#ибрат
• Ўлимимдан икки ой ўтиб ўғлим уйланди;
• Олти ой ўтиб, қизим туғилган кунини нишонлади;
• Бир йил кечиб хотиним бошқага турмушга чиқиб кетди.
• Лекин, вафотимга ўн йил бўляпти-ки, онам ҳали-ҳануз йиғлайди...
Talabalar uchun universal bank kartasi yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekistonda talabalar uchun universal bank kartalari joriy qilinadi. Bu bo‘yicha kelishuv Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov va “Aloqabank” Boshqaruv raisi Kamunna Irisbekova o‘rtasida imzolandi.
Maʼlum bo‘lishicha, bank kartasidan talabalar quyidagicha foydalanishi mumkin:
👉 guvohnoma sifatida foydalanishi;
👉 yotoqxonalar, kutubxonalar, sport majmualariga kirish;
👉 onlayn mikroqarzlarni rasmiylashtirish;
👉 omonatlar va elektron hamyonlar ochish;
👉 pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
👉 xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish.
Dastlab universal bank kartasi tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.
“Агар дунёнинг ўзгаришини истасанг, олдин ўзингни ўзгартир!”
©Махатма Ганди.
“Кечагина доно ва ақлли эдим, дунёни ўзгартирмоқчи эдим! Бугун эса ҳаким ва донишмандман. Шунинг учун ўз нафсимни ўзгартирмоқчиман!”
©Жалолиддин Румий:
Ўзингиз яшаб турган жамиятни ўзгартира олмасангиз ҳеч бўлмаса ўзингизни ўзгартиринг. Ўзингизни ўзгартиргач, ўрнак сифатида оила аъзоларингиз, яқинларингиз, дўстларингизга таъсир қиласиз.
Bolalarni muvaffaqiyatli qilib tarbiyalash uchun...
Ota-onalar burchi aynan nimada? Nima bòlganda ham, bu bolalarni pul va sovģalar bilan ta'minlash orqali ularning kòngliga yòl topish, qiziqarli sayohatlar yoki hamma narsada ularga qulaylik yaratib berish degani emas, Aziz ota-onalar! Gap, birinchi navbatda sòzsiz sevgi, e'tibor, mehr-muhabbat, har tomonlama bolani qòllab-quvvatlash haqida ketmoqda. Qolganlari(pul, sovģalar, shohona hayot) bola uchun ikkinchi darajali.
Yana bir masala shundaki, bolalar ota-onalar tomonidan qilinadigan destruktiv tanqidlarga juda sezgirlar. Bu tanqidlar bolaga xuddi kaltaklagandek oģriq beradi. Ota-onalar bolalarini tanqid qilishadi va buni samarali deb òylashadi. Ammo, aslida, destruktiv tanqidlar bolani òziga bòlgan ishonchini yòq qiladi, sindiradi. O‘ziga ishonmaydigan bolalardan esa, kelajakda ta'sirchan va qatiayatsiz bolalar yetishib chiqadi. Bu kabi bolalar kelajakda bir qarorga kelishga, umuman, qaror qabul qilishga qòrqadilar.
Farzand tarbiyasidagi eng halokatli omillardan biri — sevgining yetishmasligi yoki uning umuman yòqligi. Bilasizmi, sevgining yetishmasligi bolaning jismoniy yoki ruhiy nogironligiga olib keladi. Bolalarni, chaqaloqlarni hatto òsmirlarni ham haddan ortiq erkalamaslik kerak degan gap bemanilikdir. Ortiqcha sevgi zarar qilmaydi. Chunki bola har on, har daqiqa uni qabul qilishlarini, qòllab-quvvatlashlarini kutadi, xohlaydi.
Men sizga chet el jurnalidagi bir maqolani aytib bermoqchiman. Unda ajoyib ota-onasi bor yosh bola tasvirlangan. Bir kuni ota-onasi bolani enagasiga qoldirib, restoranga ovqatlangani ketishadi va qaytishda avtohalokatdan vafot etishadi. Shu paytgacha onasi va otasidan ayrilmagan bolakay ģalati muhitdagi oilaga tushadi. U yerda uning tarbiyasi bilan boģliq muammolar kòpayadi. Bola juda kòp yiģlab, tagini ho‘llaydigan bo‘lib qoladi. Borgan sari bu kabi muammolar ko‘payaveradi. Bola esa na ruhan va na jismonan rivojlanardi. Ota va onasining o‘limidan uch, to‘rt yil o‘tadi. Bola esa shu vaqt mobaynida bir santimetr ham o‘smaydi. Shundan so‘ng bolani bir yaxshi, mehribon oila o‘z uyiga olib ketishga qaror qiladi. Ular bolani hafta va oylar davomida sevgi va muhabbat bilan o‘rab olishadi. Bola besh hafta ichida to‘rt yillik bo‘shliqni to‘ldirdi. Doimiy sevgi ta'sirida u o‘z tengdoshlariga yetib oldi.
Qarang-a, bolalar har doim ota-onalarining sevgisiga muhtoj. Bu sevgi ular uchun kislorod manbai. Bolangizga har daqiqa uni sevishingizni aytib turing. Xoh ular 3ta bo‘lsin, xoh 10ta bo‘lishsin. Ularga: " Shunchaki sizlar ajoyibsizlar! Sizlarni juda sevaman!" — deb aytib turing onajonlar, otajonlar. Chunki sevgining yetishmasligi nimasi bilandir kalsiy yetishmovchiligiga o‘xshaydi.
Bola uchun psixologik ta'sirlarning eng muhimi—maqtov. Siz tez-tez bolangizga uning ishlarining ajoyibligini, masalan, chizgan rasmining a'lo darajada chiqqanini ayting. Bola xato qilganda uni hech ham siltamang va unutmangki, Bolalar "IXCHAM SHAKL"dagi kattalardir! Atirgul yomg‘ir va quyosh nuriga muhtoj bo‘lgani singari, bolalar ham sevgiga muhtoj.
Sizlarga muhim, qiziqarli faktni aytmoqchiman. Bolalarni tarbiyalash bo‘yicha chet ellik mutaxassis Virjinia Setir :
–Bolalarni yashab qolishlari uchun ularni kunida 4 marta quchoqlang, ularni sog‘lom bo‘lishlari uchun 8 marta quchoqlang, ularni to‘g‘ri rivojlanishini istasangiz 12 marta quchoqlang - deydi. Bolani quchoqlaganingizda siz unga qimmatli, kichkina muhim odam ekanligi haqidagi xabarni yuborasiz.
Xullas, farzandlaringizni, shu jumladan, balog‘atga yetganlarini ham doimiy sevgi, qo‘llab-quvvatlash, ularni quchoqlash orqali siz ularni hayotning faqat quyoshli tomoniga olib chiqishga qodirsiz, aziz ota-onalar!
Jamila SALIMOVA,
BuxDU talabasi
ЛОҚАЙДЛИК ҚАЧОНГАЧА?
Мен талабаман, шу билан бирга фахр билан юртим келажагиман, десам муболаға бўлмайди. Мени бир савол қийнайди: биз бепарволикка мубтало бўлмадикми? Кимнидир, ниманидир айбламоқчи эмасман. Эртамиз улуғ бўлиши учун ҳар бир инсон фақат ўзини эмас, жамият эртасини ҳам қайғуриши керак, деб ўйлайман. Биз келажак авлодга, фарзандларга ташлаб кетилаётган тарихни ҳаққоний ўрганаяпмизми, бугунги ва келажак ҳаётимиз илдизларига сепилаётган дорини тўғри танлаяпмизми?
Илгарилари боболаримиз ойнаи жаҳон орқали нималарни томоша қилишган? "Ўтган кунлар", "Шум бола" асарларини қўлма-қўл олиб, такрор ва такрор мутолаа қилиб, киноларини томоша қилишган. Биз-чи? Биз экранларимизда қайнонанинг разиллиги, келининг муғомбирлиги, эрнинг хиёнати, сингилнинг ҳийла-найрангларидан бошқа нималарни кўраяпмиз? Тасаввур қилинг, биз ҳозир ўзимизнинг аждодларимиз, боболаримиз, фидойиликлари билан фахрланамиз. Аммо келажакда бизнинг фарзандларимиз кимлар билан фахрланишар экан? Тўғри, улар Соҳибқирон Темурнинг жангларини, жадидлар бошига тушган азобларни, мустақиллик учун курашганларни эслашар, аммо бизга келганда нимани ёдга олишади? Эр хиёнати учун ўзининг ва фарзандларининг ҳаётига зомин бўлаётганларними? Пул учун ўз имонидан кечаётганларними? На исломга, на имонга тўғри келмаса ҳам, ўз опасининг эри билан никоҳдан ўтаётганларними? Бундай воқеаларни телеканалларимиздаги “Синглим”, “Интиқом алангаси” каби сериалларда неча ойдирки, томоша қилаяпмиз. Биз улардан қандай маънавий озуқа олаяпмиз? Аксинча, кўпхотинликни, юзсизликни, қасос олиш илинжида норасидаларни ҳам ўлдиришни, қасоскорликни ўрганмаяпмизми? Бу каби сериаллар жамиятимизга ушбу иллатларнинг кириб келиши йўлида хизмат қилаяпти-ку? Тўғри, замон ва вақтда айб йўқ, аммо ундаги муҳитни биз яратамиз. Биз ва бизнинг фарзандларимиз маданиятни, маърифатни қаердан ўрганамиз – шу бемаъни сериалларданми? Уларни назорат қиладиган бирон ташкилот борми? Биз ойнаи жаҳон, матбуот, радио, олий таълимдаги дарслар, ахборотлар алмашинуви, машҳурлар ҳаётидан ўрнак оламиз-ку! Шундай экан, нима учун кўз олдимиздаги бу маънавиятсизликка қарши курашмаяпмиз? Воқеалар ривожидаги ноҳақлик ғалабасини кўриб қанча асабийлашсак ҳам нега бу сериалларни томоша қилиб ўтираверамиз?
Ахир булар бизнинг маънавиятимизга, қонимизга кириб келаётган афюн кабидир. Улар ёшларнинг дунёқарашини бузиб, маънавиятини балчиққа булғаяпти-ку? Аммо бу борада томошабинлар ҳам, масъуллар ҳам жим. Телеканал масъуллари эса рейтинг учун кураш олиб боришади. Рейтингимизни ушлаб турсак бас, дейишади. Афсуски, шу рейтингни кўтараётган сериаллар на қадриятларимизга, на одоб-ахлоқ нормаларимизга тўғри келмаётганлиги борасида ўйлаб ҳам кўришмайди.
Биз маънавият гулханининг зарраларимиз, биз ўчмоғимиз эмас, аксинча, ёнмоғимиз, ёндирмоғимиз зарур. Зеро, биз 12 ёшида тахтга ўтирган Бобурнинг авлодимиз, қалам ила дунёни забт етган Навоийнинг невараларимиз. Бугун мен лоқайд бўлсам, эртага сиз лоқайд бўлсангиз, бу муаммо, бу мавзулар қачон кўриб чиқилади? Ойнаи жаҳонга боқ, нимани кўряпсан? Уларга қарши қачон бонг урамиз? Биз кўраётган киноларда аёлнинг хиёнатини, очиқ-сочиқ кийимлару беҳаё таналарни кўряпмиз. Биз қайси йўл билан тарбия олаяпмиз ўзи?
Автобусда кетаётсам, эндигина тили чиқаётган болакай онасига бармоқларини кўрсатиб, “Мен иккита хотин оламан”, дейди. Онаси ҳам кулиб, кимни оласан, деса, икки опа-сингил қўшниларининг номини чала-чулпа айтади. Она хурсанд бўлиб кулади. “Телевизордаги сериални томоша қилади-да бу”, дейди. Ичимда, астағфуруллоҳ, дейман. Боланинг бу гапидан қувонманг, онажон, аксинча, ташвишланинг... дегим келади.
Муниса АҲМЕДЖОНОВА,
Бухоро давлат университети, журналистика йўналиши талабаси
KECHA VA BUGUN
Tarix. Aksariyat hollarda toj kiygan odamlarning ahmoqligi, behuda
siyosatchilar va firibgarlar tufayli odamlarning fojiasidir. Bu soʻzlar
nechogʻlik qoʻpol va achchiq boʻlmasin: bugungi kunda siz-u bizning hayotimizda oʻz ifodasini topmoqda. Tarixsiz kelajak boʻlmaydi! Bu soʻzlarni kitob-u imoratlar peshtoqiga yozganimiz bilan hech nima oʻzgarmaydi. Aslida, uchinchi renessans deya butun dunyoga jar solmoqdamiz. Ammo, bundan oldingi ikkita renessans haqida ko‘paytirish jadvalichalik xabarimiz yoʻq. Agar Shekspir Alisher Navoiyning asarlarini oʻqisa edi, bugun yozuvchi emas balki, boshqa kasbning egasi boʻlardi.
Yoki oʻn olti yoshigacha oyoq kiyim ipini bogʻlay olmagan janob
Eynshteyn, Al-Xorazmiyning kitoblarini varaqlab, butun bir umrini
o’tkazib yubormasmidi? Usta me'morlarimizni gapirmay qoʻya qolamiz. Ular qurgan imoratlarni hali hanuz biror bir davlat qura olgani yoʻq. Bu binolar takrorlanmasdir! Shu o’rinda o’zimizga bir savol berib
koʻraylikchi? Ajdodlarimizga munosib avlod boʻla oldikmi!? Ulardek boʻlish uyoqda tursin, bu boy tarixni, siz-u biz oʻz qoʻllarimiz bilan yoʻq qilmoqdamiz. Ularni buzib oʻrniga mehmonxona, savdo shahobchasi, restaran umuman olganda oʻz ehtiyojlarimizni qondirish yo’lida ovoramiz. To’g’ri guruch kurmaksiz bo’lmaydi, degan gap ham yo’q emas. Qanday qilib bo’lmasin, yurtimizni rivojlantirishimiz kerak. Bunaqa insonlarning tarix bilan necha pullik ishi bor. Soqqa keldi bosamiz, davr-u davron suramiz, qabilida ish tutyapmiz. Xoʻsh, aytingchi? Qaysi xalq oʻz tarixini sariqchaqalarga sotmoqda. Bugun darslarga kirib olib, soatlab tarix haqida gapiring, yoki, minbarlarda chiqib olib, chiroyli nutq soʻzlang, hech narsa oʻzgarmaydi. Qachonki, tilimiz bilan emas, qalbimiz va qoʻlimiz bilan harakat qilsak, shunda oʻzgara boshlaydi. Joyi kelganda aytishimiz ham mumkin. Yurtimizda bugungi kunda juda ko’plab islohotlar olib borilmoqda. UNESCO bilan hamkorlikda mamlakatimizdagi qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan me'moriy yodgorliklarni asrab qolish ishlari olib borilmoqda. Bizni juda boy tarixga ega bo’lgan shajaramiz bor. Qanchadan qancha buyuk ajdodlarimiz bu diyorda yashab kelishgan. Hozirda yurtimizda Navoiy, Ibn Sino, Xorazmiydek bo’lmasa ham shulardek, bo’lishga intilayotgan yoshlar yo’q emas. Bu dunyoda yaratiladigan narsa qolmadi. Faqat, yaratilgan narsalarni rivojlantiradigan narsa bo‘ynimizda. Jahonni lol qoldirayotgan yoshlarimizni aytmaysizmi? O’tmishdan to’g’ri xulosa chiqarsak hammasi yaxshi bo’ladi!
O’tmish borki xato bor.
Xato borki xulosa bor.
Xulosa borki, yangi qadam bor.
Erkin XO‘JAQULOV
BuxDU talabasi
AYBIMIZ QIZ TARBIYALAGANIMIZMI?
Bilamizki, eng gòzal rishtalardan biri bu—nikohdir. Kelin va kuyov hamda ularning ota-onalari roziligi asosida ikki yosh oila quradi.
Kuyov tomon qarindoshlar , kelinning qaynonasi uchun kelinning sarposi ahamiyatga molik. Aynan yashayotgan zaminimizda ham, ayrim hududlarida hali-hanuz kurakda turmaydigan "urf-odatlar" mavjud. Bu kabi an'analar natijasida bir qancha oilalar buzilganiga guvohmiz.Viloyatlarda shunday urf-odatlar mavjud: kuyov kelin tushadigan xonalarni bòshatib qòyadi (hattoki gilamlarsiz), bo‘lg‘usi kelinning ushbu xonalarni bezatishi “farz” hisoblanadi. Buni eshitgan qaynonalar hattoki òzlarini xonalarini ham bo‘shatib qo‘yishmoqda. Bu “Bo‘shatish” marosimi ekan.
Vaholanki, kelin 19-20 yil yashagan uyi, ota -onasini tashlab yangi hayotga boradi. To‘g‘ri, bu aytishga oson, ammo bir necha yil yashagan uyingiz, hamda ota onangizni tashlab boshqa "Dunyo"da yashash va kònikish oson bòlmaydi, albatta.
Kelinning epiga emas, sepiga qaraydigan qudalarga nima deymiz? Sep tufayli kelib chiqayotgan urush-janjallargachi?
“Fotimayi Zahrodan o’rnak oling qizlar“ deymiz.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotimaga bir chiyduxoba, bir mesh va ichiga solingan bo‘lishni jihoz (sep) qilib berdilar” deb rivoyat qiladi Ali roziyallohu anhu. Qarang-a, qanchalik kamtarona, qanchalik sodda.
Shu asnoda, Moskvadagi o’zbek ayoli haqida aytmoqchiman. Ayol o’zga yurtda umumiy hojatxonada farrosh bo’lib xizmat qiladi. Hamda uning bu ahvolga tushishiga sabab bo’lgan aybi qiz tug’ib, uni tarbiyalagani. Ayol qizining qaynonasi oldida izza bo’lib qolmasligi uchun, qiziga yaxshi, a’lo sarpolardan qilishi uchun musofir yurtda ishlab yuribti . Nohaqlik emasmi?!
Mebel savdosi bilan shug’ullanadiganlardan yoqangizni ushlaydigan darajadagi ajabtovur hikoyani eshiting: “ Qiz chiqarayotgan oilalardan biri mebel sotib oldi va uni o’rnatish uchun kuyov uyiga bordik. Ishni boshladik, quda xola kirib qoldilar. Viqor bilan mebel qayerniki ekanligi haqida bizdan so’radilar. Biz o’zimizniki ekanligini aytdik. “Tezda ashqol-dashqolingni yig’ishtir, ko’tar o’zingning mebelingni!” degan "Farmoni oliyni oldik” Nimamish quda xolaning o’g’illari “Importniy” mebelda yotarmishlar. (o’zing yotar ekansan, importniysidan olib, qoyillatib qo’ymaysanmi?)
Bu hikoyalar odamning ensasini qotiradi, ammo bu chirkinliklar aynan mana shu jamiyatimizda, ko’z o’ngimizda sodir bo’lyapti. Biz kimga qanday e'tiqodga amal qilyapmiz? Qadriyatlarimizni unutmaylik azizlar!
Jamila SALIMOVA,
Buxoro davlat universiteti, filologiya fakulteti, 1-bosqich talabasi
#НАСИҲАТ
Ҳаким ўғлига насиҳат қилди:
Эй, ўғлим! Ҳаётингда учта нарсага одатлангин:
1.Энг афзал таомни ейишга.
2.Энг афзал тўшакда ухлашга.
3.Энг афзал уйда яшашга.
Ўғил сўради: ахир биз фақир бўлсак, мен буни қандай қиламан?
Ҳаким жавоб берди:
Қачон қорнинг очсагина овқатлансанг, демак сен энг афзал таомни епсан.
Кўп меҳнат қилиб чарчаб ухласанг, демак сен энг афзал тўшакда ухлабсан.
Одамларга яхши муомала қилиб, уларнинг қалбидан жой олсанг, демак сен энг афзал уйда яшапсан.
⚡️Бухоронинг ҳар жабҳада фаол, қизиқувчан ёшлари диққатига!
🎙 Жорий йилнинг 21 июль куни соат 18:00да Бухоро спорт мажмуасида ўтказиладиган тобора оммалашиб бораётган ДХХ кубоги спорт мусобақаларининг вилоят финал учрашувига таклиф этамиз.
Мусобақалар доирасида хушовоз эстрада хонандалари жумладан, Баҳром Назаров, Жаноб Расул, Гулинурлар иштирокида концерт дастури ҳам ташкил этилиши режалаштирилган бўлиб, Сизга албатта манзур бўлади.
💥Bugun 20-iyul, Xalqaro Tortlar kuni🥞
⚡️Mutaxassislarning taʻkidlashicha, shirinliklar jumladan Tortni ovqat rasioniga qo'shganda siz - organizmdagi baxt garmonini ko'paytirasiz, kayfiyat yaxshilanadi, stressdan bir muncha halos bo'lasiz.
Qiziqarli faktlar, eng katta tort 600tonna, eng uzuni esa 30,85 metr bo'lgan. Eng qimmatga tushgani - 75mln $ (BAAda). Tort so'zi italyanchadan ”murakkab, bezaklarga boy” maʻnosini beradi.
❗️Hullas bugun oilaviy, do'stlar davrasida, yaxshi ko'rgan insonlar bilan «Tortxo'rlik» qiladigan kun
АГАР, одам савдоси билан шуғулланган жиноятчилар жиноий жавобгарликка тортилмаса, қилмиши учун жазоланмаса, жиноятни яна қайта такрорлайдилар.
БИЗ жабрланувчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилмасак, жиноятнинг оқибатлари янада оғирлашади.
🙅♀️🙅♂️ Биринчидан - жабрланувчилар бизга ишонишмайди.
🙍♀️🙎♂️ Иккинчидан - жабрланувчилар сони ортиб боради.
🥷 Учинчидан - жиноятчилар жазоланмайди. Жавобграликка тортилмаслик одам савдоси билан шуғулланишни яна давом эттиришга имкон беради.
⏺Ba’zi mamlakatlarda kutubxonalarda kitob o‘rniga «odam olish» mumkin
Daniyada boshlangan «Human Library» deb ataluvchi ushbu innovatsion loyihaga ko‘ra, Siz kutubxonaga borib, u yerda biror kishini yarim soat yo bir soatga so‘rab olib, uning hayotiy hikoyasini eshitasiz, u bilan dildan muloqot qilasiz.
Qarshingizda tirik kitob qahramonlari. Ularning yoshi, jinsi, qarashlari, orzu-umidlari, aytar so‘zlari xilma-xil.
Bu tashabbus hozir dunyoning ko‘plab mamlakatlariga yoyilib bormoqda.
#Ҳикмат
“Бир мусулмоннинг хатосини билсанг, унга буни танҳо қолган вақтида айт. Асло уни ғийбат қила кўрма. Унга насиҳат қилмоқчи бўлсанг, айбини билганинг учун унга ҳақорат кўзи билан қарама. Мақсадинг уни гуноҳдан холи қилиш бўлсин, бунда сен гўё ўзингдан ноқислик содир бўлгандек хафа бўл, бу ҳолда сен уч ажрга – насиҳат қилишлик, биродаринг камчилигидан ғамнок бўлиш ва уни динда собит бўлишига кўмаклашиш ажрига эга бўласан”.
Имом Ғаззолий раҳматуллоҳи алайҳ.
💥 Bugun, 18 iyul, xalqaro bolalarni quchoqlash kuni nishonlanadi 🤗🫂
Ushbu bayram barcha ota-onalarga farzandlariga tez-tez mehr ko'rsatishni, ularni har kuni quchoqlashni eslatadi. Qo'choqlashning foydasi bo'yicha ilmiy asos mavjud: quchoqlash ishonch, xotirjamlik va xavfsizlik hissini shakllantiradi. Farzandlaringizni quchoqlab, bugungi kunni nishonlang. Ularni qanchalik sevishingizni ularga eslatib turing
Sendan yordam so'rashmasa yordam berishga shoshilma,
Maslahat berishingni so'rashmasa, maslahat berishga shoshilma,
O'zingni qadringni bil, so'zingni,vaqtingni, kerakmas narsalarga ishlatma.
Shunda qadring baland bo'ladi.
#Bilasizmi #Dolzarb
❗️Endilikda Sizga kelayotgan har qanday xabarlarni Fake yoki Fake emasligini bilishingiz mumkin.
✅ Firibgarlar tuzog'iga tushib qolmaslik uchun quyidagi videoni tomosha qiling!
📺 https://www.youtube.com/watch?v=lMGscYbMgCk
QAROVSIZ QOLGAN EKO BOG‘
Tabiatda har bir hodisa chigaldan chigal, jamiyatda esa har bir inson mozaik naqshli toshdir. Jismoniy dunyoda ham, ruhiy dunyoda ham hamma narsa bir-biri bilan chambarchas bog'liq, ajralmagan narsa yo'q, izolyatsiya qilingan narsa yo'q shunday ekan demak tabiat bilan insonlar ham bir butun. Tabiat - biz ko'rgan narsa: tepalik, qiyalik, tutilish, shox. To'g'rirog'i, tabiat jannatdir. Tabiat - biz eshitadigan narsa: budilnik, chumchuq, dengiz, momaqaldiroq. To'g'rirog'i, tabiat uyg'unlikdir. Bilasizki, ona yurtimiz-dunyoda tengsiz gõzal makonlardan biri. Purviqor toğlari, daryo va kõllari, musaffo osmoni, yam-yashil dalalar, bir sõz bilan aytganda, butun tabiati har qanday insonni maftun etadi. Uni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butun yetkazish siz va bizning qõlimizda.
Biz aslida yetkazayotgan zararlar tabiat uchun emas balki oʻzimiz uchun juda ayanchli hollarga olib kelmoqda.Tabiatni adolatli g'azabda ko'rish qo'rqinchli. Aynan u bizdan qasos oladi. Atrofga kelganda, u javob beradi. Buni unutmasligimiz kerak. Tabiatni oʻzimizga boʻysindirishni bas qilib u bilan birga uygʻunlikda yashamogʻimiz darkor. Ammo bugungi kunda biz buni eplolmayapmiz. Toʻgʻri tabiatni saqlab qolish uchun turli xil targʻibot va tashviqot ishlari olib borilyapti ammo bularning aksariyati qogʻoz bozlik va xoʻja koʻrsin uchun qilinayotgani ayanchli holat. Qay rahbarga qarasangiz "Yashil makon" lohiyalarini o‘tkazdik deb bong urishadi. Lekin natijasi ko‘zga ko‘rinarli darahada emas. Bu soʻzlarimizga mutasaddilarni etiroz etishi amri mahol. Ammo soʻz isboti bilan deganlaridek Buxoro shahridagi Eko bogʻ haqida yozmoqlikka qaror qildim. Eko bog‘ atrofidagi holat koʻngilni xira qiladi. Bogʻga kirishingiz bilan sizni qurib qolgan daraxt kutib oladi. So‘lib borayotgan gullar goyo jovdirab yordam ber deyayotgandek his qildim o‘zimni. Turli ekinlar ekib, yer yuzini obod etish haqida hadisi shariflarda aytiladiki: “Qaysi bir musulmon biror ko‘chat yoki ekin eksa, undan qush, inson yoki hayvon yesa, u uchun sadaqa bo‘ladi” (Buxoriy va Muslim rivoyati). Biz eko bog‘ni bog‘ligicha asrab qolishga harakat qilishimiz qolaversa, mutasaddi tashkilot rahbarlari bu ishga jonbozlik ko‘rsatishlari lozim deb hisoblayman.
Inson har bir ishni bajarishdan oldin uni qalbida niyat qiladi. Undan keyin esa uni bajarishga harakat qiladi. Yuragi toza odamlar hamisha yaxshilikni niyat qilib, shuni amalga oshirish payida bo‘lishadi. Va bizga amaliy yordam ko‘rsatishadi.
Bugun tabiat insonning yordami va ğamxõrligiga muhtoj ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Buning boisi-tabiatga ğayriinsoniy munosabat. Uzoq yillar davomida ishlab chiqarish munosabatlarining notõğri tashkil etilgani tufayli kõplab ekologik muammolar vujudga keldi. Tabiatni ko‘z qorachig‘imizdek asraylik aziz yurtdoshlar!
Erkin XO‘JAQULOV,
BuxDU, filologiya fakulteti talabasi
ZAMONDAN ORQADA QOLDIM
21 asr texnalogiyalar asri bu texnalogiyalar qurbonlari juda ham serob ulardan biri men. Ko'zlarim ojiz qo'llarim singan quloqlarim kar va soqovman chunki jismi jonimni shu asrning vabosi jarohatladi. Qolimda telefon qulogimda naushnik bu hayotdagi eng kerakli qurol aslahaga aylanib qoldi nazarimda. Vaqtlar o'tishi bilan afsuslanarman vaqtlar o'tgan sayin ich ichimdan afsus nadomatlar o'tar chunki qanchadan qancha insonlar bu vaboning qurboniga aylanishmoqda. Ilgarilari ota-onalar farzandlarini xursand qilish uchun kitob sovg'a qilishgan bo'lsa, hozir iphonening so‘nggi rusumi ular uchun eng oliy hadyaga aylanib qoldi. Balki bu matoqning afzallik tomonlari ham bordir uzog'ingizni yaqin qilar ammo diydordagi tuyg'uni bera olarmikin insoniyatga. Hozir barcha Qarindoshlar guruhini ochib olib hattoki to'ylarga telegram orqali taklif etilayabti. Ilgaridagi tog'ara qilib to'yga aytilgan xabaarlar o'rnini nimalarga almashdik? Xat eltish uchun tayinlangan choparlarning endiki ahvoli qanday? Ular halol luqma topgan kasb korini endi biz nimalarga alishdik? Vaqt borida ba'rini qadrlamoq lozim va xatoni to'g'irlash darkor zero insoniyat texnikani yaratgan va uni qachon yo'q qilish ham insoniyatga bog'liq. Bu gap bilan batamom tugataylik demoqchi emasman. Shunchaki tushinib idrok etaylik xolos.
Munisa AHMEDJONOVA,
Buxoro davlat universiteti, jurnalistika yo‘nalishi talabasi
OTA
Kun-u tunda bolam deb yashab,
Bolam menga - olam deb yashab,
O'zingizni unutvoribsiz,
Ota bugun ancha qaribsiz...
Sochlarizga oralabdi oq,
Dardingizni aytmaysiz nechun?
Mehnatlardan qoʻlingiz qaroq,
Bir kun yashang oʻzingiz uchun.
Boʻldi yetar bizni oʻylamang,
Umr oʻtar, vaqtlar qaytmaydi.
Oʻzingizni buncha qiynamang,
Bu dunyoning kami bitmaydi.
Siz oʻtiring buyuring bizga,
Poyingizga jonni to'shaymiz.
Umringizni ziyoda qilsin,
Ota sizsiz qanday yashaymiz?
Siz tog'imiz qalqonimizsiz,
Haq yoʻlida sarbonimizsiz,
Farzandlarning rohatin koʻring,
Illo bizga bosh boʻlib yuring!
Yoshlik dedik, shoʻxlikka yo'ydik,
Nima qilsak chidab keldingiz.
Yuragim zor qaqshab ketadi,
Ota bizdan nima koʻrdingiz?
Koringizga yarayolmasak,
Holingizni so'rayolmasak,
Biz ham farzand boʻldikmi endi?
Ko'nglingizga qarayolmasak.
Past-u baland yoʻllardan oʻtib,
Qancha alam dardlarni yutib,
Bir soʻz demay kulib qoʻydingiz,
Barin sinovlarga yo'ydingiz.
Bu dunyoda eng alamli his,
Taqdiriga insonlar ojiz.
Ota-onang qarishin koʻrib,
Til aylanmas, deyolmas bir soʻz.
Ota sizga zimdan qarayman,
Sizga jonim, borim beray man.
Har kun, har tun duolarimda,
Sizga doim umr soʻrayman.
✍ ALIJON YOʻLDOSHEV
Яхшиларга таъзим
Меҳри ила қалбни ёритган,
Ҳасратинг ҳам ғаминг аритган,
Ҳар неъматнинг қадрига етган
Яхшиларга жон берсанг ҳам кам.
Ватан учун ёниб яшаган,
Муҳаббатга қониб яшаган,
Жаҳолатдан тониб яшаган
Яхшиларга жон берсанг ҳам кам.
Ширинкалом, иймони-чи бут,
Қадамидан чақнаб турар ўт,
Борлигининг ўзи бахту қут,
Яхшиларга жон берсанг ҳам кам.
Миннат, таъна нелигин билмас,
Дунё молин назарга илмас,
Шуурини маҳв этган ҳавас,
Яхшиларга жон берсанг ҳам кам.
Китоб билан тутинган ошно,
Юрагида эзгуликлар жо,
Мадҳин ҳар дам айтарман иншо, Яхшиларга жон берсанг ҳам кам.
Етимларнинг бошин силаган,
Кўнгилларга умид қадаган,
Дилнавозга иқбол тилаган
Яхшиларга жон берсанг ҳам кам.
Дилнавоз ТЎХТАЕВА,
Бухоро давлат университети, филология факультети, 1-босқич талабаси
КИТОБСИЗ ЖАМИЯТНИ ҚАНДАЙ ТАСАВВУР ҚИЛИШ МУМКИН
“Бугун битта китоб ўқиган бола, эртага телевизор кўриб ўтирган ўнта болани бошқариши мумкин».
Шавкат Мирзиёев
Инсоннинг илмга бўлган меҳри албатта, оиладан бошланади. Шу ўринда оила жамиятнинг кичик кўриниши эканлагини такидлаш лозим. Бола оиладаги муҳитни кўриб улғаяди. Айнан шу муҳит унинг келажакда жамиятга қандай шахс бўлиб етишишига ёрдам беради. Жамиятнинг ривожланиши, ҳар томонлама кучли бўлишида илмнинг ўрни беқиёсдир. Илм эса китобларни ўқиш орқали эгалланади. Инсоннинг сувсиз яшашини тасаввур қилолмагандек, китобсиз жамиятни тасаввур қилиш жуда қийин. Китобсиз, етарлича илмга эга бўлмаган жамият - жамият бўлолмайди. Биз ёшлигимизга назар солсак кўплаб эртаклар тинглаганмиз, унда меҳри қаҳрдан, яхшиликни ёвузликдан ажрата олишга ҳаракат қилганмиз. Эртакларни ўқиб эзгулик ҳар доим ғалаба қозонишини, ёвузликнинг умри қисқа эканлигини тушуниб етганмиз. Бу эса бизга янада ҳаётий таʼлимни англашга ёрдам беради. Ҳаттоки шундай китоблар ўқиймизки, бизда ватанга бўлган ифтихор, муҳаббат туйғулари қалбимизда жўш уради. Илмсиз, маьнавияти паст яни бир марта бўлса ҳам қўлига китоб ушлаб ўқимаган инсонни тасаввур қилсак. Хўш у келажакда қандай инсон бўлиб етишади? Ватанимизга унинг қандай фойдаси тегади? Китоб ўқимайдиган, маьнавиятсиз инсон онгини заҳарлаш, қинғир йўлларга бошлаш жуда осон. Чунки унда келажакка бўлган ишонч ва ҳаётида ўз мақсадларини қўймаган, ким қаерга етакласа кетаверадиган манқурт шахс шаклланади. Афсуски, бундай инсонлар ҳаётимизда йўқ эмас. Аммо бугунги кунда китобхонликни кенг оммага ёйиш , ёшларни бадиий асарларни мушоҳада этишга чорлаш ҳамда бу орқали асрий аньаналаримизни сақлаган ҳолда, маьнавиятимиз ва маданиятимизга ҳисса қўшиш ҳар бир авлоднинг бурчидир. Зеро, бадиий адабиёт ёшлар қалбини тарбиялайди, китоб туфайли дунёқарашимиз бойиб, тафаккуримиз янада ошиб бораверади. Ҳаётимизни китобсиз тасаввур қилиб бўлмайди. Улуғ аллома аждодимиз Шайх Нажмиддин Кубро таькидлаганидек:"Китоб _ саҳрода дўст, ҳаёт йўлларида таянч, ёлғизлик дамларида йўлдош, бахтиёр дақиқаларда раҳбар, қайғули дамларда мададкор, одамлар орасида зебу зийнат, душманларга қарши курашда қуролдир". Дарҳақиқат, китоблар ва мутолаа аниқ бир зарурат ва эҳтиёж ҳосиласи ўлароқ юзага келаркан.
Бугунги тинч-фаровон кунларда давлатимиз раҳбарининг китобхонликни тарғиб этишга қаратилган ташаббуси эса иқтисодий тараққиётимиз, турмуш ободонлигига ҳамоҳанг тарзда жамиятда маьнан етук, комил инсонларни вояга етказишга қаратилгани билан аҳамиятлидир.
Хулоса қилиб айтганда, китоб бизга ҳаётни ўргатади, ҳар биримизни дунё сир- синоатларидан ва маьрифатдан баҳраманд этади.
Асал ИСМОИЛОВА,
БуҳДУ талабаси
Энг катта тўсиқ бу қўрқувдир
Энг катта хато рухий чўкишдир
Доим хавф туғдирадиган инсон ёлғончидир,
Энг ёмон хиссиёт бу ҳасад қилмоқдир.
Энг чиройли амал кечиримли бўлмоқдир,
Энг яхши химоя табассумдир.
Энг олий куч бу ишончдир!
Ва албатта энг яхши совға муҳаббатдир!
Kunlar—atigi uch kundir!
Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh aytdilar: Aytilishicha, kunlar uch kun ekan xolos:
Kechagi kun. O‘z hikmatini senga tashlab ketgan donishmand hakimdir;
Bugungi kun. Sen bilan vidolashib turgan sodiq do‘st. Sendan juda yiroq edi, sen uning oldiga bormading uning o‘zi seni yo‘qlab keldi va tez jo‘nab ketish payida
turibdi;
Ertangi kun. Sen unda bo‘lasanmi yo‘qmi? Bunisi noma’lum.
Bugun 20-iyul - Xalqaro shaxmat kuni
Xalqaro shaxmat kuni 1966-yildan beri nishonlanadi.
Shaxmat kuni bayramini joriy qilish tashabbusi 1924-yil 20-iyulda Parijda tashkil topgan Butunjahon shaxmat federatsiyasiga (FIDE) tegishli.
2012-yilda FIDE maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 605 million katta yoshli kishi doimiy ravishda shaxmat oʻynaydi.
Bayram 178 ta davlatda nishonlanadi.
Bayram qilish anʼanasiga YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan asos solingan.
Shu kuni FIDE homiyligida imkon qadar turli mavzudagi tadbirlar va musobaqalar oʻtkaziladi. Bir vaqtning oʻzida shaxmat seanslari qamoqxonalarda ham oʻtkaziladi.
#BuxDU_yangiliklari
#obunachilarimizdan
⚡️"Buxoro yoshlari" gazetasining 2023-yil, iyul №15 (501)-soni 2-sahifasida Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi #Bafoyev_Bekzodning "Bizga ishonishdi, uni oqlash bizdan!" nomli maqolasi chop etildi.
Bizdan uzoqlashmang...
#OdamSavdosiniToxtatamiz
#ОстановимТорговлюЛюдьми
Ҳар йили кўплаб ҳамюртларимиз хизмат ва ўқиш сафарларига кетишади, яна бир қанча юртдошларимиз кетиш юзасидан режалар тузишади.
Муҳожирликда юрар экансиз, ижтимоий ва ҳуқуҳий томонлама заиф бўлиб қолиш, оқибатда мажбурий меҳнат ва одам савдосидан жабр кўриш хавфи пайдо бўлади.
Ишлашга ёки ўқишга кетаётганлигингиздан қатъий назар, юзага келиши мумкин бўлган хавфлар, ҳамда кетаётган давлатингизда истиқомат қилиш қоидалари ҳақида батафсил билиб олишингизни маслаҳат берамиз.
Ўзга юртга кетишдан аввал, албатта сиз учун тайёрланган фойдали маслаҳатларимиз жамланган йўриқнома билан танишиб чиқишингизни тавсия қиламиз!
Машаққатли лаҳзаларда, ишинг осонлашишини, машаққатинг аришини дуо қилиб сўраб, ёнингда турадиган — Онанг.
Бемор бўлиб турганингда, шифо сўраб, дори ичириб, пешонангни силаб, ёнингда турадиган — Онанг.
Йиғлаётганингда, кўз ёшларингни артиб, «Нега йиғлаяпсан?» деб ёнингда турадиган — Онанг.
Ишинг орқага кетиб, сен учун жонини «фидо» қилмоқчи бўлганлар йўқолиб қолганда, ёнингда турадиган — Онанг.
Хурсанд бўлганингда, шодилигингдан севиниб, юзида табассум билан ёнингда турадиган — Онанг.
Қўполлик билан хафа қилсанг ҳам дарров кечириб, «Ўз боламдан хафа бўлармидим» дея бағрига босадиган ҳам — Онанг.!!!
#vakansiya #vobkent_tuman #bitiruvchilarga
❗️Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabi vakansiya e'lon qiladi.
Agar Siz Vobkent tumanida istiqomat qilsangiz unda bu imkoniyat aynan Siz uchun ⚡️
📢 Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida:
- Ona tili va adabiyot (1 nafar)
- Rus tili va adabiyoti (2 nafar)
- Ingliz tili (3 nafar)
- Matematika (2 nafar)
- Fizika (1 nafar)
- Informatika va axborot texnologiyalari (2 nafar)
- Kimyo (1 nafar)
- Tarix (1 nafar) fanlar o'qituvchisi ishga qabul qilinadi
*️⃣Talablar: izlanuvchan, o'z ustida doimiy ishlash
❗️Ish vaqti: ish beruvchi bilan kelishiladi
❗️Oylik maosh: shtat birligi asosida
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
📞 55-302-01-62
🌐 www.vtkhm-s.uz
📍 Manzil: Vobkent tuman, Kosari MFY, Kosari shaharchasi, 19-uy.
☀️Assalomu alaykum. Seshanba tongi muborak bo‘lsin.
Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin! 🤲
✨Asl saodat nafas olib turgan har onimizga shukr qila olishdir...
✨Shukr va zikrga boy kun bo‘lsin!