💙💙💙
☄️📚✅Oliy ta'lim muassasalari pedagog-xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovinining -“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi”(talabalar uchun) nominatsiyasning respublika bosqichida #BuxDU San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Madaniyat va san’at muassasalarining tashkil etish hamda boshqarish yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Rahmatova Maftuna faxrli 3-o'rinni egalladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️🟦🟦🟦
🎙 Nazarov Akmal Mardonovich,
BuxDU Psixologiya kafedrasi mudiri, Psixologiya fanlari doktori, professor
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
☄️📚✅ Ayni damda Buxoro davlat universiteti katta majlislar yig'ingohida Tarix va yuridik fakulteti Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining "22-noyabr Xalqaro psixologlar kuni"ga bag'ishlangan "YANGI O'ZBEKISTONDA YANGICHA RUHIYAT" nomli tadbir boshlanmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️✅
“YASHIL” IQTISODIYOT VA EKOLOGIYA:
bugungi va ertangi hayotimizning porloq kelajagi
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Bu bejizga emas, bugungi kunda ona tabiatning o‘zi ogohlikka chaqirmoqda. Bunga esa beparvo qarab turish bu o‘zimizga jabr qilishlikdir.
Bizni kuzatishda davom eting:
#yoshlar_ittifoqi
Zukko Kitobxon - bilimga tashnalikning mukammal namoyishi!
❇️ Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan bilimga chanqoq, zukko talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan "Zukko kitobxon" intellektual o'yini qizg'in davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Virtual_akademiya
2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi
Virtual akademiyada quyidagi kontingent uchun o‘qish tashkil etiladi:
✔️aholi, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
☑️ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;
☑️davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari;
✔️davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.
2024-yil oxiriga gadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.
⭕️⭕️⭕️🟦🟦 1️⃣1️⃣1️⃣
📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING NAVBATDAGI SONI!
HURMATLI PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!
🚴Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.
♾ 22-noyabr (Juma) kuni soat‼️ 05:30 ‼️da Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l oladigan "Ziyorat Velomarafoni"ga taklif etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
Diqqat e'lon!
Buxoro davlat universiteti Sirtqi ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o'rtasida sportning Shaxmat turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi tashkil etiladi. Barchani ushbu musobaqaga faol ishtirok etishini so'raymiz. Zero, Shaxmat-aql gimnastikasi.
Vaqti: 27-noyabr, soat 10:00
Manzil: BuxDUning G'ijduvon tumanidagi binosi sport zali.
Buxoro davlat universiteti kasaba uyushmasi.
🔻🔻🔻🔻🔻
✍️ Konferensiya davomida Senator, Oliy Majlis inson huquqlari bo’yicha vakillari (ombudsman)ning Buxoro viloyat mintaqaviy vakili, falsafa fanlari doktori, professor Xuseynova Abira Amanovnaning “Oila ijtimoiy-psixologik muhitiga ta’sir etadigan omillarning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
🧑💻Shuningdek, TDPU professori, psixologiya fanlari doktori Atabayeva Nargis Batirovna tomonidan "Talabalarda alturistik xulqni shakllantirishning psixologik xususiyatlari" mavzusidagi ma'ruza o'qildi.
Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Jumayev Ulug‘bek Sattorovichning "Globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot kompеtеnsiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlari" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Konferensiya so'ngida 5 ta maxsus yo'nalishlar bo'yicha yig'ilishlar o'tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🤖 Oʻzbekistonda ilk bor o'tkazilgan R:ED FEST robototexnika festivalida BuxDU talabalari g'olib bo'ldi !
⚡️Ushbu noyob festival 8 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan bolalar va yoshlarga birlashish imkonini berdi hamda xalqaro innovatsiyalar koʻrgazmasi "INNOWEEK-2024"ning bir qismi boʻldi.
🇺🇿✅ Ushbu festivalda Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabalarining ishtiroki ayniqsa e'tiborga loyiq boʻldi. Ular chiziq boʻylab harakatlanish yoʻnalishida yuqori natijalarga erishib, festivalning faxrli oʻrinlarini qoʻlga kiritdilar.
Jumladan :
🥇 I o‘rin: Safarov Rustam (1-1ELEK 23) guruhi talabasi
🥈 II o‘rin: Ziyoviddinov Zikrillo, G‘ulomov Jamshid (1-1DI-24) guruhi talabalari
🥉 III o‘rin: Haqnazarov Quvonchbek, Nurulloyev Abdulaziz (1-1DI-24) guruhi talabalari
🥳🏆 Ularning yutug‘i, nafaqat universitetning ilmiy salohiyatini, balki butun Oʻzbekistonning robototexnika sohasidagi kelajagini yuksaltirish yoʻlida yangi qadamlar qoʻyilganini ko‘rsatadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Zakovatli xotin-qizlar Zakovatda bellashdilar
Mamlakatimizda xotin-qizlarning aql-zakovatini oshiradigan, iqtidorini ro‘yobga chiqaradigan, intellektual salohiyatni oshirishga qaratilgan har qanday tashabbus izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Jumladan, joriy yilning 20-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi hamkorligida "Siz qonunni bilasizmi?" mavzusida ayol pedagog-xodimlar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda 8 ta jamoadan iborat ayol pedagog-xodimlar faol ishtirok etdilar.
Ushbu intellektual o‘yinni tashkil etishdan maqsad, pedagog xotin-qizlarning ijodkorligini namoyon qilish, shuningdek gender tengligini ta’minlash, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish orqali ta’lim sifatini kengaytirishga zamin yaratadi.
Jamoalarning hozirjavobligi, izlanuvchanligi ularning yuksak salohiyatlaridan darakdir. Biroq, har bir kurash o‘zining g‘olib va mag‘lubiga ega.
Qizg‘in kechgan o‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra 3-o‘rinni Tarix va yuridik fakultetining JADIDLAR AVLODI jamoasi, 2-o‘rinni Filologiya fakultetining BuxDU jamoasi, faxrli birinchi o‘rinni esa Xorijiy tillar fakultetining INTRIGA jamoasi qo‘lga kiritdilar.
Gʻoliblar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
#besh_tashabbus #sport
Buxoro viloyati oliy ta'lim muassasalari o'rtasida "BESH TASHABBUS" olimpiadasi (VOLEYBOL) sport turi bo'yicha talaba yigitlar o'rtasida viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Viloyat bosqichida o'nta oliy ta'lim muassasa talabalari musobaqada qatnashishdi. Viloyat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida olib borilgan voleybol sport turi musobaqasida BuxDU talaba yigitlari peshqadamlikni qo'ldan boy bermay Respublika yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.
Umumiy hisob bo'yicha yigitlar o'rtasida
🥇-o'rin BuxDU jamoasi 🥈-o'rin BuxDPI jamoasi
🥉-o'rin BuxTRBI jamoalari egalladi.
👏Yigitlarimizga keyingi bosqich, Respublika final bosqichida omad tilab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklarI
⚡️"PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA MUAMMOLAR, YUTUQLAR, INNOVATSIYALAR" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
✅ Sizlarni Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi huzurida tashkil qilingan "PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA MUAMMOLAR, YUTUQLAR, INNOVATSIYALAR" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz.
🗓Sana: 2024-yil 21-noyabr
⏰Vaqt: 10:00 da
Seminar tili: o‘zbek tili, rus tili, ingiliz tillarida.
Seminar platformasi: ZOOM
🔑Zoom orqali dissertatsiya himoyasiga ulanish havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/4550541668?pwd=TCSLUcp1wpTKQNQX4rCDFLZCa3PgGU.1&omn=82288545811
identifikator: 455 054 1668
Parol: 7777
@buxdu_uz
#tavsiya #anons
📹Uch qahramon
Ushbu film harbiy vatanparvarlik, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, kinoasar yot g‘oyalarga qarshi kurash, vatanparvarlik, giyohvandlik zavoli, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini targ‘ib qiladi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, film 1-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Bizni kuzating
⚡️Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.
Bizni kuzating
#Tabriklaymiz 👨🏫👩🏫
☄️📚✅ Saidova Nodira Mustakimovna filologiya fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Saidova Nodira Mustakimovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 10.00.02 - O'zbek adabiyoti ixtisosligidan filologiya fanlari bo'ycha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “ Mumtoz adabiyot tadqiqida germenevtik usulning o'rni va taraqqiyot xususiyatlari (adabiyotshunos Rahim Vohidov ilmiy faoliyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant Saidova Nodira Mustakimovnani hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 ❗️⭕️⭕️
☄️📚✅ “Xalqaro psixologlar kuni”ga bag‘ishlangan “Yangi O’zbekistonda Yangicha Ruhiyat” nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
➡️ Dastur doirasida taniqli olimlar va amaliy psixologlar ma’ruzalari, innovatsion tadqiqotlar natijalari va psixologiyaning turli sohalariga bag‘ishlangan ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
🔵 Tadbirda oilaviy munosabatlar, yoshlar psixologiyasi, ta’limda psixologik yondashuvlar hamda zamonaviy jamiyatda psixologiya fanining o‘rni kabi muhim mavzular yoritib berildi.
Xalqaro psixologlar kuni nafaqat bu soha mutaxassislari, balki har bir insonning psixologik sog‘lomligi va o‘zini anglashiga e’tibor qaratishga undaydi. Shu sababli, bugungi tadbir nafaqat bayram, balki jamiyatimizga yangi bilim va ko‘nikmalar olib kirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
‼️ TANLOV
🔊🔊🔊💥 UNIVERSITET TALABA-YOSHLARI O'RTASIDA
“KONSTITUTSIYA BILIMDONI-2024” tanlovi e'lon qilamiz
🔊Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
✅Birinchi bosqich – fakultet bosqichi 2024 yil 26 noyabr kuni universitet talabalari o‘rtasida test topshirish orqali o‘tkaziladi
Birinchi bosqichda ishtirok etmoqchimisiz ✍️ 👉 /channel/+9nXd50QxGyphMjAy shu guruhga o'zingiz haqingizda ma'lumotni kiriting. Ro'yxatdan 25 noyabr soat 16.00gacha o'tish mumkin
✅Ikkinchi bosqich – Universitet bosqichi 2024yil 3 dekabr kuni birinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar uchun
📣🥇🥈🥉 G`olib bo'lgan talabalar viloyat Prokuraturasi, Adliya boshqarmasi tomonidan diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
‼️Tanlov bo'yicha savollar ???? 👉 Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektor Bosh mutaxassisi N.Axmedova
📞 +998 88 080 39 08
Tanlov Nizomi👇
/channel/BuxDU_Tanlovlar/145
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 22-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#DIQQAT
#TARQATING
👉Buxoro shahridagi “To‘qimachi” o‘yingohi Proliga uchrashuvlariga tayyor holga keltirilganligidan xabaringiz bor.
🗓Shuni inobatga olib, Proliga 27-turidan o‘rin olgan "Buxoro" — "Aral" uchrashuvi 22-noyabr kuni mazkur o’yingohda o‘tkaziladi. Ushbu bellashuv “Buxoro” klubining joriy mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvi hisoblanadi. O‘yin 14.45da boshlanadi.
🎉Shu kuni soat 13.00dan boshlab o‘yingohni foydalanishga topshirish marosimi munosabati bilan katta konsert uyushtirilmoqda.
❗️Konsert dasturi va futbol uchrashuvidan bahramand bo‘lish uchun o‘yingohga kirish BEPUL.
🏟O'yingoh lokatsiyasi ushbu havolada.
Ma'lumot uchun: 5-noyabr kuni "Buxoro" safarda "Mash'al" jamoasini mag'lub etib, Superliga yo‘llanmasini naqd qilgandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l
Bugun, 21-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida "Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamda Buxoro davlat universiteti "Marketing va karyera" bo'limi hamkorligida tashkil etilgan. Shuningdek, 16 ta ish beruvchi tashkilot vakillari tashrif buyurishgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l
Bugun, 21-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida "Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamda Buxoro davlat universiteti "Bandlik va karyera" bo'limi hamkorligida tashkil etilgan. Shuningdek, 16 ta ish beruvchi tashkilot vakillari tashrif buyurishgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
#eslatma #sharh
2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushadi
📹Ushbu platforma qanday ishlashi haqida batafsil videoreportajda hikoya qilinadi
Bizni kuzating
#anons
“Va’da” nomli ko‘p qismli milliy serial
Ushbu serial orqali yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, qatʼiyatli va shijoatli boʻlishga undash maqsad qilingan.
Serial yoshlarning Vatan posboni bo‘lishdek sharafli kasbni egallashga bo‘lgan intilishlarini oshiradi va ruhlantiradi. Serial tez kunlarda “Renessans TV” telekanali orqali efirga uzatiladi.
Bizni kuzating
#Live
⚡️ Ayni damda Buxoro davlat universitetida “Psixologik tadqiqotlarda muammolar, yutuqlar, innovatsiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
👉 Ushbu konferensiya Buxoro davlat universiteti, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati qo'riqlash boshqarmasi, Oliy Majlis inson huquqlari bo’yicha vakillari (ombudsman)ning Buxoro viloyat mintaqaviy bo’limi, Qarshi davlat universiteti, Navoiy viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi, Samarqand davlat chet tillari instituti, Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti, Xorazm viloyati “Ma’mun universiteti”, Buxoro Innovatsiyalar universiteti, Samarqand davlat universitetlari hamkorligida tashkil etilgan. Koferensiyani BuxDU rektori O.X.Xamidov kirish so’zi bilan ochib berdi.
@buxdu_uz
* Ma`rifat_ulashib
* BuxDU_mehmonlari
Joriy yil 26-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlarimiz: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Xurshid Davron (O‘zbekiston xalq shoiri), Yangiboy Qo‘chqorov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi), Shodmon Sulaymon ("Shuhrat" medali sohibi)
Bunda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Mushoira” kechasi, adiblar ishtirokida “Fotosessiya” va “Gulxan atrofida” ijodiy uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni “Ma’rifat ulashib” loyihasida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.
Tadbirlar 26-noyabr kuni soat 9:00 dan boshlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️✅ Dardidan nomi ogʼir boʼlgan kasallik: OIV va OITS
Bugun, 20-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti katta majlislar zalida OITSga qarshi kurash markazi xodimi Quliyev Bahodir tomonidan "Dardidan nomi ogʼir boʼlgan kasallik: OIV va OITS haqida nimalarni bilamiz?" mavzusidagi maʼruza oʼqildi. Talaba yoshlarga ushbu kasallik yuzaga kelish sabablari, yuqtirilishi, oqibatlari batafsil tushuntirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Kuz-qish mavsumida energoresurslardan oqilona foydalanish yuzasidan Buxoro davlat universitetiga prokuratura xodimlari boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida joylarda issiqlik energiyasini uzluksiz va barqaror yetkazib berishda energoresurslardan oqilona foydalanish, ularni tejash hamda ortiqcha sarfiga yo'l qo'yilmasligini taminlashdan iborat.
Bizni kuzatishda davom eting:
❤️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali tomonidan Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari hamda magistrlar uchun “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo’l” mavzusida tashkil etilayotgan davra suhbatiga marhamat.
Ushbu uchrashuvda Siz:
➡️ davlat tashkilotlariga ishga joylashish;
➡️ argos.uz tizimida rezyume joylashtirish tartibi;
➡️ mavjud vakansiyalar haqida ma'lumot;
➡️ yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar to'grisidagi ma'lumotlar
➡️ "El-yurt umidi" jamg'armasi ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni bilib olishingiz mumkin.
✏️ Tadbirda Buxoro viloyatining tegishli boshqarma va tashkilotlari mas'ul xodimlari ishtirok etadi.
#️⃣ Tashrif buyuring va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob toping!
🌍 Uchrashuv o'tkazildigan joy: BuxDU katta faollar zali.
🗓 Vaqti: 2024- yil 21-noyabr, soat 11:30 da.
🔔 Qo'shimcha ma'lumot uchun:
Tel.: 65-221-27-49 BuxDU Marketing va karyera bo'limi
#PLOGGING
⚡️ Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori Firdavs Jo'rayev tomonidan faol talabalar va tyutorlar bilan birgalikda fakultet binosida "Plogging" aksiyasi tashkil etildi!
Bilim dargohimizni tozaligini saqlash har birimizning burchimizdir!
Bizni kuzatishda davom eting: