bookgeek_uz | Неотсортированное

Telegram-канал bookgeek_uz - Bookgeek.uz 🌻

1335

Ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! Ikkinchi sahifa: @sayyidumariyya

Подписаться на канал

Bookgeek.uz 🌻

"Мусулмон" деганда одамларнинг кўз олдига илмли, қўлидан китоб тушмайдиган кишилар келишини истардим...

🎓🌸"Мен ҳам олима бўламан" кўрсатувининг 15-сони

Моҳинабону Саидумарова, Туркиянинг Карабук Университети 1-босқич талабаси

https://youtu.be/D7q0rmI-GwQ

#MenHamOlimaBolaman
T.me/BintuSodiq

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

​​• Zulfu Livaneli
• So'nggi orol

Eng yaxshi ko'rgan asarlarimdan biri. Asarda bir sokin va go'zal orol hayoti tasvirlanadi. Oroldagi insonlarning hayoti boshqalarnikidan ancha farqli, go'yo eski zamonda qolib ketgandek, tinch-sokin holda hayot kechirishadi. Orolda qushlarning ham o'rni bor bo'lib, insonlar ular ila hamjihat holda kun kechirishadi toki... shaharliklar orolga kelmaguncha.

Ana shundan keyin bari boshlanin ketadi. Aslida har bir mahluqotning yaratilish sabablari va yashash qonuniyatlari bor bo'lib, biz qaysidur birini boshqacha yashashga yoki hayotdan yo'qotishga urunar ekanmiz, o'zimizning boshimiz baloga qoladi. Asar aynan shu qoidalarni yaxshi tushunishga, har bir mahluqot olamini anglashga yordam ko'rsatadi. Kitobdan ajiyb xulosalar olgan holda, mazza qilib o'qigandim. Nazdimda bir bora o'qib ko'rish uchun arzirli kitob. Zora keyin jonzotlarning hayoti va dardlarini oz bo'lsa-da anglay olsak, hammani birxil tizimlashtirishdan yiroqlashsak~

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

​​• Shayx Alijon Qori Fayzulloh Mahdum o'g'li
• "Qur'oni karim shafoati"

Qur'oni Karimga bo'lgan muhabbatni oshishida yaxshi yordam beruvchi kitoblardan biri. Kitobda Qur'oni Karimning fazilatlari, uni qiroat qiluvchilarga beriluvchi hislat va foydalar, nasihat-maslahatlar va yana shu kabi mavzularda qalam tebratilishi bilan bir qatorda, bir-biridan qiziq bo'lgan ulamolar va sahobalar hayotlaridan ham Qur'onga doir o'rnaklar keltirib ketiladi.

Aynan shu o'rnaklar bilan ham inson zerikib qolmaydi. Shaxsan o'zim juda qiziqib, ammo hazm qilinishi kerak bo'lgani uchun o'ylab-o'ylab, dam olishlar ila o'qidim. Ayniqsa ulamolar hayotidan keltiriladigan o'rnakdan so'ng insonni Qur'onga bo'lgan mehri, g'ayrati shunaqa oshadi-ki. Umrini Qur'onga tikkisi keladi.

Masalan umri davomida bir necha yuzdan oshiq marotaba Qur'onni hatm qilish.. Kamiga ham boshqalarga erta-yu kech dars berish bu bo'yicha va yana o'zi ham hatm qilishi... Biz faqat o'zimizga vaqtimiz yetmayapti-ku. Qolaversa, Qur'oni Karimni o'rganuvchilarga beriluvchi fazilatlarni o'qishni o'zi etni jimirlatib yuboradi. Kitobni Ramazondan avval o'qigandim. Shu kitob sababchi bo'lib ham, bu yilgi Ramazonimdan (Qur'on bo'yicha) juda oz bo'lsa-da ko'nglim to'ldi. Chunki kitobni o'qigan holda, Qur'onning sirlaridan oz bo'lsa-da voqif bo'lgandim. Insonmiz, doim eslatilib turilmasa, yodimizdan ko'tariladi. Va ora-orada shunday Qur'onning qadri va fazilatlarini eslatib turuvchi asarlarga ham ehtiyojimiz katta. Zero Robbimiz tomonidan bizga berilgan o'zi bittagina Kitobimiz bor (hozir). Endi uni ham o'qiy olmasak, uyat bo'lsa kerak☘️

Barchamizni Qur'on ila yashovchilardan qilsin🌷

• @Bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

​​•Farangeyt bo'yicha 451 daraja
• Rey Bredberi

Oxirgi o'qiganim adabiyotlar ichida eng yoqgani desam yanglishmayman. Kitobda go'yo zamonamizdagi holatlar bayon etilmoqchi bo'layotgandek va bora-bora aynan asardagi hayot uzra sho'ng'ib ketayotgandekmiz. Faqat biroz o'zgacha holatda, o'zga uslubda.

Asarning bosh qahramonlari o't o'chiruvchilar bo'lib, ular o'z vazifalarining tom ma'nosini unutgan holda, qayerda kitob bo'lsa uni yoqish va yo'q qilish ila faoliyat olib boradilar. Kitob go'yo eng xavfli dushman va uni yo'q qilish ular uchun ayni muddao. Asarda olimlarning qo'rquvdan sukut saqlashi, ilm ola bilmasliklari, har yerda kuzatilib turishlari-yu, kitobga go'yo qurolni ko'rgandek hadiksirab qarash voqeotlari sizni o'z domiga tortadi. U shunday jamiyat-ki, insonlarning o'zlari ila yolg'iz qolgan holda, biroz bo'sh qolib hayol surishlari go'yo o'zlari uchun qilganlari jinoyatdek.

Insonlar hech bo'sh qolmasligi, tafakkur qilishi uchun vaqti bo'lmasligi darkor. Turli hayollar surish, yaratilishning mohiyatini anglashga kirishish ular uchun uyatli va qo'rqinchilikdir. Doimiy band bo'lishlari, televizor yoki musiqalar ila oshno bo'lishlari ularni "komil inson" qiladi. Bir birlari ila uzoqroq suhbatlashish bu kulgili holat. Oilada faqatgina televizorning baland va tinmay erta-yu kech gapirishga, savollar berishga haqqi bor go'yo. Insonlarning vazifasi esa faqat ularni eshitish, ko'rish. Huddi tizimlashtirilgan uskunalardek. Aslida biz ham shu hayot uzra odimlab ketmayapmizmi?

Kitoblarni yoqish ila asrlar davomida shug'ullanib kelinayabdi. O'ylab qolaman... balki shunda kitob qadrini tushuna olarmiz? Ammo biror narsaning qadrini his qilish uchun uni yo'qotish shartmi? Kitobsiz, ilmsiz hayot qanday bo'larkin? Inson nima bilan kun kechiradi unda? shu kabi savollar tinmay aylanadi miyamda...

Asar fantastik bo'lsa-da, hayotimizda yashayotganimiz jabhalarga yaqinligini bor ekanini his qildim.

~ O'qigan bo'lsangiz fikringizni yozib qoldirishingiz mumkin✨

•@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

​​Qizlar ta'lim olaman desa, ko'pincha "senga nimaga kerak? Turmush qurib, uyda o'tirsang. Olima bo'larmiding, dunyoni olib berarmiding?" kabi gaplar keladi javoban. Bu fikrlar ayrim qizlarimiz o'zlarida ham shakllanib qolib, ilm olayotgan joylarida yo'llarini yo'qotib qo'yishadi. "Baribir ishlay olmayman-ku, o'qiganim bilan baribir oila bilan o'ralashib qolaman-ku" degan o'ylar ichida qolishadi.

Yo'q, unday emas. Dinimizda ayollarning ilm olishi borasida biz o'ylaganimizdek to'siqlar yo'q. Aksincha, har bir musulmon va muslimani ilm olishga chaqiradi doimo. Tarixda buyuk olima ayollar ham yetarlicha chiqgan. Ha, hozir bizdagi o'rnaklar ko'p bo'lmasligi mumkin. Ammo bu olimalar bo'lmaganini anglatmaydi. O'qib izlansak, ko'plab ilmli ayollarimiz o'tganini bilishimiz mumkin. Hammamiz biladigan Oisha onamizni olsak, hali xanuz ilmlaridan foyda olib kelinadi. Qanday buyuk olima bo'lganlar-ki, xanuzgacha manfaatlari taralib turadi.

Rivojlanishning asosi aslida ayolda, onadadir. Chunki u zakiya, oqila va olima bo'lsa, zurriyotlarini ham shunday yetishtiradi. Hali o'zining fikr-tushunchalari, yetarli ilmi bo'lmasa, tabiiyki hayotdagi maqsadi ham kichik bo'ladi. Yo'q, har bir muslimaning maqsadlaridan biri olima bo'lish va olim/olimalar yetishtirish bo'lmog'i darkor. Bu faqatgina din yo'nalishida emas, askincha, har bir ilmda! Kimning qay sohada salohiyati bo'lsa, o'sha bo'yicha odimlashi naqadar go'zal!

Yengilmang, yengilmaymiz!

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

O'zbekistonga kelganimdan buyon bir mavzu yuzasidan g'alati holda yuribman. U ham bo'lsa, doimgidek til masalasi. Bankga yoki shifoxona deymizmi, shu kabi yerlarga kirmay, rus tilida gapiradi. Hayhot, u ham o'zbek, men ham. Tashqi qiyofam ruslarga oz bo'lsa-da o'xshamaydi ham.

Ha, til bilishning yomon tomoni yo'q. Har bir ehtiyoj sezilgan yoki sezilmagan tilni o'rganish kerak. Ammo bu degani, umuman o'z tilingdan uyalib, boshqani tilini singdirib olgin deganimas-ku? Nimaga endi O'zbekistonda yashab turib o'zbekcha gapirsak, uyatga qolishimiz yoki kamsitilgan muomilani ko'rishimiz kerak ayrim joylardan? Meni aqlim ishlamayabdi bu masalada.

To'g'ri, rus so'zlarining juda ko'pi tilimizga qattiq o'rnashib qolgan. Odatiy so'zlashmalarda o'zimda ham shu ahvol. Lekin ketkazishim, shuning ustida ishlashim lozim.

Rus tilida gapirgan o'zbekga o'zbekcha javob qaytarsak, mensilmaslik, pisandga ilinmaslik munosabatidan charchadik ochig'i. Shu mavzu bo'yicha bugun dodamga aytar ekanman, yana-da shijoatlantirib qo'ydilar.

"O'zbekcha gapirayotgan sen emas, birovni tilini o'ziga sindirib olgan ular uyalsin! Aslida o'z tili turib, boshqaning tilini e'zozlab ketayotganlar ustidan kulinishga haqli!" deb aytdilar.

Xullas, bir ish qilsak. Tilimizda ko'p yuradigan rus kalimalarini kamroq ishlatishga va bora-bora sof o'zbek tilida gaplashishga kirishib olsak. Bu uchun nima qilamiz? - Tabiiyki o'zimiz ustimizda ishlaymiz. Sof o'zbek tilida gapirishga harakat qilamiz. Astalik bilan rus so'zlarini tilimizdan yo'qotib boramiz. Ya'ni ishni o'zimizdan boshlaymiz. In shaa Alloh, Alloh murodimizga yetkazadi.

Masalan o'zimizga yaqinroq bo'lgan turklarga qarasak ham, sof turk tilida gaplashishadi. Boshqa tillarni bilishsa-da, o'z tilida gapirayotganda u so'zlarni qo'shishmaydi. Boshqa ko'plab xalqlar ham bunga yetarlicha misol bo'la oladi.

Hozirgi mendagi gaplar shulardan iborat✨

• Bookgeek

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Turkiya aholisiga yordam qilmoqchi bo'lganlar diqqatiga:

O'zbeklar tomonidan kerakli mahsulotlar, kiyim-kechaklar yig'ilayotgan ekan. Bemalol shu orqali o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.

Turkiyaning mas'ul shaxslari tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, kiyilgan kiyimlar kerak emas deyilibdi. Aynan bu tomoni aniq qay tusda ekanini bilmayman. Ammo imkoningiz qadar shu tashkilot orqali yordam qilishingiz mumkin.

"Ehsonning mukofoti faqat ehsondir"
Ar Rohman surasi, 60-oyat.

(Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir)

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Qiz/ayollar ila birgalikda "Tafsiri hilol" kitobi mutolaasi!

Dinimizning asosi Qur'ondir. Shunday ekan, Qur'onni yaxshiroq o'rganishimiz, uning ma'nolarini tushunishga intilishimiz go'zal ishlardandir. Shu va shu kabi ezgu niyatlarni qilgan holda, birgalikda "Tafsiri hilol" kitobi mutolaasiga kirishish niyatini qildik. Jamoa tarzida qilingan ishda davomiylik, qat'iyat va bir-birini yetaklash bo'ladi, in shaa Alloh.

Qanday tartibda bo'ladi?

• Har kuni (kechki payt) qaysi oyatlar tafsiri o'qilishi kerakligi aytib turiladi.
• Kunlik vazifani bajargani to'g'risida har kuni "Vazifamni bajardim" shaklida xabar yo'llaydi. Doimiy mas'ullar tomonidan kimlar qilmagani tekshirilib, ogohlantirish berib boriladi. 3 kun davomida ketma-ket o'qimagan o'quvchilar guruhdan chiqariladi (ba'zi mustasno holatlar mavjud) Qaytib olinishi uchun 4-kunida barcha o'qimaganlarini yetkazib olishi va bildirishi kerak bo'ladi.
• Qur'oni Karim o'qish foydalari va shu kabi mavzularda ustozlarning video/matnlari mas'ullar tomonidan ulashib turiladi. Qatnashuvchilar ularni ko'rishi va o'qishi majburiy bo'ladi.
• Har ikki juz o'qib bo'lingandan so'ng, mas'ullar tomonidan testlar tuzilib, guruhda savol-javob o'tkaziladi. Testlar orasida Tafsirdan tashqari ulashilgan video/matnlardagi ma'lumotlardan ham savollar qo'shiladi. Har 2 juz oxirida g'olib topilgan ishtirokchi, sovg'a ila taqdirlanadi.

Qo'shilish uchun nima qilishingiz kerak?

• "Tafsiri hilol" kitobingiz bo'lishi yoki uning elektron shaklini sotib olishingiz kerak bo'ladi (Tafsiri hilol ilovasidan).
• Qo'shilish niyatida bo'lsangiz @bookgeekuz ga "Tafsiri hilol" deb yozib qoldiring.
• Bu karvonga qo'shilish uchun sizdan asosan ixlos va shijoat, bardavomlik va yolg'on aralashtirmaslik talab qilinadi.
•Guruhda keraksiz va ortiqcha gaplar bo'lmasligi, qoidalarga qat'iy rioya qilishingiz talab qilinadi

Boshqa ichki shartlar ila guruhda tanishtiriladi.

• O'qishga shijoatli bo'lsangizu, lekin "Tafsiri hilol" kitobining elektron shaklini olishga imkoniyatingiz bo'lmasa, @bookgeekuz ga buni bildirishingizni so'rab qolamiz.

Qatnashish uchun ko'p vaqtingiz ketmaydi. O'zimiz ham tolibi ilm bo'lganimiz sabab, kamroqdan o'qishga va vazifalar ko'p berib yuborilmasligiga harakat qilinadi.

@bookgeek_uz
@sayyidumariyya

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Binoning ichida adashib qolish hech gap emas^^ Judalar katta ekan. Go'yo ertakga tushib qolgandek his qildim o'zimni. Shuni ta'siridan, deyarli rasm/video olmadim. Olganlarimni yig'ib, bir video qilib yuboraqoldim😁

Kutubxonada o'zbek tilidagi kitoblar ham mavjud. Kutubxona faoliyati doimiy 24 soatni tashkil qiladi. Ba'zi salonlar soat 11 larda yopiladi va u salondagilar ham 24 soat ishlaydigan salonga o'tib olib, tunni bemalol o'sha yerda o'tkazishlari mumkin^^

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Tarixchilarning yozishicha, "oqposhsho" Aleksandr ikkinchi oliy hazratlari ko'p adolatpesha bo'lgan ekanlar.

Chernyayev ayni saratonda Toshkentni qariyb ikki oy suvsiz qoldirib qamal qilganini, shaharga bostirib kirgach, munqillagan kampirlaru, beshikdagi go'dakkacha ayovsiz qirganini eshitib, podshoi olam qattiq ranjibdilar. Shu qadar xafa bo'libdilarki, Chernyayevni kapitanlik unvonidan mahrum qilib... general unvonini beribdilar. Bandi brilliant bilan jilovlangan oltin qilich hadya qilibdilar...

Bir "bechora"ni "jazolash" bo'lsa, shunchalik bo'ladi-da!

"Daftar xoshiyasidagi bitiklar"

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Assalomu alaykum✨

Men keldim^^ "Doim @saidumariyya bilan ovora bo'lavermay, bookgeekga ham qarab qo'ying" deyishdi🙃

Hozirda bookgeekning instagram sahifasida challenge qilyapmiz. "Challenge nimadan iborat?" deysizmi🙂

Yoz uchun bir nechta kitoblarni olib kelgandim. Mana, yoz tugashiga ham ozgina qoldi. Lekin xanuz u kitoblarni o'qib bo'lmadim. Tabiiyki men kabilar ko'p. Shu uchun bir birimizga dastak bo'laylik deb, challenge qilib yubordim.

Unda har kim o'zi istagan kitoblarni tanlashi kerak (kitoblar soni uchtadan kam bo'lmagan holatda). Va shularni yoz so'nggiga qadar o'qib bo'lishlari lozim. Kim o'qib bo'lsa, o'shalar ichidan bir ishtirokchiga kitob sovg'a qilaman✨ Ana shunday ishlar bo'lmoqda^^

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

​​•Sulton Salohiddin
•Yavuz Bahodiro'g'li

Kitobda Sulton Salohiddin boshchiligidagi janglar, Quddusni fath etilishi, Nasroniy hukmdorlari va xalqning holati, o'sha paytdagi musulmonlarning holati ta'riflanadi. Bu tarixiy roman bo'lib, o'quvchini zeriktirib qo'ymaydi.

Salib urushlari qanday kechganini o'qir ekansiz, nasroniylarning musulmonlarga qilgan tajovuz, zulmlaridan yoqa ushlaysiz. Musulmonlardan Quddus olingan mahal, ularni bittalab qiynab o'ldirishgan, ko'chalar o'liklarning boshlariga to'lib ketgan edi, deya ta'riflanadi ko'p manbaalarda.

Lekin Musulmonlar tomonidan yana Quddus fath etilar ekan, qanday holat yuz berdi? Musulmonlar ham xalqni shunday ayovsiz o'limga mahkum etdilarmi? Quddus fath etilgandan so'ng, ko'plab insonlar o'z istagi ila Islomni qabul qiladi. Farzandining musulmonlar kabi, xususan Salohiddin kabi mard, bir so'zlik bo'lishini istashadi. Salohiddin ayyubiy, mohir sarkarda, sardor bo'lishiga qaramay, yaxshigina ilm ixlosmandi ham edi.

Undagi qat'iyat, mardlik, odob, iroda va yana ko'plab xususiyatlardan insonlar o'rnak olsa arziydi. Ko'pincha "Salohiddiy Ayyubiydek farzand tarbiya qilaman" deb aytishadi ikki jins vakili ham. Lekin unday insonni tarbiya etish uchun, avval o'zimizni tarbiya ettikmi? degan savol qiynaydi o'rganganimiz sari. Bu kitobni o'qishdan avval yoki keyin, albatta Ahmad Muhammad Tursunning, Salohiddiy Ayyubiy haqlaridagi kichik kitoblarini mutolaa qiling.

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

​​•Shukrullo
•Kafansiz ko'milganlar

Kitobni bir necha marotaba mutolaa qilganman. Har mutolaamda ko'zimni yoshga to'ldiruvchi, achchiq kulgu baxsh etuvchi asar. Asarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, yozuvchi qalamni o'z hayot hikoyasiga asoslanib tebratgan.

Kitobda aynan qatag'on yillaridagi holatlar aks etgan bo'lib, ziyoli qatlamni ham, eng oddiy aholini ham qanchalar kulguli tuxmat-u ig'volar ila turmalarga tiqilgani, har gapni yuz marotaba o'ylab so'zlangani, o'z uyida ham emin-erkin yashab bo'lmagani so'zlanadi.

Toshkent ko'chalarida ochlikdan va sovuqdan qotib o'lib qoladigan to'p-to'p o'liklar... har kun ularni, o'liklarni yig'ib olishga chiqadigan katta ulovlar... hech bularni tasavvur qilib ko'rganmisiz? aynan o'sha darxon yo'lida odamlarning, kichik bolachalarning ochlikdan o'lib yotganini? Bir burdagina non qanchalar e'tiborli bo'lgan paytlarni...

Har bir o'zbek o'qishi kerak bo'lgan kitoblardan biri deyman. Tarixni o'rganib ibrat olinadi, oldinga olg'a harakat qilinadi. Qancha ziyolilarning surgun qilinishi, ilmiy ishlar qilishi o'rniga qamoqlarda azoblanib, bavl qiluvchi idishlarni tozalaab o'tirishini bilish alamli... Kitob har bir o'quvchisiga yoqadi degan umiddaman. Va albatta, ko'zlaridan yoshni oqizmay qo'ymaydi.

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

#Dolzarb

• Shayx hazratlariga kitob tashigan olim haqida eshitganmisiz!

©Shayx Husayn Buxoriy

Telegram | Instagram | You Tube

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

🌻

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Hech bo'lmasa sayohatdagi videolarimni tashlab turay bu sahifaga🥳

O'zi sayohat ham deyarli qilmayapman. Erta-yu kech Karabukdagi yotoqxonamda, 1 kishilik xonamda o'zimga o'zim gapirib, kitob o'qib, hayol surib yoki balkonga chiqgan holda tog'larimga qarab o'tirish, qushlar ila gaplashish bilan o'tmoqda kunlarim. Bir so'z bilan aytganda mazza. O'tgan hafta bir jamoa ila Karabukdagi shu go'zal o'rmonga borgandik. Juda salqin ekanidan, yaxshigina sovqatib ham yurdim.

Ha, Turkiyaning Qoradengiz tomonlarida havo ancha yaxshi. Ammo borganimiz bu o'rmon yana-da sovuq ekan. Karabukimizda esa yomg'irlar mavsumi biroz tugay deyapti🌸 shunday gaplar

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

​​• Abdulfattoh abu G'udda
• Büyük âlim olmanın yolu"

Kitobning nomi o'ziga juda tortgan edi. O'qishni boshlagach, yana-da e'tiborimni o'ziga qaratdi. Juda kichik hajmdagi kitob bo'lib, ammo har bir yozilgan satrni fikrlab o'qish talab qilinadi. Aslida ichidagilar yangilik bo'lmadi, go'yo oyna vazifasini o'tadi.

Olimlikni istovchilar uchun ko'proq salafi solihlar, sahobalar davridan o'rnaklar keltirilgan. Nimaga u paytdagi insonlarni zehni o'tkir, qabul qilishi yaxshi va ortiqcha narsaga aralashmay, ilmni mustahkam olganlari birin-ketin tahlil qilib chiqilgan. Inson ruhiyati uchun atrof muhitning holati ham muhim ekani, faqat ilm olish emas, amal qilishga ham e'tibor qaratishimiz kerakligi va yeyayotgan narsalarga e'tibor, vaqtga e'tibor qaratilishi, hamda tolibi ilm uchun bekorchi narsalardan maksimal darajada cheklanishga harakat qilishi lozimligi asosiy mavzulardan.

Yozuvchi, ilm yo'lidagilarga albatta musulmon olimlari, xususan salafi solihlar hayotini yaxshi o'rganishni tayinlaydi. Hozirda ko'paygan g'arbning olimlarigagina yopishib qolmay, o'z tariximizdagi buyuk shaxslarni hayotini o'rganib, ulardan o'rnak olgan holda harakat qilishni a'lo yo'l deb ko'rsatadi.

Chindan ham, biz kimni ko'p o'rgansak, o'shaning holati uzra talpinamiz. O'zimiz bilmagan holda fikrlashi, harakatlari bizga ham singadi. Aslida musulmon olimlarining sanalsa sanog'i yo'q. Shaxsan o'zim aynan usha olimlarni o'rgangan holda, yana-da yo'limda shijoatliroq yurishga intilaman. Chunki baribir qaysidur yo'lni tanlamoqchi bo'lsak, o'sha yo'lni allaqachon bo'sib o'tganlar ila suhbat qilishimiz yoki ular haqida o'rganishimiz ancha foyda beradi. Inson istasa istamasa hayotida o'zi uchun o'rnak qiluvchi insonlari bo'ladi. Xoh buni tan olsin yoki yo'q, qaysidur davrlarda kimdurlar u uchun o'rnak bo'ladi. Biz esa o'z olimlarimizni hayotimizda o'rnak qilsak, eng ozidan shu yo'lga mehrlilardan bo'lamiz va harakat, amallarimiz ham shunga yarasha bo'ladi. Ha, mayli, olimlik darajasini yoki biror kasbni eng zo'r mutahassisi bo'lishni hammaga ham nasib qilavermas. Lekin juda bo'lmaganda shu yo'lda harakat qilsak, o'zimizga mos darajani beradi.

@bookgeek_uz☘️

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

​​• Merve Gülcemal
• Çocuk kalbinde Kur'an

Kitob juda sodda tilda yozilgan bo'lib, hajmi ham kichik. To'g'risini aytsam, man ko'proq narsa kutgandim. Ammo umumiy o'laroq eslatmalar jamlangan ekan (normal).

Ayniqsa kitobni: "Alloh rizosi uchun, iltimos, kular yuzli bo'ling. Agar kular yuzli bo'lmasangiz, bu ishni (Qur'on o'rgatish) bajarmang. Bolalarning zehnida, ko'nglida Qur'onni sevgisiz, majburan (kayfiyatsiz) o'qigan onlari qolib ketmasin. Bolalar Qur'on o'rganishga o'zlari istagan holda kelishsin" degan jumlalar ila boshlanishi ko'nglimni ko'tardi. Chunki aynan shu kular yuzli bo'lish lozimligi, juda ommabop mavzu bo'lishi bilan bir qatorda, katta kamchiligimiz (ayniqsa din ilmini o'rganadiganlarda ko'p kuzataman. Ha, jiddiyat ham kerak. Ammo samimiy va kular yuzli bo'lish atrofdagilarga kuch ham beradi).

Kitobda yana bolalarga Qur'onni qanday qilib sevdirib o'rgatish texnikalari, ota-onalarga tavsiyalar, Qur'on o'rganayotgan bolalarni taqdirlab turish va o'zi nimaga Qur'onni o'rgatishimiz kerak? mavzulariga qisman javoblarni olasiz. Shu bilan bir qatorda yana ko'plab mavzularga teginiladi, ammo uncha boshni qiynaydigan holda emas. Shunchaki o'tirib, bir kunda o'qib chiqsa bo'ladi ~

Eslatma va qoidalarni o'rganish uchun deyarli muhim kitob. Chunki bu Qur'on o'rgatish ishi oson emas. Ayniqsa bolalarga nisbatan bo'lsa, insonda katta mas'uliyatni qoldiradi. Chunki keyinchalik Qur'onga muhabbatli bo'lish yoki bo'lmasligida qisman sizni harakatingiz ham yotadi. O'zimiz ham ko'p guvohi bo'lamiz (eshitib), bolalarga mehr bilan emas, qo'rqitgan holda Qur'on o'rgatilinishini. Agar shunday qilinar ekan, avvalo ular zehnida Qur'onni qanday qilib mustahkam qoldiradi? Biror nimadan qo'rqgan inson miyasida ma'lumot mustahkam o'rnashmaydi. Va tabiiyki eng muhimi, mehr tushmagan narsani zehniyat yaxshi qabul qilmaydi. Shu uchun ham kitobdayam aytilganidek, avvalo ularni muhabbatini oshirmoq lozim. Undan avval esa, o'zimizni sokin, go'zal hulqli, kular yuzli bo'lishimiz ustida ishlashimiz va tabiiyki ko'p ko'p ilm o'rganishimiz muhim ishlardan.

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

​​• Andalus Fotihlari
• Nuriddin Tashkesen

Andalusiyaning fotihi deganda, ko'z oldimizda Toriq ibn Ziyod gavdalanadi aslida. Kitobda esa Andalusiyaning sakkiz asrlik tarixi qisqa voqeotlar ila yodga olinadi. Tabiiyki Andalus fathidagi asosiy o'rinni Toriq ibn Ziyod egallashi bilan bir qatorda, uning yonidagi voliy Muso ibn Nusayr va o'g'li Abdulaziz ibn Musoning faoliyat yo'llari bilan ham tanishib o'tasiz.

Shuningdek, kitobning oxirgi qismidagi bosh qahramon, Andalusiyadagi Umaviylar davlati asoschisi Abdurahmon bo'lib, uning bu Umaviylar davlatini tiklashida qanday to'siq va mashaqqatlarga duch kelgani-yu, yengilmay yo'lida davom etib, qanchalar buyuk davlat qurishga musharraf bo'lganini guvohi bo'lasiz.

O'sha paytlarda Abbosiylar tomonidan Umaviylarga qarshi qirg'in o'tkaziladi. Maqsadlari Umaviy avlodini qirib tashlash, ulardan kelayotgan naslni qoldirmaslik edi. Bunga ko'rsatilgan sabab esa, Umaviylar tomonidan ahli baytga berilgan azoblar, Karbalo voqeotlari bo'lgan. Shu hodisalar ichida qahramonimiz Abdurahmon Alloh izni ila sog'-omon chiqib, yana Umaviylar davlatini tiklashga musharraf bo'ldi. Bu uzun yo'li davomida qanchalar qiyinchilikka duch kelgani, qayerlarda bo'lgani-yu, nechta o'limdan tirik qolganini kitob so'zlaydi sizga. Ha, Umaviylarning qilgan bu ishlari oqlanishli emas. Ammo birining qilgan ishini butun avlod to'lamaydi ham.

Kitobda musulmonlarning nimalarda oqsashlari va yuksalish yo'li qayda ekanini ham tahlil qilib borasiz. Xususan, musulmonlarning birlashmay, o'zlari orasidagi ichki nizolar ila o'ralashaverib, mansabga va bir-biridan o'zishga intilaverganlaridan tanazzulga yuz tutishlarini tarix so'zlab, o'gitlar ham berib o'tadi.

Bilamiz-ki, Andalusiya musulmonlarning ilmda eng gullab-yashnagan yerlaridan biri bo'lgan. U yerdagi kutubxona va kitoblarning soni sanoqsiz, butun ilm ahllari yetishib chiqgan makon bo'lgan. Andalusiya aholisi haqida so'z ketar ekan, boshqalar ko'z oldida kitobga va ilmga muhabbatli insonlar gavdalanar edi.

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Aytgancha, bu yerga ham tashlab qo'yay🌚 Shunday lavhlardan sotuvda bor🥰 Olishga ulgurib qolinglar. Kam sonda qoldi✨

Xarid qilish uchun: @bookgeekuz ga murojaat qilaverasizlar

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

ONA TILIM

Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,
Oʻlib qolganmishman tushda nogahon.
Koʻksimda qoʻrgʻoshin, quyosh tigʻida,
Togʻlar orasida yotibman bejon.

Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,
Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.
Men esam oʻylayman yotib tuproqda:
Mana shu tuproqqa qoʻshilar xokim.

Men oʻlib yotibman, kimsasiz, unut,
Hech kimsa qaygʻurmas va chekmas yohu.
Faqat choʻqqilarda qurqurar burgut,
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.

Navqiron yoshimda boʻldim-ku ado,
Otash yuragimni oʻydi axir oʻq.
Na onam, na yorim bermaydi sado,
Doʻst tugul, hattoki yigʻichi ham yoʻq.

Figʻon otiladi jonsiz bagʻrimdan,
(Goʻyo figʻon bordek murda dilida.)
Shu payt ikki kishi oʻtdi naridan,
Quvnoq suhbat qurib avar tilida.

Men-ku bu dunyodan koʻz yumdim mangu,
Ular kulib-kulib soʻzlashar borin;
Qandaydir Hasanning turfa ishiyu
Qandaydir Alining shoʻx kirdikorin.

Avar soʻzin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga masixdir shu ona tilim.

Mayli, kim qay tildan zavqu shavq olsa,
Mening oʻz tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yoʻqolsa,
Men bugun oʻlishga boʻlurman rizo.

Mayli, qashshoq boʻlsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham,
Ona tilim menga muqaddas, buyuk.

Otashin Mahmudning yoniq sheʼrini,
Nahot, tarjimada oʻqir avlodim?
Nahot, men avarning soʻnggi shoiri,
Shumi edi mening ezgu murodim?!

Sevaman hayotni, dunyo koʻrkini,
Muhabbatim cheksiz barcha el uchun.
Hammasidan aziz ona yurtimni
Avarcha kuyladim yetgancha kuchim.

Uzoq Saxalindan Boltiqqacha to
Qalbimda koʻraman hur Vatanimni,
Har qayda qilayin unga jon fido,
Lekin oʻz yurtimga qoʻying tanimni.

Yurtdoshlarim turib qabrim oldida
Koʻrsatsin avarning shoiri shul deb.
Elim yodga olsin ona tilida
Hamzat Sadasaning oʻgʻli Rasul deb.

•Rasul Hamzatov
~ @bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Barcha murojaatlar ko'rib chiqilib, guruh uchun link beriladi. Hozir esa shunchaki "tafsiri hilol" deb yozib qo'ysangiz kifoya.

Hammaga birdaniga tez javob berish imkonim yo'q🙈 Shuni inobatga olarsizlar

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Kitoblarim shaxsiy muhrlik bo'lishdi :)

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Bugun Ankaradagi "Cumhurbaşkanlığı Millet Kütuphanesi"ga bordim. Bu Turkiyaning eng katta kutubxonasidir. Va dunyodagi katta kutubxonalar ichida ikkinchi o'rinni egallar ekan. Kutubxona bir vaqtning o'zida 5.500 o'quvchini o'z bag'riga sig'dira oladi.

Kutubxonaga kirish uchun hech qanday to'lov va ro'yhatdan o'tishlar talab qilinmaydi. Agar ikamet/kimlik kartingiz bo'lsa, o'shani uskunaga o'qitib o'taverasiz. Pasport bilan kirsangiz, o'sha yerdagilarga pasportingizni ko'rsatasiz va ular sizga kirishingiz uchun qandaydur qog'ozni berishadi. Xullas pasport bilan kirishda hech qanday muammo yo'q.

Kutubxonada har kuni ma'lum vaqtlarda sho'rva va shirinliklar beriladi. Har qavatga qahva va choy beruvchi uskunalar joylashtirilgan. Undan tashqari, har yerda yarim litrlik suvlar qo'yilgan. Bularning barchasi teppa tekin! Kitobni uyga olib ketish uchun obuna bo'lish talab qilinadi. Lekin obuna bo'lish ham tekin.

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Kecha Samarqandga sayohat qilgan edik. O'shandan biroz lavhalar🙃

Tashrifimiz go'zal holda kechdi✨

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Hech bir go'zal narsaga osonlikcha erishib bo'lmaydi. Har holatning o'ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Biror maqsadimizga erishish ham, orzularimizning amalga oshishi ham ma'lum mashaqqat va harakatni kutadi bizdan.

Turli qiyinchiliklarga duch kelar ekanmiz, ko'pchiligimiz ana shu yerida yengilib qolamiz. Go'zal orzular, tunlari uxlamay harakat qilishni, o'z ustida ishlash-u, rivojlanishni, va eng asosiysi g'ozal sabrni talab etadi. Ana shu sinovlardan o'tib olsak, marra bizniki💕

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

"Dinga bo'lgan befarqlik xalq uchun juda xavfli kasallikka aylanishi mumkin. Yengiltak yoshlar va bema'ni liberal ziyolilarning aytishicha, dinsizlik erkin fikrning ko'rinishi ekanligi aytishmoqda va ular juda katta xatoga yo'l qo'yishmoqda.

Aslida, dinsizlik ma'naviy qashshoq va kasal bir ruhiy holatning belgisi va xalqning ma'naviy qadriyatlarining yo'qligi belgisidir.

Buning oqibatida odamlar hayvonlar hissiyotlari asiriga aylanadi, ma'naviyatini yo'qotadi, axloqsizlik, egoizm, o'g'rilik va hissiy buzilishlar boshlanadi."

• "Oq nilufarlar yurtida" kitobidan.

Bu kitob, Finlandiyadagi ta'lim holati qanday ekani, qay uslubda yaxshi natijalarga erishilgani haqida so'zlaydi. Tepadagi so'zlar, "Men dindor (diniy) inson emasman" deya ta'kidlab o'tgan, Snelmanga tegishli. U gapi davomida ruhoniylarga yuzlanar ekan, mana shu gaplarni ham qo'shimcha qiladi: "Qalblarida Xudoga ishonchi bo'lmagan xalqning najoti yo'qdir."

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

•Sinan Yağmur
•Kerbela (Hz. Hüseyin)

Karbalo hodisasi deyilsa, musulmonlar hayoliga mahzunlik kuni keladi. Ya'ni u kunda, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam "Jannatdagi rayhonim" deganlari nevaralarining, ayanchli holda o'ldirilmish kuni.

Kitob badiiy uslubda, go'yo hazrati Husayn tillaridan yozilgan. O'zi bu hodisa fitnali bo'lib, o'rganish chog'ida ancha nozik harakatda bo'lmoq lozim. Shuningdek, kitobda ham biroz bo'rttirilgan yerlari yo'q emas. Umumiy olganda yaxshi. Lekin yetarli ma'lumotni ola bilmaganim, kutganimdek bo'lmagani va aniq faktlardan ko'ra, hissiyotga berilib yozilgani shaxsan menga to'g'ri kelmadi^^

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Yana bir Instagram reels videosi ila keldim^^

@bookgeek_uz

Читать полностью…

Bookgeek.uz 🌻

Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!🥳

Читать полностью…
Подписаться на канал