buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

11055

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university @buxdurektorgamurojaatbot @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🤩🥳 DAXSHATLI G'ALABA

14-16-noyabr kunlari o‘tkazilgan R:ED FEST xalqaro robototexnika musobaqasida RobotsAndMe o‘quv markazi yurtimizning eng kuchli natijalarini qayd etdi! O‘zining mahoratli jamoasi bilan biz butun O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdik!

Natijalarimiz bilan tanishing:

8-12 yoshlar o‘rtasida (Chiziq bo‘ylab harakatlanish / DIY):
🏅 II o‘rin: Djurayev Ruslan, Davronov Abbosali

13-16 yoshlar o‘rtasida (Chiziq bo‘ylab harakatlanish / DIY):
🥇 I o‘rin: Xafizov Shohruxmirzo
🥈 II o‘rin: Azimov Mirsaid
🥉 III o‘rin: Ismailova Ziyoda, Ochilov Fazliddin

17-25 yoshlar o‘rtasida (Chiziq bo‘ylab harakatlanish / DIY):
🥇 I o‘rin: Safarov Rustam
🥈 II o‘rin: Ziyoviddinov Zikrillo, G‘ulomov Jamshid
🥉 III o‘rin: Haqnazarov Quvonchbek, Nurulloyev Abdulaziz

🤓 Nega RobotsAndMe yetakchi?
Bu g‘alaba bizning markazimizda bolalar va yoshlarga zamonaviy muhandislik hamda robototexnika sohasida berilayotgan ta’limning yuqori sifati va samaradorligini yana bir bor isbotladi.

🇺🇿 RobotsAndMe – innovatsiyalar, texnologiyalar va mahoratli o‘quvchilarning markazi!
Robototexnika musobaqalarida ishtirok etib, siz ham katta g‘alabalarga erishing!

Yutuqlarimizni kuzatishda davom eting – RobotsAndMe bilan har doim oldinda bo‘lasiz!

@RobotsAndMe

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tomonidan G'ijduvon tumanidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasiga 30 ta badiiy kitoblar to`plami hamda 50 ta QR kodli kitoblar o'zida elektron kutubxona doskasi sovg'a qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan muloqot

Joriy yilning 15-16-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiatlari, bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida “Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash – Yangi Oʻzbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishi” mavzusidagi seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Amir Temurxon Musayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov soʻzga chiqib, yoshlarni stipendiat boʻlganlari bilan tabrikladilar. Kun davomida stipendiatlar uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Ushbu tadbirda 500 ga yaqin Jamgʻarma stipendiatlari, yurtimizdagi koʻplab ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda Jamgʻarmaning masʼul vakillari ishtirok etdilar.

Ikki kun davomida 2024-yilning 1-ochiq stipendiya tanlovi gʻoliblari uchun seminarlar tashkil etildi. Ushbu seminarlarda vazirlik va idoralar rahbarlari, xalq shoirlari hamda Jamgʻarma masʼullari tomonidan maʼruzalar qilindi.

Xususan, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov “El-yurt jamgʻarmasi” bitiruvchilarining davlat xizmatida samarali faoliyat yuritishlarini taʼminlash, mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etish, ularning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️ Buxoro davlat universiteti rektori o'ziga biriktirilgan yoshlar holidan xabar oldi

✅ Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov G'ijduvon tumanidagi "Bobur" va "Beshruvo" mahallalarida istiqomat qiluvchi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.

✍️ Uchrashuv davomida ularning birinchi navbatda bandligini taʼminlash, hayotda o'z o'rnini topishi va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha manzilli ish tashkil etishda koʻmaklashish, yoshlarni kasb-hunar, fan, chet tillariga o'qitish bilan bog'liq asosiy muammolari o'rganildi hamda vatanparvarlik va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#yashil_makon 🌳🌲☘️

⚡️ ✅ "Yashil makon umummilliy loyihasi" doirasida ko‘chat ek - bog‘ yarat shiori ostida, joriy yilning 16-noyabr kuni Iqtisodiyot va turizm fakulteti biriktirilgan Buxoro shahar A.Temur MFY bilan hamkorlikda mahalla hududida nihol ko‘chatlari o'tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚18-noyabr "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilingan kun" munosabati bilan Buxoro davlat universitetida "Bayroq faxrim, g'ururim, orim" shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Diqqat_Respublika_tanlovi

🎗Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari talabalari orasida respublika kо‘rik-tanlovli e'lon qilinadi.

🔰Tanlov yo'nalishlari:

1. “Yoshlar korrupsiyaga yо‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” respublika kо‘rik-tanlovli

2. “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” respublika kо‘rik-tanlovli

🔖 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lganlar  o'z ijodiy  ishlarini 👉
telegram manzilga👈 yuborishlari so'raladi

Tanlov g'oliblarining ishlari
rasmiy kanalda yoritiladi.

⏰Boshlangan vaqt: 16.11.2024 y
⏰ Yakuniy vaqt: 26.11.2024 y

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🏆🏆🏆🏐🏐🏐🏐

🔈 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha B-liga qizlar o‘rtasida respublika final bosqichining ochilish marosimi BuxDU huzuridagi "Universal" sport majmuasida o‘tkazilmoqda.

Unda universitetdan 1000 nafar rahbar-xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

📣 Buxoro davlat universiteti doktorantlar ilmiy faoliyatini samarali baholash, ular iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “BuxDU FLAGMAN DOKTORANTLARI” bazasining II bosqichi shakllantirilmoqda, shu munosabat bilan quyidagi 👇mezonlar👇dan biriga mos keluvchi doktorantlar ma’lumotlarni (+99891 440-33-70, @nafisaizatullayevna) telegram manziliga taqdim etishlari so‘raladi.

Mezonlar:
Belgilangan o‘qish muddatidan oldin himoya qilgan; (2024-yil taqvimidan boshlab)
O‘qish davrida Scopus bazasidan ro‘yxatdan o‘tgan jurnallarda maqolasi nashr etilgan;
Fundamental, amaliy va startap loyiha g‘oliblari;
Innovatsion rivonlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan ilmiy stajirovka g‘oliblari;
Davlat mukofoti va nomdor stipendiya sohiblari.

Muddat: 2024-yil 20-dekabrga qadar

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦🟦

☄️📚"InnoWeek-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida Ilmiy va innovatsion faoliyat bo'yicha III xalqaro forum yakunida BuxDU tayanch doktoranti Baxtiyor G'aniyev 2024-yilda innovatsion g'oyalar yetakchisi ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Quvonarli tomoni ketma-ket ikkinchi bor Buxoro viloyati bo'yicha "Innovatsion g'oyalar yetakchisi" ko'krak nishoni bilan universitet yosh olimi taqdirlandi. Universitet tayanch doktoranti Baxtiyor G'aniyev 2024-yilda ushbu ko'krak nishoniga munosib deb topildi. Universitet jamoasi Baxtiyor G'aniyevni ushbu muaffaqiyat bilan qutlaydi. Eslatib o'tamiz 2023-yilda ushbu nishon bilan universitet yosh olimasi Nargiza Nazarova taqdirlangan edi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

⚡️ Universitetda 17-noyabr xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

➡️ Batafsil:

📷 Fotolavhalar:

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

https://www.youtube.com/watch?v=EzUjv5HoMyM

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Buxoro davlat universiteti jamoasi "InnoWeek.Uz-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligida ishtirok etmoqda.

💠 “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Bugun, 15-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori T.Rasulov, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi O.Sayfulloyev, Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri O.Umarov, universitet tayanch doktoranti B.Ganiyevlar "InnoWeek.Uz-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligida ishtirok etishmoqda.

Universitet jamoasi O'zbekiston-Eron innovatsion texnologiyalari forumi doirasida bir qator xorijiy potensial hamkorlar bilan muloqot o'tkazdi. Xususan, Eronning texnologiyalar sohasidagi "Gaam elektronic system", kimyo sohasidagi "Ayerma" yirik korxonalari, Ispaniyaning sun'iy intellekt sohasidagi "Laberit" korxonasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

🎭 BuxDUda teatr tomoshasi

➡️ BuxDU Filologiya fakultetining A.Fitrat nomidagi talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asaridan sahnalashtirilgan teatri talabalarga namoyish etildi. Teatr tomoshasini viloyatdagi teatrlardagi jamoalarning vakillari, universitet rahbar-xodim, professor-o‘qituvchilari ayniqsa, darsdan bo‘sh bo‘lgan, talabalar turar joylarida yashaydigan talaba-yoshlari maroq bilan tamosha qilishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni hamda “5 muhim tashabbus” doirasida, universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish maqsadida talaba-yoshlari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” va “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovlari o‘tkazildi.

Mazkur tanlov “5 tashabbus” doirasida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi. Tanlovda 7 ta jamoalar 2 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
1-shart “Men yoqtirgan asar” sharti.
2-shart “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob sharti.


Hakamlar hay’atining xulosasi va umumiy ballarga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin: “Kitobxon” jamoasi – Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
2-o‘rin: “Cho‘lpon” jamoasi - Filologiya fakulteti
3-o‘rin: “Behbudiy” jamoasi - Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakuleti


N.Norova - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi v.b. dotsenti, PhD
N.Qodirova - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti
Z.Soxibova - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti
F.H.Bobojonova – Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, t.f.n
M.Orziyev - Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, PhDlar hakamlik qildilar.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

😳Talant shouda kim g'olib?

Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Talantlar shou” mega tanlovi o’z nihoyasiga yetdi.


🧩 Iqtidorli talabalar ishtirokida o'tkazilgan final bosqichida yo'nalishlar bo'yicha quyidagi natijalar qayd etildi:

🎭Aktyorlik mahorati:

🥇-o'rin — Shukurov Mahmud
🥈-o'rin — O’roqova Xushnida
🥉-o’rin — Mansurov Mirzabek

🎤Qo'shiqchilik san'ati:

🥇-o'rin — Fayzullayeva Sanobar
🥈-o'rin — Fayziyev Baxtiyor
🥉-o'rin — Shokirov Ozodbek

#talant_shou #yoshlar_ittifoqi #final

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#kunfotosi

☄️📚BuxDU rektori Obidjon Xamidov o'zi tahsil olgan maktab o'quvchilari bilan

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Bugun, 16-noyabr kuni “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun qizlar o‘rtasida "B" liga voleybol musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Mazkur musobaqalar shahrimiz markazidagi "Universal" sport saroyi hamda "Yoshlik" sport komplekslarida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalarda 255 nafardan ortiq ishtirokchilar kubog uchun bellashadilar.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚DAYJEST: BuxDUda amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning haftalik dayjesti (11-17.11.2024):

🔹"11-noyabr–O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” ;
🔹Davlat madhiyasi ijro etildi;
🔹"Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoni;
🔹"Ma'rifat soati";
🔹"Eng faol Yil talabasi 2024";
🔹Vatan boʻylab sayohat ;
🔹Istirohat bog‘lariga tashrif;
🔹“Uchinchi renessans — yoshlar nigohida”;
🔹''Xalqaro bag‘rikenglik kuni';
🔹Psixologik trening:
🔹"Muqaddasdir - Vatan bayrog‘i";
🔹Profilaktika kuni


🔹"O'zbekiston - bag‘rikeng diyor" ;
🔹Tanlovlar;
🔹“O‘tgan kunlar” spektakli;
🔹Bastakor talaba ijodi;
🔹17-noyabr - Хalqaro talabalar kuni;
🔹"Besh tashabbus olimpiadasi"

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#sport_yoshlar

Sport tadbirlarini namunali o‘tkazgan oliygohlar rahbarlari va sovrindor talabalar e’tirof etildi


Bugun, 16-noyabr kuni “Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati” muzeyida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan sport sinovlariga talabalarni keng jalb qilish hamda ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda faollik ko‘rsatgan oliy ta’lim muassasalarining bir guruh rahbar va pedagog kadrlari, shuningdek, sport sinovlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27716

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Jarayon #Sport #Shaxmat

17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" arafasida Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari o'rtasida sportning SHAXMAT turi bo'yicha "REKTOR KUBOGI" musobaqasi bo'lib o'tdi. Qizg'in kechgan o'yinlarda g'olib va sovrindorlar quyidagicha o'rin olishdi:
(yigitlar)
🥇1-o'rin Merajov Nurmuhammad / fizika matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
🥈2-o'rin Obloqulov Jasurbek / Tarix va yuridik fakulteti
🥉3-o'rin G'ulomov Maqsud / Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiyalar fakulteti

(qizlar)

🥇1-o'rin Pulatova Rayhon / Xorijiy tillar fakulteti
🥈2-o'rin Bo'ronova Sevinch / Filologiya fakulteti
🥉3-o'rin Sunnatova Madina / Xorijiy tillar fakulteti

💐👏Yigit va qizlarimizga keyingi musobaqalarda omad tilab qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

💟💟💟🎤🎤🎤🎤

🎓17-noyabr "Talabalar kuni" munosabati bilan Talabalar turar joyida "BuxDU Party" ko'ngilochar dasturi bo'lib o'tdi.

🇺🇿 Kechki dasturda talabalar birgalikda vaqt o'tkazishdi, jonli musiqa va raqs bilan shodlikni nishonlashdi. Qiziqarli o'yinlar va tanlovlar barcha ishtirokchilarni birlashtirib, ajoyib kayfiyat yaratdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

📣📣📣 Buxoro davlat universiteti “YIL DOKTORANTI” tanlovini e’lon qiladi.

Nominatsiyalar:👇

➡️ Sohasi boʻyicha o‘qish davrida Scopus bazasidan ro‘yxatdan o‘tgan jurnallarda maqolasi nashr etilgan doktorant (2024-yil 1-yanvardan 30-noyabrga qadar bo‘lgan nashrlar inobatga olinadi, mualliflar o‘rtasida teng taqsimlanadi, xorijiy mualliflar bundan mustasno);

➡️ Sohasi bo‘yicha OAK ro‘yxatidagi jurnallarda eng ko‘p maqola nashr qilgan doktorant (2024-yil 1-yanvardan 30-noyabrga qadar bo‘lgan mahaliy OAK ro‘yxatidagi nashrlar inobatga olinadi, mualliflar o‘rtasida teng taqsimlanadi);

➡️ Fundamental, amaliy va startap loyiha g‘olibi bo‘lgan doktorant (2024-yil 1-yanvardan 30-noyabrga qadar bo‘lgan loyiha mualliflari);

➡️ Muddatdan avval himoya qilgan doktorant (2-kursda himoya qilganlar inobatga olinadi);

➡️ Foydali model yuzasidan Patent muallifi;

➡️ Ilmiy faoliyat natijalari tijoratlashtirilgan doktorant; (tijorashtirilgan mahsulot ilova qilinadi);

➡️ Xorijiy tilda xorijda nashr qilingan monografiya muallifi.

✉️Ma’lumotlarni (+99891 440-33-70, @nafisaizatullayevna) telegram manziliga taqdim etishlari so‘raladi.
Muddat: 2024-yil 20-dekabrga qadar

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚15-16-noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasida
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilda “Jamg‘arma stipendianti” deb e’tirof etilgan stipendiantlari, Jamg‘armaning bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida “Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash – Yangi O‘zbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi” mavzusidagi forum bo’lib o’tmoqda.


Ushbu forumda universitetimiz xodimi Sharifa Usmonova ham Jamg’armaning 2022-2023-yilgi bitiruvchisi sifatida ishtirok etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣

⚡️ Universitetda 17-noyabr xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Hayitov Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti birinchi bosqich talabalariga "Ajiniyoz Qo'siboy o'g‘li ijodida Alisher Navoiy va Shayx Sa’diy an’analari " mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada Qoraqalpog‘iston davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda Ajiniyoz Qo'siboy o'g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilaridan ayrim vakillar qatnashdilar. Kafedra o'qituvchisi Sherali Norqo'chqorov ayrim fikr mulohazalari bilan Qoraqalpog‘iston davlat universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti talabalari bilan muloqotda bo'ldi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼining 33 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

➡️Iqtisodiyot va turizm fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirni BuxDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Azizbek Amonov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningdek, Milliy gvardiya katta serjanti Xolmurodov Oqiljon hamda Buxoro viloyat prokuratura xodimi Maxtob Mustakimovalar soʼzga chiqib, har bir fuqaroni gʼururga toʼldiruvchi davlat bayrogʼining 33 yilligi bilan barchani muborakbod etishdi.

➡️Tadbir davomida Milliy gvardiyaning jangovor chiqishi hamda talabalar tomonidan turli tillarda aytilgan bayram tabrigi tinglandi. Qoʼshiqlar hamda raqslar ijro etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

☄️📚 Buxoro davlat universitetida "Buxoro adabiy muhiti: kecha va bugun" mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo'lib o'tdi.

➡️ Ushbu xalqaro ilmiy-nazariy anjuman Buxoro davlat universiteti bilan birga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo'limi, Tojikiston Respublikasi Bobojon G'ofurov nomidagi Xo'jand davlat universiteti, Turkiya Jumhuriyati Hacetepe universiteti hamkorlikda tashkil etildi.

➡️Anjumanni ochib berish uchun universitet rektori O.X.Xamidov so'zga chiqdi. U nutqi davomida BuxDU O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi ilmiy salohiyati hamda iqtidorli talabalari bilan alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tdi.

➡️Mazkur anjuman doirasida "Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo'yicha elektron platforma yaratish" mavzusidagi amaliy loyiha o'rin olgan.

➡️ Anjuman davomida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo’limi raisi, dotsent Shodmon Sulaymonovning “Buxoro adabiy xarakatchiligining rivojlanish tamoyillari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, Filologiya fanlari doktori, professor Shoira Axmedovaning “ XX asrning 20-yillari O’zbek adabiy tanqidchiligida tanqidiy-biografik ocherk janri rivojida Fitratning o’rni” mavzusidagi muhim ma’ruzasi tinglandi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

🎧 BASTAKOR TALABA SAN’ATINING NAMOYISHI

Buxoro davlat universiteti “San’atshunoslik va pedagogika” fakultetida tahsil olayotgan bastakor talaba Furqat Oripov o‘zining “Rennesans” deb nomlangan betaror madaniy-musiqiy kecha va konsert dasturini o‘tkazdi.

Tadbirda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda bastakorning musiqasini kuyga solib ijro etib kelayotgan ko‘plab taniqli san’at ustalari ishtirok etishdi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim #Bayroq_nomusim

☄️📚18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Buxoro shahrida "Muqaddasdir - Vatan bayrog‘i" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Unda Buxoro davlat universitetidan Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti boshchiligida 150 nafar Jismoniy madaniyat va sport fakulteti pedagog-xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал