#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim
18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!
Tarix va yuridik fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori boshchiligida talabalar bilan tayyorlangan videolavha
@buxdu_uz
🇺🇿 Ark qo‘rg‘oni oldida 18-noyabr – O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
Viloyat soliq boshqarmasida o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar" kuni talabalar uchun qiziqarli bo‘ldi
Bugun viloyat soliq boshqarmasida “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Unda Buxoro Davlat universitetining iqtisodiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabalari hamda professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirning birinchi qismida talaba yoshlar soliq boshqarmasida soliq to‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda soliq xizmati xodimlarining ish jarayonlari va sohaning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvda soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tadbir ishtirokchilariga bugungi kunda soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, soliq xizmati organlari xodimlarining “korxonabay” va “mahallabay” ishlash jarayonlari yuzasidan tushuntirishlar berdilar.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan malakali javoblar oldilar.
Tadbirning ikkinchi qismi ishtirokchilar uchun yanada qiziqarli bo‘ldi. Chunki, uchrashuvda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning shaxsan o‘zi ishtirok etib, yig‘ilganlarga sohadagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida, xususan soliq xizmati organlariga malakali kadrlarni tanlash va ularni joyiga qo‘yish hamda soliq idoralarida korrupsiyaviy jihatlarga barham berish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Tadbir yakunida ilg‘or talabalarga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining esdalik sovg‘alari topshirildi hamda viloyat soliq boshqarmasi bilan doimiy hamkorlikda bo‘lib kelayotgan Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot yo‘nalishi professor o‘qituvchilariga tashakkurnomalar bildirildi.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
Тelegram | Facebook|Instagram
Buxoro davlat universiteti Oliy ta'limdan
keyingi ta'lim institutida 2025-yil uchun doktorantura(DSc), tayanch doktorantura(PhD), maqsadli tayanch doktorantura(PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilik qabuli bo'yicha ixtisosliklar kesimida tashkil etiladigan mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarini o'tkazish JADVALI.
❗️Izoh: Jadvalda ko'rsatilgan muddatdan kech qolmasdan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingizni so'raladi!
👉Batafsil👈
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim
🇺🇿✅Bayrogʼimiz baland-balandlarda Oʼzbekiston deb atalmish jannatmakon yurt shaʼni, shon-u shavkatidan darak berib hilpirayversin!!!
Bugun, Buxoro davlat universitetida 18-noyabr Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Tarix va yuridik fakulteti tomonidan tashkil etilgan "Bayrogʼim-faxrim" deb nomlangan bayram tadbiri boʼlib oʻtdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim
🇺🇿✅Bir bayroq ostida birlashamiz!!!
Buxoro davlat universitetida yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan "Bir bayroq ostida birlashamiz" shiori ostida "Milliy bayrog'imiz aks etgan lentasi" targ'ibot aksiyasi o'tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿✅ Buxoro davlat universiteti dotsenti Ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Sherzod Namozovning bayrog‘imiz qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tabrigi
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅HAFTALIK DAYJEST (11.11)-(16.11).2024
✅O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari, Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) akademigi, f.-m.f.d., akademik Roziqov O'tkir Abdulloyevich Buxoro davlat universitetida.
✅Buxoro davlat universiteti hamda Webster University in Tashkent o'rtasida imzolangan hamkorlik shartnomalariga ko'ra amaliy uchrashuvlar
✅Buxoro davlat universitetining G'ijduvon tumani Soktare MFY da joylashgan o'quv binosi yaqinida yangi Talabalar turar joyi ochildi.
✅Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitob mening do‘stim” Respublika ko‘rik-tanlovi Buxoro viloyat hududiy bosqichi
✅"Yashil makon umummilliy loyihasi"
✅Делегация Бухарского государственного университета посетила Навоийский педагогический институт
✅KIBERSPORTning "PUBG MOBILE" turi boʻyicha oʻtkazilib kelinayotgan intellektual o'yinining final bosqichi
✅Germaniyada xizmat safarida boʻlib turgan universitetimiz rektori O.Xamidov kuni Gyottingen universiteti rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.
✅Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari uchun tashkil etilgan "Rektor kubogi" "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi
✅ 14-noyabr xalqaro sotsiologlar kuni munosabati bilan BuxDU katta majlislar zalida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
✅"Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik - umrboqiy qadriyatlar"
✅Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov “InnoWeek.Uz-2024”da ishtirok etdi.
✅“Yosh kitobxon talabalar ligasi” va “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovlari o‘tkazildi.
✅BASTAKOR TALABA SAN’ATINING NAMOYISHI
✅BuxDUda teatr tomoshasi
✅Buxoro davlat universitetida "Buxoro adabiy muhiti: kecha va bugun" mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo'lib o'tdi.
✅Buxoro davlat universiteti jamoasi "InnoWeek.Uz-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligida ishtirok etishdi
✅Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼining 33 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
✅Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Hayitov Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti birinchi bosqich talabalariga "Ajiniyoz Qo'siboy o'g‘li ijodida Alisher Navoiy va Shayx Sa’diy an’analari " mavzusida ma’ruza qildi.
✅Universitetda 17-noyabr xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
✅"InnoWeek-2024" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida Ilmiy va innovatsion faoliyat bo'yicha III xalqaro forum yakunida BuxDU tayanch doktoranti Baxtiyor G'aniyev 2024-yilda innovatsion g'oyalar yetakchisi ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
✅“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilda “Jamg‘arma stipendianti” deb e’tirof etilgan stipendiantlari, Jamg‘armaning bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida “Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash – Yangi O‘zbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi” mavzusidagi forum
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetida xalqaro sotsiologlar kuni munosabati bilan BuxDU katta majlislar zalida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbir Tarix va yuridik fakulteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi hamda San'atshunoslik va pedagogika fakulteti "Musiqa ijrochiligi va madaniyat" kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.
BuxDU Axborot xizmati
🟦🟦🟦 Aziza Qayumova, sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz 🟦🟦
☄️📚✅ Adizova Obodon Istamovna filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Adizova Obodon Istamovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Fransuz va o‘zbek folklori janrlari tipologiyasi hamda poetikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Adizova Obodon Istamovna hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrog'i qabul qilingan kun!!!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov o'zi tahsil olgan maktabning 100 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
2024-yilning 16-noyabr kuni BuxDU rektori Obidjon Xamidov o'zi tahsil olgan G'ijduvon tumanidagi 1-son umumta`lim maktabining 100 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirida qatnashdi. Bayram tadbirida G'ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov, maktabda tahsil olgan faxriy bituruvchilar, ta`lim bergan faxriy ustozlar, maktab o'qituvchilari, o'quvchilar ishtirok etishdi. Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tomonidan 1-maktab yubileyi munosabati bilan "100 yosh bilan yuzlashgan maskan" nomli kitobini tashrif buyurganlar e`tiboriga havola qildi. Ushbu kitob BuxDU tuzilmasidagi Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Azalshoh Hamroyev muharrirligida tayyorlandi. Tadbir davomida Obidjon Xamidov o'zi tahsil olgan maktab xonasiga tashrif buyurib sinfdoshlari hamda faxriy ustozlar bilan suhbat qildi. Maktab o'qituvchilari hamda o'quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari tashrif buyurganlarga katta qiziqish uyg`otdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
😳Talant shouda kim g'olib?
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Talantlar shou” mega tanlovi o’z nihoyasiga yetdi.
🧩 Iqtidorli talabalar ishtirokida o'tkazilgan final bosqichida yo'nalishlar bo'yicha quyidagi natijalar qayd etildi:
🎭Aktyorlik mahorati:
🥇-o'rin — Shukurov Mahmud
🥈-o'rin — O’roqova Xushnida
🥉-o’rin — Mansurov Mirzabek
🎤Qo'shiqchilik san'ati:
🥇-o'rin — Fayzullayeva Sanobar
🥈-o'rin — Fayziyev Baxtiyor
🥉-o'rin — Shokirov Ozodbek
#talant_shou #yoshlar_ittifoqi #final
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 YoutubeЧитать полностью…
#kunfotosi
☄️📚✅BuxDU rektori Obidjon Xamidov o'zi tahsil olgan maktab o'quvchilari bilan
Bizni kuzatishda davom eting:
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
Bugun, 16-noyabr kuni “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun qizlar o‘rtasida "B" liga voleybol musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Mazkur musobaqalar shahrimiz markazidagi "Universal" sport saroyi hamda "Yoshlik" sport komplekslarida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqalarda 255 nafardan ortiq ishtirokchilar kubog uchun bellashadilar.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#BuxDU_yangiliklari
⚡️ Buxoro davlat universitetida o'quv ishlari bo'yicha prorektori R.G'.Jumayev rahbarligida yig'ilish bo'lib o'tdi.
👉Bo'lim boshliqlari, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida kechgan mazkur yig'ilishda bir qator masalalar, xususan, kechki ta'lim shakli bitiruvchilarning davlat attestatsiyasini tashkil etish ishlari, 2024/2025 o'quv amaliyotlari yuzasidan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar, kafedralarning amaliyot rejalari va dasturlarining ijrosini ta’minlash, masofaviy ta'lim shaklida o'quv jarayonlarini tashkil etish va o'quv platformalariga kontent hamda resurslarni kiritilishi holati va boshqa shu kabi masalalar tahlil qilinib, yig'ilish qatnashchilariga universitet ta'lim tizimidagi mavjud bo'lgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha tegishli tartibda topshiriqlar berildi.
@buxdu_uz
🟦🟦🟦🏐🏐🏐🏐
⚡️ Bugun, 18-noyabr kuni “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun qizlar o‘rtasida "B" liga voleybol musobaqasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
🎉 Taqdirlash marosimida musobaqada hakamlik qilgan Buxoro davlat universiteti professor-o'qituvchilari taqdirlandi.
🏐 Mazkur musobaqalar Buxoro davlat universiteti huzuridagi "Universal" bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
✅🟦🟦
⚡️ Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Filologiya fakulteti o'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talaba-yoshlari o'rtasida "Tabarruk izlar izidan" mavzusida bellashuvi o'tkazildi.
📹Batafsil lavhada👆
Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
Davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi nishonlanmoqda
#Buxoro_davlat_universitetidan lavha:
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Bayroq_faxrim
#Bayroq_gʻururim #Bayroq_nomusim
🇺🇿✅О‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan 2024-yil 18-noyabr kuni “Ark qо‘rg‘oni” registon maydonida tadbir tashkil etildi. Tadbirda BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligida universitet jamoasi ham ishtirok etdi.
Tadbirni “Harbiy yurish” va “Vatanparvar avtokarvoni”ni harbiy orkestr hamda faxriy qorovul boshlab berdi.
Ularning ortidan katta hajmdagi davlat bayroqlar bilan kо‘ngilli ravishda viloyat aholisi bilan bir qatorda universitet rahbar-xodimlari va talabalari ham davlat bayrog‘ini yuqori kо‘targan holda yurish (parad) da faol ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
✅ Bugungi qutlug‘ sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bizni kuzatishda davom eting:
buxdumatbuotxizmati/RZQ-c_tmxV8" rel="nofollow">https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/RZQ-c_tmxV8
Читать полностью…🟦🟦🟦
🇺🇿"TABARRUK IZLAR IZIDAN"
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni va O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligiga bag'ishlangan "Tabarruk izlar izidan" mavzuida talabalar bellashuvi tashkil etildi.
Ushbu tadbir filologiya fanlari doktori, professor Nazzora Bekova Joʻrayevna boshchiligida oʻtkazildi. Bellashuvda 4-bosqich talabalari 3 shart asosida bellashdilar.
1-shart "Tanishtiruv" sharti. Bu shartda talabalar 4 yil davomida erishgan yutuqlarini namoyish etishdi.
2-shart "Ustozlik qasamyodi" Bunda talabalar boʻlajak filolog sifatida oʻz qasamyodlarini qabul qilishdi.
3-shart "Oshga marhamat"
Bunda talabalar oʻz qoʻllari bilan osh tayyorlashdi. Tadbir soʻngida Buxoro Yozuvchilar uyushmasi raisi Shodmon Sulaymon, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori N.Bekova hamda dekan oʻrinbosari T.A.Rajabov tomonidan bellashuv ishtirokchilari 6 ta nominatsiya boʻyicha munosib taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
🇺🇿 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i har bir yurtdoshimizga g‘urur va iftixor hissini in'om etadi. Jonajon yurtimiz bayrog'ining 33 yilligi muborak bo‘lsin!
✅ Bugun, 18-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan universitet rahbar-xodimlariga davlat ramzi tushirilgan lentalar taqildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
⚡️🧒 BuxDUda talabalar kuni
⚡️✅ Buxoro davlat universitetida 17-noyabr "Xalqaro talabalar" kuni bayram dasturi bo'lib o'tdi.
⚡️ Diyor yangiliklari, Buxoro MTRK
⚡️ Muxbir: Shaxrizoda Xamroyeva lavhasida
Bizni kuzatishda davom eting:
🤩🥳 DAXSHATLI G'ALABA
14-16-noyabr kunlari o‘tkazilgan R:ED FEST xalqaro robototexnika musobaqasida RobotsAndMe o‘quv markazi yurtimizning eng kuchli natijalarini qayd etdi! O‘zining mahoratli jamoasi bilan biz butun O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdik!
Natijalarimiz bilan tanishing:
8-12 yoshlar o‘rtasida (Chiziq bo‘ylab harakatlanish / DIY):
🏅 II o‘rin: Djurayev Ruslan, Davronov Abbosali
13-16 yoshlar o‘rtasida (Chiziq bo‘ylab harakatlanish / DIY):
🥇 I o‘rin: Xafizov Shohruxmirzo
🥈 II o‘rin: Azimov Mirsaid
🥉 III o‘rin: Ismailova Ziyoda, Ochilov Fazliddin
17-25 yoshlar o‘rtasida (Chiziq bo‘ylab harakatlanish / DIY):
🥇 I o‘rin: Safarov Rustam
🥈 II o‘rin: Ziyoviddinov Zikrillo, G‘ulomov Jamshid
🥉 III o‘rin: Haqnazarov Quvonchbek, Nurulloyev Abdulaziz
🤓 Nega RobotsAndMe yetakchi?
Bu g‘alaba bizning markazimizda bolalar va yoshlarga zamonaviy muhandislik hamda robototexnika sohasida berilayotgan ta’limning yuqori sifati va samaradorligini yana bir bor isbotladi.
🇺🇿 RobotsAndMe – innovatsiyalar, texnologiyalar va mahoratli o‘quvchilarning markazi!
Robototexnika musobaqalarida ishtirok etib, siz ham katta g‘alabalarga erishing!
Yutuqlarimizni kuzatishda davom eting – RobotsAndMe bilan har doim oldinda bo‘lasiz!
@RobotsAndMe
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tomonidan G'ijduvon tumanidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasiga 30 ta badiiy kitoblar to`plami hamda 50 ta QR kodli kitoblar o'zida elektron kutubxona doskasi sovg'a qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan muloqot
Joriy yilning 15-16-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiatlari, bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida “Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash – Yangi Oʻzbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishi” mavzusidagi seminar tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Amir Temurxon Musayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov soʻzga chiqib, yoshlarni stipendiat boʻlganlari bilan tabrikladilar. Kun davomida stipendiatlar uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Ushbu tadbirda 500 ga yaqin Jamgʻarma stipendiatlari, yurtimizdagi koʻplab ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda Jamgʻarmaning masʼul vakillari ishtirok etdilar.
Ikki kun davomida 2024-yilning 1-ochiq stipendiya tanlovi gʻoliblari uchun seminarlar tashkil etildi. Ushbu seminarlarda vazirlik va idoralar rahbarlari, xalq shoirlari hamda Jamgʻarma masʼullari tomonidan maʼruzalar qilindi.
Xususan, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov “El-yurt jamgʻarmasi” bitiruvchilarining davlat xizmatida samarali faoliyat yuritishlarini taʼminlash, mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etish, ularning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritdi.
Bizni kuzating
⚡️ Buxoro davlat universiteti rektori o'ziga biriktirilgan yoshlar holidan xabar oldi
✅ Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov G'ijduvon tumanidagi "Bobur" va "Beshruvo" mahallalarida istiqomat qiluvchi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.
✍️ Uchrashuv davomida ularning birinchi navbatda bandligini taʼminlash, hayotda o'z o'rnini topishi va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha manzilli ish tashkil etishda koʻmaklashish, yoshlarni kasb-hunar, fan, chet tillariga o'qitish bilan bog'liq asosiy muammolari o'rganildi hamda vatanparvarlik va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting: