#jarayon #sport
Buxoro davlat universiteti imkoniyati cheklangan talaba - yoshlari o'rtasida para yengil atletika sport turlari bo'yicha "UNIVERSITET BIRINCHILIGI" musobaqalariga start berildi. Joriy yilning 26 noyabr sanasida yo'nalishlaridan qat'iy nazar ushbu para musobaqamizga lutfan taklif etamiz.
"Universitet birinchiligi"da quyidagi sport yo'nalishida musobaqalar o'tkaziladi:
1. T37 klass (1 qo'l va 1 oyog'ida muammosi borlar)
2. F34 klass (1 qo'li yo'q amputant, 1 ta yoki 2 ta oyog'i yo'q amputant)
3. T13 klass (ko'zi ojizlar)
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️✅ Joriy yilning 25-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo'limi tomonidan "Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish" mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
➡️Unda Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektori, kapitan M.Ne’matova, Buxoro shahar targ’ibotchilar guruhi rahbari Sh. Nabiyeva hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.
💠 Tadbirda viloyatimizda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonliklarni oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bunga sabab bo‘luvchi holatlar, oiladagi (maishiy) zo'ravonliklar va unga nisbatan belgilangan javobgarliklar xususida, himoya orderi orqali himoyalanish tartibi va boshqa masalalar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
✍️ Uchrashuv davomida zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularni himoyalash borasidagi ishlar haqidagi videorolik va taqdimotlar namoyish etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Marketing_va_karyera
❤️ Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faoliyatini shaffof amalga oshirilishi bilan yaqindan tanishish maqsadida IIV qoshidagi Buxoro akademik litseyida tashkil etilayotgan "Ochiq eshiklar kuni" ga taklif etadi.
💠 O'tkazilayotgan tadbirda Siz:
➡️ IIB xodimlarining chiqishlarini tomosha qilishingiz;
➡️ o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
📅 Sana: 26-noyabr kuni soat 11:00 da
🏛 Manzil: Buxoro shahar, Navoiy shoh ko'chasi, 6A-uy.
📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun: 65-221-27-49 BuxDU Marketing va karyera bo'limi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ MINTAQAVIY IQLIM STRATEGIYASI YOXUD 2025-YILNI YURTIMIZDA “ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT YILI” DEB E’LON QILISHI HAQIDA
➡️muhammadamin-91893/0HuTj5yZJdL"> Batafsil:
Shavkat Hayitov,
Buxoro davlat universiteti filologiya fanlari doktori, professori
Bizni kuzatishda davom eting:
muhammadamin-91893/Mx8L-SOP45L" rel="nofollow">https://teletype.in/@muhammadamin-91893/Mx8L-SOP45L
Читать полностью…🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”
Atrof-muhit muhofazasi va ekologiya mavzusida Buxoro olimlarining fikr mulohazalari Intervyu+ teledasturlarida. O‘zbekiston atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan ikkita muhim rezolyutsiyaning tashabbuskori bo‘lganligi, ayni vaqtda “yashil” energetika iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga aylanayotganiga urg‘u berdi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz yetakchisi bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilish haqidagi taklifi alohida e’tirofga loyiq.
Mahmud Oripov,
BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasi dotsent, iqtisodiyot fanlari nomzodi
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣🟦🟦🟦
⚡️✅ Universitetda sportning ommaviyligini yanada kuchaytirish maqsadida ommaviy, jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilinmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Kamondan_õq_otish #Rektor_kubogi
🔺Buxoro davlat universitetida "INTERESTING WEEK" loyihasi doirasida "Kamondan o'q otish" musobaqasi
📌Musobaqa 26-noyabr sanasida soat 15:00 da universitet sport maydonida bo'lib o'tadi.
✅ Musobaqa mavsumiy tarzda o'tkaziladi. Ishtirokchilar finalga qadar ball yig'ib boradi.
❗️Kimlar ishtirok eta oladi:👇
🎯 Talaba-yoshlar;
🎯 Professor-o'qituvchilar;
🎯 Ishchi xodimlar
✈️Tanlovda qatnashmoqchi bo'lganlar ma'lumotlarini @Daler0502 ga jo'natishlari lozim.
🔘 G'oliblar mavsum yakunida universitet rahbariyati tomonidan tantanali ravishda taqdirlanadi.
@buxdu_uz
🔊🔊🔊🔊🔊T A N L O V‼️‼️‼️‼️
🔰Universitet talabala-yoshlari o‘rtasida “ENG YAXSHI DASTURCHI” respublika tanlovini 1-fakultetlararo saralash bosqichi boshlanishini e'lon qilamiz.
Birinchi bosqich – fakultetlararo bosqich 2024 yil 28 noyabr kuni 13:30 da Fizika metematika va axborot texnologiyalari fakulteti
531 xonada o’tkaziladi
🔊🔔 Birinchi bosqichda ishtirok etmoqchimisiz ✍️ 👉 /channel/+VKO3_6I6_ERjN2Ri shu guruhga o'zingiz haqingizda ma'lumotni kiriting. Ro'yxatdan o'tish oxirgi muddati 27 noyabr soat 12.00
💻Tanlovni o’tkazishga ma’sul Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi
‼️Tanlov bo'yicha savollar ???? 👉 Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektor Bosh mutaxassisi N.Axmedova
📞 +998 88 080 39 08
Tanlov Nizomi
Bizni kuzatishda davom eting:
#jarayon
#yashil_makon
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi boqqa ko‘chat ekdi.
Tadbirni videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar jamoatchiligi ham kuzatdi. Jumladan, buxorolik faollar Buxoro tumanining Buxoro shahriga yondosh “Bog‘idasht” MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da ko‘chatlar ekishdi. Ushbu ko'chat ekish aksiyasida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet jamoasi ham ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Zakovat
Diqqat e'lon!
🙋♂️ Universitetimizning sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan bilimga chanqoq, zukko talaba-yoshlari diqqatiga❗️
🆕 Universitet sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun "8-dekabr - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan 30-noyabr kuni "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazilishini e'lon qilamiz.
🏢 Manzil: G'ijduvon tumani Soktare MFY, BuxDU o'quv binosi.
🎁 Turnir g'oliblari universitet tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi
Bizni kuzatishda davom eting:
#xalqaro_iqtisod_olimpiadasi
Buxoro davlat universitetining Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari Turkmaniston gumanitar fanlar va taraqqiyot xalqaro universiteti tomonidan o'tkazilgan Xalqaro "Iqtisodiyot" fan olimpiadasida moodle tizimi hamda zoom konferensiya tizimi kuzatuvi ostida faol ishtirok etdilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BiznesMarafon
🙋 Kutib oling! “Biznes Marafon” endi Qashqadaryo hamda Buxoroda!
👋 Respublikamiz bo‘ylab tashkil etib kelinayotgan “Biznes Marafon” loyihasi o‘z biznesini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ichida katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Zero “Biznes Marafon”da malakali tadbirkorlar va spikerlar oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yosh tadbirkorlar bilan muloqot qilib, o‘z tavsiyalarini berib kelishmoqda.
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni ekologiya va “yashil” iqtisodiyotga bag‘ishlashni e’lon qilishni taklif qildi. Bu haqda davlat rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishidagi nutqi davomida ma’lum bo‘ldi.
Farhod Jumayev,
BuxDU Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent
Bizni kuzatishda davom eting:
#Munosabat
“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da yuksak marralar sari safarbar bo‘lishimiz zurur!
Biz fuqarolar, shu Vatan farzandlari jamiyatimizning qaysi bo‘g‘inida faoliyat ko‘rsatmaylik, islohotlarga hamnafas va uni bunyodkori sifatida ezgu maqsadlarni amalga oshiradigan vakili bo‘lmog‘imiz shart. Ayniqsa, shuni hech qachon unutmasligimz kerak-ki, Ona vatanimizni – iqtisodiyoti rivojlangan, aholisi farovon, tabiati hozirgidan-da toza, musafo holatda kelgusi avlodga yetkazishda barchamiz birdek mas’ul va javobgarmiz.
#BuxDU_yangiliklari
⚡️⚡️⚡️Buxoro davlat universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti uchun 2025-yil tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka hujjat topshirgan talabgorlarning to‘plagan ballari.
@buxdu_uz
#FORUM
💥Siz ham volontyor bo'lmoqchimisiz!
Volontyor kim?
U nima qiladi?
Shu kabi savollar sizni o'ylantiryaptimi? Unda diqqat bilan postni oxirigacha o'qing!
Savollarga javobni «BuxDU volontyorlar forumi» orqali javob topishingiz mumkin. Faqat o'qib qo'ymang, balki forumda ishtirok eting.
Forumda sizni nimalar kutmoqda?
✅ Bepul trening;
✅ Yetakchi mutaxassislar bilan suhbat;
✅ Yangi do'stlar orttirish;
Volontyor bo‘lish – bu kuchli yurak va katta maqsadga ega bo‘lish demakdir. Yaxshilik qilishdan to‘xtamang, dunyo sizning ishingizga muhtoj!
📆 O'tkazilish sanasi: 4-dekabr
💻 Ro'yxatdan o'tish muddati: 2-dekabr 00:00 gacha
💵 Bepul
Qiziqdingizmi unda shoshiling!
📝 Ro'yxatdan o'tish uchun: @Forum_BUXDU
Bu kuni sizni o'zgacha sovgʻa hamda coffee break kutmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
“Qizlar ibosi- millat libosi” koʻrik tanlovida ishtirok eting!
Tanlovda barcha oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari qatnashishlari mumkin. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Birinchi bosqichda ishtirokchilar bugungi zamonga mos milliy, zamonaviy, yoshlarga xos milliy libos obrazida 1 daqiqali qisqa video tayyorlab, Instagramdagi @uzbekligim_ va @eduuzofficial sahifalarini belgilagan holda oʻz sahifasiga joylashtirishi kerak.
Video materiallar 25-noyabrdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.
Ikkinchi bosqichga saralab olingan tanlov ishtirokchilari tanishtiruv, viktorina, chuchvara tugish va adabiy-badiiy chiqish kabi shartlarda bellashadilar.
Tanlov gʻoliblariga qimmatbaho sovgʻalar diplom va sertifikatlar beriladi!
Tanlovning ikkinchi bosqichi 28-dekabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
💾 Tanlov nizomi
IJTIMOIY TARMOQLAR✅
📺uzbekligim?si=CD7key5zupq3zSjA">YouTube 📱Instagram
🕊Telegram 📱Facebook
😎Bizni kuzatishda davom eting!
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️✅ BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti hamda Rossiyaning Sankt-Peterbur davlat Veteraniya universiteti bilan xalqaro shartnoma (memorandum) tuzildi.
✅ Shartnomani BuxDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Rasulov T.H. boshchiligida Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani Inoyatov A.Sh hamda Sankt-Peterburg davlat Veteraniya universiteti Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri Jivodyorov A.V, hamda kafedra dotsenti Sitnik G.V. bilan har ikkala oliy ta'lim muassasasidagi sportga bo'lgan katta e'tibor alohida e'tirof qilindi. Kelgusida xalqaro o'rtoqlik spartakiadasi o'tkazish muhokama qilindi.
➡️ Sitnik G. V. hamda Jivodyorov A. V. "UNIVERSAL" sport majmuasida bo'lib, u yerdagi yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. So'ngra BuxDU sport zalida o'tkazilayotgan to'garaklarga tashrif buyurishdi.
Sportning voleybol turi bo'yicha sport ustasi Sitnik G.V. BuxDU voleybol qizlar terma jamoasi a'zolari bilan o'zaro davra suhbati tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🇩🇪BuxDUning sirtqi bo'limi talabalari uchun ajoyib imkoniyat!
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning "NoVo Agency" tashkiloti 2025-yil fevral-iyul oylarida "Ferienjob – work and travel" dasturi bo’yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga jalb qilinadi.
Sohalar:
🔹Ishlab chiqarish;
🔹Sanoat;
🔹Omborxona logistikasi;
🔹Qadoqlash;
🔹Gastronomiya.
Dasturda kimlar qatnasha oladilar?
- sirtqi talim talabalari;
-18-35yosh oralig’idagilar;
- 2025-yil fevral-iyul oylarida oralig'ida kamida 80 kun ta'til davri;
- bitiruvchi kurs talabalari qatnasha olmaydilar!!!!!!!
-sertfikat shart emas muloqot darajasida rus, ingliz yoki nemis tillarini bilsalar yaxshi.
1. Dasturda qatnashish uchun online ariza toʻldirish kerak. Shu ssilka orqali kirib toʻldirasiz!
https://forms.gle/chwVs1ij8ub4Kakt7
2. Dasturda qatnashmoqchi boʻlib anketa toʻldirganlarga 2-3 kun ichida aloqaga chiqamiz!!
3. Maosh: soatiga 14 Euro(brutto), haftasiga 35-40 soat ish.
Afzalliklar:
- Viza hujjatlarni tayyorlash va butun jarayon davomida ko'mak;
- Turar-joy va ish topishda ko'mak
☎️Murojaat uchun: (88) 239-32-23
@NoVoAgency_Zuhra
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣🟦🟦🟦
📣 Joriy yilning 20-24-noyabr kunlari Qozogʻistonning Astana shahrida "Qoʻl jangi" sport turi boʻyicha Jahon kubogi musobaqalari bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada #BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 2-bosqich talabasi Sa’dulloyeva Sevara Xayrullo qizi 48 kg vazn toifasida faxrli 🥇- o'rinni qo'lga kiritdi.
🎉✅ Ushbu g‘alaba bilan sportchimizni universitet jamoasi nomidan tabriklab, kelajakdagi o‘qish va sportdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 25-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
⚡️ Bugun Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi kamondan otish Federatsiyasi tomonidan Buxoro davlat universitetida rahbar xodimlar va talaba-yoshlari bilan kamondan otish boʻyicha mahorat darslari oʼtkazildi.
@buxdu_uz
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA BARCHA IMKONIYATLAR YARATILMOQDA.
Batafsil o'qish
Sattorov Anvar Ergashovich
BuxDU Sport faoliyati kafedrasi mudiri, pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦
☄️📚✅ Sirtqi ta`lim shakli talabalari ishtirokida navbatdagi tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Buxoro davlat universiteti rektori Xamidov Obidjon Xafizovich xalqaro Kimyo olimpiadasida ishtirok etadigan BuxDU jamoasi bilan uchrashuv o'tkazib, ishtirokchilarga Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro "Kimyo" olimpiadasida universitet nomini sharafli himoya qilish uchun omad tiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅FAOL HAMKORLIK: TALABALARNING HUQUQIY BILIM VA MADANIYATINI OSHIRISHGA MUSTAHKAM ASOS BO`LMOQDA.
Azamat Bozorov,
Buxoro viloyati prokuraturasi bo`lim boshlig`i
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅IQLIM O‘ZGARISHI: BUGUN VA BIZ
Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilgani Yangi O‘zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi.
Maqolani batafsil o'qish
Yoqub XOLOV,
BuxDU Ekologiya va geografiya kafedrasi mudiri, dotsent
Bizni kuzatishda davom eting:
#Buxoro_Tatariston
⚡️Xabaringiz bor, shu kunlarda keksa avlod vakillaridan iborat Tatariston delegatsiyasining Buxoro viloyatiga tashrifi amalga oshirilmoqda.
Bugun, 22-noyabr kuni BuxDU rektori O.X.Xamidov Buxoro viloyati va Tatariston Respublikasi faxriy vakillari o'rtasida aloqalarni mustahkamlash maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan 12 nafar Tatariston delegatsiyasi bilan Buxoro shahridagi 2-maktabda uchrashdi.
Buxoro davlat universiteti tomonidan delegatsiya a'zolari uchun rus tilida tarjima qilish maqsadida malakali mutaxassislar jalb qilindi.
Shuningdek, Buxoro davlat universiteti va Tatariston oliy ta'lim muassasalari hamkorligi ko'p yillardan buyon davom etmoqda va mustahkamlanmoqda.
@buxdu_uz
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️✅ “To‘qimachi” o‘yingohining ochilish marosimi
Ayni damda Buxoro shahridagi “To‘qimachi” o‘yingohini foydalanishga topshirish marosimi bo’lib o’tmoqda. Tadbir munosabati bilan katta konsert dasturi tashkil etilgan.
Shu bilan birga, mazkur o’yingohda Proliga 27-turidan o‘rin olgan "Buxoro" — "Aral" uchrashuvi o‘tkazilmoqda. Ushbu bellashuv “Buxoro” klubining joriy mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvi hisoblanadi.
Bizni kuzatishda davom eting: