Vaaleykum assalom. E'tibor va e'tirof uchun katta rahmat. Juda ham xursand bo‘ldim. 🙏
Читать полностью…MUALLIM
Nur yog'ilar yuzidan,
Bol topamiz so'zidan,
Qolmaymiz hech izidan,
Deydilar:- Bo'lgin olim,
Bizning dono muallim.
So'zlarida ko'p ma'no,
Bo'linglar deydi dono,
Maktabda ota-ona,
Yuzida mehr lim-lim,
Bizning dono muallim.
Shirindir xo'p so'zlari,
Bizda mudom ko'zlari,
Ko'pdir o'g'il-qizlari,
Erkalar asal-bolim,
Bizning dono muallim.
Sochlariga oq tushgan,
Mudom bag'riga quchgan,
Biz bilan ko'kka uchgan,
Bizning dono muallim.
Bizning dono muallim.
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi 10-umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Assalomu alaykum aziz ustozlar ! Yangi boshlangan kuningiz xayrli bo‘lsin azizlarim !
Читать полностью…#Bilimlar_kuni
#Сўх
🔴 Olis So‘x tumanidagi 30-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbiridan videolavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!
Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.
Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.
Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.
Aziz o‘quvchilar!
Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Assalomu alaykum ustozlar.Hammangizga yangi kun muborak bòlsin.Ustozlar kimda 2-sinf tabiiy fan rejasi bor.Bòlsa tashlab beringlar
Читать полностью…Нам очень приятно получать Ваши отзывы в таком необычном формате! Всегда рады Вашей обратной связи! 👏🫶👏
Читать полностью…SALOM MAKTAB
Yoz ham o'tdi,keldi kuz,
Kunlar issiqdir hamon.
Ta'til tugab bolalar,
Otlandi maktab tomon.
Yelkasida sumkasi,
Qo'llarida guldasta.
Ko'zlarda quvonch hissi,
Dillar-dilga payvasta.
Ustozlarin sog'ingan,
Qarang har bir o'g'il-qiz.
Sinfdoshlar jam bo'lib,
Suhbatlashar shirinso'z.
Sog'inishgan, talpinar,
Ustozning quchog'iga.
Ko'p niyat-la kelishgan,
Bilimlar o'chog'iga.
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi 10-maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
VATAN - BU
Mehribon onam - Vatan,
Ostonam, xonam - Vatan.
Ajdodlar, otam - Vatan,
Har bitta odam - Vatan.
Gulzordagi gul - Vatan,
Sayroqi bulbul - Vatan.
Dov-daraxt-u, tosh - Vatan,
Qozondagi osh - Vatan.
Bir siqim tuproq - Vatan,
Har bitta yaproq - Vatan.
Sharqiragan soy - Vatan,
Ta'rifga xo'p boy - Vatan.
Yig'lagan go'dak - Vatan,
Tinglagan ertak - Vatan.
Har bir so'zimdir - Vatan,
Qora ko'zimdir - Vatan.
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi 10-umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
27.08.2024.
Sehr professionell und ich war von ihren Dienstleistungen begeistert. Bitte schauen Sie sich ihren Kanal für Lizenzen, Banknoten, Klonkarten, iPhones, Bitcoin Flip, PayPal Flip und weiteres Zubehör an.
@maindarknetmarket
Assalomu alaykum ustozjonlar informatika fanidan malaka oshirgan ustozlar bormi linkini tashlab yuboringlar iltimos
Читать полностью…#sinf soati
#dars_ishlanma
#1-sinf
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish" toʻgʻrisida 273-sonli buyrugʻi, 7-ilovadagi ish rejasi asosida tuzilgan.
Assalomu alaykum Yaxshimisizlar hurmatli Ustozlar
Katta rahmat Ustoz
Ijodingizga omadlar tilaymiz
Sheʼrlaringizdan darslarda oʻquvchilar ham bahramand boʻlmoqda
Ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz
#Bilimlar_kuni
✅ Bugun Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" — "Bilimlar kuni" tadbiri hududlarda ham keng yoritildi:
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi: /channel/kkeduuz/30104
✅ Surxondaryo viloyati: /channel/surxonvmmtb/30855
✅ Xorazm viloyati: /channel/Xorazm_MMTB/29986
✅ Andijon viloyati: /channel/and_vxtb/35177
✅ Navoiy viloyati: /channel/navoiy_viloyat_mmtb/48114
✅ Buxoro viloyati: /channel/bvmmtb/31492
✅ Qashqadaryo viloyati: /channel/qashqadaryo_MMTB/69056
✅ Samarqand viloyati: /channel/samarqandvxtb/41941
✅ Toshkent viloyati: /channel/toshkentvxtb/56165
✅ Jizzax viloyati: /channel/Jizzaxedu/17541
✅ Sirdaryo viloyati: /channel/Sirdaryo_MMTB/3671
✅ Namangan viloyati: /channel/namanganv_xtb/19233
✅ Farg‘ona viloyati: /channel/FarVMMTB/17047
✅ Toshkent shahri: /channel/ToshkentshaharMMTB/35317
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 81-maktabda tashkil etilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi
Xabaringiz bor, bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2024-2025-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova poytaxtimizdagi 81-umumta’lim maktabida o'tkazilgan ushbu tadbirda ishtirok etdi hamda o‘quvchilarga o'zining samimiy tilaklarini bildirdi:
➖ Barchangizni kuni kecha nishonlangan Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklayman. Shu bilan birga 81-maktabga ilk qadam qo'ygan 215 nafar 1-sinf o‘quvchilari, ularning ota-onalarini qo‘shaloq bayram bilan muborakbod etaman.
Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabrigida Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, avvalo, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta'kidlab o'tdi.
Bu yuksak ishonch barchamizni birdek quvontirish barobarida yelkamizga katta mas’uliyat ham yuklaydi, albatta.
Barchangizni yangi o‘quv yilida sifatli ta’lim olish, kreativ, mustaqil fikrlagan holda, zamonaviy bilimlarni egallashga, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga chorlab qolaman.
Ushbu maktab o‘quvchilari orasidan ham Uchinchi Renessansning munosib bunyodkorlari yetishib chiqishiga ishonaman!
Ma’lumot o’rnida: 2024-2025-o’quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 700 mingga yaqin o’g’il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.
Aziz ustozlar ! Siz azizlarimning ijozatlaringiz bilan sizlarga yana bir qoralamamni ilinmoqdaman qadrdonlarim.....
Bugun Hofizning vafotiga 1 yil bo‘ldi .
Judolik .
Mashhur hofiz Sh .Jo‘rayev xotirasiga bag‘ishlayman .
Muallif .
Hofiz ketdi , yig‘lab qoldi tor ,
Ovoz qoldi noyob , betakror ,
Qo‘shiqlari latif , jarangdor ,
Sher bolangdan ayrilding Vatan !
O‘zga yurtga ketib qolmadi ,
Xalq dardini kuylab tolmadi ,
Yot qo‘shiqqa nazar solmadi ,
Sher bolangdan ayrilding Vatan !
Kuylab turib o‘tdi hayoti ,
Qo‘shiq edi tolmas qanoti ,
O‘zgan edi duldul g‘iroti ,
Sher bolangdan ayrilding Vatan !
- O‘zbegim,-deb jar soldi shovvoz ,
Qo‘shiqlari etdi xo‘p parvoz ,
Sog‘inadi undan qolgan soz ,
Sher bolangdan ayrilding Vatan !
8 .09 . 2023 - yil
Muallif : Sa'dulla To‘ra.
Muborak tuman 10-maktabning Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti " Boshlang‘ich ta‘lim " yo‘nalishi sirtqi 2 - kurs 103 - guruh talabasi.
Barchangizni yangi o'quv yili va yangi ish haftasi boshlangani bilan tabriklaymiz! Hammaga yaxshi kayfiyat, ijodda ilhom va barakali faoliyat tilab qolamiz!
"Boshlang'ich ta'lim" jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
🔰 Telegram 🔰 Instagram
🔰 Facebook 🔰 Web-sayt
Assalomu alaykum aziz ustozlar ! Bugungi Jumaning fayzi va barokati barchangizga hamroh bo‘lsin !
Читать полностью…Assalomu alaykum aziz ustozlar ! Boshlangan yangi kuningiz xayrli bo‘lsin azizlarim !
Читать полностью…Синф раҳбари бу...
Йил-ўн икки ой ўқувчилар ҳақидаги маълумотларни ҳали у шаклда, ҳали бу шаклда шакллантириб, бу рўйхатнинг қаёққа кетаётганини ўзи ҳам билмайдиган қоғозбоз.
Ўзи бир кунда бир марта кирадиган синф хонасининг озодалигига жавоб берувчи фаррош.
Ўқувчилари жанжаллашса, адолатли қози.
Ота-оналар исталган устознинг устидан шикоят қилиши мумкин бўлган, лекин қўлидан ҳеч нарса келмайдиган шахс.
Ўзининг ваколатидан кўпроқ нарсани бўйнига оладиган мард.
Ўқувчилари 11-синфни битириб кетганидан кейин бир йил ўтиб ҳам уларни ё ишга, ё ўқишга жойлаб, ё узатиб ФҲДЁ қоғозининг нусхасини топшириб қутуладиган буюк матонат эгаси.
Ўқувчиларини ёзда ҳам сувга чўкмаслигини, ўтда ёнмаслигини, уйидан қочмаслигини, кечаси санғимаслигини, ҳеч ким билан жанжаллашмаслигини назорат қилувчи инспектор.
Ота-онаси жўнатолмаган мактабга амаллаб олиб келадиган, имтиҳонларда ухлаб қолмаслиги учун қўнғироқ қилиб уйғотадиган, кеч қолса ўрнига гап эшитадиган, аммо шу меҳнатлари эвазига битириб кетгач, битта йўқлаб қўйишга ҳам арзимайдиган ўқувчиларини ортидан “болам”, деб гапирадиган ҳокисор...
Аслида, бу заҳматларнинг ортида болажонларнинг бир оғиз “Устоз!” деб чақирган лутфи олдида ювилиб кетадиган қувонч ҳам бор...
(c) Феруза Салходжаева
Ойлик ҳисоблаш учун бот:
✈️ @Oylik_hisoblovchibot
👩🏻🏫 @Oqituvchi | Обуна булинг👇
/channel/+ngRPMExoXBU2ZDcy
/channel/+ngRPMExoXBU2ZDcy
HANDALAK
Kichkina bo'lsam ham-ki,
Hushbo'yman,hatto totli.
Qovunning bir turiman,
Handalak degan otli.
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
#sinf soati
#dars_ishlanma
#2-sinf
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish" toʻgʻrisida 273-sonli buyrugʻi, 7-ilovadagi ish rejasi asosida tuzilgan.
#sinf soati
#dars_ishlanma
#11-sinf
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish" toʻgʻrisida 273-sonli buyrugʻi, 7-ilovadagi ish rejasi asosida tuzilgan.