Navroʻzi Olam bayrami muborak bo'lsin,
Butun Jahon go'zalligu iforga to'lsin.
Barq urib ochilsin gullar, tikonlar so'lsin,
Bug'doy undirib onalar sumalak solsin.
Ko'kka yetkazdi Olloh, shukurlar bo'lsin,
Dasturxonlar nozu ne'matga to'lsin,
Do'stu yor yashnasin, g'animlar so'lsin,
Har bir qalbga Yaratgan mehrlar solsin.😊
ASSALOMU ALAYKUM HURMATLI USTOZLAR, HAMKASBLAR VA TA'LIM FIDOIYLARI. KIRIB KELGAN NAVRO'ZI OLAM MUBORAK BO'LSIN. NAVRO'Z SIZLARGA SOG'LIK - SALOMATLIK, TANI - SIXATLIK, OILAVIY TINCHLIK - XOTIRJAMLIK OLIB KELISHIGA TILAKDOSHMIZ. KEYINGI YILI SHU KUNLARDA HAM QATORIMIZDAN XATO BO'LMAY YANA BIR - BIRIMIZNI QUTLASH NASIB ETISHINI TILAYMIZ BAYRAM MUBORAK BO'LSIN!
Navro'zim
Bog'lar-daraxtlarniki,
Tog'lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.
Bog' bahorsiz qolmasin,
To'kmasin tog' lolasin.
O'zbekiston bag'rida,
Navro'zlar omon bo'lsin,
Navro'zlar omon bo'lsin.
Navro'z, navro'z, navro'zim,
Sen mening ko'rar ko'zim,
Sen mening aytar so'zim,
Sen mening yorug' yuzim.
🌿🌻🌼❤️Yangilanish va yosharish bayrami Navroʻz ayyomi muborak boʻlsin!
Navroʻz bu – goʻzallikdir. Goʻzallik esa dillardan dilga, undan esa olamga, zaminga koʻchadi. Mana shunday sururli lahzalardan bahramand boʻlgan keksa-yu yoshning dil gʻuborlari ariydi,yurtda toʻyu tomoshalar, bayram sayillari avjiga chiqadi…
Bundan-da goʻzal baxt bormi?!
🌻🌼Bu bayramni uyingizda, xonadoningizda yaqinlaringiz bilan birga oʻtkazish nasib qilgan ekan, oʻrtangizdagi mehr muhabbat doim bor boʻlishini, fayzu baraka hech qachon arimasligini, ENG muhimi hamma vaqt sogʻ-omon boʻlishingizni tilab qolaman. Uyingiz hamisha xursandchilikka toʻlsin!
Navroʻzingiz qutlugʻ boʻlsin!!!!
Navro’z keldi azizlar!
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga,
Gullar olib qo’llarga,
Navro’z keldi azizlar.
Quyosh separ nurlarin,
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro’z keldi azizlar.
🌻🌼🌻🌼🌻🌼🌻🌼🌻🌼🌻🌼
E‘zozlar, ardog‘lar uchun tashakkur,
Asli Siz - oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul - o`zbekning Zulfiyasiman!
Zulfiyaxonim 109 yoshda...
***
Charxning men koʻrmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta koʻnglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!
Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning oʻzga muddaosi qoldimu?!
Meni oʻlturdu jafoi javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!
Oshiq oʻlgʻoch koʻrdim oʻlimni oʻzimga, ey rafiq,
Oʻzga koʻnglimning bu olamda harosi qoldimu?!
Ey koʻngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!
Zahiriddin Muhammad Bobur
Bugun, 14-fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludiga 540-yil boʻldi
Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir,
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonliq hargiz,
Har kimki, yomon boʻlsa, jazo topqusidir.
Bobur tarixda misli yoʻq darajada madaniy, dilbar shaxslardan biri edi. (Javoharlaʼl Neru)
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar kular,
Bir suluv kelinchak salomga kelar
Ostonaga bosh ur, aziz mehmonim!
Navro'zing muborak, O'zbekistonim!
Navro'zi olam barchamizga muborak
bo'lsin!
🌿NAVRO'Z🌻🌼
Milliylikdan darak, beradi asli,
Betakror, begʻubor navbahor fasli,
Bezangan, yasangan, kelinchak misli,
YANGI KUN uyg'onish Navro'z muborak!!!🌼
Ko'klam go'zalligin kuylaydi hofiz,
Gul-lolalar alvon ochildi nafis,
Hidlarin taratdi mast qilib yalpiz,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO'Z muborak!🌼
Ko'klamoy sogʻindim sumalagingni,
Yetti xil tovlangan kamalagingni,
Qizlar sochidagi jamalagingni,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO'Z muborak!🌼
Navro'z barchamizga muborak bo'lsin,
Qalbimiz mehrga limmo-lim to'lsin,
O'zbegim bayrami muborak bo'lsin,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO'Z muborak!!! 🌼
Navro'zi olam muborak bo'lsin. Bayramona kayfiyat sizlarni tark etmasin. Sog'lik-salomatlik, tinchlik, baxt va omad, oilaviy totuvlik sizni hamrohingiz bo'lsin. Dasturxoningizdan qut-baraka arimasin. YANA BIR BOR “NAVRO'Z” AYYOMINGIZ KUTLUG' BO'LSIN. 🌼
Assalomu-alaykum!
Qalbi qaynoq qadrdonlarimiz, olis manzildagi mehrligimiz mehribonlarimiz salomatmisiz omonnisiz azizlarimiz!
#NAVRÕZI_OLAM MUBORAK!!!😍😘😘😘😘
Sizlarni bugungi yangilanish, yasharish bayrami bo'lmish "Navro'z" ayyomi bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Shu munosabat bilan sizlarga oilaviy baxt, xotirjamlik, sog'lik, omad va shodlik tilaymiz!
Nimaiki niyatlaringiz bo'lsa barchasi ijobat bo'lishiga tilakdoshimiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
A'lo kayfiyat doimiy hamrohingiz bo'lsin!😊😊😊😊
#Tafakkur_lahzasi
Unutmang, yong‘oq po‘chog‘i
axlatga tashlanadi,
mag‘izi esa javonlarning tepasida saqlanadi!
Tanlov esa o‘zingizga bog‘liq!
Tafakkur qiling!
🗓1-mart ZULFIYA ISROILOVA tavallud topgan kun
🌸❤️Bugun mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni anʼanaga aylantirdi.Shoira kitoblarini yurtimizdagi koʻplab oilaviy kutubxonalar javonida koʻrish mumkin!
Zulfiyaxonim Nafaqat oʻz sheʼrlari,balki butun hayoti bilan oʻzbek ayolining maʼnaviy qiyofasini namoyon etgan.
📌Zulfiya (1915 - 1996) hunarmand-degrezchi oilasida Toshkentda tugʻilgan. Shunga qaramay, ota-onasi yuqori madaniyatli odamlar boʻlishgan.
😊Zulfiya Isroilova — taniqli va iqtidorli oʻzbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini oʻtkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya sheʼriyatining nufuzi — bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, oʻziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviri!
ZULFIYA ISROILOVA VAFO VA SADOQAT RAMZIDIR😊
Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1 mart 1915 yilda tug'ilgan. Atoqli shoira
sadoqat va vafo kuychisi sifatida bir umrga yodimizda qolajak
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima — bildim.
Shu-da bir yashash!..
#Bobur
#tavalludi
Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tavallud topgan.
YAXSHILIG‘
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.
Bu zamonni nafi qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.
Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.
Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.
Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.
Bobur Mirzo tavalludi arafasida buyuk olim va sarkarda haqida eng muhim 10 ta faktni yodingizga solamiz:
1. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
2. Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
3. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494 yil iyun).
4. Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan.
5. Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.
6. Bobur 1526 yil aprelda (43 yoshida) Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi.
7. Boburning «Mubayyin» asari masnaviy tarzida yozilgan bo‘lib, Islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan.
8. "Boburnoma" voqealari Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Unda O‘rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo‘lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
9. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.
10. Bobur asos solgan boburiylar sulolasi Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan.