🎓📚 Talabalar uchun: OTMlarda kontraktni bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi
Joriy yildan boshlab O‘zbekiston OTMlarida talabalarga kontraktni qismlarga bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi. Birinchi 25% to‘lovni 15-sentabrgacha amalga oshirish lozim.
✅ payme’da siz shartnomani bir zumda, qulaygina to‘lashingiz mumkin:
1. "Xizmatlar to‘lovi" bo‘limiga o‘ting va "Ta’lim" bandini tanlang.
2. "OTMlar uchun kontrakt to‘lovi"ni toping va to‘lov turini tanlang
3. JSHSHIR hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni tasdiqlang.
Tayyor! 15-sentabrgacha o‘qish uchun kontraktning 25% ni to‘lashga shoshiling
⚡️ Afg‘on ayollari O‘zbekistonning tibbiyot oliygohlarida o'qiydi
◾️Bunga oid memorandum imzolandi.
9-sentyabr kuni Qatar davlati poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qatarning “Ta’lim har narsadan ustun” (“Education Above All”) fondi o‘rtasida afg‘on ayollarini O‘zbekistonda tibbiyot sohasida o‘qitishni tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi.
Kelishuv doirasida 160 nafar afg‘on ayolini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitishi rejalashtirilgan.
#Birinchi_kurs_maktabi
#Tanishtiruv_haftaligi_5_tashabbus_doirasida.
10-sentabr kuni Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori N.M.Aslonova o'ziga biriktirilgan 1-kurs talabalari bilan darsdan keyin bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida ularni sport zallari undagi shart sharoitlar va sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar, to'garaklari bilan tanishtirildi.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutoriN.M.Aslonova
#ҲАЁТ
✍️ Яшаш бу имкон - яхши яшаш бу совғадир.
▫️Ҳаётингизга мазмун бағишланг. Сиз билан бӯлган инсонлар кўнгилларини сизда қолдириб кетсин.
Гўзаллик изланг. Тополмасангиз ўзингиз яратинг!
🇺🇿Lazizbek Mullojonov braziliyalik raqibini magʻlub etdi va yarim finalga yoʻl oldi!
Bu orqali Mullojonov Olimpiada medalini naqd qildi!
ТЎРТ ПОДШОХНИНГ ХИКМАТИ
Абу Бакр ибн Иёшдан ривоят қилинади: Тўрт подшоҳнинг ҳар бири биттадан жумла келтиришди. Улар гўё камондан отилган ўқдек эди.
Кисро айтди:
«Айтмаган сўзимга пушаймон емайман, айтган сўзимга пушаймон ейман».
Хитой подшоҳи айтди:
«Гапирмаган гапимга мен эгаман, гапирган гапим менга эга».
Рум подшоҳи деди:
«Мен гапирган гапимни рад қилишдан кўра гапирмаган гапимни рад қилишга қодирроқман».
Ҳинд подшоҳи айтди:
«Ажабки, киши бир калимани гапирса, у калима оғиздан чиқиб, узгага зарар беради. Агар чиқмаганда, унга зарар етказмасди».
© "Кўҳна дунё ривоятлари" китобидан.
👍 Navbahor Hamidova chorak finalga yo’l oldi
Bokschimiz Navbahor Hamidova Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki jangini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Hamyurtimiz unda AQSh vakili Morelle Makkenega qarshi ringga koʻtarilib, ajoyib g’alabaga erishdi va chorak finalga yo’l oldi. Endi u yarim final yo’llanmasi uchun 3-avgust kuni jang qiladi.
📊 #Parij_2024
Medallar jamgʻarmasi (1-avgust 21:00 dagi holat):
🇨🇳Xitoy reytingda 1-oʻrinda, Fransiya va Yaponiya uchlikda.
🇺🇿 Oʻzbekiston 22-oʻrindan joy olgan.
📲@BuxDU_5tashabbus
Bizdan uzoqlashmang...Читать полностью…
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting
📲@BuxDU_5tashabbus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135 son qarori ijrosi yuzasidan hududning o‘rganilmagan o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida turli tillarda kontentl...
Bizdan uzoqlashmang...Читать полностью…
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting
📲@BuxDU_5tashabbus
Bizdan uzoqlashmang...Читать полностью…
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting
Sen oʻzingni koʻrmoq istaysanmi? U holda koʻzgudagi tashqi qiyofangga emas, ichingdagi koʻzguga boq.
Tohir Malik
#Тафаккур
ЧЎҚҚИ САРИ ЙЎЛ
Жим турганимиз доим ҳам рози эканимизни англатмайди.
Сабр қилишимиз доим ҳам заифлигимизни англатмайди.
Табассумимиз доим ҳам қабул қилганимизни англатмайди.
Бир нарсани қидирганимиз доим ҳам ўша нарсага муҳтожлигимизни англатмайди.
Бирор масала муҳокамаси пайтида йўқлигимиз доим ҳам ўша масалага эътибор бермаётганимизни англатмайди.
Эҳтиёт бўлишимиз доим ҳам қўрқишимизни англатмайди.
Савол беришимиз доим ҳам билмаслигимизни англатмайди.
Хато қилишимиз доим ҳам аҳмоқлигимизни англатмайди.
Кечиришимиз доим ҳам ожизлигимизни англатмайди.
Буларнинг барчаси биз ўтадиган кўприк бўлиб, ўша кўприк орқали чўққига етиб борамиз.
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
📲@BuxDU_5tashabbus
Bizdan uzoqlashmang...Читать полностью…
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting
#Kitob_mutolaasi_va_kitobxonlik_madaniyatini_oshirish
24-iyun kuni TTJ 1-bino Kovorking markazida Tyutorlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada ommalashtirish maqsadida O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi " asari yuzasidan suhbat tashkil etilib savol -javoblar o'tkazildi.
#Birinchi_kurs_maktabi
#Tanishtiruv_haftaligi_5_tashabbus_doirasida.
10-sentabr kuni Tarix va yuridik fakulteti tyutori T.M.Aslonova o'ziga biriktirilgan 1-kurs 5-1YURS24 guruh talabalari bilan darsdan keyin bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida hamda 5-tashabbusning 5-yo'nalishini targ'ib qilish talabalar bandligini ta'minlash maqsadida unversitet "Bandligi" markaziga tashrif buyurishdi.Tashrifdan maqsad bugungi kunda talabalar bandligini ta'minlash ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.Talabalarga markaz xodimi markaz haqida ma'lumotlar berib o'tdilar va markaz shart sharoitlar haqida ham batafsil tushuntirildi.
Tarix va yuridik fakulteti tyutori: T.M.Aslonova
⚡️ Kontraktni qachongacha to'lash kerak? Vazirlik ma'lumot berdi
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:
✔️ belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
🔸belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
Diyora Keldiyorova sharafiga
Mashaqqatli bo‘lgan mehnat kun kelib,
Dunyo minbaridan egallagay joy.
O‘zbek bayrog‘i-la ko‘ksini kerib,
Ot o‘rnini, albat, egallaydi toy.
O‘n sakkiz ming olam tan olgan zamin,
Farang-u Chinni ham qoldirolgan lol,
Bu kun yana bir bor bo‘ldik-da amin,
Raqiblar qaddini qilganida dol.
Millionlab oʻzbekning orzusi ro‘yo
Diyora dunyoni etdi serhayrat.
Tinch dengizdan qalqqan po‘rtana go‘yo
Bo‘y cho‘zdi olamga shijoat, g‘ayrat.
Orzusi osmonga tole to‘kisdir,
Harakat va mehnat uning maslagi,
G‘alaba, zafarlar yo‘lchi yulduzdir,
Baxtli davom etar o‘zbek ertagi…
Maftuna Rahmatova
#ҲИКМАТ
☝️Меҳнатсиз муваффақиятга интилиш ~ бу ўзингиз уруғ экмаган ердан ҳосил олишни исташ билан баробар.
✍ Девид БЛАЙ
#Хайрли_тонг
☀️ Ассалому алайкум!
Жума тонгига хуш келибсиз!
Соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин 🤲
📸 Muzaffarbek To’raboyevning O’zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi medalni taqdim qilgan bahsidan yorqin suratlar.
Читать полностью…#tadqiqot
⁉️ Gadjet / kitob: qay biri foydaliroq?
Zamonaviy qurilmalardan oqilona foydalana olmaydigan, bu haqda yo‘l-yo‘riqqa ega bo‘lmagan o‘quvchilar ijtimoiy tarmoqlar, virtual o‘yinlarga mukkasidan ketmoqda.
Biroq gadjetlar yoshlar bilim olishi, yuqori akademik natijalarga erishishida ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ham tadqiqotlarda isbotlangan.
O‘zbekistonda shaxsiy telefoni bor o‘quvchilar telefoni bo‘lmagan o‘quvchilarga qaraganda barcha test sinovlarida balandroq ball olgan: matematikadan o‘rtacha 11 ball, tabiiy fanlardan o‘rtacha 8 ball va o‘qishdan o‘rtacha 6 ball. Ya’ni telefondan ta’lim resursi sifatida foydalanish ta’lim natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.Читать полностью…
❤️🔥BRONZAAAA!!!
🇺🇿 Muzaffarbek Toʻraboyev Parij Olimpiadasining bronza medali sohibiga aylandi.
📲@BuxDU_5tashabbus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135 son qarori ijrosi yuzasidan hududning o‘rganilmagan o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida turli tillarda kontentl...
Bizdan uzoqlashmang...Читать полностью…
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting
📲@BuxDU_5tashabbus
Bizdan uzoqlashmang...Читать полностью…
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting
#e’lon
⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Bizni kuzating
🌦Aссалому алайкум. Пайшанба тонги муборак бўлсин.
Соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин!
Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир...
Шукр ва зикрга бой кун бўлсин!
Кунингиз мазмунли ўтсин!
РУҲИЙ ХОТИРЖАМЛИККА ЭРИШИШНИНГ 15 УСУЛИ...
1. Нуқсонсиз бўламан, деб уринманг. Ҳар доим мукаммаллик ягона Аллоҳга хос эканини эсингиздан чиқарманг.
2. Муҳаббат билан яшанг. Меҳр кўриш учун, энг биринчи, бошқаларга меҳр кўрсатишингиз керак.
3. Яхшилигингизга жавоб кутманг, сувга отинг. Эзгу амалингизга рағбат олишни хоҳлашингиз табиий. Аммо, у яширин қолганида сиз учун янаям хайрли бўлишига ишонинг.
4. Эътиборни қозониш завқини ҳис эттириш билан атрофингиздагиларга қувонч беринг.
5. Ҳар лаҳзада яшашни ўрганинг. Ўтмишдаги хатолар ёки келажакка оид қўрқувларингиз бугунингизга таъсир қилишига йўл қўйманг.
6. Ўрганишда кенг бўлинг. Бошқаларнинг билими ўзингиздан кўпроқ эканини ўйланг. Ҳаётингиздаги ҳар бир воқеа-ҳодиса бежиз рўй бермаганидан, сизга нимадир ўргатишидан амин бўлинг.
7. Сабрга одатланинг. Чунки шундай қилмасангиз, ҳар бир кичик ғамдан фожиа ясаш оддий ҳолга айланади.
8. Дўстона қўл чўзинг! Хафагарчиликдан кейин биринчи қадамни доим қарши тарафдан кутманг. Ёдингизда тутинг, ҳақ бўлиш бахтли бўлишдан аҳамиятли эмас.
9. Ҳақиқатга бўйин эгинг. Шикоят қилиб, нолиб, ўзингизнинг, бошқаларнинг кайфиятини бузиш ўрнига, борини борича қабулланишга ўрганинг.
10. Ўзингизга “жимлик вақти” белгиланг. Ҳамма нарсадан холи, ёлғиз қолишни хоҳлайдиган пайтларингиз бўлади. Бундай дамлар ўзингизни ўзингиз эшитишингизни таъминлайди, ҳузур беради.
11. Олдин қаршингиздаги одамни тушунишга урининг. Агар атрофингиздагилар билан тўғри муносабатни шакллантиришни истасангиз, шундай қилишингиз керак.
12. Камтар, сипо бўлинг. Бошқаларга ўзингизни исботлашга қанча кам уринсангиз, ичингиздаги ҳузур шунча ортади.
13. Танқидни қабул этинг. Оддий эътироз учун жанжаллашиш ўрнига танқидга тўғри қарашни синаб кўрсангиз, ўзингизни янаям яхши ҳис қиласиз.
14. Парчаларга бўлинманг. Бир пайтнинг ўзида бир неча юмушни уддалайман деб бекор уриниш ўрнига битта ишни чиройли бажаринг.
15. Нима бўлганда ҳам бахтли эканингизга ишонинг. Ёдингизда тутинг, инсонннинг ўзи саодатли эканига ишонмаса, унга ҳеч ким ёрдам беролмайди.
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
📲@BuxDU_5tashabbus
Bizdan uzoqlashmang...Читать полностью…
------------------------------------------------
👀Bizni kuzatishda davom eting
#Kitob_mutolaasi_va_kitobxonlik_madaniyatini_oshirish
24-iuyn kuni Filologiya fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Filologiya fakulteti dekani Q. R. To‘xsanov, yoshlar masalalari bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari T. A. Rajabov boshchiligida fakultet tyutorlariva bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan Kitobxonlik soati tashkil etildi va O. Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari tyutor va talabalar o'rtasida keng bahs-munozaralar asosida tahlil qilindi.