🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ 27-sentabr Xalqaro Turizm kuni munosabati bilan Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov hamda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Abror Jo'rayevlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandilar.
💐Avvalambor, ushbu yuksak eʼtirof davlatimizning universitetimiz jamoasiga qilgan eʼtibori sanaladi. Shunday ekan, barchamizga mukofotlar muborak bo‘lsin!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
✍️ "Umr oʼtgan kun emas, esda qolgan kun" deydi Amirqul Karimov soʼzining boshida. U soʼzga chiqishi bilan talaba yoshlar gʼoyat ziyraklik bilan tinglashdi, chunki Amirqul Karimovning hayot haqidagi fikrlari, boshidan kechirgan tajribalari gʼoyat bebaho xazinadir. "Insonning koʼzi uning umr eshigi" deya qilgan tashbehi esa barchani hayratga solib, sergaklantirdi.
📚Ijodkorlar universitet yoshlariga ularning ijodiga qiziqish bildirganlari uchun minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek, oʼz kitoblaridan universitet talabalari oʼqishlari uchun kutubxonaga tuhfa etishdi. Ushbu kitoblarni qiziquvchilar foydalanishsa, mumnun boʼlishlarini bildirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Ayni damda Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari AMIRQUL KARIMOV hamda ZIKRILLA NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi), universitetimizga tashrifi talabalarimizni mamnun etdi. Joʼshqinlik uchrashuvda hokimlik qilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
#Marketing_va_karyera
#yarmarka
#bandlik
🔔 Hurmatli hamyurtlar! Bitiruvchi yoshlar! Sizlarga yuqori daromadli bo‘sh ish o‘rinlari kerakmi? Unda Sizni mehnat yarmarkasiga taklif qilamiz.
✅ Joriy yilning 25-sentabr kuni soat 09:00 dan boshlanadigan Buxoro viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va Qorako'l tuman hokimligi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etiladi.
📌Yarmarkada respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan "Enter Engineering" va "ARTEL" kompaniyalari hamda MTO gaz-kimyo majmuasi 1000dan ortiq ish o'rinlarini taklif etadi.
🤝 Keling, ishtirok eting. Mavjud vakansiyalar bilan tanishib, o‘zingizga yoqqan yo‘nalishda ishli bo‘ling!
📍Manzil: Qorako'l tuman Madaniyat markazi.
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚 ✅ 1- oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab "KASABA UYUSHMASI KUBOGI" sport musobaqalari boshlandi.
Ayni damda Buxoro davlat universiteti professor - o'qituvchilari o'rtasida sportning SHAXMAT va SHASHKA turlari bo'yicha bahslar bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI (FIZIKA-MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI)
🔵 Bugun, 24-sentabr kuni Buxoro davlat universitetida Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari bilan "Rektor va yoshlar uchrashuvi" tantanali ravishda boshlandi.
"BuxDU talabasi boʼlish-sharaf" deydi universitet rektori O.X.Xamidov. Binobarin, Buxoro taʼlim chashmasi ekanligi tarixdan maʼlumdir. Shuningdek, rektorimiz Obidjon Xamidov talabalarga universitet tizimini, fakultet rahbariyatini, masʼul xodimlarni tanishtirdi. Shuningdek, ushbu yoʼnalish juda muhim ekanligi hamda kelgusida yaxshi kadr boʼlib yetishishlarida omad tiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
✅ BuxDUda 2024-2025 oʻquv yili uchun “Talabalar ligasi” start oldi. Ushbu musobaqalar sportning 9 ta turini oʻz ichiga oladi, jumladan, futbol, basketbol, voleybol, stol tennis, shaxmat, gandbol, badminton, yengil atletika, milliy kurash.
Musobaqalar gandbol sport turi boʻyicha oʻgʻil bolalarning qizgʻin kuch sinashishlari bilan boshlandi.
Birinchi kun o'yin natijalari quyidagicha:
🥇- o'rinni Jismoniy tarbiya va sport fakulteti
🥈- o'rinni Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
🥉-o'rinni Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamoalari qo'lga kiritdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
Buxoro shahridagi oliy taʼlim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Taʼlim to‘g‘risidagi" Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
☄️📚✅"Sog'lom hayot sari birgalikda" shiori ostida yurish marafoni!
🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marafonda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
JARAYON
#SPORT#BuxDU #Besh_tashabbus_olimpiadasi #talaba_liga
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" sport musobaqalariga 20-sentabr kunidan start berilib (yengil atletika, stritbol, voleybol, mini futbol, stol tennisi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Barcha talaba-yoshlarni (kursidan qat’iy nazar) 24 sentabrdan 28 sentabr kuniga qadar soat 14:00 da MINI FUTBOL musobaqalariga faol qatnashishga chaqiramiz. Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlarga murojaat qiling!
Musobaqa BuxDU sport zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🤚
☄️📚 ✅1 oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab "KASABA UYUSHMASI KUBOGI" sport musobaqasi
#BuxDU#kasaba_uyushmasi_kubogi
Buxoro davlat universiteti professor - o'qituvchilari o'rtasida:
24 sentabr kuni soat 15:00 da SHAXMAT va SHASHKA (erkak va ayollar, shaxsiy birinchilik)
25 sentabr kuni soat 15:00 da STOL TENNISI (erkak va ayollar, shaxsiy birinchilik)
26 sentabr kuni 15:00 da VOLEYBOL (erkaklar jamoaviy)
Musobaqa BuxDU bosh bino hamda sport zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🤚
☄️📚 ✅Besh tashabbus olimpiadasi
Xabar berganimizdek, Buxoro davlat universitetida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" sport musobaqalariga start berildi.
Bugun sportning voleybol turi qiz bolalar o'rtasidagi musobaqalar bo'lib o'tdi.
Qizg'in va munozaralarga boy bo'lgan o'yinlarda quyidagi natijalar qayt etildi.
🥇- o'rinni Jismoniy tarbiya va sport fakulteti
🥈- o'rinni Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti
🥉-o'rinni Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti qo'lga kiritdi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🇺🇿 Sport qadim zamonlardan beri insoniyatning jismoniy, shaxsiy va aqliy rivojlanishining asosi boʻlib xizmat qiladi. Shuning uchun ham, sport bilan shugʻullanishning ijobiy jihatlari talaygina.
Sportning hayotimizga kiritishi mumkin boʻlgan imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yurtboshimiz ham sportchilarni qoʻllab-quvvatlaydi. Buni Parij olimpiadasi yoki paralimpiya musobaqalariga diqqat qaratish orqali ham koʻrishimiz mumkin.
✅ Sportning cheksiz ijobiy tomonlarini nazarda tutgan holda Buxoro davlat universitetida ham bir qator sport musobaqalari tashkil etiladi. Jumladan, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini oʻtkazish an’ana tusiga kirgan. Bugun, BuxDUda 2024-2025 oʻquv yili uchun “Talabalar ligasi” start oldi. Ushbu musobaqalar sportning 9ta turini oʻz ichiga oladi, jumladan, futbol, basketbol, voleybol, stol tennis, shaxmat, gandbol, badminton, yengil atletika, milliy kurash.
Musobaqalar gandbol sport turi boʻyicha oʻgʻil bolalarning qizgʻin kuch sinashishlari bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI (IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI)
Bugun, 23-sentabr kuni "Iqtisodiyot va turizm" yoʼnalishi talabalari bilan "rektor va yoshlar uchrashuvi" koʼtarinki ruh bilan boshlandi. Hurmatli rektor talabalarning talabalik maqomiga erishganliklari bilan muborakbod etdi. Shu bilan birga, talabalar gʼoyatda kerakli sohada taʼlim olishayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan boʼlib, avvalo, universitet masʼul xodimlari tanishtirildi, universitetning taʼlim tizimi haqida maʼlumotlar berildi va savol-javoblar qizgʼinlik bilan davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Interesting_week #Talant_shou
🇺🇿 BuxDU Yoshlar Ittifoqi BT tomonidan talabalarning o'z iqtidor va qobiliyatlarini kashf etishlariga, namoyish etishlariga imkoniyat yaratish va ularni amaliy qo'llab-quvvatlash maqsadida "Talant shou" mega loyihasiga start beramiz!
🟢Loyihada ishtirok etish qonun-qoidalari, qaysi yo'nalishlar doirasida bo'lib o'tishi to'g'risidagi ma'lumotlarni quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
⏳ Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 01.10.2024, soat 00:00.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
"Buxoroni sog'inmay bo'lmas", Zikrilla Neʼmat
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Hurmatli voleybol sport turiga qiziqadigan yoshlar, sizga ajoyib yangiligimiz bor. Buxoro davlat universtiteti VOLEYBOL AKADEMIYASI voleybol to'garagiga qabul boshlandi.
👬 Jamoa 8 yoshdan yuqori yoshlarni o'z oilasiga taklif qiladi.
🔥Voleybolga ishqi yuksak yoshlarni tezroq aloqaga chiqishingizni so’rab qolamiz!
📞 Murojaat uchun:
+998 91 444 62 62
+998 88 180 74 34
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Joriy yil 25-sentabr kuni Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlarimiz: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmas a'zolari AMIRQUL KARIMOV, ZIKRILLA NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi), ISROIL SUBHONOV. Bunda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Mushoira” kechasi, adiblar ishtirokida “Fotosessiya” va “Gulxan atrofida” ijodiy uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni “Ma’rifat ulashib” loyihasida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.
Tadbirlar 25-sentabr kuni soat 9:00 dan boshlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🤚
☄️📚 ✅BuxDUda Besh tashabbus olimpiadasi musobaqalari davom etmoqda
Bugun sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🤽Sportning voleybol turi bo'yicha BuxDU o'g'il va qiz bolalar jamoalari Uzbekiston Milliy chempionatining final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi. Ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun 26-sentyabr kuni terma jamoalarimiz musobaqaga jo'nab ketishlari oldidan BuxDU rektori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Диққат #Ижтимоий_сўровнома
Мазкур ижтимоий сўровнома олий таълим муассасалари битирувчи курс талабаларининг келгусидаги истиқбол режаларини таҳлил қилиш ва ёшларнинг давлат фуқаролик хизматига муносабати ва қизиқишини аниқлаш мақсадида ўтказилмоқда.
Бу борада эса Сизнинг фикрингиз муҳим!
Сўровнома аноним хусусиятга эга бўлиб, натижалари умумлаштирилган ҳолда таҳлил қилинади. Барча саволларни диққат билан ўқиб, ўзингизга мос жавобларни ва таълим муассасаси жойлашган ҳудудни белгиласангиз бўлди.
Эслатиб ўтамиз, мазкур сўровномада олий таълим муассасаларининг битирувчи курс талабалари иштирок этиши лозим!
Ҳамкорлигингиз учун миннатдормиз!
◽️Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги ҳаволага ўтинг 👉— https://forms.gle/7Yjy7D9TABvUdYX59
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
⚡️ Kuni kecha Buxoro davlat universiteti va Isroilning yetakchi institutlaridan biri bo’lgan Holon texnologiyalar instituti hamkorligida tashkil qilingan “Amaliy matematika va informatika” hamda “Informatika va axborot texnologiya” qo’shma bakalavr dasturlarning dastlabki bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi (Isroil).
2019-2020-o’quv yilida 1-talabalarni qabul qilgan 2020-2021-o’quv yilida ikkinchi talabalar qabul qilinib, 2023-2024-o’quv yilida talabalar so’ngi kursni hamkor OTMga borib o’qishni bitirdi.
🎓Diplom taqdirlash marosimi Holon texnologiyalar institutida bo’lib, marosimda bitiruvchilar va HIT instituti presidenti Prof. Eduard Yakubov, bosh director Janob Shmuel Goldberg, O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Jahongir Davlatovich Aminov va institutning Yevroosiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo’yicha bosh koordinator Toni Levi xonim ishtirok etishdi. Shuningdek, bitiruvchilarning oila a’zolari, BuxDU rektori prof. Xamidov Obidjon Xafizovich, Boku Milliy universiteti rektori prof. Elchin Babayev va Buxoro davlat universiteti vakillari Zoom platformasi orqali tadbirda ishtirok etib bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklashdi.
Bitiruvchilarga Holon texnologiyalar instituti diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
Bizni kuzatishda davom eting:
#startaplar_tanlovi
🚀$10 000 dollar sovrin jamg‘armasiga ega “Ijodiy startaplar tanlovi” o‘tkazilmoqda
Yo‘nalishlar:
— San’at
— Dizayn
— Moda
— O‘yinlar
— Interaktiv media
— Badiiy kontent yaratish
— Aqilli shaharlar va shaharsozlik
Sovrinlar:
🥇1-o‘rin $5 000 dollar.
🥈2-o‘rin $3 000 dollar.
🥉3-o‘rin $2 000 dollar.
💰Venchur investorlardan investitsiya jalb qilish imkoniyati.
🏕 1 haftalik startap campga yo‘llanma.
🤝Tanlov Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “IT Park Uzbekistan” hamkorligida tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
JARAYON
#SPORT#BuxDU#talaba_liga
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalariga START berildi.
Barcha talaba-yoshlarni (kursidan qat’iy nazar) 24 sentabr kuni soat 14:00 da GANDBOL (qizlar) sport musobaqasiga faol qatnashishga chaqiramiz. Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlarga murojaat qiling!
Musobaqa BuxDU sport zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#technoways_marafoni
#yoshlar_akademiyasi
⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkaziladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 8–11-oktyabr kunlari Nukus shahrida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni tashkil etiladi.
Bizni kuzating
#Karaoke_party
🔥Kuzgi mavsumi kunlarida BuxDU Yoshlar ittifoqidan yoshlar uchun maroqli dam olish imkoniyati
🎼 Siz aziz talaba-yoshlarni Yoshlar ittifoqi tomonidan maxsus tashkil etilayotgan "Karaoke party” ko'ngilochar kechaga taklif qilamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI (IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI)
🔵 Uchrashuv davomida IELTS imtihonida 7 va undan yuqori ball toʻplagan talabalar olqishlandi. BuxDU rektori ushbu yoʼnalishda yuqori ball toʼplay olgan talabalar salmoqli ekanidan mamnunligini aytdi va kurs tashkil etmoqchi boʼlgan talabalarga barcha sharoitlar universitetda mavjudligi aytildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️ 🟦🟦
☄️📚✅Talabalar uchun yangilik! BuxDU va Istanbul Tijorat universiteti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 2024-2025 o‘quv yili kuzgi semestridan boshlab GNL353 kodli 60 soatdan iborat “Yevrosiyoda madaniyat va siyosat” fani hamkorlikda tashkil qilinmoqda.
Darslar haftaning seshanba kuni soat 11.20da Xorijiy tillar fakulteti (4-bino) 405-xonada olib boriladi.
Darslarga turk tilini B1, B2 darajada biladigan, Yevropa va Osiyo davlatlari madaniyati, jo’g’rofiyasi, siyosati va iqtisodiy rivojlanishiga qiziqqan talabalar qatnashish imkoniyatiga ega. Darslar Xorijiy tillar fakulteti, “Ingliz tilshunosligi” kafedrasi mudiri, DSc Z.I.Rasulov hamda Istanbul Tijorat universiteti dotsenti, PhD Zebiniso Husayn Kamollar tomonidan olib boriladi.
Darslarga qatnashish uchun qiziqish bildirgan talabalar telegram orqali @mbakhmedova ga murojaat qilishi mumkin.
https://youtu.be/eFDP2Sh8BXI?si=yfCOxvMe5BGNXJBw
Bizni kuzatishda davom eting: