Salomimni
U mendan olisda, men undan olis,
Hukmini chiqardi taqdirlar holis.
Doʻstlarim mayliga nodonga yo'ying,
Sevgilimga salomim yetkazib qoʻying.
"Qoʻlida dardkashi qalam bor" denglar,
"Yuragida ogʻriq, alam bor" denglar,
"Xotiralar qumsar har bahor" denglar,
Sevgilimga salomim yetkazib qoʻying.
"Hali hanuz seni eslar ekan" deng,
"Tanish chehralardan izlar ekan" deng,
"Senga izhorlarin soʻzlar ekan" deng,
Sevgilimga salomim yetkazib qoʻying.
Soʻrab qolsa "yaxshi yurgan ekan" deng,
"Seni jondan yaxshi koʻrgan ekan" deng,
"Sen ketgan kuningda, oʻlgan ekan" deng,
Sevgilimga salomim yetkazib qoʻying.
Doʻstlarim yashirmay ayting borini,
U bilsin, hasratli yurak zorini,
Omonat qilgancha ishq kalomini,
Sevgilimga salomim yetkazib qoʻying.
Nomimdan hol ahvol soʻrab qoʻyinglar,
Sogʻ omonmikan bir qarab qoʻyinglar,
Mengamas unga baxt tilab qoʻyinglar,
Sevgilimga salomim yetkazib qoʻying.
Bugun sogʻinchlardan ogʻrindim biroz,
Doʻstlarim men uchun bir doʻstlik qiling,
Ustimdan kuling siz faqat iltimos,
Sevgilimga salomim yetkazib qoʻying.
Armon botqogʻiga botib ketmasdan,
Shu nomim borliqdan oʻchib ketmasdan,
Men ham bu dunyodan oʻtib ketmasdan,
Sevgilimga salomim yetkazib qoʻying.
✍ ALIJON YOʻLDOSHEV
Toshkent
Kelib adashib qoldim,
Binolaring bahaybat.
Fayzsiz huvillab yotgan,
Uylaring bor qatma-qat.
Oʻzgarib ham ketibsan,
Kundan-kunga ochilib.
Kimga yoqar iforing,
Dunyolarga sochilib.
Keldim bir tashvish bilan,
Yumush bilan ish bilan.
Qoʻrqma qaytib ketaman,
Qolmayman yoz, qish bilan.
Ammo bilib qoʻy Toshkent,
Bagʻringda koʻp yurmayman.
Kim nima desa desin,
Seni yaxshi koʻrmayman.
"Hujjating yoʻq kirma" deb,
Esingdami aytganing?
Yodimda meni hamon,
Ostonadan qaytganim...
Oʻshanda ahd qilganman,
Koʻksimga bir musht urib.
Zimdan kulib qoʻyganman,
Toshkenting ketsin qurib.
Yaxshiyamki oʻzimning,
Vatanimda yuribman.
Senga "hujjat" kerak deb,
Men qayerdan bilibman.
Shundan beri hujjatim,
Doim olib yuraman.
Kerilaverma Toshkent,
Seni yomon koʻraman.
✍ ALIJON YOʻLDOSHEV
Libosing durust bo‘lmasa, tan-joning sog‘-salomat ekaniga shukur qil. Har mashaqqatkim, ular senda yo‘q, lekin senga o‘xshaganlarda bor. Har ne'matki, senga beribdur, boshqa senga o‘xshaganlarga bermagan. Hamd-u sano aytishga loyiq bo‘lgan Haq taolodan behisob inoyatlarni bilgin va shunga yarasha bandalik fikrini qilgin.
ALISHER NAVOIY
Dilnavoz To‘xtayeva,
"BYO" muxbiri.
✍ Hakan Mengyuch
"Hech bir uchrashuv tasodif emas"
Taqdir insondan voz kechmaydi. U har on qayta va qayta yozilaveradi. Shunday paytlar bo‘ladiki: “Bu ishni qilmayman”, — deysan-u, lekin qilishga majbur bo‘lasan. “Endi bunga chiday olmayman”, deysan-u, ammo, baribir, chidaysan. "Buni seva
olmayman”, — deysan-u, biroq yana sevasan. "Voz kechib ketolmayman”, - deysan-u, lekin bir lahzada voz kechib keta olasan. “O‘ldim", - deysan-u, ammo yashashda davom etasan...
❗️Rasman: super-kontrakt bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.
Eng katta yangilik, bu abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.
Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar:
➖ Yo‘nalishlar kesimida super-kontrakt narxi qancha?
Javob: /channel/xushnudbek/21116
➖ 4 ballgacha yetmaganlarga ham 10% chegirma beriladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/21113
➖ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/21153
➖ 56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/21132
➖ Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/21159
📌Diqqat Diqqat e'lon!!!
🇺🇿 Buxoro viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda uning muassisligidagi «Buxoro yoshlari» gazetasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Viloyatdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jismoniy nuqsoni bor, mumtoz, milliy cholg'uchilik, raqs, mumtoz, aktyorlik mahorati va estrada yo'nalishidagi qobiliyatga ega iste'dodli talaba-yoshlar o‘rtasida "TALABALIK DAVRIM MENING" nomli tanlov o‘tkaziladi.
🔹Tanlov joriy yilning 14 sentabr kuni soat 15:00 da Buxoro davlat universiteti faollar zalida bo'lib o'tadi.
🔋San'atsevar yoshlarimizni "TALABALIK DAVRIM MENING" tanloviga chorlab qolamiz!
📢🟥🟥🟥🟥🟥🟥
🔴Buxoro davlat universitetining 3-4- bosqich talabalari diqqatiga
📚 Buxoro davlat universitetida talabalarning loyihalarini rivojlantirish, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturi start olmoqda!
🫥 Dastur doirasida ishtirokchilarga o'z loyihalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun amaliy yordam ko'rsatiladi.
🔎 Dastur haqida batafsil ma'lumot
🫥 “Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturida ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim.
✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️
🤝HAVOLA
✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️
🕖Dastur ishtirokchilarini ro'yxatga olish 2023-yil 2-oktyabr soat 12-00 ga qadar davom etadi.
🏪Murojaat uchun:
👤tel: +998 94 305 09 27
💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:
✅Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtub
⚡️ Kontraktda o'qiyotgan qizlarga kredit foizsiz beriladi
🇺🇿 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga 2022-yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.
❓Kredit kimlarga beriladi?
✅Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
✅Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).
❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi?
✔️Kunduzgi;
✔️Sirtqi;
✅Kechki.
Masofaviy taʼlimga berilmaydi ❌
❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?
✅Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.
❓Toʻlash qachondan boshlanadi?
✅ Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.
❓Qanday hujjatlar kerak?
1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.
❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Surxonim.
Qurshab turar mashhur Bobotog',
Bir yon gulzor, bir yoningda bogʻ,
Olislarda sogʻinaman goh,
Mening faxrim, mening Surxonim!
Termiziylar tugʻilgan zamin,
Fido boʻlsin senga shu jonim.
Oʻzbekiston atalgan yurtning,
Gultojisan mening Surxonim!
Navqironsan baland, qadding tik,
Goʻzal voha bormi seningdek?
Tuprog'ingda bor kindik qonim,
Muqaddassan mening Surxonim!
Buloq suving ming dardga davo,
Qadim goʻsha, ulugʻ qadamjo,
TERMIZOTA tarixdan sado,
Alpomishlar yurti Surxonim!
Gul-lolazor dasht, adir-qirlar,
Ochilmagan ming-minglab sirlar,
Yashab oʻtgan avliyo, pirlar,
Dur-gavharim mening Surxonim!
Tog'laringda qorlar qatma-qat,
Takrorlanmas nafis tabiat,
Oʻzgacha fayz, oʻzgacha hilqat,
Sen tengsizim, mening Surxonim!
Havolaring jonga huzur baxsh,
Daryolaring goʻyo senga naqsh,
Sen moʻtabar, sen oʻzing dilkash,
Onamdeksan mening Surxonim!
✍ ALIJON YOʻLDOSHEV
Tabiiy Fanlar Fakulteti 2-1EkoKT-22 Talabasi
ДОРИЛФУНУНИМ
Улуғларга бешик бўлган зиё масканим,
Бир асрга бўйлашганим қутлуғ маконим.
Йиллар тўфонию, залворин юклаб,
Тўқсон уч йил қадам босган улуғ карвоним,
Дорилфунуним!
Йўллар аро қатағонга дучор бўлганим,
Ваҳшатларда ўлимларни ҳатлаб келганим,
Неча авлод камолини ортиб елкага,
Илм сари, мақсад сари чопиб елганим,
Дорифунуним!
Ғафур Ғулом ашьорида сенинг номинг бор,
Жамол Камол достонида жилмаяр юзинг.
Охун Сафар байтларида бисёр ва бисёр,
Раҳим Воҳид китобининг илҳоми ўзинг,
Дорилфунуним!
Савод илмин сабоғида Мустақим Мирза,
Тилшунослик майдонида шер Ҳамид Неъмат.
Сўз сеҳрини дилда туйган Эргаш Қиличев,
Шукруллаев, Вафо домла – улуғ бир ҳикмат.
Дорилфунуним!
Назокатдан сабоқ берган Ойтўра устоз,
Нишотийга ошно этган Мунира устоз,
Мактаб йўлини ёритган Ҳадия устоз,
Зулфия устозларга солган пояндоз,
Дорилфунуним!
Истиқлолнинг шамолидан шодон бўлганим,
Истиқлолнинг қуёшидан нурлар эмганим.
Истиқлолнинг залворини кўксига жойлаб,
Келажакка шахдам-шахдам қадам қўйганим,
Дорилфунуним!
Халқдан дурлар терган ғаввосларинг бор,
Мумтоз наволарнинг ошно қалблари.
Қодирий, Ойбекни англатиб такрор,
Бағрингда устозлар, илми толиблар,
Дорилфунуним!
Янги Ўзбекистон деган зўр карвонда
Эзгу йўлга бошлагувчи сарбонинг бор.
Кеча, бугун, эртага кўприк бўлгувчи
Истиқболинг, кўз қароғинг, иқболинг бор.
Дорилфунуним!
Дилрабо ҚУВВАТОВА,
БухДУ ўзбек тили ва адабиёти кафедраси профессори
Бухоро давлат университетининг 93 йиллигига
Устоз деган шонга муносиб,
Ўтди не-не фидойи жонлар.
Ватан дардин бағрига босиб,
Очди қанча илмий имконлар.
Университет, бағрингда бугун
Аҳли дониш олмоқда таълим.
Зиё сочиб, тин олмай кун-тун
Меҳнат қилар камтар муаллим.
Ҳар жабҳада Бухорий бўлиб
Ёшлар ҳали қучажак зафар.
Устоз бўлиб, шодликка тўлиб
Университет, эшит хушхабар.
Файзли юртда файзлисан сен ҳам,
Зиё берган мунисам – онам.
Ватан ичра нурафшон маскан,
Топган дунём – улуғ дарсхонам.
Лайло Шарипова, ўзбек тили ва адабиёти кафедраси профессори в.б., Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси
Yashang Ona.
Siz uchun haliyam bolaman, bola,
Tashvishdan toliqqan koʻzlarda jola.
Mengamas bolamga deysiz-a? yana,
Oʻzingiz uchun ham yashang-ey Ona.
Mehringizdan unar toshlarda nihol,
Men qanday oʻgʻilman, soʻramay ahvol?
Bu qanday koʻrgulik, bu endi ne hol?
Oʻzingiz uchun ham yashang-ey Ona.
Qurib ketsin tashvish, tugamaydi ish,
Tinim bilmaysiz ehh, na yozda, na qish.
Sizga ming iltifot, sizga ming olqish,
Oʻzingiz uchun ham yashang-ey Ona.
Bagʻrimni tilkalab teshib oʻtdi oʻq,
Yo mendan koʻnglingiz emasmikan to'q?
Ming tashvish ichida bir arzingiz yoʻq,
Oʻzingiz uchun ham yashang-ey Ona.
Bu dunyo toshbag'ir, bu dunyo zolim,
Poyingizga fido boʻlsin ming jonim,
Bitta oʻtinchim bor, birgina zorim,
Oʻzingiz uchun ham yashang-ey Ona.
Oshini yemasdan menga tutganim,
Izlarimga mushtoq, yoʻlim kutganim,
Sizni bir lahzaga yoʻq unutganim,
Oʻzingiz uchun ham yashang-ey Ona.
Qanday yashay axir, maqsadsiz, o'ysiz?
Qachongacha mening gʻamimni yeysiz?
Ming shukur hammasi yetarli deysiz,
Oʻzingiz uchun ham yashang-ey Ona.
Libosingiz rangi oʻchibdi qarang,
Qanchada bir libos olasiz arang?
Bahordek ochilib yashnang-ey ona,
Oʻzingiz uchun ham yashang-ey Ona.
Kuzatdim ololmay koʻnglingiz yukin,
Zirqirab ogʻridi yuragim bugun,
Hech yoʻqsa bir bora, hech yoʻqsa bir kun,
Oʻzingiz uchun ham yashang-ey Ona.
Sizga yetib borsa boʻldi she'rlarim,
Qalbim durlarini sizga atadim,
Siz borki kam-ko'stsiz, beg'am yashadim,
Endi men borman-ku, siz yashang Ona.
✍ Tabiiy Fanlar Fakulteti 2-1EkoKT-22 Guruh Talabasi ALIJON YOʻLDOSHEV
Fojiaga duch kelganda oʻtmishga yopishishdan maʼno yoʻq. Eng toʻgʻrisi - oldimizda yuzaga kelgan boʻshliqni yana bir nimalar bilan toʻldirish.
Chinakam kuchli erkak va ayollar koʻpincha yolgʻiz boʻlishadi.
Soʻzlar - qogʻozga koʻchgan koʻz yoshlar. Koʻz yoshlar aytilmagan soʻzlardir. Ularsiz quvonch oʻz ziyosini yoʻqotgan, qaygʻu esa tuganmas boʻladi.
Agar bir nimaga intilsang, u ham senga intiladi.
Har qanday ishda mukammalikka erishish uchun mashq qiish, bajarish usulingiz nafas olishdek tabiiy chiqmaguncha takrorlash va takrorlash kerak boʻladi.
Ogʻriq keltiradigan narsa shifo boʻla olmaydi.
Yashash - ertadan kechgacha hayotning mohiyati haqida oʻylab yotish emas, balki har lahzani ongli ravishda yashab oʻtishdir.
Agar kamalakni koʻrmoqchi boʻlsang, yomgʻirni ham sevishing kerak.
Allohni tanigan uni taʼriflay olmaydi, taʼriflay olgan esa uni tanimaydi.
⚡️⚡️⚡️Yosh qaldirg‘ochlarni kutish barobarida Filologiya fakultetida o‘tkazilgan "Ko‘p tillilik - xazinalar kaliti, milliy til-chi?" esselar tanlovi g‘oliblari fakultet xodimlari jamoasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan taqdirlandi
Читать полностью…#LIVE
#BuxDU_yoshlarni_sevadi
Ta'lim dargohida boshlanish kuni
Bugun barcha oliy ta'lim muassasalarida unutilmas damlar davom etmoqda.
Yillar davomidagi mehnat natijasi oʻlaroq talabalik sharafiga ega bo'lgan abituriyentlar talabalik davrining ilk onlarida yashashmoqda.
Bunday unutilmas daqiqalar Buxoro davlat universiteti filologiya fakultetida ham qizg'in kechmoqda.
Fakultet rahbariyati va xodimlar jamoasi yosh qaldirg'ochlarni kutib olishdi.
Sheʼrlarimnimas
Xafa qilgan boʻlsam kechirib qoʻying,
Jahlda men bilan boʻlmang qasdma-qasd.
Shunchalar koʻnglingiz ogʻrigan boʻlsa,
Meni yomon koʻring, she'rlarimnimas.
Oʻzimdan oʻtganin oʻzim bilaman,
Gunohkor bandaman kim xato qilmas?
Gʻazabingiz soching, ayblang mayli,
Meni yomon koʻring, she'rlarimnimas.
Birovning qalbiga ozorlar bersam,
Ishoning yuragim halovat bilmas.
Faqat ijodimning yoʻlidan borsam,
Meni yomon koʻring, she'rlarimnimas.
Uzurimni qabul qiling siz ammo,
Hazilda aytilgan soʻzlarimnimas.
Koʻnglingizni kengroq qiling ozgina,
Meni yomon koʻring, she'rlarimnimas.
Qalam tebrataman qalbim toʻridan,
Xatolar izlamang boʻldi, yetar, bas.
Mayli siz mendan zoʻr boʻling hech qachon,
Meni yomon koʻring, she'rlarimnimas.
Yoqmasa yoqmadi deb qoʻyavering,
Til uchida izhor menga kerakmas.
Shu misralarni yozgan men axir,
Meni yomon koʻring she'rlarimnimas.
✍ ALIJON YOʻLDOSHEV
#LIVE
⚡️⚡️⚡️Ayni damda Buxoro shahridagi "Axborot-kutubxona markazi"da O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo'limi hamkorligida taniqli jurnalistlar va matbuot xodimlari uchun "Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda voqelikni xolis yoritish" bugungi holatni tahlil, taklif va tavsiyalar mavzusida mintaqaviy konferensiya bòlib òtmoqda.
Nasiba XAKIMOVA,
Buxoro davlat universiteti, filologiya fakulteti 6-1Jur 22-guruh talabasi
Rossiya antologiyasiga ijodiy ish beruvchilar uchun yangilikni zoʻri🏆😌
Siz istalgan turdagi ijodiy ish, ya’ni maqola, she’r, hikoya, rassomlik ishi va haykaltaroshlik ishi va boshqalar orqali ishtirok eta olasz🥳🥳🥳
Bundan tashqari, antologiyaga ijodiy ish berganlar offlayn shaklda Buxoroda oʻtkaziladigan taqdimotda bepul ishtirok etishadi va diplom bilan taqdirlanishadi😍🤩📜
Antologiyaga 25 ta ijodkor qabul qilinadi va har biriga kitobning asl nusxasidan 2 tadan beriladi📚🎉
Ijodiy ish berish narxi: 130 ming soʻm (tarjima ham ichida)🎁🎁🎁
Taqdimot davomida siz davlat stipendiantlari, shoir va yozuvchilar, professorlar bilan yaqindan suhbat qilish imkoniga ham ega boʻlasiz😍😍😍
Bizga qanday foydasi bor deysizmi, undaaa👇🏻👇🏻👇🏻
💭Ijodiy ishingiz jahon bozoridagi kitoblarda chiqadi
💭Xalqaro yutuq sifatida stipendiantlik va medallar uchun xizmat qiladi
💭Ijodkorlar guruhi bilan birgalikda ijodiy faoliyat yuritishingiz mumkin
Va bu hali hammasi emasss….
Murojaat qiling va oʻrningizni band qiling🔺
⚠️Shoshiling, joylar soni cheklangan‼️
Murojaat uchun: @asal_xudoyberdiyeva
Бухоро давлат университети филология факультетида ўтказилган бу галги адабий-маърифий кечага эл ардоғидаги, давлатимизнинг юксак даражадаги мукофотлари билан тақдирланган устоз шоирлар – Дилшод Ражаб, Зикрилло Неъмат, қолаверса, шеър дарди, ўзидан яхши асарлар қолдириш иштиёқи билан умргузаронлик қилаётган кекса шоир, уюшма аъзоси Самад Муҳаммад Дамин таклиф қилинди.
Дастлаб филология фанлари доктори Дилшод Ражабов кечада жам бўлган факультетнинг “Ёш ижодкорлар” адабий тўгараги аъзолари, истеъдодли талабаларига меҳмонларни яқиндан таништирди.
Шундан сўнг шоирлар галма-гал устоз ижодкорлар ҳамда ўз шеърларидан намуналар ўқиб беришди, шеър, китобхонлик тўғрисидаги мулоҳазаларини ўртоқлашишди.
Бирор савол жавобсиз қолмади. Талаба-ёшлар қимматли маълумотларга эга бўлишди. Уларнинг ўз фаоллигини намоён этганлари меҳмонларнинг эсдалик совғаларига эга бўлишди.
Шунингдек, тадбирда иштирок этган Амир Олимхоннинг чевараси Дилфуза Остонаева ўз қаламига мансуб, Олимхондан бошланган шажара тарихини акс эттирувчи тарихий-бадиий лавҳалардан иборат “Аждодлар руҳи” номли китобидан йиғилганларга улашди.
🥳 Buxoro davlat universiteti Volontyorlik markaziga a’zo bo'lish uchun qabul boshlandi
🎓 Siz BuxDU talabasimisiz?
🙌 Volontyorlikka qiziqasizmi?
⭐ O‘z iste’dodingizni namoyon qilmoqchimisiz?
🔰 Unda Buxoro davlat universiteti volontyorlari sizni o‘z safiga chorlaydi.
🧑💻 Jamoaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning liderlik mahoratini oshirish, ularda sog‘lom fikrni shakllantirib, dunyoqarashini kengaytirish, yoshlarda vatanparvarlik hissini rivojlantirish, loqaydlik, beparvolik asoratlarini yo‘qotish, yoshlarning huquqiy va madaniy ongini yuksaltirish, o‘z tashabbuslari asosida talaba-yoshlar ishtirokida turli davra suhbatlari, tanlov, musobaqa, ko‘rik-tanlov, konferensiya, forum, sammit, anjuman, seminar hamda bir qator loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir.
🟢 Murojaat uchun:
👉 @rahimboyev_rustam
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida "Ota-onalar kongresi" bo'lib o'tdi.
⚡️ BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi rahbariyat Filologiya fakultetining birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazishdi.
Uchrashuv avvalida ota-onalar о‘quv binolari va auditoriyalar, ARM, universitet oshxonasi hamda talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Rektor Obidjon Xamidov ota-onalarni tabriklash barobarida ularning takliflari, muammolarini eshitdi. Uchrashuvda shuningdek, BuxDU ichki tartib-qoidalari, ijara hamda shartnoma bilan bog'liq masalalar xususida so'z bordi.
Ota-onalarga talabalarning o'qishi, yurish-turishi, qiziqishlaridan boxabar bo'lishlari hamda ularning xorijiy tillarni
o
rganishlari uchun sharoit yaratib, nazorat qilishlari uqtirildi. Telegram ilovasida ota-onalar hamda BuxDU rahbariyatidan iborat bo'lgan guruh tashkil etib, doimiy aloqada bo
lishni ta'minlash kerakligi aytildi.
1. Муваффақиятли инсонлар омадсиз инсонлар қилишни истамайдиган ишларни қилади. Осон бўлиши учунмас, яхши бўлиши учун ҳаракат қилинг.
©Жим Рон
2. Муваффақият – ҳар куни такрорланадиган, унча катта бўлмаган ҳаракатлар йиғиндиси.
©Роберт Колер
3. Ким хоҳласа имконият топади, ким хоҳламаса баҳона излайди.
©Суқрот
KUN TARIXI
Bugun 11-sentabr haftaning dushanba kuni.Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
⏳Qirrali stakan ixtiro qilingan kun (1945).
⏳ Toshkentda Janubiy temir yo’l vokzali ishga tushirildi (1985).
♦️Rejissyor, teatrshunos, dramaturg, tarjimon, O’zbekiston xalq artisti Ollanazarov Turesh tavallud topgan kun (1916).
♦️Oʻzbek jurnalisti va blogeri Aziza Qurbonova tavallud topgan kun (1988).
♦️O‘zbek pianinochisi, London xalqaro pianino musobaqasi va boshqa bir necha xalqaro pianino musobaqalari gʻolibi Behzod Abduraimov tavallud topgan kun.
Qutlov
Sengadir yurakda asragan sózim,
Ta'zimda turaman poyingda ózim,
Qalbim qatlaridan yangragan sozim-
Vatanim baĝrida yongan chiroĝim,
Uluĝ yoshing qutluĝ,ilm dargohim!
Umrim daftarida betakror bobsan,
Millat ravnaqida misli oftobsan,
Yuraklar talpingan buyuk kitobsan,
Baĝringda quvonchdan porlar qaroĝim,
Uluĝ yoshing qutluĝ,ilm dargohim!
Chanqoq yuragimga tutasan ziyo,
Tashna dillar uchun yomĝirsan góyo,
Savlat tókib turgin turguncha dunyo,
Sen sabab kóz ochdi bilim buloĝim,
Uluĝ yoshing qutluĝ,ilm dargohim!
Bir kun samolarga uchdi ĝamlarim,
Qayta yolqinlandi umid shamlarim,
Talabalik baxtin tuygan damlarim,
Shodligim nuridan tóldi nigohim,
Uluĝ yoshing qutluĝ,ilm dargohim!
Ĝururga belanib yashab kun-u tun,
Sening farzandingman baxtliman bugun,
Ter tókay nurafshon ravnaqing uchun,
Ustozlik maqomin bergan ardoĝim,
Uluĝ yoshing qutluĝ,ilm dargohim!
---------------------------------------------
Dilnoza Xamroyeva
Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti mutaxassisligi II bosqich magistranti
Madaniyatni ham chetdan olib kiramizmi?
Yurtimiz milliy qadriyat, urf-odat va o’ziga xos tarixiy an’analarga boy xalq hisoblanadi.
Barchaga birdek ma’lum, davrlar o’tkan sayin, zamon o’zgarib, ommaviy madaniyat yoshlarimizga ta’sir etib bormoqda.
Shu o’rinda to’xtalib o’tish kerak: yoshlarni yosh hali, yoshlik qilibdida deb qo’ya qolaylik, kattalarga nima bo’lyapti? Qadriyatlarimiz, milliyligimiz qayerda qoldi? Bu ketishda “Noyob yodgorliklar” ro’yxatiga kiritishimiz tayin. Madaniyatimizchi?
Guvohi bo’lgan voqeamni eslasam juda achinib ketaman.
— Fotokamerada suratlar olishni juda yoqtiraman. To’g’rirog’i sevimli ishim. Yaqinda Buxoroda o’tkazilgan “Ipak va Ziravorlar” festevaliga oilamiz bilan borgan edik. Insonlarni yuzidagi tabbasum, shukronalik va sayyohlar ko’zidagi hayratni ko’rib, quvonib ketdim. Ming afsuski achinib ketgan joylari ham bor. Baland minoralar oldida onamni rasmga tushirmoqchi edim, onam bilan o’rtamizdagi masofa taxminan 2 metrcha kelar edi. Xalqimizni “ madaniyat” ini qarang: rasm tushyapti aylanib o’taylik yoki, to’xtaylik degan o’ylov yo’q. Qo’pol qilib aytganda bosib o’tib ketyapti. Shu payt ikki uchta sayyohlar ham o’tib ketishayotgan ekan, rasm tushayotganimizni ko’rib, taq etib to’xtashdi va bemalol tushaver deganday qilib kulib qo’yishdi. Shunaqa xursand bo’ldim. Mana madaniyat!
Nuqul davlatni tanqid ostiga olamiz. O’zimiz, o’zligimiz ayanchli holatda ekanligini bilmagan ekanmiz. Boshqalar bizga buni o’rgatib ketishi kerakmi? Yoki bora- bora madaniyatni ham oddiy buyum kabi chetdan import qilamizmi? O’ylanib qoldim. Asta- sekin ma’naviy boyligimizdan ajralib qolmayapmizmi? Balkim, kuchli davlatlar qatoriga chiqa olmayotganimiz sababi ham shundadir. Fikrlar juda ko’p. Barchasi harakatimiz natijasiga bog’liq. Turli xil ma’no mantiqsiz ko’rsatuvlar o’rniga, insonni o’zgartirishga qodir: kinofilm, multfilm, spektakl va qo’shiqlarnj madaniyatga undaydigan qilib, xalqqa taqdim etsak, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.
To’g’rida, yaxshi tomonga qarab ketayotgan o’zgarishlar kimga yoqmaydi deysiz.
Mahtob SHAROFIDDINOVA,
Buxoro davlat universiteti talabasi
Rektorim.
"Talabam ayt nima kaming bor?" - degan,
"Nima tashvishing bor, gʻaming bor" - degan,
"Doim sizga boʻlsin omad yor!" - degan,
Yuzida nur yogʻib turgan Rektorim!
Hammani bir koʻzda koʻrgan Rektorim.
Sizga suyanadi barcha talaba,
Siz tufayli ustoz, har bir gʻalaba,
Ulgʻaydik koʻnglimiz hali bolada,
Maʼrifat yoʻlida qalqon Rektorim,
Bizlarga yoʻlboshchi sarbon Rektorim!
Osoyishta ekan, zamin osmoni,
Doimo peshqadam BuxDUning nomi,
Tan olar dunyoning toʻrtta tomoni,
Orzular eshigin ochgan Rektorim,
Chempionlarini quchgan Rektorim!
Koʻrsatib iqtidor, koʻrsatib kuchin,
Oqlay deb doimo farzandlik burchin,
Kurashib yashaymiz shu vatan uchun,
Shahdga-shijoatga toʻldik Rektorim,
Bizlar sizdan oʻrnak oldik Rektorim.
Yelkalarda bayroq, boshlarda humo,
Yuraklar qo'rida bong urar sado,
Oʻzbekiston uchun jonimiz fido,
Biz bilan yonma-yon turgan Rektorim,
Hammani bir koʻzda koʻrgan Rektorim!
Ustozimiz OBIDJON XAMIDOV ga ataladi
✍ Tabiiy Fanlar Fakulteti 2-1EkoKT-22 Guruh Talabasi ALIJON YOʻLDOSHEV
Hayotdagi eng katta baxt bu ular bizni sevishlariga, bizni kimligimiz uchun sevishiga yoki kim ekanligimizga qaramay, bizni sevishiga ishonchdir.
©️Viktor Gyugo
Бахтли одамни таниб олиш жуда осон...
У хотиржамлик ва осойишталик аурасини тарқатаётганга ўхшайди.
Баъзида секин харакат қилсада ҳамма нарсага улгуради, вазиятни тўғри тушунади ва ўз хоҳишларини ҳам унутмайди
Bir bolaning otasi har kuni maktabga lyuks mashinada olib kelarkan. Boshqa bola bo‘lsa, har kuni otasining velosipediga mingashib kelarkan. Badavlat ota o‘g‘liga: “Ko‘rdingmi, mening qadr-qimmatimni bil, seni har kuni qimmatbaho mashinamda olib kelaman” debdi. Shunda bola otasiga: “Koshkiydi meni velosipedda olib kelsangiz, o‘shanda men sizni quchoqlab kelgan bo‘lardim” degan ekan.
©️Sheniz Yujel (Go’daklikdan yigitlikka qadar
) kitobidan