📞 +99871 230 00 50 🛒 @bookuzbot | @bookuzbek 🗺 Katalog: www.book.uz 🕘 Du–Ju. 9:00–22:00 🕙 Sh–Ya. 10:00–22:00 🚚 Yetkazish 20,000 dan boshlanadi 🏡 Toshkent sh. Chilonzor 8, Qatortol koʻchasi 60. Geolokatsiya: https://bit.ly/3xiKlRK
🏢Bugun “Profi” universitetida Sherzod Komil Xalilning “O’lim labirinti” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
📖Siz ushbu kitobni o’qib ko’rishga ulgurdingizmi ?
@bookuzbekistan
🔥Yaqin yangilikka oz qoldi
«Yangi asr avlodi» nashriyotidan navbatdagi xalqaro bestseller
Mazkur kitobning muallifi qadimgi yunon va rum stoiklaridan ilhom olib, ularning hayotini va falsafasini o'rganib chiqib, shuni aniqladiki, ko'plab buyuk shaxslar egoni o'zlariga dushman bilganlar. Ego bilan kurashish - inson asl g'alaba qozonishi uchun zaruriy shart.
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Oʻrmon va daryo hikoyalar jamlanmasi bilan koʻplab kitobxonlarni qiziqtirib kelayotgan «Oʻlim labirinti» endi sizni muhokamaga chaqiradi!
🔥 «BOOK.UZ arena yoxud kitobsevarlar jangi» loyihasining 61-soni 24-noyabr kuni bo’lib o’tadi.
Muhokama uchun:
Sherzod Komil Xalilning «Oʻlim labirinti» asari tanlangan.
😊 Siz ham ushbu asar haqidagi qizgʻin uchrashuvni o'tkazib yubormang.
Uchrashuv Book.uz kitoblar doʻkoni muhokamalar zalida boʻlib oʻtadi.
Kitob narxi: 28 000 so’m
Chegirmada: 22 400 soʻm
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚 @bookuzbekistan
TAQDIMOT 📚
🗓13-noyabr kuni soat 12:00 da Jahon falsafasi kuniga bag'ishlab, "Axborot, sun'iy intellekt asrida kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish: tasavvur va tafakkur yolqinlari" mavzusida taniqli yozuvchi, shoir, tarjimon, nashriyot muharriri Sherzod Komil Xalil bilan uchrashuv hamda "Yangi asr avlodi" nashriyotining kitoblar yarmarkasi tashkil etiladi.
📖🎤Uchrashuv davomida tadbir mehmoni, iste'dodli adib Sherzod Komil Xalilning yangi chop etilgan "O'lim labirinti" kitobining taqdimoti ham bo'lib o'tadi. Tadbirga barcha kitobxonlarni va adabiyotshunoslarni taklif qilib qolamiz.
Manzil: "Profi" universitetining B binosi, 7-qavatdagi faollar zali.
Kitoblar yarmarkasi B binoning birinchi qavati Foyesida soat 10:30 da ochiladi.
📍👉 Aniq lokatsiya
@bookuzbekistan
BOOK.UZ'da 11.11 chegirmasi!
• 20% chegirma — «Yangi asr avlodi» va «Yoshlar matbuoti» nashtiyoti kitoblariga.
• 11% chegirma — Boshqa nashriyotlar kitoblariga.
👀 Ushbu chegirma Fargʻona va Navoiy filiallarimizda ham amal qiladi. Shuningdek onlayn xaridlarga ham.
Muddat: 11–13-noyabr
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚 @bookuzbekistan
☺️
Kitobxon yaqiningizga yuborib qoʻying!
@bookuzbekistan
🔥 «BOOK.UZ arena yoxud kitobsevarlar jangi» loyihasiga tashrif buyurmoqchi boʻlsangiz roʻyxatdan oʻtishni unutmang! 👇
https://docs.google.com/forms/d/1YEduZnS_UJ5rvg2nIvE73-as6SuXwGxXAkjKFPOicUo/edit
Muhokama uchun:
Nazar Eshonqulning «Momoqoʻshiq» asari tanlangan.
😊 Siz ham ushbu asar haqidagi qizgʻin uchrashuvni o'tkazib yubormang.
Uchrashuv Book.uz kitoblar doʻkoni muhokamalar zalida 10- noyabr 14:00 da boʻlib oʻtadi.
Kitob narxi: 18 000 so’m
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚 @bookuzbekistan
🔥 Qayta nashr | SOTUVDA! 🔥
📗 Fyodor Dostoyevskiy, «Telba»
❇️ «Telba» romanida jamiyat qahramonning ustidan hukm chiqarmaydi, balkim qahramon jamiyat ustidan hukm chiqaradi. Romanning markazida qahramonning ishi emas, qahramonni ham oʻz domiga tortayotgan hayot va uning ikir-chikirlaridir. Qahramon hech qachon oʻzini yuqori olishga harakat qilmaydi, lekin u atrofidagilardan oʻzining bilimi, ichki dunyosi va shuningdek oqilligi bilan yuqori turadi. Asarda oldinda aniqlab qoʻyilgan voqealarning oxiri yoʻq.
✅Mishkin (telba) – bu ilohiy muhabbatning majmuidir. Bunday muhabbatni oddiy odamlar tushunmaydilar, chunki u judayam buyuk va yuksakdir.
🥳 Premyera | Sotuvda
Bolajonlar uchun inglizcha- oʻzbekcha klassik kitoblar ruknida yangi asar
📗Lyusi M. Montgomeri «Yashil qal'adagi Anna»
"Yashil qal'adagi Anna" - kanadalik yozuvchi Lyusi M. Montgomerining mashhur asarlaridan biri boʻlib, unda o'n bir yoshli yetim qiz - Anna Shirleyning Katbortlar oilasiga xatolik sabab yuborilishi bilan butun hayoti o'zgarib ketgani haqida hikoya qilinadi.
Asosan maktab yoshidagi o'quvchilarga mo'ljallangan ushbu seriyali kitoblarimiz orqali jahon adabiyotining nodir asarlarini siz kitobxonlarga yetkazmoq niyatidamiz. Mutolaa zavqi barchangizga hamroh bo'lsin.
Ingliz tilidan: Gulmira Sadriddinova tarjimasi
Nashriyot: Yangi asr avlodi
Narxi: 14 000 soʻm
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Premyera 😍
Mirkarim Osim «Aljabrning tug'ilishi»
Mazkur kitob tarixchi-yozuvchi Mirkarim Osimning eng mashhur ikki asaridan tarkib topgan. «Aljabrning tug'ilishi» va «Karvon yo'llarida» deb nomlangan har ikkala asar bugungi davr o'quvchisi o'qishi shart boʻlgan kitoblar sirasiga kiradi. Millatimizning buyuk dahosi bo'lmish al-Xorazmiy haqidagi afsona va rivoyatlarga asoslangan «Aljabrning tug'ilishi» qissasi o'quvchining ham tarixiy, ham ma'naviy bilimini boyitadi. Unda nafaqat buyuk olimning ilmiy faoliyati, balki davrga xos ijtimoiy va siyosiy voqealar, umuminsoniy fazilatlar, tuyg'ular o'rtasidagi qarama-qarshiliklar jonli va rangli tasvirlarda ifodalanadi. Feruz va Yoqutoy o'rtasidagi go'zal sevgi hamda ularning muhabbatiga raxna soluvchi qora kuchlar bilan o'quvchi asar mutolaasi davomida tanishadi.
Muqova: Yumshoq
Betlar soni: 144
Narxi: 16 000 soʻm
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
⏳Tarixda bugun
7-Noyabr Fransuz faylasufi, gʻarb vijdoni deya tarif olgan mashxur yozuvchi Albert Kamyu tavallud topgan kun.
Kamyu “Begona”, “Vabo”, “Baxtli o‘lim”, “Inqiroz”, “Kaligula”, “Qamal holati”, “Sizif haqida isotir”, “Isyon qilayotgan odam”, “Nikoh”, “Ijod va erkinlik”, “Quvg‘inlik va saltanat” va boshqa ko‘plab dunyo tan olgan bebaho asarlarni yozib qoldirgan.
Alber Kamyu 1960-yil 4-yanvarda Parijga kelayotib yo‘lda avtomobil halokatidan vafot etadi.
1957-yil yozuvchiga Nobel mukofoti berilgan.
Kitoblarga buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
🔥 Qayta nashr | SOTUVDA! 🔥
Dostoyevskiy «Aka-uka Karamazovlar» asarida insonning ichki kurashlari va hayotdagi ma'nolarni izlash jarayonini o'ziga xos tarzda tasvirlaydi. Uch aka-uka – Alyosha, Dmitriy va Ivan – har biri o'zining individual qarashlari, g'oyalar va hayotga qarashlari orqali insonning axloqiy dilemmasini yoritadi. Bu asar, o'quvchiga nafaqat falsafiy savollarni beradi, balki insoniyatning eng chuqur tuyg'ularini ham ochib beradi
Tarjimon: Ibrohim Gʻafurov
Narxi: To'plam 130 000 so'm
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Muqova: Qattiq muqova
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Aks | Tez kunda
Orzular insonni aldaydi. Orzulariga aldanib inson umri o'tganini bilmay qoladi. Agar orzu qilmaganida, insonga orzu qilish imkoniyati berilmaganida, ehtimol, bu qadar uzoq yashamasdi.
“Tongotar”
Raxshona Ahmedova
📚@bookuzbekistan
#iqtibos
Odam oʻzining baxtsiz ekanligini aksariyat hollarda bilmay o'tadi. Baxtsizlikni anglash uchun uquv va bilim bo'lishi kerak, uni baxtdan farqlay olish kerak. Axir odam o'z orzusi uchun kurashmasa yoki orzusiz yashasa, bu dahshat-ku! Baxt tuygʻusi bizga azaldan o'rgatib kelinganidek bola-chaqa ko'rish va ularni voyaga yetkazish uchun o'lib-tirilish emas, baxt o'zining yashab o`tganini tasdiqlash uchun har kim qoʻlidan kelgancha xizmat qilishdir.
#iqtiboslar
Adabiyot oʻrgimchak toʻriga oʻxshaydi, uning tolalari yengil, ammo toʻrtta tarafi ham hayotga bogʻlangan.
***
Odamlarning aksariyati oʻz xatti-harakatini nazorat qilolmaydi. Ularni instinktlari boshqaradi.
***
Jamiyat oʻzi istamagan narsa uchun pul toʻlamaydi.
Virjiniya Vulf | ”Shaxsiy xona”
📚 @bookuzbekistan
Siz soʻnggi shoh qismati haqida bilasimi?
«So‘nggi (sh)oh» Muhammad Kozim Mazinoniyning mashhur tarixiy-badiiy romani
Roman o‘zining murakkab tuzilmasi, qiziqarli obrazlari va kuchli falsafiy g‘oyalari bilan boshqa shu turdagi kitoblardan alohida ajralib turadi.
Narxi: 36 000 so’m
Chegirmada: 28 800
(Aytgancha bugun chegirmaning oxirgi kuni)
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚@bookuzbekistan
🔥Yangi kitob | Sotuvda
Abdurazzoq Gurna «Jannat»
Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdurazzoq Gurnaning mazkur asarida otasining qarzi uchun qullikka sotilgan afrikalik bolakay Yusufning hayoti va boshdan kechirganlari hikoya qilinadi.
Asar voqealari inglizlar mustamlaka Afrikada mahalliy aholini o'z yerlaridan haydab chiqarayotgan va nemislar butun qit'a bo'ylab temiryo'l qurishni rejalashtirayotgan paytda sodir bo'ladi.
12 yoshida otasining qarzi uchun o'zi "amaki" deb yurgan insonga qullikka berib yuborilgan Yusuf hikoyasi
Kitob narxi: 55 000 so’m
Chegirmada: 49 000 soʻm
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚 @bookuzbekistan
☺️ Sizni ham tushunish qiyin boʻlgan yaqiningiz bormi?
Kitobda yozuvchi turli xil xarakter
egalarini 4 xil rangga ajratib oladi va
ularni qanday tushunishni o’rgatadi!
😊 Kitobni 20% chegirmada xarid qiling!
Kitob narxi: 42 000 soʻm
11.11 chegirmasida: 33 600 soʻm
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚 @bookuzbekistan
#Tavallud
Bugun 11-noyabr rus adabiyotining yorqin namoyandasi yozuvchisi Fyodor Mixailovich Dostoyevskiy tavallud topgan kun.
Siz Dostoyevskiyning qaysi asarlarini o’qigansiz va qaysilari siz uchun eng esda qolarli bo’lgan?
Aytgancha adibning kitoblarini 20% chegirma bilan xarid qilishni unutmang!
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚 @bookuzbekistan
Aks | Tez kunda
***
Yarador ilonman – yoqilmoqqa shay,
Alanga domiga otilmoqqa shay.
Yo so‘nggi bor yanchib o‘tilmoqqa shay,
Inimdan chiqargan qo‘llaring kulsin.
Sirg‘alib umringdan o‘tdim – bilmading,
Jonu jahonimni tutdim – bilmading.
Borlikdan yo‘qlikka ketdim – bilmading,
Shohlardan uzoqsan, qullaring kulsin.
“Umrim mening aslan ishqqa qasida,
Uni tinglaganlar qolur rasida”,-
Desam, tun dolg‘asin har jilvasida
Hilolni suzdirgan ko‘llaring kulsin.
Sog‘laring ichinda xasta jon
o‘ldim,
Inonch berolmading – badgumon o‘ldim.
Mudom barbod o‘lgan xonumon
o‘ldim,
Xonumon qabrinda gullaring kulsin.
Gulnoz Mo‘minova “Havo” kitobidan
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
🔥 Tez kunda | PREMYERA! 🔥
🏆 Rayan Holidey, «Ego – dushmaning» (Ego Is the Enemy)
Kitob insoniyatning eng katta dushmani – o‘z egosini qanday yengish kerakligi haqida. Qanday qilib tog' misoli tuzilgan erishib bo'lmas maqsadlar va o‘zimizga ortiqcha bino qo'yib yuborish kabi «ehtiyojlarimizdan» qachon voz kechib, chinakam muvaffaqiyat va baxtga erishamiz?
Bu kitob kamolot sari intilayotgan har bir kishiga, ayniqsa, muvaffaqiyat yo‘lidagi g'ov – EGOning ta’sirini bartaraf etishga yordam beradi.
Aks | Tez kunda
Ayrim odamlarni unutib bo‘lmaydi, ular seni tinimsiz ta’qib etishadi. Men qandaydir ayriliq haqida aytayotganim yo‘q. Bu umuman boshqa hikoya! Har bir inson xotiralar bilan yashaydi. Ammo hayotdagi eng muhim hikoya odatda eslanmaydi. Ba’zi xotiralarni unutishga qanchalar urinmang, hayotingizga qayta-qayta kirib kelaveradi. Kimdir ularni “bolalikdagi chandiq”, boshqa birov “yoshlik xatosi” yoki “meni butkul o‘zgartirgan voqea”, “bir umrlik saboq” deb xotirlaydi. Qanday nomlanishi muhim emas. Asosiysi shunday xotira bor va u doimo siz bilan.
"Liza" hikoyasidan | Shahzod Shomansurov
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
😍 Qayta nashr | SOTUVDA!
🪞«Alisa ko’zguorti o’lkasida»
🎀 Kitobda Alisaning hayajonli sarguzashtlari, qiziqarli qahramonlar va g’aroyib hodisalar bilan to’la voqealari tasvirlangan. Ushbu fantastik hikoya bolalarni tasavvur olamiga chuqurroq sho’ng’ishga undaydi va do’stlik, aql-zakovat hamda shaxsiy o’zgarishlar haqida shaxsiy fikrlar paydo bo’lishiga yordam beradi.
Narxi: 20 000 soʻm
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Aks | Tez kunda
Alisher Fayzullayevning «Ajdar sayyorasi» hikoyalar toʻplami uchun Oʻzbekiston qahramoni Ibrohim Gʻafurov taqrizlari
✍️ Qarang kim kelar?
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
🔥 Premyera | Sotuvda 🔥
Benjamin Franklin, «Tarjimayi hol»
Tarixda yozilgan avtobiografiyaning eng mashhur va ta'sirli namunalaridan biri.
Benjamin Franklin Amerika tarixidagi eng muhim shaxslardan biri ekanligiga shubha yo'q. Uning yuksak tadbirkorlik qobiliyati, ixtirochi sifatidagi zukkoligi, diplomatiya sohasidagi muvaffaqiyatlari va Amerikani shakllantirishdagi roli dunyo xalqlari tarixiga o'ziga xos ta'sir o'tkazganligi bilan ajralib turadi.
Franklin ushbu asarida oddiy bostonlikdan, o'z ta'biri bilan aytganda, tug'ilgan va tarbiyalangan qashshoqlik sharoiti-dan moliyaviy va ma'naviy farovonlikka borish yo'lida chiqargan saboqlarini goh hazil-mutoyiba, goh achchiq nadomatlar bilan hikoya qiladi.
Tarjimon: Muhiddin Gʻaniyev
Narxi: 49 000 so'm
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Muqova: Qattiq muqova
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Aks | Tez kunda
Insonni bir o‘zini qoldirmang
hech yo‘q biror kitob
yoki bir finjon qahva
balkim tuvakdagi gul
ehtimol dastro‘mol bilan
qoldirmoq darkor
hech nimasiz tashlab ketmang uni
maktub yozib qoldiring
yillarki asrab yurishi uchun
kalit tashlab keting
qachondir eshigingizni topib borar
garchi bilmasada manzilingizni
insonni oxir oqibat tark etarkansiz
hech vaqosiz qoldirmang uni
salgina umid
biroz hamdardlik
ko‘zlarida lipillagan nur qoldiring
yuragida sog‘inch qoldiring
bo‘m bo‘sh qoldirmang sira
loqayd qoldirmang
hissiz ketmang
izsiz ketmang
o‘zingizdan biror nishon qoldiring unga
olgan mehringiz
sizga bergan sevgisi haqqi
nimadir qoldiring
yo‘qsilga aylantirmang uni
mavjudligingizni bildiring
axir hamma narsani kechirish mumkin
biroq yo‘qlikni emas
ketsangiz ham bor bo‘ling unga
bir zarrangizni qoldiring
unutilish o‘lmoq demakdir
siz o‘lmang -
eslab jilmayishi uchun
bir xotira qoldiring.
Anif “Oqdan qizilga”
📚 @bookuzbekistan
📘 O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad asarlari sotuvda!
«Ufq» (lotin) — 59 000
«Ufq» (kirill) — 59 000
«Jimjitlik» lotincha — 35 000
«Jimjitlik» kirilcha — 35 000
«Qorako'z majnun» — 35 000
«Yo'qotganlarim va topganlarim» — 49 000
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚 @bookuzbekistan — kitobxonlar tanlovi!
#TOP20
🔥 BOOK.UZ kitob doʻkonimizda oktyabr oyi bo'yicha eng ko'p sotilgan TOP20 kitoblar ro'yxati.
1. «Baqirmaydigan onalar»
2. «Atrof to'la ahmoqlar»
3. «Rus tilida gapirishni o'rganamiz»
4. «Ichindagi ichindadur»
5. «Jinoyat va jazo»
6. «Do'st orttirish..»
7. «Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi»
8. «Fozil odamlar shahri»
9. «Jadidlar. Behbudiy. Paradkush»
10. «O'tkan kunkar»
11. «So'nggi to'fon. O'gay ona»
12. «Aflotun. Davlat»
13. «Jadidlar. Cho'lpon. Qor qo'ynida lola»
14. «Jadidlar. Munavvarqori. Qanday qullik tushdi»
15. «Martin Iden»
16. «To'rtko'cha»
17. «Jadidlar. Avloniy. Turkiy Guliston»
18. «Fizikadan 7 saboq»
19. «Jazosiz tarbiya»
20. «Mehrobdan chayon»
Oy toʻplami narxi: 591 000 soʻm
Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚@bookuzbekistan
☺️ Kitoblar suhbatidan
Dam olish kuningiz yaxshi kayfiyatda oʻtsin!
Kitoblar uchun buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek
📚 @bookuzbekistan
🔥Book.uz taqdim etadi!
"Turkiston Rossiya va Xitoy oralig'ida" kitobi haqida qiziqarli podkast. Albatta tinglang va tomosha qiling.
Suhbatda pedagogika fanlari doktori, adabiyotshunos olim, professor Qozoqboy Yo’ldosh,
Qatag’on qurbonlari tarixi muzeyi yetakchi ilmiy xodimi, PhD Bahrom Irzayev, tarjimon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Baxtiyor Isabek - O’rdabekli ustozlar fikrlarini eshitasiz.
👉To'liq ko'rish
👉Premyera soat 19:00 da. Qoʻngʻiroqchani bosib qoʻying!
@bookuzbekistan