#Sharaf_sizga_olqish_sizga_aziz_ustozlar
Joriy yilning 30-sentabr sanasida Filologiya fakulteti dekani Q.R.To'xsanov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari T.A.Rajabov boshchiligida fakultet tyutorlari K.K.Zulfiyeva va N.L.Safarovalar tashabbusi bilan "1-oktabr O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan "Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar!" nomli ma'naviy-ma'rifiy musiqali bayram dasturidan tayyorlangan videorolik
Tyutor: K.K.Zulfiyeva
Yoritildi youtube
Yoritildi facebook
Oddiy muallim
Qadri bilinadi endi menga goh,
Olis maktabimni, o‘sha behasham.
Navoiyku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir o‘qitganku Navoiyni ham.
Shunday ulug‘ zotga harf o‘rgatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor,bezovtv jonlar,
Ammo qanoatda tog‘dek ulug‘vor.
Hatto Temurdayin sohibqironlar,
Pirim,deb etagin tutgan zotlar bor.
Qaysar jahongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?-
Oddiy muallimda,oddiy muallim.
Yo‘qdan Beruniylar binolar etgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar etgan,
Husaynni ibn Sinolar etgan,
Abdulloning tilin burrolar etgan,
Ilon o‘ynatgandek so‘z o‘ynatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Ammo hayotning nish-sanchiqlaridan
Qoqinsa ko‘targan qo‘ltiqlaridan.
Otadek kuyungan g‘ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Ulfat ko‘pu ammo bir do‘sti hamroh,
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko‘rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim, undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim,
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Yuz yildan keyin bir mo‘min o‘rtog‘im
Ko‘zlarimni yopsa, jag‘im bog‘lasa,
Faqat bir insondan bo‘ladi qarzim-
Oddiy muallimdan, oddiy muallim!
Muhammad Yusuf
⚡️Ustozlarga Prezident sovg'asi uy-joy beriladi
Har yili “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi.
"Nima uchun o‘qituvchilarga uy beryapmiz, chunki bu eng to‘g‘ri yo‘l", — dedi Shavkat Mirziyoyev.Читать полностью…
Tabrik
1-Oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni
Ushbu videorolik BuxDU Axborot xizmati bo'limi hamda Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti (SH. Radjabova, N. Mirshayeva) hamkorligida tayyorlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
ОДДИЙ МУАЛЛИМ ҲАҚИДА БАЛЛАДА
Аудитория жим қолар бирдан,
Кириб келар эшикдан хушҳол –
“Йигитликда бўйнига илган
Бўйинбоғи шалвираган чол...”
Бир олифта хоним лаб буриб,
Бидирлайди дўст-дугонага:
– Қоровул-ку, нега жим қолдинг,
Унга не бор бу дарсхонада?!...
Вазиятдан чиқади дарҳол
Жилмайганча кекса муаллим:
– “Қоровул”га жуда жарангдор
“Посбон” сўзи бўлгай синоним...
Кўк торайиб кетар бир оҳдан,
Ор уялиб, излайди маскан.
Қиз тумтаяр: “Ҳа... бу даргоҳда
Қоровул ҳам дарс берар экан...”
Дарс бошланар... Офтоб мўралаб,
Қитиқлайди гулнинг кўксини.
Қиз кўнглига сўнгра авайлаб,
Ёзиб қўйгай “чол”нинг сўзини:
“Гарчи тўздим, лек ҳаром луқма
Едирмадим ўғил-қизимга.
Ҳа, ҳа, болам, мен қоровулман –
Ҳаммадан ҳам кўпроқ ўзимга”.
Шодмон СУЛАЙМОН
*2_tashabbus_amalda
📲@BuxDU_5tashabbus
📲@BuxDU_5tashabbus
Bizdan uzoqlashmang...Читать полностью…
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting
🤓 Qanday holatda kitob o'qish qulay va barakali bo'ladi?
▪️ Yaxshi tanasi pozitsiyasi o'qish paytida ham qulaylik, ham sog'liq uchun muhimdir. To'g'ri pozitsiya mushaklarning taranglashishi, charchoq va boshqa noqulayliklarning oldini olishga yordam beradi.
✅ O'qish paytida yaxshi tanasi pozitsiyasini saqlash bo'yicha qisqacha qo'llanma:
😀 To'g'ri o'tirish — to'g'ri suyanib o'tirish qulay;
😅Oyoqlar yerga tegib turishi;
Kitobni to'g'ri ushlash;
🥰 Xonaning yorug'ligi;
😇 Tanaffuslar qilib turish;
😇 Ko'z mashqlari qilib turish;
🥰 Yotib o'qimaslik;
🥰O'tirish uchun qulay mebel tanlash.
‼️ TANLOV
Respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o'rtasida o'tkazilayotgan "ENG FAOL YIL TALABASI" tanlovini e'lon qilamiz.
✔️Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo'yicha nomzodlar qabul qilinadi:
🔻Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi
🔻Yilning eng targ'ibotchi talabasi
🔻Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
🔻Yilning eng faol sportchi talabasi
🔻Yilning eng faol iqtidorli talabasi
🔻Yilning eng faol ijodkor talabasi
🔻Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun)
‼️Tanlovning universitet bosqichi 2- turda o'tkaziladi:
1. Fakultet bosqichi - 20-25-oktabr
2. Universitet bosqichi - 6-10-noyabr
🥇🥈🥉- Universitet bosqichi goliblari BuxDU rag
batlantirish komissiyasi xulosasiga asosan rag`batlantiriladi.
NIZOM:
/channel/BuxDU_yil_talabasi/3
Tanlovga oid savollar uchun BuxDU Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektori bosh mutaxassisi N.Axmedovaga murojaat qilishingiz mumkin
📞 +998 88 080 39 08
🤚 🟦🟦🟦 🟦🟦
#SPORT #BuxDU #Besh_tashabbus_olimpiadasi #talaba_liga
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" sport musobaqalariga 20-sentabr kunidan start berilib (yengil atletika, stritbol, voleybol, mini futbol, stol tennisi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Barcha talaba-yoshlarni (kursidan qat’iy nazar) 23 sentabr kuni soat 14:00 da VOLEYBOL (qizlar) musobaqalarda faol qatnashishga chaqiramiz. Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlarga murojaat qiling!
Musobaqa BuxDU sport zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
*2 tashabbus amalda
Buxoro shahar Umid stadionida BuxDUning professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 20-tur o‘yinlari doirasida ARAL AKADEMIYASI bilan o'yin o'tkazmoqda. Ushbu oʻyinda Iqtisodiyot va turizm hamda Filologiya fakulteti tyutorlari va talabalari faol ishtirok etib, klub a'zolarini qoʻllab-quvvatladilar.
🟦🟦🟦
☄️📚✅🇺🇿 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tashkiloti tomonidan «Interesting week» loyihasi doirasida tashkil etilgan qaynoq loyihalarning qisqacha mazmuni
➖ Futzal boʻyicha jahon chempionatida «Plogging» aksiyasi
👉 Batafsil
➖ Filologiya fakultetida «Talaba tilagi» aksiyasi 👉 Batafsil
➖ Universitet rahbariyati va Yoshlar ittifoqi jamoasi erta tongdan talabalarni kutib olishdi 👉 Batafsil
➖ Yoshlar ittifoqida «Insta chellenge» 👉 Batafsil
➖ Sanʼatshunoslik fakultetida «Leader month» oyligi 👉 Batafsil
➖ «Talaba kayfiyati» loyihasi 👉 Batafsil
➖ «Talaba kayfiyat» loyihasi doirasida «Onamga dil izhorim» 👉 Batafsil
➖ «Interesting week» loyihasi doirasida tennis sport musobaqasi tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ Futzal boʻyicha jahon chempionatida «Plogging aksiyasi 2» 👉 Batafsil
➖ Filologiya fakultetida fakultet koordinatorlari bilan uchrashuv tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ «Interesting week» loyihasi doirasida shaxmat sport musobaqasi tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ «Interesting week» loyihasi doirasida «Zakovat» intellektual oʻyini tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ «Besh tashabbusi» loyihalari koordinatori tomonidan «Inson qadri» loyihasi tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ Filologiya fakultetida «Rejalar xaritasi» loyihasi tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ «Butun jahon tozalik kuni» munosabati bilan «Hayot uchun joy ajrating» ommaviy plogging ekoaksiya tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ Futzal boʻyicha jahon chempionatida «Plogging aksiyasi 3» tashkil etildi 👉 Batafsil
➖ Koordinatorlikka saylov jarayonlari Filologiya fakultetida 👉 Batafsil
➖ «Eco loyihasi» ga start berildi 👉 Batafsil
Bizni kuzatishda davom eting:
*2_tashabbus_amalda
21-sentabr kuni Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori Surayyo Rashidova o'ziga biriktirilgan 3-1AGB-22, 3-1TUR-22, 3-1MX-22 guruh TTJda turadigan talaba qizlari bilan darsdan keyin bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida 5 tashabbusning 2-tashabbusi 3-1AGB-22, 3-1TUR-22 , 3-1MX-22 guruh qizlari tyutori Rashidova Surayyo o'rtasida amalda. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari "Shaxmat-shashka" yo'nalishlarida qiziqishlari boyitildi.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori
S.S.Rashidova
*2 tashabbus_amalda
20-sentabr kuni Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori M.O Jo'rayev tomonidan 3-1BUXKT-24 guruh talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan
5 - muhim tashabus ijrosini ta'minlash maqsadida Iqtisodiyot va turizm fakulteti kechgi ta'limda tahsil oladigan talabalar ishtirokida sportning "MINI FUTBOL" musobaqasi tashkil etildi.
TO‘G‘RI CHIZIQ
Birinchi o‘qituvchim
Dilbaroy OXUNOVAga
Bolalikni qo‘msab kezaman tunda,
Yulduzlar nuriga belanar xayol.
Kulib kelaverar qarshimdan shunda
Munavvar bir ayol, dilbar bir ayol.
U – Siz…
Xotiralar asta jonlanar:
Sinf. Bo‘yoq hidi. O‘ttiz polapon.
Bu – men. Mehribon qo‘l boshimni silar:
“Chiziqdan chiqmasdan yozing, Iqboljon!”
Opa, xotiradir u kunlar, opa,
Opa, u kunlarga bugun intiqman.
Bugun xatolarim qilmasmi xafa,
Chiqib ketmadimmi to‘g‘ri chiziqdan?!
Opa, qoliplardan zerikkanman xo‘b,
Daftar chizig‘ining yo‘rig‘i boshqa.
Opa, bu dunyoning chiziqlari ko‘p,
Lekin hammasi ham eltmas Quyoshga.
Mehringiz sog‘inib kezaman tunda,
Chiroqlar nuriga belanar xayol.
Kulib kelaverar qarshimdan shunda
Munavvar bir ayol, dilbar bir ayol.
U – Siz…
Eski surat asta jonlanar:
Sinf. Kitob hidi. O‘ttiz polapon.
Bu – men. Mehribon qo‘l boshimni silar:
“Chiziqdan chiqmasdan yozing, Iqboljon!”
Iqbol Mirzo
* * *
Билим боғига боғбонсиз, муаллимлар,
Шараф тоқига нарвонсиз, муаллимлар.
Ҳаёт порлоқдир илму маърифат бирлан,
Чароғсиз ҳам чароғбонсиз, муаллимлар.
Синолар кашф этиб кетган синоатлар,
Башар дардига дармон – Сиз, муаллимлар.
Заковат кемасига Берунийнинг ҳам
Ўзингиз илк уммонсиз, муаллимлар.
Жаҳон осмонига Султон Улуғбекни
Узатган илк осмонсиз, муаллимлар.
Навоий қайдин олмиш нуктадонликни?
Зариф ҳам жонли девон – Сиз, муаллимлар.
Билим – мангу хазон бўлмас зироатдир,
Ўзингиз мангу деҳқонсиз, муаллимлар.
Жаҳолатдин қутулгай бир куни олам,
Метин қўрғону посбонсиз, муаллимлар.
Гулу чечакларингиздир ўғил-қизлар,
Туну кун сиз нигоҳбонсиз, муаллимлар.
Улуғсиз, хоксору камтариндирсиз,
Дилу жонсиз, қадрдонсиз, муаллимлар.
Буюк устоз – Ватандир, ота юрт асли,
Она юрт, Ўзбекистонсиз, муаллимлар.
Сирожиддин САЙЙИД
❗️
Prezidentning taʼlim sohasi vakillari bilan muloqotida qanday masalalar ilgari surildi?
➡️ Kelgusi oʻquv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yoʻlga qoʻyiladi.
➡️ Menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan bogʻcha mudiralari uchun har oyda 30 foizgacha qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
➡️ Kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy bogʻcha qurilib, yangi 30 mingta oʻrin yaratiladi.
➡️ Andijon va Buxoro shaharlaridagi pedagogika kollejlarida pedagogik taʼlim klasterlari tashkil etiladi.
➡️ Nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan oʻquvchiga – 170 million soʻm, kumush medalga – 102 million soʻm, bronza medal uchun – 68 million soʻm mukofot puli beriladi.
➡️ Pedagogika yoʻnalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiya tashkil etiladi.
➡️ “Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilinadi.
C1 darajali talabalar o'quvchilarga dars berishi mumkin
◾️ Prezident qaroriga ko'ra, 2024–2026-yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
Бухорода устоз ва мураббийлар жамият биносининг бинокорлари, маърифат боғининг боғбонлари ҳисобланади.
Бухородаги 94 йиллик етакчиЧитать полностью…
олий таълим даргоҳ
талабаси Дилноза Аҳадова.
📲@BuxDU_5tashabbus
📲@BuxDU_5tashabbus
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti
TASHVISH
Rejadek boʻlmas ekan gohida ishlar
Yakunda sabr soʻngi manzilga yetar
Biz xohlamasak ham kutar qilmishlar
Bizdan oldin buyerdan ruhimiz ketar
Muammolar bir vaqtga toʻplangan chogʻi
Hech kimsaga aytmaymiz topib vaziyat
Yelkamizdan tushmagay yoʻqchilik togʻi
Aytamizda "chekmasin ular aziyat"
Armonlar egalladi orzular oʻrnin
Kelajakni hal qildi bir parcha qogʻoz
Hamyonlari toʻlib koʻtaribla burnin
Soqovlar ham asta chiqardi ovoz
To'qson to'qqizi bo'lib birni yo'q bilib
Shukur qilmay Allohga nolidik har on
Yaqinlar ishonchini sirtmoqqa ilib
Bizga bergan ishonchni bilmadik hamon
Onamizga maqtadik undan zo'ri yo'q
Eng yaxshi maqtovlar unga atalgan
Hech bo'lmasa Allohdan bir ozgina qo'rq
Alloh nomidan sevib Allohga solgan
Sevgan axir biz edik yomon bo'lgan ham
Chinakkam azobning bolidan totdik
Afsus taqdir bariga bo'larkan hakam
Muhabbat botqog'iga jimgina botdik
Do'stlik niqobidan ham charchadik rosti
Ishi tushsa jilmayib jigarim deydi
Inson g'iybatida bo'lsak oyoq-osti
Kamchilikni ayb bilib g'amimiz yeydi
Beayb parvardigor tushinar kim axir
Kim adashmaydi ayting hamma gunohkor
Kambag'allik aybmi totsakda taxir
Shu kungacha bir bora bo'lmadik nonko'r
Allohga zorlanamiz tashvish kelsa zumda
Xatto ko'zimizga ko'rinar goh o'lim
Iymonimiz titraydi yonar bir zumda
Aytamizda "bu mening yagona yo'lim"
Quli bo'lib qolmaylik zolim tog'udning
Tashvishlarga bosh egib qolib zulmatga
Mahbusi bo'lamiz bir kun tobutding
Ozodlik kuni kirarmiz abad Jannatga
✍🏻Sharobiddinov Shohrux
Xorijiy tillar fakulteti 11-2NEM-22
Yoritildi facebook
📲@BuxDU_5tashabbus
Bizdan uzoqlashmang...Читать полностью…
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting
*4_tashabbus_amalda
*4_tashabbus_amalda
*2_tashabbus_amalda
*3_tashabbus_amalda
*2 tashabbus amalda
21-sentyabr kuni Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori Axmedova Dilafruz o'ziga biriktirilgan 1-bosqich 3.1TUR-24 guruhi
talabalari bilan Universitet sport zallari va sport musoboqalari o'tkaziladigan sport maydonlariga tashrif buyurdilar. U yerdagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori Axmedova Dilafruz
⚡️ Super-kontrakt uchun qachon chegirma beriladi?
◾️ Oliy ta'lim vazirligi xabariga ko'ra, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.
➡️ Super-kontrakt narxlari