buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim

🇺🇿Bir bayroq ostida birlashamiz!!!

Buxoro davlat universitetida yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan "Bir bayroq ostida birlashamiz" shiori ostida "Milliy bayrog'imiz aks etgan lentasi" targ'ibot aksiyasi o'tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Buxoro davlat universiteti dotsenti Ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Sherzod Namozovning bayrog‘imiz qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tabrigi

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

☄️📚HAFTALIK DAYJEST (11.11)-(16.11).2024

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari, Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) akademigi, f.-m.f.d., akademik Roziqov O'tkir Abdulloyevich Buxoro davlat universitetida.

Buxoro davlat universiteti hamda Webster University in Tashkent o'rtasida imzolangan hamkorlik shartnomalariga ko'ra amaliy uchrashuvlar

Buxoro davlat universitetining G'ijduvon tumani Soktare MFY da joylashgan o'quv binosi yaqinida yangi Talabalar turar joyi ochildi.

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitob mening do‘stim” Respublika ko‘rik-tanlovi Buxoro viloyat hududiy bosqichi

"Yashil makon umummilliy loyihasi"

Делегация Бухарского государственного университета посетила Навоийский педагогический институт

KIBERSPORTning "PUBG MOBILE" turi boʻyicha oʻtkazilib kelinayotgan intellektual o'yinining final bosqichi

Germaniyada xizmat safarida boʻlib turgan universitetimiz rektori O.Xamidov kuni Gyottingen universiteti rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari uchun tashkil etilgan "Rektor kubogi" "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi

14-noyabr xalqaro sotsiologlar kuni munosabati bilan BuxDU katta majlislar zalida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

"Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik - umrboqiy qadriyatlar"

Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov “InnoWeek.Uz-2024”da ishtirok etdi.

“Yosh kitobxon talabalar ligasi” va “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovlari o‘tkazildi.

BASTAKOR TALABA SAN’ATINING NAMOYISHI

BuxDUda teatr tomoshasi

Buxoro davlat universitetida "Buxoro adabiy muhiti: kecha va bugun" mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo'lib o'tdi.

Buxoro davlat universiteti jamoasi "InnoWeek.Uz-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligida ishtirok etishdi

Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼining 33 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Hayitov Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti birinchi bosqich talabalariga "Ajiniyoz Qo'siboy o'g‘li ijodida Alisher Navoiy va Shayx Sa’diy an’analari " mavzusida ma’ruza qildi.

Universitetda 17-noyabr xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

"InnoWeek-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida Ilmiy va innovatsion faoliyat bo'yicha III xalqaro forum yakunida BuxDU tayanch doktoranti Baxtiyor G'aniyev 2024-yilda innovatsion g'oyalar yetakchisi ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilda “Jamg‘arma stipendianti” deb e’tirof etilgan stipendiantlari, Jamg‘armaning bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida “Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash – Yangi O‘zbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi” mavzusidagi forum

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Buxoro davlat universitetida xalqaro sotsiologlar kuni munosabati bilan BuxDU katta majlislar zalida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbir Tarix va yuridik fakulteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi hamda San'atshunoslik va pedagogika fakulteti "Musiqa ijrochiligi va madaniyat" kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.

BuxDU Axborot xizmati

🟦🟦🟦 Aziza Qayumova, sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Tabriklaymiz 🟦🟦

☄️📚 Adizova Obodon Istamovna filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

🔵 Adizova Obodon Istamovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Fransuz va o‘zbek folklori janrlari tipologiyasi hamda poetikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

🎉 Adizova Obodon Istamovna hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrog'i qabul qilingan kun!!!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov o'zi tahsil olgan maktabning 100 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

2024-yilning 16-noyabr kuni BuxDU rektori Obidjon Xamidov o'zi tahsil olgan G'ijduvon tumanidagi 1-son umumta`lim maktabining 100 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirida qatnashdi. Bayram tadbirida G'ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov, maktabda tahsil olgan faxriy bituruvchilar, ta`lim bergan faxriy ustozlar, maktab o'qituvchilari, o'quvchilar ishtirok etishdi. Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tomonidan 1-maktab yubileyi munosabati bilan "100 yosh bilan yuzlashgan maskan" nomli kitobini tashrif buyurganlar e`tiboriga havola qildi. Ushbu kitob BuxDU tuzilmasidagi Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Azalshoh Hamroyev muharrirligida tayyorlandi. Tadbir davomida Obidjon Xamidov o'zi tahsil olgan maktab xonasiga tashrif buyurib sinfdoshlari hamda faxriy ustozlar bilan suhbat qildi. Maktab o'qituvchilari hamda o'quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari tashrif buyurganlarga katta qiziqish uyg`otdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

😳Talant shouda kim g'olib?

Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Talantlar shou” mega tanlovi o’z nihoyasiga yetdi.


🧩 Iqtidorli talabalar ishtirokida o'tkazilgan final bosqichida yo'nalishlar bo'yicha quyidagi natijalar qayd etildi:

🎭Aktyorlik mahorati:

🥇-o'rin — Shukurov Mahmud
🥈-o'rin — O’roqova Xushnida
🥉-o’rin — Mansurov Mirzabek

🎤Qo'shiqchilik san'ati:

🥇-o'rin — Fayzullayeva Sanobar
🥈-o'rin — Fayziyev Baxtiyor
🥉-o'rin — Shokirov Ozodbek

#talant_shou #yoshlar_ittifoqi #final

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#kunfotosi

☄️📚BuxDU rektori Obidjon Xamidov o'zi tahsil olgan maktab o'quvchilari bilan

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Bugun, 16-noyabr kuni “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun qizlar o‘rtasida "B" liga voleybol musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Mazkur musobaqalar shahrimiz markazidagi "Universal" sport saroyi hamda "Yoshlik" sport komplekslarida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalarda 255 nafardan ortiq ishtirokchilar kubog uchun bellashadilar.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚DAYJEST: BuxDUda amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning haftalik dayjesti (11-17.11.2024):

🔹"11-noyabr–O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” ;
🔹Davlat madhiyasi ijro etildi;
🔹"Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoni;
🔹"Ma'rifat soati";
🔹"Eng faol Yil talabasi 2024";
🔹Vatan boʻylab sayohat ;
🔹Istirohat bog‘lariga tashrif;
🔹“Uchinchi renessans — yoshlar nigohida”;
🔹''Xalqaro bag‘rikenglik kuni';
🔹Psixologik trening:
🔹"Muqaddasdir - Vatan bayrog‘i";
🔹Profilaktika kuni


🔹"O'zbekiston - bag‘rikeng diyor" ;
🔹Tanlovlar;
🔹“O‘tgan kunlar” spektakli;
🔹Bastakor talaba ijodi;
🔹17-noyabr - Хalqaro talabalar kuni;
🔹"Besh tashabbus olimpiadasi"

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#sport_yoshlar

Sport tadbirlarini namunali o‘tkazgan oliygohlar rahbarlari va sovrindor talabalar e’tirof etildi


Bugun, 16-noyabr kuni “Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati” muzeyida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan sport sinovlariga talabalarni keng jalb qilish hamda ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda faollik ko‘rsatgan oliy ta’lim muassasalarining bir guruh rahbar va pedagog kadrlari, shuningdek, sport sinovlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27716

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Jarayon #Sport #Shaxmat

17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" arafasida Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari o'rtasida sportning SHAXMAT turi bo'yicha "REKTOR KUBOGI" musobaqasi bo'lib o'tdi. Qizg'in kechgan o'yinlarda g'olib va sovrindorlar quyidagicha o'rin olishdi:
(yigitlar)
🥇1-o'rin Merajov Nurmuhammad / fizika matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
🥈2-o'rin Obloqulov Jasurbek / Tarix va yuridik fakulteti
🥉3-o'rin G'ulomov Maqsud / Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiyalar fakulteti

(qizlar)

🥇1-o'rin Pulatova Rayhon / Xorijiy tillar fakulteti
🥈2-o'rin Bo'ronova Sevinch / Filologiya fakulteti
🥉3-o'rin Sunnatova Madina / Xorijiy tillar fakulteti

💐👏Yigit va qizlarimizga keyingi musobaqalarda omad tilab qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

💟💟💟🎤🎤🎤🎤

🎓17-noyabr "Talabalar kuni" munosabati bilan Talabalar turar joyida "BuxDU Party" ko'ngilochar dasturi bo'lib o'tdi.

🇺🇿 Kechki dasturda talabalar birgalikda vaqt o'tkazishdi, jonli musiqa va raqs bilan shodlikni nishonlashdi. Qiziqarli o'yinlar va tanlovlar barcha ishtirokchilarni birlashtirib, ajoyib kayfiyat yaratdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

📣📣📣 Buxoro davlat universiteti “YIL DOKTORANTI” tanlovini e’lon qiladi.

Nominatsiyalar:👇

➡️ Sohasi boʻyicha o‘qish davrida Scopus bazasidan ro‘yxatdan o‘tgan jurnallarda maqolasi nashr etilgan doktorant (2024-yil 1-yanvardan 30-noyabrga qadar bo‘lgan nashrlar inobatga olinadi, mualliflar o‘rtasida teng taqsimlanadi, xorijiy mualliflar bundan mustasno);

➡️ Sohasi bo‘yicha OAK ro‘yxatidagi jurnallarda eng ko‘p maqola nashr qilgan doktorant (2024-yil 1-yanvardan 30-noyabrga qadar bo‘lgan mahaliy OAK ro‘yxatidagi nashrlar inobatga olinadi, mualliflar o‘rtasida teng taqsimlanadi);

➡️ Fundamental, amaliy va startap loyiha g‘olibi bo‘lgan doktorant (2024-yil 1-yanvardan 30-noyabrga qadar bo‘lgan loyiha mualliflari);

➡️ Muddatdan avval himoya qilgan doktorant (2-kursda himoya qilganlar inobatga olinadi);

➡️ Foydali model yuzasidan Patent muallifi;

➡️ Ilmiy faoliyat natijalari tijoratlashtirilgan doktorant; (tijorashtirilgan mahsulot ilova qilinadi);

➡️ Xorijiy tilda xorijda nashr qilingan monografiya muallifi.

✉️Ma’lumotlarni (+99891 440-33-70, @nafisaizatullayevna) telegram manziliga taqdim etishlari so‘raladi.
Muddat: 2024-yil 20-dekabrga qadar

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim #Bayroq_nomusim

🇺🇿О‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan 2024-yil 18-noyabr kuni “Ark qо‘rg‘oni” registon maydonida tadbir tashkil etildi. Tadbirda BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligida universitet jamoasi ham ishtirok etdi.

Tadbirni “Harbiy yurish” va “Vatanparvar avtokarvoni”ni harbiy orkestr hamda faxriy qorovul boshlab berdi.

Ularning ortidan katta hajmdagi davlat bayroqlar bilan kо‘ngilli ravishda viloyat aholisi bilan bir qatorda universitet rahbar-xodimlari va talabalari ham davlat bayrog‘ini yuqori kо‘targan holda yurish (parad) da faol ishtirok etdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bugungi qutlug‘ sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

buxdumatbuotxizmati/RZQ-c_tmxV8" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/RZQ-c_tmxV8

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

🇺🇿"TABARRUK IZLAR IZIDAN"

Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni va O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligiga bag'ishlangan "Tabarruk izlar izidan" mavzuida talabalar bellashuvi tashkil etildi.

Ushbu tadbir filologiya fanlari doktori, professor Nazzora Bekova Joʻrayevna boshchiligida oʻtkazildi. Bellashuvda 4-bosqich talabalari 3 shart asosida bellashdilar.
1-shart "Tanishtiruv" sharti. Bu shartda talabalar 4 yil davomida erishgan yutuqlarini namoyish etishdi.
2-shart "Ustozlik qasamyodi" Bunda talabalar boʻlajak filolog sifatida oʻz qasamyodlarini qabul qilishdi.
3-shart "Oshga marhamat" 

Bunda talabalar oʻz qoʻllari bilan osh tayyorlashdi. Tadbir soʻngida Buxoro Yozuvchilar uyushmasi raisi Shodmon Sulaymon, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori N.Bekova hamda dekan oʻrinbosari T.A.Rajabov tomonidan bellashuv ishtirokchilari 6 ta nominatsiya boʻyicha munosib taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

🇺🇿 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i har bir yurtdoshimizga g‘urur va iftixor hissini in'om etadi. Jonajon yurtimiz bayrog'ining 33 yilligi muborak bo‘lsin!

Bugun, 18-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.

18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan universitet rahbar-xodimlariga davlat ramzi tushirilgan lentalar taqildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️🧒 BuxDUda talabalar kuni

⚡️ Buxoro davlat universitetida 17-noyabr "Xalqaro talabalar" kuni bayram dasturi bo'lib o'tdi.

⚡️ Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK

⚡️ Muxbir: Shaxrizoda Xamroyeva lavhasida

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 😀 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt ▶️ Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🤩🥳 DAXSHATLI G'ALABA

14-16-noyabr kunlari o‘tkazilgan R:ED FEST xalqaro robototexnika musobaqasida RobotsAndMe o‘quv markazi yurtimizning eng kuchli natijalarini qayd etdi! O‘zining mahoratli jamoasi bilan biz butun O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdik!

Natijalarimiz bilan tanishing:

8-12 yoshlar o‘rtasida (Chiziq bo‘ylab harakatlanish / DIY):
🏅 II o‘rin: Djurayev Ruslan, Davronov Abbosali

13-16 yoshlar o‘rtasida (Chiziq bo‘ylab harakatlanish / DIY):
🥇 I o‘rin: Xafizov Shohruxmirzo
🥈 II o‘rin: Azimov Mirsaid
🥉 III o‘rin: Ismailova Ziyoda, Ochilov Fazliddin

17-25 yoshlar o‘rtasida (Chiziq bo‘ylab harakatlanish / DIY):
🥇 I o‘rin: Safarov Rustam
🥈 II o‘rin: Ziyoviddinov Zikrillo, G‘ulomov Jamshid
🥉 III o‘rin: Haqnazarov Quvonchbek, Nurulloyev Abdulaziz

🤓 Nega RobotsAndMe yetakchi?
Bu g‘alaba bizning markazimizda bolalar va yoshlarga zamonaviy muhandislik hamda robototexnika sohasida berilayotgan ta’limning yuqori sifati va samaradorligini yana bir bor isbotladi.

🇺🇿 RobotsAndMe – innovatsiyalar, texnologiyalar va mahoratli o‘quvchilarning markazi!
Robototexnika musobaqalarida ishtirok etib, siz ham katta g‘alabalarga erishing!

Yutuqlarimizni kuzatishda davom eting – RobotsAndMe bilan har doim oldinda bo‘lasiz!

@RobotsAndMe

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tomonidan G'ijduvon tumanidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasiga 30 ta badiiy kitoblar to`plami hamda 50 ta QR kodli kitoblar o'zida elektron kutubxona doskasi sovg'a qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan muloqot

Joriy yilning 15-16-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiatlari, bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida “Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash – Yangi Oʻzbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishi” mavzusidagi seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Amir Temurxon Musayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov soʻzga chiqib, yoshlarni stipendiat boʻlganlari bilan tabrikladilar. Kun davomida stipendiatlar uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Ushbu tadbirda 500 ga yaqin Jamgʻarma stipendiatlari, yurtimizdagi koʻplab ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda Jamgʻarmaning masʼul vakillari ishtirok etdilar.

Ikki kun davomida 2024-yilning 1-ochiq stipendiya tanlovi gʻoliblari uchun seminarlar tashkil etildi. Ushbu seminarlarda vazirlik va idoralar rahbarlari, xalq shoirlari hamda Jamgʻarma masʼullari tomonidan maʼruzalar qilindi.

Xususan, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov “El-yurt jamgʻarmasi” bitiruvchilarining davlat xizmatida samarali faoliyat yuritishlarini taʼminlash, mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etish, ularning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️ Buxoro davlat universiteti rektori o'ziga biriktirilgan yoshlar holidan xabar oldi

✅ Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov G'ijduvon tumanidagi "Bobur" va "Beshruvo" mahallalarida istiqomat qiluvchi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.

✍️ Uchrashuv davomida ularning birinchi navbatda bandligini taʼminlash, hayotda o'z o'rnini topishi va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha manzilli ish tashkil etishda koʻmaklashish, yoshlarni kasb-hunar, fan, chet tillariga o'qitish bilan bog'liq asosiy muammolari o'rganildi hamda vatanparvarlik va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#yashil_makon 🌳🌲☘️

⚡️ ✅ "Yashil makon umummilliy loyihasi" doirasida ko‘chat ek - bog‘ yarat shiori ostida, joriy yilning 16-noyabr kuni Iqtisodiyot va turizm fakulteti biriktirilgan Buxoro shahar A.Temur MFY bilan hamkorlikda mahalla hududida nihol ko‘chatlari o'tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚18-noyabr "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilingan kun" munosabati bilan Buxoro davlat universitetida "Bayroq faxrim, g'ururim, orim" shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Diqqat_Respublika_tanlovi

🎗Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari talabalari orasida respublika kо‘rik-tanlovli e'lon qilinadi.

🔰Tanlov yo'nalishlari:

1. “Yoshlar korrupsiyaga yо‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” respublika kо‘rik-tanlovli

2. “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” respublika kо‘rik-tanlovli

🔖 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lganlar  o'z ijodiy  ishlarini 👉
telegram manzilga👈 yuborishlari so'raladi

Tanlov g'oliblarining ishlari
rasmiy kanalda yoritiladi.

⏰Boshlangan vaqt: 16.11.2024 y
⏰ Yakuniy vaqt: 26.11.2024 y

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🏆🏆🏆🏐🏐🏐🏐

🔈 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha B-liga qizlar o‘rtasida respublika final bosqichining ochilish marosimi BuxDU huzuridagi "Universal" sport majmuasida o‘tkazilmoqda.

Unda universitetdan 1000 nafar rahbar-xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

📣 Buxoro davlat universiteti doktorantlar ilmiy faoliyatini samarali baholash, ular iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “BuxDU FLAGMAN DOKTORANTLARI” bazasining II bosqichi shakllantirilmoqda, shu munosabat bilan quyidagi 👇mezonlar👇dan biriga mos keluvchi doktorantlar ma’lumotlarni (+99891 440-33-70, @nafisaizatullayevna) telegram manziliga taqdim etishlari so‘raladi.

Mezonlar:
Belgilangan o‘qish muddatidan oldin himoya qilgan; (2024-yil taqvimidan boshlab)
O‘qish davrida Scopus bazasidan ro‘yxatdan o‘tgan jurnallarda maqolasi nashr etilgan;
Fundamental, amaliy va startap loyiha g‘oliblari;
Innovatsion rivonlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan ilmiy stajirovka g‘oliblari;
Davlat mukofoti va nomdor stipendiya sohiblari.

Muddat: 2024-yil 20-dekabrga qadar

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал