Ayol bor dunyoda
Ayol bor dunyoda baxt bor iqbol bor,
Ayol bor dunyoda shirin xayol bor,
Ayol bor dunyoda ishq bor, visol bor,
Ayol bor dunyoda sohibjamol bor.
Ayol bor dunyoda pariruxsor bor,
Ayol bor dunyoda ul gulruxsor bor,
Ayol bor dunyoda gul bor, bahor bor,
Ayol bor dunyoda oshig'i zor bor.
Ayol bor dunyoda gulga misol bor,
Ayol bor dunyoda dilga timsol bor,
Ayol bor dunyoda malak dildor bor,
Ayol bor dunyoda vasli diydor bor.
Ayol bor dunyoda hofizu tor bor,
Ayol bor dunyoda qo'shiq, ash'or bor,
Ayol bor dunyoda Ahadga yor bor,
Ayol bor dunyoda lablari ol bor... Ayol bor dunyoda baxt bor, iqbol bor,
Ayol bor dunyoda shirin xayol bor,
Ayol bor dunyoda ishq bor, visol bor,
Ayol bor dunyoda sohibjamol bor.
Bayramingiz muborak bolsin aziz ayollarimiz
🗓1-mart ZULFIYA ISROILOVA tavallud topgan kun
🌸❤️Bugun mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni anʼanaga aylantirdi.Shoira kitoblarini yurtimizdagi koʻplab oilaviy kutubxonalar javonida koʻrish mumkin!
Zulfiyaxonim Nafaqat oʻz sheʼrlari,balki butun hayoti bilan oʻzbek ayolining maʼnaviy qiyofasini namoyon etgan.
📌Zulfiya (1915 - 1996) hunarmand-degrezchi oilasida Toshkentda tugʻilgan. Shunga qaramay, ota-onasi yuqori madaniyatli odamlar boʻlishgan.
😊Zulfiya Isroilova — taniqli va iqtidorli oʻzbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini oʻtkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya sheʼriyatining nufuzi — bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, oʻziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviri!
ZULFIYA ISROILOVA VAFO VA SADOQAT RAMZIDIR😊
Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1 mart 1915 yilda tug'ilgan. Atoqli shoira
sadoqat va vafo kuychisi sifatida bir umrga yodimizda qolajak
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima — bildim.
Shu-da bir yashash!..
#Navoiy_haqida
Navoiy maqbarasi - Hirot (Afgʻoniston)dagi meʼmoriy yodgorlik. Shahar tashqarisidagi Musallo markazida, Injil arigʻining jan. qirgʻogʻi yaqinida joylashgan gumbazli oddiy bino.
Barcha barcha mo'tabar onajonlarimizni, latofatli ayollarimizni, xusunkor qizlarimizni bugungi ayyom bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz Hamisha sog' salomat bo'ling!😊
Читать полностью…E‘zozlar, ardog‘lar uchun tashakkur,
Asli Siz - oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul - o`zbekning Zulfiyasiman!
Zulfiyaxonim 108 yoshda...
📘Fan: #Matematika
📜Mavzu: •1-2-3-4-chorak javoblari bilan #Test
👨🎓Sinfi: #Maktab #5_sinf uchun mо‘ljallangan
Assalomu aleykum!!!😊
Bugun, 14-fevral ,buyuk davlat arbobi, bobomiz, Temuriylar naslidan, Boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni.
Z.M.Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug'iladi. 12 yoshida taxtga chiqadi. 1526-yilda Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soladi.
📹 Alisher Navoiy hayoti va ijodi / Alisher Navoiy haqida maʼlumot
👤 #TARIXIY_VIDEOLAR_TV
🗓 Bugun – 9 fevral buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi millatimizning ulug‘ siymosi, o‘zbek tilining asoschisi hazrat Mir-Alisher Navoiy tavallud topgan kun
🕌 Tarixchi Xondamirning qayd qilishicha, Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirot va mamlakatning boshqa shaharlarida bir nechta madrasa, 40 ta rabot, 17 ta masjid, 10 ta xonaqoh, 9 ta ko‘prik, shuningdek, 9 ta hammom va yigirmaga yaqin hovuz qurgan va ta’mirlattirgan.
📅 KUN KISHISI 📅
ALISHER NAVOIY (1441-yilning 9-fevralida tug'ilgan, vafoti 1501-yilning 3-yanvari) - ulug' o'zbek va turkiy xalqlar shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Sharqda "Nizomaddin" (din va millat nizomi) unvoni bilan ulug'langan.🇺🇿🖌📖