Universitet yana bir yangi yotoqxonasiga ega bo‘ldi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!
Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 280 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.
Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq, o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.
➡️talabayoshlar/zx5Lh6h--pE">Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzating:
#yoshlar_ittifoqi
#talaba_kayfiyati
⚡️✅ Talabalarga eng oxirgi o'qigan kitobingiz savoli bilan yuzlandik.
👨🎓 "Talaba kayfiyati" loyihasi doirasida barchaga kayfiyat ulashishda davom etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Gunadarma universiteti rektorining tashrifi
Bugun universitetimizga mashhur olima, Indoneziyaning Gunadarma universiteti rektori, O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi, BuxDU faxriy professori Eko Sri Margianti tashrif buyurdi.
Eko Sri Margianti mamlakatimizda o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat, shahar va tumanlar kengashlariga saylovlar jarayonida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Saylovlarni o‘tkazish jarayonlariga yuqori baho berish qatorida E.S.Margianti mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni ham kuzatib borayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Universitet ofis-registrator markazi faoliyati bilan tanishgan E.S.Margianti Gunadarma universiteti tajribasi bilan ham o‘rtoqlashdi hamda ofis-registrator faoliyatini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalarni berdi. Masalan, taklif etilayotgan xizmatlar qatoriga tayanch doktorantlar uchun ham ma’lumotlarni taqdim etishni kiritish maqsadga muvofiqligi ta’lidlandi.
Universitet rektori O.Xamidov bilan uchrashuvda ba’zi bir muhim yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan masalalar bo‘yicha kelishib olindi. Xususan, yaqinda Gunadarma universiteti yordamida indonez tili kurslarini tashkil etish, xususan gid-hamrohlarni indonez tilida ham tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Ona_tilim
⚡️21-oktabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi munosabati bilan BuxDUda tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar to'g'risida video tahliliy ma'lumot 👆
Bizni kuzatishda davom eting:
#talabaga_yengillik
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
➖bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bizni kuzating
#Xalqaro_olimpiada
🟥Turkmaniston ta’lim vazirligi tomonidan joriy yilning 1-noyabr kuni umidaxalikova/WoJ8ghP9luc">Turkman davlat moliya institutida bo‘lib o‘tadigan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fani bo‘yicha Xalqaro internet olimpiadasida Buxoro davlat universiteti nomidan ishtirok etuvchi jamoa Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari orasidan saralab olindi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Malayziyaning Malaya universiteti rektori professor Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
(21.10)-(27.10).2024
☄️21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.
☄️Universitetda Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy anjuman hamda bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
☄️Buxoro davlat universitetining Turizm ta'lim dasturlari UNWTO TedQual xalqaro akkreditatsiyasidan respublikada birinchilardan bo`lib muvaffaqiyatli tan olindi.
☄️XOTIN QIZLARGA E'TIBOR - JAMIYATGA E'TIBOR.
☄️BuxDUda huquq targ‘ibotchi yoshlar klubi ish boshladi.
☄️BUYUK QOMUSIY OLIM VA DAVLAT ARBOBI MIRZO ULUG’BEK TAVALLUDINING 630 YILLIGI BAG’ISHLANGAN ILMIY –ADABIY TADBIR.
☄️Sherzod Namozov ustoziga "Damas" sovg'a qildi.
☄️Nobel mukofoti sovrindori, fransiyalik olim, zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri Jean Tirole Buxoro davlat universitetida ma'ruza o'qidi.
☄️BuxDU vakillari Britaniya Kengashi tomonidan o'tkazilayotgan treningda ishtirok etishdi.
☄️Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
☄️BuxDU rektori Obidjon Xamidov “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
☄️BuxDU rektori Obidjon Xamidov oliy taʼlim muassasalarida yangi boshqaruv kodeksi asoslarini yaratish bo'yicha o'tkazilgan seminar treningda loyiha ishtirokchisi sifatida qatnashdi.
☄️BuxDU prorektori Azizbek Amonov "Qalqon" jamoasi vakillari bilan muloqot qildi.
☄️Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi.
☄️"O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali
☄️ 25-oktabr - "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni"
☄️"INTERESTING WEEK " loyihasidan o'rin olgan "ZUKKO KITOBXON" tanlovinining ilk soni bo'lib o'tdi.
☄️Matematika ta'limi va ilm fanini rivojlantirishda xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
☄️"Tarixiy qadamjolar va muzeylarga tashrif kuni"
☄️BuxDU Party: Yorqin xotiralar va zavqli kecha!
☄️Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti hududida 400 o'rinli talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
☄️Buxoro davlat universiteti bosh binosida joylashgan 20-saylov uchastkasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz berish jarayonlari bo'lib o'tdi.
☄️Xorijdan kelgan xalqaro ekspertlar tashrifi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 28-oktyabr Buxoro davlat universiteti bosh binosi hamda fakultetlarda ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟠🟠🟠🟠
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida 400 o'rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
Batafsil saytda
BuxDU Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅ Xorijdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar tashrifi davom etmoqda.
Anumula Sarma, Hindiston
Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅ Men saylovda ovoz berdim sizchi?
Nargiza Numonova, yosh saylovchi:
Saylov - muhum ahamiyatga ega bo'lgan siyosiy jarayondir.
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅Bugun, 27-oktabr sanasida mamlakatimiz va xalqimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim siyosiy voqelik – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
BuxDU professor-o'qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari muhim jarayonda faol bo'lib yashash hududidagi saylov uchastkalarida o'zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetining saylov uchastkasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz berish jarayoni soat 08:00 dan boshlandi.
Barchani faollikka chorlaymiz!
Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
Hurmatli fuqarolar❗️
🔥IS GAZIDAN OGOH BO‘LING! 🔥
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI
🏃Bugun erta tongdan "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu marafonda universitet rahbar-xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki mashg‘ulotlar bajarildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Sankt-Peterburg politexnika universiteti vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha, universitetimizga jahonning Top-500 universitetlari qatoriga kiruvchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti OTMlararo xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yekaterina Belyayevskaya tashrif buyurdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda prorektorlar A.Jo‘rayev va T.Rasulov ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikda malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, hammualliflikda Scopus va WoS bazalariga kiruvchi jurnallarda maqolalar chop etish, xalqaro reytinglar ko‘rsatkichlariga mos keluvchi boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha masalalar kelishib olindi.
Ta’kidlash joizki, politexnika universiteti universitetimizning yaqin hamkorlaridan hisoblanib, 2024-yilda ushbu universitetda 10 nafar professor-o‘qituvchimiz malaka oshirishgan. Yil oxiriga qadar texnik va aniq fanlar sohalarida tanlab olingan yana 15 professor-o‘qituvchining malaka oshirishi tashkil etiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Lanjou universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun 28-oktabr kuni xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev Xitoyning Lanjou universiteti (Lanzhou University) delegatsiyasini qabul qildi. Tarkibi asosan siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi mutaxassislardan shakllangan delegatsiya vakillari bilan suhbatda o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida aniq takliflar muhokama qilindi.
Shu jumladan:
- Lanjou universiteti professor-o‘qituvchilarining “Yurisprudensiya”, “Siyosatshunoslik” yo‘nalishlari talabalari uchun onlayn ma’ruzalari tashkil etiladi. Kelgusida ochilishi rejalashtirilgan “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishida Lanjou universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Xitoyga oid maxsus kurslar o‘qitiladi;
- BuxDU va Lanjou universiteti hamkorligida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda respublikamiz OTMlari uchun tijoriy asosda taklif etiladi;
- Lanjou universiteti huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi uchun BuxDU olimlarining onlayn ma’ruzalari tashkil etiladi;
- Hamkorlikda yozgi va qishki maktablar yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun: Lanjou universiteti QS-2024 reytingida 791-800 guruhida, U.S.News-2024 reytingida esa 485-o‘rinda joylashgan. Universitet Xitoyning Project-211, Project-985 kabi maxsus rivojlantirish dasturlarining a’zosidir. Rasmiy veb-sahifasi: https://en.lzu.edu.cn
Bizni kuzatishda davom eting:
#talabaga_yengillik
⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.
❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚✅Ayni damda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovining Buxoro viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Respublika_olimpiadasi
🇺🇿Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi” DM tomonidan dasturlash bo‘yicha “ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Malayziyaning Malaya universiteti rektori professor Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Buxoro davlat universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Malayziyaning Malaya universiteti rektori Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman universitetimizda bo`ldi. Mehmonni universitetimiz rektori Obidjon Xafizovich hamda universitet rahbariyati kutib olishdi. Professor Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman universitetlararo hamkorlik aloqalarini kuchaytirish maqsadida universitetimiz imkoniyatlari bilan tanishdi.
"BuxDUning boy tarixi, matematika, tillar, tarix va axborot texnologiyalarning yangi sohalaridagi yutuqlar menda katta taassurot qoldirdi." -deydi professor Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman.
Malaya universiteti rektori Dato' Seri Ir. Dr. Noor Azuan Bin Abu Osman hamda BuxDU rektori Obidjon Xafizovich hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Jumladan, biznes, tibbiyot, matematika, raqamli texnologiyalar, turizm va sunʼiy intellekt sohalaridagi hamkorlik kengaytirildi. Qo'shma hamkorlikning keng imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Sun'iy intellekt hamda menejment bo'yicha magistratura hamda PhD dasturlari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida sun'iy intellekt va raqamli rivojlanish bo'yicha qo'shma markazlar va hamkorlik rejalari, ikkala universitetda kuchli sohalarda qo'shma hamkorlik uchun keng imkoniyatlar muhokama qilindi.
Tashrif davomida BuxDU Ofis registrator markazi, Robototexnika markazi, BuxDU muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Malaya universiteti 1949-yil 8-oktyabrda Malaya shahrida tashkil etilgan birinchi universitetdir. Bugungi kunda universitet dunyoning taniqli tadqiqot institutlari va universitetlari bilan hamkorlik qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
❤️🔥❤️🔥❤️🔥❤️❤️❤️
BuxDU ARM kanalda 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
Aynan siz mana shu ikkita kitobni yutib olishingiz mumkin. Shartlar juda oson ular quyidagicha:
1️⃣. Izoh (koment) ga ism-sharifingizni yozasiz💬
2️⃣. Men sizga shaxsiy havola beraman🔗
3️⃣. Shu havola orqali kanalga odam taklif qilasiz🫂
4️⃣. Taklif qilgan odamlaringiz qo'shilganligini tasdiqlashi uchun skreenshot yuborasiz📲
👥 Eng ko'p odam taklif qilgan bir kishiga rasmdagi kitoblar sovg'a qilinadi🖼🎊
✅ Konkurs 9-noyabr soat 00:00 gacha davom etadi.
⭐️ G'olib 10-noyabr kuni e'lon qilinadi.
✏️Qo'shimcha savollar uchun: @freelance02
🩵 Kanal: @buxdu_arm
🟦🟦🟦
☄️📚✅FOTOREPORTAJ: “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” sport festivali
📷 Muallif: Tohir Istatov
https://uza.uz/uz/collection/19990
Bizni kuzatishda davom eting:
🟠🟠🟠🟠
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida 400 o'rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
26-oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti hududida talabalar turar joyining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. BuxDU rektori Obidjon Xamidov so'zga chiqib, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ayniqsa, yashash sharoitlarini yaxshilash, turar-joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta'kidladi.
Batafsil saytda
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅ Men saylovda ovoz berdim sizchi?
Nafosat Totliyeva, yosh saylovchi:
Saylov - muhum ahamiyatga ega bo'lgan siyosiy jarayondir.
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅ Xorijdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar tashrifi davom etmoqda.
Barchani faollikka chorlaymiz!
Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
✔️ 🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti bosh binosida joylashgan 20-saylov uchastkasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz berish jarayonlari qizg'in davom etmoqda. Xorijdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar saylov jarayonlarini kuzatishmoqda. Ushbu jarayonlar mahalliy hamda respublika teleradiokanallarida efirga uzatilmoqda.
Barchani faollikka chorlaymiz!
Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
✅ Saylov kuni ovoz berish tartibi
Bizni kuzating