#InnoWeek_2024
Bugundan “InnoWeek.Uz-2024”ga start berildi
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-olimlar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.
Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharofiddin Rajabboyev, Tailand Milliy tadqiqot kengashi ijrochi direktori Wiparat De-ong, BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujiilar kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27391
Bizni kuzating
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
🚴♀️ HURMATLI BUXORO SHAHRI AHLI! PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!
🔈Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.
⤵️ 15-noyabr (Juma) kuni soat‼️ 05:30 ‼️Sitorai Mohi Xossa meʼmoriy majmuasi tomon yo`l oladigan velomarafonga barchangizni taklif etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Bugun, 14-noyabr xalqaro sotsiologlar kuni munosabati bilan BuxDU katta majlislar zalida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣0️⃣0️⃣0️⃣
⚽️ 12-13 noyabr kunlari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan sportning Mini futbol sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥇- o'rin BuxDU
🥈- o'rin BuxDPI
🥉- o'rin BMTI qo'lga kiritdi.
🎉 Buxoro davlat universiteti jamoasi Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ DAYJEST: BuxDUda amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning haftalik dayjesti:
🔹Vatan bo‘ylab sayohat;
🔹Kafedra kunlari;
🔹Teatrga tashrif;
🔹Muzeylarga tashrif;
🔹Tanlovlar;
🔹Psixologik trening;
🔹Istirohat bog‘lariga tashrif;
🔹Profilaktika kuni;
🔹Kino kuni;
🔹Ota-onalar kongressi
🔹"Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoni;
🔹Tyutorlar faoliyati yuzasidan yig‘ilish.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Germaniyada xizmat safarida boʻlib turgan universitetimiz rektori O.Xamidov kuni Gyottingen universiteti rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuvda oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi hamda bir qator masalalarda aniq kelishuvlarga erishildi.
Batafsil: https://is.gd/Vm6dPd
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_Ittifoqi
#PubG_Final
🇺🇿 Joriy yilning 12-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan Kibersportni rivojlantirish hamda yoshlarning o'z iqtidorlarini yuzaga chiqarishida ko'maklashish maqsadida, universitet talaba-yoshlari o'rtasida KIBERSPORTning "PUBG MOBILE" turi boʻyicha oʻtkazilib kelinayotgan intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.
✅ Ajoyib janglar, g‘aroyib strategiyalar va unutilmas lahzalar uchun hamma ishtirokchilarga rahmat!
✴️ Finalda ishtirok etgan quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:👇
🥇 "DOMINANT" jamoasi;
🥈 "OLD EASPORT" jamoasi;
🥉 "V.I.P" jamoasi.
🎁G'oliblar 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Делегация Бухарского государственного университета посетила Навоийский педагогический институт
Сегодня, 12 ноября, делегация Бухарского государственного университета в составе заведующего кафедрой русского языка и литературы Носирова О.Т., Нигматовой Л.Х., Джураевой З.Р., Гудзиной В.А., Шарипова С.С, Чоракуловой Д.З., Давидходжаевой Ш.И. приняла участие в Международной научно-практической конференции, посвященной 225-летию со дня рождения А.С. Пушкина в Навоийском государственныом университете.
Тема мероприятия — «Актуальные проблемы преподавания филологических дисциплин в современном образовательном пространстве: инновации и перспективы». Участники обсуждали современные вызовы в области преподавания литературы и языков, а также внедрение новых технологий и методик в учебный процесс.
Конференция собрала ведущих ученых, преподавателей и студентов из различных регионов Узбекистана и зарубежья. Участники конференции выступили с докладами, где обсуждались актуальные проблемы современного языкознания и литературоведения и современные механизмы развития профессиональных компетенций филолога.
Мероприятие предоставляет уникальную платформу для обсуждения актуальных тенденций и перспектив развития филологических дисциплин в современном образовательном пространстве.
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅Joriy yilning 12-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida talaba-qizlar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Ko‘rik davomida talaba-qizlarga sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, turli xil kasalliklarning yuqish yo'llari, klinik belgilari va profilaktikasini oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir so‘ngida TTJ da yashovchi talaba-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiya va yo‘llanmalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#e’lon
⚡️ 1 000 nafar talaba-o‘quvchilarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda
🔰 Iqtidorli yoshlarning chet tilini oʻrganishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS granti — 2024” tanlovi o‘tkaziladi.
Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan magistratura va bakalavr bosqichi talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar 30-noyabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)
❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitob mening do‘stim” Respublika ko‘rik-tanlovi Buxoro viloyat hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆Unga ko'ra,
🥇1-o‘rinni – 43 ballik natija bilan Buxoro davlat universiteti 4-bosqich talabasi Mayliyo Xudoyberdiyeva;
🥈2-o'rinni – 33,5 ballik natija bilan Buxoro muhandislik texnologiya instituti 3-bosqich talabasi Aziza Hasanova;
🥉3-o‘rinni – 29 ballik natija bilan Buxoro davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabasi Feruza Sadriddinova qo'lga kiritdi.
🎁💐Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar sertifikat hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
👏Ushbu tanlovda g'olib bo`lgan Buxoro davlat universiteti 4-bosqich talabasi Mayliyo Xudoyberdiyevani universitet jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz!👏
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etganligi bo'yicha munosabat
Hurmatli Prezidentimiz Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida Ostona va Shusha shaharlaridagi uchrashuvlardan keyingi vaqt mobaynida global geosiyosiy jarayonlar tobora murakkab tus olganini alohida ta’kidladi.
Maqolani batafsil o'qish: buxdumatbuotxizmati/kobCJQS73eb" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/kobCJQS73eb
Olimjon Azimov,
Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marafonda universitet rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦
☄️📚✅ BuxDU pedagog-xodimlari va talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida har haftaning seshanba kuni universitetda "Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoni o‘tkaziladi.
Hurmatli universitet pedagog-xodimlari va talabalari salomatligingizga etiborli bo‘lsangiz 2024-yil 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan yurish marafonida ishtirok eting.
Manzil: BuxDU asosiy darvozasidan sport majmuasiga qadar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari, Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) akademigi, f.-m.f.d., akademik Roziqov O'tkir Abdulloyevich Buxoro davlat universitetida.
✅ Bugun, Buxoro davlat universitetida O'tkir Abdulloyevich bilan Akademik va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda fizika-matematika yo'nalishi talabalari, universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. Akademik Roziqov O'tkir Abdulloyevichning "Zamonaviy matematikaning tadbiqlari mavzusidagi" ma'ruzasi tinglandi. O'tkir Abdulloyevich nutqi davomida bugungi kunda chet tillarini va zamonaviy texnologiyalarni mukammal o'rganish har bir sohaning kaliti ekanligini hamda matematika fanini o'qitishda hayotdagi misollardan samarali foydalanish chora-tadbirlari haqida so'zladi.
👨💻Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ "Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik - umrboqiy qadriyatlar"
🖼️ Yoshlar orasida do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishni maqsad qilgan holda Buxoro davlat universiteti faollar zalida Do'stlik madaniyat markazi bilan hamkorlikda "Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik - umrboqiy qadriyatlar" shiori ostida "O'zbekiston - umumiy uyimiz" mavzusida ilmiy - amaliy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
Jarayondan lavhalar:
Bizni kuzatishda davom eting:
🧠🧠🧠🧠🟦🟦🟦🟦🟦
⚡️✅ Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari uchun tashkil etilgan "Rektor kubogi" "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.
✅ Qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'lgan o'yinda saralab olingan 6 ta jamoa final bosqichida ishtirok etdi.
📊 Kuzgi mavsum finalida quyidagi natijalar qayd etildi:👇
🥇-o'rin - "BuxDU" jamoasi;
🥈-o’rin - "Uzbek power" jamoasi;
🥉-o'rin - "Arxeologlar" jamoasi.
🎉G'oliblar "17-noyabr Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Buxoroda "Jadid ma’rifati" hujjatli filmi suratga olinmoqda.
"Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan suratga olinayotgan ushbu film bugun Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida olindi.
Ijodiy guruhga Buxoro Davlat Universiteti professor va dotsentlari intervyu berishdi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#uzlidep_21yoshda
21 йиллик бой тажриба ўз самарасини бермоқда
😎 ЎзЛиДеПнинг 21 йиллик босиб ўтган фаолият йўлига ҳаёлан бўлса-да назар ташлар эканмиз, ўтган давр мобайнида ушбу сиёсий тузилма томонидан партия электорати, хусусан, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик вакилларини ҳар тмонлама қўллаб-қувватлаш, соҳа ходимлари учун белгиланган имтиёз ва проференциялардан самарали фойдаланишларида партиявий воситаларни қўллаган ҳолда уларга яқиндан кўмаклашишда кутилган натижаларга эришилганлигига амин бўламиз.
😎 Турган гапки, ушбу бардавом йўналишлардаги изчил, собитқадам фаолиятни Бухоро вилояти партия ташкилоти мисолида ҳам кўрса бўлади.
😎 Ҳудуд тадбиркорларидан салкам 2000 нафарининг бугунги кунда ЎзЛиДеП аъзоси сифатида фаолият юритиб келаётгани эса ва энг муҳими, улар орасида партия фаоллари ҳамда маҳаллий Кенгаш депутатлари кўпчиликни ташкил этаётганиэътиборга сазовор. ЎзЛиДеПнинг дастурий ғоя ва мақсадларини аҳолининг турли қатламларига тушунтиришда уларнинг ўз ўрни бор, албатта.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar uchun Buxoro davlat universitetida joriy yilning 15-noyabr kunida maxsus fandan imtihon o'tkazilishini ma'lum qilamiz!
📎Ro'yxat quyidagi havolada.
🟢 Maxsus imtihon
❗️Izoh: Jadvalda ko'rsatilgan muddatdan kech qolmasdan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingizni so'raymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
Hurmatli tizim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar!
2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barchani ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishini so‘raydi.
Bizni kuzating
🟦🟦
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj | «Yoshlar huquqiy sayli» doirasidagi muloqot va uchrashuvlar
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Meningkonstitutsiyam #Konstitutsiyakuni
☄️📚✅BuxDUda «Konstitutsiya oyligi»
Buxoro davlat universitetida bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 8-noyabrdan 8-dekabrga qadar “Konstitutsiya oyligi” e’lon qilingan.
Oylik doirasida:
- “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik tanlovi;
- «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi» mavzusida: ilmiy maqolalar tanlovi, targ‘ibot-tashviqot ishlari, ommaviy diktant yozish;
- “Zakovat” intellektual o‘yini;
- #Meningkonstitutsiyam, #Konstitutsiyakuni xeshteglari ostida foto va videoroliklar targ'iboti;
- Soha mutasaddilari ishtirokida uchrashuv, muloqot va davra suhbatlari, seminar-treninglar va boshqa bir qator tadbirlar tadbirlar rejalashtirilgan.
Barchani “Konstitutsiya oyligi”da faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
#yashil_makon 🌳🌲☘️
⚡️ ✅ "Yashil makon umummilliy loyihasi" doirasida ko‘chat ek-bog‘ yarat shiori ostida, mamlakatimizning 14 ta hududidagi ko'plab tashkilotlar qatorida Buxoro davlat universiteti boshchiligida ham ko‘chat o‘tqazish tadbiri tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟠🟠🟠🟠
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetining G'ijduvon tumani Soktare MFY da joylashgan o'quv binosi yaqinida yangi Talabalar turar joyi ochildi.
🤔 11-noyabr sanasida G'ijduvon tumani Soktare MFY da joylashgan Talabalar turar joyining ochilish marosimida Buxoro davlat universiteti rahbariyati, mahalla faollari, sirtqi ta'limda ta'lim oluvchi talaba-yoshlar, professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi.
30 ta xona va 180 ta o'rindan tashkil topgan ushbu yangi talabalar turar joyida talabalar yashashlari hamda ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz 🟦🟦
☄️📚✅ Mizrabova Jeren Ismailovna filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Mizrabova Jeren Ismailovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Shekspir dramalari tarjimalarida kalamburning qiyosiy lingvopoetik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Mizrabova Jeren Ismailovna hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz 🟦🟦
☄️📚✅ Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘li psixologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘li Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Talabalar innovatsion kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari» mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘li hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti hamda Webster University in Tashkent o'rtasida imzolangan hamkorlik shartnomalariga ko'ra amaliy uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
💠Bunda, Webster University in Tashkent v.b. rektori Dr. Anthony Jarvis va qabul bo'limi xodimlaridan iborat jamoa universitetga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor T.H.Rasulov, Xorijiy tillar fakulteti dekani N.B.Ataboyev va o'quv uslubiy departamenti boshlig'i S.S.Davlatovlar kutib oldi.
➡️Uchrashuvda, asosan, MA TESOL dasturi (ta'lim yo'nalishi) bo'yicha magistrlarni tayyorlashning qishki qabulini yo'lga qo'yish hamda MBA dasturlarining kuzgi qabulini ochish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Bitiruvchi kurs talabalari bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting: