🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetida "Buxoro adabiy muhiti: kecha va bugun" mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo'lib o'tdi.
➡️ Ushbu xalqaro ilmiy-nazariy anjuman Buxoro davlat universiteti bilan birga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo'limi, Tojikiston Respublikasi Bobojon G'ofurov nomidagi Xo'jand davlat universiteti, Turkiya Jumhuriyati Hacetepe universiteti hamkorlikda tashkil etildi.
➡️Anjumanni ochib berish uchun universitet rektori O.X.Xamidov so'zga chiqdi. U nutqi davomida BuxDU O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi ilmiy salohiyati hamda iqtidorli talabalari bilan alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tdi.
➡️Mazkur anjuman doirasida "Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo'yicha elektron platforma yaratish" mavzusidagi amaliy loyiha o'rin olgan.
➡️ Anjuman davomida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo’limi raisi, dotsent Shodmon Sulaymonovning “Buxoro adabiy xarakatchiligining rivojlanish tamoyillari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, Filologiya fanlari doktori, professor Shoira Axmedovaning “ XX asrning 20-yillari O’zbek adabiy tanqidchiligida tanqidiy-biografik ocherk janri rivojida Fitratning o’rni” mavzusidagi muhim ma’ruzasi tinglandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🎧 BASTAKOR TALABA SAN’ATINING NAMOYISHI
✅ Buxoro davlat universiteti “San’atshunoslik va pedagogika” fakultetida tahsil olayotgan bastakor talaba Furqat Oripov o‘zining “Rennesans” deb nomlangan betaror madaniy-musiqiy kecha va konsert dasturini o‘tkazdi.
Tadbirda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda bastakorning musiqasini kuyga solib ijro etib kelayotgan ko‘plab taniqli san’at ustalari ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim #Bayroq_nomusim
☄️📚✅18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Buxoro shahrida "Muqaddasdir - Vatan bayrog‘i" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Unda Buxoro davlat universitetidan Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti boshchiligida 150 nafar Jismoniy madaniyat va sport fakulteti pedagog-xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_ğururim #Bayroq_nomusim
☄️📚✅18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Sana munosabati bilan Buxoro davlat universiteti jamoasi va ayniqsa, talaba-yoshlari turli xeshteg, fleshmob va aksiyalar orqali Davlat bayrog‘iga bo‘lgan mehrini, sadoqatini ifoda etib kelmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#ZIYORAT_VELOMARAFONI
🚴♀️ An'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Sitorai Mohi Xossa ziyoratgohiga sayohat bo'ldi🚴♀️
Bugun,15-noyabr Sitorai Mohi Xossa meʼmoriy majmuasi tomon yo`l olgan velomarafonda Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshayev boshchiligidagi professor-oʻqituvchilardan iborat jamoa ushbu marafonda qatnashdi.
☝️"Ziyorat Velomarafoni" har haftaning JUMA kuni bo'lib o'tadi. #BuxDU jamoasi barchangizni "Ziyorat velomarafoni"ga chorlab qoladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Bir bayroq ostida birlashamiz!!!
🇺🇿🇺🇿 Davlat bayrogʻi va uning ramzi bugungi Oʻzbekiston sarhadida mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi.
BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakultetida "Bir bayroq ostida birlashamiz" shiori ostida targʻibot aksiyasi oʻtkazildi.
BuxDU Axborot xizmati bo'limi yetakchi mutaxassisi Bafoyev Bekzod hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti Matbuot kotibi Saloxiddinov Nosirjon tomonidan olingan rasmlar va video.
Bizni kuzatishda davom eting:
#InnoWeek_2024
Bugundan “InnoWeek.Uz-2024”ga start berildi
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-olimlar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.
Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharofiddin Rajabboyev, Tailand Milliy tadqiqot kengashi ijrochi direktori Wiparat De-ong, BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujiilar kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27391
Bizni kuzating
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
🚴♀️ HURMATLI BUXORO SHAHRI AHLI! PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!
🔈Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.
⤵️ 15-noyabr (Juma) kuni soat‼️ 05:30 ‼️Sitorai Mohi Xossa meʼmoriy majmuasi tomon yo`l oladigan velomarafonga barchangizni taklif etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Bugun, 14-noyabr xalqaro sotsiologlar kuni munosabati bilan BuxDU katta majlislar zalida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣0️⃣0️⃣0️⃣
⚽️ 12-13 noyabr kunlari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan sportning Mini futbol sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥇- o'rin BuxDU
🥈- o'rin BuxDPI
🥉- o'rin BMTI qo'lga kiritdi.
🎉 Buxoro davlat universiteti jamoasi Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ DAYJEST: BuxDUda amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning haftalik dayjesti:
🔹Vatan bo‘ylab sayohat;
🔹Kafedra kunlari;
🔹Teatrga tashrif;
🔹Muzeylarga tashrif;
🔹Tanlovlar;
🔹Psixologik trening;
🔹Istirohat bog‘lariga tashrif;
🔹Profilaktika kuni;
🔹Kino kuni;
🔹Ota-onalar kongressi
🔹"Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoni;
🔹Tyutorlar faoliyati yuzasidan yig‘ilish.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Germaniyada xizmat safarida boʻlib turgan universitetimiz rektori O.Xamidov kuni Gyottingen universiteti rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuvda oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi hamda bir qator masalalarda aniq kelishuvlarga erishildi.
Batafsil: https://is.gd/Vm6dPd
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_Ittifoqi
#PubG_Final
🇺🇿 Joriy yilning 12-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan Kibersportni rivojlantirish hamda yoshlarning o'z iqtidorlarini yuzaga chiqarishida ko'maklashish maqsadida, universitet talaba-yoshlari o'rtasida KIBERSPORTning "PUBG MOBILE" turi boʻyicha oʻtkazilib kelinayotgan intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.
✅ Ajoyib janglar, g‘aroyib strategiyalar va unutilmas lahzalar uchun hamma ishtirokchilarga rahmat!
✴️ Finalda ishtirok etgan quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:👇
🥇 "DOMINANT" jamoasi;
🥈 "OLD EASPORT" jamoasi;
🥉 "V.I.P" jamoasi.
🎁G'oliblar 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Делегация Бухарского государственного университета посетила Навоийский педагогический институт
Сегодня, 12 ноября, делегация Бухарского государственного университета в составе заведующего кафедрой русского языка и литературы Носирова О.Т., Нигматовой Л.Х., Джураевой З.Р., Гудзиной В.А., Шарипова С.С, Чоракуловой Д.З., Давидходжаевой Ш.И. приняла участие в Международной научно-практической конференции, посвященной 225-летию со дня рождения А.С. Пушкина в Навоийском государственныом университете.
Тема мероприятия — «Актуальные проблемы преподавания филологических дисциплин в современном образовательном пространстве: инновации и перспективы». Участники обсуждали современные вызовы в области преподавания литературы и языков, а также внедрение новых технологий и методик в учебный процесс.
Конференция собрала ведущих ученых, преподавателей и студентов из различных регионов Узбекистана и зарубежья. Участники конференции выступили с докладами, где обсуждались актуальные проблемы современного языкознания и литературоведения и современные механизмы развития профессиональных компетенций филолога.
Мероприятие предоставляет уникальную платформу для обсуждения актуальных тенденций и перспектив развития филологических дисциплин в современном образовательном пространстве.
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅Joriy yilning 12-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida talaba-qizlar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Ko‘rik davomida talaba-qizlarga sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, turli xil kasalliklarning yuqish yo'llari, klinik belgilari va profilaktikasini oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir so‘ngida TTJ da yashovchi talaba-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiya va yo‘llanmalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
🎭 BuxDUda teatr tomoshasi
➡️ BuxDU Filologiya fakultetining A.Fitrat nomidagi talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asaridan sahnalashtirilgan teatri talabalarga namoyish etildi. Teatr tomoshasini viloyatdagi teatrlardagi jamoalarning vakillari, universitet rahbar-xodim, professor-o‘qituvchilari ayniqsa, darsdan bo‘sh bo‘lgan, talabalar turar joylarida yashaydigan talaba-yoshlari maroq bilan tamosha qilishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni hamda “5 muhim tashabbus” doirasida, universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish maqsadida talaba-yoshlari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” va “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovlari o‘tkazildi.
Mazkur tanlov “5 tashabbus” doirasida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi. Tanlovda 7 ta jamoalar 2 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
1-shart “Men yoqtirgan asar” sharti.
2-shart “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob sharti.
Hakamlar hay’atining xulosasi va umumiy ballarga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: “Kitobxon” jamoasi – Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
2-o‘rin: “Cho‘lpon” jamoasi - Filologiya fakulteti
3-o‘rin: “Behbudiy” jamoasi - Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakuleti
N.Norova - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi v.b. dotsenti, PhD
N.Qodirova - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti
Z.Soxibova - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti
F.H.Bobojonova – Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, t.f.n
M.Orziyev - Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, PhDlar hakamlik qildilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 15-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Talaba-yoshlar jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tarafdori”
✅ “Talaba-yoshlar jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tarafdori ” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Buxoro viloyat vakili Yusuf Salomov, Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi diniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Bayozxon Mahmudov, O‘zbekiston Xalqaro islom akadmemiyasi Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri Farxod Karimov, universitet rahbar-xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_ğururim #Bayroq_nomusim
☄️📚✅18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Sana munosabati bilan Buxoro davlat universiteti jamoasi va ayniqsa, talaba-yoshlari turli xeshteg, fleshmob va aksiyalar orqali Davlat bayrog‘iga bo‘lgan mehrini, sadoqatini ifoda etib kelmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov “InnoWeek.Uz-2024”da ishtirok etmoqda.
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda. Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda universitetimiz rektori O.X.Xamidov ham ishtirok etdi hamda bir qator loyihalar bilan tanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ "Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik - umrboqiy qadriyatlar"
🖼️ Yoshlar orasida do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishni maqsad qilgan holda Buxoro davlat universiteti faollar zalida Do'stlik madaniyat markazi bilan hamkorlikda "Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik - umrboqiy qadriyatlar" shiori ostida "O'zbekiston - umumiy uyimiz" mavzusida ilmiy - amaliy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
Jarayondan lavhalar:
Bizni kuzatishda davom eting:
🧠🧠🧠🧠🟦🟦🟦🟦🟦
⚡️✅ Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari uchun tashkil etilgan "Rektor kubogi" "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.
✅ Qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'lgan o'yinda saralab olingan 6 ta jamoa final bosqichida ishtirok etdi.
📊 Kuzgi mavsum finalida quyidagi natijalar qayd etildi:👇
🥇-o'rin - "BuxDU" jamoasi;
🥈-o’rin - "Uzbek power" jamoasi;
🥉-o'rin - "Arxeologlar" jamoasi.
🎉G'oliblar "17-noyabr Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Buxoroda "Jadid ma’rifati" hujjatli filmi suratga olinmoqda.
"Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan suratga olinayotgan ushbu film bugun Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida olindi.
Ijodiy guruhga Buxoro Davlat Universiteti professor va dotsentlari intervyu berishdi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#uzlidep_21yoshda
21 йиллик бой тажриба ўз самарасини бермоқда
😎 ЎзЛиДеПнинг 21 йиллик босиб ўтган фаолият йўлига ҳаёлан бўлса-да назар ташлар эканмиз, ўтган давр мобайнида ушбу сиёсий тузилма томонидан партия электорати, хусусан, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик вакилларини ҳар тмонлама қўллаб-қувватлаш, соҳа ходимлари учун белгиланган имтиёз ва проференциялардан самарали фойдаланишларида партиявий воситаларни қўллаган ҳолда уларга яқиндан кўмаклашишда кутилган натижаларга эришилганлигига амин бўламиз.
😎 Турган гапки, ушбу бардавом йўналишлардаги изчил, собитқадам фаолиятни Бухоро вилояти партия ташкилоти мисолида ҳам кўрса бўлади.
😎 Ҳудуд тадбиркорларидан салкам 2000 нафарининг бугунги кунда ЎзЛиДеП аъзоси сифатида фаолият юритиб келаётгани эса ва энг муҳими, улар орасида партия фаоллари ҳамда маҳаллий Кенгаш депутатлари кўпчиликни ташкил этаётганиэътиборга сазовор. ЎзЛиДеПнинг дастурий ғоя ва мақсадларини аҳолининг турли қатламларига тушунтиришда уларнинг ўз ўрни бор, албатта.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar uchun Buxoro davlat universitetida joriy yilning 15-noyabr kunida maxsus fandan imtihon o'tkazilishini ma'lum qilamiz!
📎Ro'yxat quyidagi havolada.
🟢 Maxsus imtihon
❗️Izoh: Jadvalda ko'rsatilgan muddatdan kech qolmasdan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingizni so'raymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
Hurmatli tizim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar!
2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barchani ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishini so‘raydi.
Bizni kuzating
🟦🟦
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj | «Yoshlar huquqiy sayli» doirasidagi muloqot va uchrashuvlar
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Meningkonstitutsiyam #Konstitutsiyakuni
☄️📚✅BuxDUda «Konstitutsiya oyligi»
Buxoro davlat universitetida bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 8-noyabrdan 8-dekabrga qadar “Konstitutsiya oyligi” e’lon qilingan.
Oylik doirasida:
- “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik tanlovi;
- «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi» mavzusida: ilmiy maqolalar tanlovi, targ‘ibot-tashviqot ishlari, ommaviy diktant yozish;
- “Zakovat” intellektual o‘yini;
- #Meningkonstitutsiyam, #Konstitutsiyakuni xeshteglari ostida foto va videoroliklar targ'iboti;
- Soha mutasaddilari ishtirokida uchrashuv, muloqot va davra suhbatlari, seminar-treninglar va boshqa bir qator tadbirlar tadbirlar rejalashtirilgan.
Barchani “Konstitutsiya oyligi”da faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Bizni kuzatishda davom eting: