Filologiya fakuleti tyutori D.N.Raxmonova boshchiligida 6-1Jur 22 hamda 6-1 Axja 22 guruh talabalari ishtirokida “Besh tashabbus – yoshlarga qanot” mavzusida o’tkazilgan musiqiy taym jarayonidan tayyorlangan videorolik.
Читать полностью…#Ривоят
Устозининг пурмаъно жавоби
Форс подшоҳларидан бири ўғлига таълим-тарбия бериш учун доно ва тадбирли бир зотни устоз тайинлади. Унинг саъй-ҳаракати туфайли шаҳзода илму одобда камол топди. Бир куни устози уни сабабсиз қаттиқ урди. Бола катта бўлгунича бу иши учун устозидан ранжиб, унга нисбатан ич-ичидан кек сақлаб юрди. Хаёлидан ўша сабабсиз урилган калтак сира нари кетмасди.
Орадан анча йиллар ўтди, кексайган подшоҳ вафот этди. Сўнг тахтга шаҳзода ўтирди. Янги подшоҳнинг илк қилган иши устозини ҳузурига чорлаш бўлди. Уни саволга тутди:
– Устоз, фалон йили, фалон куни ҳеч бир сабабсиз, қаттиқ урган эдингиз. Нима сабабдан бундай қилгандингиз?
– Эй подшоҳ, илму одобда камолга етганингизни кўргач, тушундимки, сиз отангиздан сўнг тахтга ўтирасиз. Шунда келажакда бирор кимсага зулм қилмаслигингиз учун сизга калтак оғриғини, зулм аламини тоттирган эдим.Подшоҳ устозининг бу пурмаъно жавобидан мамнун бўлиб: «Аллоҳ меҳнатларингизнинг ажрини мукаммал қилиб берсин», деб устозини совға-саломлар билан кузатди.
Abdurahmanov Odil Qalandarovich oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda. Tez orada bu haqda rasmiy xabarlar ham chiqib qolsa kerak.
U bunga qadar Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari edi. Shuningdek, u turli yillarda oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari, Prezidentning fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari, Toshkent davlat transport universiteti rektori kabi lavozimlarda ishlagan.
O‘z navbatida Odil Abdurahmonov Respublika oliy taʼlim kengashi raisi ham edi.
KITOB
To'g'ri yo'lni ko'rsatar mudom,
Bo'la olgay chin tirgak, hamdam,
Limmo-limdir donish, hikmatga,
Shaydir mudom xalqqa xizmatga.
Ko'kka narvon bo'lgay o'qisang,
Kemtiklaring to'lgay o'qisang.
Usiz iqbol, rivoj bo'lmagay,
Usiz zako, bardosh bo'lmagay.
Qo'sh qanoting bo'lgaydir kitob,
O'chmas oting bo'lgaydir kitob.
Dilnavoz To‘xtayeva
BuxDU talabasi
#INFOLIB_ÕZBEKISTON_2023
Milliy axborot-kutubxona haftaligiga tashrif...
Joriy yilning 23-oktabr sanasida Filologiya fakulteti tyutori D.N.Raxmonova va R.D.Muqimovalar 6-1Axja-21 va 6-1Jur-21 guruh talabalari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot kutubxona markazida õtkazilgan "INFOLIB_ÕZBEKISTON_2023" haftaligining ochilish marosimida qatnashishdi.Tadbirda BuxDU talabalarning ijodiy kõrgazmasi, Buxoro ixtososlashatirilgan san'at maktabi oquvchilari ishtirokida musiqali chiqishlar namoyish etildi.Tadbir davomida "Jurnalistika" yõnalishi talabalari ishtirokida viktorina tashkil etildi.Faol talabalar va tyutor D.N.Raxmonova estalik sovğalari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.Talabalar katta taassurotlar bilan qaytishdi.
Tyutor: D.N.Raxmonova.
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–868-son, 13.09.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi
Читать полностью…#LIVE
#BuxDU_Filologiya_hayotidan
⚡️⚡️⚡️ Ayni damda Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani Filologiya fanlari doktori, professor To'xsanov Qahramon Rahimboyevich hamda Aloqabank Buxoro filiali korporativ tahlil bo‘limi boshlig‘i Ibragimov Ilhom tomonlaridan fakultet talabalari bilan davra suhbati tashkillashtirildi.
Aloqabank Buxoro filiali 1994-yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Respublikamiz hududida filiallarimiz soni 88 taga yetdi. Birinchi kurs talabalarimizga qiziq bo‘lishimi mumkin, kartalarimizni onlayn ariza orqali ham olsa bo‘ladi. 8 turdagi kartalar mavjud deydi Ibragimov.
Fakultet dekani To‘xsanov tomonidan talaba-yoshlar yana bir bor odob-axloq qoidalari tanishtirildi. Kiyinish madaniyati, darsga kelib-ketish holatlari suhbatlashildi. Noyabrda tashkillashtiriladigan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Suhbat davomida talabalar o‘zlariga qiziq bo‘lgan savollarga javob oldi.
Bizni kuzatishda davom eting...
Germaniyada 1 semestr davomida xarajatlari to'liq qoplangan holda o'qish imkoniyatini beruvchi xalqaro almashinuv dasturi — International Excellence Scholarship Program (IES)
Talablar
— Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlaridan birida talaba sifatida o'qiyotgan bo'lishi;
— Stipendiya taqdim etiladigan vaqtda 28 yoshdan kichik va bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichi talabasi bo'lishi;
— Nemis tilini kamida B1 va/yoki ingliz tilini kamida B1 darajada bilishi.
Foydali tomonlari
To'liq qoplanuvchi:
- Bir martalik kutib olish mablagʻi (€350), oylik choʻntak puli beriladi; sayohat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi; bepul turar-joy, qo'shimcha toʻlovlar qoplanadi.
Qisman qoplanuvchi:
- Sayohat xarajatlari va tib. sug'urtadan boshqa barcha imtiyozlar saqlab qolinadi.
Oxirgi muddat
30.12.2023
Batafsil
https://grantgo.uz/go/22254
#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya
☺️☺️☺️☺️ 😌 бир неча инсонларнинг тақдири ўзаро боғланган занжир.
Унда бахтсиз одам ёлғиз бахтсиз бўлмайди, албатта унга қўшилиб кимлардир бахтсиз бўлади. Ёки аксинча, оиладаги бир инсоннинг бахти бошқаларни ҳам бахтли қилади.
Айниқса, болалар учун оила бахтли яшаши керак.
Таъсирли...видео ролик.
ИБРАТ
Бошқаларга ҳам бахт улашишнинг энг яхши усули:
Ҳаётни ўз маромига қўйиб, қувониш ва табассум қилиш...😊
OTM pedagog xodimlari va talabalari uchun "Islohotlar bilimdoni" respublika ko'rik-tanlovi
Talablar
— Tanlovda barcha oliy ta'lim muassasalarining pedagog xodimlari va talabalari qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar tanlagan sohadagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha innovatsion takliflarini taqdim etishlari kerak.
Foydali tomonlari
— 1-o'rin uchun BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
— 2-o'rin uchun BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
— 3-o'rin uchun BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti.
Oxirgi muddat
15.10.2023
Batafsil
https://grantgo.uz/go/06072
#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston
6-oktabr – Butunjahon tabassum kuni
Butunjahon tabassum kuni har yili oktyabr oyining birinchi juma kuni nishonlanadi. Uni birinchi bo'lib 1963-yilda sariq rangli tabassumni yaratgan tijorat rassomi Xarvi Ball taqdim etgan. U o'z ijodidan butun dunyo bo'ylab baxt va pozitivlikni tarqatish uchun foydalanmoqchi edi.
Butunjahon tabassum kunining maqsadi odamlarni yaxshilik qilishga undash va boshqalarni tabassum qilishidir. Bu quvonch va baxtni tarqatish va odamlarga eng kichik yaxshilik ham kimningdir hayotida katta o'zgarishlarga olib kelishi mumkinligini eslatish kuni.
Shunday ekan, Butunjahon tabassum kunida barchamiz tabassum bilan tabassum qilaylik va atrofimizdagilarga bir oz quvonch va mehr tarqataylik. Yodda tuting, tabassum yuqumli, shuning uchun keling, dunyoni bir vaqtning o'zida bir tabassum bilan baxtliroq joyga aylantiraylik!
😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊
Haydovchilik guvohnomasi olmoqchimisiz? Kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi? Unda "Vatanparvar" tashkilotining Buxoro shahar O‘CTK avtomobil maktabiga o‘qishga marhamat.
Qulayliklari: Vojdenie, nazariy darslar har kuni, ayollar uchun ayol o‘qituvchilar bor
Manzil: Q. Murtazoyev 17-uy
Mo‘ljal: 5-Kichik nohiya
Tel: 91-247-37-75
Odamzod
Birovdan naf koʻrar boʻlsang "siz hammadan yaxshi" deding,
Yumushingni yengil qilsa, "odamlarning naqshi" deding.
Hammaga baho berib, koʻngilchang boʻlar obod,
Bir chetdan oʻzingayam qaraysanmi odamzod?
Koʻrsang faqir, nochorlarni, xazar qilib qochasan,
Yoʻlingdan chiqar boʻlsa, bor zahringni sochasan.
Boy oldida egilib, gʻururing boʻlar barbod,
Xamma bir jon, bir inson, bilmaysanmi odamzod?
Kasbing faqat nolishda, qanoatni bilmaysan,
Burda non boʻlsa boʻldi, ochligingdan o'lmaysan.
Xudo bergan rizqiga nega shukur qilmaysan?
Dunyoni yutar nafsing, to'ymaysanmi odamzod?
Qilar ishni qilasan, lekin shayton gunohkor,
Gʻurbatingni yuklashga yaxshiyam shu shayton bor.
Boshinga balo kelsa, qancha yigʻlading zor-zor?
Yetar endi koʻzingni, ochmaysanmi odamzod?
Tuproqdan yaralgansan, oʻzligingdan sen tonma,
Xudo bergan chiroy-u qomatinga quvonma.
Qolib ketar mul-u dunyo, zeb ziynatga ishonma,
Imtihonda turganingni o'ylaysanmi odamzod?
O'z foydanga ishlasa, gunohga koʻz yumasan,
Bechora vijdoningni tiriklayin ko'masan.
Behuda oʻzing oqlab, "tavba-tavba" dema san,
Hisob kitob boʻlganda, chidaysanmi odamzod?
✍ ALIJON YOʻLDOSHEV
Илмни қадрлаган қадр топади, хорлаган хор бўлади. Илм сенга келмайди, сен илмга борасан.
© Имом Молик
#motivatsiya
Hayotiy tajribalar shuni ko'rsatadiki, muvaffaqiyatga iqtidordan ko'ra ko'proq mehnat erishiladi... O'z mehnati uchun tinmay mehnat qilgan kishi albatta g'olib bo'ladi.
#motivation
Life experiences show that success is achieved more by hard work than talent... The one who works hard for his work will definitely be the winner.
© Thomas Fowell Buxton
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!
Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.
Bu yilgi qabulda jami 13 ta grant oʻrni ajratilgan.
Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 11 520 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.
Arizalar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/
#Mahalla_bilan_hamkorlik
Joriy yilning 24-oktabr kuni filologiya fakulteti tyutori D.N.Raxmonova "Xojamushkin" MFYda bo‘lib, mahalla Yoshlar yetakchisi Sobirov Nodirjon Sobirovich bilan mazkur mahallada yashovchi talabalarning ijara manzillaridagi shart -sharoitlar haqida hamda ijarachilar bilan ijara shartnomasini tuzishda amaliy ko‘mak berishlari yuzasidan fikr almashildi.Bundan tashqari mahallada tashkil etiladigan turli tadbirlarda hamkorlik qilinishi, hududda joylashgan do‘konlardagi narx- navolarning nazorati, non va shakar mahsulotlarining narxini sun'iy tarzda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida suhbatlashildi.
Tyutor: D.N.Raxmonova.
📌📌📌 DIQQAT! TANLOV
Oʻz ijodingizni yuzaga chiqarishni,✅ universitetning eng iqtidorli talabalari safida boʻlishni,🏆 maxsus diplom va esdalik sovgʻalari🎁 egasi boʻlishni istaysizmi???
✨ Unda marhamat 😊
🏛 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "17-noyabr Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan "Talabalik oltin davrim" mavzusida
📸Eng yaxshi foto,
🎬Eng yaxshi videorolik,
🌅Eng yaxshi fotosurat tanlovini eʼlon qiladi.
💥 Tanlov uchun yuborilgan videoroliklar muallifning o’zi tomonidan tasvirga olingan va kreativ yondashilgan bo’lishi kerak
🖇 Tanlov 23-oktabrdan 16-noyabr 10:00 ga qadar davom etadi!
📮 Tayyorlangan ijodiy ishlarni quyidagi manzilga yuborishingiz so'raladi:
@Journalist_D
🎖 G'oliblar "17-noyabr Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanadi✨
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–868-son, 13.09.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi
🔰Qonunga muvofiq, davlat chegarasini belgilash va oʻzgartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshiriladi.
📝 Davlat chegarasi joylarda aniq koʻrinib turadigan chegara belgilari bilan koʻrsatib qoʻyiladi.
🏢 Qonunga koʻra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
📋 Davlat chegarasini kesib oʻtish quyidagicha amalga oshiriladi:
🔹quruqlikda, chegara daryolarida, koʻllarida va boshqa suv havzalarida – xalqaro temir yoʻllarning, avtomobil yoʻllarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yoʻllarining Davlat chegarasini kesib oʻtish uchun belgilangan joylarida;
🔹samoviy hududda – xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yoʻlaklarida.
🚫 Shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yoʻli va temir yoʻl oʻtkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotganda:
➖belgilangan yoʻnalishni oʻzgartirish;
➖transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;
➖har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga koʻtarishni, qoʻndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.
📁 Chegara mintaqasida quyidagilarga nisbatan qoʻshimcha rejim cheklovlari va taqiqlari joriy etilishi mumkin:
▫️chegara mintaqasiga begona shaxslarning kirishiga;
▫️xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat amalga oshiriladigan hududlarga kirishga;
▫️suzish vositalarining chegara daryolariga, koʻllariga va boshqa suv havzalariga kirishiga.
☑️ Xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga oʻtkazish punktlariga kirish (ulardan chiqish) uchun ruxsatnomalar Chegara qoʻshinlari yoki Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan beriladi.
📌 Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
📌📌📌 DIQQAT!!!
🏆 Siz iqtidorlimisiz?
✍ She'r, maqolalar yozasizmi?
🎙 Sheʼrlarni ifodali ijro qilasizmi?
🎬 Kreativ videoroliklar tayyorlaysizmi?
🫵 Demak bu aynan siz uchun✅✅✅
🔍"BuxDU ijodkor yoshlar klubi" iqtidorli talaba yoshlarni oʻz bagʻriga chorlaydi📌📌
Klub sizga nima beradi ⁉️
🏅"Iqtidorli talabalar oltin fondi" ga a'zo boʻlish✅
🏆Universitet "Iqtidorli talabalar ALMANAXI" ga qoʻshilish ✅
🏆 "Yoshlar akademiyasi liderlari" safiga qoʻshilish✅
(Eslatma mazkur akademiya liderlari a'zolaridan magistratura uchun til bilish darajasi sertifikati talab qilinmaydi)
📝 Maqola va sheʼrlaringizni jurnal, gazetalarda nashr qilish✅
📖 Ijod na'munalaringizni BEPUL kitob shaklida chop etish✅
💵 Davlat va prezident stipendiyalari sohibi boʻlish✅
🎖"Zulfiya" , "Mard Oʻgʻlon" mukofoti sovrindori boʻlish✅
☝️Avvalo universitetda oʻz oʻrningizni topish, koʻplab doʻstlar orttirish, klubning ahil jamoasida boʻlish✅
Bu hali hammasi emas😉
✨ Klubimiz tomonidan rejalashtirilgan tanlovlarda ajoyib sovgʻa hamda diplom, sertifikat sohibi boʻlish✅
😍😍Xullas, siz uchun ajoyib imkoniyatlar eshigini ochadi✅✅✅
✨Xoʻsh tayyormisiz
🌐 Unda rasmiy kanalimizga qoʻshiling
@BuxDU_ijodkor_yoshlar_klubi
🛜Qoʻshimcha maʼlumot uchun
@ALIJON_YOLDOSHEV
@ALIJON_BOHODIROVICH
✅Juda chuqur ma'noli qisqa film👏
• Aravadagi yuk bu - RIVOJLANISH, TARAQQIYOT!
• Yukni tortayotgan ho‘kiz esa bu - XALQ!
• G'ildirak yasagan odam bu- YOSH, YANGICHA HAYOT, XALQNI YASHASH
SHAROITINI YAXSHILASH TARAFDORI bo‘lgan YOSH KADR!
• Endi "anovi" esa, buyruq berilsa so‘zsiz, ongsiz, fikrsiz bajaradigan BAZI AMALDORLAR
Yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun Global Leadership Challenge dasturida qatnashib Shveysariyaga bepul sayohat qilish imkoniyati
Talablar
— Nomzod 21-30 yosh oralig'ida bo'lishi kerak;
— Kamida bakalavr bosqichini tugatgan yoki magistraturada o'qiyotgan/biror sohada yosh mutaxassis sifatida ishlayotgan bo'lishi lozim;
— Darsdan tashqari mashg'ulotlarda, jumladan, ishlash jarayonida yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan bo'lishi kerak.
Foydali tomonlari
— Eng faol ishtirokchilar 2024-yil may oyida Shveysariyada bo'lib o'tadigan ST.Gallen Simpoziumida Kelajak Lideri sifatida ishtirok etadi;
— Eng yaxshi 3 ta jamoa Oxford Character Project tomonida tashkil etilgan yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan 3 oylik kursda bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi;
— Dasturda qatnashganlarga rasmiy sertifikat beriladi.
Oxirgi muddat
01.11.2023
Batafsil
https://grantgo.uz/go/99023
#sammit_va_konferensiyalar #grant #Oʻzbekiston
#ona_tilim_faxrim
#talabalar_faoliyatidan
#sardorlar_faoliyatidan
🇺🇿O'zbek tiliga-Davlat tili maqomi berilgan kunning 34 yilligiga bag'ishlab Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari tomonidan Universitet faollar zalida "Ona tilim tariximning ildizi Ona tilim kelajagim asosi" mavzusidagi tadbir dasturi bo’lib o’tdi.
⚡ Tadbirda Buxoro davlat universiteti rahbariyati, viloyat hokimligi, yozuvchilar uyushmasi va bir qancha professor o’qituvchilari ishtirok etishdi.
💥 Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi va barcha talaba yoshlarda o'zgacha bir quvonch hissini uyg’otdi.
✅ Til millatning ko’zgusi, Til-milliy g’urur, milliy iftixordir
🎥 Firdavs Jo'rayev
Bizni muntazam harakatga undovchi ichki turtki mavjud. Bu – qiziquvchanlikdir. Natijani yoki o’z imkoniyatimizni bilishga bo’lgan qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan rejani amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq tashlashingiz mumkin.
© Maxatma Gandi
#kun_hikmati
Инсонни фақатгина унинг фикрлари бахтли ёки бахтсиз қилади, ташқи ҳолатлар эмас. Ўз фикримизни бошқара туриб биз ўз бахтимизни бошқарамиз.
✍️Фридрих Ницше
Rossiyaning mashhur “Славянское государство” nashriyotida chop etiladigan rus tilidagi antologiyaga qabul boshlandi🤩🥳😍
Xalqaro maydon sari birga qadam tashlaymiz♨️♨️♨️
Qabul doirasi: 25 ta ijodkor (har biri qisqa biografiya, rasm, 2 betdan oshmagan ijodiy ish(she’r,maqola,hikoya v.k)
Joylar soni toʻlishi bilan qabul yopiladi‼️‼️‼️
Narxi: 130,000 (tarjimasi bilan birga shu narxda). Har bir ijodkorga toʻplamdan 2 nusxa beriladi✅✅✅
Qabul yopilgach 1 oy muddatda kitoblar nashrdan chiqadi✔️✔️✔️
Birgalikda rivojlanamiz🔊🔊🔊
Murojaat uchun: @asal_xudoyberdiyeva🤍
Quvonma
Oʻtib ketgan minglab faqir, podsholaram,
O'z davrida qudratiga oshnolaram,
Kuni kelib kimlargadir boʻlgan qaram,
Kelib ketar karvoninga quvonma.
Boshginanga qo'ngan boʻlsa omad qushing,
Yurishgandan yurishsayam qilar ishing,
Ofat kelsa senla qolmas biror kishing,
Kelib ketar davroninga quvonma.
Taqdir hukm qilganida ojiz inson,
Ajal bir kun olib ketar omonat jon.
Bir oʻzinga suyan agar boʻlsa imkon,
Kelib ketar sarboninga quvonma.
Yigʻib tergan davlatingdan olib huzur,
Menman degan zoʻrlaridan bo'lsang ham zoʻr,
Borib sendan zoʻrlar yotgan qabrni koʻr,
Kelib ketar armoninga quvonma.
Kurashmasang yurting uchun, zafar uchun,
Suv quymasang gulzor uchun, chaman uchun,
Jonin berib ona zamin, vatan uchun,
Yashab oʻtgan ajdodinga quvonma.
Kun oʻtarga yurgan begʻam savodi yoʻq,
Ilm sari borishga hol ahvoli yoʻq,
Tafakkurda "kimman" degan savoli yoʻq,
Sendan qolar avlodinga quvonma.
✍ ALIJON YOʻLDOSHEV