margianti bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev, Viloyat hokimi matbuot kotibi O.Jo'rayev ishtirok etishdi. Uchrashuvda Buxoro viloyati delegatsiyasining Indoneziyaga, shuningdek, indoneziyaliklarning Buxoroga avvalgi tashrifi doirasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni jadallashtirish, xususan, ta’lim, madaniyat va ziyorat turizmi yo‘nalishida zarur chora-tadbirlarni belgilash bilan bog‘liq masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi jarayonini kuzatishda Indoneziyadan xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan professor Margianti o‘z mamlakatidagi 30 dan ortiq universitet bilan O‘zbekistondagi oliy ta’lim dargohlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda o‘zining beqiyos hissasini qo‘shib kelmoqda. Muloqot davomida turizm sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ilm-fan va innovatsion loyihalarda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarining ishtirokini ta’minlash kabi masalalar ham muhokama qilindi. O‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada yaxshilash, ta’lim tizimi va turizmda aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv soʻngida Botir Zaripov tomonidan professor Eko Sri Margiantiga esdalik uchun sovgʻalar topshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti faollar zalida "Ovozi tojik" gazetasining yuz yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekistonda barcha millat va elatlar vakillarining erkin va farovon yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi ko‘p marotaba e’tirof etildi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

Hurmatli fuqarolar❗️

🔥IS GAZIDAN OGOH BO‘LING! 🔥

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

1️⃣1️⃣1️⃣

#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI

🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marafonda universitet rahbar-xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚 Sankt-Peterburg politexnika universiteti vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Kuni kecha, universitetimizga jahonning Top-500 universitetlari qatoriga kiruvchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti OTMlararo xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yekaterina Belyayevskaya tashrif buyurdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda prorektorlar A.Jo‘rayev va T.Rasulov ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikda malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, hammualliflikda Scopus va WoS bazalariga kiruvchi jurnallarda maqolalar chop etish, xalqaro reytinglar ko‘rsatkichlariga mos keluvchi boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha masalalar kelishib olindi.

Ta’kidlash joizki, politexnika universiteti universitetimizning yaqin hamkorlaridan hisoblanib, 2024-yilda ushbu universitetda 10 nafar professor-o‘qituvchimiz malaka oshirishgan. Yil oxiriga qadar texnik va aniq fanlar sohalarida tanlab olingan yana 15 professor-o‘qituvchining malaka oshirishi tashkil etiladi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Lanjou universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun 28-oktabr kuni xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev Xitoyning Lanjou universiteti (Lanzhou University) delegatsiyasini qabul qildi. Tarkibi asosan siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi mutaxassislardan shakllangan delegatsiya vakillari bilan suhbatda o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida aniq takliflar muhokama qilindi.
Shu jumladan:
- Lanjou universiteti professor-o‘qituvchilarining “Yurisprudensiya”, “Siyosatshunoslik” yo‘nalishlari talabalari uchun onlayn ma’ruzalari tashkil etiladi. Kelgusida ochilishi rejalashtirilgan “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishida Lanjou universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Xitoyga oid maxsus kurslar o‘qitiladi;
- BuxDU va Lanjou universiteti hamkorligida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda respublikamiz OTMlari uchun tijoriy asosda taklif etiladi;
- Lanjou universiteti huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi uchun BuxDU olimlarining onlayn ma’ruzalari tashkil etiladi;
- Hamkorlikda yozgi va qishki maktablar yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun: Lanjou universiteti QS-2024 reytingida 791-800 guruhida, U.S.News-2024 reytingida esa 485-o‘rinda joylashgan. Universitet Xitoyning Project-211, Project-985 kabi maxsus rivojlantirish dasturlarining a’zosidir. Rasmiy veb-sahifasi: https://en.lzu.edu.cn

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#talabaga_yengillik

⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Ayni damda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovining Buxoro viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Respublika_olimpiadasi

🇺🇿Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi” DM tomonidan dasturlash bo‘yicha “ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi


Olimpiada jarayonlarida Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasidan 4 ta jamoa
1. Starborn jamoasi
2. BuxDU jamoasi
3. ButeForce jamoasi
4.BITSTERS jamoasi
hamda
Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasidan 1 ta jamoa
5. SMART GIRLS jamoasi

Jami 5 ta jamoa universitetimiz sharafini himoya qilib, hududiy bosqichda g‘olib bo'lib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Olimpiadaning Respublika bosqichida BuxDU jamoalariga omad tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Malayziyaning Malaya universiteti rektori professor Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Buxoro davlat universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Malayziyaning Malaya universiteti rektori Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman universitetimizda bo`ldi. Mehmonni universitetimiz rektori Obidjon Xafizovich hamda universitet rahbariyati kutib olishdi. Professor Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman universitetlararo hamkorlik aloqalarini kuchaytirish maqsadida universitetimiz imkoniyatlari bilan tanishdi.

"BuxDUning boy tarixi, matematika, tillar, tarix va axborot texnologiyalarning yangi sohalaridagi yutuqlar menda katta taassurot qoldirdi." -deydi professor Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman.

Malaya universiteti rektori Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman hamda BuxDU rektori Obidjon Xafizovich hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Jumladan, biznes, tibbiyot, matematika, raqamli texnologiyalar, turizm va sunʼiy intellekt sohalaridagi hamkorlik kengaytirildi. Qo'shma hamkorlikning keng imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Sun'iy intellekt hamda menejment bo'yicha magistratura hamda PhD dasturlari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida sun'iy intellekt va raqamli rivojlanish bo'yicha qo'shma markazlar va hamkorlik rejalari, ikkala universitetda kuchli sohalarda qo'shma hamkorlik uchun keng imkoniyatlar muhokama qilindi.

Tashrif davomida BuxDU Ofis registrator markazi, Robototexnika markazi, BuxDU muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Malaya universiteti 1949-yil 8-oktyabrda Malaya shahrida tashkil etilgan birinchi universitetdir. Bugungi kunda universitet dunyoning taniqli tadqiqot institutlari va universitetlari bilan hamkorlik qiladi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал