#Yoshlar_va_turizm
#Festival
☄️📚✅ “Yoshlar va turizm” festivali ishtirokchilari UrDU huzuridagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo'lishdi
Urganch davlat universitetida o’tkazilayotgan “Yoshlar va turizm” festivali doirasida Buxoro davlat universiteti talabalari bugun oliygoh huzuridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi.
Muzey xodimlari tomonidan mehmonlarga Vatanimiz tarixi, jadidlar va ularning g'oyaviy kurashlari, muzey ekspozitsiyasi haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi va muzeydagi eksponatlar bilan tanishtirishdi. Ishtirokchilar muzeydan o’rin olgan eksponatlar hamda jadidlar hayoti va tarixiga oid ma’lumotlarga katta qiziqish bildirishdi.
Shuningdek, talabalar mustabid sovet tuzumining qatag‘on siyosatiga doir o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️✅ Tadbirda soha fidoiylari, kasaba uyushma faxriylari sana munosabati bilan o‘tkazilgan ko‘rik tanlovlar, sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi.
🎧 San’atshunoslik va pedagogika fakulteti jamoasi tomonidan tayyorlangan musiqiy kompozitsiya tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️✅ 11-noyabr kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida “Inson qadri uchun, el yurt baxti uchun” shiori ostida madaniy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
✅ Universitet foyesida Sanʼatshunoslik fakulteti talabalari mumtoz ohanglar ijro etishdi, talabalarning amaliy ishlari o'rin olgan ko'rgazma hamda tilaklar doskasi tashkil etildi, shuningdek, sport turlaridan shaxmat va shashka o'yinlari bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅BuxDU talabasining "RENESSANS" yakkaxon konsertiga marhamat!
11-noyabr soat 14:00 da Buxoro davlat universitetining katta faollar yig'ingohida San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasing 1-kurs talabasi Furqat Oripovning "RENESSANS" deb nomlangan yakkaxon konserti bo'lib o'tadi.
Hurmatli talabalar, professor-o'qituvchilar, Buxoro shahri aholisi! Barchangizni ushbu konsert dasturiga taklif etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Yoshlar_va_turizm
#Festival
👦Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan “Yoshlar va turizm” festivalida ishtirok etayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Urganch davlat universiteti talabalari koʻhna Xiva boʻylab sayohat qildilar.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 8-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🇺🇿“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi!
Unda respublikamizning barcha hududlaridan 3 nafardan jami 42 nafar ishtirokchilar o‘zaro 2 shart: test savollari va insho yozish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar har ikkala shartda 50 balldan, jami 100 ballik tizimda baholandi.
✔️1-shartda ishtirokchilarga jami 50 ta ochiq va yopiq testlar berildi. Testlar uchun 40 daqiqa vaqt belgilandi.
✔️2-shartda ishtirokchilar “Umrning har oni g‘animat” mavzusida insho yozdilar. Insho uchun 90 daqiqa vaqt berildi.
Tanlovning final bosqichida Buxoro davlat universitetidan Filologiya fakulteti tyutori Zulfiyeva Kamola mas`ulligida uch nafar talabamiz ishtirok etishdi: Tilavova Shahrizoda Sherali qizi- Xorijiy tillar fakulteti 1-kurs talabasi, Boltaeva Ozoda Jafar qizi- Filologiya fakulteti 4-kurs talabasi,
Xudoyberdieva Mahliyo Ilhomjonovna- Filologiya fakulteti 4-kurs talabasi.
Tanlov natijalari va g‘oliblar ertaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan tantanali taqdirlash marosimida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅Maxsus reportaj | «Yashil makon»: ekologik barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan loyiha
#7nov #uzbekiston24
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️🖐Bugun oliy ta'lim muassasalari o'rtasida olib boriladigan "BESH TASHABBUS" olimpiadasi (STRITBOL) sport turi bo'yicha talaba qizlar va yigitlar o'rtasida viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Viloyat bosqichida to'qqizta oliy ta'lim muassasa talabalari musobaqada qatnashishdi. Viloyat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida olib borilgan stritbol sport turi musobaqasida BuxDU talaba qizlar va yigitlar terma jamoasi peshqadamlikni qo'ldan boy bermay Respublika yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.
Umumiy hisob bo'yich qizlar o'rtasida
🥇-o'rin BuxDU jamoasi. 🥈-o'rin BuxDTI jamoasi. 🥉-o'rin Zarmed oliy ta'lim muassasasi jamoasiga egalladi.
Talaba yigitlar o'rtasida:
🥇-o'rin BuxDU jamoasi. 🥈-o'rin BuxMTIjamoasi
🥉-o'rin Buxoro innovatsiyalar tibbiyot universiteti jamoalari egalladi.
💐👏Yigit va qizlarimizga keyingi bosqich, Respublika final bosqichida omad tilab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦⚽️⚽️⚽️⚽️
🏆 "KASABA UYUSHMASI KUBOGI" g'oliblari aniqlandi!
🔈Bugun Kasaba uyushmasi kubogi uchun mini futbol musobaqalarining Final bosqichi o'yinlari bo'lib o'tdi.
Natijalar quyidagicha:👇
🥈Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoasi
🥉Ma'muriy boshqaruv jamoasi
🏆🥇 Kasaba uyushmasi kubogini ➡️Tarix va yurik fakulteti jamoasi qo'lga kiritdi.
🙌 Musobaqada ishtirok etgan barcha sportsevar professor-o'qituvchilarga va ishchi-xodimlarga minnatdorchilik bildiramiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅⚡️O'zgalar ko'magiga muhtoj keksalar holidan xabar olinmoqda
🏢Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Filologiya fakulteti koordinatori Firdavs Jo'rayev tomonidan o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz, keksa va nogironligi bo'lgan shaxslar holidan xabar olindi.
🎗Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat ko'rsatish, ular ahvolidan xabar olish, hech bo'lmaganda ularni ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash biz yoshlarning burchimizdir. Ezgulik sari ildamlab, shu kabi savobli ishlarni har qachon, har qayerda amalga oshirish zarur. Insonlar orasida mehr-oqibat tushunchalarini boyitish, keksalar, yaqinlar holidan xabar olish azal-azaldan xalqimizga xos qadriyatdir.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida o‘tkazilayotgan "Universiada-2024" musobaqalarining GANDBOL (o'g'il bolalar) sport turi bo'yicha Buxoro viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqa natijalari:
1-o'rin Buxoro davlat universiteti
2-o'rin Buxoro davlat pedagogika instituti
3-o'rin Buxoro tibbiyot instituti.
G'oliblikni qo'lga kiritgan BuxDU jamosini bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz hamda respublika bosqichida omad tilaymiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
#DIQQAT_TANLOV
#Shoshiling
🇺🇿Mamlakatimizda nomoddiy madaniy meros, maqom va baxshichilik san’atini ilmiy jihatdan o‘rganish, targ‘ib qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yil 25-noyabr kuni Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi o‘tkaziladi.
👉BATAFSIL TANISHING👈
TARG‘IBOT MATERIALLARIGA KIRISH UCHUN QUYIDAGI HAVOLAGA O‘TING
👉/channel/targibotmaterial
Bizni kuzatishda davom eting:
#Zakovat
✅ "Zakovat" intellektual o'yini bilimlilar bellashuvi
🔥 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o'yini davom etmoqda. Bellashuvda 20 ta jamoalar o'zaro bilim sinashishdi. Sog'lom raqobat ostida qiziqarli bahslar bilan bo'lib o'tdi.
📊 Qiziqarli savol-javoblarga boy bo'lgan navbatdagi o'yinda natijalari quyidagicha:
🥇-o’rin “Akatsuki” jamoasi
🥈-o’rin “BuxDU” jamoasi
🥉-o’rin “Monster” jamoalari qo'lga kiritdi. Savollar A. Ne'matov tomonidan o'qib eshittirildi.
Savol!Читать полностью…
Bu sport turidagi oyoq kiyim tag charmi neylondan, o'ng tomoni kauchukdan, chap tomoni esa silliq qilib yasalgan.
Savol: qaysi sport turida?
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅BuxDU talabasining "RENESSANS" yakkaxon konsertiga marhamat!
11-noyabr kuni soat 10:00 da Buxoro davlat universitetining katta faollar yig'ingohida San’atshunoslik fakultetining 1-kurs talabasi Furqat Oripovning "RENESSANS" deb nomlangan yakkaxon konserti bo'lib o'tadi.
Hurmatli talabalar, professor-o'qituvchilar, Buxoro shahri aholisi! Barchangizni ushbu konsert dasturiga taklif etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Universitet rektorining xorij safari to‘g‘risida
BuxDU rektori O.Xamidov Ruminiyaning Buxarest shahrida o‘tkaziladigan “IREG Observatory on Academic Ranking and Excellence – IREG Akademik reytinglar va mukammallik observatoriyasi” tomonidan tashkil etilgan “Sun’iy intellektning oliy ta’lim hamda reytinglarga ta’siri” mavzusidagi yillik yig‘ilishida ishtirok etish, yig‘ilish doirasida xalqaro akkreditatsiya va reyting tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashish, shuningdek Germaniyaning Gyottingen universiteti va Potsdam amaliy fanlar universiteti rahbariyati hamda ACQUIN xalqaro akkreditatsiya agentligi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish masadida 7-13 noyabr kunlari Ruminiya va Germaniya davlatlarida xizmat safarida bo‘ladi.
https://buxdu.uz/yangiliklar/6399/6399-universitet-rektorining-xorij-safari-togrisida/
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️✅ Tadbirni BuxDU yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori A.A. Amonov kirish soʻzi bilan ochib berdi. A.A. Amonov Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidovning kasaba uyushma xodimlariga bayram tabrigini oʼqib eshittirdi, hamda ushbu sana munosabati bilan kasaba uyushma xodimlarini muborakbod etdi.
➡️ Tadbirda kasaba uyushmalarining yurtimizdagi bunyodkorlik ishlaridagi o‘rni, xodimlarning ijtimoiy iqtisodiy himoyasi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Tadbirda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Buxoro viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.K.Nosirova qatnashdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#jurnal_taqdimoti
⚡️✅ Universitetda "Iqtisodiy sharh" jurnalining taqdimoti o'tkazildi.
🔵 Joriy yilning 8-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida nashr qilinadigan "Iqtisodiy sharh" (rus tilida "Экономическое обозрение") jurnalining taqdimoti o'tkazildi.
➡️ Tadbirda ushbu markaz ilmiy xodimi A.Abdukahhorov markaz tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar va "Iqtisodiy sharh" jurnalining faoliyati bilan tanishtirdi. Tadbirda Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan 11 ta davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari rektorlarining ilmiy va moliyaviy masalalar bo'yicha prorektorlari, tadqiqotchi olimlar, doktorantlar va talabalar ishtirok etdilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Profilaktika kuni munosabati bilan "Kiberxavfsizlik nima?", "Ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyoti kushandasi", "Odam savdosi global muammo" mavzularda tadbir tashkil etildi.
Buxoro viloyat IIB xodimlari hamkorligida, Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti rahbariyati, fakultet koordinatori hamda talabalar ishtirokida "Kiberxavfsizlik nima?", "Ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyoti kushandasi", "Odam savdosi global muammo" mavzularida ma'ruzalar va suhbatlar tashkil etildi.
Jamoat xavfsizligini ta'minlashda hamkorlik va profilaktika tadbirlari alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab, bunday tadbirlar kelajakda ham davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🗓 11-noyabr — O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni! Bu kunda biz kasaba uyushmalari faoliyatini, ularning ishchilar uchun ahamiyatini va ijtimoiy himoyani yuksaltirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni e'tirof etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦
☄️📚✅Основная идея реформ
Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidovning "Народное слово" gazetasi #227 sonida "Основная идея реформ" mavzusidagi maqolasi chop etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Zukko_kitobxon
⚡️Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan bilimga chanqoq, zukko talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan "Zukko kitobxon" intellektual o'yini qizg'in davom etmoqda.
📋 Berilgan badiiy asarlar yuzasidan qizg'in bahs va munozaralarga boy tarzda bo'lib o'tgan o'yinda 15 ta jamoa ishtirok etdi.
📚Jamoalardan keyingi o'yinlarda ham faol bo'lishlarini kutib qolamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
Олий суд раисининг биринчи ўринбосари И.Муслимов ва Кадрлар бошқармаси бошлиғи М.Мухитдинов Бухоро давлат университетининг бўлажак ҳуқуқшунос талабалари билан учрашди.
Сайт I Telegram I Facebook
buxdumatbuotxizmati/4AkA1yBNktv" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/4AkA1yBNktv
Читать полностью…#xalqaro_olimpiada_saralash_bosqichi
Tojikiston davlat universiteti tomonidan 2024-yil 28-30-noyabr kuni o'tkaziladigan xalqaro biologiya fan olimpiadasi hamda Turkmaniston davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2024-yil 20-noyabr kuni o'tkaziladigan Xalqaro biologiya fan olimpiadasida ishtirok etadigan universitet jamoasini shakllantirish maqsadida olimpiadaning saralash bosqichi o'tkazildi
Eng yuqori ball to'plagan 20 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiada jarayonlarida ishtirok etadi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetining viloyat sport va yoshlar ishlari boshqarmalari, huquq tartibot organlari, korxona, muassasalar va OAVlari hamkorligida “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida o‘tkazilgan “Yoshlar sport festivali” haqida axborot beruvchi videorolik.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU Buxgalteriya bo'limi xodimlari bilan "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Y.Quliyev tomonidan korrupsion huquqbuzarliklar, manfaatlar to'qnashuvi bilan birgalikda universitetning "Ichki tartib-qoidalari" va "Odob-axloq kodeksi" mohiyati, "Ichki tartib-qoidalari"ni qo'pol ravishda buzilishi korrupsion holatlar ekanligi uqtirildi.
Shu bilan birga, universitetimizning shaffoflik, adolatlilik, ochiqlik siyosati hamda korrupsion huquqbuzarliklar haqida xabar berish to'g'risidagi qonun mohiyati tushuntirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Faoliyat va ta`lim uyg`unligi
Har qanday davlatning taraqqiyoti, yutuqlarga erishishi, xalqining farovon yashashi o'sha davlatda yoshlar ta`lim-tarbiyasiga beriladigan e`tiborga bog`liq.
Azamat Bozorov,
Buxoro viloyati prokuraturasi bo`lim boshlig`i
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦⚽️⚽️⚽️⚽️
🏆 "KASABA UYUSHMASI KUBOGI"
⚽️Bugun Kasaba uyushmasi kubogi uchun mini futbol musobaqalarining guruh bosqichi yakunlandi.
A va B guruhlaridagi eng kuchli jamoalar FINAL bahslarida bellashadi. 🫵Sizningcha qaysi jamoaga kasaba uyushmasi kubogi nasib etadi?
🙌 Jamoalarga omad tilaymiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
#bugun
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada 24-Xumdonak saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Jamol Rajabboyevich xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Sessiyada Zaripov Botir Komilovich Buxoro viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube