buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi

“Zakovat” - ilm, raqobat va intellektual kuch!

✅ Buxoro davlat universiteti  Talabalar turar joyida Yoshlar Kengashi vakillari tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Rektor kubogi" "Zakovat" intellektual o‘yini davom etmoqda.

🧩 Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan o‘yinda, zakovatli hamda bilimdon talabalardan tashkil topgan 20 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.

📌Natijalar esa quyidagicha qayd etildi:

🥇 Uzbek power jamoasi;
🥈 BuxDU jamoasi;
🥉 Renessans jamoasi.


Qiziqarli savol-javoblarga boy bo'lgan bilimlar bellashuvida barcha jamoalar oʻz faolliklarini namoyon etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

Universitetda "INNOWOMENWEEK-2024" loyihasi doirasida "ITWOMENUZ-2024", "Tadbirkorlar bilan muvaffaqiyat sari" mavzusidagi seminar hamda "Bir million dasturchi" oʼquv kurslariga oʼqigan qizlarni tajribali dasturchi qizlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚⚖️ BUXORO DAVLAT UNIVERSITETIDA VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulovning yurisprudensiya yoʻnalishi talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Batafsil:
https://is.gd/LiKlO1

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti 1-bosqich talabalari bilan "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari" mavzusida davra-suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida talabalar bo‘lim vazifalari hamda universitetimizda yangi tashkil etilgan "Aksilkorrupsiya kovorking markazi" faoliyati bilan tanishtirildi. Ushbu markazning asosiy maqsadi korrupsion huquqbuzarliklar, ularni oldini olish, universitet odob-axloq kodeksi va ichki tartib qoidalarning mazmun mohiyati haqida yoshlarimizning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini olib borish hisoblanadi.

Shuningdek, talabalar bo‘lim huzuridagi "Talaba-yoshlar klubi" faoliyati to‘g‘risida xabardor qilinib, klubga a’zo bo‘lish shartlari tushuntirildi.

"Aksilkorrupsiya kovorking markazi" rahbari B.B.Boltaev tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦

☄️👤Buxoro davlat universitetida Aloqabank o'quv xonasi tashkil etildi.

Bugun, 9-oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida Aloqabank Buxoro filiali tomonidan yangi o'quv xonasi tashkil etildi. O'quv xonasi ochilish marosimida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov, Aloqabank ATB Buxoro filiali direktori Alovuddin Jamolov, filial xodimlari, fakultet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, talabalar ishtirok etishdi. Aloqabank ATB Buxoro filiali tomonidan o'quv xonasi to'liq ta'mirlanib zamonaviy qiyofaga keldi, ta'lim olish uchun sifatli jihozlar bilan ta'minlandi.

Tadbirda so'zga chiqqan filial direktori Alovuddin Jamolov endilikda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari asosida talabalar amaliyot o'tashi, ishga joylashishi, haftada bir marotaba filial xodimlari tomonidan bank ishi yo`nalishi talabalariga mahorat darslari o'tilishi ta`kidlab o'tdi. Shuningdek, uchrashuv davomida Zoomrad mobil ilovasining imkoniyatlari va undagi qulayliklar haqida ma’lumotlar va tushunchalar berildi.

Tadbir so’ngida barcha filial xodimlari ilova haqida o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 "5 muhim tashabbus" doirasida 2024-yil sentabr oyida BuxDUda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy ma'lumot.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Sport_xabarlari

#SPORT#BuxDU#Talaba_liga

🤼 Universitetda "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalari davom etadi.


Barcha talaba-yoshlarni (kursidan qat’iy nazar) 10 oktabr kuni soat 14:00 da vazn o'lchash hamda 11 oktabr kuni soat 14:00da KURASH (milliy kurash) sport musobaqasiga faol qatnashishga chaqiramiz.

Musobaqa BuxDU kurash zalida o'tkaziladi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

📢“ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasi uchun arizalar qabuli boshlandi

🖥Dasturlash bo‘yicha o'tkaziladigan ushbu talabalar olimpiadasi ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi hududiy bosqich 20-oktyabrda bo'lib o'tsa, ikkinchi Respublika bosqichi esa 17-noyabrda o‘tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida, ICPC (International Collegiate Programming Contest) — bu algoritmik dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib, har yili dunyoning eng iqtidorli bilimdonlari ishtirok etadi.

Olimpiadaning maqsadi — turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot o‘rnatish va ilmiy doiralar hamda IT sohasi bo‘yicha yangi avlod mutaxassislarini taqdim etishdir.


💡“ICPC Uzbekistan” Respublika bosqichi g‘oliblari ICPC xalqaro olimpiadasining yarim finalida ishtirok etish uchun maxsus yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

➡️Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/f3rim9hCaUV9dtif6

🏪Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati 14-oktyabr soat 23:59ʼda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

"INNOWOMENWEEK-2024" loyihasi doirasida BuxDU bosh bino foyesida innovatsion loyihalar ko`rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada viloyat oliy ta`lim muassasalari xotin-qizlar, professor-o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan innovatsion loyihalar taqdimoti o'tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

Bugun, 9-oktabr kuni "INNOWOMENWEEK-2024" loyihasi doirasida "ITWOMENUZ-2024", "Tadbirkorlar bilan muvaffaqiyat sari" mavzusidagi seminar hamda "Bir million dasturchi" oʼquv kurslariga oʼqigan qizlarni tajribali dasturchi qizlar bilan uchrashuvi tantanali ravishda boshlandi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Universitet talabalar turar joyida "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” mavzusida davra-suhbati o'tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Y.Quliyev tomonidan ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsion huquqbuzarlikga yo'l qo'ymaslik, manfaatlar to'qnashuvi turlari (nepotizm, favoritizm, kronizm, karindosh-urugchilik, mahalliychilik), ularni oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot, davra suhbati o'tkazildi.

Davra-suhbati so'ngida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida fleshmob o'tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

⚡️ Bugun BuxDU 5-bino tibbiyot xonasida “Qon topshir-hayot inʼom et” shiori ostida yordamga muhtoj bemor bolalar uchun donorlik xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiyada universitetimizda faoliyat yuritayotgan xodimlar faol ishtirik etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

⚡️📚 Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 2-sonli yig`ilishi bo`lib o`tdi.

➡️ Kengash avvalida Oliy Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilar va turli tanlovlarda g'oliblikni qo`lga kiritgan professor-o'qituvchilarga diplomlar berildi va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

⚡️📚 Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 2-sonli yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

➡️ Uchrashuv qizgʼin savol-javobga ulanib ketdi. Joʼrayeva Sarvinoz ushbu yoʼnalish yuzasidan turli universitetlar oʼrtasida tanlov va olimpiadalar uyushtirish taklifi bilan chiqdi. Akbar Toshqulov bu taklifni qabul qilib, universitetda "yosh advokatlar", "yosh huquqshunoslar" singari klublar tashkil etish lozimligini aytdi.
Talaba-yoshlar savol-javoblarga faol ishtirok etishmoqda.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

⚡️ Buxoro davlat universitetiga qarashli universal sport majmuasida “Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha bo’lib o’tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonlaridan lavhalar:

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⭕️⭕️⭕️🟦🟦 1️⃣1️⃣1️⃣

📚ZIYORAT VELOMARAFONINING NAVBATDAGI SONI!

HURMATLI PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!

🚴Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.

11-oktabr (Juma) kuni soat‼️ 05:30 ‼️da Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l oladigan "Ziyorat Velomarafoni"ga taklif etamiz!

Velomarafonga qatnashish uchun STRAVA ILOVASINI yuklab oling:
🔼https://play.google.com/store/apps/details?id=com.strava&hl=ru&gl=RU

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚BuxDUda “Xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop etishning qoida va talablari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.

Joriy yilning 9-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida mahalliy va xorijiy OTM olimlari ishtirokida “Xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop etishning qoida va talablari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi.

Seminarda BuxDU professori, t.f.d., prof. Vohidov Shodmon Husenovich Panjakent shahridagi Tojikiston pedagogika institutining “Паёми донишкада/Вестник института”, “Тафаккури таърих/Познание истории”, “Анвори илм/Светоч науки” ilmiy jurnallarida maqolalar chop etishning qoida va talablari to’g’risida o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdi. Bu jurnallarning 4-soni Buxoro davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli bakalavr talabalari uchun ajratilganligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor T.H.Rasulov universitet huzurida tashkil qilingan “Fan va ta’lim mukammallik markazi” faoliyati bilan tanishtirib, 2024-2025 o’quv yilida Rossiyaning “Status” ilmiy markazi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan qishki maktab va xalqaro konferensiyalar haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlash joizki, bu konferensiyalarda tanlangan ilmiy maqolalar Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda nashr qilinishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Kitob - porloq kelajakka eltuvchi nurdir!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy sohada Buxoro davlat universitetida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy ma'lumot

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚2024 yilning eng yaxshi voqeasi. Qo'l jangi bo'yicha jahon chempionati. Qadimiy Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan chempionatda 32 jamoa ishtirok etmoqda.

11-14 oktabr kunlari Buxoro shahridagi Universal sport majmuasida

Yilning muhim voqeasiga tayyormisiz?
-
Лучшее событие 2024 года. Чемпионат мира по рукопашному бою. На чемпионате участвуют 32 команды, в древнем городе Бухара.

Вы готовы к важному событию года?

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚UNIVERSITET TALABASINING MAQOLASI TURKIYADA NASHR ETILGAN XALQARO TO'PLAMDAN O'RIN OLDI

Turkiyaning Alanya shahrida “Baygench” nashriyoti tomonidan O‘zbekistondagi “Shine” qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan mamlakatimizda turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “O’zbekistan’ın umutlu çiçekleri” (“O‘zbekistonning umidli chechaklari”) kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kitobdan Buxoro davlat universiteti talabasi Rohila Kodirovaning maqolasi ham o‘rin olgan.

Albatta, bu kabi loyihalar ikki millat o‘rtasidagi adabiy, ilmiy, madaniy va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 20 yoshgacha bo'lgan voleybol erkaklar milliy terma jamoamiz yigitlari Shri Lanka davlatining Kolombo shahrida o'tkaziladigan Markaziy Osiyo chempionatiga jo'nab ketishdi.

Dastlabki o'yinni terma jamoami Qirg'iziston terma jamoasini 3:0 hisobida, keyingi o'yinda NEPAL terma jamoasini 3:1 hisobida, 3-o'yinni esa kuchli raqib TURKMANISTON terma jamoasini ustidan 3:2 hisobida qo'li baland kelib, qisman final bosqichiga yo'l olishdi. Oldinda mezbon SHRI LANKA hamda MOLDIV terma jamoasi bilan o'yin kutmoqda.

Quvonarlisi shundaki, BuxDU sport klubi a'zolari, Jismoniy tarbiya va sport fakulteti voleybol yo'nalishida tahsil oladigan talabalarimizning 6 nafari:
1. Murodov Mirziyod 7-1 SFV 22
2. Murobiddinov Saidjamol 7-1 SFV 23
3. Alekseyev Nodir 7-1 SFV 24
4. Mustafoyev G'olibjon 7-1 SFV 24
5. Haydarov Og'abek 9-1 SFVS 24
6. Xo'jamov Asadbek 9-1 SFVS 24
ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi sifatida maydonga tushmoqdalar.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

🔵 Uchrashuv davomida, bir qator seminar aʼzolari oʻz dasturlari bilan tinglovchilarni tanishtirdilar. Jumladan, Osnova Brending kompaniyasi asoschisi Polina Nosova grafik dizayn haqida soʻzladi. Acharya universiteti oʻqituvchisi ayollarning moliyaviy mustaqilligini taʼminlovchi dasturini tanishtirdi.

✍️Prospektiv kompaniyasining menejeri Munira Najmiddinova oʻz kompaniyasi haqida gapirib oʻtdi. BuxDU axborot tizimlari raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti G.Y.Boʻronova Virtual robototexnikani oʻrganish boʻyicha gʻoyat samarali maʼruza qildi. Uning shogirdi Axborot texnologiyalar fakulteti 3-bosqich talabasi Rustamova Nigina “Genetik algoritm” haqida soʻzladi.
Uchrashuvda yigʻilganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

​​​​L'équipe de France de futsal 🇨🇵 a terminé à la quatrième place de la Coupe du Monde de futsal en Ouzbékistan 🇺🇿, un résultat très encourageant pour sa première participation à cette compétition.

Dans les tribunes, l’Ambassadrice de France, Mme Aurélia Bouchez accompagnée de Serge Bellini, Conseiller culturel a.i. , ainsi que Philippe Lafrique, membre du Comité exécutif de la Fédération Française de football et Odilshoh Bobokalonov, chef du département de français de l'Université d'État de Boukhara, ont assisté au dernier match de l’équipe de France, battue par une excellente équipe ukrainienne.

Le sélectionneur, Raphaël Reynaud, a exprimé sa fierté pour le parcours accompli et a souligné l'importance de cette participation pour l'avenir du futsal français.⚽️

---

Fransiya futzal 🇨🇵 terma jamoasi O‘zbekistonda 🇺🇿 bo‘lib o‘tgan Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va bu musobaqadagi ilk ishtirok uchun juda quvonarli natijadir.

Tribunada Fransiya elchisi Orelia Bushez xonim, madaniy hamkorlik bo‘yicha vaqtinchalik maslahatchi Serj Bellini hamrohligida, shuningdek, Fransiya futbol federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Filipp Lafrik va Buxoro davlat universitetning fransuz tili kafedrasi boshlig‘i Odilshoh Bobokalonov Fransiya termasining so‘nggi o‘yinini tomosha qildilar. Bu o‘yinda Ukrainaning ajoyib jamoasi fransuz jamoasini mag‘lub etdi.

Murabbiy Rafael Reyno jamoa erishayotgan yutuqlardan faxrlanishini aytib, ularning ishtiroki Fransiya futzalining kelajagi uchun muhimligini ta’kidladi. ⚽️

---

Сборная Франции по футзалу 🇨🇵 заняла четвертое место на Кубке мира по футзалу в Узбекистане 🇺🇿, что является очень обнадеживающим результатом для ее первого участия в этом соревновании.

На трибунах присутствовали Посол Франции, г-жа Орелия Бушез в сопровождении Сержа Беллини, врио советника по культуре, а также Филипп Лафрик, член Исполнительного комитета Французской федерации футбола, и Одилшох Бобокалонов, заведующий кафедрой французского языка Бухарского государственного университета, наблюдали за финальным матчем французской команды, которая была обыграна отличной украинской командой.

Тренер команды, Рафаэль Рейно, выразил свою гордость достижениями команды и подчеркнул важность их участия для будущего французского футзала. ⚽️

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦


☄️📚BuxDUda "Talabalar ligasi" sport musobaqalari davom etmoqda

   🏐 Bugun sportning BASKETBOL (qiz bolalar) turi bo'yicha musobaqalar yakunlanib g'olib fakultet jamoalari aniqlandi.

🥇- o'rinni Jismoniy tarbiya va sport  fakulteti
🥈- o'rinni Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti
🥉-o'rinni San'atshunoslik va pedagogika  fakulteti


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

⚡️📚🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Romitan tumanida "Artel" kompaniyasi hamkorligida mehnat yarmarkasi boʼlib oʼtadi

"Artel" kompaniyasi oʼzining boʼsh ish oʼrinlarini eʼlon qilgan holda vakantsiyalarni eʼlon qilmoqda.

Barcha ishlash niyatida boʼlgan fuqarolarni 2024-yilning 10-oktyabr kuni soat 10:00 da Romitan tumani markazida joylashgan 12-son “Bolalar musiqa va sanʼat” maktab binosiga taklif etamiz.

VАKАNSIYALАR:
Qadoqlovchi;
Yigʼuvchi;
Stanok operatori;
Emalchi;
Yuk tashuvchi;
Yordamchi ishchi;
Ishlab chiqarish ishchi xodimlari;

Yosh chegarasi:
18 yoshdan 45 yoshgacha boʼlgan fuqarolar (erkak va ayol)


☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 99 702 17 00
+998 93 456 11 74

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

⚡️📚 Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 2-sonli yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

💠Ayni damda BuxDU faollar yig`ingohida Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 2-sonli yig`ilishi o'tkazilmoqda. Kengash avvalida Oliy Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilar va turli tanlovlarda g'oliblikni qo`lga kiritgan professor-o'qituvchilarga diplomlar berildi va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

➡️ Fotolavhalar:

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Сен етим эмассан: Одамийлик тимсолига айланган оила

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

▶️

⚖️ Vazir va yoshlar uchrashuvi

Ayni damda Buxoro davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulovning talaba yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал