#BuxDU_yangiliklari
🇺🇿 "Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston" asari
📌 O‘zbekiston Respublika Perzidenti Shavkat Mirziyoevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli asarlari chop etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Interesting_week
⚡️ BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan oʻtgan hafta davomida tashkil etilgan qaynoq loyihalarning qisqacha mazmuni
➖ Buxorolik yoshlar saylovda faol ishtirok etishdi 👉 Batafsil
➖«BuxDU mening nigohim» ijodiy ishlar tanlovi eʼlon qilindi👉 Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan «Karaoke time» loyihasi boʻlib oʻtdi
👉 Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Oʻzbek tiliga davlat tili" maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi
👉 Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan «Isteʼdod» loyihasi tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ "BuxDU PUBG TOURNAMENT" KIBERSPORTNING PUBG mobile turniri boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil
➖ «Zakovat» intellektual oʻyinining 4-turi boʻlib oʻtdi
👉 Batafsil
➖ "Kibersport" musobaqalari boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil
➖ Fizika-matematika va axborot-texnologiyalari fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Tabiatni asraylik, azizlar" aksiyasi tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ Yoshlar huquqiy sayli loyihasi doirasida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan «Zakovat» intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil
➖ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan «Talantlar shou» mega tanlovining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿🇫🇷 Fransiyaning Bordo Monteyn (Bordeaux Montaigne) universiteti vakili BuxDUga tashrif buyurdi.
✅ Buxoro davlat universiteti rektori O.Xamidov Bordo Monteyn universitetining nufuzli vakilini qabul qildi. Slavyan tadqiqotlari kafedrasi mudiri professor Olga Jil-Belova o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va yanada mustahkamlash maqsadida universitetimizga tashrif buyurdi. Bu tashrif BuxDU Fransuz filologiyasi kafedrasi tashabbus asosida ikkala oliygoh o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi sifatida e’tirof etildi.
📱Uchrashuv davomida Fransuz filologiyasi kafedrasi vakillari bilan birgalikda talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish, magistratura talabalari uchun BuxDUda amaliyot o‘tash imkoniyatlarini ta'minlash, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ushbu tashabbuslar orqali har ikki universitetning ta’limiy tajribalaridan foydalanib, yanada boyroq akademik hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratish ko‘zda tutilmoqda.
🤝 Uchrashuv yakunida har ikki tomon o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlariga xalqaro taqrizchilar tomonidan baho berish imkoniyatlarini yaratish va yozgi maktablar doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Fransuz filologiyasi kafedrasi ushbu hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatgan yordami bilan BuxDU va Bordo Monteyn universiteti o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Bu hamkorlik ikki universitet jamoasiga yangi g‘oyalar va imkoniyatlar eshiklarini ochib, kelajakda akademik aloqalarni yanada mustahkamlaydi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
HAFTALIK_DAYJEST (28.10)-(02.11).2024
☄️Malayziyaning Malaya universiteti rektori professor Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.
☄️Lanjou universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
☄️Gunadarma universiteti rektorining tashrifi.
☄️Sankt-Peterburg politexnika universiteti vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
☄️Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida "Ovozi tojik" gazetasining yuz yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbir.
☄️ Viloyat hokimi Botir Zaripov professor Eko Sri Margianti bilan uchrashdi.
☄️Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Qorako‘l akademik litseyiga tashrif buyurdi.
☄️Buxoro davlat universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “YOSHLAR HUQUQ SAYLI” doirasida bir qator tadbirlar bo'lib o'tdi.
☄️ “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi.
☄️O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumining tantanali almashinuv marosimi.
☄️KILS-2024 DA BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGLARI.
☄️Buxoro davlat universitetiga mashhur iqtisodchi, professor Vladimir Lvovich Kvint tashrif buyurdi.
☄️Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Toshkentdagi "Green University"da o'tkazilgan seminar-treninglarda ishtirok etdi.
☄️Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 3-sonli yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅San'atshunoslik va pedagogika fakultetining 1-bosqich talabalari bilan "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” mavzusida davra-suhbati o'tkazildi.
buxdumatbuotxizmati/kII7S321qey">Batafsil
Bizni kuzatishda davom eting:
Qadrli buxoroliklar!
Viloyat hokimi Botir Zaripovning Telegram-kanaliga a’zo bo‘ling!
Taklif, tashabbus va murojaatlaringizni yo‘llang!
Yo‘llangan har bir murojaat shaxsan viloyat rahbarining nazoratida.
👉Kanalga ulanish: Botir Zaripov
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj
Xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilari Buxoroda bo‘lishdi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Kengash kotibi, professor Dilova Nargiza Gaybullayeva Buxoro shahar kengashi deputatligiga saylandi. Nargiza Dilovani samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Yavmutov Dilshod Shoyimardonqulovich Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi, 18-Yangikent saylov okrugida O'zbekiston "Adolat" sotsialistik-demokratik partiyasidan deputatlikka saylandi.
Dilshod Yavmutov 180 dan ortiq o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Dilshod Yavmutovni samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamidov Obidjon Xafizovich Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi, 36-Qo'rg'on saylov okrugida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputatlikka saylandi. Obidjon Xamidovni samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ В КФУ ЗАВЕРШИЛСЯ V МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ САММИТ «KILS-2024» МИРЗО УЛУГБЕК.
Bizni kuzatishda davom eting:
buxdumatbuotxizmati/OiXqaGyrChH" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/OiXqaGyrChH
Читать полностью…#innoWeek_2024
“InnoWeek 2024” - Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya, Ispaniya, Malayziya kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatidan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.
14-16-noyabr kunlari O‘zEkspomarkazda o‘tadigan ”Innoweek 2024”da biz bilan bo‘ling!
Darvoqe, tadbirning rasmiy sayti www.innoweek.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!
Bizni kuzating
🎥🟦🟦
☄️📚✅ Kengash davomida O.Xamidov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston" nomli asarini tanishtirib, universitet jamoasini o‘qib o‘rganishi, mazmun-mo‘hiyatini anglab dars mashg‘ulotlarida foydalanishi, keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga chaqirdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 3-sonli yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
💠 Kengash avvalida Oliy Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilar va turli tanlovlarda g'oliblikni qo`lga kiritgan professor-o'qituvchilarga diplomlar berildi va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Ayni damda Buxoro davlat universitetida SUD VA YOSHLAR uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
📣 Buxoro Davlat Universiteti gazetasining yangi sonini qarshi oling!
⬇️ Ushbu sonimizda quyidagi qiziqarli va dolzarb maqolalar bilan tanishishingiz mumkin:
📅 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi – Universitetimizda o‘tkazilgan tantanali marosim tafsilotlari, professor-o‘qituvchilar va mehmonlarning qiziqarli chiqishlari haqida o‘qing .
🏢 Talabalar uchun yangi turar-joy – Universitetimizda talabalar uchun yangi 400 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirildi. Barcha qulayliklar bilan jihozlangan ushbu turar-joy haqida batafsil .
🌍 Xalqaro hamkorlik – Malayziya va Indoneziya universitetlari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlari va xalqaro almashuv imkoniyatlari. Universitetimizdagi xalqaro hamkorlik va yangi o‘quv yo‘nalishlari haqida to‘liq ma’lumot .
🎉 “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” sport festivali – Buxoro yoshlarini birlashtirgan katta sport tadbirlari va universitet sportchilari yutuqlari haqida batafsil o‘qing .
🎊 Adib Jo’ra Fozil tavalludining 75 yilligi va iqtidorli talabalarimizning ijodiy ishlari bilan tanishishingiz mumkin!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Ilmiy Kengashlar kotibi, professor Gaybullayeva Nafisa Izatullayevna Buxoro tuman kengashi deputatligiga saylandi. Nafisa Izatullayevnani samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Qo'shma ta'lim dasturlarni muvofiqlashtirish bo'limining 3+1 bakalavr dasturi "Iqtisodiyot" ta'lim yo'nalishi bitiruvchi kurs talabalari Qozon federal universitetida o'quv jarayonini boshladi.
2021-2022-o'quv yilida talabalar safiga qabul qilingan va 6 semestrni Buxoro davlat universitetida tamomlagan Iqtisodiyot ta'lim yo'nalishi talabalari 4-kursni Qozon federal universitetining iqtisodiyot va moliya menejmenti institutida davom ettirmoqda.
☄️📚🇷🇺Студенты современных образовательных программ Бухарского государственного университета продолжают обучение на базе Казанского федерального университета.
Начиная с 1 ноября 2024 года студенты 4го курса по направлению Экономика по программе 3+1 продолжают 4 год обучения в институте управления экономики и финансов Казанского федерального университета ( г. Казань)
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Facebook dagi sahifasiga a'zo bo'ling!
👉 http://fb.com/zaripovrasmiy
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 4-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🧠🧠🧠🧠
☄️📚✅Bugun oʻqituvchilar oʻrtasida "Zakovat" intellektual turniri respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Final bosqichida viloyat turniri gʻolibi sifatida ishtirok etgan Buxoro davlat universiteti jamoasi murosasiz oʻtgan bahslardan soʻng 42 jamoa oʻrtasida 8-9-oʻrinlarni boʻlishib oldi, shuningdek oliy taʼlim muassasalari ichida 5-oʻrin egallandi.
Taʼkidlash joizki, turnirning ilk bosqichida jami 423 ta jamoa ishtirok etib, ular orasidan har bir viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan eng yuqori natija koʻrsatgan 3 tadan jamoa final bosqichiga yetib kelgan edi.
Jamoamizni muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklab, keyingi oʻyinlarda muvaffaqiyat tilab qolamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi o'qituvchisi, professor Huseynova Abira Amanova Buxoro viloyati kengashi, 21-Qalaychorbog' saylov okrugida O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan deputatlikka saylandi.
Abira Huseynova 20 dan ortiq monografiya, risola, o'quv-uslubiy qo'llanma va darsliklar muallifi. Abira Huseynovani samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektor Rashidov O'lmasjon Umarovich Buxoro shahar kengashi deputatligiga saylandi. O'lmasjon Rashidovni samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦
🇺🇿BuxDUda yoshlar – huquqiy sayli
Buxoro davlat universitetida huquq tartibot organlari va boshqa tashkilot, muassasalar hamkorligida “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Yoshlar – huquqiy sayli” bo‘lib o‘tdi.
Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK
Bizni kuzatishda davom eting:
🧠🧠🧠🧠
☄️📚✅Bugun oʻqituvchilar oʻrtasidagi Zakovat respublika bosqichining final oʻyini boʻlib oʻtadigan Zakovat Arena turnirga shay holga keltirilmoqda.
Bugungi final oʻyinida respublikamizning oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasidagi eng kuchli 42 tasi ishtirok etishadi. Ular qatoridan oʻrin olgan viloyat turniri gʻolibi Buxoro davlat universiteti, shuningdek Buxoro viloyatidan ishtirok etuvchi yana 2 jamoaga omad tilab qolamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ O'zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29-oktabrdagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi sohasida kadrlar tayyorlashni amaliyot bilan muvofiqlashtirish to'g'risida"gi 407-sonli buyrugi ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) joriy yilning 1-noyabr kuni ekologiya ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlovchi 35 nafar oliy ta’lim muassasalari rektorlari va 2-noyabr kuni kafedra mudirlariga seminar-treninglar tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari universitetdagi oʻquv va tadqiqot jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan batafsil tanishib chiqdilar. Ular, jumladan, laboratoriyalar, oʻquv xonalari, axborot resurs markazi, ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻyicha maxsus laboratoriya jihozlari, ilmiy-tadqiqot maydonlari va yordamchi infratuzilmalar haqida maʼlumot oldilar. Shuningdek, universitetda xalqaro hamkorlik dasturlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun amaliy tajriba almashinuvi imkoniyatlari va zamonaviy oʻquv texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir ishtirokchilari “Hozirgi kunda Orol dengizining qurigan tubida amalga oshirilayotgan ishlar”, “Chiqindini qayta ishlash zavodlari investitsion loyihalari”, “BMT barqaror taraqqiyot maqsadlari (SDG) va ularni amalga oshirish mexanizmlari” kabi turli mavzularda taqdimot, ma’ruzalarni tingladilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️✅ BuxDU rahbariyati va ota-onalar kongressi
✅ Bugun, 2-noyabr kuni BuxDU rektori Obidjon Xamidov Tarix va yuridik fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda fakultet rahbariyati, tyutorlar, professor-o'qituvchilar, talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi.
➡️ Uchrashuvda universitetda talabalar tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida malumotlar berildi. Suhbat davomida talabalarning ota-onalari tomonidan universitet hamda fakultet rahbariyatiga savol va takliflar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 3-sonli yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
💠 Kengash boshida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov universitet jamoasi bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning bajarilish holati hamda ish sifati va samaradorligini yanada oshirishga oid masalalar to‘g‘risida gapirib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 3-sonli yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
💠Ayni damda BuxDU faollar yig`ingohida Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 3-sonli yig`ilishi o'tkazilmoqda. Kengash yig`ilishi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting: