bobur_elmurod | Неотсортированное

Telegram-канал bobur_elmurod - Bobur Elmurodov

206

Kanal shoir Bobur Elmurod she'rlarining o'quvchilari uchun ijodkor muxlislari tomonidan tashkil etildi.

Подписаться на канал

Bobur Elmurodov

ФОТОАППАРАТ ВА МЕН

Сен боққан чоғ нега одамлар,
Хушсуратдир, кулгидан тўйган.
Мен термулсам — сарғайган ўтлар
Ва дарахтлар гулламай қўйган.

Сен кўз солсанг онам кўп дилбар,
Отам бардам қад кериб турар.
Мен боққан чоғ — онам муштипар,
Отам эса ҳассада юрар.

Нигоҳингда дўстим улуғвор,
Беками кўст турар мулойим.
Мен қарасам у бечораҳол,
Оқсоқланиб юради доим.

Вақт ялмоғиз — учар хотиржам,
Кўрганларим ўхшамас чинга.
Бахтли бўлиб кўринай мен ҳам,
Бир зумгина кўз ташла менга.

© Бобур Элмурод

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

БОЛА ТАРБИЯЛАШ

- Ота, нега яқин йўл қолиб, узоқ йўлдан, айланиб уйга қайтяпмиз?

- Қосим дўкончи бор-ку, ўшанинг дўкони ёнидан ўтмайлик.

-Нега?

- Қарзи бор мендан. Анча бўлди. Аҳволи яхши бўлмаса керак, беролмаяпти.
Биз унга ўзимизни кўрсатиб ўтишимиз яхши эмас, ўғлим.

Kanalga ulanish 👇
@Bobur_Elmurod

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

https://m.youtube.com/watch?v=gjnXSECfmU4

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

* * *
Овозимни ёзиб олди бир киши,
Сураткаш суратга олди туришим.
Яхшиям кўриниб турмас уларга,
Сени ич-ичимдан яхши кўришим.

Ёмон шароитда унмайди уруғ,
Бу гап ўсимликлар илмига оид.
Мен сенинг ҳақингда ўйлашим учун,
Фақат ич-ичимда бордир шароит.

Бетоб эдим бир зум кўзимга боқиб
Шифокор текширди юрак уришим.
Ич-ичимни ёриб, билмади жарроҳ
Сени ич-ичимдан яхши кўришим.

Ҳали манзилингни айтмадинг дуруст,
Айтмадим ўзимнинг қайда туришим.
Ишқилиб Худога аён бўлсин-да,
Сени ич-ичимдан яхши кўришим.

© Бобур Элмурод

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Ассалому алайкум, яхшилар.

Шу кунларда карантин сабаб қийналиб қолган оилалар кўплигини кўриб бир хайрия бошламоққа қарор бердик.

______________
Бизни қўллаб-қувватловчи саховатпеша инсонларнинг омонати ҳақдорларга етказилди.

Дастлабки қадамда тўртта оиланинг ҳар бирига қуйидаги кўринишдаги ихчамроқ (имконимиз шунга етди ҳозирча) рўзғор маҳсулотлари тарқатилди:

1 литр ёғ
3 кг картошка
2 кг сабзи
2 кг пиёз
1 кг шакар
1 кг гуруч
1 кг макарон
0,5 кг печени
1 дона гугурт

Хайрияни энди бошладик. Дастлабки қадамни даврадош, ижодкор жўралар бошлаб беришди.

Ўзаро кенгашиб, қуйидаги пластик рақамни эълон қиладиган бўлдик. Мана:

8600 3329 0679 1805
(Дилмурод Дўсбеков номига очилган.)

Хайрия ҳисоботларини телеграмдаги /channel/Dil_Dost каналида бериб борамиз, насиб.

Яратган эҳсонга қодир қилган инсонларни муборак Рамазонда эҳсон қилиб, Ўзининг ажри мукофотига сазовор бўлишдек имконни қўлдан бермасликка чақирамиз.

Хайрияда ҳамкорлик қилишни ният қилганлар учун телеграм алоқа:
👉 @Media_Magnat

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Oʻg‘limga...

Bir seskandi qalbim nogahon,
Jangga kirgan askar singari.
Yerda yotar qancha oʻlik jon,
Nafas olmas ularning bari.

Nahot yoʻqdir zarracha shafqat,
Qoʻllar har yon yotar sochilib,
Shart uzilgan boshlarda faqat
Koʻzlar mangu qolgan ochilib.

Mashinalar, qurollar hamon,
Uyum-uyum – yerlarda yotar.
Sal narida bir yosh pahlavon –
Sal narida yorugʻ tong otar.

Ming xayriyat, chekinar xatar,
Ruhim chiqib ketmas tanadan.
Tez chiqaman bir yarim yashar,
Oʻgʻlim uxlab yotgan xonadan...

© Bobur ELMUROD

04.05.2017-yil

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

***
Bu kungi koʻzlarda uyqu yoʻq zinhor.
Bu kungi koʻzlarim kutar tongini.
Jim tinglab yotaman baʼzida bedor,
Uzoq-uzoqlardan soat bongini.

Ha, hamon sergakman bitmagan toqat,
Koʻz yummay oʻtkazdim oʻtgan har damni.
Ha, hamon bong urar bir gʻarib soat
Uygʻotmoqchi boʻlib uygʻoq odamni.

© Bobur ELMUROD

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Bemor doʻstimdan xat...

– Oʻylab koʻring”,
dedi va asta
Koʻzoynakni taqdi shifokor.
Koʻzim yoshga toʻldi bir pasda,
Endi menga achinmoq darkor.

Shunday tugar ertak yakuni,
Qoldim rangsiz dunyo ortidan.
Kuzataman endi har kuni
Odamlarni oynak ostidan.

Atrofimda turfa niqoblar,
Kezib yurar,
kun gʻira-shira.
Axir bunday emas odamlar,
Chunki mening koʻzlarim xira.

Toʻlib ketar
koʻlanka, shubha,
Aldarnigoh – koʻzlarning qiri.
Axir mening olamim boshqa,
Bular – koʻzoynakning taʼsiri.

Erta-indin – operatsiyam,
Umid bordir,
buni bilaman.
Ammo oynakdagi hayotim
Oʻzgarmasa nima qilaman?..

© Bobur Elmurod

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Sheʼriyat kechalarining birida...

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

#davomi

***
“Tush” nomli sheʼr tushlarimga yana kirdi. Usmon Azimga qattiq bogʻlandim. Undagi voqealar har kuni men bilan sodir boʻladi. Oxirgisi kechagina boʻldi: avval koʻchada hamyon topib olgan kishini, sal oʻtmay uni yoʻqotgan kimsani uchratdim. – Balki men yagona guvohdirman, – degan oʻy kechdi. Yoʻlimdan qolmadim.
Sheʼrni oʻqisam, aybdorni aniq topaman. Gunohkorni jazoga tortishdi. Dor. Hukm ijro etilar chogʻ, lirik qahramon sahnaga otilib chiqadi. Jalloddan mahkumning oʻrniga oʻzini qatl etishlarini soʻrayveradi.
– Zarra gunohing yoʻq-ku”, – deydi ijrochi. Takror soʻrogʻiga takror rad etiladi. Soʻnggida iqror yangraydi:

Aybsizligim – bir oʻlimga teng,
Men uchun ham jallod dor qurgin.
Hamma gunoh qildi – koʻrdim men,
Hamma gunoh qildi – jim turdim.

Negadir shu sheʼrda haqiqiy inson boʻlib yashash baxtini tuyaman. Koʻz yumaveramiz – nohaqliklar sodir boʻlaveradi. Xulosa chiqarish ogʻirdan ogʻir...
Chin asargina inson tafakkuridagi richaglarni toʻxtovsiz harakatga keltira oladi. Vijdonni har lahza soʻroq qiladi. Oʻzni boʻlmagʻur mashgʻulotlar bilan chalgʻitish, ovutish abas ekanini anglatadi.

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Tarozi

(Shavkat Rahmon xotirasiga)


Mening bitta rost tarozim bor,
Varaqlayman olib taxmondan.
Kel, tortaman, qancha vazning bor,
Sheʼr oʻqigin Shavkat Rahmondan.

Odamlarga boqaman – goʻyo
Koʻngli toza, oʻgʻriligi yoʻq.
Nusxalarni tortdim, ey Xudo
Tariqchalik ogʻirligi yoʻq.

Nahot shunday shoirning soʻzi,
Joʻmardligi dilga yuqmasa.
Nahot qoʻrqoq, yengil odamlar,
Yashayapti million nusxada.

© Bobur ELMUROD

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Qush tilini bilgich hikoyasi

Koʻlmakda oʻsmas rayhon,
Vatani bor sunbulning.
Bahsidan hamma hayron,
Qargʻa bilan bulbulning.

Kimning ovozi yaxshi?
Tortishar ikki dargʻa.
“Magʻlubsan” — derdi bulbul,
“Gʻolibman” derdi qargʻa.

Ikkisi ham zoʻr kuychi,
Ulardan peshqadam yoʻq.
Xullas, bu tortishuvni
Hal qiluvchi hakam yoʻq.

Jar soldilar chor taraf:
— Bormi haqgoʻy tarozi.
Ammo yoʻlda birorta
Uchramas edi qozi.

Bahslashishar ayamay,
Tunda emas kunduzi.
Shart qoʻyishar, magʻlubning
Choʻqilar ikki koʻzi.

Nogoh uchradi birov,
U qozi boʻlar beshak.
Xullas, bu murosaga
Hakamlik qildi eshak.

Chor-atrof tomoshabin,
Sinov fursati yetdi.
Bulbul xonish qilar chogʻ,
Eshak uyquga ketdi.

U orom olar xushhol,
Bu notanish tuygʻudan.
Qargʻa “qagʻ” etgan mahal,
Eshak turdi uyqudan.

Hissiyotsiz bu eshak,
Dedi xayolga tolib:
“Anglamadim hech narsa,
Menimcha, qargʻa gʻolib”.

Hamma hayron tingladi,
Hakamning soʻzlarini.
Qargʻa shu on choʻqidi
Magʻlubning koʻzlarini.

Shundan beri oʻrmondan,
Ezgʻin navo taralar.
Xasta bulbul koʻnglini
Bilmam, nedir yaralar.

Yigʻlardi u har lahza,
Xudoga keltirmay shak.
Derdi: “nahot taqdirim,
Hal qilgan boʻlsa eshak”.

© Bobur ELMUROD

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

***
Ovozimni yozib oldi bir kishi,
Suratkash suratga oldi turishim.
Yaxshiyam koʻrinib turmas ularga,
Seni ich-ichimdan yaxshi koʻrishim.

Yomon sharoitda unmaydi urugʻ,
Bu gap oʻsimliklar ilmiga oid.
Men sening haqingda oʻylashim uchun,
Faqat ich-ichimda bordir sharoit.

Betob edim bir zum koʻzimga boqib
Shifokor tekshirdi yurak urishim.
Ich-ichimni yorib, bilmadi jarroh
Seni ich-ichimdan yaxshi koʻrishim.

Hali manzilingni aytmading durust,
Aytmadim oʻzimning qayda turishim.
Ishqilib Xudoga ayon boʻlsin-da,
Seni ich-ichimdan yaxshi koʻrishim.

© Bobur Elmurod

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

***
Bir tosh boʻlar ekan “Langar ota”da,
Juda ham qadimiy hamda gʻaroyib.
Uni koʻrolmadim, aytishlaricha
Bir kechada boʻlib qolganmish gʻoyib.

Dunyoning ikkinchi bir tomonida,
Bir tosh koʻpchilikni qilmishdir shaydo.
Uni ham koʻrmadim — aytishlaricha
Bir kechada boʻlib qolganmish paydo.

Taqdirlar ham koʻchmish toshlar singari,
Bir yerda yaralib, bir yerda oʻchib.
Yuradi qaysidir ajdod qismati
Qaysidir avlodning umriga koʻchib.

Koʻchadi mening ham barcha sirlarim,
Shodliklarim koʻchar, qaygʻularim ham.
Koʻchadi tuzalmas injiqliklarim,
Koʻchadi poyonsiz tuygʻularim ham.

Ammo qoʻrqamanki, dilgir davomchim,
Mening qismatimga qilarmi havas.
Ishqilib dunyoning bir chekkasida
Bir odam oʻksinib yashamasa bas.

© Bobur ELMUROD

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Oq yoʻl

Ijod masʼuliyati

Koʻchada oʻz yoʻlida ketayotgan kimsani boshqa birov toʻxtatsa, demak, aytadigan, soʻraydigan gapi boʻladi. Balki u soat nechchiligini yoki biror manzilni surishtirar. Yoʻlovchini shunchaki toʻxtatib vaqtini olish esa gʻoyat kulgili, balki hech bir qolipga sigʻmaydigan qiliq hisoblanadi. Menimcha, ijodkor ham kitobxonni toʻxtatib, unga bir nima demoqchi boʻlgan oʻsha “birov”ga oʻxshaydi.
Afsusi, koʻpincha kitobxon yelkasini qisib, bu yozuvchi nega mening vaqtimni oldi ekan, deya yoʻlida davom etaveradi.
Aytmoqchimanki, asar oʻquvchini oʻz mazmuni, goʻzalligi, mahorati bilan maftun eta olsin. Hech boʻlmaganda uning didini qanoatlantirsin.
Ukamiz Bobur Elmurodning sheʼrlarini oʻqib juda taʼsirlandim. Goho shoirning bitta sheʼri muvaffaqiyatli chiqib, qolganlari susayib ketgan boʻlishi ham mumkin. Shoir ukamizning yozganlari hozircha unaqa emas.
Bobur Elmurod mana shu masʼuliyatni zinhor unutmasin deyman.

Abdulla ORIPOV,
Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri.

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

* * *
Ҳа, мўъжиза эди ўша чоғ,
Сўзлаб бермоқ нақадар қийин.
Ногоҳ гўзал бўлиб кетди боғ
Ёғиб ўтган ёмғирдан кейин.

Бир томчини кўрдим – мўъжиза!
Гулдан гулга ўтар эди соф.
Томчичалик бўлолмадим мен,
Шу боғчалик бўлмади атроф.

Қандай гўзал ер, осмон – ҳаво,
Қара, шафақ қандай қизарган?
Эҳ, одамлар яшамоқликнинг
Ҳадисини эсдан чиқарган...

Шундай боғда наҳотки улар –
Узоқлардан келиб тоғ оша.
Завқланар бир кўзбойлоғичнинг
Қилиқларин қилиб томоша...

Бобур ЭЛМУРОД

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

БЕГОНА ЎТ

Илдизидан юлавердинг хўп,
Бегона ўт дединг алафни.
Ҳосилинг кам, болаларинг кўп
Ўйлар эдинг икки тарафни.

Юлавердинг, ахир сен танти,
Бир сония чекинмай ишдан.
Бечора ўт зада бўлганди
Экинзорлар ичра ўсишдан.

Айт-чи, алам қилмасми унга,
Ўз ерида бегона бўлмоқ.
Ўзга юртлик экин олдида
Минг топталмоқ, минг бора ўлмоқ.

Шу бир майса баридан аввал,
Ўсмабмиди ерда туғилиб.
Биз-чи, уни йиғлатиб ҳар гал,
Илдизидан олдик суғуриб.

Тақдир экан, бошқа не дердим,
Бир ўланга шунча ғам камми?
Тушун, жуда соғиниб кетдим
Шундай яшайдиган одамни...

© Бобур Элмурод

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

* * *
Наҳот энди севги оташин,
Ёндиролмас ҳеч бир кишини.
Етти алпга шарт қўйиб Барчин,
Кутмай қўйди Алпомишини.

Сув қидириб кетди Фарҳодлар,
Лек оқмади дарёлар тўлиб.
Алпомишдек кетиб ўғлонлар,
Қайтолмади Алпомиш бўлиб.

Ичимизда кўп эди Широқ,
Умид қилдик, тўсар ғовларни.
Биз кутгандай бўлмади бироқ,
Бошлаб келди улар ёвларни.

Кимдир ҳамон тушмади отдан,
Эгарларга мингашди кибор.
Энди чиқинг, ўзингиз чоҳдан,
Қутқаргани келмас Бойчибор.

Тор кўнгилга сиғмайин қолди,
Мажнунларнинг муҳаббатлари.
Отабеклар Кумушларига
Ёзмай қўйди севги хатлари.

Хотирамда бари — уларнинг,
Эслайверсам қийнайди ёди.
Бунча гўзал — инсониятнинг
Китобларда қолган ҳаёти.

© Бобур Элмурод

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

* * *
Бундай жазавада эсмасди шамол,
Титрамасди бундай дарахт ҳам илло.
Бағрида бир қучоқ меваси билан
Чайқалиб-чайқалиб ётади хурмо.

Бола ҳўнграб йиғлар, у ҳали гўдак,
Бундай манзарага кўзи тушмаган.
У бехос “қарс” этиб синган шохларда
Тўрт-бешта хурмони кўрди – пишмаган.

© Бобур ЭЛМУРОД

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

РИВОЯТ

Бир киши нола қилди:
“Худо, мен билан гаплаш?”
Ўшанда қор ёғарди
Ёмғир билан аралаш.

“Қанисан, овоз бергин,
Борми сенга борар йўл”.
Шу кезда бутазорда
Хониш қиларди булбул.

“Сени кўрай, изн бер”,
Ялинди, кўзида ёш.
Шунда булут оралаб
Кўкда балқиди қуёш.

“Бор бўлсанг, яқинроқ кел,
Сени кўрмоғим керак”.
Шу он у билан тинмай
Ўйнашарди капалак.

© Бобур ЭЛМУРОД

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

***
Nimadir bir chertib oʻtdi bu jonni,
Allanechuk oʻyni dilimga solib.
Koʻnglini koʻtardim maʼyus bir cholni,
Toʻkilgan kiprigin kaftimga olib.

Derlar: sogʻinishdan toʻkilar kiprik,
Kimni sogʻingansiz – topar ehtimol.
Hech narsa demadi moʻysafid shoʻrlik,
Boshini quyiga soldi xafahol.

Men-chi, keksa cholning koʻnglini xushlab
Ishonganday boʻlib bu qadim sirga.
Qancha uchirsam ham kiprikni puflab,
Yerga tushaverdi, u faqat yerga...

© Bobur ELMUROD

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

***
Ha, moʻjiza edi oʻsha chogʻ,
Soʻzlab bermoq naqadar qiyin.
Nogoh goʻzal boʻlib ketdi bogʻ
Yogʻib oʻtgan yomgʻirdan keyin.

Bir tomchini koʻrdim – moʻjiza!
Guldan gulga oʻtar edi sof.
Tomchichalik boʻlolmadim men,
Shu bogʻchalik boʻlmadi atrof.

Qanday goʻzal yer, osmon – havo,
Qara, shafaq qanday qizargan?
Eh, odamlar yashamoqlikning
Hadisini esdan chiqargan...

Shunday bogʻda nahotki ular –
Uzoqlardan kelib togʻ osha.
Zavqlanar bir koʻzboylogʻichning
Qiliqlarin qilib tomosha...

©Bobur ELMUROD

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Husan MAQSUD

Iqrorlar yoxud butunlik istagi

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

#Esdalik

Tepada chapdan: Xurshid Abdurashid, Husan Maqsud, Dadaxon Muhammadiyev, Alibek Anvariy, Suhrob Ziyo, Bobur Elmurod, Mansur Jumayev.

Pastda chapdan: Najmiddin Ermatov, Javlon Jovliyev, Islomjon Qoʻchqorov, Shuhrat Orif, Dilmurod Doʻst.

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

#kundalikdan

✍️ Bobur ELMUROD

Yon daftardagi yoniqlar

Bolakay ketib boradi. Yon-atrofida har ne kashf boʻlsa – bari bor. Faqat uning parvosi yoʻq, hatto nazar solmas. Koʻzlari zerikkannamo.
Esimda, daraxt shoxidagi uyada ikkita chumchuq tuxumini koʻrib, lovullab ketgandim. “Oʻz koʻzim bilan koʻrdim”, deb tengdoshlarga maqtanishlar chin edi.
Shunday hayratlarni izlayman. Tunov kuni haydovchi amakiga hayot izlari aniqlangan 2 ta yangi sayyora topilganini aytsam, “menga nima” degan koʻyi qaradi. Barmogʻiga “tuf”lab yoʻl haqqini sanadi-yu, ulovini yeldirib ketdi.
Uni oqlamoqchi boʻlaman: tirikchilik, chor taraf toʻla axborot. Unga-da qiyin.
Turfa yaratiqlarga toʻlib-toshgan bu zamon kitob va kitobxon hayratlarini bir holga soldiki, na oʻqish, na yozish koʻngilga sigʻadi. Ana, tayyoralarda yangi sayyoralar tomon yoʻl olishmoqda. Osmon yoritgichlari ajib jilvalanib turganda oynomaga uch enlik maqola yozishga ham chogʻing kelmaydi. Na fikring, na xulosang, na-da sarlavhang bor.
Unda-bunda yaxshi misralarni yozib qoʻyadigan yon daftarimni varaqlab qoldim. Qoidasiz yozilgan turfa notalardagi sheʼr parchalari. Birida voqea, yana birida tashbehlar boʻrtib koʻrinadi. Ularni qachon va qay kayfiyat bilan koʻchirganimni hozir unchalik his qilmasman. Ammo yangidan tasavvur qilish fursati bor. Undagi ayrim koʻchirmalarni izohi bilan keltiraman...👇🏻👇🏻👇🏻

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Sehrgar daftaridan...

Baliq boʻldi dengizda,
Tinch yashash edi oʻyi.
Ammo qora akula
Quvdi uni kun boʻyi.

Toshbaqa boʻldi keyin,
Endi erkin koʻrar tush.
Ammo togʻda kosasin
Sindirib ketdi bir qush.

Bas, ajdarga aylanib
Olov purkadi oxir.
Toʻsatdan paydo boʻldi
Oq otli Kenja botir.

Hozirda u qari ot,
Boqarkan togʻlar tomon.
Negadir shod koʻrindi
Adirda yurgan quyon.

© Bobur ELMUROD

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

***
Bulutlar – koʻk sagʻanasida,
Qonamoqda shafaqlar – qirmiz.
Qirgʻoq yuvgan qumning ustida,
Yotibdi bir qiz…

Daydi shoʻxliklarini qoʻmsab,
Yellar qizni quchar, atayin.
Tutam sochlarini oʻgʻirlab
Yuzlariga sochadi mayin.

Qoraymoqda kunning nigohi,
Hovuridan tushmagan dengiz.
Uygʻonishni istamas chogʻi,
Uxlayotgan qiz…

Sohillarning nafasi uzra,
Miltiraydi yulduzlar – oppoq.
Koʻrinarkan ajib manzara,
Shuʼlalarga toʻlganda qirgʻoq.

Tentirayman atrofga baʼzan,
Dengiz, sohil – tuyular tengsiz.
Ammo goʻzal edi baridan
Uxlayotgan qiz…

© Bobur Elmurod

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

***
Qabristonda yurgan bu odam,
Qachonlardir oʻlgan, ehtimol.
Qolib ketgan faqat tanasi –
Keksa daraxt toʻnkasi misol.

Kuzatganman uni koʻp bora,
Termilganman pana-panadan.
Qachonlardir oʻlgan bu odam –
Ruhi chiqib ketgan tanidan.

Balki ruhlar uning jismiga
Kirib turar navbatma-navbat.
Odam yigʻlar – qilar tavallo,
Xudoyimdan soʻraydi shafqat.

Borolmadim uning yoniga,
Soʻrolmadim undan hol-ahvol.
Qabristonda yurgan bu odam,
Qachonlardir oʻlgan, ehtimol...

© Bobur ELMUROD

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Yuk

Biz tomonga kelar ikki zot,
Olis togʻlar bagʻirlaridan.
Biri yoydek egilib borar
Toʻrvasining ogʻirligidan.

Hamrohining qoʻli esa boʻsh,
Na yuki bor, na bir nasabi.
Mungʻayardi xomush negadir
Yuk koʻtargan sherigi kabi.

Chiqar edi turfa xil nigoh,
Sayyohlarning oʻngu soʻlidan.
Bari bir xil — horigan cholning
Toʻrvasini olar qoʻlidan.

Gʻamga botar edi bunday payt,
Yoʻldoshining qorachiqlari.
Ogʻirlashib borardi uning
Chap koʻksida turgan yuklari.

Oʻtib borar odamlar toʻp-toʻp,
Ortda qolar sargʻaygancha yoʻl.
Nahot ular bitta koʻngilni
Koʻtarishga uzatolmas qoʻl?!

© Bobur ELMUROD

Читать полностью…

Bobur Elmurodov

Saboq

– Bu dunyoda boylik oʻtkinchi, –
Der edingiz faqirlarga xos.
Ammo nechun oʻzingiz doim
Hashamatda yashaysiz, ustoz?

Tahoratin qilgancha ado,
Oʻqib boʻlgach farz duosini.
Valiylardek his qildi ustoz,
Shogirdining muddaosini.

Boʻtam, asli zeb-u zarlardan,
Yuz oʻgirib qoʻyganman chindan.
Ammo netay, ularning oʻzi
Quvib yursa mening ortimdan.

Valiy tilla oftobasini
Uloqtirdi shogird poyiga.
Ammo shu dam gir aylanib u,
Qaytib keldi yana joyiga.

Bu hikmatning magʻzini chaqib,
Shogird koʻzi yoshlandi biroz.
Soʻngra dedi asta tiz choʻkib:
– Men nodonni kechiring, ustoz!

© Bobur Elmurod

Читать полностью…
Подписаться на канал