buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l

Bugun, 21-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida "Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamda Buxoro davlat universiteti "Bandlik va karyera" bo'limi hamkorligida tashkil etilgan. Shuningdek, 16 ta ish beruvchi tashkilot vakillari tashrif buyurishgan.


Davlat xizmatiga ishga kirishda halollik va shaffoflikni ta'minlivchi platformalar, jumladan, www.argos.uz sayti haqida, shuningdek, universitet bitiruvchilariga munosib ishga joylashish borasidagi muhim tavsiyalarni berdi universitetimiz rektori O.X.Xamidov kirish so'zida.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati bo’limi vakili Jumayev Zafar Ikromiddinovich hamda mutaxassis Toshev Murod Toirovich so’zga chiqib, talabalarga
vacancy.argos.uz platformasining ishlash tartibini qadam-baqadam tushuntirib berishdi.
Ochiq muloqot davomida yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida "El-yurt umidi" jamg'armasi ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklar aks etgan videorolik namoyish etildi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#eslatma #sharh

2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushadi

📹Ushbu platforma qanday ishlashi haqida batafsil videoreportajda hikoya qilinadi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#anons

“Va’da” nomli ko‘p qismli milliy serial


Ushbu serial orqali yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, qatʼiyatli va shijoatli boʻlishga undash maqsad qilingan.

Serial yoshlarning Vatan posboni bo‘lishdek sharafli kasbni egallashga bo‘lgan intilishlarini oshiradi va ruhlantiradi. Serial tez kunlarda Renessans TV telekanali orqali efirga uzatiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Live

⚡️ Ayni damda Buxoro davlat universitetida “Psixologik tadqiqotlarda muammolar, yutuqlar, innovatsiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.


👉 Ushbu konferensiya Buxoro davlat universiteti, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati qo'riqlash boshqarmasi, Oliy Majlis inson huquqlari bo’yicha vakillari (ombudsman)ning Buxoro viloyat mintaqaviy bo’limi, Qarshi davlat universiteti, Navoiy viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi, Samarqand davlat chet tillari instituti, Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti, Xorazm viloyati “Ma’mun universiteti”, Buxoro Innovatsiyalar universiteti, Samarqand davlat universitetlari hamkorligida tashkil etilgan. Koferensiyani BuxDU rektori O.X.Xamidov kirish so’zi bilan ochib berdi.


@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

* Ma`rifat_ulashib
* BuxDU_mehmonlari

   Joriy yil 26-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

      Mehmonlarimiz: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Xurshid Davron (O‘zbekiston xalq shoiri), Yangiboy Qo‘chqorov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi), Shodmon Sulaymon ("Shuhrat" medali sohibi)

      Bunda talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Mushoira” kechasi, adiblar ishtirokida “Fotosessiya” va “Gulxan atrofida” ijodiy uchrashuv tashkil etish rejalashtirilgan.
       Barcha talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni “Ma’rifat ulashib” loyihasida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.

     Tadbirlar 26-noyabr kuni soat 9:00 dan boshlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

⚡️ Dardidan nomi ogʼir boʼlgan kasallik: OIV va OITS

Bugun, 20-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti katta majlislar zalida OITSga qarshi kurash markazi xodimi Quliyev Bahodir tomonidan "Dardidan nomi ogʼir boʼlgan kasallik: OIV va OITS haqida nimalarni bilamiz?" mavzusidagi maʼruza oʼqildi. Talaba yoshlarga ushbu kasallik yuzaga kelish sabablari, yuqtirilishi, oqibatlari batafsil tushuntirildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Kuz-qish mavsumida energoresurslardan oqilona foydalanish yuzasidan Buxoro davlat universitetiga prokuratura xodimlari boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida joylarda issiqlik energiyasini uzluksiz va barqaror yetkazib berishda energoresurslardan oqilona foydalanish, ularni tejash hamda ortiqcha sarfiga yo'l qo'yilmasligini taminlashdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

❤️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali tomonidan Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari hamda magistrlar uchun “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo’l” mavzusida tashkil etilayotgan davra suhbatiga marhamat.

Ushbu uchrashuvda Siz:
➡️ davlat tashkilotlariga ishga joylashish;
➡️ argos.uz tizimida rezyume joylashtirish tartibi;
➡️ mavjud vakansiyalar haqida ma'lumot;
➡️ yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar to'grisidagi ma'lumotlar
➡️ "El-yurt umidi" jamg'armasi ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni bilib olishingiz mumkin.

✏️ Tadbirda Buxoro viloyatining tegishli boshqarma va tashkilotlari mas'ul xodimlari ishtirok etadi.

#️⃣ Tashrif buyuring va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob toping!

🌍 Uchrashuv o'tkazildigan joy: BuxDU katta faollar zali.
🗓 Vaqti: 2024- yil 21-noyabr, soat 11:30 da.

🔔 Qo'shimcha ma'lumot uchun:
Tel.: 65-221-27-49 BuxDU Marketing va karyera bo'limi

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#PLOGGING

⚡️ Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori Firdavs Jo'rayev tomonidan faol talabalar va tyutorlar bilan birgalikda fakultet binosida "Plogging" aksiyasi tashkil etildi!

Bilim dargohimizni tozaligini saqlash har birimizning burchimizdir!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

💖💖💖💙💙💙

IELTS OVERALL SCORE 9

⚡️ BuxDU Xorijiy tillar fakulteti bitiruvchisi Akmal Akhmedjanov 2016-2019 yillar davomida bakalavr, 2022-2023 yillarda esa magistratura bosqichida tahsil olgan. Hozirda u Millennium IELTS School o‘quv markazining Kritiy filiali ham mutaxassisi ham IELTS tutor sifatida faoliyat yuritmoqda.

Akmal Akhmedjanov universitet tarixida birinchi bo‘lib IELTS imtihonidan eng yuqori natija — 9.0 ballni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, yillar davomida u yuzdan ortiq o‘quvchisiga IELTS imtihonida yuqori natijalar — 7.0, 7.5 va 8.0 ball olishda yordam berdi.

➡️ Ushbu yutuqlar Akmal Akhmedjanovning ilmga chanqoqligi, universitetda olgan malakasi, o‘z ishiga sadoqati va ta’lim berishdagi yuqori tajribasining yaqqol isbotidir.

💠 Hozirda Akmal Xorijiy tillar fakulteti dekani, f.f.d. (DSc), dotsent N.B. Ataboyev ilmiy rahbarligida o‘zining PhD ilmiy darajasini olish maqsadida tadqiqotlarini olib bormoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Sulaymon Inoyatov 87 yoshida vafot etdi

BuxDU tarixchi olimi, mohir pedagog, professor Sulaymon Inoyatovich Inoyatov 87 yoshida vafot etdi.

Sulaymon Inoyatovich 1938 yil 12 martda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1956-1961 yy. Buxoro davlat pedagogika institutini tugatgan.

10 ta monografiya, 15 dan ziyod o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. O‘n minglab shogirdlarning sevimli ustozi .

Sulaymon Inoyatov 2023 yilda Prezident farmoniga muvofiq "El Yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan edi.

Ustozning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga universitet jamoasi nomidan chuqur taʼziya izhor etamiz.

@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Gʻijduvonda 1-sonli umumtaʼlim maktabining 100 yilligi nishonlandi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

buxdumatbuotxizmati/g6I1EHCVZda" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/g6I1EHCVZda

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚"Fransiyada ta'lim tizimi" bo'yicha fransuz-o'zbek forumi

🔵 Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda "Kampus Frans O‘zbekiston" tashkiloti hamkorligida "Fransiyada ta'lim tizimi" bo'yicha fransuz-o'zbek forumi bo’lib o’tdi. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining texnik va universitetlararo hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi hamda "Kampus Frans O‘zbekiston" rahbari Alis Mo xonim Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi. Forumni BuxDU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Abror Jo'rayev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

➡️ Forum doirasida Fransiyada ta’lim imkoniyatlari haqidagi bir qator ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, Alis Mo xonim tomonidan "Fransiya universitetlari: talabalarga yaratilgan imkoniyatlar", "Fransiyada o‘qish uchun grantlar va ariza topshirish jarayoni" mavzularidagi g’oyat ahamiyatli ma’ruzalar o’qildi.

Forum davomida BuxDU talabalari uchun "Kampus Frans O‘zbekiston" vakili hamda Alis Mo xonim tomonidan "Fransuz universitetlariga ariza topshirishning amaliy jihatlari" hamda "CV va motivatsion xat tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar" mavzularidagi mahorat darslari tashkil etildi.

Talabalar mavzu doirasidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#xalqaro_olimpiada_jarayonlari

Turkmaniston  gumanitar fanlar va taraqqiyot xalqaro  universiteti  tomonidan  “FALSAFA” fanidan xalqaro ochiq internet olimpiadasi onlayn tartibda bo‘lib o'tmoqda

🏛Olimpiada jarayonlarida OTM bosqichida eng yuqori ball yig‘gan 10 nafar talabalar olimpiadaning xalqaro bosqichida ishtirok etmoqda

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Diqqat e'lon!

Buxoro davlat universiteti Sirtqi ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o'rtasida sportning Shaxmat turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi tashkil etiladi. Barchani ushbu musobaqaga faol ishtirok etishini so'raymiz. Zero, Shaxmat-aql gimnastikasi.

Vaqti: 27-noyabr, soat 10:00

Manzil: BuxDUning G'ijduvon tumanidagi binosi sport zali.


Buxoro davlat universiteti kasaba uyushmasi.

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🔻🔻🔻🔻🔻

✍️ Konferensiya davomida Senator, Oliy Majlis inson huquqlari bo’yicha vakillari (ombudsman)ning Buxoro viloyat mintaqaviy vakili, falsafa fanlari doktori, professor Xuseynova Abira Amanovnaning “Oila ijtimoiy-psixologik muhitiga ta’sir etadigan omillarning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

🧑‍💻Shuningdek, TDPU professori, psixologiya fanlari doktori Atabayeva Nargis Batirovna tomonidan "Talabalarda alturistik xulqni shakllantirishning psixologik xususiyatlari" mavzusidagi ma'ruza o'qildi.
Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Jumayev Ulug‘bek Sattorovichning "Globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot kompеtеnsiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlari" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.

Konferensiya so'ngida 5 ta maxsus yo'nalishlar bo'yicha yig'ilishlar o'tkazildi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🤖 Oʻzbekistonda ilk bor o'tkazilgan R:ED FEST robototexnika festivalida BuxDU talabalari g'olib bo'ldi !

⚡️Ushbu noyob festival 8 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan bolalar va yoshlarga birlashish imkonini berdi hamda xalqaro innovatsiyalar koʻrgazmasi "INNOWEEK-2024"ning bir qismi boʻldi.

🇺🇿 Ushbu festivalda Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabalarining ishtiroki ayniqsa e'tiborga loyiq boʻldi. Ular chiziq boʻylab harakatlanish yoʻnalishida yuqori natijalarga erishib, festivalning faxrli oʻrinlarini qoʻlga kiritdilar.

Jumladan :
🥇 I o‘rin: Safarov Rustam (1-1ELEK 23) guruhi talabasi
🥈 II o‘rin: Ziyoviddinov Zikrillo, G‘ulomov Jamshid (1-1DI-24) guruhi talabalari
🥉 III o‘rin: Haqnazarov Quvonchbek, Nurulloyev Abdulaziz (1-1DI-24) guruhi talabalari

🥳🏆 Ularning yutug‘i, nafaqat universitetning ilmiy salohiyatini, balki butun Oʻzbekistonning robototexnika sohasidagi kelajagini yuksaltirish yoʻlida yangi qadamlar qoʻyilganini ko‘rsatadi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Zakovatli xotin-qizlar Zakovatda bellashdilar

Mamlakatimizda xotin-qizlarning aql-zakovatini oshiradigan, iqtidorini ro‘yobga chiqaradigan, intellektual salohiyatni oshirishga qaratilgan har qanday tashabbus izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Jumladan, joriy yilning 20-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi hamkorligida "Siz qonunni bilasizmi?" mavzusida  ayol pedagog-xodimlar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda 8 ta jamoadan iborat ayol pedagog-xodimlar faol ishtirok etdilar.
Ushbu intellektual o‘yinni tashkil etishdan maqsad, pedagog xotin-qizlarning ijodkorligini namoyon qilish, shuningdek gender tengligini ta’minlash, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish orqali ta’lim sifatini kengaytirishga zamin yaratadi. 

Jamoalarning hozirjavobligi, izlanuvchanligi ularning yuksak salohiyatlaridan darakdir. Biroq, har bir kurash o‘zining g‘olib va mag‘lubiga ega.
Qizg‘in kechgan o‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra 3-o‘rinni Tarix va yuridik fakultetining JADIDLAR AVLODI jamoasi, 2-o‘rinni Filologiya fakultetining BuxDU jamoasi, faxrli birinchi o‘rinni esa Xorijiy tillar fakultetining INTRIGA jamoasi qo‘lga kiritdilar.
Gʻoliblar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#besh_tashabbus #sport

Buxoro viloyati oliy ta'lim muassasalari o'rtasida "BESH TASHABBUS" olimpiadasi (VOLEYBOL) sport turi bo'yicha talaba yigitlar o'rtasida viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Viloyat bosqichida o'nta oliy ta'lim muassasa talabalari musobaqada qatnashishdi. Viloyat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida olib borilgan voleybol sport turi musobaqasida BuxDU talaba yigitlari peshqadamlikni qo'ldan boy bermay Respublika yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

Umumiy hisob bo'yicha yigitlar o'rtasida
🥇-o'rin BuxDU jamoasi 🥈-o'rin BuxDPI jamoasi
🥉-o'rin BuxTRBI jamoalari egalladi.


👏Yigitlarimizga keyingi bosqich, Respublika final bosqichida omad tilab qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklarI

⚡️"PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA MUAMMOLAR, YUTUQLAR, INNOVATSIYALAR" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

✅ Sizlarni Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi huzurida tashkil qilingan "PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA MUAMMOLAR, YUTUQLAR, INNOVATSIYALAR" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz.

🗓Sana: 2024-yil 21-noyabr
⏰Vaqt: 10:00 da
Seminar tili: o‘zbek tili, rus tili, ingiliz tillarida.
Seminar platformasi: ZOOM
🔑
Zoom orqali dissertatsiya himoyasiga ulanish havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/4550541668?pwd=TCSLUcp1wpTKQNQX4rCDFLZCa3PgGU.1&omn=82288545811
identifikator: 455 054 1668
Parol: 7777


@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#tavsiya #anons

📹Uch qahramon

Ushbu film harbiy vatanparvarlik, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, kinoasar yot g‘oyalarga qarshi kurash, vatanparvarlik, giyohvandlik zavoli, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini targ‘ib qiladi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, film 1-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️Prezidentimiz 2025-yilni  “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#xalqaro_biologiya_olimpiadasi

Turkmaniston davlat tibbiyot universiteti  tomonidan 2024-yil 20-noyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro  biologiya fan olimpiadasida universitet jamoasi ishtirok etmoqda


🏆Saralash bosqichida yuqori balni qo'lga kiritgan 20 nafar talabalar xalqaro bosqichda ishtirok etmoqda

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

⚡️ Innovatsion rivojlanish agentligi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy stajirovkaga Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi o‘qituvchilari Buyuk Britaniyaning Lankaster shahrida joylashgan Lankaster Universiteti Menejment va marketing kafedralarida ilmiy faoliyatlarini olib bormoqdalar.

📝 Tadqiqot davomida Lankaster universitetida dars berish, Menejment va Marketing kafedralari bilan o’zaro hamkorlik o’rnatish ham reja qilingan.

👩‍💻 Dushanova Yulduz Marketing kafedrasi professori Hina Xan rahbarligida “Destinatsiya brendining rivojlanish yo‘llari” mavzusida, Toyirova Sarvinoz esa Menejment kafedrasi proffesori Anas Iftixar rahbarligida “O‘zbekistonda joylashtirish xizmatlarining tashkiliy iqtisodiy mexanizmlarini diversifikatsiya qilish” mavzularida ilmiy ish olib bormoqdalar.


🏢(Lancaster University – QS xalqaro universitetlar reytingida 2024-yilda 126-o‘rinda)

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Buxoro viloyati oliy ta'lim muassasalari o'rtasida olib boriladigan "BESH TASHABBUS" olimpiadasi (VOLEYBOL) sport turi bo'yicha talaba qizlar o'rtasida viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Viloyat bosqichida to'qqizta oliy ta'lim muassasa talabalari musobaqada qatnashishdi. Viloyat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida olib borilgan voleybol sport turi musobaqasida BuxDU talaba qizlar peshqadamlikni qo'ldan boy bermay Respublika yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

Umumiy hisob bo'yicha qizlar o'rtasida:
🥇-o'rin BuxDU jamoasi 🥈-o'rin BuxDPI jamoasi
🥉-o'rin Buxoro Zarmed universiteti jamoalari egalladi.

👏Qizlarimizga keyingi bosqich, Respublika final bosqichida omad tilab qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Buxoro davlat universiteti Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida 2025-yil uchun doktorantura(DSc), tayanch doktorantura(PhD), maqsadli tayanch doktorantura(PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka topshirgan talabgorlar uchun mutaxassislik fanlaridan imtihon va suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

Bugun, 19-noyabr kun davomida tasdiqlangan jadval asosida Matematik analiz, Differensial tenglamalar va matematik fizika, Geometriya va topologiya, Kondensirlangan holat fizikasi, Noorganik kimyo, Kompazitsion, lokbo’yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, Botanika yo’nalishlari talabgorlaridan imtihon olindi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#live

👏👏👏👏👏

O'zbekiston 1:0 KXDR

@buxdu_uz

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚽️⚽️⚽️⚽️

🇺🇿 Olg‘a O‘zbekiston, faqat va faqat g‘alaba!

Ayni damda BuxDU rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari va ayniqsa, talaba-yoshlar O‘zbekiston futbol milliy terma jamoasining KXDRga qarshi o‘yinini jamoa bo‘lib tomosha qilmoqda hamda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

xalqaro_IT_olimpiadasi_Respublika_bosqichi_natijalari

“ICPC Uzbekistan” xalqaro talabalar olimpiadasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan universitetning quyidagi 5 ta jamoa a’zolarini tanlovning Respublika bosqichida faol ishtirok etishdi


🏆Starbon jamoasi Respublika bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritib xalqaro bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Xalqaro bosqich Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Starbon jamoasi a’zolari

Jamoa rahbarlari: Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri O.Jalolov va kafedra dotsenti H.Rustamov
A'ZOLAR:
Akramov Oybek – Amaliy matematika 2-bosqich magistranti
Raximov Abduhamid – Amaliy matematika 2-bosqich magistranti
Muxtorov Javohirbek – Amaliy matematika 4-bosqich talabasi


🏛Universitet jamoasiga xalqaro bosqichda omad tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал